Savol: Turmushga chiqqan opalarimizga: Kelinlik uyiga borganizda Qaynangizdan eshitgan birinchi dakki(maslahat )
Savol: Hamma opa singillarimizga: Dugonanggiz hato ish qilayotganida, noto`g`ri yo`lga yurayotganida siz bu yo`ldan qaytara olganmisiz, yoki qaytara olasizmi?
Savollar uchun rahmat.
Men kelin bo'lib tushganimdan beri qaynonamdan har kuni nasihat olaman, orada dakkilar ham bo'lib turadi. Lekin hech qachon hafa bo'lmaganman. Alloh u kishidan rozi bo'lsin. Chunki "Qaynonam-ikkinchi onam"
Orqamdan gap eshitgandan ko'ra, o'zlaridan eshitish menga yoqishini qaynonamlarga ham doimo eslatib turaman. Bolalikdan beri olgan tarbiyam ham shu yo'lda, yani aybi bo'lsa insonni yuziga aytish eng ko'p foyda beradigan yo'ldir.
Afsus bazan dugonalarimiz, tanish qizlar xato yo'lga kirib turishadi. Vaqtida meni ham meni dugonalarim bazi xatolarim tufayli ogohlantirishgan. Xozir ularni duo bilan yodga olaman. İnson faqat yaqin olgan insoni uchungina jon kuydirib, qayg'uradi. Siz aytgandan holatlar ko'p marotaba bo'lgan.
1 voqeani eslayman goh gohida.
Boshqa shaharda bir dugonam unashtirilgandi, yigit askarda edi. Lekin ishxonasidagi bir yigit unashtirilgan yigitdan kelishganroq, boyroq, shirin tilliroq bo'lgani uchun dugonamni "aqlini o'g'irlay" boshlabdi...Menga dardini ochdi. Nima qilay, deb. İchim yondi, qizga sekin-asta tushintirdim, voydodd sen nima qilyabsan, deb qizni ayblasangiz, sizdan umuman uzoqlashib, boshqa yozmay qo'yishi ham mumkin. Huddi o'zimni singlimday achindim, bazan rosa siqilardim. Chunki bu ham men uchun bir imtihon edi va juda nozik harakat qilishim kerak edi.
Allohga shukrlar bo'lsin, dugonam shaytonga hay berdi va yigit bilan umuman gaplashmay qo'ydi. Unashtirilgani armiyadan keldi, turmush qurdilar, xozir shiringina qizlari bor...
Hech kim o'ziga keragidan ortiqcha ishonmasligi kerak. Shayton insonning qon tomirlarida "suzar" ekan doimo Allohga sig'inib, duoda bo'lishimiz kerak.