Erta tongda ishga otlanat ekanman, ko'chada chug'urlashib borayotgan qizchalarda ko'zim tushadi. Yosh bo'lishiga qaramay katta qilib o'ralgan ro'mollari o'zlariga yarashgan...
Ularga qarab turib, maktabdagi mudhish voqealar ko'z oldimdan o'tadi. Ro'molini tortib olaman deyishganda, ro'molini mahkam quchoqlab, "Dod, yeshmayman, ro'molimga teymelar!" deb yig'lagan ko'zlari yoshga to'la jajji muslimalarni eslayman, eslaymanu yuragim uvushib ketadi.
Allohim jajji mo'mina, muslima, soliha singillarimizni O'zing hibzu himoyangga ol!
Ularga O'zing omonlik ber! Johil kimsalarni ular ustidan hokim qilma!
Sinovlaringdan iymon bilan, taqvo bilan o'tib olishlarida madadkor bo'l! Zero, Sen mehribonlarning eng mehriboni, shafqatlilarning eng shafqatlisisan, ya Rabbil A'lamiyn!