Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barkatoh!
Aziz Forumdoshlar, o'ylanmanki so'rovnomada aktiv qatnashasizlar.
Bu yerdagi iymonli, e'tiqodli hamyurtlarimizning dunyoqarashlarini inobatga olib, yuqoridagi savolni berishni niyat qildim. Bilmayroq turibman, o'rinli savol berdimmi yoki yo'qmi. Nima bo'lganda ham mana shu savolni siz aizizlarga berishni Olloh kunglimga soldi. So'rovnoma muddatini 1 yil qilib belgiladim. O'ylab, chin yurakdan, holis javob berasizlar degan umiddaman. Hamma forum a'zolari diqqatiga, so'rovnomani e'tiborsiz qoldirmangizlar!!!
Javoblaringizni kutib qolaman. Hohlasangiz, bunga sabab bo'lgan kishini , holatni yoki hodisani qo'shimcha qilishingiz mumkin. Hech bo'lmasa chamasi mana shu yoshlar atrofida edim desangiz ham bo'ladi.
Bunday savol berishimdan maqsadim shuki, Ollohni chin dildan tanimaydigan tengdoshlarimiz ham ko'p. Men yaqinda ro'y bergan bir voqeani so'zlab bermoqchiman. " Ma'ruza o'qiladigan xonada o'tiribmiz. Baribir qayerda bo'lmaylik musulmonlar ajralib turadi. Bir o'zimizga o'xshagan bola kirib kelib yonimdagi sherigimdan joy bo'shligini so'radi.Qayerdan ekanligini so'rashdi, ma'ruzamiz madaniyat, urf - odatlar, dinga taaluqli bo'lgani uchun qaysi dinda ekanligini ham so'radi. U Turkmanistondan ekan. Sening dining qaysi? - degan savolga quyidagicha javob berdi: " Mening dinim yo'q, bu narsalar haqida biror bir qarorga kelishimga hali yoshlik qilaman" desa bo'ladimi. Savolga oydinlik kirtish maqsadida yana so'radi: Musulmon bo'lib tug'ilganmisan? U javob berdi: Ha ".
Ollohim har bir bandasini hidoyat sari boshlasin, Iloyim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!