Aloedan iste’mol qilib yurilsa, ko‘z nurini ko‘paytiradi.
Ko‘z yallig‘langanda yostiqni baland qilish, keskin harakatlar qilmaslik, boshni pastga engashtirmaslik, oqlik va nurga qaramaslik, me’dani ovqat bilan to‘ldirmaslik foyda beradi.
Ko‘z mijjasi shishganda semizo‘t bargini tuxum oqiga qo‘shib ko‘zga chaplansa, darddan forig‘ bo‘linadi.
Ko‘z burchagi shishsa (ya’ni, «g‘arb» chiqsa), mosh yanchib qo‘yilsa, davo bo‘ladi.