Ha aytgancha yana bir savolim bor edi. Onda sonda ko'k choy ichishni sog'inganimda 2 choy qoshiqda to'ldirib quruq ko'k choy qo'shib choy damlab ichaman. Aytingchi bu ham achchiq qora choy singari zararli emasmi?!
Bundan bir necha yil avval uyimizda bir usta ishlagan 1 haftacha. Tomga tunuka qilgan edi. Yoz payti. U usta o'zi bilan bir pachka "toshkent" choyi(qora yo ko'k esimda yo'q) olib kelardi.Kichkinagina nikel choynagi bo'lar edi. O'sha bir pachka choyni 1.5-2 kunda ichib tugatib bo'lar edi. Damlaganda o'sha kichkinagina nikel choynakchasiga judayam judayam achchiq qilib damlar edi. Nega unday qilasiz deb so'raganimda- yoqar ekan organizmiga. Lekin bu ish judayam noto'griligini o'zi ham bilardi. O'ta achchiq choy-chefir deyiladi jargonda. Avval ham aytib o'tilganidek, yurak urishini tezlashtiradi bu ish.
Alaloqibat, yurakni charchatadi. Ohiri voy bilishimcha...
Kalomimni xullasida aytib o'tmoqchimanki, hamma narsani me'yori go'zal.Ortiqcha vazn,ortiqcha uyqu,ortiqcha so'z isnonga qanday zararli bo'lsa, ortiqcha (
achchiq)
choy ham inson uchun
xatarli.