Forumimiz alhamdulillah kattakon oiladay. Hammani o'ziga yarasha yeri bori vazifasi bor. Asosan bir xil fikrlaydigan insonlar borligi uchun ham unchalik kelishmovchiliklar bo'lmaydi. Zotan "O'zbekona" forumga ham bu yarashadi.
Aktivlik mavzusiga kelsak, bu nasib masalasi. Hech kim bir so'nggi nafasidan amin bo'lmaganidek ertaga forumdoshlarga salom berish nasib bo'ladimi, buni Alloh biladi. Shuning uchun bir-birimizni dilini ranjitib, pushaymon bo'lishdan Alloh saqlasin. Rizolik olish bor...
Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin. Duolarning eng maqbullarini bir-birimizga aytishdek baxt bormi, azizlar...
Turli mavzulardagi kopy-pastlarga kelsak, barchalarini qo'llari dard ko'rmasin. Masalan men boshqa hech qaysi saytga kirmayman, Vatanim bilan bog'liq hamma xabarlarni shu yerdan o'qiyman.
Kitoblar haqida esa qanchalik xursand bo'lib gapirsak shunchalik oz, kechagina tugatgan "Hayratul abror" asarini har bir misrasiga hayron bo'lib, men ojizni qo'lidan Navoiy hazratlarini aql-idroklariga tasanno aytishdan, haqlariga duo qilishdan boshqa narsa kelmaydi...
Ziyouz forumi-kelajak avlod uchun juda katta ummon, hazina. Bu "uyni" bir toshini qo'yish nasib bo'layotgan bo'lsa qanchalar baxtli bo'lardim...