Bir professordan so’rashdi, sizni bunday bir cho’qqiga erishishingizga nima sabab bo’ldi? -U esa bunda mening onamning o’rni juda katta, dedi.
- Onangizdan bu qadar bahs etyapsiz,unday bo’lsa, onangiz nima qildiki, sizga sabab bo’lsin?
- Hali yosh bola edim. Bir kuni, Surahi dega ko’zaga o’xshash suv to’ldiradigan shisha idishni oldim, og’ziga qadar suv to’la edi, katta idishga quyayotganimda qo’limdan tushib parcha-parcha bo’ldi. Yerlar ham suv, ham shisha siniqlari. Bir ko’z oldingizga keltiring, agar shu payt onangiz kelib qolsa, yoki shu holda siz bolangizni ko’rsngiz nima qilardingiz? Har holda qizishib, baqirib chaqirasiz, yoki bir-ikki tushirasiz aqli boshiga kelsin deb.
Lekin onam keldi, yerga bir qaradi, siniqlarga, sochilgan suvga, menga bir qaradi, ko’rdiki menda hech bir narsa yo’q. Kel bolam, dedi, bir oz ularga qarab turganimizdan so’ng, kel shu siniqlar shu yerda qolmasin, supurgini olib kel, bu yerni tozalaylik. Men keltirdim, birga yig’ishtirdik. Suvni ham birga tozaladik. Keyin onam, yur boqqa chiqamiz dedi. Birga chiqdik, keyin bir surahini oldi, ichini suv bilan to’ldirdi. Va menga dedi: qara o’g’lim, sen hali surahini bir qo’ling bilan ko’tara oladigan darajada ulg’aymading. Shuning uchun bir qo’ling bilan bandidan, ikkinchi qo’ling bilan ostidan tut. Men onam aytganidek qildim, suvni keltirib idshga quydim. Endi qara, qo’lingdan tushdimi, sindimi? — yo’q. Ofarin, kel yana bir marta! Yana bir bor takror qildik.
Mana shu, bor voqea!
Bola nimani o’rgandi?
Agar shu vaqtda qizib, baqirsak, yoki qaytarsak nima bo’lardi.
- Bolaga qaytib tegishmaslikni.(qachongacha?)
- O’zicha aqlidan chiqarib bir ish boshlamasligi kerakligini.
- Unga "œMen o’zimcha bir ish qila olmayman" deyishni.
Va hokazo..