Zeynabxonim:) Ajoyib mavzu uchun rahmat!
Sovg`a ulashishni yaxshi ko`raman ayniqsa bolajonlarga. Bozorda, do`konlarda shiringina kiyimchalar, o`yinchoqlar oldida beetibor o`tib keta olmayman, albatta nimadir olib ketishim shart
Dugonalarimga taqinchoqlar, suvenirlar, oila a'zolarimga kiyimlar sovg`a qilishni yoqtiraman.
O`zimga ko`proq yumshoq o`yinchoqlar sovg`a qilishadi, chunki rosa yaxshi ko`rishimni bilishadida.
Har qanday sovg`a(qiz bolaga berilayotgan bo`lsa) yonida bir dasta dunyodagi eng go`zal gullar(u uchun!) va dunyodagi eng shirin so`zlar(U Uchun!) bitilgan maktubcha bilan yanada qadrli va chiroyli!
Qadrli insonimdan olgan har bir sovg`am mani eng qadrli narsalarim.
Sovg`a berish uchun biror sabab kutish shart emas, sovg`a - yaqinlaringizga(yaqiningizga) bo`lgan e'tiboringizning, mehr-muhabbatingizning kichik bir belgisi.
Sovg`alar hoh kichik hoh katta, hoh qimmat hoh arzon bo`lsin, uni qabul qilib olayotgan insoningizga bir dunyo quvonch va mehr, kun bo`yi yaxshi kayfiyat va tabassum baxsh etishini unutmang!