Bir eshikni yopasan. Uni ortidagi qo'l sohtadek tuyuladi ba'zan. Lekin har doim ham biz o'ylagandek bo'lavermas ekan. Barcha eshiklarni yopish mumkin,faqat bir tuynukni yopa olmas ekanmiz. Bu Umid. Inson yasharkan doim Umid qiladi. Xasta inson ham bir kun ortiq yashamoqni, musofir ona zaminini, Kurtak Bahorni kutib umid qiladi. Mo'min mo'minalar oxiratda Robbini rahmatidan umid qilsa,dunyoda kimlardir yana nimadur o'zi uchun afzal va yaxshiroqlarini Umid qiladi... Umidsiz inson bo'lmasa kerak. Hatto, shu Umid ham bizni ba'zi chegaralarda ushlab qolib,ba'zi tuhfalarni nasib etishiga qaysidur ma'noda turtki bo'larkan.
Hayotni qadriga inson,faqat ajal soya solganda bilarkan. Ungacha odamlardan,hayotdan ayb qidiramiz. Lekin asli ayb o'zimiz ekanmiz.
Hayot nima?
Shamning miltiragan so'ngi nurlarimi?
Yoki kuydirguvchi otashmi?
Ehtimol,omonat berilgan Chechakdir...
Ha,bahorni sog'inib,bizning qahraton Qish faslimizda yashayotgan Omonat chechak...
O'z qo'limiz bilan yulib sukunatda toblantirib,so'lganidan so'ng ko'zimizga surtadigan lahzalik Chechak...