Shaqqi Sadr.
Shaqqi Sadr, Shaqqi Sadr,
Ko'ksimni yor Shaqqi Sadr,
Har mo'minning ko'kragida,
Bo'lgin takror Shaqqi Sadr.
Shaqqi Sadr,Shaqqi Sadr,
Amri Rahmon, Davri Qadr!!!
Balki bilmay o'tgaydirman,
Nedir Armon, nima sh'er?
Halimaning vahm kirgan,
Yuragiga ovunch ber...
Shaqqi Sadr, Shaqqi Sadr,
Dardi Armon, shavqi sabr.
Qayga ketdiqurg'oqchilik,
qayga ketdi qora qon?
Kuldi chechak,to'ldi ilik,
Salqin kechdi saraton.
Shaqqi Sadr, shaqqi sadr,
Bahri osmon! Ashki abr*!
Shaqqi sadr, shaqqi sadr,
Farishtalar amali,
Nahot ko'ngil tegrasida,
Mangu shayton qamali.
Shaqqi sadr, shaqqi sadr,
Tarki isyon, margi makr!
Kechar yillar riyozatda,
Cho'kar qayg'u - bu ham baht,
Shafe' bo'lsin Qiyomatda,
Rasululloh Muhammad (s.a.v.)
Shaqqi sadr, shaqqi sadr,
Dafni shayton, dafni jabr!
abr* - bulut.