Ismoil yana bir dona oldi. U nimanidir aytmoqchi edi. Boshini sal egdi:
— Opa, sizga bir gap aytaymi?
— Ayt, Ismoil.
— Kechqurun otam meni mozorga olib bordi. Menga onamning qabrini ko‘rsatdi. «Qara, o‘g‘lim, bu yerda onang yotibdi. O’qi!» — dedi.
— O’qidingmi?!
— «Fotiha» o‘qidim, opa, «Alham»ni. Ammo, rosa yig‘ladim.
U Fotimaga bu gaplarni ayta turib ko‘zlariga kelgan yosh tomchilarini to‘xtatolmadi. Ketmoqchi bo‘lib, o‘rnidan turdi. Fotima darhol qo‘llaridan tutdi.
— Qayoqqa borasan, Ismoil? Mening bilan shunchagina o‘tirasanmi? Odam opasining yonidan ham shunchatez ketadimi?
Ismoil Fotima opasining ko‘nglini ko‘tarish uchun yana qaytib o‘tirdi. Sal fursat o‘tgach:
— Endi ketay, opa, — deb qo‘zg‘aldi.
— Mayli, bor. Ammo yana kel, kutaman.
Ismoil chiqdi. So‘ng qayoqqa ketganini hech kim bilmaydi. U ancha vaqt mahallada ko‘rinmadi.
Agar go‘rkov o‘sha kuni joyida bo‘lganida, oltietti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, shoshapisha qabriston oralab ketganini ko‘rgan bo‘lardi. Bu bola o‘sha tunda ziyorat qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuprokdagidekaftni hech yerdan, hatto otasidan ham topolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan o‘zi o‘rtasida begonalik paydo bo‘lganidan bu yergaeldi.Chopib keldi. Har kim ko‘ngilxushlik uchun shoshgan bayram ayyomida to‘yibto‘yib yig‘lamoq, yillar ko‘ngliga cho‘ktirgan dardlarining bir qismini yengillatmok, uchun kelgandi Ismoil...