Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
Ayyom muborak!
HADISI SHARIF:Sizlarga muborak ramazon oyi keldi. Alloh uning ro'zasini sizlarga farz qildi Bu oyda jannat darvozalari ochilib, jahannam darvozalari yopiladi, shaytonlar zanjirband qilinadi Bu oyda bir kecha borki, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum qolsa, (ko'p narsadan) mahrum bo'libdi.
Imom Ahmad va Imom Nasoiy rivoyatlari.