Farzandsizlik ...
Mavzu yaxshi ochilgan
Axir osha farzand emasmi ota onaning koz quvonchi, farzand yoqligidan shunday bur ichki dardki uni insonlardan yashirishga xarakat qilasan lekin xar gal odamlarning savollarga duch kelganingda dunyo kozinga qorongu tuyiladi
Allohim xech kimga farzandsizlik dardini bermasin ...
bu dard emas, sinov. Dunyodan farzandsiz o'tgan qancha-qancha solih insonlar bor. Farzand ham shu foniy dunyoning bir ne'mati. Alloh kimlarnidir (yomon ko'rgani uchun emas, balki aksincha suyganu uchundir) shu ne'matdan mahrum qilib sinaydi, bu qattiq sinov sabab balki iymon sayqal topar, hikmati Allohga ayon.
Afsuski musulmonmiz deb turib oramizda shunday sinalayotgan insonlarni o'z hatti-harakatimiz, befarosatsizligimiz, beodobligimiz bilan kamsitamiz va ranjitamiz, ajratib qo'yamiz. Alloh suygan bandalarinigina qattiq sinovlar ostiga oladi.
Ne'matlarning ulug'i, ikki dunyo saodatiga eltuvchisi - iymondir. bu nemat jamiy sinovlar va dardlarga malham bo'ladi, shundan benasib qilmasin Alloh,