"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 621-630
Islom
621. Muhammad: Yusuf qissasidagi Misr shohi kim edi?
Javob: Rayyon binni Valid. Maknuna 5 ball; Muhammad 1 ball.
Islom
622. Muhammad: (Kunlarning birida Misr mamlakatining) shohi: «Men tushimda yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa qurigan (etti boshoq) ni ko‘rdim. A’yonlarim, agar tushlarning tabirini ayta oluvchi bo‘lsangizlar, bu tushimning ta’birini (menga) aytinglar-chi», dedi. (Yusuf surasidan)
Ushbu tushga ta'rifni hech kim topa olmadi. Keyin Yusuf alayhissalomga murojaat qilishdi. Hazrat Yusuf tushni qanday ta'rif qildilar?
Javob: (Yusuf dedi):" Sizlar paydar-pay yetti yil don ekinglar. Keyin o'rib olgan hosilingizni o'z boshog'ida qoldiringlar, magar yeydigan ozgina ozuqalaringizni yanchib olinglar. So'ngra o'sha serhosil yetti yildan keyin yetti yil qahatchilik bo'lib, ular uchun tayyorlab-asrab qo'ygan bor hosilingizni yeb ketar. Magar ozgina urug'lik uchun asrab qo'ygan donlaringizgina qolur. (Yusuf surasi, 47-48). Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.
Islom
623. Muhammad: Qur'oni karimda nechta payg'ambarning nomlari kelgan?
Javob: Muqaddas Qur'oni Karimda 25 ta payg'ambarlarning ismlari kelgan. Bular: Odam, Idris, Ibrohim, Ismoil, Isxoq, Nuh, Hud, Shuayb, Solih, Lut, Yoqub, Yusuf, Yunus, Ilyos, Alyasa,Zulkifl, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Muso, Horun, Iyso va Muhammad alayhis salamlardir. Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.
Islom
624. Muhammad: Qur'oni karimning dastlabki tushirilgan oyatlari necha kalimadan iborat edi?
Javob: 18 kalimadan iborat edi ("Alaq" surasi, 1-5 oyatlar). Mubashshir 5 ball; Muhammad 1 ball.
Islom
625. Muhammad: Abu Bakr Siddiqning Qur'on mushaflarini jamlashda bosh bo'lgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning kotiblari kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit. AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.
Islom
626. Muhammad: Xalifa Usmon ibn Affon Qur'oni karimni 7 nusxa ko'chirib qaysi yurtlarga yuborgandilar?
Javob: Makka, Shom, Yaman, Bahrayn, Basra, Kufaga, bir nusxasi Madinada qolgan. AbdulAziz 5 ball; Muhammad 1 ball.
San'at
627. Mohinur: 40 yoshida kar bo'lib qolgan mashhur kompozitor kim?
Javob: Betxoven. Feruza 5 ball; Mohinur 1 ball.
Geografiya
628. Mohinur: Janubiy Afrikaning tub-joy aholisi bo'lgan qabilalar qaysi?
Javob: Koykoy (gottentot) va san (bushmen). Bekmirzo 5 ball; Mohinur 1 ball.
Tarix
629. Mohinur: Qohira shahri qachon va kim tomonidan asos solingan?
Javob: 969 yili Fotimiylar amirlaridan Javhar as-Saqaliy tomonidan asos solingan. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.
Geografiya
630. Mohinur: Hududining ko'p qismi kanallar bilan tutashgani uchun "Sharq Venetsiyasi" deb ataladigan shahar?
Javob: Basra. AbdulAziz 5 ball; Mohinur 1 ball.