Assalomu alaykum!
Avvalgi tanbehim ALADDIN haqida.
Hurmatli userimiz, o'zim sizning 4 ta mavzuingizni yopishga majbur bo'ldim.
Sabab: bu mavzular avval ham ochilgan yoki ko'ngilochar, foydasiz harakterga ega.
Forumga yangi tashrif buyurgan userlarimiz, avvalo biron mavzu ochishdan avval o'ylab ko'ring: Shu mavzudan kimga, nimaga, nechog'lik foyda bor?
Mavzuingizning haqiqiy ma'noda inbsonlarga biron foydasi borligiga ishonch hosil qilsangiz, u holda avvalo tekshirib ko'ring, avval ham shunday mavzu ochilmaganmi?
Shundan keyingina o'z mavzuingizni oching va kuzatinb boring.
Har qanday ko'ngilochar yoxud foydasiz postlarni vaqtingizni ketkazib kiritib yurmang. Undan ko'ra kimgadir ilm, foyda bo'ladigan boshqa mavzular haqida bosh qotiring.
Yana bir muhim masala.
Birodarlar, bizlar hammamiz musulmon ekanmiz, birodarmiz. Birodar ekanmiz, bir-birimizni doimo hurmat qilishimiz, o'z akamiz, o'z ukamiz, singlimiz, opamiz kabi munosabatda bo'lishimiz maqbul yo'ldir.
Bir-birlarimiz haqida yomon gumonda bo'lishdan, yomon munosabatda bo'lishdan ehtiyot bo'laylik. Zero, yomon gumon juda ko'p fitnalarni yuzaga keltiradi.
Birodarim, forum bu ilm olish maskani, turli pichinglar, urishishlar, ixtiloflar makoni emas. Iltimos, shaxsiy va boshqa muammolaringizni forumda doston qilmang.
Iltimos, forumga kirib, unda biron fitna yoxud dilxiralikni yuzaga keltirmang. Bu narsa ko'p narsaga putur yetkazadi va birligimizni buzadi.
Doimo yaxshi gumonda bo'laylik. Birodarlarimizning ayblarini sunnatga muvofiq yashiraylik, aksincha doston qilmaylik.
Yangi userlarga, tushunmagan ba'zi birodarlarga jerkish, yomon muomalada bo'lish bilan emas, aksincha birodarona, muloyimlik bilan tushuntiraylik, asl haqiqatni anglataylik. Shundagina birligimiz mustahkam bo'ladi.
Kelinglar, arazda bo'lganlar bo'lsa, bir-biridan yomon gumonda bo'lganlar bo'lsa, bir-birlarimizdan kechirim so'raylik, kechirimli bo'laylik. Zero, bizlar Musulmon ahlimiz. Musulmon ahli esa, hech qachon bir-biriga yomon oqibatni ravo ko'rmaydi. Nima yaxshilik topsak, bir-birimizga ulashaylik.
Hammangizni birodar sifatida yaxshi ko'raman.
Alloh sizlardan rozi bo'lsin!