Bir kuni u ayolning eri jahli battar chiqibdi... Ayoliga aziyat bermoq uchun bir bahona izlabdi va o'zi-o'ziga:
- ''Unga shunday bir o'yin qilayki, uni bu yomon holatidan kim qutqarar ekan'' deb turib uning nafrati kuchayibdi.
Ayolini chaqirib unga bir halta oltin berib shunday debdi:
- ''Bu oltinni yahshi bir joyda saqla'' deb o'shqiribdi. Ayol erining gapini e(edited)iboq, bismillah deb, uni yahshi bir joyda saqlabdi. Shu orada eri uni sekingina ta'qib qilib, oltinni qayerdaligini bilib olibdi. So'ng ayolini yo'qligidan foydalanib oltinni olb, haltani suvga otib yuboribdi. Oradan ko'p o'tmay eri ayolini chaqirib:
- ''Senga bergan haltadagi oltinlarni tezda keltir'' deb buyuribdi.
Ayol tezda borib, haltani qoygan joyiga...
''BismillahirRohmanirRohim'' deb qo'lini uzatibdi.
Ana shu paytda Alloh(JJ) ning amri ila, ayol qoygan haltadagi oltinlar ham joyida turgan edi. Ammo, ammo halta ho'l bo'lib hattoki undan suv tomayotgan edi. Ayol halta nima uchun ho'l ekanini tushunmay, uni eriga keltiribdi. Eri oltin to'la haltani ko'rib hayron qolibdi va ayolini tilidan hech qo'maydigan Kalimaning neqadar fazilatli ekanligiga amin bo'libdi.
Keyin ayoliga qarab:
- '' Senga men ko'p zulm qildim, ko'p aziyatlar berdim, meni kechir'' - deb yolborib so'radi. Allohga tavba va istig'for etdi. Ibodatli bir inson bo'ldi. U kundan boshlab duo qildi va har duosida shunday derdi:
- '' Yo Rabbi, meni dunyo va ohiratim uchun hayrli,bir soliha ayolni menga yoldosh qilib berganing uchun, sening haqqingla shukr qilmoqqa ojizman, meni afv qilgin Yo Rabbim...
Soliha ayol esa:
- ''Yo Rabbi, senga beadad shukrlar bo'lsinki, meni duolarimni qabul qilib, umr yo'doshimni solihlardan aylading'' deya duo qilardi.
Bu hikoyadan olinadigan ibratlar, qimmatli hikmatlar juda ko'p. Zero ota-bobolarimiz '' Sabrning o'zi achchiq - lekin uning mevasi totlidir'' deganlar.
www.Muslima.uz