Muslimaga berilgan savollarga javoblar:
16. Savol: Sizga forumdagi yoqqan eng yaxshi erkak va ayol niki qaysi?
Javob: Forumda yaxshi niklar ko'p. Bir vaqtlar forumda Muhibbul_Jannah nikli male userni niklari yoqardi. Hozi kamnamolar. Female userlardan Robbim_Rahmon niki yoqandi. Lekin islomiy ismlardan iborat niklarni hammasi yoqadi manga.
17. Savol: Hijobda bo'la turib, xunuk ishlarni qiladigan qizlarga munosabatingiz?
Javob: Bunaqa qizlarga munosabatim albatta salbiy. Ular o'zlaricha insonlarni aldamoqchilar, insonlarni aldasalarda Allohni aladay olmaydilar! Alloh hammani amalini ko'rib bilib turguvchi! Alloh hammani qalbida nima niyat borligini juda yaxshi biladi. Haq taolodan qo'rqmasalar, o'zlarini tog'irlashga harakat qilmasalar ularga Allohni O'zi kifoya qiladi, inshaAlloh! Faqat eng alam qiladigani ular ham hijobli qizlarni bir vakilasi, ularni yuzi. Ular qilgan nomaqulchiliklar tufayli, boshqa qalbida haqiqatda Alloh rizosini istab hijobga kirganlarga ham malomat yetishi!
Alloh hammamizni to'g'ri yo'lida bardavom aylasin!
18. Savol: Qachon shahrizga kelasiz?
Javob: Alloh nasib qilsa yozda. Har yili yozda boramiz. InshaAlloh bu yil bahorda borish niyatimiz ham bor. Lekin, agar ilojim bo'lganida hozir ham jon dib ketardim, buvijonimni juda sog'indim...
19. Savol: Menimcha, siz sog'inchni ko'p his qilgansiz. Uni tushuntirib bera olasizmi? Sog'inch nima o'zi?
Javob: Siz aytgandek sog’inchni ko’p his qilmaganman. Shunchaki, yaqinlarimga, o’zim yaxshi ko’rgan insonlarimga balki qattiq bog’langanim uchun, ularni olisligidan qiynalaman. Buni qanday tushuntirsam ekan, huddi olisga ketgan yoki olisda bo’lgan yaqinlarim yuragimni bir parchasini o’zlari bilan olib ketgandek bo’ladi, man uchun.
Lekin hammasidan ham ko’ra har bir musulmonni qalbida bo’lgan sog’inch, mani ham ko’nglimda bor, ALHAMDULILLAH! Bu sog’inch dardini malhami Havzi Kavsar bo’yidagi diydor va inshaAllah Jannatdagi CHIN VISOL bo’ladi. Allohdan eng katta umidim shu"¦
20. Savol: Biron bir muslima birodaringizning hijoblanganini ko'rganingizda to'yib-to'yib yig'laganmisiz?
Javob: Ha, bo'lgan. Qadr kechasi kuni, jamoat bilan yig'ilganimizda bir muslima opajonimz ro'mol o'ragandilar. Ularga ustozim o'zlari ro'molni o'ratib qo'ygandilar! Hamma muslimalar ko'z yoshlarini yashira olishmagandi. Hursandchiligimiz ichimizga sig'magan, Allohga hamdlar aytib yig'lagandik!
21. Savol: Xristianlik cherkoviga boradigan va shu dinga e'tiqod qiladigan, lekin ovqatlangandan keyin omin qiladigan, Ollohga shukrona qiladiganlarga munosabatingiz qanday?
Javob: Birodar yuqoridagi savolingizga albatta o'z bilmim va olgan ilmim qadar javob berishga harakat qilaman... agar hato ketsam avvaldan uzurimni qabul qiling....
-Aslida u kishilar (yani hristyan bo'lib OMIN deguvchilar)ni OMINlari ayanan Alloh uchun deb o'ylamayman chunki ular shikrk keltirgan insonlar (yani hojga topinishadi)... Faqat ular bu OMINlari bilan "Injil","Zabur","Tavrot" kabi kitoblarga amal qilishadi... Chunki u kitoblar ham Alloh JJni kalomu nozili bo'lib ularda ham OMIN so'zi uchraydi... Manimcha shuning uchun ham ular OMIN deb qo'yishdi... Lekin bu aynan Alloh JJga duo qilib yuzlanishga o'hshamaydi... Chunki ularni duosida "uch kishi" ko'p tilga olinadi (Eslashdan va aytishdan Alloh JJ asrasin)....
-Javobimda kamchilik va nuqsonlar bo'lsa uzur... ilmim juda ziyoda emas......
22. Savol: Agar sizda hamma imkoniyat (vaqt, skaner, fayl, tayyor elektron kitoblar, internet, komputer va h.) bo'lganda forumga qaysi kitoblarni kiritardingiz?
Javob: O'xoooooooo, agar manda shunaqa imkoniyat bo'lganida, forumni eng yaxshi kitoblar bilan to'ldirardim
Eng avvalo, "Saodat asri qissalari" ni hamma qismlarini joylardim. Chunki o'zim bu kitobni sevib o'qiman, boshqalarga ham avvalo shu kitobni ilinardim.
23. Savol: Sizningcha, jamiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?
Javob: Hozirgi aksariyat muslima qizlarga o'zlikni anglash yetishmaydi, negadur ular ibratni yashab o'tgan muslima va mo'minalarning eng afzallari bo'lmish Nubuvvat honadoni honimlaridan emas, balki hozirgi kunda hayo va iffat chegaralarini qo'pol buzganlardan olishyapti. Yana SABR, SHIJOAT VA MUSTAHKAM E'TIQOD yetishmaydi.
Agar muslima deganda ro'mollik qizlarni nazarda tutgan bo'lsez, aksariyatini hijobida "HIJOB" yo'q!!! Undan bugun faqat nom qolgan...
Muslimalarda bu sifatlarni yetishmasligi - bu erkaklarning "yutuq" laridir...