Ajabtovur faktlar  ( 122175 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 21 B


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:21:06

Inson tirnog‘i bir kunda taxminan 0,1 millimetrga uzayadi.

***

Odam o‘rta hisobda 7 minut ichida uyquga ketarkan.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:21:21

Janubiy Koreyada bir xil familiyadagi insonlarning nikoh tuzishlari ta’qiqlanadi.

***

Hozirgacha eng og‘ir odam 1983 yilda vafot etgan amerikalik Jon Brauer Minnok hisoblanadi. U 635 kilogramm tosh bosgan.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:21:45

Eng ommaviy kinoqahramon Sherlok Xomsdir. 1900 yildan beri u haqda 211 ta film suratga olingan.

***

Akulalar bundan 350 million yil avval paydo bo‘lgan.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:22:05

O‘ljasiga hujum qilish chog‘ida lochinning tezligi soatiga 360 kilometrga yetadi.

***
Dunyodagi eng ulkan ilon anakonda hisoblanadi. Uning uzunligi 11,43 metrga yetadi.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:22:59

Tarantul o‘rgamchagi oziqsiz 2,5 yil yashay oladi.

***

Buqalamunning tili tanasidan ikki baravar uzun ekan.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:23:17

Chumchuq bo‘ynidagi umurtqalar soni jirafanikidan ikki baravar ko‘p ekan.

***

O‘rdak va g‘ozlar 110 darajagacha sovuqqa bardosh bera oladilar.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:23:39

Yumronqoziq bir daqiqa ichida uya qazib yashirina oladi. Bir kunda  esa 68 metr uzunlikdagi  tunnel ocha oladi.

***

Ibtidoiy to‘da davrining so‘nggi bosqichi arxeologiya fani davriy tizimida Muste zamoni deb yuritiladi. Bu davrda yashagan ajdodlar esa ibtidoiy odam shajarasida neandertal odami nomi bilan fanga kirgan. Neandertal odami to‘dalari yashagan davr miloddan avv
algi 150-40 ming  yilliklar orasi bilan belgilangan. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda  neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joylarda uchratilgan.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:27:36

EHTIYOT BO‘LING,  TOK URADI

Hammamizga ma’lumki, qushlar, ayrim hayvonlar, turli daraxtlarga chiqib yurishni xush ko‘radi. Biroq Hindistonda o‘sadigan bir daraxtga na qush qo‘nadi, na bir jonzot o‘rmalaydi, odamlar ham undan xavfsirab, o‘zini ehtiyot qiladi. Sababi, mazkur daraxt tanasiga tegilganda, kishini esankiratadigan darajada tok uradi. Shuningdek, u kompas millariga 15-20 metr naridan ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Daraxtda hosil bo‘ladigan elektr kuchlanishi har doim ham bir xil bo‘lavermaydi, kunning qoq peshin paytida uning kuchlanishi yuqori darajaga ko‘tarilsa, yarim tunda nisbatan pasayadi. Noyob daraxtning ana shu xislatlari sabab, ko‘pchilik undan o‘zini olib qochadi.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:28:04

TABIIY CHIROQLAR

Janubiy-sharqiy Avstraliya o‘rmon- larida g‘aroyib qo‘ziqorinlarni uchratish mumkin. Tunda ular o‘zidan yog‘du chiqaradi, natijada yo‘lovchilar o‘rmonda bemalol yo‘l topib ketaveradilar. Bu qo‘ziqorinning "œchirog‘i"da, hatto, mutolaa qilish ham mumkin.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:29:05

O‘TA YENGIL DARAXT

G‘aroyib xislatli o‘simliklar borasida so‘z ketar ekan, balsa daraxtining mo‘’jizalarini ta’riflamasak bo‘lmaydi. Bu daraxtning yog‘ochi o‘ta yengilligi bilan kishini hayratga soladi. Quloch sig‘mas daraxt xodalarini bir kishi hech qiynalmasdan yelkasida ko‘tarib yurishi mumkin. Balsaning ensiz taxtasi shamolda bir varaq qog‘ozdek yengil parvoz qilishi har qanday odamni ajablantirmasdan qo‘ymaydi. Balsa suv sathida po‘kakdek qalqiydi: daraxtdan yasalgan solda olti kishi, yuk-anjomi bilan bemalol suzib yura olishi mumkin.

Qayd etilgan