Assalomu alaykum. Avvalambor ushbu tanlovga bee'tibor bo'lmaganingizdan xursandman. Aslida ushbu tanlovni o'tkazishdan maqsadim kimnidir g'olib, kimnidir mag'lub deb topish emas, balki shunchaki forum ishtirokchilariga turli xil yo'nalishda ma'lumot berish edi. Ammo xali bunday tanlovlar o'tkazishda yoshligim pand berdi. Chunki haqiqatdan ko'plab savollar turli xil asoslarga ko'ra noto'g'ri ketib qoldi. Nafaqat javob, balki savollarda ham muammo tug'ildi. Buning uchun sizlardan ming bora uzr so'rayman. O'zimni oqlamoqchi emasman, chunki bunday xatolarni takrorlamaslik imkoniyati menda bor edi.
Men faqat bir narsa sizlardan iltimos qilmoqchi edim.
Ushbu tanlovdagi xatolar tufayli sizda ZiyoUz Forumi va "Zakovat" Intellektual klubi haqida salbiy taasurot paydo bo'lmasin. Sababi ushbu tanlovda yo'l qo'yilgan xatolarda na Forum ma'muriyatini, na "Zakovat" klubini aybi bor.
Meni to'g'ri tushunganingizdan xursandman.
7-tur savollariga javoblar chiqqanidan so'ng ba'zi savollar javoblarini ko'rib ikkilanib qoldim. Ko'k va qizil rangni qo'shsa qaysi rang hosil bo'ladi? degan savolning javobini "yashil" degansiz. Aslida siyohrang hosil bo'ladi.
Ushbu savolda haqiqatdan javob noto'g'ri ketgan. Aslida yashil rang hosil bo'lishi uchun ko'k va sariq ranglar qo'shilishi kerak.
Eng katta musiqa organi deb savol berilgan. Javob ham organ deyilgan. Manimcha savol azgina boshqacharoq qo'yilishi kerak, ya'ni eng katta musiqa asbobi (instrument) deyilsa to'g'ri bo'lardi.
Bu yerda savol va javob bo'yicha noto'g'ri ma'lumot yo'q. Faqatgina savolni qo'yilishi (so'z tanlanishi) noto'g'ri bo'lgan.
Arabchaga "Dengizlar hukmdori" deya tarjima qiling. Javob admiral deyilgan. Javob Amir-ul bahri deyilsa to'g'riroq bo'lardi. To'g'ri admiral so'zi Amir-ul bahri so'zidan kelib chiqqan, lekin aynan arablar admiral deb aytishmaydi-ku.
Bu yerda ham yuqoridagi holat. Ya'ni savol qo'yilishi noto'g'ri bo'lgan. Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, bunaqa savollarda asosan xozir ishlatilidagin atama javob sifatida ko'rsatiladi. Masalan, grekcha yoki lotinchada olingan ko'plab so'zlarni ham asl varianti aytilmaydi. Masalan, Geliy so'zi haqida savol berilsa hech kim "Helium" deya asl variantni aytmaydi. Yoki "Imkoniyat, qobiliyat so'zini lotinchaga tarjima qiling" deya savol berilsa
facultas deb javob berilmaydi, balki fakul'tet deyiladi. Bu savol ham xuddi shunga o'xshash.
Tanais daryosining hozirgi nomi nima? degan savolga Sirdaryo deb javob berilgan. Sirdaryoning bunday nomi yo'q. Manimcha bu daryo Don bo'lishi kerak.
Ushbu savolni maktab darsligidan olgan edim. Xozir aynan qaysi darslik ekanligini eslolmadim, lekin buni aniq o'qigan edim. Izoh sifatida shuni aytishim mumkinki, xozir internetdan qidirib ko'rsam, Tanais Rossiyadagi daryo bo'lgamligi yozilgan ekan. Demak yoki faktik xato ketgan bo'lishi mumkin, yoki Sirdaryo ham Tanais deyilgan bo'lishi mumkin.
U narsaning morfemik, o'zlashma, chastotali, chappa kabi turlari bor. Savol nimaning? Menga chastotali lug'at haqida ma'lumot bersangiz.
Bu ma'lumot ona-tili va adabiyoti haqidagi Sharofjon Sariyevning kitobidan olingan. Bu DTM ning test savollarida ham bor edi. Buni abiturientlar yaxshi bilsa kerak. :-)
O'sha kitobda Chastotali lug'at borligi haqida ma'lumot keltirilgan. Ammo aynan qanday ko'rinishda ekanligi haqida biror ma'lumot yo'q. Uning qanday bo'lishi meni ham qiziqtiradi.
4-tur savollariga javoblardan Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi? deb savol berilgan. To'g'ri javob baron deyilgan. Aslida esa graf va vikont orasida hech qanday unvon yo'q. Baron unvoni graf va vikontdan keyin keladi.
Bu savol noto'g'ri ekanligini ancha oldin payqagandim. Shu sababli 4-turda ushbu savol uchun barchaga ball berganman. (to'g'riga ham, noto'g'riga ham)
Bundan tashqari 6-turda ham bir savolda shunday xatolik ketgan.
Szyansu provintsiyasida joylashgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.
Javob: Shanxay
Ushbu savolda Nankin deya javob bergan barcha userlar javobini ham qabul qilganman.