Bir do’stim uch yildan beri bir litseyda o’qib yurgan qizni o’qish oxirlarda ko’rib qolib yaxshi ko’rib qolibdi.Ancha yurib dardini menga aytib qoldi.Hatto sevgi dardi zo’rlik qilib she’r ham yozibdi.Uning yozgan she’rini o’qib menda ham yoshlik xotiralari yodga tushib qo’lga qalam oldim.Natijada quyidagi she’r dunyoga keldi.
O’n sakkiz yoshingda
Aylayin xitob senga dunyoi jannatin.
Olloh bandalariga ko’rsatgan marhamatin,
Bir kunmas bir kun totarding lazzatin.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.
Yurar eding shu kungacha oddiygina,sho’x bola,
Sevgi dardin anglamay,ishq o’tidin begona.
Hayot yo’linnga qadam qo’yadigan bir damda,
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.
Kechadan to tonggacha ,endi yo’q ko’zda uyqu.
Qalbingga tig’ urganday tilkalaydi bir tuyg’u,
Bedavo dard ekan deb,chekasan ming bir qayg’u
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.
Suygan bandaga berar,Olloh bu ishq o’tini.
Quvonarsan,yayraysan totganda ishq mayini,
Bo’lib mast ishq o’tidin,yo’qotmagin sevgingni.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.
Odamlar kelib ketar bu dunyoga bir bora.
Kelishimiz bo’lgandek,ketish ham bor bir onda,
Iymonsiz ketishlikdan,Ollohim o’zing asra.
Sevgi dardi tushdi otashin qalbinnga,
Bo’lding Majnuni devona o’n sakkiz yoshingda.