Payg’ambarlarning sanog’i
-Â Hazrati Odam alayhissalomning zamonlaridan beri dunyoga qancha payg’ambar keldi?
-Â Aniq ma’lum emas. Bir yuz yigirma to’rt ming, degan taxmin bor.
Â- Ularning qaysilari bizga ma’lum?
Â- Ulardan Qur’onda yo hadisda zikr etilganlarigina bizlarga ma’lum. Qur’onda yigirma besh nafar payg’ambarning ismi bayon qilingan. Bular: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, Xorun, Dovud, Sulaymon, Yunus, Ilyos, Zakariyo, Yahyo, Alyasa, Zulkifl, Iso, Muhammad sollallohu alayhumussalomdurlardir. Aziz, Luqmon va Zulqarnayn hazratlarining nomlari ham Qur’onda bor. Lekin ularning payg’ambarliklari taxminiydir. Ba’zilar ularni avliyo deb hisoblaydilar.
-Â Qur’onda zikr qilinmagan va lekin nomlari ma’lum bo’lgan payg’ambarlar ham bormi?
-Â Bor. Masalan: Shish, Yuusha, Xizr, Bashir, Doniyol, Ishmuil, Ash’iyo, Xiroqul, Jirjis, Jakuq, Hamzola kabilar.
-Â Eng dastlabki payg’ambar kim?
-Â Hazrati Odam alayhissalom.
Â- Oxirgisi-chi?
-Â Muhammad alayhissalom.
Â- Muhammad alayhissalomdan so’ng yana payg’ambarlar tushdimi?
-Â Qiyomat kunigacha o’zga payg’ambar chiqmaydi. Islom dini to qiyomatgacha boqiydir. Jami payg’ambarlarning tarixiy bayonlari «Qissasul Anbiyo» («Payg’ambarlar qissasi») nomli kitobda bitilgandir.