. Bu jajjivoylarni o'ziga yarsha kichkina hayotlari, kichkina quvonch, kichkina tashvishlari bo'ladi....
aha, to'g'ri e'tibor berarkansiz:)
Qaysidir kuni avtobusga chiqdim. mandan keyin bir ayol kishi kichkina qizchasi va buvisi bn chiqishdi. Buvisi qizcha bn oldingi o'rindiqqa, oyisi orqaga o'tirdi. bir payt haligi qizcha oyisini qidirishga tushdi. "oyim, qani, qaerdala?",deb. buvisi hazillashgisi keldimi, bilmadim: "oying yo'q, avtobusdan tushib ketdi, ikkalamiz qoldik" deb javob berdi. o'sha qizchani "yo'q, oyim shu yerda, bilaman. oyi, oyijon, qaerdasiz?" deb shunaqangi tashvish, xavotir bn chaqirishini eshitib yuragim ezilib ketti:( ... oyisi ham indami o'tiribdi. oxiri, orindiqning bir chekkasidan boshini chiraqib, orqasida o'tirgan onajonisini ko'rib qoldi. ko'zlaridan nur charaqlab ketgandek bo'ldi, o'ziyam... "oyijon, oyijonim, shu yerda ekansiz, sizzi topdim, o'zimning oyijonim" degan quvonch to'la ovozlari qo'ng'roqchaga o'xshab chiqqanini eshitganizda edi..
"Xudoga shukur-e, oyisini topdi",degan gap hayolimdan o'tib, manam shu qizchaga qo'shilishib xursand bo'lib kettim...