Umumiy bo'lim > Madaniyat

So'zlashish madaniyati

<< < (4/5) > >>

Shuhrat_:
Oqil bo`lsang so`z aytmagin
navbat berilmagan yerda

Oymoma:
   Assalomu alaykum, yuqorida telefon orqali sözlashish odobini juda chiroyli yoritib beribdilar, buning uchun tashakkur!

Bilishimcha hurmatli kishilar bilan, ota-ona, ustozlar bilan turib gaplashish odobdan.. Agar ular ötirgan xolda bölsa ikki tizzani tiragan (butunlay ötirmagan xolda) sözlashgan yaxshiroq.. Bu ularga ehtiromni bildiradi..

Secret:

                 :asl3:
 
Alisher Navoiyning "Mahbub- ul qulub" asarida til haqidagi fikrlar:
" Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. Ko’p bemaza so’zlaydigan ezma kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshiylarcha baqirmog’i — eshakning bemahal hangramog’i. xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushushi mumkin bo’lgan g’am uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki, "œnafasning joni bor"¦"
O’zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o’xshaydi. Baxt bag’ishlovchi toza ruh manbai ham til; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilini tiyolgan odam — donishmand, oqil; so’zga erk bergan odam — beandisha va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi; til bilan dil yaxshi bo’lsa, yana yaxsshi. Til bilan dil insondagi eng yaxshi a’zolardir. Bo’stonda gulsafsaar, gulg’uncha va rayhonlar eng yoqimli gullardir.
Odam tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzzalligi bilinadi. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir.
Til shirinligi ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa foydalidir . chuchuk til achchiqqa aylansaa, ko’pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa, harom bo’ladi. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam halvofurush kabi sevimlidir".

Soz'durki nishon berur o'likka jondin,
So'zdurki nishon berur jong'a jonondin.
Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Bilki guhari sharifroq yo'q ondin.

Dono xalqimizda "So'zdan so'zning farqi bor, o'ttiz ikki narxi bor" degan purma'no maqol bor. Suhbatlashish madaniyati insonning dunyoqarashidan kelib chiqadi deb o'ylayman. Shu o'rinda har bir so'zni kerakli o'rinda, kerakli joyda turli xil ishlatish kerak. Bu so'zlarni ishlatish ham eshituvching yoshiga , dunyoqarashiga, qabul qilishiga moslanmog'i darkor. So'zlashni bilgan inson tinglashni ham bilishi lozim.

Muhammad Sanjar:
Til birla dilning birligi,
Shudir yurakning hurligi.
Shudir irodang zo'rligi,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

Olgin Navoiydan madad,
Jomiyni sevgil beadad.
Sehri Fuzuliy toabad,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

Navoiydek rost so'zlagin,
Bobur kabi soz so'zlagin.
Bedil kabi oz so'zlagin,
Nutqing ravon bo'lsin, bolam!

(Iqbol Nazariy)

Muhammad Sanjar:
Gapni tonnalab olingu grammlab soting.

Gap qancha yaxshi bo'lsa, u shuncha qisqa bo'ladi.

Birov gapni yog'lab gapiradi, birov tikanak bog'lab gapiradi, ...odam gapni qay tarzda gapirganiga emas, nima deganiga qaralsa, durust bo'lar...

("Abdulla Qahhor hikmatlari"dan)

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version