forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: Ziyo 12 Iyul 2006, 05:40:56
-
Otabek:
Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz. Sizga o'zingiz bilan jahondagi eng yaxshi asarlardan 5 tasini tanlab olish imkoniyati berilgan. Siz qaysi asarlarni o'zingizga "hamroh" sifatida tanlagan bo'lardingiz?
-
Shahina:
Agar o`zim o`qigan asarlarimni qo`yish kerak bo`lsa quyidagilarni taklif qilardim:
1. O`tgan kunlar (Abdulla Qodiriy)
2. Alximik (Paolo Koelo)
3. Usta va Margarita (Mixail Bulgakov)
4. Choliqushi (Rashod Nuri Guntekin)
5. Toshqin hikoyasi (Emil Zolya)
-
Otabek:
Bu savolga o'zimning javobim:
1) "O'tgan kunlar", Abdulla Qodiriy
2) "Ikki eshik orasi", O'tkir Hoshimov
3) 'Dunyoning ishlari",O'tkir Hoshimov
4)"Choliqushi", Rashod Nuri Guntekin
5) "Graf Monte Kristo", Aleksandr Dyuma
-
AbdulAziz:
Man o`qigan kitoblarimi ichidan quyidagilarni keltirardim:
1. Ahmad Lutfiyning "Saodat asri qissalari" asari
2. Abdullo Qodiriyning "O`tgan kunlar" romani
3. Chingiz Aytmatovning "Sohil bo`ylab chopayotgan olapar" qissasi
4. Nodar Dumbadzening "Hellados" hikoyasi
5. Aziz Nesinning "Dahshatli tush" hikoyasi
-
Men quyidagi asarlarni olvolardim:
1. Rashod Nuri Guntekin "Choliqushi";
2. O'tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi";
3. Ulug'bek Hamdam "Isyon va itoat";
4. Usmon Azim "Saylanma";
5. Jaloliddin Rumiy "Ichindagi ichindadir" :D :D :D :D :D :D
-
Assalomu alakum!
Juda ham ajoyib savol bo`libdi-ku! :D
Men quyidagi asarlarni tanlab olgan bo`lardim
1. H.To`xtaboyev - "Sariq devni minib"(menga har doim bolaligimni yodimga solib turadi);
2. O`tkir Hoshimov - "Tushda kechgan umrlar" ("Taqdir hukmi hamma narsadan ustun");
3. P.Qodirov - "Yulduzli tunlar"(Inson irodasi hamma narsadan ustun);
4. Oybek - "Qutlug` Qon" (Ozodlik, inson busiz yashay olmaydi);
5. Odil Yoqubov - "Ulug`bek xazinasi" (Bilim bilan hamma narsaga erishish mumkin)....
Bajonidil ro`yxatni to`ldirardim-u, lekin 5 tagina ko`rsating debsizlar.....
-
1. O'tkan kunlar.
2. Tushda kechgan umrlar.
3. Qiyomat
4. Alximik
5. Kichkina Shahzoda
-
1. Choliqushi.
2. O'tgan kunlar.
3. Karbalo fojeasi.
4. Aldangan Ayselning tavbasi.
5. O'gay ona.
-
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Men agar shunday jooyga tushib qolsam o'zim yoqtirgan asarlar bilan bo'lishni xoxlardim!
-
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Men agar shunday jooyga tushib qolsam asarlarga qiziqmayman
albatta "QUR'ON"ni olib olgan bo'lar edim.
Ana shunaqa...
Assalamu alaykum!
Kechirasiz-u, bu yerda asarlar so'ralvotti.
Asar so'zining ma'nosi inson inson aqli bilan yozilgan narsadir.
Qur'oni karim esa asar emas. Unihech kim yozmagan. Qur'on Allohning kalomi.
Shuning uchun chalkashtirmasligingizni so'rayman.
-
1. Aleksandr Dyuma "Graf Monte Kristo".
2. O`tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi".
3. O`tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari".
4. Artur Konan Doyl "Sherlok Xolms".
5. Artur Konan Doyl "Yo`qolgan dunyo".
-
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Men agar shunday jooyga tushib qolsam asarlarga qiziqmayman
albatta "QUR'ON"ni olib olgan bo'lar edim.
Ana shunaqa...
Assalamu alaykum, Zulayho.
Maknunahonni gaplari to'g'ri.
Qur'oni Karim eng ulug' va aziz kitob,lekin bu yerda asar haqida so'ralgan.
Siz asarlarga qiziqmayman debsiz,lekin manimcha asarlar ham o'qib turish kerak.
Chunki sahobiylar hayoti, har hil islomiy kitoblar ham asar deb ataladi. Bunday kitoblardan har bir musulmon o'ziga kerakli juda ko'p narsalarni topishi mumkin.
Ilm olish kerak,ilmning koni esa kitoblar va asarlardir.
Ana shunaqa...
-
Zulayhoni gaplarida jon bor misol uchun manam unchalik asar o'qishga hushum yo'qroq.
Albatta SHayh MSMY hz. kitoblarini olgan bo'lar edim
-
Ilm olish kerak,ilmning koni esa kitoblar va asarlardir.
Ana shunaqa...
Shu jumlalarni o'qiy turib bir savol kelib qoldi.
Ilm nima degani o'zi? ilmni kim qanday tushunadi?
-
Assalamu alaykum,Chustiy.
Men bu yerda asar deb, Diniy asarlarni nazarda tutganman. Bunday kitoblarni o'qish inson uchun juda foydali. Bu meni fikrim.Bilmagan narsalarinigizni o'rganasiz. Masalan, kitob o'qish meni joni dilim. Siz men yuqoridagi keltirgan kitoblarni o'qib chiqsangiz bunga amin bo'lasiz.Ayniqsa,"Aldangan Ayselning tavbasi" va "O'gay ona" kitoblarini o'qishni men hammaga, ayniqsa qizlarimizga tavsiya qilaman.
Albatta Qur'oni Karim, Shayh va olimlarimizni kitoblari doimo birinchi o'rinda turadi. Yuqoridagi asarlar esa qo'shimcha ilm olish uchun.
Sizlarni e'tiboringizga "O'gay ona"kitobidan menga juda ham ta'sir qilgan va menga ham shu narsaga amal qilishni o'rgatgan bir kichik lavhani keltiraman.
-
...Ayollar va qilzar to'planishgach, bemalol ochiq-sochiq o'tiraverardilar. Hatto Fotima tanigan adabli, tarbiyali bir necha xotinlar ham shunday ish tutardilar. Dugonalari uni ham boshini ochib o'tirishga qistashardi. U esa qabul qilmasdi.
- Bu yerda hech kim yo'q-ku, Fotima,kim ko'ribo'tiribdi? Buncha talabchan bo'lmasang?
- Alloh ko'radi,- deb javob berdi Fotima.
-Xo'p, sen o'ranganing bilan sochingni Alloh ko'rmaydimi?-deya e'tiroz etdi dugonasi.
- Tabiiyki,ko'radi.
- Unda nechun bu taassub, mutassiblik?Nimadan buncha saqlanasan,Fotima?
- Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab bo'ladigan holatda ko'rmasin. O'zi amr etgan, rozi bo'ladigan qiyofada ko'rsin.
Hech qandaye'tirozga o'rin qolmadi.....
...Shundan keyin ochilgan tizzalar va boshlar yopildi, bu so'zlar vijdonlarga qadar yetdi, qalblarni titratib yubordi....
-
Ilm olish kerak,ilmning koni esa kitoblar va asarlardir.
Ana shunaqa...
Shu jumlalarni o'qiy turib bir savol kelib qoldi.
Ilm nima degani o'zi? ilmni kim qanday tushunadi?
Ilm- Allohni tanish.
Ilm - Alloh buyurgan narsalarni qilish va qaytariqlaridan qaytish.
Ilm - Allohni va Rasulini sevish.
Ilm - bilganiga amal qilish.
Ilmni men shunday tushunaman.
-
Ilm olish kerak,ilmning koni esa kitoblar va asarlardir.
Ana shunaqa...
Shu jumlalarni o'qiy turib bir savol kelib qoldi.
Ilm nima degani o'zi? ilmni kim qanday tushunadi?
Ilm- Allohni tanish.
Ilm - Alloh buyurgan narsalarni qilish va qaytariqlaridan qaytish.
Ilm - Allohni va Rasulini sevish.
Ilm - bilganiga amal qilish.
Ilmni men shunday tushunaman.
Alloh sizdan rozi bo'lsin..
Sunniy Aqiydalar kitobida Ilm nima degan savolga ilsom ulamolariz "Haqiqatni huddi voqe'likdagidek idrok etish bu ilmdur" deyishgan ekan.
-
Och qoringa kitob sig'armidi?
-
Tasavvur qiling: kimsasiz orolga tushib qoldingiz...
Robinzonni Qilgan ishlarini eslab
shundey qilishdan boshqa chora yo'q
-
Kimsasiz orolga tushgandan keyin o`ylab ko`rardim, hozir nima qilish kerakligini o`ylasam ham hech qanaqa fikr kelmayapti.
-
Kimsasiz oroldan Alloh asrasin :)
Agar shunaqa bop qolsa, albatta o'zim uchun sevimli asarlar bo'lishini xoxlardim.
-
agar kimsasiz orolga tushib qolsam, birinchi navbatda taqdiri azal shu ekan deb yashashga joy hozirlardim:)
-
Inson qayerda qanday axvolda bo'lmasin yashash uchun kurashish kerak. Kimsasiz orolda yaxshi yashash uchun kurashardim
-
Agar kimsasiz orolga tushib qolsam men ham Robinzon Kruzoday o'zim ekin-tikin qilib, kunimni o'tkazardim. Bolaligimdan shu kinoni ko'rib ko'p marotaba o'zimni yakka yolg'iz orolda xayol qilganman ;D
Kitoblarga kelsak:
1. Qur'oni Karim va tarjimasi. Chunki inson tanho qolganida yana ham Allohga yaqin bo'ladi, deb o'ylayman.
2. Yusuf Qandehlevining "U (S.A.V)ning go'zal ahloqi" kitobi.
3. Alisher Navoiyning : "Lisonut tayr" asarini
4. Yusuf Qandehlaviyning yana : "Asri saodatda ko'rilgan İlohiy yordamlar" kitobini.
5. O'tkir Hoshimovning : "İkki eshik orasi" romanlarini yonimda bo'lishini hoxlardim.
-
Agar Kimsasiz Orolga Tusub Qolsam Birinchi Navbatda Buni Ham Allohning Bir sinovi deb Bilib Ibodatdan Sira to'xtamayman,Balki Umrim Shetda O'z nihoyasiga Yetadi Lekin Allohdan Umid Qilib Tunu Kunimi Ibodatda O'tkazaman.
-
Agar Kimsasiz Orolga Tusub Qolsam Birinchi Navbatda Buni Ham Allohning Bir sinovi deb Bilib Ibodatdan Sira to'xtamayman,Balki Umrim Shetda O'z nihoyasiga Yetadi Lekin Allohdan Umid Qilib Tunu Kunimi Ibodatda O'tkazaman.
Bu oson ish emas.
Islomda tarkidunyochilikka, butun umrni faqat zikr va namozga o'xshash ibodatlar bilan o'tkazishga buyurilmagan.
-
Agar Kimsasiz Orolga Tusub Qolsam Birinchi Navbatda Buni Ham Allohning Bir sinovi deb Bilib Ibodatdan Sira to'xtamayman,Balki Umrim Shetda O'z nihoyasiga Yetadi Lekin Allohdan Umid Qilib Tunu Kunimi Ibodatda O'tkazaman.
Bu oson ish emas.
Islomda tarkidunyochilikka, butun umrni faqat zikr va namozga o'xshash ibodatlar bilan o'tkazishga buyurilmagan.
Haqiqatdan ham, "Bismillah" deb har bir ishni boshlaseyiz, misol uchun yerga ketmonni urasmi, hamir qorasmi, zikrda bo'lsayiz, halol pul ishlab topsangiz, kimnidir Alloh rizoligi yo'lida yaxshi ko'rsayiz mana shularni o'zi ham ibodat hisoblanadi, vallohi alam...
-
Agar kimsasizz Orolga tushib qolsam birinchi qiladigan ishim.. HELP dib yozishh.. Kitoblarga keladigan bose..
1_Qur'oni Karim
2-Haqiqat
3-ikki eshik orasida.
-
:as:
avvalari salafi-solihiynlardan biror narsa haqida,bundo bo`sa nima bo`ladi,undo bo`sa nima bo`ladi deb so`raganlarida,o`sha narsa bo`ldimi?deb so`rarkanla.
Agar yo`q bo`madi desa,bor bo`ganda kelib so`risan dirkanla.
manam,agar o`sha narsa sodir bo`pqosa,o`shanda etaman
-
:as:
avvalari salafi-solihiynlardan biror narsa haqida,bundo bo`sa nima bo`ladi,undo bo`sa nima bo`ladi deb so`raganlarida,o`sha narsa bo`ldimi?deb so`rarkanla.
Agar yo`q bo`madi desa,bor bo`ganda kelib so`risan dirkanla.
manam,agar o`sha narsa sodir bo`pqosa,o`shanda etaman
Assalamu alaykum.
Tög'ri aytdingiz. Postingizni öqib bir narsa esimga tushdi.
Qaysidir sahoba(Vallahu A'lam balki tobe'in) shunday degan ekanlar:
"Bölgan narsani bölmaganda edi, bölmagan narsani bölganda edi, degandan köra ichimga qizib turgan temir yutib yuborganim afzalroq".
Allohning taqdirimizga yozganiga shukr qilib, yozmaganidan tiyilaylik.
-
А оманни танлаш таклиф қилинишидан олдин етарлича овқат бериладими?
-
Hazrati Umar al-Foruq r.a.dan
-Ey Amir al-mo'minun, agar osmondan sut yog'sa, taxorat va g'usl qilsak bo'ladimi? deb so'raganlarida.
Hazrati Umar r.a.:
-Avval yog'sin keyin ko'ramiz degan ekanlar.
-
1. O'.Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
2. A.Qodiriy "O'tkan kunlar"
3. Cho'lpon "Kecha va kunduz"
4. A.Qahhor barcha hikoyalari to'plami
5. Shukur Xolmirzayev saylanma hikoyalar