Hadislar — ezgulik kaliti  ( 340804 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 79 B


Ashiq Garib  01 May 2007, 11:16:49

Ibn Umar (r.a) Rasululloh s.a.v dan rivoyat qiladilarki,
 "Menga ,olu ashobimga, azvoju zurriyotimga: "Allohumma salli  'alo Muhammadin va ashobihi va azvojihi va zurriyotihi vasallam......... deb salovot aytinglar",deb marhamat qildilar.

Qayd etilgan


Ashiq Garib  01 May 2007, 11:21:31

Abu Bakr Siddiq r.a  rivoyat qilgan ekanlarki,Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamga salovot aytish hsisiyati shuki, suv olovni qanday o'chirsa,salovot  ham gunohni shunday yuvadi va Payg'ambarga (s.a.v ) salovot aytish qulni ozod etgandan ham afzalroqdir ("Shifoi sharif").

Qayd etilgan


Ashiq Garib  01 May 2007, 11:23:23

Rasululloh sallolohu alayhi vasallam dedilar :Salovot aytishni unutganlar go'yo Jannat yo'lini yo'qotgandek bo'ladilar
("Shifoi sharif").

Qayd etilgan


Ashiq Garib  01 May 2007, 11:24:12

Payg'ambarga salovot aytish Vojib!!!

Qayd etilgan


Muslimа  01 May 2007, 11:47:36

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: Rasululoh sallallohu alayhi va sallam: "œMening nafsim qo’lida bo’lgan Zot nomi bilan qasamyod qilaman,sizlar musulmoni komil bo’lmaguningizcha jannatga kira olmaysiz. Musulmoni komil bo’lishingiz uchun bir — birlaringizga muhabbat qo’ymog’ingiz shart. O’rtalaringizda muhabbat paydo bo’lishi uchun salomni oshkora beringiz va bir-birlaringizga jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguvchidir, ya’ni u sochni tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi"  — dedilar.


Qayd etilgan


Muslimа  01 May 2007, 11:50:25

Nabiy alayhissalomdan rivoyat qilindi. Dedilar:
"œIkki xislatdan afzal narsa yoq:
-Allohga imon keltirish va
-Musulmonlarga manfaatli bo’lish.
Ikki yomon xislat borki, undan yomon narsa yoq:
-Allohga shirk keltirish va
-Musulmonlarga zararli bo’lish".

Ibn Hajar Asqaloniyning "œOxirat kuniga tayyorgarlik" kitobidan.

Qayd etilgan


Muslimа  01 May 2007, 11:51:52

Nabiy sallallohi alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Dedilar:
"œKim maishati qiyinchiligidan shikoyat qilsa, go’yoki Robbidan shikoyat qilibdi. Kim dunyo ishlariga mahzun (xafa) bo’lsa, u Rabbiga darg’azab bo’libdi. Kim boyning boyligidan olish uchun o’zini past tutsa, dinining uchdan ikkisi ketibdi".

Qayd etilgan


Ashiq Garib  01 May 2007, 13:48:42

Rivoyat,Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam dedilar:
Olloh ta'olo Odam farzandlariga sakkiz hil hislatni ato etgandir.To'rt hislat ahli Jannatdadir:
1. Ochiq yuz,
2. Shirin til,
3.Yumshoq ko'ngil,
4.Sahovatli qo'l.
To'rt hislat egasi ahli Do'zahdandir:
1.To'ng qiyofali odam,
2. Fahsh til egasi,
3.Toshbag'irlar,
4.Bahil qo'l.

Qayd etilgan


Ashiq Garib  01 May 2007, 14:08:09

Rasululloh sallolohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:Olloh ta'olo Jabroil alayhis salomni chiroyli suratda halq etib ,olti yuzta qanot berdi .Har bir qanot uzunligi Mashriq bilan Mag'rib o'rtasiga barobar edi .Jabroil alayhis salom o'zlariga nazar solib : "Ey bor Hudoyo ,mendan ham hushsuratroq birorta mahluq yaratganmisan ?"deb so'radilar .Olloh ta'olo aytdi "Yaratgan emasman ".Shundan keyin Jabroil alayhis salom turib ,ikki rakat shukrona namozni o'qidilar,Har bir rakatda yigrma ming yil turdilar ;QIrq ming yilda 2 rakat shukrona  namozni ado qildilar.Namozni tugatganlaridan keyin Olloh ta'olo dedi;"Ey Jabroil ,rost ibodat qilding,menga hech kim sendek ibodat qilgan emas,lekin ohir zamonda Nabiy karim,habibim,suyukli do'stim ,Muhammad kelgay va uning gunohkor,zaif  ummatlari bo'lgay.Ozgina vaqtda ikki rakat namozni ko'p sahvu hatolar va har hil hayollar bilan oqiydilar.O'zimning izzatim va jalolimga qasamki,sening qirq ming yilda o'qigan ikki rakat namozingdan ularning namozlari menga yahshiroqdir,chunki ularning o'qigan namozlari mening amrim bilandir,sening namozing esa ,o'z ihtiyoring  bilan edi,mening amrim bilan emas"."Jabroil alehis salom dedilar : Ularning ibodatiga qanday ajr-mukofot berasan?".Olloh ta'olo dedi: "Ularga Jannatul ma'voni beraman"
( Mushkotul-anvor).

Qayd etilgan


Muslimа  01 May 2007, 14:27:14

Nabiy sallallohi alayhi vasallam dedilar:
"œUch toifa odamlarni Alloh hech soya bo’lmagan kunda O’z Arshining soyasiga oladi: qiyin vaqtlarda (ya’ni, kasal payti, urush chog’ida, yaqin kishisini yo’qotganida) tahorat oluvchi kishini; qorong’ulikda masjidlarga boruvchi odamni; ochni to’ydiruvchilarni".


Qayd etilgan