Assalomu aleykum!!!!
Mahzunlik ohir zamon bolalaridan biri, bugun biz bir — birimizga tinmasdan sahobai ikromalar hayoti haqida hikoyalar aytamiz, og’zimizni suvini oqizib hadislar hikoya qilamiz, biroq hayotimiz usha usha, Rasulloh s.a.v ko’rsatgan yo’l biz uchun go’yoki ertakdak tuyiladi hayotimizga nazar solsak, bugungi kunimizi ko’rib sahobalar hayoti endi hech qachon takrorlanmas tushdek kurinadi Astag’firullo.
Ahir sahobalar ham biz ham hech narsa yordam bermaydigan tog’lar jumdek titilib ketadigan kunda qiyomatda barobar tirilamizku, naxotki shuni oz bo’lsa ham eslamaymiz, idrok qilmaymiz, to’g’ri bahonalar yetarli dunyoyimiz go’zal.
Hasan basriy roziyolloxu anxu aytganlaridek ikki dirxami bor odam, bir dirxami ega bo’lgan odamdan kura dunyoga haysroq bo’lar ekan. Bugun bizni dunyoyimiz chiroyli bo’ldi haddan tashqari bezadik uni, ammo oxiratimizni bezamoqqa g’ayrat yo’qolgan qaygadir.
Vaqtimiz serob, dunyo tashvishlaridan holi bo’lish niyatida tog’larga sayrga chiqamiz, turli sayohatlar o’ylab topganmiz ammo eng taqvoliman deganlarimizning ham oxirat haqida o’ylashga vaqtimiz yo’qlik qiladi. ko’nglimiz torlik qiladi.
Sahobalardan keyin yashagan tobeinlar biri aytgan ekan, menga shu so’zlar og’ir botadi. Bugun Rasulloh s.a.v bizning zamonni ko’rsalar namozdan boshqa narsani tanimas edilar. Olloh rozi bo’lsin ul zotdan, bir asrdan so’ng payg’ambarimiz namozdan boshqa narsani topaolmas ekanliklarini aytmoqdamilar, endi bugunni ko’rsalar ne bo’lardi aziz birodarlar. Nimamiz qoldikan Rasulloh s.a.vga bu islomdan edi deb tanishtiradiganimiz hech nimamiz, hayotimizning aziz vaqtlari bekorchi lavurlarga o’tib borayotgani inkor qilmaymiz. Payg’ambar s.a.v qiyomat kuni birinchi bo’lib o’ylaganlari ummatlaridir. Ana shu ummat biz biz, o’qiyabsizmi, butun dunyo fisqu fujur qilib turli e’tiqodlar botqog’iga botib yotgan bir paytda biz ko’ksimizga uramiz biz so’nggi haq payg’ambar alayhi salom ummatidanmiz deb. Yo rabbi biz o’zimizni ko’klarga otayotgananimizda, sahobai ikromlarning jonlarini nimta nimta qilib evaziga sotib olganlari, jannat egalarimiz deb yuboramiz. Ahir insof bilan ayting agar Ollohning rahmati bo’lmasa bizning holimiz nima bo’ladi.
Rasulloh s.a.v qiyomat haqida vaz qilganlarida u kunda hamma yalang’och bo’lishini aytganlar, tasavvur qilishning o’zi har qanday daxshatning ikkinchi darajaga tushirib qo’yadi. Dunyo liboslarini kuniga almashtirib o’tgan shoxlarga ham avrat yopuvchi matoq berilmaydi. Boshiga yostiq o’rniga bir g’ishtning qo’yib o’tgan insonlar ham shu ahvolda bo’ladilar. Bu kunni farishtalar nadomat va hasrat kunidir deganlar. Ana shu kunni bir kun ham eslamayyotganimiz naqadar alam va hasratlidir. Usha kunni ozgina bolsada zahira to’plamay yotganmiz naqadar g’alati.
Biz bugun quron haqida gap ketadigan bo’lsa Olloh kalomi o’liklar uchun hizmat qilayotganini kuramiz. Mozorlarda o’qiladigan kitob deb tushunib qoldik Quronni, yo rabbi payg’ambar alayhi salom mana shu Quron haqida aytamaganmidilarki quron yo foydangga yo zararinnga hujjat bo’ladi deb. Yo zarar yo foyda o’qiyabsizmi buning o’rtasi yo’q, men undoq edim men bundoq edim deb bahona qilishga imkoniyat ham fursat ham berilmidi. Nega shularning bilib turib yuribmiz puchak dunyoning puchak orzulariga berilib yuribmiz.
Agar Quronni Ollohning kalomi deb bilar ekanmiz, nega parvardigorimiz hitobi biz uchun hayot qonuni emas, nega nima uchun tinmasdan bir birimizga sahobai ikromalar haqida hikoyalar qilamiz, birortamizning hulqimizda Abu bakr yo Umar yo Usmon yo Ali roziyolloxu anxularning hulqidan asar ham yo’q, nima uchun bir birimizni faqat yuzaki maqtaymizu, qalbimizda o’zimiz haqimizda ijobiy baho topolmaymiz. Chunki oddiy haqiqatdi tan olgimiz kelmaydi. Olloh taolo islom deganda uning sharti 5 arkomdan ega ekanligini aytgan, Avval iymon, keyin namoz, keyin ruza, keyin zakot, keyin haj. Biz narvonning birinchi zina poyasini bosmasdan keyingilariga hatlab ketganmiz. Shuning uchun qilgan ishlarimizda samara yo’q, yo yiqilamiz narvonning ikkinchi zinasiga og’irlik qilib, , yo pul topsak mo’minlikni boshlaymiz hajga ibodatidan.
Olloh taolo tartib bilan belgilab qo’ygan avval Iymon deb. Ana shu zinaga oyoq qo’yib keyin yuqoriga chiqadigan bo’lsak asr saodati insonlar qatori insonlar singari oliy martabaga ega bo’lardik. Hammasini boshidan pastga tushib iymon asli nima ekanligini anglagan holda boshlashimizga to’g’ri keladi. Bu haqiqatdi anglab yetmagunimizcha Olloh qasamki birimiz ikki bo’lmaydi. Narvonning ikkinchi zinasida jismoniy bardoshimiz yetmay yiqilaveramiz. Va uchinchi zinaga yetganda oshqozonimiz og’rig’i tutib qolaveradi. Yoki to’rtinchi zinaga yetkanimizda pulimizni qalbimizdan emas balkim chuntagimizdan olib berishimizga to’g’ri keladi. Beshinchi zinadan tushish esa aslida yo’qoriga chiqish emas balki pastga tushish boshlanganligini hech qachon unutmasligimiz lozim bo’ladi.