Assalomu alaykum Hurmatli opalar va singillar. Meni ko'pdan beri shu savol qiynaydi, oxir savolga javob topolmay sizlarga murojat etdim hurmatli Qizlar.
Savol: Nima uchun bazi qizlarni umuman tushunib bo'lmaydi? Sababi nimada? Oldindan Rahmat
P.S: Oldindan kechirim so'rayman opalarimizdan va singillarimizdan bu savolim shaxsiyatlariga tegib ketsa.
Savolingizga biroz kech bo'lsada javob berishni lozim topdim, agarda qarshi bo'lmasangiz albatta...
Bir-birini tushunmaslikka ko'plab sabablarni keltirish mumkun. Masalan, u qizning ichki kechirmalarida yoki shaxsiy hayotida qandaydir nohush o'zgarish bo'lishi yoki qilayotgan ishini o'zi uchun noto'g'ri deb bilish ba'zan esa bu harakter va yoshga ham bog'liq bo'ladi. Deylik o'smir yoshidagi ya'ni o'tish yoshidagi ayrim qizlarda va bolalarda ham o'zgarishlar bo'lgani sabab o'zini o'zi tushunmaslik holatlari ham bo'ladi.
Bir-birovini tushunish uchun avvalo mani fikrimcha eshita bilish va yonidagi so'zlovchini tushuna bilish kerak. Shu o'rinda bir-birini tushunmay hafagarchilik bo'lganda uni o'rniga o'zi qo'yib kechira bilishlikni ham bilishi lozim! Ahir mahluqotni yaratgan Robbiy kechirgandan keyin biz ojiz bandalar kim bo'libmiz kechirmay... Hamda o'z mavridi bilan qilgan xatosini chiroyli to'g'ri hamda ohistalik bilan bildirib qo'yilsa bu maqsadga muvofiq bo'ladi-ki, sizga nisbatan qilgan tushunmovchiligini boshqaga ham qilmasin...