Haaa Qurbon Hayiti buyuk bir bayram. U bilan bog'liq xotiralar ham hayotimning buyuk xotirilaridir.
Yoshligimda tog'ami qizlari bilan Hayit kuni ko'chaga ataylab hammani tabriklash uchun chiqib ketardik, yo'lma yo'l kim uchrasa tanishmi notanishmi " Hayit bayrami bilan tabriklimiz" deb barrala aytib ketaverardik.Bu paytlarda hali maktabga bormasmidim yoki 1 sinf edimmi esimda yo'q. Lekin odamlar rostan ham juda hursand bo'lib ketishardi. Huddi hozirgidek esimda o'sha yo'llimizda uchragan har bir odamning yuzzi. Bir Nuroniy otaxonni huddi shunaqa barrala hammamiz tabriklaganimizda "Voy qizlarimey, sizlarniyam tabrikliman" deb rosa duo qilgandila. Biz shunga hursand bo'lardik. Eh bu kunlarga teng keladigan kunlar yo'q....
Barchangizga ko'p ko'p yaxshiliklar bo'lsin InshaAlloh. Har bir kunimiz huddi Qurbon Hayitti kunidek fayzu barokatga to'lsin Iloyim.