Ey, farzand!
Xayr va hasanotni mo‘l qilmoq, saxiy bo‘lmoq lozim. Alloh xayr qilguvchi, saxiy qullarini sevadi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Har doim xayr qilib, xayrli ishlar bilan mashg‘ul va yomon ishlardan uzoq bo‘lgan qulini Alloh sevadi».
Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir dona xurmo bilan bo‘lsa ham faqirga ikrom etganga o‘sha xurmo donasi besh narsani mujdalaydi:
1. Men bir dona edim, meni ko‘paytirding.
2. Kichik narsa edim, ulg‘aytirding.
3. Men dushman edim, sen do‘st aylading.
4. Men yeyilib yo‘q qilinardim, meni abadiylashtirding.
5. Hozirgacha sen meni saqlashga harakat etarding, bundan buyon men seni saqlanishingni tilayman».
Ey, farzand!
O’rniga xarjlangan mol kamaymaydi. Shubhasiz ortadi. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) shunday rivoyat qilgan:
«Uch xususda hech shubha qilmasdan qasamyod etaman:
1. Sadaqa berish va xayrga sarf etish bilan mol kamaymaydi. Balki ortadi, ko‘payadi.
2. Bir kishiga yomonlik qilinsa, yomonlik ko‘rgan uni kechirsa, Alloh qiyomat kunida o‘sha kechirgan qulini mahshar xalqi havas qiladigan bir kishiga aylantiradi.
3. Tilanmoqqa odatlangan faqirlikdan qutilmaydi.
Ey, farzand!
Abu Hurayra(r.a.) aytgan rivoyatga ko‘ra, Paygambarimiz (s a.v.) shunday deydilar:
«Alloh rizosi uchun qilingan bir yaxshilikka ming savob bilan javob beriladi».
Abu Hurayra (r.a.) hazratlari deydilarki:
«Buni eshitgan bir zot mendan shu xabar to‘g‘rimi, yo‘qmi deb so‘radi. Men unga shunday javob berdim: Men Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) eshitdim. Shunday dedilar:
«Kim Alloh uchun qarz bersa, Alloh unga ikki ming savob ehson etadi. Birovga qarz beruvchi yaxshilik bilan bersin, hamda yaxshilik bilan olsin».
Chunki yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Sizlar bir-biringiz bilan qarz oldi-berdi qilgan paytingizda bu ishni yaxshilik bilan ado etingiz. Agar boy bo‘lib, faqirda bergan qarzingizni kechib yuborsangiz, mahshargohda arshning soyasida bo‘lasiz. Jannat ham sizni oshiq bo‘lib kutadi!»