Assalomu alaykum. Men Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida o'qiyman. Bizda tartib juda qattiq. Ayniqsa 2009-yildan boshlab "Otrabotka" tizimi qayta isloh qilindi. M-n, agar tilllardan birorta darsga bir para qatnashmasangiz siz 1000 so'zdan iborat matnni o'sha tilda olasiz va uni o'zbekchaga tarjima qilib, ham taqriz yozib o'qituvchiga topshirasiz. Bizga bir xaftada 8 para til darslari bor. Bu faqatgina tillardan. Qolgan fanlarda ham o'zgacha tartib bor. Umuman olganda sababli bir xafta dars qoldirsangiz ham uni "tiklash" uchun ikki xafta ter to'kish kerak. Chunki ikki xaftada tiklanmasa, maxsus choralar ko'riladi...