"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 481-490
Tarix
481. AbdulAziz: II jahon urushining 13 ta "qahramon shahar"larini sanang.
Javob: Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Volgograd, Sevastopol, Odessa, Novorossiysk, Tula, Kerch, Smolensk, Murmansk, Brest qal'asi. Maknuna 5 ball.
Tarix
482. AbdulAziz: Amir Temur davlatining bayrog'i rangi qanday edi?
Javob: Moviy rangda. Feruza 5 ball.
Adabiyot
483. Shoir: "O'tkan kunlar" romani voqealari nechanchi hijriy yildan boshlanadi?
Javob: 1264-hijriya, dalv oyining 17-nchisi qishki kunlarning birida Marg'ilon shahri... AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
484. Shoir: "O'tkan kunlar"da Ziyo shohichining o'gli?
Javob: Rahmat. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
485. Shoir: "O'tkan kunlar"da Hasanali otani Otabekning bobosi kimdan va qanchaga sotib olgan?
Javob: Erondan kishi o'g'irlab keluvchi bir turkmandan 15 tillo barobariga. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
486. Shoir: Ziyo shohichining uyidagi suhbatda Otabek o'ris shaharlaridan qaysi biriga borganligini gapiradi? U hozir qaysi shaharga to'g'ri keladi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Shamay, hozirgi Semipalatinsk. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
487. Shoir: Azizbekdan oldin Toshkent hokimi kim edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Salimsoqbek. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
488. Shoir: Yusufbek hoji xonadonining cho'risi kim edi? ("O'tkan kunlar")
Javob: Oybodoq va Hanifa. Feruza 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
489. Shoir: Kumushbibi Otabekni ariq bo'yida uchratganda necha yosh edi?
Javob: O'n yettini qo'yib, o'n sakkizga qadam bosgan edi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.
Adabiyot
490. Shoir: "O'tkan kunlar"da Marg'ilon hokimi kim edi?
Javob: O'tabboy qushbegi. AbdulAziz 5 ball; Shoir 1 ball.