salom...
ayni kunda men talabar safida ko`p bo`layapman... shuning uchun ular orasida bo`ladigan suhbatlardan boxabarman... buni ongsizlikkka yo`ysa ham bo`ladi...maktabdagi tarbiya ham...ota-onalar menimcha farzandlarining bunday betayin gaplaridan bexabar bo`lishsa kerak (chunki ular ularning oldida muloyim mushuk bo`lib qolishi mumkin. ular ko`p vaqtini ko`chada o`tkazishadi, tabiiyki onalar, otalar bilan muloqot kamayadi... otalar ham ko`p ishlashi kerak, farzandi kelajagi uchun, shuning uchun ham farzandlar bilan suhbatlar kamayadi...(balki umuman bo`lmas...))...
bilasizmi, atrof-muhit bolaga ta`sir ko`rsatmaydi deb hisoblayman. bundan kelib chiqib yigit-qizlar o`zlari, o`z tafakkuri bilan hisoblashgan holda ish ko`rishlari kerak (shu o`rinda bir narsani ham aytib qo`yishim kerak, ko`pgina yosh bolalarga "qani, anovini manovinaqa qilib so`kib qo`ygin..." deb "o`git"beradiganlar ham topilib qolayapti...). (yana bir izoh: ba`zi otalar (yolg`on bo`lsa aybdorman) farzandlari oldida onalarini yoki qo`shnilarini so`kib qo`yishi mumkin...)
endi maktab masalasiga kelsak, bu borada kamina ba`zi o`qituvchilarning beradigan "ta`limlar"i oldida ojiz qolaman... bu alohida mavzu...