Turkiyada ilk boshlarda tanish oilaning yonida qolgandim. Ularning 4 yoshlarda o'g'illari bor edi. İsmi Deniz (yani Dengiz) Deniz bilan juda zo'r kunlarimiz o'tgan.
Bazan unga ertak o'qir edim. Ertaklardan birining ismi "Sehirli Fasol'" edi. Balki bilarsizlar, bir bola sehirli fasolga tirmashib yuqoriga, boshqa shaharga chiqib qoladi....Bu ertakni o'qigan kunimizni ertasi Deniz bilan parkka borish uchun uydan chiqdik. Bizni domda 6 chi qavatdan 7 chi qavatga chiqadigan zinalarda tuvakda o'sadigan yirik yaproqli gul yuqorida qarab tirmashib ketgandi.
Deniz gullarga qarab birdan hayajonlandi va : "Zamira opa, qarang bu yerda ham sehirli fasollar o'sib chiqibdi", degandi
Denizning xayol kuchiga rosa hayron qolgandim...