Assalamu alaykum!
UzMuslim, savol uchun tashakkur. Javobga kelsak, farzand tarbiyasi u tug'ilmasdan boshlanishi kerak, ya'ni ona qornidaligida.. Endi e'tibor bering, bola 9 oy davomida ona bilan bir tan, bir jon bo'ladi, u bilan nafas oladi, u bilan taomlanadi, yig'laydi, kuladi va h.k.
Tug'ilgandan keyin ham asosiy tarbiyani ona bag'rida oladi: 2,5 yil ona suti bilan katta bo'ladi... Bulardan farzand tarbiyasida onaning o'rni kattaligini anglash qiyin emas..
Endi savolning 2-qismiga o'tsak...
Garchi farzandning katta bo'lgunicha vaqti ko'proq onasi bilan bo'lsa-da, uning qanday kishi bo'lib voyaga yetishi OTAga bog'liq. Keling, tug'ilmasdan oldingi vazifalar haqida fikr bildiraylik. Onaning homiladorlik davrida yegan luqmasining halol yoki harom bo'lishi farzand tarbiyasida alohida ahamiyatga ega. Bu o'rinda ma'suliyat nafaqa bilan ta'minlovchi OTA zimmasiga tushadi. Uning rafiqasining har bir luqmasi, taomi, kiyimini halol bo'lishini nazorat qilishi ham uning farzand tarbiyasiga befarq emasligini bildiradi..
Farzandi tug'ilgach ham shunday davom etiladi.. Bolani oziqlantirishda onaning tahoratli bo'lishi, kundalik aytajak so'zlarining mazmuni... Nazorat oila boshi OTA zimmasida bo'ladi...
Shunday ekan, OTAlar tarbiyaga qodir emasmi deyishning o'zi ortiqcha. OTA nomining o'ziyoq farzandlar uchun tarbiya o'chog'i (ham ma'naviy, ham moddiy, ibratlanish yuzasidan)!
Ps.: bu savolga ko'pchilik erkak ko'chaning odami, shu sababli tarbiya ko'proq onaga bog'liq bo'ladi deya javob beradi.. Men esa bunga to'xtalib o'tirmadim..