"œQiz asraguncha tuz asragan afzal" - deyishgan qadimgilar. NEGA? Chunki qiz bola shu qadar nozik hisoblanganki, u sal narsaga aynib ketishi mumkin! Top- toza oq sutga bir tomchi siyoh tomsa, qanchalik bulg’ansa, qiz bolaning tashqi ko’rinishining ochilib-sochilib ketishi ham shunchalik uning butun borlig’u nomusiga dog’ bo’lib tushadigandek. Biroq hozir gap qiz bola tugul, hatto o’g’il bolalarimizning kiyinish madaniyati to’g’risida emas. Balki qanday kiyinganidan, fe’l — atvorining kengu-torligidan qatiy nazar, ko’z o’ngimizda o’z-o’zicha shakllanib kelayotgan bu odam NIMA ESHITIB, NIMA KO’RIB ULG’AYAYOTGANI HAQIDA!!!
Boshidan oq aytib qo’yaylik, qadrli ota-onalar, aziz va mo’tabar ustozlar, bizni kechirsinlaru, ammo tan olamy ilojimiz yo’q, hozirgi kunda farzandlarimiz tarbiyani bizdan emas, INTER-TELE-VIDEO atalmish "œrahnamosi" dan olib yotgani bor gap! Bir qaraganda shunisi ham yaxshidek?! Ahir biz uzzi kun o’g’il-qizimizning tarbiyasi bilan shug’ullanadigan bo’lsak, bola-chaqani kim boqadi?! Shu boisdan ham biz charchab-horib ishdan kelamiz, bir luqma ovqatimizni naridan-beri yeymiz, so’ng to’ygami, tug’ilgan kungami yoki boshqa bir tirikchiligimizga otlanamiz. "œBolam, salom", "œBolam, hayr", "œPul kerakmi? Ma, ol bolam", "œO’tgan yilgi paltoing kaltayib qoldimi? Mayli, yanagi maoshdan yangisini olamiz!", "œMaktabga borayapsanmi o’zi? Ha, barakalla!", "œNovvosga qaradingmi?", "œUyni yig’ishtirdingmi?" va haokazo"¦ Va bo’ldi"¦ Shu!!! Bolamiz bilan bo’ladigan eng uzoq va mazmunli suhbatimizning mohiyati faqat shulardangina iborat halos???
INTER-TELE-VIDEO esa uning ham otasi, ham onasi, opasi, dugonasi, do’sti, tarbiyachisi bo’lib qolganini shundan keyin ham tan olamy ko’ringchi? Ammo bu do’stning shu yoshga kirib, ba’zan mahramimizga ham aytolmaymiz"¦ Masalan, yetti yoshdagi qizaloqlar, ayol kishi boshi aylanib behol bo’la boshladimi, bu homiladorlikdan nishona ekanligini qayerdan biladi? Besh yoshdagi bolakay esa, chaqaloqlarni kasalhonadan olib kelishmaydi, ularni ayalari huddi mushuklarga, bo’ri yoki tulkilarga o’hshab tug’ishiyu, katta bolalarni esa chaqaloqni sotib oldik deb aldashlarini, har holda o’zimiz yonimizga o’tirg’izib, erinmay batafsil tushuntirmagandurmiz, yohud bu haqda ularga bog’cha opasi mahsus mashg’ulot o’tib berib gapirmagandur?
Bir tanishimning qizi oddiy maktabdan nufuzli gimnaziyaga o’qishga qatnay boshladi. Eh, qizlar, qizlar!!! Ular hoh 7 yoshda bo’lsin, hoh 17 da gaplashadigan mavzulari moda yoki kiyim kechakdan iborat bo’ladi. Nima gap o’tsa-o’tganki, yangi kelgan qizaloq dugonalari bilan gurunglasha turib, hali umrida "œtopik" yani, qorinning tepasidan keladigan maykacha, kiyib ko’rmaganini aytib qoladi. Qizlar piqirlashib kulishgan. "œVay, seni qarayu! Kindigi ochilmagan qiz!" deb, uni mazah qilishgan. Buni qarangki bu gaplar qizaloqqa og’ir botadi. Go’yoki kindigini ochib yurmaslik uyatdek. Ho’rligi kelib, ota-onasini yozg’iradi, "œMana sizlarni tartib-qoidalaringizni deb o’rtoqlarimga kalaka bo’ldim!". Ha bu ne gapki, endilikda bor yo’g’I nisbatan AHLOQLI BO’LISH ham ayb hisoblansayu, jamoa undaylarni ustidan kulsa, yanayam aniqrog’I, kiym kiyishdagi oddiy me’yorlikni tabiiy qabul qila olmasalar. Ha, bolalarning ko’zi tugul kindigi ham ochilib ketgani endi yangilik emas. Ular maktab dasturidan to’rt qator she’rni bilmasliklari mumkin, ammo har bir be’mani reklama roliklarini to’tiqushday yoddan takrorlaydilar. "œKeltirdingmi? Ha shef!", "œSizni prostata, adenoma bezovta qilyaptimi?", "œLeykers bilan gazni bos!", "œYahshi ko’rasanmi Jek?" va hokazo"¦
Homiladorlikdan saqlovchi vositalar reklamasi berilayotgan, sizku "œEyyy, bolam baribir hech narsani tushunmaydiku" deb hotirjam o’tiraverasiz, ammo bolalar bir-biriga zimdan ko’z urishtirib puqr-piqr kulishadi. Bizning AHMOQLIGIMIZ ustidanmi, yoki o’zlarinig AQLLI bo’lib ketganliklaridanmi, bilmaymiz? Bular hali holvasi"¦
Hayrulla Hamidovning mulohazalaridan olingan.
(davomi bor, inshaAlloh....)