Salomatlik masalasida biz vrachlarga ishonamiz. Biz ularning bilimiga ishongan holda ular taklif qilgan maslahat qilgan narsalarni hattoki ular tahir, achchiq, bemazaligiga qaramay hech ikkilanmasdan ichamiz hamda burnimizni berkitib teztoq yutib yuborish payidan bo'lamiz. Hattoki badanimizni igna bilan teshishlariga, qonimizni olishlariga ham rozi bo'lamiz. Ba'zida esa ularning tavsiyasiga ko'ra badanimizni kesib tikishlariga hattoki tanamizning biron bir qismini kesib olishlariga ham yo'q demasdan tirik qolish maqsadida jimgina o'zimizni ular ihtiyoriga topshiramiz. Vrachning bizning ustimizda qabul qilgan bu qarori to'g'ri bo'lishi ba'zida esa noto'g'ri bo'lishi ham mumkin. Lekin juda ko'p hollarda biz uning ojiz ilmi va tajribasiga suyanib qilgan qarori, tavsiyasidan boshqa narsa emas.
Shu bilan bir vaqtning o'zida biz o'zimizning eng Oliy, Egamiz, Yaratguvchimiz, Rizq beruvchi, barcha narasga qodir, Robbimiz, hamisha tirik, o'lmaydigan, barcha mavjudotning yaratguvchisi, eshitguvchi, ko'rib turguvchi, hamma narsaga guvoh bo'lgan, cheksiz va mutlaq ilm sohibi, eng kichli, eng quvvatli, mehribon va rahmli bo'lgan Allohimiz buyruqlariga sarkashlik qilamiz. Aslida bizning tanamiz va qalbimizning bu dunyodagi salomatligi, undan so'ng abadiy rohat yoki azob Uning ihtiyoridan tashqarida emasligi esa ko'p hollardi go'yoki yodimizdan ko'tariladi.