Aytishlaricha, me'yoridan oshgan to'rt narsa kishini halok qiladi: ayol, ov, qimor va aroq.
Hukamolarning biri aytadi: "Kim adashgan kishi bilan do'st bo'lsa, dinini buzibdi kim fosiqni madh qilsa, ketibdi, kimki boshqani malomat qilsa, molidan baraka ko'tarilibdi, kim boy kishiga boyligi uchun tavoze' qilsa, iymoning uchdan biri ketibdi".
Hukamolarning yana biri aytadi: "Kim o'ziga berilgan narsaga qanoatlansa, berilmagan narsadan behojat bo'ladi, kim bilgan narsasiga amal qilsa, bilmagan narsasiga muvofiq keladi, kim o'ziga tegishli bo'lgan narsani tark qilsa, o'ziga tegishli bo'lmaganidan forig' bo'ladi".
Hakimlar aytishadi: "Hazil-mazaxdan chetlashgin, chunki unda yettita yomon xislat bor: birinchisi, taqvoni ketkazadi; ikkinchisi, haybatni yo'qotadi; uchinchisi, qalbni qattiqlashtiradi; to'rtinchisi, hamroh-sherikka xiyonat; beshinchisi, do'stlikni ketkazib, adovatni paydo qiladi; oltinchisi, aqllilar uni yomon ko'radi, ahmoqlar ustidan kuladi; yettinchisi, unga ergashgan kishining gunohi uning bo'ynida bo'ladi". Aytishlaricha, Zoe' bo'ladigan narsalar o'nta: undan so'ralmaydigan olim, amal qilinmaydigan ilm, qabul qilinmaydigan to'g'ri fikr, ishlatilmaydigan qurol-asbob, namoz o'qilmaydigan masjid, o'qilmaydigan mushaf, undan nafaqa qilinmaydigan mol, minilmaydigan oti, dunyoni istaydigan kishining zohidlik ilmi, qiyomat uchun dunyoda zodrohila qilinmagan uzun umr.