A.alaykum. Hamma narsa niyyatga bog'liq. Doimo duo qilardim: "Allohim, ota-onam meni shundayam qiynalib katta qilishgan, iloyim shunday kuyov nasib qilging-ki mendan na sep hohlasin na ichkili to'y".
Baxtli kun, deyilgan kunda bazilar uchun baxtsiz kun bo'lib qolmasin, deb rosa qo'rqardim. Qarzga botish, ichkili to'y vhk...
Rabbim duolarimni qabul qildi, hamd bo’lsin"¦.
Ayamga doimo aytardim, "aya menga sep yig'mang", deb. Doimo menga yomon ta'sir qilardi, qiz tarafni bir dunyo kiyim-kechak qilib kuyovga berishi. Bir qizni katta qilish, o'qitishni o'zi bo'ladi-mi azizlar??? Ayniqsa xozirgi kunda, kimga ishonishingni ham bilmaysan.
Qiz butun umrga oilasidan ajralib chiqadi, har qancha ko'rishib turishsa ham bundan keyin qizning joyi-erining va oilasining yonida.
Shunday ekan, nima uchun qiz yana yonida bir narsalar olib kelishi kerak.
Ayamga xazillashib: "Menday qizni oladi-yu yana nima kerak", derdim
Tabiiy bu gaplarning xazil tarafi, har bir qiz kelajakdagi uyida hamma narsasi bo'lsin, birovdan kami bo'lmasin, hohlaydi.
Biz Andijonliklarda qizga 20-30 ta ko'ynak qilinadi, oyoq kiyimlari vhk..Nima keragi bor, shuncha kiyimni birdaniga olishni. Eng yomon ko'rgan narsam esa: "Sep yoydi". Hoy birodar, birov boy, birov kambag'al nima keragi bor ko'z ko'z qilishni.
Ko'z tegish degan narsalar bor...
Urf-odatim, mayli, hurmatim cheksiz, lekin shunga ketadigan pulga kelin-kuyovni ishlatadigan eng kerakli buyumlarini olsa bo'ladi-ku. Ja bo'lmasa pullari yonlarida qolsin, kerak bo'lganda ishlatishadi...
Kelinayam ham 20-30 ta ko'ynak olib kelgandilar, 1 yil o'tmay "modasi o'tdi" yo toraydi, yo kiyishdan siqildi. Xudo biladi u ko'ynaklar nima bo'ldi
Buni ko'rib ham, hech ham foydali tarafi yo'q, degandim bu odatni.
Hali turmushga chigmagan, uylanmaganlar "œduoni qo’yiq qilaveringlar", insholloh Rabbim ko’nglingizday to’y nasib etadi"¦
Bizni insonlarimiz bir narsadan :
"œVoy palonchi nima deydi, degan narsadan,
to’y-hashamni insonlarni ko’zi uchun qilishdan
kim o’zarga bir narsalar qilishdan voz kechishsa,
ishoning ko’p narsa o’zgarar edi"¦