221. Ulug‘bek farmoni bilan barpo qilingan madrasalarda ilohiyat ilmlari bilan bir qatorda dunyoviy ilmlardan qaysilari o‘qitilardi?
A) riyoziyot, handasa, ilmi hay’at, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, ilmi aruz, arab tili va uning morfologiyasi
B) Qur’on, hadis, tafsir, fiqh, ilmi hay’at, ilmi aruz
S) tasviriy san’at, musiqa, suxondonlik, tarix, jo‘g‘rofiya
D) tafsir, fiqh, ilmi hay’at, ilmi aruz, arab tili va uning morfologiyasi
222. Ma’lumki, Ulug‘bek farmoni bilan ochilgan Samarqand madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo‘lgan. Har bir hujra necha xonaga bo‘lingan?
A) ikki: yotoqxona va darsxonaga
B) uch: qaznoq (omborxona), yotoqxona va darsxonaga
S) ikki: qaznoq (omborxona) va darsxonaga
D) uch: nomozxona, yotoqxona va darsxonaga