Bu duo Makkai Mukarramaga kirayotganda o‘qiladi:
«Allohumma inna hazal haroma haromuka, valbalada baladuka, val`amna amnuka, val’abda abduka, ji’tuka min biladin ba’iydatin bizunubin kasirotin, vaa’malin sayyiatin, as’aluka mas’alatal muztorriyna ilayka, almushfiqiyna min azabika, an tastaqbilani bimahzi afvika vaan tudxilaniy fasiyha jannatika, jannatin na’iymi, Allohumma inna haza haromuka va haromu rosulika, faharrim lahmiy vadamiy va ‘azomi ‘alannari, Allohumma aaminniy min ‘azabika yavma tab’asu ‘ibadaka as’aluka biannaka antallohu la ilaha illa antarrohmanurrohiym, an tusolliy va tusallima ‘ala sayyidina muhammadin va’ala aalihi tasliyman kasiron abadan».
Allohim, bu haram Sening haramingdir, bu yurt Sening yurtingdir, bu omonliging Sening omonligingdir va bu banda Sening bandangdir. Huzuringga uzoq yurtdan ko‘p gunohlar va yomon amallar bilan keldim. Allohim, Sening azobingdan qo‘rqib, Senga muhtoj bo‘luvchilarning, azobingdan qo‘rquvchilarning so‘rovini, meni to‘liq kechirib kutib olishingni va jannatlarning kengrog‘i bo‘lmish jannatun-na’iymga kiritishingni so‘rayman. Allohim, bu Sening haramingdir va rasulingning haramidir. Mening go‘shtimni, qonimni va suyagimni do‘zaxga harom qilgin. Allohim, bandalaringni qayta tiriltiradigan kuningdagi azobingdan meni omon saqla. Zero Sen Allohdirsan, hech iloh yo‘qdir, magar Rahmon, Rahiym bo‘lmish zot Sen borsan. Sendan sayyidimiz Muhammad (s.a.v.) va u zotning ahli baytlariga abadiy, ko‘p salotu salomlar yuborishingni so‘rayman".