8 sinfdaligimda juma namoziga domlamdan javob so'rardim. Domlam javob berardila. Bir kuni sinf rahbarim bugun borma, komissiya keladi, deganlarida, geografiya darsiga kirib o'tirsam, domla hayron. Nimaga ketmading? degandi.
O'sha yili rus tili fani juma namozi vaqtiga to'g'ri kepqoganida, o'ris domlayam javob berardi masjidga borishga. 17 ta boladan 15 tasi jumaga ketaman, deb javob so'rardi, bor-yo'g'i 5-6 ta bolagina masjidga borardi.
9-sinfda, bolla va qizla o'zaro gaplashishmasdi. Bir-birlariga boycott e'lon qilishgandi. Sinf rahbarimiz bir kuni hammani yig'ib, urushgandila. O'shanda manga qarab, "Islom dinida bir-biri bilan gaplashmaslik, arazlashmaslik yo'qligini bilasanu, nimaga boshqalaga shuni o'rgatmisan?" deb baqirgandila. shu gaplaridan keyin shunaqa berilib ketimmanki, 17 ta boladan 14 tasiga arab yozuvini o'rgatganakanman. (qogan uchta boladan bittasi o'zim, ikkitasi oldindan yozishshi biladigan bolla edi.)
10 sinfda o'qib yurganimizda, algebra domlamiz hammani oldida Aziz degan o'rtog'imizzi sharmanda qigandila. Aziz o'zi yaxshi bola edi, lekin matematikani bilmas edi. Darsdan keyin, domlaga 2000 so'm pul berib, "Oyim bervordila..." deganakan. O'qituvchimiz hammani oldida pulini qaytarib bergandila va kulib, 3 bahosini qo'yib bergandila.