Ha, ko'zni zeriktirgan do'kondagi buyumlarni sov'ga qilish bilan odamda taassurot qoldirish qiyin...
Unda esda qolarlik nima sov'ga qilsa bo'ladi?
Ayollarga qilinadigan narsani erkaklarga, erkaklarga sovg'a qilinadigan narsani ayollarga berib bo'lmaydi...
O'ylab qarasam, ayollarni xursand qilish juda oson ekan. Deylik, gul sovg'a qilsangiz, Lobar Aziz aytganlaridek, bir nechta iliq so'zlar bitilgan maktubcha bilan. Taassurot ancha vaqtgacha yetadi... yoki chiroyli otkritkani olib ichiga 1-2ta qiziqarli gaplarizdan yozib, kulgili smaylilkarni chizib qo'yishiz mumkin. Yomon sovg'a emas:).
Huddi shuni asosiy sovg'aga ham qo'shib berishiz mumkin.
O'zga jins vakillariga esa sovg'a topish ancha mushkul. Otangiz, akangiz, ukangiz, o'glingiz, jiyaningiz va hkz. yaqin insonlaringizga nima yoqadi, ularga nima hadya qilsa bo'ladi?
Bu haqda forum userlari yozsalar yaxhi bo'lardi. Bizlar shu maslahatlardan foydalanardik yaqinlarimizga sovg'a tanlashda...
O'zim quyidagilarni tavsiya qilgan bo'lardim:
Futbol o'ynash u-ch koptok. Hech kim yo'q demasa kerak bunaqa sovg'aga.
Binokl. Sayohatlada asqotadi.
Qalam yoki ruchka, brendovisidan iloji bo'lsa. Doim kerakli... Ishlatgan paytda ham e'tiborni jalb qiladi.
Qimmatroq kitob. Beriladigan odamning qiziqishlariga qarab, albatta...