176. (Ey, Muhammad,) Sizdan fatvo so'raydilar. Ayting: "Alloh sizlarga otasi ham, farzandi ham bo'lmagan odam to'g'risida (shunday) fatvo beradi: agar farzandsiz bo'lgan bir erkak halok bo'lsa (o'lsa), agar singlisi (qolgan) bo'lsa, qoldirgan merosning yarmini olur. Agar singlisining farzandi bo'lmasa, u (akasi) merosxo'r bo'lur. Agar (singillar) ikkita bo'lsa, ularga (aka) qoldirgan narsaning uchdan ikkisi (tegur). Agar (merosxo'rlar) aka-uka va opa-singillar bo'lsa, (har) bir erkakka ikki ayol hissasi (berilur). Yanglishib ketmasliklaring uchun Alloh sizlarga (meros hukmlarini O'zi) bayon etadi. Alloh har bir narsani biluvchidir. MOIDA SURASIMoida - dasturxon demakdir.
Surada Islom mafkurasiga oid masalalar, shar'iy hukmlar, haj, umra, tahorat, nikoh, jinoyat, jazo, ichkilik, qimor hukmlari, payg'ambarlar qissasi va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Ey, imon keltirganlar! Bitimlar (ahdlar)ga vafo qilingiz! Sizlar uchun chorva (xonaki) hayvonlar (go'shti) halol qilindi. Sizlarga (nomlari) o'g'ilajak (hayvonlar) bundan mustasno. Ehrom (haj ibodati)da bo'lganlaringizda ov qilishni halol deb sanamagaysiz. Albatta, Alloh iroda qilgan narsaga hukm qilur.
2. Ey, imon keltirganlar! Allohning (hajga doir) shiorlarini, Harom oy (haj oylari)ni, qurbonliklarni, (ularga taqib qo'yilgan) taqinchoqlarni, Parvardigorlarining fazli va roziligini topish niyati bilan Baytul-Harom (Ka'ba)ga boruvchilarni (ularga qarshilik qilishni) halol deb hisoblamangiz!* Halol (qilingan holat)ga chiqqanlaringda esa, ov qilaveringiz. Sizlarni Masjidul-Haromdan to'suvchi qavmning adovati tajovuz qilishingizga undamasin! Ezgulik va taqvo (yo'li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo'li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir.