Umumiy bo'lim > Islom

Savob istab...

(1/9) > >>

maknuna:
Dildor Rustamova:
Bismillohir Rahmonir Rahiym.

 (Alloh bilguvchiroqdir, xato qilgan bo’lsak o’zing mag’firat qilgaysan) Al Faqix Abu Lays  As Samarqandiy kitoblaridan olindi.

Butun olamlar xojasi, yakkayu yagona, ulug’ Alloh taologa hamdu sano bo’lsin! Bizni shu kunga, shu ne’matlarga  yetkazgan barokotli va buyuk zotga hamd bo’lsin. Qiyomat kuni mo’min bandalarini  o’z rahmati soyasiga olguchi va ostlaridan daryolari oqib turguchi jannatini nasib etguch bo’lgan Allohni zikr (hamisha yodda tutishni va hamd aytishni )etishni Parvardigor qalbimizga bog’lab qo’ysin.

Anas ibn Molik(raziyollohu anhumo) Payg’ambardan(s.a.v.) rivoyat qiladilar: Payg’ambarimiz aytdilar: "Allohni zikr qilish imonni alomati  va nifoqdan ozod bo’lish, shaytondan qo’rg’on va do’zahdan to’suvchidir"

Taqvodor shunday zotki , u ham Allohdan qo’rqadi, ham gunohlaridan qo’rqadi.
Molik ibn Dinor(r.a) aytadilar: "Agar kishi nafsida qo’rqinch va umid alomatini bilsa , u ishonchli ishni ushlabdi.Qo’rqinch alomati-Alloh taolo man qilgan narsalardan qaytish. Umid etish alomati-Alloh taolo buyurganlarini qilish " Aytilishicha , xavf va umid ikki alomatdir. Umid alomati-amalingizningAllohni rozi qiladigan bo’lishi, qo’rqinch alomati_Alloh man qilgan narsalardan qaytishingizdir.

maknuna:
"œLa-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati

Faqih Abu Lays Samarqandiy(Aloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abdulloh ibn Amr ibn Osdan(r.a) rivoyat qilinishicha, Payg’ambar (s.a.v.) aytadilar: "Kishi qiyomat kuni torozi oldiga keltiriladi. So’ngra to’qson to’qqizta metin daftari chiqariladi.Har daftarning uzunligi ko’z nuri yetgunchadir.Unda xatolari, gunohlari yozilgan bo’ladi.Ular tarozining bir pallasiga qo’yiladi, so’ng barmoqning uchidek bir varaq chiqariladi.Unda shahodat kalimasi-"œla-a ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rasuluh" yozilga bo’ladi. Uni tarozining ikinchi pallasiga qo’yiladi va u xatolardan og’ir keladi"

maknuna:
Anas ibn Molik(r.a) aytadilar:
Payg’ambar(s.a.v) huzurlariga Jabroil(a.s) kelib:"Yer boshqa yerga, osmonlar (o’zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda(barcha odamlar) yolg’iz va qudratli Allohga ro’baro’ bo’ladigan kunda (qiyomatda) intiqom oluvchidir" oyatini tilovat qildi.

Payg’ambar(s.a.v.) aytdilar:"Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda bo’ladilar?".Jabroil aytdi:"Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan yerda bo’ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib oladilar.

Har bir farishta:"Ey Alloh, faqat o’zimizning nafsimizni Sendan so’raymiz(qiyomatning qo’rqinchi farishtalarning ham faqat o’zlarining qayg’ulari bilan band qilib qo’yarkan".Tog’lar esa titilgan jundek bo’lib,jahannamning qo’rqinchidan osmaonda uchib yuradi. So’ngra jahannam keltiriladi.U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish ming arqoni bor, ahr bir arqonda yetmish mingta farishta bo’ladi, keyin Alloh oldida to’xtaydi.

Alloh taolo:"Ey jahannam, gapir",deydi.Jahannam aytadi:"La-a ilaha illalloh,Sening izzating va pokliginggaqasamki,bugun sen berga rizqni yeb,boshqaga ibodat qilgan kishidan,albatta , o’ch olaman.Mening xuzurimdan faqat o’tish huquqi bo’lgan kishilgina o’tadi".Payg’ambar(s.a.v.):"Ey Jabroil,qiyomat kunidagi o’tish nima?"dedilar.

Jabroil(a.s):"Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a ilaha illalloh kalimasini aytib , guvohlik bergan bo’lsa,jahannam ko’prigidan o’tadi,"dedi.Payg’ambar(s.a.v.)aytdilar:"Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasibilan ilhomlantirganZotga hamdu sano bo’lsin""

maknuna:
Ey birodar,qarang,o’lim kelmasidan oldin ishalringizni isloh qilib oling.Chunki siz qachon o’lim kelishini bilmaysiz.Bilingki,umr ozgina,hasrat esa uzoqdir.Sizga la-a ilaha illalloh so’zini ko’paytirmoq va unga shukr qilmoq lozim.Shukr ulug’ ne’mat uchundir.Chunki ne’mat shukr bilan boqiy.

Hasan Basriy aytadilar: "La-a ilaha illalloh jannatning bahosidir"

maknuna:
Bir sahobiydan rivoyat qilaindi:"Kim ixlos bilan(butun vujudibilan) la-a ilaha illalloh desa,ulug’lab ovozini ko’tarsa,Alloh uning to’rt mingta katta gunohini kafforat qiladi"Aytildiki:"Agar unda 4000 ta gunoh bo’lmasachi?",deb.Aytdilar:"Unda ahli(oilasi) va qo’shnilarining gunohlari kechiriladi"

Ey,birodar, Allohni zikr qilish qalbdan shaytonni ketkazadi, qalbni iymonga—islomga yumshoq qilib, uni xotirjam qiladi,keling shuning uchun kuni tun xech bo’lmasa La-a ilaha illalloh kalimasini aytib yuraylik.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version