forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Madaniyat => Mavzu boshlandi: AbdulAziz 14 Iyun 2006, 14:40:42
-
Assalomu alaykum aziz she'riyat muxlislari!
Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.
Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.
Arxiv (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1108385300&page=1)
-
Forumimiz arxivida Assalom oxirgi marta yozgan ekanlar:
Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!
Endi men N harfidan davom ettiraman:
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ...
Iqbol Mirzo
-
Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog`du,
chin ishq yolqinlari bag`rimga to`lsin,
jismimni toblasin faqat chin og`riq,
chechaklar qop-qora bo`lsa-da bo`lsin.
Bag`rikeng xudoyim
kechirib qo`yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko`milsam, ko`milay o`limi go`zal —
jo`mardlar ko`milgan tariqatimga.
Shavkat Rahmon
-
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muhammad Yusuf
-
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.
Muhammad Yusuf
-
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Muhammad Yusuf
-
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muhammad Yusuf
-
Qoldim kulko`rpamda
To`shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko`proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg`on!..
-
Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
Muhammad Yusuf
-
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Abdulla Oripovdan
-
Lahza-lahza chiqdimu chekdim yolida intizor,
Keldi jon og`zimgaul sho`xi badho` kelmadi.
Alisher Navoiy
-
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Muhammad Yusufdan
-
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
-
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora —
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim"¦
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muhammad Yusuf
-
Qoldim kulko`rpamda
To`shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko`proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg`on!..
Muhammad Yusuf
-
Nima qilay seni unitolmayman
Endi seni ko'rmasdan unitaman abadiy
Unitaman barini xatto seni sevsam xam
Kulganimda seni eslab yig'layman
So'zlaringni aytib qalbim tig'layman.
-
Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
Muhammad Yusufdan
-
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Iqbol Mirzo
-
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?
Abdulla Oripov "Onajon" she'ridan
-
Ibodating, savobing ham,
Ziyorating, tavofing ham.
Sen aldagan o‘sha qizning
Qarg‘ishiga arzirmidi?
Iqbol Mirzo
-
Ismingni ayirib kechdi asrlar,
Xonlikni beklikka bo`lgan ne sirlar...
Kentlarga sochilgan o`rda, qasrlar...
Qumdan qorilganmi loylaring, o`zbek.
-
Kulib turib, kulib ko`zin opqochgan,
O`rgatvolib, keyin o`zin opqochgan.
Quchoqlasam, titrab yuzin opqochgan
Tugunchagin tugib qo`ygan tayyor qiz,
Yolg`on yig`lab erga borar ayyor qiz.
-
zo'ravon qaxriga berolsin bardosh
ko'zini ochiq tut raqibi nogox
hilvatta oyog'in chalib ketmasin
ezgulik ufqiga tekkanda nigox,
shirin so'z nomardlar yo'lin to'smasin
-
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
-
Armonli yuraging og'rimasin xech
O'zingni chorlagin baxtli bo'lmoqqa
Anduxlarni unut g'am baxridan kech
sening xam xaqqing bor o'nab kulmoqqa
-
Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
-
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
-
Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
-
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shanim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
-
Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon.
Lek Navoiydek bobom bor
Ko'ksim osmon, o'zbegim.
-
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
-
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.
-
Nokerak bo‘lma jahonda doimo darkor bo‘l,
Bag‘rida yayratgan eldan shod-minnatdor bo‘l,
Gul kabi chehrang ochib yur, xalq uchun gulzor bo‘l,
Qo‘lga sanchilma tikandek, balki beozor bo‘l,
Keksa ham hurmatlagay odobli bo‘lgan yoshni,
Kerma manmanlik bilan o‘rnida turgan boshni.
-
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
-
Qay yoshdan yurakda ishq o'ti yonar
So'rog'in salomdek so'raydi alik.
Birinchi bo'sadan yoshlik boshlanur
Ungacha bo'lgani bari bolalik.
-
Kechagina, xuv elas-elas
Yulduz mening deya uylardim.
Titroq emas, qaltiroq emas,
Men qaldiroq bo‘lib kuylardim.
-
Men yer bo'lsam osmon bo'lsangda,
O'zga yorga jonon bo'lsangda.
Yuragimda armon bo'lsangda,
Men baribir sevib bo'lganman...
-
Necha ming musulmon tunu kun uyg‘oq,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o‘pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.
-
Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam,
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz.
-
Zohido, ishqu muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko’yida na bo’ldi shayx San’on oqibat.
-
Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo —
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u"¦
-
Unut meni arzimasman, sening toza izhorlaringga,
Men o‘zimni kechirolmasman, zarra ozor yetsa qalbingga,
Qo‘ygin meni arzimasman, senga dilim tutolmasman,
Bir bevafo tilgan qalbimni senga ravo ko‘rolmasman.
-
Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!
Shavkat Rahmonning "œOvozim" she’ridan
-
Menga minbar emas,
unvonlar emas,
latta chechaklaru
ehsonlar emas,
olov bir sahroni,
yurtim xayoli
nurga gurkiragan sahro bering, bas.
Shavkat Rahmonning "œOvozim" she’ridan
-
Seni deb yashaydi toabad ko'nglim,
Ishqingni yo'lida mayli qon yutay!
Ochilmasdan qoldi dilimdagi gul,
Ox sening qalbingga sig'masam netay?
-
Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.
-
Zavqim endi cheksiz bir muddat.
Ko'lim yorga bo'lganda maftun,
Chamanlarga bahor qaytganda.
Go'yo faqat ikkimiz uchun
-
Nozaninlar bazmida aytilar mastona so‘z,
Termulib joningni olg‘ay surmali mastona ko‘z,
Kelgil ey jonimki sendan tinglayin do‘stona so‘z,
Qo‘llarim tutsin belingdin, surtayin poyingga yuz,
Bazmi dildoshlarni tuz, do‘st bo‘sang yonimda tur,
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.
-
Eski forumdan ko'chirvomman:
Raqibning boshiga mushtlagan qo'llar,
Uning yelkasidan quchsa bo'lmasmu?
Nafrat sahrosiga boshlagan yo'llar,
Mehr vodiysiga uchsa bo'lmasmu?
-
Umidim ko'p edi orzuim osmon,
Yuragim yig'laydi qalbimchi vayron.
Endi yashash menga qanchalar gumon,
Yig'lab ketayapman sezdirmay kulib
-
Borliq olam ko`zimga ming-ming
Go`zallikka to`lib ko`rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She'r daftari bo`lib ko`rindi...
-
Imkon qo'ldan ketdi - tugadi fursat,
Yaqinlar yiroqdan qaraydi dilgir.
Ko'zani sindirib jo'nadi ulfat,
Do'stlar unutdilar bizlarni bir-bir.
-
Rizo mulkidaman, halqumni tuttum tig'i Akbarga,
Bu yo'lda siynai poki Zabunullog'a sig'mamdur
-
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!
-
Tilak qadrin bilar odamlar,
Yaxshi niyat qilar odamlar.
Do`stga tungi orom oldidan
Xayrli kech tilar odamlar.
-
Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yunus Emro
-
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.
-
Raqiblarim ko`pu, shukr omonman,
Xalqim xizmatida shayman, hamonman.
-
Nido bergil qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko‘ribman, bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu sherimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg‘iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
-
Muhabbating dillarimda,
Noming yangrar tillarimda,
Qalbimga o`t tashlading,
Navqiron, yosh yillarimda.
-
Aybing shuki, uchrab qolding qornim ochganda,
Shunday qilib qo'zichoqni bo'ri yedi o'rmonda. ;D
-
Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol
-
Labimg‘a keldi oning vaslini eslab jonim
Balo o‘ti ekanimni tushimda ko‘rsam edi.
-
Iztirob onlari seni izlayman,
Sarxush xislarimga bo'l deyman sherik.
Baribir kelasan umid izlayman,
Topaman qalbimda sevgim bo'lsa tirik....
-
Kim yor anga ilm tolibi, ilm kerak,
O'rgang'ali ilm tolibi, ilm kerak.
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo'q,
Men bormen, ilm tolibi, ilm kerak.
(Zahiriddin Muxammad Bobur)
-
Kerma manmanlik bilan o‘rnida turgan qoshni,
El sevar odamda bo‘lgan sabr ila bardoshni,
Yo‘lda joningdin aziz tut senga chin yo‘ldoshni.
Yo‘lga sol kelsa qo‘lingdin aqli past beboshni.
-
Insonga bir vodiy mol-dunyo berdi,
Ikkinchi vodiyni istadi inson.
Bunisin ham oldi,to'rt yon alanglab,
Yana uchinchisin qistadi inson.
Uning ko'zin faqat tuproq to'ydirar,
Ortib ketolmas-ku so'ng dam barini...
Vaqtni o'tkazmayin tavba qilinglar,
Xudo kechirgaydir bandalarini.
-
Ikki nargiz, ikki kon`gul, ikki tan ikki jon birla,
Birin bir-bir qamal aylab, qilaylik anjuman, nozik.
-
Ko`ngil ichra nechuk olam, nechuk sulton bilmassan,
Tanam sarg`aydi, poyim ustivor, chandon bilmassan.
Jaloliddin Rumiy
-
Nastarin gul qo'limda,
Qo'limdamas, ko'nglimda... ;D ;D
-
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan,
Asli-nasli balki o'zluq, balki tarxon, o'zbegim. (Erkin Vohidov)
-
Muxabbat sharbati siz uchun taxir,
Men Zuxro bo'larman, bo'larsiz Toxir.
Sabrning kosasi to'lganda axir,
Sog'inib bir kuni qaytib kelasiz.....
-
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg`otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
-
Muhabbat bahrining g‘avvosi bo‘ldim,
Kerakmas Jayhuna cho‘mmasman ortiq.
Yunus Emro
-
Qaytadan yaraldi navolar.
Shabnamga to'yganda havolar
Muhabbat ortiga qaytmadi,
Qaerda qolganin aytmadi... ;)
-
Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko‘nglini
Koshki, bilmasam ekan.
-
Nomingni aytishga o'rtanar tilim
Bugun sen yo'qsan men vayronadirman.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim ;)
-
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
-
Zamona kulfatidin bu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.
-
Istasang, shu falakdan oyni olib beraman,
Yulduzlardan bo'yningga marjon taqib qo'yaman. ;D ;D
-
Ne bo'lar inson yig'lamasa
Bu dunyoda hech qayg'urmasa
Qo'llari etsa osmonga
Hayot omadni ayamasa ;D ;D ;D
-
Armon, afsus ko`chasida bo`zlab ketding,
Ko`zlaringda qotgan qanday savol singlim,
Hayot haqda devonavash xayol, singlim.
Sen so`ragan hayajonu hayrat qayda,
;)
-
Assalom, bizlarni kutganlar,
Assalom, bizga gul tutganlar.
O`lmaymiz yuragimiz bilan,
O`ynaymiz, kuylaymiz siz bilan.
-
Nega bevafo sen tark etding meni,
Jonimdan ortiq sevgandim seni...
-
Iltimosim: ortingizga boqmay keting,
Baxtli kunda men telbani bir yod eting.
So`ngi so`zim: baxtingizni mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas ;)
-
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
-
Quvonchli damlarim g'urbatla to'ldi,
Ilk sevgim ko'p o'tmay xazonday so'ldi.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. ;)
-
Men xam yashayapman o'z zamonimda,
Davrimdan qayga xam tushardim yiroq.
Va lekin bilmadim mening qonimda,
Qaysi bir bobomning xislati ko'proq...
-
Qoshlaring kamon deymi,
Yuragim nishon deymi,
Kipriging paykon deymi,
Jigar-bag‘rim qon deymi,
Ko‘zlaring cho‘lpon deymi,
Ko‘zlarim giryon deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?
-
Ikkimiz uchun xam yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun xam yagona zamin.
Men xam sening uchun bitmadim kitob,
Sen xam shuxratimni etmassan ta'min.
-
nega yatgin nega aytgin
so'zlaringga seni men ishondim
sevgideb yuragimga
azoblarni soldim
(qo'shiqdan)
-
Mendan xotira bu — titragan yulduz,
Mendan xotira bu — yashinli osmon,
Mendan xotira bu — qor bosgan ildiz,
Mendan xotira bu—yaproq za’faron.
-
Nega, nega meni tashlab ketavermading,
Mendan nafisroqning husniga oshiq.
Mendan yoniqrog`i tortmadi sani,
Edi nigohinga bor jannat ochiq! ;)
-
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab ¡ª
Qilich qotil qaroshing, qiz.
-
Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam
Men esa oy uchun minglardan biri...
Falaklarda tanho porlagil, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam. ;)
-
Mayda mayda mayda
Nastarin guli mayda
Maylda mayda mayda
Bunday gul bordir qayda ;D ;D ;D
-
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi... ;)
-
Ishq bizga yordir,
Boshqasi bekordir. ;D ;D ;D
-
Ranjitdi yoring,
Yo o`zgadan rashk etdi yoring.
Nolishingga quloq solmadi,
Izhoringdan ko`ngli qonmadi.
Ketdi boqmay hatto qayrilib...
-
Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.
-
Necha kunki yuq oromim,
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga:)
-
Ajal bukar belimizni,
So‘ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So‘rganlarga salom o‘lsin.
-
Nurab tushdi iroda-zindon,
Erkka chiqdi bu suz-"Sevaman!"
Men junatdim uni sen tomon,
Simyogochlar karvoni bilan.
Simyogochlar karvoni ketdi,
Tun bag'rini sekin oralab...
U su'z tongda shahringga yetdi,
Eshigingni bordi qoralab.
Shitirladi hovling tu'la kuz,
Shitirladi xazonlar - jonli.
Ostonada kichkina bir su'z-
Sen seskanib yig'lading, jonim.
Ru'parangda u bosh egdi jim,
Horib keldi- uzoq edi yu'l...
Sen yoshingni arta bilmading.
"Salom" deb ham uzatmading qu'l.
Men kutaman... Kuz bu'lar abas,
Qor, izg'irin bilan bu'zlashib-
Senchi nega tentiraysan mast?,
Xotiralar bilan su'zlashib. :)
-
Bu dunyo arzimas fido bo'lishga,
Bandasan, urinma xudo bo'lishga.
-
Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
-
Навога айланган хар нигох-
Нурлари силайдир куксимни.
Силайдир... Титрайдир у ногох...
Пардалар коплайдир кузимни.
Узиккан юрагим бетокат.
Айрилик вахмидан рух бежой
Хаёл-бор умиддан бахраманд...
Багримга отилиб кирган ой.
-
Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.
-
Qoshlar, kipriklar qirov,
Yuraman hushsiz, hayron.
Qornim och, esga kelmas
Xaltamdagi g'ishtdek non.
Kuygan uylarda uvlar
Qish quyuni betinim.
Tanho kezaman.Yig'lar
Yuragimda Vatanim.
-
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim"¦
-
Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
-
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
-
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.
-
Intizor har uy dilovar,
Dilkusholar bazmiga.
Gar oyoq qo'ysa qabohat,
Yig'lagay ostona ham.
-
Meni unut deb so`rashingdan jonim
Nelarni anglashim kerak?
Sendan kechmoq uchun avval yorim men
Jonimdan kechmog`im kerak.
-
Ko`zimga qatra yosh ilingan chog`lar,
Ko`ksim tikanlarga tilingan chog`lar,
Ayriliq azobi bilingan chog`lar,
Suyanchim sen bo`lding, aziz san'atim.
-
Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
-
Izlab, izlaringiz ahtarib,
Ortingizda qoldim sarg`arib,
Endi men ham, dunyo ham g`arib,
Sizni qaydan topay, onajon.
Sizsiz qandoq qilay onajon.
-
Nechun falak menga bag’ri tosh keldi?,
Ishonganim g’animga yo’ldosh keldi.
Omad ketsa hamma kuldi ustimdan,
Faqat sizni ko’zingizga yosh keldi.
Oshno topdim va lekin do’st topmadim,
Oq ko’ngilli bir qora ko’z topmadim.
Shamollarga sovurdim gul so’zlarni,
Lekin sizga bir shirin so’z topmadim.
-
Mehringizga bir to`yay desam,
Erkalanib bir suyay desam,
Ko`ksingizga bosh qo`yay desam,
Sizni qaydan topay, onajon.
-
«Ne uchun oy ma’yus sochar nur?»
Chechaklarni tutdim so`roqqa:
Ular dedi: guldan so`rab ko`r
Sahar payti kirganda boqqa.
-
Adoqsiz g'orlardan adoqsiz o'tgan
Bilgisiz kitobning changini yutgan
Hurlar shodlanganda gulobdan totgan
Sho'rligim dilimdir,bechora dilim...
Behush oyog'imga buyurmang yur deb,
Holsiz barmog'imga aytmangiz ko'r deb
Titragan tanamdan kulmangiz g'o'r deb.
Ularda gunoh yo'q, gunohkor dilim
Bechora dilimdir,Sho'rligim dilim.
-
Ma`naviy tark etding men uchcun endi
Jismoniy ayriliq - ayriliq emas
Hayolimda sevdim hayoliy qizni
Unga isminggina uxshaydi holos!
Xayolimda bir malak bulib qol, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
-
Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Kel, ko`rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.
-
Go'yoki, sarobday jonlandi bir bor.
Sevganim tark etdi, yuragim tilim,
Telbadek jovdirab qoldi vujudim.
Muhabbat ko'zlari ko'r ekan bildim,
Men sevib sevilmay, sarsona bo'ldim. ;)
-
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg‘ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor.
Xat kelmasdan uzoq yerlardan,
Yuragingni qilganida qon.
Sening bilan birga kutganlar,
Zerikkandan qilganda fig‘on.
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
-
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!
-
Tinglang bu abadiy sado bo`ladi,
Gadoning dushmani gado bo`ladi,
Ikkisi bir-birin topishguncha to,
O`rtada bu dunyo ado bo`ladi.
-
Ishqing hasratidan,
Ko`ngling davlatidan
Ma'yusman hayrona
May ichmay mastona :D
-
Atamagin sevgimizni armon deb,
Ushal utgan muhabbatga zorman deb,
Eng esa o`zga yorga yorman deb,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib "¦ ;)
-
Bugun u bizlarga peshvoz chiqadi,
O’, bechora yurak, bardam bo’l endi.
Ko’ziga o’zingni baxtlidek ko’rsat,
Bir kun yig’lamagin, bir kun kul endi.
O’zingni shundayin beparvo tutki,
"œSiz kimsiz, biz sizni tanimadik", de.
"œHamma sinfdoshlar yodimizda bor,
Biz sizni sinfdosh sanamadik", de
-
Eh, nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.
-
Guldan buloqlardan meni izlaysiz.
Olislarga eltgan ilohiy taqdir,
Yurgan yo'llarimdan yig'lab bo'zlaysiz.
Taqdirga tan bermay yo'q ilojingiz. ;)
-
Zolim dunyo qahri qattiq shafqati yo`q
Yuragimga solib qo`ydi bir siqim cho`q...
-
Qayg`ulardan charchasa yurak,
Yaqinlaring bo`lmasa turgak.
Bo`lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma dunyodan. ;)
-
Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦
-
Lol qolardim goho so`zlaringizdan,
Ma`nolar uqirdim ko`zlaringizdan,
Lekin sizchi buni bilarmidingiz?
Muhabbatim nafasin sezarmidingiz....
-
Zor bo'lib yig'ladim, osmon ho'l bo'ldi,
Kiprigim havoga chizdi ariqlar.
Oyu kun ko'zimni olgan - ko'l bo'ldi,
Oylarni tangadek tortdi baliqlar.
Man rasan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir
-
Soginchim sochimga insa ham qirov,
Men sabrim kosasin tutaveraman.
Sabrim Yetgunicha ,Yetguncha umrim,
O'shal tasodifni kutaveraman!!!
-
Ruhlaring shod bo`lsin iloyim,
Jannatdan joy bersin xudoyim,
Tushimga bir kirib qo`ysang, bas
Uchrashtirsin qodir xudoyim.
-
May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich,
Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich.
-
Hayolimda sevdim hayoliy qizni
Unga isminggina uxshaydi holos!
Xayolimda bir malak bulib qol, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
-
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on,
Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi.
-
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
-
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi... ;)
-
Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo'yoqlar bizning bog'larda...
Men million bo'yoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor bo'lgan chog'larda.
-
Atamagin sevgimizni armon deb,
Ushal utgan muhabbatga zorman deb,
Eng esa o`zga yorga yorman deb,
Mendan ketib yig`lama, mendan ketib "¦ ;)
-
Bir juft oqqush jonon qo`llari
Sho`ng`ir oltin sochlarim aro.
Bu dunyoda odamlar bari
Ishqni kuylar takror va takror.
Kuylaganman men ham bir mahal,
Bukun yana takrorlar ko`ngil.
Otash so`zim boisi o`shal,
Nafis she’rim sababi ham ul.
Jon-joningga singsa muhabbat,
Qalb ko`ksingda oltin tosh bo`lur,
Baxsh etolmay kuyga harorat,
Tehron uzra oy ham fosh bo`lur.
-
Rayhon hidlarini yollrimga sep,
Kut meni har oqshom ko`kka oy chiqqan.
Faqat yig`lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan... ;)
-
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
-
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.
-
Menga bir so`z aytgin demayman,
Bir umrga qaytgin demayman.
Bir ko`rmoqqa zor-zor yig`layman,
Xudo haqqi juda sog`indim... ;)
-
Ma'yus kuzlarimdan yoshlar oqar
Suymaganim suykalib boqar
Oh zorlarim eshigingiz qoqar
Hudo haqi, sizni sog'indim... ;)
-
Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
-
Ketding, ketding, sen ketding,
Orqangda qoldim hayron.
To'xtamay oqmoqda umr,
Yuragim tilka, vayron.
-
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
-
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam,
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.
-
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦men suyub"¦kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"
-
Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimg'ayu ul sho'xi badxo' kelmadi.
-
Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.
Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.
-
Bizni uchrashtirar bir kun tasodif,
O'shal tasodifni kutib yashayman.
Umrimning eng go'zal hush lahzalarin,
Og`rinib ichimga yutib yashayman.
-
Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron,
G'amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o'rtar.
-
Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.
-
Shishadek ko'nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.
-
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.
-
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir-birini necha kuni g'animat tutungiz.
-
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
-
Kimdir savol berdi:-Aytgil, Muhammad,
Yolg'iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko'p yaxshilik aylay, o'zing ayt,
Ota-onamgami? Yoxud bolamga?
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o'yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug'ilgan payg'ambarlar ham.
-
May ichsa gado ham sulton bo'ladi,
Tulki ichsa sheru g'oron bo'ladi.
Yosh ichsa keksalik sharafin quchar,
Keksa ichsa yoshu chaqqon bo'ladi.
-
Iltimosim: ortingizga boqmay keting,
Baxtli kunda men telbani bir yod eting.
So`ngi so`zim: baxtingizni mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas ;)
-
Sen bo'lsangu, men bo'lsamu, may bo'lsa,
O'rtada bir qizil gul ham nay bo'lsa.
Nayni chalib navo qilsang, nozanin,
Jon bermoqqa yurakkinam shay bo'lsa.
-
Anglamasa dardingni yillar,
Olib qochsa xayoling yillar.
Ishon, baxtli kunlaring kelar,
Umidingni uzma dunyodan...
-
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.
-
Lekin Temur saltanatin poydevori sog‘,
Dilni poklab poydevorga g‘isht qo‘ying oppoq,
Shunday buyuk davlati bor sohibqironning.
-
Gulbadan, gul ham o‘zing noz ham o‘zing,
Kuy-qo‘shiq, ohang o‘zing so‘z ham o‘zing,
Tanda darmonim saningsiz yo‘qday
Na bo‘lar, na bo‘lar jondek kelib
ketsang o‘zing, Gulbadan. :D
-
Namangondin ketar bo'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
(Mashrab)
-
Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo’q nishon,
Necha gulgunpo’sh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortig’liq, turarlar bag’ri qon.
-
Nima deding? Aslo, hech ham
Ko'zimdagi yosh emas.
Yosh bo'lsa ham sening uchun
To'kmayapman... Bo'ldi... Bas...
-
Soginchim sochimga insa ham qirov,
Men sabrim kosasin tutaveraman.
Sabrim Yetgunicha ,Yetguncha umrim,
O'shal tasodifni kutaveraman!!! ;)
-
Nahot, ishq qismati buncha berahm,
Bunchalar buyuksan vafo shevasi.
Sengadir hurmatim, senga sharafim,
Qahramon jangchining sodiq bevasi.
-
Ikkimizni hech kimasa,
Ajratolmas derding-ku,
O`ndan og`il boladan
O`zing yaxshi derding-ku... :D
-
Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o`lturur,
G`oyati nozikligidin suv ila yutsa bo`lur :D
-
Roziman ortingga boqmay ketsang ham,
Ko`narman menga so`z aytmay ketsang ham.
Lekin eng so`ngi o`tinchim tingla bir bora,
Azoblarga tashlab ketmagin meni... ;)
-
Ishqning osmonida oyga qo¡¯shilib,
Aylangan boshingga bulutlar qaytar.
Mening quchog¡¯imda kuyday eshilib,
Asta shivirlaysan:
- Joningiz qayda?
-
Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak
Bo'lganda men emas, u menga kerak
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi...
-
Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O`z elida chekdi g`urbat,
Zoru nolon, o`zbegim.
-
Meni men istag'an o'z suhbatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.
-
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
-
Nochor furqati bilan xo'y etmisham, netay,
Chun vaslig'a o'zimni sazovor topmadim.
-
Man yururman eldan elga,
Do`st so`rarman tildan tilga.
G`urbatda holim kim bilar,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Majnun bo`lubon yururman,
U yorni tushda ko`rurman.
Uyg`onib malul bo`lurman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
-
Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon,
Ikki buyuk dildan yo’qdir sado bir.
Biz g’animga bejang topshirgan qo’rg’on —
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
-
Rustamning akasi urushdan qaytdi,
Qo`ltiqtayog`i bor, bir oyog`i yo`q,
Rustam aytib berdi: ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o`q.
-
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
-
Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o'ldi chu sayyod eshigingda.
(Mashrab)
-
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
-
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
(Alisher Navoiy)
-
Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
Daralar qo'ynida neni istarsan,
Nechun doim g'amgin, doim mustarsan.
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
-
Necha ming musulmon tunu kun uyg'oq,
Ka'ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o'pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.
Shunchalik mukammal Alloh dargohi,
Mag'firat qil, deya dilni tig'ladim.
Har yonda taralar mo'minlar ohi,
To tongga qadarli yum-yum yig'ladim.
-
Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar,
G'iybat doston qilma, bo'lma xiylagar.
Kekkaya ko'rma hech may ichmayman, deb,
Sening qilmishlaring bundan beshbattar.
(Umar Xayyom)
-
Rubbi maskun ichra sayyod, o'zim sayd,
Ortiq madorim yo'q, voqifsan ahir.
Manglayda yozilgan farmoningni ayt,
Da'vat qil, gunohkor bandangni chaqir.
Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.
-
Afsun bilan tarqat o'ylarim,
Toki chiqsin ko'nglimdan g'armon.
Toki o'sha shimol dilbarin
O'ylamayin, qilmayin armon.
-
Nafis chayqaladi bir to`p namatak,
Yuksakda shamolning belanchagida,
Quyoshga ko`tarib bir savat oq gul,
VIqor-la, ushshaygan qoya labida.
-
Ayb etmangiz,
Do'stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?
-
Alqissa juda qadim,
Jaholatli zamonda,
Bir donishmand, ulug' hakim,
O'tgan ekan jahonda.
U kun bo'yi giyoh terib,
Kezib bog'u biyobon,
Odamlarga shifo berib,
Yashar ekan shodumon.
Unga ming bir mushkul dardning,
Ayon bo'lib shifosi,
Odamlarning bora-bora
Ortaverdi ixlosi.
Tabobatga qalban, ruhan,
Fido qilib o'zini,
Oxir bir kun nashtar bilan
Ochdi ko'rning ko'zini.
Rivoj topmish sohib xislat,
Donishmandga madadkor,
Lekin qayda bo'lsa shuhrat,
Yonboshida hasad bor.
Davoxonlar, parixonlar,
O'quvchilar chilyosin,
Xullas yurtda bor nodonlar,
Boshladilar ig'vosin.
"Bandasiga bermoq doru,
Yaratganga isyondir
Demak tabib ishi makr-u,
O'zi esa shaytondir".
Bu so'zlarni chin deb bildi
Nodon, johil olomon,
Donishmandni sazo qildi,
Kaltakladi beomon.
Cho'g¡Â® temirda ko'ksin dog'lab,
Dorga osmoq bo'ldilar,
So'ng bo'yniga xarsang bog'lab,
Suvga bosmoq bo'ldilar.
So'ng suvni ham, xarsangni ham
Xayf bilib "shayton" ga,
"Yoqing" - dedi eng bosh hakam,
-"Olib chiqib maydonga"
Keng maydonga ustun ko'mib,
Bog'ladilar hakimni.
So'ng temirni o'tga qo'yib,
Dog'ladilar hakimni.
Buyurdilar: "Yoqing shitob,
Azroilning oshnasin"
Dedi : "kimga kerak savob,
Cho'p keltirib tashlasin"
"Savob" uchun kimdir o'tin,
Kimdir tashlar dona xas.
Hakim boshin mag'rur tutib,
Johil elga qaramas.
Shu payt tabib sari bir chol,
Asta kela boshladi,
Quchog'ida bir bog' poxol,
G'aram uzra tashladi.
Dedi: "Asl tug'ilganda,
Basir edim men o'zi,
Sen duoning kuchi birla
Ochib qo'yding ko'r ko'zim.
Tangri bilib yaratgan ko'r,
Davo qilding ne uchun?
So'roqda men manglayi sho'r,
Nima deyman Mahshar kun.
Haq yo'lidan ozgan odam,
Davo qilib ne berding,
Meni bir yo'la u dunyo ham,
Bu dunyomdan ayirding.
Ko'rligimda bu dunyoni
Tasavvurda ko'rardim.
Dunyodagi bor odamni
Mushfiq bilib yurardim.
Shafqat ila kim nonu, kim
Chaqa tashlab ketardi,
Men ham shunga to'ygan edim,
Shu ham menga yetardi.
Qornim to'ysa saodatim,
Yo'q tuman xil tilaklar,
Ham ulfatim, hamsuhbatim,
Jajji shirin go'daklar.
O'ylar edim dunyoda bor
Musaffolik, soddalik,
Ko'zim ochib ilk bor ko'rdim,
Berahmlik, soxtalik.
O'g'irligu, fahshni ko`rib,
Jim yurarkan odamlar.
O'z do'stiga kulib turib,
Tig' urarkan odamlar.
Bir yonga boq: Ayshu-ishrat.
Bir yonga boq: Ohu-voh,
Bu kun mening ko'nglimda g'ash,
Imonimda ishtiboh.
Derdim, yurtni bir bor ko'rsam,
Ko'rdim: ko'nglim to'q endi,
Yo'lda yotgan ko'rchalik ham,
E'tiborim yo'q endi.
Ado bo'ldim, to'yib ketdim,
Ado bo'lsam mayliga,
Yo qaytadan o`sha g'arib,
Gado bo'lsam mayliga.
Ko'r bo'lsam ham mayliga...
Bu so'zlarni eshitdi-yu,
Faryod urdi donishmand,
"Yoqing"- deya so'radi u,
"Olov bo'lsin sarbaland.
To'yib ketdim bu dunyodan,
Hech toqatim qolmadi,
Mendan shifo oldi olam,
Odam shifo olmadi.
Jaholatning zahri tekkan
Nodon, johil, gumrohlar,
Davosiga ojiz ekan,
Men kashf etgan giyohlar.
Ko'r ko'zlarga nur bahsh etdi,
Men kashf etgan giyohlar,
Qalb ko`zini ochmoqqa lek
Kamlik qildi hunarim.
Odamlarga men yaxshilik,
Qilmoq bo'ldim, netayin?
Manglayda shu ekan bitik,
Yoqing kuyib ketayin."
O't yoqdilar yondi gulxan,
Qaro bo'ldi samovot,
Jaholatning hukmi bilan
Ado bo'ldi buyuk zot.
Gulhan yondi ko'kka o'ralib,
Cho'gi har yon sochildi,
Shu olovdan elning, ajab,
Aql ko'zi ochildi.
Yigladilar aza tutib,
O'kindilar, kuydilar,
Yillar o'tib donishmandga
Oltin haykal qo'ydilar.
E, voh, hakim ko'zi bilan
Ko'rsaydi bu hurmatni,
Lekin olim o'zi bilan
Olib ketdi hikmatni...
Qo'y, ey, ko'nglim, sen bu qadar
Dahshatni kam o'ylagin,
Senga nasib bo'lgan davron,
Sozin chalib kuylagin.
Shukronalik, mayni ichib,
Yayrab qolgin har nafas,
Bu dunyodan bir kun kechib,
Ketguvchi bir biz emas.
Qo'y, ey, ko'nglim, Haq muhabbat,
She'r zavqiga qo'naylik.
O'tda yonish bo'lsa mayli,
She'r o'tida yonaylik.
Faqat bizga g'am u qadar,
Qayg'u hasrat yot bo'lsin,
To biz uchun jon berganlar,
Ruhi doim shod bo'lsin!
-
Nolishim yo'q o'tgan umrimdan,
Ammo horg'in dil izlar orom.
Dilbar, menga quvnoq yurtingdan
Biror narsa so'yla bu oqshom.
-
Men qachon dedim:"Vafo qilg'il manga", zulm aylading,
Sen qachon deding:"Fido bo'lg'il manga", bo'ldim sanga.
-
Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
-
Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul.
O'z elida chekdi g'urbat,
Zoru nolon, o'zbegim.
-
Men ham avvallar edim dardi junundin bexabar,
Qo`ydi domin yo`llarimga kokili hindularing.
-
Gulim, seni gulday asray olmadim,
Suyib siylolmagan sultoning bo'ldim.
(Muxammad Yusuf)
-
Men keldimu, dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam martabasi osharmi? Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim - ketishim sababi qayda
-
Agar ba’zi birlar seni ranjitsa,
Azob otashida o‘rtanma butkul!
O‘zing bilasanki, hammani esa
Ko‘nglini bir hilda olmoqlik mushkul.
Ba’zida joningni jabborga berib,
Asl haqiqatni so‘zlaganing dam,
Ba’zi birlar sendan butunlay ranjib
Mumkin seni nodon deyishlari ham.
Bordi-yu, yaxshini desang ham yomon,
Aminman topilur senga tarafdor.
Dunyoda bor ekan haqiqat, yolg‘on,
Hammaga teng yoqish mumkinmas zinhor.
Demak, shunday ekan, yolg‘on gap sotib,
Nopoklar ko‘ngliga bo‘lgandan ma’qul.
Do‘stim, haqiqatu rostini aytib,
Faqat, vijdoningni buyurganin qil!
Shukrullo
-
La’ling ayo, ne ajab rangindur,
So`zi oning ne balo shirindur.
Ham qoshing taqvou toatga balo
Ham ko`zing ofatu aqli udingdur,
Hulla ichra badaning ko`rinur
Go`yo gulbarq aro nasrindur.
-
Roziman yonimda bo`lolmasang ham,
Ming dardim birini ololmasang ham.
Maylga menchalik sevolmasang ham,
Qoldirma yolg`iz meni, qoldirma yolg`iz...
-
Za'far yurtga nur to'kar oqshom,
Bog'da gullar javlon urgan payt.
Kel, jonginam, qo'shiq ayt, Hayyom
Kuylab o'tgan qo'shiqlardan ayt
Bog'da gullar javlon urgan payt.
-
Tong chog`ida turgil, nozanin go`zal,
Maydalab ichaylik, rubbobingni chal,
Dunyoda bor odam uzoq turmaydi,
Ketganlari qaytib kelmas hech mahal.
-
La’ling g’amidin ko’nglum erur g’uncha kibi qon,
Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma.
-
Alamdan yuragim g`ashlandi netay,
Muhabbat azoblari boshlandi netay,
Ko`zim qarog`lari yoshlandi netay,
Dilimdasan doim, ilk muhabbatim.
-
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim"¦
-
Mayli kulib boqsin senga omad-baxt,
Mayli o`zga yor-la bo`lgin to abad,
Lekin bir savolimga javob ber faqat,
Menga nima qoldi sendan azizam....
-
Mayli kulib boqsin senga omad-baxt,
Mayli o`zga yor-la bo`lgin to abad,
Lekin bir savolimga javob ber faqat,
Menga nima qoldi sendan azizim....
-
Mirzo Bobur - sen fig'oning
Soldi olam uzra o't.
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, o'zbegim.
-
Muhabbat borasida
Biz hanuz norasida.
Bulutlar orasidan
Saboqlar to'kiladi.
Loylar qordim yoshimdan,
Somon qildim sochimdan.
Uyga kirsam, boshimdan
Tuproqlar to'kiladi..
Senga tegmadi nafim,
Ichimda qoldi gapim.
Tegib-tegmasdan labim
Qadahlar to'kiladi.
Iqbol Mirzo
-
Izlaridan ibo ergashib yurgan
Hayoning o`zidan hatto hayoli.
Har safar oftobni uyg`otib turgan,
O`zbek ayolisan, o`zbek ayoli!...
-
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo`lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.
-
Mayli sendan hech narsa etmayman talab,
Hatto xayol bilan bermayman ozor.
Senga faqat ezgu niyatlar tilab,
Balki arzimasman qilishga bedor...
-
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro`mol solgum boshiga,
Yo`llariga sheroziy gilam.
Yesenin
-
Menga bir so`z aytgin demayman,
Bir umrga qaytgin demayman.
Bir ko`rmoqqa zor-zor yig`layman,
Xudo haqqi juda sog`indim...
-
Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon. :D
-
Nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.
-
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
-
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.
-
Nazokat paytimas,yaqinroq keling
Buyuk zot qoshida aylangiz salom
Shu sodiq bevaga sajdalar qiling
Shu sodiq bevaga aylang ehtirom
Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda
Haykal ham qo'yingiz bamisli hayol
Shundaylar bo'lmasa agar dunyoda
Bu qadar muhtaram bo'lmasdi ayol.
-
Lekin ajratolmas ayriliq sendan,
Axir xayollarim to abad sen-la.
Mayliga sen voz kechgin mendan,
Lek qalbimdan hecham voz kecholmassan...
-
нимани истадинг билмадим,
кулингни кулимга куймадинг.
-кут дединг,кутишдан толмадим.
куникмок азобин боемон
бу азиз бошимга тушарму?
уйлари тугамай дил хайрон.
-юрагим ярмини топарму?!
-
U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.
-
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O`zluq,
Balki Tarxon, o`zbegim.
-
Minoda Shaytonni qildik toshbo‘ron,
La’natga ko‘mildi badbaxt u lain.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmog‘i tayin.
-
Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug` dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!
Shavkat Rahmon
-
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko`rsam,
qoraygan cho`qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam.
Yana Shavkat Rahmondan
-
Майли сура бутун борлигим,
Нени десанг бергумдир албат
Узга калбга банддур юрагим,
Юрагимни сурама факат
-
Турибман кулимда кадах шу палла,
Демак дил сузимни айтмасам булмас.
Сизга бахт тилашим мумкин баралла
Лекин бахтли килиш кулимдан келмас
-
Sevgilim,
Dilsizlar dillarimizni
Toshbo'ron qilsalar, vayron qilsalar.
Tikanlar qoplasa yo'llarimizni,
Sen achchiq yig'lasang,
ular kulsalar.
Sevgilim,
Sevgini sevmagan zotlar
Qaro aylasalar oq asotirni.
(darg'azab pishqirsa quturgan otlar)
Go'rdan chiqorsalar
Qorabotirni.
Sevgilim,
Men jangga kiraman, jangga,
Qarog'ingdan tiyra jola uchun ham.
Osmonni bo'yayman qirmizi rangga,
Chap ko'ksingda majruh lola uchun ham!
-
Mayli, menga muhabbating bo`lmasa agar,
Qarama yuzimga mayli men rozi.
Ko`ngil qo`ygan bo`lsang o`zga bir qizga,
Mayli uzilmasin muhabbat sozing.
-
Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
-
Ilm-u hunar topdim va yana dildor,
Orzu og`ushida bir muddat.
Vaqt tulporidan tushmayin chopdim.
Hamroh bo`ldi hamdard yetmadi.
-
Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.
Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.
-
Boshimni qaylarga olib men ketay,
Yuragim yig`lsa qandoq ovutay,
Dardimni kimlarga, oh kimga aytay?
Sevib-sevilmayin yashadim netay?
-
Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.
Qo‘l teksa titrab qo‘ling,
Balog‘at to‘sgach yo‘ling,
Aylanmay so‘zga tiling
Qayrilma qoshligimiz.
-
Zorlanadi yalinchoq nigoh
— Kel yonimga, birga teramiz.
Unamaydi tortinchoq nigoh:
— Odamlarga kulgi bo’lamiz"¦
-
Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam
Men esa oy uchun minglardan biri...
Falaklarda tanho porlagil, erkam
Xayr, endi mening yolg’on farishtam.
-
Moziyga urilib sinar ovozim,
Umr o'tib borar benaf , benavo-
Nahotki bu-qo'lim? Bu mening sozim?
Allohdan so'rajman: - Nechun bu jafo
-
Olamni buzsa ham bu nolalarim,
Senga zarracha ham etmadi ta`sir,
O`lsam ham seni deb o`lgum baribir,
Sevib sevilmayin yashadim netay?
-
Yuragimni tamom qildim,
Yig`layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.
Men hayotda o`limga tik
Boqib o`sdim"¦
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do`stim!
-
Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.
Derazaga ho’l bag’rin bosib,
Kuzak tuni surganda xayol —
Men eng go’zal she’rimni yozib,
Sizni eslab yig’lashim ayon.
-
Necha ming yillarkim
hindu qizlari
tangrilar tug`ilgan hind tuprog`ida
bir qo`shiq aytadi,
ishonib faqat
qo`shiqlar dunyoni asramog`iga...
-
Agar dunyoda borligim bilib,
|Hayot mazmunin neligin sezib,
His etgan bo`lsam bir zum baxtim,
BU ham seni uchratgan kunim...
-
Mayli muslimlar mendan yuz ogirib ketsinlar
Iymon keltirib boldim sevgilimning qalbiga
-
Andisha degan bir bog' bo'lar vayron,
Go'yo bu chamandan yalmog'iz o'tgan.
Onalar qizlarin tanimay hayron,
Qizlar onalarin ismin unutgan.
-
Naqadar go`zalsan, ey gulixandon,
Sanga qurbon o`lsin hur ila g`ilmon,
Yuz Zulayho, yuz ming Yusufi Kan’on,
Qul bo`lay deb maydoningga to`kilmish.
-
Shavkat Rahmon degan
bir o`jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim ma'nisin juda ko`p o`ylab,
sayladim so`zlarning
saralarini.
Har bir so`z
yuz so`zning o`rnini bosar —
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so`z yetajak yuzta umrimga,
har biri baxy etar
ruhimga shodlik.
-
Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo¡Â®lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.
-
Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
O`ldirmakka qasd ayladi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
-
Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.
Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.
-
Bolalik kunlarimada.
Uyqusiz tunlarimda...
Ko`p ertak eshitardim.
So`ylab berardi buvim...:)))
-
Men o`lib yotibman, kimsasiz, unut,
Hech kimga qayg`urmas va chekmas yohu.
Faqat cho`qqilarda qurqurar burgut,
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.
-
Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep,
Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga.
Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb,
Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga.
-
Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
-
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
-
Ammo-osmon buncha chiroyli bu tun!
Qarayman, qarayman ko`zim to`ymaydi.
Jimir-jimir qilgan yulduzning bari-
Hammasi singlimga o`xshaydi!
-
Ikki nargiz, ikki kon`gul, ikki tan ikki jon birla,
Birin bir-bir qamal aylab, qilaylik anjuman, nozik.
Uvaysiy, o`z-o`zingcha so`zlama tiyg`il zaboningni
Mabodo ketmasin nozi diliga so`ylagan nozik.
-
Ko`ngil mulkini toroj —
Aylagan ishq istilosidir.
Na bo`lg`ay oxiri, bu
Istiloning ibtidosidir.
-
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro`mol solgum boshiga,
Yo`llariga sheroziy gilam.
Yesenin
-
Mayli, qashshoq bo`lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham,
Ona tilim, menga muqaddas, buyuk
-
Kel yonimga go`zal yor, sensiz hayot hayotmas,
Sensiz menga bu dunyo,misoli bor tor qafas.
O`rtar yurak armoni, umrim o`tar yor sensiz,
Oshiq yurak armoni, yurkada hargiz.
-
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
-
Kutdim... hatto to`yim kuni ham,
Sevmagan yor taqqincha uzuk.
Oh, bilsayding dilga qo`nib g`am,
Umidimni ketgandim uzib.
-
Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.
-
Nega suvga chiqmagan,
Ayon bo`ldi bizga ham,
Sovchi bor deb aytmagan,
Erinchak qiz, kelinchak"¦ ;)
-
Ko’rib-ko’rmaslikka
Olmoqlar oson.
Siz-ku ko’rsangiz ham
Olmaysizu tan,
Meni tanib, hatto
Har kun ko’chamdan,
Sochingiz qo’l silkib
O’tar yorijon.
-
Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash,
Ham egilib, bu egilmas bosh,
Ko`zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir.
-
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.
-
Ruhim qilich bo`lib qolsa-yu,
O`z tanamni chopib tashlasam.
Tilka-tilka qilib bag`rimni,
Ming bo`lakka chopib tashlasam.
-
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..
-
Nechun seni ko`rsam, g`amlarim ketar,
Ko`zlari g`ussaga to`lgan guloyim.
G`am nedur, ortig`u kamlarim ketar,
Bor-yo`g`im zer-zabar qilgan guloyim.
-
Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
-
Ista, tiz cho`kaman hozri oldingda,
SEvdim-sevganimdan uyalmoq nechun.
Barcha garishtalar sening qalbingda,
Ijarada turgan qizlar men uchun! ;)
-
Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.
-
Inonki, gar seni sevmasam jondan,
Sen bosgan har toshni bir o`parmidim!
Men seni ardoqlab, g`ubordan, changdan
Yo`lingga har kuni suv separmidim!
-
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
Kutgil yomg‘ir zeriktirganda,
Meni kutgil yoqqanida qor.
Xat kelmasdan uzoq yerlardan,
Yuragingni qilganida qon.
Sening bilan birga kutganlar,
Zerikkandan qilganda fig‘on.
Meni kutgil va men qaytarman,
Faqat kutgil juda intizor.
-
Rozimisan, yoningda qolib
Tongga qadar ertak so`ylasam?
Rozimisan mehringga qonib
O`lgunimcha baxting kuylasam?
-
Manga Pushkin bir jahonu
Manga Bayron bir jahon,
Lek Novoyidek bobom bor,
Ko`ksim osmooon, o`zbegim.
-
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo'qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig' bu xatarli yo'lda qotdim-ku.
Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay, qulochni katta otdim-ku.
-
Uxlab qolgan tunlarning haqqi,
Mening o‘rnim boshqa — bo‘lakman.
Yig‘lab qolgan tunlarning haqqi,
Men, bari bir, senga kerakman ;)
-
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
-
Zarra qadar, ishon, gina qilmasman,
Bu ginani o`zimga ep bilmasman.
Sengga mehrim birday bo`lur hamisha,
Garchand ko`nglim noziklikda bir shisha.
;)
-
Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.
-
Muhabbatim yuksalmasdi aslo sizsiz,
Qanot bo`la olmas edi ko`kni quchsam.
Siz ummondan oshgan yo`lchi yulduzimsiz,
Zavqli erur, bedor tunlar nomin bitsam.
-
Mir Alisher na'rasiga
Aks-sadooo berdi johon,
She'riyat mulkida bo`ldi
Shohu sultooon, o`zbegim.
-
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay :'( :'( :'(
-
Yuraklar bittadur, yo`llar o`zgacha,
Taqdir ko`rolmadi, bizni munosib.
Sen o`zgasan, men ham o`zgacha,
SEnga men, menga sen etmadik nasib.
-
Borliq olam ko`zimga ming-ming
Go`zallikka to`lib ko`rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She'r daftari bo`lib ko`rindi...
-
Injiqliklar o‘rniga nozlar,
Bolalikning rishtasin uzdi.
Kundan-kunga nozik pardozlar...
O‘yinimiz balog‘at buzdi.
-
Ilinju iltijo, iltimos dardi.
Sevgidan yig`lamoq nolamas albat,
Sevgiga yarashmas arazu g`iybat,
Ochiq dil bo`ladi odamning mardi!
-
Izg‘irdim sargardon men sizni izlab,
Tovonimning teshdi srabon, yomg‘ir.
O‘zimni la’natlab, sizimni sizlab
O‘lmay turib o‘ldim, siz uchun oxir.
-
Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo’ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...
-
Sizni mendek sevolmaydi biror inson,
Sizni mendik kutmas hech kim qalbi qahrab.
Mendan olis ketsangiz ham odil osmon,
Yuragimiz bog`lab qo`ygan ishqni asrab. ;)
-
Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv,
Quyoshdan ishorat — ko‘z yorar ildiz.
Men, axir ularga o‘xshamayman-ku,
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz.
-
Zamin tegrasiga
Oltin kamalak
O`raydi yetti xil
Nurdan chambarak.
Siz uning bag`rini
Pora qilmaysiz,
Otalar hokini
Saqlab muborak.
Sen shunday davronda
Yashaysan qo`zim.
Hozircha orom ol,
Ko`zlaringni yum...
-
Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to’lganda borliq,
Xushbo’y tabiatning yetti rangidan,
Osmon gardishida qolganda yorliq,
Eng porloq tuyg’ular tilayman senga,
Eng shirin orzular tilayman senga!
-
Archaning qorlarga qarshi isyoni,
Yashil bahor bo’lib kuldi oqibat.
Ajoyib ranglarga intiq vijdoning,
Yam-yashil hislarga to’ldi oqibat...
Gul, bulbul, gulzorlar tilayman senga,
Hech so’lmas bahorlar tilayman senga!
-
Ayb etmangiz,
Do`stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko`ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!
-
Agar taqdir shunday bo`lsa, ne kelardi qo`limdan,
Sog`inchlarim dilga bitib, qolmas edim yo`limdan.
Lekin hamon intiq yurak, ayrilyapman, ketyapman,
Balki uchrashmasak kerak, armonni yor etyapman.
-
Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
olis-olis vohalardan
tog'larimni chaqiring,
osmon to'la havolar
faqat menga yetmaydi.
(Shavkat Rahmon)
-
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.
Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.
-
Rozimisan, yoningda qolib
Tongga qadar ertak so`ylasam?
Rozimisan mehringga qonib
O`lgunimcha baxting kuylasam?
-
Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg’irlari bilan, sellari bilan,
Gullarni uyg’otgan yellari bilan —
Men senga bahorni keltirdim, sevgim.
Men senga saodat keltirdim, sevgim,
Ko’ngling ravshan bo’lsin — Chirog’i bilan,
Bedorligi bilan, charchog’i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.
-
Muhabbatim yuksalmasdi aslo sizsiz,
Qanot bo`la olmas edi ko`kni quchsam.
Siz ummondan oshgan yo`lchi yulduzimsiz,
Zavqli erur, bedor tunlar nomin bitsam.
-
Men endi oylarga ketaman porlab,
Endi boshqa go'zal ovutsin sizni.
Iltijolar qilmasman,keling deb chorlab,
Maysalar,xayollar ob ketsin sizni.
Osmonlardan boqib kulaman,
Meni unutgansiz bilaman.
Men endi oydaman,olis oydaman,
Uzoqlardan sizga tikilaman jim.
Yo'qlab kelmang,qo'l yetmas joydaman,
Yo'lingizga ming-ming yulduzlar ekdim.
Ajib xayollarla o'yga tolaman,
Meni unutgansiz bilaman...
-
Nega seni sevdim men,
Sevmasam bo`lar ekan.
Yuragimni g`amlarga bermasam bo`lar ekan.
Ketding, qo`ling siltab..
-
Bu dunyo - ruhimning azobi,
Ezgulik — umrimning savobi,
Qo‘y, endi yig‘lama ko‘ngiljon,
Bor, axir, barchasin hisobi.
Qo‘lni ber, pok joyga ketamiz,
Yomoni yo‘q joyga ketamiz.
-
Zaminda chaqnagan guldirak bo'lib,
Bir kun osmonlarga ko'chadi ruhing!
Kapalak-kamonlar tilayman senga,
Eng go'zal osmonlar tilayman senga! ;)
-
Axir, yonayotgan yuraklaringni,
Qismatim yuziga qarab otsang-chi!
Boshingni xam qilgan gunohlarimni,
O’zimning bo’ynimga ossang-chi!
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
-
Balki seni o`ldirmas qotil,
Maydon aro, qilichlar aro.
Barnoliging ko`rgan Azroil
Yubormagay bemahal qazo.
Bir narsadan qo`rqaman faqat:
Oshno bo`lib jangda beboklik,
Senda qolmas dilbar nazokat,
Bu mayinlik, go`zallik, poklik.
Aleksandr Pushkin
-
Kutarman, kelaqol najot o`limim,
Kutarman bag`rimdan tig`lar o`tkazib.
So`nggi nafasimda eng so`nggi so`zim,
Nechun yor latfiga etmading nasib?!
-
Bu dunyoda tug'yonlarim mo'l,
Borar yo'lim yo'qotgan darvish.
Umrim o'tdi,orzularim tul,
Sodda dilim faqirlarga esh..
-
Shomu sahar sani izlab,
Goh o'kirib, gohi bo'zlab,
Visolingdan umid ko'zlab,
Kel, ko'r mani ishq nayladi!
-
Ishda qo`ldosh bo`lurman,
Og`ir yuking bir tomonin olurman!
Qo`zg`almasman yaxshi kuning kelguncha,
Yaxshiligin amin bo`lib bilguncha!
Lekin...
Yaxshi kunlar eslamasang mayliga,
Oydin tunlar eslamasang mayliga.
Mayli, aytma, hatto orzu to`yingga,
Oyda bir bor kelmay esu o`yingga,
Zarra qadar, ishon, gina qilmasman,
Bu ginani o`zimga ep bilmasman.
Sengga mehrim birday bo`lur hamisha,
Garchand ko`nglim noziklikda bir shisha.
-
Ariq bo'yida nish urgan maysalar,
Shabnam visoliga bo'ldi zor sensiz.
Nafis nilufarning g'unchalariga
Oq-oydin tunlar bo'ldi tor sensiz...
-
Zarra qadar, ishon, gina qilmasman,
Bu ginani o`zimga ep bilmasman.
Sengga mehrim birday bo`lur hamisha,
Garchand ko`nglim noziklikda bir shisha.
-
Afsun bilan tarqat o'ylarim,
Toki chiqsin ko'nglimdan garmon,
Toki o'sha shimol dilbarin
O'ylamayin, qilmayin armon
-
Nahotki?..Oh, meni haydayapsizmi?"
Bilmayman, ne bo`ldi siz bilan menga,
Yo shunday dil rozin aytayapsizmi?
::) :D
-
Ishq azobi ezdi qalbimni cheksiz
Bilsangda holimni bir bor so'rdingmi?
Shuncha kunim o'tdi azizam sensiz
Kerak ekanligim endi bildingmi?
Ha,haydayapman,ket endi yorim,
Va faqat ketguncha olib ket jonim...
-
Men senga olamning chiroyin beray,
Falakning yulduzin va oyin beray.
Shu ulkan koinot saroyin beray,
Jahondagi yetti mo`jizani ham...
-
Men seni izladim tunlardan,
Beraxm,tonglar-ku otmagach.
Men seni izladim kunlardan,
Hayoling yodimdan ketmagach...
-
Chiqmagan jondan umid,
Vaqti vijdondan umid,
Nomi insondan umid,
Do`st chiqmas ekan sizdan.
-
Ne uchun ayblaysan etiblar jafo,
Yuzlarim bosasan tuproqqa.
Ne qilay bu dunyo bo'lsa bevafo,
Makridan aylandim sariq yaproqqa.
-
Ayt, ey, xasta bulbulim,
O`shga qachon yetamiz?
Yashil bog`lar sarg`ardi,
Mag`iz bo`ldi g`ujumlar.
Oh, voy, muncha yo`l og`ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o`rtasida
Madorim yo`q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O`shga qachon yetamiz?
Shavkat Rahmon
-
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
-
Ne uchun bunchalar yig'laysan yurak?
Unutish shunchalar og'irmikan ayt?
Choram yo'q,bilasan yana ne kerak?
Yig'lab bag'rim ezib,yolvorasan-qayt!.
-
Talpinasan va egasan astagina bosh
Ming yillikdur ko'zlaringda joldiragan yosh...
-
Shul otash visol-chun kuyaman,yana,
Umidvor,yig'layman yonib,nachora.
Unitding,bilaman,ammo tan olmay,
Majolsiz,kutaverar,qalbim bechora...
-
Agar dunyoda borligim bilib,
Hayot mazmunin neliginsezib.
His etgan bo`lsam bir zum baxtim.
Bu ham seni uchratgan kunim!!!
-
Men nechun sevaman Uzbekistonni,
Tuprogin kuzimga aylab tutiyo...
-
O,vatanim,otam makoni,
Qalbim senda kezib yuradi.
Men bo'lmasam,otajonimga,
Daryolar choy damlab beradi...
-
"Ishq salbiy tuyg`umi yoki ijobiy?"
Bu savol men uchun qoldi javobsiz.
Chunki u tufayli qancha oshqilar
Jo`nadi rihlatga gunoh, savobsiz.
-
Zuhro edim,ammo sening hajringda bir qul edim,
Sarson edim yo'llaringda,.ishqda yongan gul edim.
Yo'llaringa sarg'ayib,g'amga cho'kkan qalbimga,
Qalbim,endi qo'y yig'lama,armonni unut dedim!
-
Men hanuz bilmasman, nimada siring,
Nazokat bobida yo`qdir naziring?!
Beta`ma bir yigit sening asiring,
Sen esa chin ishqqa qilursan gumon.
-
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...
Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg’iz!
Tugayapti sabrim... Tag’in —
Oyog’ingga cho’kmay tiz...
Usmon Azim
-
Zor bo`lib, bahorga alvido aytib
Dilingiz xazoni qo`msadi chog`i
Ketdingiz, bilaman kelmaysiz qaytib,
Anda zor yig`ladi ishqimiz bog`i.
Ketdingiz...
-
Ibodat ne
Yaratganga itoat ham ibodatdir.
Agar Alloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.
Mirzo Kenjabek
-
Romeo-Juletta, Layli va Majnun,
Ruslan va Lyudmila, Farxod va Shirin
Sevgisi tarixin kop o`qidim-u,
Uqmadim baribir muhabbat sirin.
-
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to‘lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.
-
Chanqog`ingni qondirsa buloq,
Bag`rin ochib, bil, o`sha menman.
Tunlar yo`ling yoritsa chiroq
Shu`la sochib, bil, o`sha menman.
-
Nodirajon, shoirajon,
Tanam qimir etmaydi,
Osmon to'la havolar
faqat menga yetmaydi.
-
Insonni gohida jinni qiladi.
Sevgi katta kuchdir, bungga shubha yo`q,
Gadoni shoh aylab, qo`rqoqni botir,
Zog` bulbul bo`lishin qaydan biladi?
-
Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur
-
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!
-
To'rtburchak dunyoni devorga osdim.
Daraza...Tashqari....-suratdan kammi?
Va seni sog'indim...Nimadir yozdim....
Evoh, Dilga yaqin keltirdim gamni...
-
Izlab, izlaringiz ahtarib,
Ortingizda qoldim sarg`arib,
Endi men ham, dunyo ham g`arib,
Sizni qaydan topay, onajon.
Sizsiz qandoq qilay onajon.
Oh, yo`q ekan ajalga omon,
Endi bag`rim tindalar armon,
Yo`qligingiz bilindi yomon,
Sizni qaydan topay onajon.
-
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ...
-
Zolimsan bunchalar ey, qalam-qoshim,
Umidim, yulduzim, mohim, quyoshim,
Rahming hech kelmaydi men oshig‘ingga,
Axir tugadi-ku sabr-bardoshim.
Halovat qolmadi jonu tanimda,
Rashking olov bo‘lib bag‘rim kuydirdi,
Alami bor ekan taqdirni menda,
Sendek bag‘ritoshni nega suydirdi.
Maqsading nima deb qilasan g‘azab,
Tilagim vaslingdir bu senga ayon.
Yo‘q, degan tilingdan bir bora o‘pib,
So‘ng oyoq ostingda qolib ketsin jon.
-
Nechun?!deya berilgan savollar bisyor,
Deyman,visolingdan menga o'zga ne kerak?
Menku,kuyib bo'ldim,sen bo'l baxtiyor!,
Jonim!Ayriliqqa chidolmas yurak...
-
Kim malham, kim bo'ldi yuragim dardi,
Dunyoda uchradi yovi ham mardi,
Yovni-ku bir o'zim yengsam bo'lardi,
Mendan qaytmagani xudodan qaytsin!
Yo'q do'stga ishondim, so'zga ishondim,
Bahorga aldanib, kuzga ishondim,
Mehrimni yuragi muzga ishondim,
Mendan qaytmagani xudodan qaytsin!
-
Nogahon o`q otildi,
O`t chaqnadi ketma-ket.
Dushman sezdi,
Razvedka
Jangga kirdi betma-bet.
Granata portladi,
Tilga kirdi avtomat.
Bir yonda butun bir polk,
Bir yonda to`rtta soldat.
Ikki yondan o`q yog`ar,
Olov yog`ar beshafqat,
Bir tomonda tahlika,
Bir tomonda jasorat.
O`rtada tekis kenglik,
O`rtada quyuq zulmat.
Bir tomonda yovuzlik,
Bir tomonda adolat.
Qancha davom etdi jang
Bilar faqat qaro tun,
Bilar faqat tepalik,
Ammo bular lol va gung.
Erkin Vohidov, "Nido" dostonidan
-
Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q,
Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?..
-
Mana oxir sen-da namoyon,
Muhabbatim, ko'zim, ismatim.
O'ngmi, tushmi, yo shirin armon?
Birdan yaraqladi qismatim.
Sen o'sha-ku xayolda ko'rgan,
O'sha nigoh, oshno tabassum.
O'sha ohu ko'zlar tig' urgan
Va yurakka boshlagan hujum.
Senga juda g'alat tuyular
Balki sevging bilan yonganim,
Menga og'u kabi quyular
Shunday buyuk ishqdan tonganing...
Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Yurak esa ishonch va g'amda.
Qanchadirki, o'tgan vaqt kutdim,
Seni kutdim kuyib otashda.
-
Ahli ayol, qarindosh,
Hech kim bo'lmaydi yo'ldosh,
Mardona bo'l g'arib bosh,
Umring yeldek o'taro.
Qul Hoja Ahmad toat qil,
Umring bilmam necha yil,
Asling bilsang qaro gil,
Yana gilga ketaro.
-
Oy desam, tunda bor, kunduzi yo`qdir.
Chechak ham sal kunda yashnab so`nadi.
Ohu ham demayman, makoni tog`dir,
Oramiz baland-past, olis bo`ladi.
-
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!
-
Rauf Parfi degan bir odam -
Ko'zoynakli, sochi oq darvish.
Og'ir-og'ir bosadi qadam,
Yelkasida uxlab qolgan qish.
-
Shoir bo`lmoq — bu-ku tayin gap —
O`z joningni o`rtamoq, faqat.
Xanjar urib nozik taningga,
O`zgalarga baxsh etmoq lazzat.
-
Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
Tongda o`lib qoldi, bemorchi bardam.
Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
Cho`loq eshak esa manzilga yetdi.
:) :) :)
-
Ilinju iltijo, iltimos dardi.
Sevgidan yig`lamoq nolamas albat,
Sevgiga yarashmas arazu g`iybat,
Ochiq dil bo`ladi odamning mardi!:)
-
Ishonganim qani o‘zing,
Tolpinganim shodon so‘zing,
Qozonganim qolur to‘zib,
Oh, netayin umrim seni.
-
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!
Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo‘lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!
Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo‘min bo‘lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!
Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..
-
Haq jahonga to‘ladir,
Kim o‘zi hakni bilmas,
Uni sen o‘zingdan so‘r,
U sendan ayri bo‘lmas.
Dunyoga ishongaysan,
Rizqni meniki deysan,
Nega yolg‘on so‘zlaysan,
Hech aytganing bo‘lmas.
-
Sochilgan sochingday sochilsa siring,
Anor yuzlaringni kimga tutasan?
O'zing-ku: 'Alarda vafo yo'q!' - deding,
Nimaga ularni tag'in kutasan?
Cho'lpon
-
Nahot kelar yo‘ling kutsa birovlar,
Nahot qo‘llaringdan tutsa birovlar.
Nahot ko‘zlaringdan o‘psa birovlar,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
-
Mayda mish-mishlardan bitta bezgan — men,
Zanglagan hanjardek o`tdi u jondan,
Tanihib qo`yaylik: she’rni yozgan men —
Muhammad Yusufman
O`ZBEKISTONdan.
-
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
-
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq —
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
-
Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.
:) :) :)
-
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora —
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim"¦
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
;) :D
-
Qanday yuzsiz do`stimsan,
Ohlar to`la ko`ksimdan
Oh urib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
-
Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g’amdin bu imorat bo’ldi vayron oqibat.
Qildi choki piroqan dog’I dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglumda zaxmi ishq pinhon oqibat.
-
Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq — topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
-
Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig’ida — yurak uchadir,
So’ngaklar uchadir, suyak uchadir —
Bu to’fon — xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.
-
Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to’zg’in buluti bilan,
Nimta oyi bilan, hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.
-
Usmon Azimdanmi?
Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg’irlari bilan, sellari bilan,
Gullarni uyg’otgan yellari bilan —
Men senga bahorni keltirdim, sevgim.
-
Men senga saodat keltirdim, sevgim,
Ko’ngling ravshan bo’lsin — Chirog’i bilan,
Bedorligi bilan, charchog’i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.
-
Men bora olmayman. Yurak to’la tosh.
Ayt, qachon vaznsiz bo’lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo’lar
Va qachon oy nuriday sarg’aygan qo’llarim
Qaro sochlaringni silab titragay?
Dunyodagi Eng Go’zal Ayol,
nahot, bir umr kerak bo’lsa,
oy nuriga aylanmoq uchun?..
Usmon Azim
-
Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
olis-olis vohalardan
tog`larimni chaqiring,
osmon to`la havolar
faqat menga yetmaydi.
-
Ishongan tog‘ing ketdimi?
Yo nomu oring bitdimi?
G‘urbatda yoring qoldimi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦
Gulistonlarda yayrarding,
Toza gullarni bo‘ylarding,
Ajib xonishlar aylarding,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦
Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi,
Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi,
Yondi, bu yuragim yondi,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦
Ne bo‘ldi, Yunusga ne bo‘ldi?
Daryoi ishqqa g‘arq bo‘ldi,
Yana bahoriston bo‘ldi,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦
-
Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.
-
Zolimsan bunchalar ey, qalam-qoshim,
Umidim, yulduzim, mohim, quyoshim,
Rahming hech kelmaydi men oshig‘ingga,
Axir tugadi-ku sabr-bardoshim.
-
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
-
Yosh edim yoshligim o`tmaydi depman,
Bu masrur lahzalar bitmaydi depman,
Ota-onam aslo o`tmaydi depman,
Adashdim, eyvoh, adashdim.
To abad qalbimni g`ashlab ketdilar,
Chorasiz ko`zlarim yoshlab ketdilar,
Bir-birin baqoga boshlab ketdilar,
Adashdim, eyvoh, adashdim.
-
Men boraman. Bu jonim,
Senikidir... O'ksima.
Tunda qo'rqma. Oq tongning
Bir parchasi ko'ksimda...
Bek
-
Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.
-
Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo’ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...
Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg’iz!
Tugayapti sabrim... Tag’in —
Oyog’ingga cho’kmay tiz...
-
Zolim qo‘lidagi qo‘g‘irchoq arra,
Hamma-hammasini oldimi qirqib?!
Oh kunda, voh kunda, yoningga qara,
Novdacha turibdi, mo‘ltirab, qo‘rqib...
Hali tomirlaring ko‘chmagan ekan,
Ona tuproq sendan kechmagan ekan,
Dunyoga ko‘z ochgan kuning singari,
G‘aribim, boshqatdan boshlanar bari...
-
Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.
Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so'ndirma, Alloh.
-
Har kishining jahonda ko'nglidagi yor bo'lsin.
Sevgida saodati doim barqaror bo'lsin.
Yorning har takallumi, mo'miyodir, asaldir
Bir jon emas yuz jon ham yo'lida nisor bo'lsin.
-
Nigohida oftoblari bor,
Ko'z yoshlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!
Muhammad Yusuf
-
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.
-
Rangim somon azizim,
Bu ne zamon azizim?
Holim yomon azizim
Sizga qolgan kunim bor.
Tig‘lar zanglar ko‘ksimda,
G‘ubor changlar ko‘ksimda.
Mudom janglar ko‘ksimda
Sizga qolgan kunim bor.
-
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.
Bevafo atasa ortimdan sanam,
Bebosh deb qarg'asa, tuqqanim onam,
Aybsiz ayblovlardan titrama, tanam,
Tanam, titrog'ingni yurakka yashir.
Lekin vijdon meni inkor etgan kun,
Iymon, e'tiqodni inkor etgan kun,
Ruhim, soqiy bo'lib ajal mayin sun,
Azasiz, ko'zyoshsiz tuproqqa topshir.
-
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.
Rauf Parfi
-
U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.
Abdulla Oripov
-
Nahot shuncha ma`sum, shuncha pok,
Sevishmoqda alam bor shuncha,
Bardosh bermsa iroda, idrok,
Tamoman lol aql tushuncha...
-
Ayriliqni o‘ylasam,
Tomirimda muzlar qon.
Ko‘zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo‘q, Qizlarxon.
Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko‘nglini
Koshki, bilmasam ekan.
-
Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haqso'z xor qiladursan,
Egrilarga eshmisan, so'zla
Nechun g'alat kor qiladursan.
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
-
Ne qilsa otamen, meros hissiyot...
Jondan sog'inishga uning haqqi bor,
Kutaman uzoqdan ko'rinsa bir ot,
Kelayapti, deyman k'rinsa g'ubor.
Bahor novdasida bo'rtgan har kurtak
Sog'ingan ko'ngilga berar tasalli.
Ko'chatlar qomatin eslatganidek,
Nafasin ufurar tong otar eli.
G'afur G'ulom
-
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.
Muhammad Yusuf
-
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo'lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.
Alisher Navoiy
-
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
Alisher Navoiy
-
Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sanga,
Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.
Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga.
Alisher Navoiy
-
Ayb etmangiz,
Do'stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko'ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!
Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo'ldi mazmuni.
U qo'limga tutqazib qalam,
Ko'zlarimdan oldi uyquni...
Erkin Vohidov
-
Ishqing bilan ado bo'lsam,
Kishishi yo'q gado bo'lsam,
Bir so'zingga fido bo'lsam,
Nega meni qiynarsan, yor...
-
Rangpar chorbog‘. Daraxtlar
Donishmandday tek qotgan.
Tillo to‘shak— yaproqlar,
Dilda g‘ashlik uyg‘otgan.
Kechagina ko‘zimni
Quvnatgan yaproq qani?
Quchog‘ida ko‘klamlar
Soch yoygan chorbog‘ qani?
Qani, gullagan daraxt—
Oq libosli kelinchak?
Orzumday qanot qoqqan
Oppoqqina kapalak?!
Onamday sochlarimni
Silagan sabo qayda?!
Sabolarni quvlagan,
Bokira havo qayda?!
Zumda bari ta’birsiz
Shirin tushga aylandi.
Orzum — jufti tuzoqqa
Tushgan qushga aylandi.
Rangpar chorbog‘. Bittalab
Jonday uziladi barg.
Balki erta ertalab
Oqtuproq tortar falak.
Tamom, hammasi tamom,
Alvido, bahor endi —
Qara, yuzimda xazon,
Sochlarimga qor indi.
Abdulaziz Muborak
-
Ishoning, ko'zimni to tuproq bosib -
Qolguncha Sizniki bo'lmayman desam.
Ammo Siz hech kimga qilmaysiz nasib,
Hech kimga bermayman, ichganman qasam...
-
Men kimman, bir ko‘ngil quliman xolos,
Dardini she’r qilgan shoirman, shoir.
Nahotki siz menga qilasiz havas,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir?..
Bir kuni uchrashmoq bordir qaytadan,
Qachondir yo‘limiz bog‘laydi taqdir.
Qolgan gaplarimni keyin aytaman,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir...
-
Rashk — ishqim ko‘kini qoplagan tuman,
Visol — men boshini topolmagan yo‘l.
Hijron — oramizni buzgan yosuman,
Sevgi — men rangini anglolmagan gul.
-
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.
Alisher Navoiy
-
Ay, ko‘nglimni qitiqlagan, erka gul!
Ay, olamni ko‘mgan orzu-sirga, gul!
Qayga desang, men ketaman birga, gul
Sen ham mendek dardga xaridormisan?
-
Necha kunki yorning firog'indaman,
Parvonadek husni charog’indaman,
Bir olov ko‘zlining so‘rog’indaman,
Ko‘rinurmu qarang ko‘zga, turnalar.
Bir xabar bersangiz bizga, turnalar...
-
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Muhammad Yusuf.
-
Nargis,
nigohlarim sarg‘ayib borar,
kelar yo‘llaringga cho‘kkanicha tiz,
hijron yomg‘irlari boshimni yorar,
Sensiz.
Sensiz
nigoron dil yig‘idan tinmas,
mungli qo‘shig‘ini kuylaydi unsiz
u desam ovunmas, bu desam ko‘nmas
hargiz.
Hargiz
hasratlarim yetmas poyonga,
Ko‘zingni eslatib termular yulduz.
Meniyam olib ket... osmonga,
Nargis.
Nargis,
iqbolimiz nechun hayallar?
ayt, visol onlari bunchalar olis?!
meni mendan judo aylar xayollar
Sensiz.
Sensiz...
gapirgim ham kelmaydi, aytsam,
hayot ham ko‘zimga g‘alati, hissiz,
senga baribirmi, nahot mensiz ham?
Esiz!...
Abdulaziz Muborak
-
Zor qoldi ko`nglimning bu ko`chalari,
Sog`inganda yo`qlab kelmading bir bor.
Tor bo`ldi ko`zimga bu keng olam xam,
Dardrli hasratimni sezmading bir bor.
-
Rivoyatni ko'rub Haq-la, so'zlashtim men,
Yuz ming turluk maloyikg'a yuzlashtim men,
Ul sababdin Haqni so'zlab, izlashtim men,
Jonu dilim anga fido qildim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Oqshom yulduzlarga boqib yig'ladim,
Daryo to'lqinida oqib yig'ladim...
Menam daryo bo'ldim, sel-selob bo'ldim,
Yuragim olmaday qalqib yig'ladim...
Iqbol Mizro
-
Mana oqshom cho‘kdi.
Xazonli bog‘da
Tillorang yaproqlar unsiz yig‘laydi.
Sezdim— ming yillarcha mendan yiroqda
Sevgisi xo‘rlangan bir qiz yig‘laydi.
Yig‘laydi
Gullar ham ovuta olmas,
Ko‘z yoshi oldida daryolar tomchi
Kimdan alamini olishin bilmas,
Ki o‘zi bevafo, o‘zi aldamchi...
Yig‘laydi
Dunyoni unutib butkul,
Unga sho‘x sabolar begona endi,
Dunyoga aldanib kuygandir ko‘ngil,
Devorga urilgan peshona endi.
Yig‘laydi
Goh behush, gohi hushida
Baxtini taqdirdan qiladi ta’na.
Sevgani opqochib ketar tushida...
Cho‘chib uyg‘onadi, yig‘laydi yana.
... Yana oqshom cho‘kdi.
Kuz cho‘kkan chorbog‘.
Turibman xazonning holini so‘rab.
Yuzimda xazonday tabassum, biroq
Yig‘layman soydagi baliqqa o‘xshab...
Abdulaziz Muborak
-
Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Ma'yus majnuntollar qoshida,
Ko'ngi ohi ko'zin yoshida:
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo'shilib yig'lar,
Bir so'z dilga sanchadi tig'lar -
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Dildan ko'chib ketsa xayollar,
Yomonga yo'q ekan jazolar,
Yolg'on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda.
Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g'arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Ma'yus majnuntollar qoshida.
Ko'ngil zori ko'zin yoshida:
Bevafo ko'p ekan dunyoda.
Qo'y yig'lama mening jon singlim,
Men ham sendek bag'ri qon singlim.
Menga ham yo'q mehribon singlim,
Bevafo ko'p ekan dunyoda,
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!
Muhammad Yusuf
-
Azoblaring dilim tilar, sen bilmading,
Kulay desam, ko‘zim yig‘lar, sen bilmading,
Eslamadi bir bor dema, go‘zalginam,
Eslaganim xudo bilar, sen bilmading.
Eh, nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.
Tohir Mahkamov qo'shig'i muqaddimasidan
-
Garchi o’rtamizda sog’inchu hijron,
Garchi visol yo’li vayrondir, vayron,
Ammo azobingiz ko’ksimda har on —
Muqaddas olovday qoldi, yorijon,
Shukurkim, siz bilan yondim, yorijon.
Yashardim o’zimga muz kabi boqib,
Ishq keldi, jo’nadim, daryoday oqib,
Menga habib bo’ldi hatto shum raqib —
Ko’rib — to’lqin-to’lqin qonim, yorijon,
Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon.
Hech qachon demasman boshni yo’qotdim,
Eridim, vujuddan toshni yo’qotdim.
Yillarni yo’qotdim — yoshni yo’qotdim,
Mendan ayro tushdi yolg’on, yorijon,
Shundanmi tillarim ravon, yorijon.
Nodon der "žSen borni yo’qqa almashding,
Quyoshni bir g’arib cho’qqa almashding..."œ
Kulaman: "œXalqobni ko’kka almashdim..."œ
Endi yurar yo’lim falak, yorijon,
Qanotga aylandi yurak, yorijon!
Usmon Azim
-
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Abdulla Oripov
-
Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Yuzingda uyatmi, ko‘zingda afsus?
Meni eslaysanmi olisligingda?
Qo‘msab yig‘laysanmi yolg‘izligingda?
Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Olisda yolg‘izlik etmasmi ma’yus?
Ma’yuslik ro‘yingni kuz etmaydimi?
Kuz senga holimni eslatmaydimi?
Men seni sevaman deyolmagan qiz,
O‘, kimlar poyingda tiz cho‘kmadi, tiz.
Haliyam g‘ururing osmondami ayt,
Haliyam men senga yomonmanmi, ayt?
Men seni sevaman deyolmagan qiz,
Nahotki, olamda qoldirmading iz?!
Ismingni eslasam... eslasam edi!
Eng ko‘hna so‘zimni so‘zlasam edi:
-Men seni sevaman!
-Men seni sevaman,
Men seni sevaman deyolmagan qiz...
Abdulaziz Muborak
-
Zamin aylanadi, chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan ko‘tarmagin bosh.
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bo‘lar senga o‘sha tosh.
Abdulla Oripov
-
Shu kun do‘stdan keldi xat:
«Sizga katta ta’ziya —
Aza emas, to‘y bo‘ldi,
Erga tegdi Roziya...»
Ko‘z oldimda bir chaqmoq,
Chaqnaganday tuyuldi.
Ishim chappa aylanib,
Tushim o‘ngidan keldi.
Endi menga baribir,
Butkul boshqa bolaman.
Alamimni birgina
She’riyatdan olaman.
-
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.
Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.
Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q
Erkin Vohidov
-
Qaydasan, sen, bu kun behuda
Hasrat bilan kuyingda yondim.
Sening o'tli mehringdan judo
Sap-sarg'aygan sahroda qoldim...
-
Maylimi, mohchehra malagim,
Bir lahza yodingda yashasam?
Maylimi, aqalli allakim,
Eng olis kishingga o‘xshasam?
Maylimi, oydanam olisim,
Zamindan ko‘shkingni ko‘zlasam?
Maylimi, men—daydi bir nasim,
Mehringni mozorin izlasam?
Maylimi, tegrangda kun ko‘rib,
Eng og‘ir kuningga yarasam?
Mayliga, maylimni sindirib,
Maylimi, maylingga qarasam?
...So‘rab ham o‘tirma
sen bo‘lsang...
Abdulaziz Muborak
-
Gul yig’ladi,go’yo qildi tilovat,
Tun yig’ladi,so’zlab dardli hikoyat
Jonu tanda boshlama-da, qiyomat,
Azobingni bas qil endi, muhabbat.
Topolmasdan,izlagan ko’z ne qilsin?,
Dildan tomib yig’lagan so’z ne qilsin?
Yuragingga sig’magan qiz ne qilsin?
Azobingni bas qil endi, muhabbat...
-
Tog`larni tun chulg`ar. Yotaman behol,
U darcham oldida paydo bo`ladi.
Gohida mo`ysafid, ko`pni ko`rgan chol,
Gohi lashkarboshi bo`lib keladi.
Rasul Hamzotov
-
Ishq iplari-ko'k toladir,
Kuylarim dardli noladir.
Ko'zda yoshlarim joladir,
Kel,ko'r,mani ishq nayladu.
Tugab borar sabr-bardosh,
Visolning qo'llarida tosh.
Otashingga berolmay dosh,
Kel,ko'r,mani ishq nayladi.
Kumushbibi :)
-
Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko‘nglini
Koshki, bilmasam ekan.
Sovg‘a qilgan ro‘molin
O‘ramayman, debdi u.
Ko‘rishganda ahvolin
So‘ramayman, debdi u.
Iqbol Mizro
-
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora —
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim"¦
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muhammad Yusuf
-
Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."
Cho'lpon
-
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.
Alisher Navoiy
-
Asli turkman qiz bir bahona xolos,
Izlaganim edi sizlar kabilar,
Qo`msaganim hayo — momomlarga xos,
Sog`inganim edi Kumushbibilar"¦
Yonsam hajringizda mening yonishim,
Kuysam siz tufayli ko`nglimdagi cho`g`,
Turkman qizlarda yo`q mening tanishim,
Qalinga tuyam ham tushib qolgan yo`q!
Muhammad Yusuf
-
Qizim hali yosh-ku, deb,
Otasi qo‘ymas ekan.
Balog‘atni, yaxshilar,
Yashirib bo‘lmas ekan.
Har bir bosgan iziga
Ta’na qilib o‘tadi.
Ro‘molini yuziga
Pana qilib o‘tadi.
Ayriliqni o‘ylasam,
Yuragimda muzlar qon.
Xudo haqqiga qasam,
Sensiz kun yo‘q, Qizlarxon.
Iqbol Mirzo
-
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz ...
Iqbol Mirzo
-
Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
Senga keldim atayin,
Kel, qo`shig`im aytayin
Seni ko`rdim, esladim,
Oqbilak malagimni
Yoshlikning tor yo`lida
Yo`qotgan tilagimni.
Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
-
Nahot kelar yo‘ling kutsa birovlar,
Nahot qo‘llaringdan tutsa birovlar.
Nahot ko‘zlaringdan o‘psa birovlar,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
Ketsang meni qarg‘ab, mendan bezib ket,
Ko‘ksimga majnun deb, o‘yib chizib ket.
Jismimni bosib o‘t, yanchib ezib ket,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
Bu zolim dunyoning jafosi degil,
Yo taqdir azalning xatosi degil.
Bemahal sevgining jazosi degil,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
Seni yeru ko‘kka ishonmas ko‘nglim,
Kulmasang bir lahza quvonmas ko‘nglim.
Ey, Karim, bir so‘z ham deyolmas ko‘nglim,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
Abdukarim Jumaboyev
-
Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to’zg’in buluti bilan,
Nimta oyi bilan, hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.
Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg’irlari bilan, sellari bilan,
Gullarni uyg’otgan yellari bilan —
Men senga bahorni keltirdim, sevgim.
Men senga saodat keltirdim, sevgim,
Ko’ngling ravshan bo’lsin — Chirog’i bilan,
Bedorligi bilan, charchog’i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.
Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim,
"žMana, olgin, dedim, hamma narsa taxt —
Mana bu mehrdir, mana bu-chi — baxt..."œ
Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.
Usmon Azim
-
Men seni haliyam yaxshi ko'raman,
Tovushing eshitgim keladi juda.
Telefon gardishin aylantiraman,
Qo'ng'iroq chorlaydi. Ammo behuda.
Ko'hi Qofga qadar ketardim, Laylim,
Ko'zingni bir bora ko'rmoqlik uchun.
Na chora?
Bu charxga qurbim kelmaydi,
Afsus, bu gardishga yetmaydi kuchim.
Iqbol Mirzo
-
Meni yondir dedim — olovga tutding,
Zarra-zarramgacha yoniblar ketdim.
Har bir qadamimda sinovga tutding,
Qoqilib yashashga ko‘niblar ketdim.
Boshimni toshlarda yordim necha bor,
Nega uyg‘onmayman, mudrayman doim?!
O‘zing xohlamasang, barchasi bekor.
Odam qiladigan dard ber, Xudoyim!
Behzod Fazliddin
-
Men bora olmayman. Yurak to’la tosh.
Ayt, qachon vaznsiz bo’lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo’lar
Va qachon oy nuriday sarg’aygan qo’llarim
Qaro sochlaringni silab titragay?
Dunyodagi Eng Go’zal Ayol,
nahot, bir umr kerak bo’lsa,
oy nuriga aylanmoq uchun?..
Usmon Azim
-
Navro‘zgulim, boychechagim bormisan,
Men senga zor, sen ham menga zormisan?
Muz ichida asradim men ko‘nglimni
Sen o‘zingni asrab, baxtiyormisan?
Omonliqsan, to‘tiyosan ko‘zlarga,
Sevgi maktubisan ma’sum qizlarga.
Suykalasan dudoqlarga, yuzlarga,
Bitta o‘zing bir butun gulzormisan?
Iqbol Mirzo
-
Nechun o'g'irlading o'yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg'ularim qoldi sargardon...
Abdulla Oripov
-
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Abdulla Oripov
-
Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.
Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
:) Abdulla Oripov
-
Ninachining qanotidek barging bor,
Asal va sut bo‘yi kelar atring bor.
Qadrim bilib yo‘qladingmi, qadring bor,
Yolg‘izginam, yolg‘izlarga yormisan?
Ay, ko‘nglimni qitiqlagan, erka gul!
Ay, olamni ko‘mgan orzu-sirga, gul!
Qayga desang, men ketaman birga, gul
Sen ham mendek dardga xaridormisan?
Iqbol Mirzo
-
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.
Muhammad Yusuf
-
Umr o'tar,vaqt o'tar,
Xonlar o'tar,taxt o'tar,
Omad o'tar,baxt o'tar,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sening yurishlaring,sening kulishlaring.
Bahorda bog' na go'zal,
Qor tushsa tog' na go'zal,
Bu yoshlik chog' na go'zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring,holim so'rashlaring.
Oy chiqar goh zaholi,
Do'stlar ko'pdir vafoli,
Hayot shundan safoli,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
Sokin so'zlashlaring, pinhon izlashlaring.
Umr - yo'l, qayrilish ko'p,
Uchrashish, ayriliq ko'p,
Unutish, aytilish ko'p,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
O'sha kulishlaring, o'sha kelishlaring...
Omon Matjon
-
Ginam yo`qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik bu qishdan,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Jon ustiga asrab yuray ko`kni men,
To`yib-to`yib ko`zga suray ko`kni men.
Yana senga yetamanmi-yo`qmi men,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Muhammad Yusuf
-
Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho’kkanimda tiz,
Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib.
Zulfiya
-
Bildim bugun hayotimda nimadir kam,
Bilolmadim qaydan uni daraklayman.
Yig‘lamayman, faqat menga qilar alam
Endi faqat armonlarga kerakdayman...
-
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...
Usmon Azim
-
Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Lekin sendan bo'lmadi xabar.
Yolg'iz seni men yolg'iz kutdim,
Kuta berib xun bo'ldi jigar.
Mana oxir sen-da namoyon,
Muhabbatim, ko'zim, ismatim.
O'ngmi, tushmi, yo shirin armon?
Birdan yaraqladi qismatim.
Sen o'sha-ku xayolda ko'rgan,
O'sha nigoh, oshno tabassum.
O'sha ohu ko'zlar tig' urgan
Va yurakka boshlagan hujum.
Senga juda g'alat tuyular
Balki sevging bilan yonganim,
Menga og'u kabi quyular
Shunday buyuk ishqdan tonganing...
Oylar o'tdi va yillar o'tdi,
Yurak esa ishonch va g'amda.
Qanchadirki, o'tgan vaqt kutdim,
Seni kutdim kuyib otashda.
Rauf Parfi
-
Asta pichirlaysiz,-"kechir bechoram",
Men noshudni sevgan xasta devonam.
Ko'rsayding holimni,ko'r bir parvonam,
Lahzalik diydorni istab qolasiz,
Men ketgandan so'ng meni izlab qolasiz...
-
Zamon holim so‘rmadi,
Makon holim so‘rmadi,
Menam tomchi edimku,
Ummon holim so‘rmadi,
Ummon holim
So‘rmadi!
Qachon gul ocharkinman,
Qachon nur socharkinman.
Xudoyim-a, xudoyim,
Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Guljamol Asqarova
-
Noqisu nojins avlodin kishi bo'lsun debon
Chekma zahmat yaxshi bo'lmas kasofat olami
Kim ho'tik birlan kuchukka qancha qilsang tarbiyat
It bo'lur, eshak bo'lurkim, bo'lmaslar aslo odamiy.
-
Yo'llar armonlarga boshlasalar ham,
Armonlar ko'zlarim yoshlasalar ham,
Neki azoblarga tashlasalar ham,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.
Bulbullar sayragan bog'larim tinsa,
Ko'nglim sokinlikka chidolmay sinsa,
Do'stim bilmaganni dushmanim bilsa,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim,
Sensiz azoblarda netay men, jonim.
G'iyos Boytoyev qo'shig'idan
-
Meni unutishga tutinma bugun,
Ko`ksimda qalbingning bor harorati.
Muhabbat - bo`g`lansa yechilmas tugun,
Uni yecholganning yo`q halovati.
Meni unutishga urinma aslo,
Bardoshing yetarmu ketgani kechib?
Ko`zlaring ko`rmaydi ko`zlarim go`yo,
Mensiz qolmasmikin qalbing ichikib?
Meni unutib sen toparmisan Baxt?
Men yolg`iz o`zingni Baxt deb bilardim.
Sensiz umrim bo`lar abadiy karaxt,
Sendan boshqa Baxtni ko`rmas nigohim
Ko`zlarim ko`rmikan aslida meni?
Sendan o`zgasiga tortmaydi dilim.
Ko`zlaring ko`rmikan aslida seni?
Seni sevaman, deb aytolmas tiling.
Meni unutishni oson bilmagin,
Ko`ksingda hali ham yonar tuyg`ular.
Mendan ayri ketib xato qilmagin,
Bir kun kech bo`lganda jisming uyg`onar.
Meni unutishga tutinma boshqa,
Labimda nafasing harorati bor.
Sensiz yasholmasman, ko`zlarim yoshda,
Orada sevgi bor, qolgani bekor...
Shahnoza Matnazarova
-
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, deb, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Ahmad Yassaviy
-
Alanga chaqnaydi ko'zimda,
O'tlar meni tashladi tilib.
Sevgi, sevgi mening bo'g'zimda,
Kalimaga kelmaydi tilim.
Shunday ajib tushlar koribman,
Tushlarimda uni ko'rdim men.
Shunday ajib tushlar ko'ribman,
Huzurida yonib turdim men.
Yana sevgim qoldi yurakda,
Ul qiynaydi meni beomon.
Tushlarim ham tugab bormoqda,
Bir so'z ayta olmasman hamon.
Rauf Parfi
-
Neniki sharob deb o'ylab yugurdim,
Sarob bo'lib chiqib, qoqildim yo'lda.
Qaerdaki ko'm-ko'k jannatni ko'rdim,
Uchib etgach hayron, tentidim cho'lda.
Neni oy deb o'ylab, ko'zimni tikib,
Zarrin shu’lasiga yuz tutdimki zor,
Oy deb o'ylaganim yoy bo'lib chiqib,
U otgan o'qlardan ko'ksim yarador.
Neniki mangu deb ushlagan paytim,
Baliqday sirg'alib chiqdi qo'limdan.
Ortiq oldi, ammo bermadi qaytim,
Savdogarlar chiqib ba’zan yo'limdan.
Qay bog' qorovulin g'aflatki oldi,
Bog'ni talon etar o'g'riyu kazzob.
Bu kun darmon ketib tizlarim toldi,
Sizki yonimdasiz, yonimda azob.
Kim men qushcha misol talpingan damim,
Qarg'aday xo'mrayib tashladi nazar.
Bu kun ularda bor o'chim, alamim,
Bu kun men ulardan qilarman hazar.
Ishqingizdan qoldi yuragimda dog',
Angladim ishqingiz o'tsiz ekanin.
Porlab ko'ringan gul bo'ldi-yu yantoq,
Ko'nglimni qon qildi uning tikani.
Agar ishqingizda bo'lsa edi o't,
Bu qora quyunlar qilmas edi kor
Va mening qalbim ham qolarmidi but,
Ming bitta baloga bo'lmay giriftor.
Bu chigal xatolar to'ydirdi juda,
Tilagim oq, sizga duch kelsin baxt, shon.
Ammo menga ayting bir og'iz vido
Va uzilsin bizni bog'lagan arqon.
Siz bilan minnatdor xayrlashaman...
Halima Xudoyberdiyeva
-
Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug` dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!
Shavkat Rahmon
-
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.
Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!
Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.
Rauf Parfi
-
Izg‘irdim sargardon men sizni izlab,
Tovonimni teshdi saraton, yomg‘ir.
O‘zimni la’natlab, sizimni sizlab
O‘lmay turib o‘ldim, siz uchun oxir...
Rauf Parfi
-
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir...
Islom Hamro
-
Rubbi maskun ichra sayyod, o'zim sayd,
Ortiq madorim yo'q, voqifsan ahir.
Manglayda yozilgan farmoningni ayt,
Da'vat qil, gunohkor bandangni chaqir.
Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.
Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so'ndirma, Alloh.
Rauf Parfi
-
Hayajonu zavqdan begona,
Tinch daryoday jim oqdi umrim.
U zamonlar sen bir afsona,
U payt hali yo'q eding, qumrim.
Vahimali, cheki yo'q olam,
Bag'rida har sharpadan cho'chib
Yashadim men - eng mitti odam,
Goh miltirab, gohida o'chib.
So'ng sen kelding sevib, o'rtanib,
Panohimga, mehrimga mushtoq.
Yoningdaman, qo'rqma, sevgilim,
Men naqadar qudratliman, boq!
Usmon Azim
-
Qo'ling... sening qo'llaring,
Muloyimdir ehtimol.
Ayri tushdi yo'limiz,
Sevar yorim, yaxshi qol.
Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...
Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go'zalsan.
Kel, ko'rishib turaylik,
Salomlashmay, uyalsang.
Muhammad Yusuf
-
Go'yo bo'ston ichra ochilgan chechak -
Bu harir oq libos poklik timsoli.
Umr go'zal bo'lur: baxtli kelinchak,
Guvohlik beradir ko'zgu misoli.
Bu kun to'y kechasi, sevgi ayyomi,
Bu kun to'y kechasi, shodlik toshadi.
Bu ikki baxtiyor - dunyo salomi,
Ikki dil hayotga qadam tashladi.
Bu, barcha ko'rgulik ko'rgan hayotdir,
Hayot barchasiga qilgaydir toqat.
Umr deganlari zahmat, sabotdir,
Umr deganlari ishonch, sadoqat.
Rauf Parfi
-
Tong chog’i tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
Bahor bilan kuzak — baxtxush uchrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Bulut zamin bilan yig’lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg’ab uchrashdi.
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Usmon Azim
-
Ko’zing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo’lingdagi ta’na toshlaring qaro,
Menga g’amgin boqib turishlaring oq.
Unutishing - qaro, hijroning qaro,
Sog’inching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing o’ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.
Usmon Azim
-
Qaltirarsan ajib sezgidan,
Har bir so'zim - oshkor jahonim.
Judo bo'lding buyuk sevgidan-
Men olamdan o'tganda, jonim.
Sen qoshimdan keta olmassan,
Ko'zlaringda turarman yonib.
Sevgimni rad eta olmassan
Men olamdan o'tganda, jonim.
Rauf Parfi
-
Mumkin emas, ey oily janob,
Necha yurakni aylab xarob,
Shohona toj kiygan muhabbat,
Mumkin emas! Qanday qabohat,
Ki, odamning o'zinginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman!.. Yuragimda havr -
Bu qarshilik! Yon! Gina emas.
Usmon Nosir
-
Sevgimiz o’ldimi? - libosingiz ko’k,
Ko’nglingiz — begulxan, ko’zingiz — becho’g‘.
Bizdan borish yo’qdir, sizdan — kelish yo’q —
Kelishsiz dunyoda beg’am, azizim,
Nega ko’zlaringiz benam, azizim.
O’t yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni —
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.
Usmon Azim
-
Menga oson tutma, sevgilim,
Hijron sira bo'lmadi sirdosh.
Kunlar mag'rur yashadim, biroq -
Tunlar Armon bo'ldi yostiqdosh.
Islom Hamro
-
Shafaqqa ingansan sayyor qush kabi,
Go'yo tuproq bo'ldi yo'qotgan tangam.
Seni eslash mumkin bir tovush kabi,
Seni unutganman. Unutganman.
Biz suygan majnuntol kesilib ketgan,
Keyin o'tin bo'lgan, keyin alanga.
Kesilgan yurakning yarasi bitgan,
Seni unutganman. Unutganman.
Iqbol Mirzo
-
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Abdulla Oripov
-
Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
Shavkat Rahmon
-
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Men esa
Oshig`ing sening -
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Muhammad Yusuf
-
Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.
Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.
Bu yorug' dunyoda vafo qani? Kel.
Senga inonmadim- men telba, g'arib.
Qayga olib borib ko'mayin, aytgil,
Yuragimning jasadini ko'tarib.
Rauf Parfi
-
Bulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman.
Qo‘llarim istagi tutmoqlik qo‘ldan,
Istagim totmoqlik labdagi boldan,
Oshiqlaring kelsa gar mingta yo‘ldan
Bilgilki eng avval kelgani menman.
Sevgiga sodiqlik shartini qo‘ysang,
Shartni bajarmas deb, yoningdan quvsang,
Agar o‘n mingtadan yuzta qoldirsang
Bilgilki yuztadan bittasi menman.
Rasul Hamzatov
-
Nahot xafa kunlaring o'tgan,
O'zing berdingmi beboshlikni?
Lekin meni otmading o'tga,
Naqadar yaxshisan, yoshligim!
Bir dard bo'lib, bir sevinch bo'lib.
Va bir donishmand bo'lib goh,
Ko'zlaringa qarab yurgin deb,
Etganing bor yoshligim, ogoh.
Faqat sen uchgil nafasimdan,
Sendan bahra topsin bu olam.
Aytilmagan so'zlarim sendan,
Qilinmagan zahmatlarim ham.
Rauf Parfi
-
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar,
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Holbuki, bir qadam o'rtada.
Oramizni kim buzdi, o'zi,
Inonkim, behuda o'rtadi.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq.
Rauf Parfi
-
Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.
Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barch tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul...
Abdulla Oripov
-
laylim sado bergin izlaring qayda,
Oromim yo'qotgan ko'zlaring qayda,
Hayolim sendayu, qo'llarim mayda,
Sog'indim, sen-chi yor kutasanmi hech...
-
Cho‘qqilardan cho‘qqilarga uchar burgut,
To‘rga tushgan qushday — jonihalakdayman.
Yerda kun yo‘q endi menga, yuzim shuvut,
Endi faqat osmonlarga kerakdayman.
Bildim bugun hayotimda nimadir kam,
Bilolmadim qaydan uni daraklayman.
Yig‘lamayman, faqat menga qilar alam
Endi faqat armonlarga kerakdayman.
Abdulaziz Muborak
-
Nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.
-
Gulmi eding, bog‘dan o‘zim yulganmidim,
Qulmi eding, seni sotib olganmidim.
Bir kun yolg‘iz qolishimni bilganmidim...
Nechun menga hayrat ila qarar eding,
Meni desa joningni ham berar eding.
Yaproqlarga shodon-shodon so‘ylardim men,
Gulbog‘larga pinhon-pinhon bo‘ylardim men,
Seni o‘pib, begonani o‘ylardim men,
Asli menga sen hammadan kerak eding,
Meni desa joningni ham berar eding.
Iqbol Mirzo
-
Giyohlar buloqday qaynadi,
Osmonday tozardi xotiram.
Gulladi siyratim, tiynatim,
Man sani esladim, bokiram!
Man sani esladim, qo'msadim
Yuzingni, ko'zingni, so'zingni.
Izingni topsaydim, o'psaydim,
Tuysaydim sochlaring isini.
Topsaydim axtarib, axtarib,
Kaftlarim kuysaydi, kuysaydi.
Hech qursa, xatlaring kaptarim
Keltirsa kun sayin, kun sayin.
Yetkursa bir mayin mujdalar,
Diydalar tinmayin yoshlansa.
Sani deb uyg'onsam har safar,
Har sahar shundayin boshlansa...
Iqbol Mirzo
-
Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.
Abdulla Oripov
-
Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.
Yengim bilan artdim yoshimni,
Kuo‘ oldimdan tarqadi tuman.
Endi yurtning gulu toshini
Aql ko‘zi bilan ko‘raman.
Iqbol Mirzo
-
Nadur, nadur, voy nadur
Oshiqlik o'zi nadur?
Saning joning mandadur,
Manim jonim sandadur.
Bir savol bor ko'nadur,
Jismu jonim yonadur.
Oshiqlik o'zi nadur?
Ma'shuqlik o'zi nadur?
Oshiq - yerning bulbuli,
Ma'shuqa - osmon guli.
Ikkisi ham aslida
Bilsang, Allohning quli!
Yulduz Usmonova qo'shig'idan
-
Ibodat bor edi, u etgay davom,
Qirq bilan yopmasmiz bu uyning tomin.
Bizni tinglaganga hamisha salom,
Yana ko‘rishguncha sog‘ bo‘ling! Omin!
Abdulla Oripov
-
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Abdulla Oripov
-
Nahot, diydam shunchalar qattiq,
Beshafqatsan, Hayot, beshafqat.
Hech kimim yo‘q o‘zimdan ortiq,
Onam uchun topolmayman vaqt.
Behzod Fazliddin
-
To'satdan ko'zimga tushdi cho'p,
Yo'qotdim xushbo'y gul isini.
Sevgilim, o'rtanma, yonma ko'p,
Qaytadan topmasman men seni.
To'satdan ko'zimdan ayrildim,
Ko'zsiz ham yashar-ku odamzot.
Agar-chi yo'llarda tayrildim,
Avvalgi shiddatda surmam ot.
Atrofda sukunat, bir sovuq,
Jimlik... yo'q, to'polon, to'polon.
Sen kelma, bo'lmagin chirmovuq,
Usiz ham bu dardlar olarjon.
Endi men
Dilimga "žtosh bo'l"œ,- deb aytaman.
Senga ham tilayman to'zimni.
Axir kim ko'rgan ko'r qaytadan
Topganin yo'qotgan ko'zini. ..
-
Ishq yo‘linda g‘am cheksang,
Hajringda cho‘ksang, cho‘ksang.
Ko‘z yoshlaring yuzingda
Ravon bo‘lar deydilar.
Ikki dunyo yo‘q visol,
Visoling menga zavol.
Yorni ko‘rsa Guljamol,
Tamom bo‘lar deydilar.
Guljamol Asqarova
-
Raqibga tig' bilan chiqmoq -
Dahshat!
Nima qilamiz?!
Axir bizlar aqllimiz,
Makr bilan yanchamiz.
Xurshid Davron
-
Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog`du,
chin ishq yolqinlari bag`rimga to`lsin,
jismimni toblasin faqat chin og`riq,
chechaklar qop-qora bo`lsa-da bo`lsin.
Bag`rikeng xudoyim
kechirib qo`yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko`milsam, ko`milay o`limi go`zal —
jo`mardlar ko`milgan tariqatimga.
Shavkat Rahmon
-
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.
O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?
Yo`qmidi hech o`zga gaping, -
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.
Abdulla Oripov
-
Garchand Biru Borga somedir Inson,
Iblis qutqusi ham har qayda bordir,
Kimningdir dilida sobitdir iymon,
Kimgadir shaytoniy vasvasa yordir.
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!
Abdulla Oripov
-
Tunlarim yonadi: Seni bir ko‘rsam,
Kunlarim yonadi: Seni bir ko‘rsam.
Yorni ko‘rganida vasl zavqida
Yulduzdek porlamas ko‘zni topmadim.
Kecha yuragimga nurdek to‘lgan do‘st,
Bugun qarg‘alarga oshno bo‘lgan do‘st.
Bag‘rimni ming bora paypaslab ko‘rdim,
Negadir...negadir... Sizni topmadim.
Guljamol Asqarova
-
Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.
Oybek
-
Men ham avvallar edim dardi junundin bexabar,
Qo`ydi domin yo`llarimga kokili hindularing.
Tugmalarni yechgil-u dil mushkulin ayla kushod,
Kim, yechilmog`imga bois dilkusho kulgularing.
Kel vafo aylab, qadam qo`y Hofizingning xokiga,
Kim bu olamdan olib ketmish meni orzularing.
Hofiz Sheroziy
-
Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yunus Emro
-
Izlaringni izlar edi ko‘chalarim,
Hayoling-la kechar edi kechalarim,
Oh, ismingni necha minglab hijjaladim,
Ko‘nglim yig‘lar edi, rangim samon edi,
Sevgimni tan olmasliging yomon edi.
Shaffof nurlar o‘ynar edi. tirnog‘ingda,
Qaroqlarim kuyar edi firog‘ingda.
Seni menday kim sevardi qishlog‘ingda?
Oshiqligim elu yurtda doston edi,
Sevgimni tan olmasliging yomon edi.
Kimdir g‘iybat qilar edi, kimdir hasrat,
Kimlar havas qilar senga, kimlar hasad.
Mag‘rurliging xushyoqardi menga faqat,
Do‘stu dushman hammasi men tomon edi,
Sevgimni tan olmasliging yomon edi.
Sochlaridan tortardim sho‘x, sabolarning,
Erkatoyi edim yeru samolarning.
Rangi qayga ketdi endi dunyolarning,
O‘, u kunlar qanday go‘zal zamon edi?!
Sevgimni tan olmasliging yomon edi...
Abdulaziz Muborak
-
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muhammad Yusuf
-
Qayda kamol topding, jononam o'zing,
Oyni uyaltirar tunda yulduzing.
Bazm uchun yuzlarim bezar go'zallar,
Jahon bazmin bezar bir sening yuzing.
Umar Xayyom
-
Gapirchi ne uchun mening raqibim,
Menu sen ikkovni ko'rarkan xilvat,
Senga nechun sirli qiladi ta'zim?..
Ayt-chi, kim beribdi bunga ijozat?
So'yla-chi! Ne uchun to'lg'anar rashkda,
Ne uchun oqarar jamoling ko'rib?
Ne uchun kun va tun o'rtasi paytda
Onangsiz, sen tanho olasan kutib?!
Aleksandr Pushkin
-
Boqibda topmaysiz , bo'lmang ovora
Ko'zlar so'zlashishlar...barisi tamom,
Achinmang yig'lasa ko'ngil bechora .
Sog'inasiz hali so'roqlab bir-bir,
Guldan buloqlardan meni izlaysiz.
-
Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro,
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg'ilon, ayt sen ham meni sog'indingmi?
-
Ikki ko'zim,malak yuzim,sevdigim,
Jonlar sening yuzginangdan aylansun.
Qizil gulim,qora ko'zim, tilagim,
Dunyo sening boqishingdan o'rgulsun.
Yovuz yorim,yuzingga hech boqolmam,
Ko'ngil dardin oyog'ingga to'kolmam.
Tuproq kabi yiqilmisham yo'lingda, deya olmam,
Istar esang menga kelib gapirma,
yonimda hech o'tirma:
Yolg'uz yig'lab turganimni uzoqdan
Ko'rganingda marhamat et,bir oz kul!
Abdurauf Fitrat
-
Lutf etsang tosh ham jonona bo'lg'ay,
O'shal dam shevasi mastona bo'lg'ay.
Zulfingning zanjiri gar bo'lsa zohir,
Luqmoni Hakim ham devona bo'lg'ay.
Jaloliddin Rumiy
-
Yo`ling kesib o`tsam — o`zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,
Bir nigohing o`zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.
Muhammad Yusuf
-
Ketsang meni qarg‘ab, mendan bezib ket,
Ko‘ksimga majnun deb, o‘yib chizib ket.
Jismimni bosib o‘t, yanchib ezib ket,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
Bu zolim dunyoning jafosi degil,
Yo taqdir azalning xatosi degil.
Bemahal sevgining jazosi degil,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
Seni yeru ko‘kka ishonmas ko‘nglim,
Kulmasang bir lahza quvonmas ko‘nglim.
Ey, Karim, bir so‘z ham deyolmas ko‘nglim,
Taqdir qon yig‘latdi, yig‘latgin sen ham.
Abdukarim Jumaboyev
-
Muhabbating dillarimda,
Noming yangrar tillarimda,
Qalbimga o`t tashlading,
Navqiron, yosh yillarimda.
Bu hayotda baxt shirin,
Yoring bergan ahd shirin,
Sevgilim, sening sevging,
Ko`zlaringda yashirin.
Yillar ortingdan yurib,
Bilolmadim ishqing sirin.
Izladim navolardan,
Yorim seni sadolardan,
Qay biri mehr topgan
Oshiqu gadolardan,
O`zing asragim, tangrim,
Ayrilig`u balolardan.
Tohirbek Mahkamov qo'shig'i
-
Nechun singlim, ko'zlaringda yosh,
G'am qo'shig'in kuylaysan, ma'yus.
Qalbing tilar qaysi bevafo?
Nechun tinmay qilasan, afsus...
Ayriliqdan ado bo'ldingmi?
Ishq yo'lida gado bo'ldingmi?
O'zdan kechib, orzudan kechib,
Armonlarga fido bo'ldingmi?
Qo'y, bag'ringni tig'lama, singlim,
Ohu ko'zing namlanmasin hech.
Baxtdan kulsin oydin yuzlaring
Guldek ko'ngling g'amlanmasin hech.
-
Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko'nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o'zga muddaosi qoldimu?!
Meni o'lturdu jafoi javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!
Oshiq o'lg'och ko'rdim o'limni o'zimga, ey rafiq,
O'zga ko'nglimning bu olamda harosi qoldimu?!
Ey ko'ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!
Mirzo Bobur
-
Umidning ko'zi ko'r, achchiqdir firoq,
Axir men alamman - chinqirar alam.
Bu g'olib turkuda bo'lmish edi jam,
Ona yurtim,elim,toptalgan tuproq.
Rauf Parfi
-
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.
Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.
Muhammad Yusuf
-
Qulog'imda yangrar doim bir nido,
Xo'rsinaman,ko'z yoshimni silaman.
Shu nidoga ne sababdan jon fido -
Bitta o'zim bilaman.
Yuragimda yonar bir o't betutun,
Go'yoki der: qovuraman, tilaman.
Dosh beraman nechun hanuz men beun -
Bitta o'zim bilaman.
Mirtemir
-
Na bo'ldi qarshingda tosh kabi qotdim,
O'zim seni kech topib, erta yo'qotdim.
Orzularim bog'ida unmas bo'ldi lolalar,
Sevgimizni kuylasam alam to'la nolalar...
Meni kechir, meni kechir sevganim uchun,
Hayotingga bemahal kelganim uchun.
Ayriliqdan o'zga choram qolmadi nechun,
Meni kechir, meni kechir sevganim uchun...
Ko'nglingdagin bilmasdan ozor berdim qanchalar,
Yolg'izlikka ko'nmasdan ayrilarmiz ko'zda nam.
Termulsang yuragimda hasratim qavat-qavat,
Ko'z yoshlarim ostida yig'lar bo'ldi muhabbat.
Yurak bag'rim ezilar ko'nmay taqdir shartiga,
Kunlar o'tar dard qo'shib, Kumushbibi dardiga.
Na bo'ldi qarshingda tosh kabi qotdim,
O'zim seni kech topib, erta yo'qotdim.
Orzularim bog'ida unmas bo'ldi lolalar,
Sevgimizni kuylasam alam to'la nolalar...
Meni kechir, meni kechir sevganim uchun,
Hayotingga bemahal kelganim uchun.
ALVIDOdan o'zga choram qolmadi nechun,
Meni kechir, meni kechir sevganim uchun...
Alisher Turdiyev
-
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.
Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.
Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q
Erkin Vohidov
-
Qush bo'lib ko'klarga ayladim parvoz,
Olamni to'ldirdi armonli ovoz,
Tog'u toshlarni ham uchib o'tdimmu
Uzoq ketolmasman sendan muhabbat.
Shaxlo Rustamova qo'shig'idan
-
To yiroq bilmam, nadandir zora hayronliq sanga,
Ne sababdan bo'ldi, bilmam, chashmi giryonlik sanga,
Bilsangki, endi yaqin bu bandi farmonlik sanga,
Dunyoda yetmasmi endi ushbu sultonlik sanga,
Har zamon yodimda hayu jovudonim bor maning.
Qo'shiqdan.
-
Gulmanmi haliham hayolingizda,
Yoki momiq gulday to'zib bitdimmi ?
Ko'nglingizni sirli devorlaridan,
Bir hovuch tuproqdek ko'chib tushdimmi?
Muhabbat na ekan o'rgandinggizmi,
Qandayin ko'zlarga botishni.
Yoki o'zga ko'ngil ayvonlarida,
Beg'ubor tong bo'lip otishni.
Halittan to'kilib to'zgidi demak,
Bu nim pushti gulning bahori.
Vafosizliginggiz ko'rmasin olam,
Yoki qahratonning sovuq shamoli.
Hali gullashim bor ado bo'lmasman,
Hali dunyolarni hayron etguvlik.
Endi firoqlarga aslo ko'nmasman,
Na gunohim bordir to'zib ketgulik?
Ozoda To'raqulova
-
Kuzning mahzunli kunlari o`tdi,
Yo`qotdim men seni xazonlarida.
Shamollar uchirib olib ketdimi
Qo`zg`olib qolganda azonlarida?
Kuz seni axtarib o`tib ketibdi,
Daraxtlardan tillarang nishona oldim.
Qolib ketgan ko`saklardan birma-bir so`rab
Seni topaman deb sovqotib qoldim.
Nodira Usmonova
-
Mard bilan nomardni farqiga bormay,
Yaxshi-yomonni ham ajrata olmay,
Sevgan yorlarimiz qadriga yetmay,
Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
O‘lmas sozdan so‘ylab tugatolmasman,
O‘chmas izdan so‘ylab tugatolmasman,
Mangulikdan so‘ylab tugatolmasman,
Umr o‘tmoqdadir, daryo misoli.
Umr o‘tmoqdadir, umr o‘tmoqda.
To'ra Sulaymon
-
Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan,
Behuda gap sotib yurmagan ular.
Mana, ming yillarni opichlab kelgan
Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar.
Vaqt quyunida ne davru davron,
Bu - toshga aylangan erkdir, bardoshdir,
Bu Vatan atalgan muqaddas armon.
Unga qaraymany bir his tuyaman,
Bu yurtim timsoli mangulik toshdir...
Yuragim toshiga she'rim o'yaman.
Rauf Parfi
-
Ne umr bo'ldi umr?
Oyu yillarim ko'mir.
Endi so'nik dunyoda
Mushkul erur yonorim.
Sen shundayin xomush qol,
Misli ko'rilgan tush qol.
Gullagaydir mening ham
Bir kun sabru qarorim.
Sog'inchim chinor bo'lgay,
Dardim bekanor bo'lgay.
Dilim shoxingga ilsam,
Bir go'zal anor bo'gay.
Sirojiddin Sayyid
-
Yaxshilik yig‘lab, so‘ng kulganin ko‘rdik,
Yomonning jazosin olg‘anin ko‘rdik,
Sotqinning sarmisor bo‘lg‘onin ko‘rdik,
Haqning haqligini bilib qo‘ydik biz.
Ey do‘st, bu dunyoning poyoni yo‘qdur,
Kim shohu kim gado kim och, kim to‘qdur,
Bunda kelganning hech ketgisi yo‘qdur,
Ajib bir dunyog‘a kelib qoldik biz.
Sherali Jo'rayev
-
Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog`du,
chin ishq yolqinlari bag`rimga to`lsin,
jismimni toblasin faqat chin og`riq,
chechaklar qop-qora bo`lsa-da bo`lsin.
Bag`rikeng xudoyim
kechirib qo`yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko`milsam, ko`milay o`limi go`zal —
jo`mardlar ko`milgan tariqatimga.
Shavkat Rahmon
-
Axir, yonayotgan yuraklaringni,
Qismatim yuziga qarab otsang-chi!
Boshingni xam qilgan gunohlarimni,
O’zimning bo’ynimga ossang-chi!
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
Men esa tirikman hayot bag’rida,
Tirik o’kinchlardan yongan qalbim bor.
Lekin men bilaman, sening qalbingda,
O’zimning... qarovsiz qolgan... qabrim bor!
Mirzo Kenjabek
-
Rabbim, sokin uxlat meni,
Bag‘rim o‘yib tig‘lat meni
Ne qilsang ham yig‘lat meni...
Hayrulla Hamidov
-
Ishqli ko'ngillar-ku pardan engilday,
Ishqsiz qalbga qancha tosh to'ldi, ayting.
Lahza...ishq tug'ildi qancha ko'ngilda,
Lahza...qancha dilda ishq o'ldi, ayting.
Hisobin chiqarib bering-chi, qani,
O'lgani ortiqmi yo tug'ilgani?!
Halima Xudoyberdiyeva
-
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!
Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo‘lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!
Yunus Emro
-
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Holbuki, bir qadam o'rtada.
Oramizni kim buzdi, o'zi,
Inonkim, behuda o'rtadi.
Hijron muncha bo'lmasa uzoq.
Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Aytsalar-da sevgi uzilgan,
Shunday ishonchsizlik tufayli,
Xafa bo'lma mendan - o'zingdan,
Meni o'yla, sog'inib o'yla.
Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
O'ylaringda men yashay yakka,
Chunki sevgi atalgan azob
Qodir emas toq yashamakka.
Yo'lg'iz meni o'yla intizor.
Rauf Parfi
-
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.
Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun
O’ziga bir bora bermagan savol:
"Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go‘zallikdan ayrildim faqat,
Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...
Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat,
Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi,
Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???"
Hayrulla Hamidov
-
Og’ular qo’shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyilar mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
- Nega o’lmayapsiz?
Joningiz qayda?
Jonim senda deyman — aylanmas tilim,
Jonim sensan deyman — yuragim to’nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi seni qanday asrasam bo’lar?...
Usmon Azim
-
"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar.
Abu Sufyon, Hamzaga bosh egmoq zarur.
Un-da sharaf, un-da faxr, un-da g‘urur.
Olam sizga bosh egsa ham, qalbi mag‘rur
Boqmadingiz biror soat, sahobalar.
Xayrulla Hamidov
-
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro`mol solgum boshiga,
Yo`llariga sheroziy gilam.
Sergey Yesenin
-
Men dunyoga aslida
sevmoq uchun kelganman,
Ishqsiz o‘tgan har lahza
tushdir menga, Xudoyim.
Sevilmasam, sevmasam,
evoh, nechun kelganman,
Jon kirsin bu yurakka,
ishq ber menga, Xudoyim.
Yaqinlarim yiroqdan
tinmay meni yomonlar,
Ko‘ngil tashna, to‘lg‘onar,
tushunmaydi nodonlar,
Ishqsiz holimni xarob
ko‘rdim allaqachonlar,
Rahm et, joni halakka,
ishq ber menga, Xudoyim.
Abdulaziz Muborak
-
Men kuylasam she’rlarim yig`lar,
Ko`nglimdagi sirlarim yig`lar,
O`tgan umrim yillarim yig`lar,
Faqat buni birov bilmaydi.
Aytolmasam qo`shiq sanamlar,
Ranjimangiz qoshi qalamlar,
Kuylay desam qiymas alamlar,
Faqat buni birov bilmaydi.
Kamoliddin Rahmatov ashulasidan
-
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.
Diydoriga bir-birin
Termulishib to'ymasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin..
Muhammad Yusuf
-
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo'shilib yig'lar,
Bir so'z dilga sanchadi tig'lar -
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhammad Yusuf
-
Agar odam bo'lsang, gapimga tushin,
Agar Xudo bo'lsang, menga yo'l ko'rsat.
"Sevaman" so'zini eshitmoq uchun,
Chorak umrim o'tdi hijronga ulfat...
Usmon Azim
-
Tun bo'yi ko'zimdan achchiq yosh sizib,
Bezabon armondan o'qisam ham dars,
Tongda u kelganda "Uyqumni buzib...
Tag'in Siz!.." yuziga eshikni yopdim qars.
"Baribir eshikni ocholmas birov
Kelaman", - jimlik... so'ng yillarki mushkul.
Endi u kelguncha sochimga qirov -
Qor yog'ar, so'ng taniy olarmikin ul...
Qoplagani uchun bir zum ko'zni xob -
Balki umrim bo'yi berurman javob.
Halima Hudoyberdiyeva
-
Borligimni payqama, mayli,
Burchaklarda,mayli, qayrilma,
Meni deb tinchingdan ayrilma,
Borligimni payqama, mayli.
Ko'zlaringni yashirgin mendan,
O'tib ketay yoningdan befarq,
O'tib ketay yoningdan bedard,
Ko'zlaringni yashirgin mendan.
Omon Matjon
-
Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haqso'z xor qiladursan,
Egrilarga eshmisan, so'zla
Nechun g'alat kor qiladursan.
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Torozingni qanday qo'yasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Haqsiz dunyosan
Qadamingni qandoq 1qo'yasan, nohaq dunyosan!
Ohunjon Hakimov
-
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
Mirzo Kenjabek
-
Bo’sh o’rningda pok yostiq,
Go’yo, kelgin, qani, deb.
Chorlar safarga tayyor,
Kemaning yelkanidek.
Mana, bo’sh uy, bo’sh stol,
Oppoq qog’oz, men yakka.
Sen shubhangni qo’y, aqlim,
Izn bergin yurakka.
Yurak, tovushga aylan,
Yurak, ishon, chorla, jo’sh.
Bu dunyoda bir qiz bor —
Yostig’ining yarmi bo’sh.
Mirzo Kenjabek
-
Shaytonning hunari chindan rang-barang,
Sallani paytava qilib o‘ratgay.
Agar sidqidildan ko‘rsatsa nayrang
Nodonni shoh qilib, yurtni so‘ratgay.
Minoda Shaytonni qildik toshbo‘ron,
La’natga ko‘mildi badbaxt u lain.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmog‘i tayin.
Shodumon yo‘l oldik Vatanga qarab,
Shayton qoldi, deya chuqurda-choxda.
Manzilga qaytgandik, Shayton, voajab,
Bizni kutib oldi tayyoragohda.
Abdulla Oripov
-
Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
Kenglarga keng, torlarga torsan,
Yo`qsilga yo`q, borlarga borsan,
Bog`larda gul, tog`larda qorsan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
G`ami ado bo`lmas dunyosan,
Kami ado bo`lmas dunyosan,
Ketgan qaytib kelmas dumyosan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
Koshonasan, kimga vayrona,
Kimga oshno, kimga begona,
Chin dunyoga o`zing ostona,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
Abdukarim Jumaboyev
-
Nahot shuncha ma`sum, shuncha pok?
Sevishmoqda alam bor shuncha...
Bardosh bermas, iroda, idrok,
Tamoman lol aql-tushuncha...
-
Alqissa juda qadim,
Jaholatli zamonda,
Bir donishmand, ulug' hakim,
O'tgan ekan jahonda.
U kun bo'yi giyoh terib,
Kezib bog'u biyobon,
Odamlarga shifo berib,
Yashar ekan shodumon.
Erkin Vohidov
-
Ne qilayin chorasizman bag‘rim tig‘lab,
Alamlarim, sitamlarim ichga yutdim.
Sizga dildan shirin-shirin baxtlar tilab,
Aziz yorim to‘yingizdan yig‘lab qaytdim.
Tohir mahkamov qo'shig'idan
-
Mayli yor ishqingizda bo'layin bemor,
Sevgilim sizni qo'msab o'tsin kunlarim,
Men sizni eslagayman tunlarim bedor,
Ammo hech aytolmayman yurak sirlarim.
Shahlo Rustamova ashulasidan
-
Mayli, kunduzlarni ko‘rmasin ko‘zim,
Mayli, yulduzlarni ko‘rmasin ko‘zim.
O‘zing izlaganim, o‘zing yolg‘izim,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.
Menga bahorlarning rangi kerakmas,
Sensiz, kechalarning tongi kerakmas.
Qalbimda bir tilak boshqa tilakmas,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.
Diling aytmaganni bilib olardim,
Tiling aytmaganni bilib olardim,
O‘zingga termulib mangu qolardim,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.
Bosh urib boraymu ostonasiga,
Bag‘ritosh taqdirning peshonasiga.
Jonimni berardim shukronasiga,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.
Taqdir jahonimni, borimni olsin,
Boshimga ming turfa savdolar solsin.
Faqat seni ko‘rmoq, imkoni qolsin,
Seni ko‘zlarimda ko‘rolsam edi.
Abdukarim Jumaboyev
-
Ishqing ishratidan,
Vasling davlatidan,
Ma'yusman hayrona,
May ichmay mastona...
-
Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.
Yengim bilan artdim yoshimni,
Kuo‘ oldimdan tarqadi tuman.
Endi yurtning gulu toshini
Aql ko‘zi bilan ko‘raman.
Iqbol Mirzo
-
Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
Yorug` dunyoda-ku bari qiz go`zal,
Millat tanlamas-ku husn degani,
Nigohim Jayhundan sakrab o`tsa sal,
Qaydan bilay sizga malol kelganin.
Muhammad Yusuf
-
Nahot tilab bo'lmas hayot ne'matin
Unga halovatu orom va shodlik?
Hattoki barnoning qalbiga yaqin
Rafiqa atovchi kimsaga tole?
Pushkin
-
Egilib mag‘rur qaddim,
Otdan tushsa omadim,
Unutma muhabbatim,
Meni doim eslab yur.
Xushroq edi ko‘nglimiz,
Gulbog‘ edi ko‘nglimiz
Begonamiz endi biz,
Meni doim eslab yur.
Baxtni olisdan kutdim,
Orzularga gul tutdim,
Goho seni unutdim,
Meni doim eslab yur.
Sevdim gul yuzni degan
Dilga jabr ko‘p ekan,
Chap ko‘ksim to‘la tikan,
Meni doim eslab yur.
Ko‘nglim kuz, o‘zim xazon
Ishq uvol, tole yolg‘on,
Ko‘rishmasak qadrdon,
Meni doim eslab yur.
-
Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam,
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz.
Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon,
Sog`indim ko`p bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz.
Tohir Mahkamov qo'shig'idan.
-
Zangor o`rmon bag`rida
Mag`rur o`sgan, oqqayin.
Senga keldim atayin,
Kel, qo`shig`im aytayin
Seni ko`rdim, esladim,
Oqbilak malagimni
Yoshlikning tor yo`lida
Yo`qotgan tilagimni.
Sherali Jo'rayev qo'shig'idan
-
Izlab-izlab topganlarim dard,
Insonlaring shaytonga ulfat,
Topolmasam bitta do`stu mard,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.
Yig`layverma yig`loqi ko`ngil,
Bizni dardni anglamas hech kim,
Mard bo`l kulib kelsa ham o`lim,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.
-
Nopok do'stlarimdan yana kuyayin,
Malomatlar otsin, yana ko'rayin,
Hasratingda umrim o'zing suyayin,
Panohingga olgin, meni Xudoyim.
-
Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ey ko'hna dard, ey ko'hna tuyg'u.
Ko'kragimga qo'lingni tirab,
Yuragimni to'kib qo'yding-ku.
Qancha ko'zlar menga zor edi,
Na g'am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so'kib qo'yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo'yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo'lsang qiynab to'yding-ku.
Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo'yding-ku!
Muhabbat, ey go'zal iztirob,
Ko'chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko'zlarimni boylab qo'yding-ku!
Muhammad Yusuf
-
Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.
Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.
Alisher Navoiy
-
Ikki yil biz uchun xuddi bir dunyo
Kezgandik falakni xayollar bilan
Endi-chi azobda qolib bu dunyo
Kim ham istar dardni shirin hayotdan?
Yo'q endi undayin sevgi kelmaydi,
Qiynalib o'tarman sevolmay chindan
Buni hech kim aslo aslo bilmaydi
Qog'ozga to'kaman dardimni dildan.
-
Niqob bilan do`st bo`lma, gulro`,
Yoz so`zimni yoding lavhiga,
Umr o`zi g`oyat qisqa-ku,
To`ymoq qiyin tole shavqiga,
Yoz so`zimni yoding lavhiga.
Qismatlarda ne qaroliq bor,
Qolmas bir zum baxsh etsang rohat.
Gunoh bo`lur shu sabab, dildor,
Bu dunyoda yashirsang tal’at,
Bergach uni ona tabiat.
Sergey Yesenin
-
Tunlar ko’kka boqib o’ylaysan kimni,
Gul kabi jamoling kimga fidodir?
Samodan izlayver, mayli, baxtingni,
Sevgingni arsh bilgan oshiq — xudodir:
Baxt sari ibtido tilayman senga,
Eng sodiq bir xudo tilayman senga!
-
Armonlarga zorlanadi jonsiz vujudim,
Ko'z yoshlari qum bag'riga singmagan daryo.
Tushunmaydi, yolg'izlikdan ko'r bo'lgan qalbim,
Muhabbatning orzulari armonli dunyo.
Alisher Bek
-
Oshiqlarni dargohig'a olib borg'ay,
Bari Haqdin qo’rqub yana yig'lab turgay,
Ug'on Izim tuhfang bo’lsa keltur degay,
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Oshiq aytur: "Tuhfamiz yo’q g'ayr az gunoh,
Qilg'onimiz doim erur jurmu xato,
Lutfung bilan afv etmasang holim taboh,
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ahmad Yassaviy
-
Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur,
Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur.
Ushshog`u segoh mening ruhimni sel qilgay yana,
Bo`ldi, bas deyman quloq solmay yana tor yig`latur.
Ba’zida aylab tavoze qilsalarku muhtaram,
Bu ulug` jonimni shum qilmay biror kor yig`latur.
Gul desam yonishi yo`q, bulbul desam honishi yo`q,
Bu latif ruhimni aylab bunchalar xor yig`latur.
Ko`zlarimda shashqatordur yoshlarim yo`lga qarab
O`ylamayman telbani aqlu hushim bor yig`latur.
Qiynadi bu ishq meni tun kechalar zor yig`latur,
Ayta olmayman netay ham nomusu or yig`latur.
Hajr o`tida kuydirib, ishqing o`tida yondirib,
Ne sababdin bilmadim ko`nglimni Ra’no yig`latur.
Ra'no Aliyeva
-
Raqiblar sezsalar jonon kuyib kul bo‘lg’usi shu dam,
Alardin ajratib bizni suyib-saylab qarashlarga.
Tig’ing yetganda ko‘ksimga ki ko‘zlar to‘qnashib olgay
Nishonga tegdimu yo‘qmi deya o‘ylab qarashlarga.
-
Atirgulim, atringni soch,
Mayli tikan xoring bo‘lay,
Ko‘z tegmasin bo‘yingga deb
Tilovchi zor-zoring bo‘lay.
Mayli bo‘lay ko‘zmunchog‘ing,
Bo‘yningda tumoring bo‘lay,
Yiroq ketma, ketsang agar
Yo‘lingda sardoring bo‘lay.
Boring bo‘lay, yo‘g‘ing bo‘lay,
Yoningdagi yoring bo‘lay.
Sherali Jo'rayev
-
Yulduzsan sirlaring yecha olmadim,
Armonsan bir to‘yib qucha olmadim,
Ketdim deb, kechdim deb kecha olmadim,
Sen meni armonim, birinchi sevgim.
Yengildim to‘kildim qiynoqlaringdan,
Shoirlar bo‘ldimey firoqlaringdan,
Endi ne foyda bor titroqlaringdan,
Sen meni armonim, birinchi sevgim.
-
Malohatda tengsiz ekan ul qalamqosh,
Go'zallikda oylar bilan husn talosh,
Dugonasin ta'rif etar tilida bol
Voh, bilmas-ey o'zini der, yurak bebosh.
-
Shohimardon tog'lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim bolajon.
Ohunjon Madaliyev
-
Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.
Diydoriga bir-birin
Termulishib to'ymasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...
-
Nodirajon, Shoirajon,
Tanam qimir etmaydi.
Osmon to'la havolar
Faqat menga yetmaydi...
Shavkat Rahmondan
-
Ishongandim, ko‘zlar meni sotib ketdi.
Ayamadi — so‘zlar meni otib ketdi.
Dardim bor-ku, nega buncha duduqlandim,
Zabonimni to‘tiqushlar yutib ketdi.
Yuzlarimda muhabbatning so‘qmoqlari,
Dunyolarni yoqmaydimi chaqmoqlarim?
Tuproq edim, tuproqlarga botib ketdim,
Gunohlarim o‘sayapti, gunohlarim.
Tutab-tutab ko‘k bag‘rini tig‘layapman,
Yuragimdan boshqa joyga sig‘mayapman.
Ko‘ksimdagi og‘riqlarim yolg‘onmidi,
Osmonlarni yig‘latolmay yig‘layapman.
Behzod Fazliddin
-
Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash,
Ham egilib, bu egilmas bosh.
Ko`zlarimda qalqib tursa yosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir!
-
Roziydim bir nafas qoshingda,
Cho'kkalab, oyog'ing ostiga,
Yuzingga termulib yuzingga,
Eng ajib so'zimni so'zlolsam.
Va o'lsam mayliga shu holda...
-
Azoblaring — muhtaram,
Men dardingga xaridor.
Tovonimni o‘psa ham,
Tikanlarning haqqi bor.
Yuragimni uyg‘otgan
G‘amlaringga ming shukur.
Gardlarimni yo‘qotgan
Dardlaringga tashakkur!
Endi Senda parvoyim,
Dunyoni yutib ketdim.
Suyunchi ber, Xudoyim,
O‘zimdan o‘tib ketdim.
Behzod Fazliddin
-
Men seni sog’ingach bedor tunlar,
O’rtanib yulduzlarga suyandim.
Tong otib, bag’ritosh kunlar,
Sevgiling yo’q bunda, ket dedilar"¦
Men seni sog’ingach, yomg’irdek,
Yuzlarimni yuvdim ko’z yoshim ila.
Xayollarim sekin to’zib ketdiy-u
Men unga begona,ket dedilar..
-
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi,
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Behzod Fazliddin
-
Yog`dularga ko`milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo`lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.
Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.
Muhammad Yusuf
-
«Ne uchun oy ma’yus sochar nur?»
Chechaklarni tutdim so`roqqa:
Ular dedi: guldan so`rab ko`r
Sahar payti kirganda boqqa.
Yesenin
-
Aytdimmi kimlarning asl do`stligin,
kimlarning haqiqiy yog`iyligini?!
Kun keldi,
boshingni egadigan kun,
hattoki o`zgalar gunohi uchun
yuzingni bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig`laydigan kun.
Mendan nima qolur,
abadiy nurlar
barq urib yashnagan dunyo tomonda?
Urinib-surinib, sira to`lmagan
bir ko`ngil qoladi
qolsa ham mendan.
Shavkat Rahmon
-
Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo`q qilsa meni daf'atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo`rlikka,
ayt, qandoq yotaman qa'ringda, Vatan!
Shavkat Rahmon
-
Necha ming musulmon tunu kun uyg‘oq,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o‘pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.
Olam ummon bo‘lsa, girdobi shu joy,
Olam osmon bo‘lsa, mehvari bunda
Milliard martabali jahon haynahoy
Kemadek qalqadi bitta to‘lqinda.
Abdull Oripov
-
Arazingiz ko'zlarimga jola qilay,
Ko'ngil gul deb bir bor o'lib bir tirilay,
Sizga yorim, men alamli qo'shiq aytay,
Arazlarda jonim qolib ketsin, mening.
-
Gohi shodlik, gohi g`am,
Ko`ngil hech to`lolmaydi.
Bu dunyoda hech bir zot,
Onamdek bo`lolmaydi!
-
Ilk sevgidan iymanib,
So'ng pushaymon yonsa ham,
Sepli qizga suykanib,
Epli qizdan tonsa ham.
Muhammad Yusuf
-
Mushtoqdurman doimo mehringga man,
Har yurakka tushirgan muhrinnga man,
Lol qolganman ko`rsatgan sehringga man,
Ey muhabbat, yoki sen sehrgarsan.
O`ylamagan yurakni o`ylatasan,
O`ynamagan yurakni o`ynatasan,
Yig`lamagan dillarni yig`latasan,
Ey, muhabbat, yoki sen hukmdorsan.
-
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
Mirzo Kenjabek
-
Balki seni o`ldirmas qotil,
Maydon aro, qilichlar aro.
Barnoliging ko`rgan Azroil
Yubormagay bemahal qazo.
Bir narsadan qo`rqaman faqat:
Oshno bo`lib jangda beboklik,
Senda qolmas dilbar nazokat,
Bu mayinlik, go`zallik, poklik.
Aleksandr Pushkin
-
Kechir seni asray olmadim,
Balolardan, zimistonlardan.
Hayotingga farishta bo‘lib
Kirolmadim meni kechirgil!
Kechir seni sevdimu lekin,
Bir tumordek asray olmadim.
«To o‘lguncha sevasanmi» deb,
So‘rolmadim meni kechirgil.
Sengacha yo‘l bir qadam edi,
Seni izlab kezdim dunyoni.
Lekin o‘sha bitta qadamni,
Yurolmadim meni kechirgil.
Qo‘llaringni qo‘llarim topdi,
Ko‘zlaringni ko‘rdi ko‘zlarim.
Ammo qalbing yaralarini
Ko‘rolmadim... meni kechirgil...
-
Laylim, sado bergin, izlaring qayda?
Oromim berkingan ko'zlaring qayda?
Yuragim olovda, qo'llarim mayda,
Sog'indim, sen-chi yor, etasanmi hech.
Ko'zimdan yosh bo'lib oqmoqda sog'inch,
Bag'rimga tosh bo'lib botmoqda sog'inch,
O'tdan olib suvga otmoqda sog'inch.
Sog'indim, sen-chi yor, etasanmi hech.
Ozodbek Nazarbekov qo'shig'idan
-
Chorig'imni kiydi dashtning toshlari,
Ko'ylagimni esa tikonlar yuldi.
Man Adam istarman, qarindoshlarim, -
Desam, bosh tebratib ilonlar kuldi.
Man adan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir.
Iqbol Mirzo
-
Roman yozmoqchiman o`zim,
Kattakon!
Kitobining birinchi betidan boshlab,
Hunar o`rganadi
Har bir qahramon,
Men xam o`rganaman g`aflatni tashlab.
Ruhiy azoblarga bo`lsayu taslim,
Qahramon zerikib qolsa biror kech.
Parovoz ostiga
Tashlayman o`zim,
Ammo qahramonim tashlamaymav xech.
Svetlov
-
Chidaymiz nozingizga,
Nozu arozingizga,
Qishlardan omon chiqsak
Yetarmiz yozingizga.
Abdukarim Jumaboyev
-
Ana ko`zing ko`zimga tushdi,
Yuragingda titrar hayajon.
Axir menga hayot baxsh etgan
Sen ozingsan, sen o`zing faqat,,
-
Tunlar ko’kka boqib o’ylaysan kimni,
Gul kabi jamoling kimga fidodir?
Samodan izlayver, mayli, baxtingni,
Sevgingni arsh bilgan oshiq — xudodir:
Baxt sari ibtido tilayman senga,
Eng sodiq bir xudo tilayman senga!
Mirzo Kenjabek!
-
Ana, ko‘zim ko‘zingdan o‘tdi,
Qo‘y, yashirma titroqlaringni,
Xato qilding, o‘zingdan o‘tdi,
Tishlayapsan barmoqlaringni.
Behzod Fazliddin
-
Ishqingizdan qoldi yuragimda dog',
Angladim ishqingiz o'tsiz ekanin.
Porlab ko'ringan gul bo'ldi-yu yantoq,
Ko'nglimni qon qildi uning tikani.
Agar ishqingizda bo'lsa edi o't,
Bu qora quyunlar qilmas edi kor
Va mening qalbim ham qolarmidi but,
Ming bitta baloga bo'lmay giriftor.
Bu chigal xatolar to'ydirdi juda,
Tilagim oq, sizga duch kelsin baxt, shon.
Ammo menga ayting bir og'iz vido
Va uzilsin bizni bog'lagan arqon.
Halima Xudoyberdiyeva
-
Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!
Halima Xudoyberdiyeva
-
Assalomu alaykum!
Eski manzildagi "bahri bayt" (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1108385300&page=1) hammasi ko'chirib bo'lindi.
Endi bahri naytni yangitdan boshlaymiz!
-
Eski manzildagi "bahri bayt" (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=liter&action=display&thread=1108385300&page=1) hammasi ko'chirib bo'lindi.
Endi bahri naytni yangitdan boshlaymiz!
AbdulAzsiz, manimcha eski forumdagi "Bahri bayt" g'oliblarini aniqlash kerak.
Kim eng ko'p post qilganini.
Nima dedingiz?
-
Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!
Halima Xudoyberdiyeva
Yangi Bahri baytni boshlab berayotganimdan xursandman!
Nechun o`zgalarning shandir xayoli —
nastarin ochilgan,
sayrar qumrilar?!
Nechun yetimlarning o`tkir faryodi
shajarday chayqalur tasavvurimda?!
To`rt fasl —
osilgan kulfat arshiga,
go`yoki mudhish bir manzilga keldim.
Kuygan kechalarning qaltis avjida
chirqirab yig`laydi bir to`da yetim.
Shavkat Rahmon
-
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Taxtlimiz" desam-da,
"Baxtlimiz" desam-da,
"Jasorat" desam-da,
"Matonat" desam-da
"Xiyonat" desam-da
Boshing silkiysan.
Qutlibeka Rahimboyeva
-
Nechun, jonim, ko'zlaringda nam?
Nechun yillar qiynading o'zing?
Dadrlaringni ko'ramiz baham,
Haqiqatdan yummagin ko'zing.
Qancha kutdim gohida chidab,
Gohi sendan qilib andisha.
Majbur bo'ldim o'zimni aldab,
Yashab yurdim kulib hamisha.
Qalbim-chi, u yig'lar edi jim,
Qayg'ularin etmasdi oshkor.
Faqat rozing kutdi yuragim,
Qadamingga bo'lib intizor.
Ko'zlaringni yashirma mendan,
So'zing tinglab, qarab to'ymayman.
Menikisan. Endi hech qachon,
Hech kimsaga berib qo'ymayman.
hurmat ila...JaruleUZB
-
AbdulAziz, manimcha eski forumdagi "Bahri bayt" g'oliblarini aniqlash kerak.
Kim eng ko'p post qilganini.
Nima dedingiz?
Taklifingizga ko'ra eski forumdagi bahri bayt natijalarini e'lon qilayapman:
AbdulAziz 151
Farzonochka 93
Maknuna 93
Kumushbibi 67
Mohinur 53
Shoir 51
Assalom 46
Otabek 41
Shahina 21
Nargiza85 19
Muxbir 10
Margilanets 9
Muhabbatli kongil 4
Quvonchbek 3
Nodi 3
Bekmirzo 3
Mansur 2
Karima 2
Shoiru sheru shuur 2
kamol 2
Pitnak 2
Mansur Xusanov 1
Tolib 1
Kamolbey 1
Abu Muslim 1
ISTANBUL 1
Bonu 1
Komron 1
Nodirbek 1
Behzodbek 1
Adashgan it 1
begi 1
Akbarxon 1
-
Nechun meni sababsizcha unutdingiz, aytingiz?
O'tunamen, yalinamen, qochmangiz, qaytingiz!
Yana butun borlig'imning negizlari yemrildi,
Umidimning ko'p chidamli teraklari yiqildi.
Abdurauf Fitrat
-
Il gado jonig'a o't tushkaykim,
Olg'ali sham'i mazorim kelgay.
Ko'yida itti ko'ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay.
Qani maykim, chu ichib mast o'lsam,
Ko'kka tuz boqqali orim kelgay.
Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.
Alisher Navoiy
-
Yo'lda adashib yurgan bola kabidir holim,
Majnun dilidan chiqqan nola kabidir holim,
Arqonga madad bo'lmas tola kabidir holim,
Ohu ko'zida bitgan bola kabidir holim,
Umidi saodat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
Tunni uladim tongga vaslingga to'yarman deb,
G'am lashkarini sabrim tig'i-la so'yarman deb,
So'ng qatli g'amim qonin ko'z yoshla yuvarman deb,
G'urbatdagi boshimni tizzangga qo'yarman deb,
Umrimda farog'at yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
Ma'ruf Jalil
-
Avfilillohkim, sabo keltirmasa sendan xabar,
Hech nasib bo`lmasdi ko`rmak bizga ko`cha-ko`laring.
Bexabar erdi jahon avvalda ishq oshubidin,
Qoldi g`avg`oga u ko`rgach g`amzai jodularing.
Hofiz Sheroziy
-
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.
Erkin Vohidov
-
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Abdulla Oripov
-
Niqob bilan do`st bo`lma, gulro`,
Yoz so`zimni yoding lavhiga,
Umr o`zi g`oyat qisqa-ku,
To`ymoq qiyin tole shavqiga,
Yoz so`zimni yoding lavhiga.
Qismatlarda ne qaroliq bor,
Qolmas bir zum baxsh etsang rohat.
Gunoh bo`lur shu sabab, dildor,
Bu dunyoda yashirsang tal’at,
Bergach uni ona tabiat.
Segey Yesenin
-
Tong saharda, bugun, quyosh chiqishin,
Hayolimda sening birla kuzatdim.
Nedandir yoshlangan ko'zing yoshini,
Artmoqlik uchun so'ng qo'lim uzatdim.
Ko'zing tubidagi qayg'u ne uchun?
Nimaga qalbing ham unsiz yig'laydi?
Nimadan hafasan singiljon bu kun?
Javobsiz savollar jonim tig'laydi.
Qarashingda yo'q hech umid uchquni,
Xissiz nigohingda nelar mujassam?
Qalbing tuyg'ularingnimi tutquni?
Armonlar tinchliging bermas, kuzatsam.
Dardlaring to'kib sol boshdan mufassal,
Ayt menga: nimadan chekding iztirob?
O'zimga olayin dardimni tugal,
Osmon etay ko'ngling, orzuing so'rab.
Qalbing yig'lab zabun, titraysan nechun,
Hech qovushmas dildan aytgan so'zlaring.
Javobsiz ishq nahot qiynarmi bugun?
So'yla nedan mayus, mahzun ko'zlaring???
hurmat ila...JaruleUZB
-
Garchand, ba’zi joyda topdim e’tibor,
Ko‘ksimda nelardir taratur ziyo.
Dashnom eshitdim-u umrimda ko‘p bor,
Qarsak tinglamadim nechundir aslo.
Dunyoning ishlari chindan notugal,
Siz uning xatosin bir bor tuzating,
Do‘stlar, o‘lgan chog‘im, rahm eting bir gal,
Meni qarsak chalib go‘rga uzating.
Abdulla Oripov
-
Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yunus Emro
-
Irodasizman debsan...Yo'q, so'zing yolg'on,
Senda bor matonat xislar mujassam.
ko'zlaring chin ishqni qilur namoyon,
Ha, o'sha sen eding, men adashmasam.
Ko'z yoshing daryosin kechganim ro'yo,
Gavharing yurakda saqlaganim rost.
Uzoqda porlagan yulduzdek go'yo,
O'sha sen eding... Qo'llaringda soz.
Sen eding... Men-chi, yoningda,
Erkalab sochingga taqqandim gullar.
Bir umr ortingdan poylab men yo'llar,
Yashayapman mana, dardim komida.
Esingdami? suv bo'yida tunlar osuda
O'tkazgandik...Kuzatgandik tongning otishin...
Bugun esa sensiz o'tgan har on behuda,
She'r ham yozolmayapman qalbdan otashin...
Sen yolg'iz muhabbatim,hayolim, borim,
Peshonamda yaraqlagan quyoshim, yorim,
Borlig'imsan, hayotimda.. Kuzim,. bahorim,
O'sha men edim, sen eding o'sha...
hurmat ila...JaruleUZB
-
Aql qalbga solmaydi quloq,
Aqlga ham muhtojmas yurak.
Men bo'lsamchi ikkisin mutlaq,
Bahamjihat ushlashim kerak.
Muallifi yodimda yo'q.
-
Ko'zlaringning vafosi so'nmish,
Xazon bo'lmish sevgi gulimiz.
Taqdirimiz to'qnashmas emish,
Tutashmasmish bosgan yo'limiz.
Eshitdim sen unutganmishsan,
Meni ogoh etdi quv sabo.
Yot sanamni yor etganmishsan,
Yurak bag'rim qilibsan ado.
Vafo tashlab ketmish maskanin,
Ko'zlaringda ne qoldi yana.
Mitti nihol endi o'sgandi,
Yulqib hijron qildi tantana.
Tag'in uning aytgani bo'ldi,
Nasiyami yana bir visol,
Oramizda bor bo'lsa neki
Hijron, firoq qildi olu ol.
Taladilar parvo qilmayin
Daryo yuvdi to'kkan yoshimni,
O'zi egik sabr-bardoshimni
Sindirib ham qo'ymog' tayin.
Taladilar qilmasdan shafqat,
Tog'lar menga tiladi sabr.
Tindi seni o'ldirib faqat,
Paydo bo'ldi dilda bir qabr.
-
Rivoj topmish sohib xislat,
Donishmandga madadkor,
Lekin qayda bo'lsa shuhrat,
Yonboshida hasad bor.
Davoxonlar, parixonlar,
O'quvchilar chilyosin,
Xullas yurtda bor nodonlar,
Boshladilar ig'vosin.
Erkin Vohidov
-
Nechun homush tortasan bugun?
Kiprigingda ikki tomchi yosh?
Hayoling ham parishon, zabun,
Bunda nega balqmagay quyosh?
Egningga sen kiyibsan qora,
Kimga yana motam tutasan?
Farzandingni o'ylab sen zor-a,
Qachongacha uni kutasan?
Otabeging qaydadir yonib,
Haqiqatni izlab yuribdi,
Toshkentga lek o'tmagay qo'nib,
Chunki Kumush qabri turibdi.
Garchi Senga botsa-da og'ir,
Aytish mening burchi halolim,
O'glingni sen ko'rmaysan yillar,
Ko'ringuncha ko'kda hilolim.
"Zaynabbegim" har kun qoshingda,
Telbaligin qiladi ko'z-ko'z.
Shartmi ahir Sening yoshingda,
Dushmaningga gapirmoq bir so'z.
Qora kiyib, azador bo'lib,
Dog'larmiding shu ulug' dilni?!
Farzandlaring bir- birlariga,
Bermaganda zahri qotilni??!!!
...O'zbek oyimga
2004 yil.JaruleUZb
-
Ishq ila men xastaman,bu dardima davo yo'qdur,
Qora qismat bitilmishdir,visoldan hech vido yo'qdur.
Vasl yo'qdur,faqat bordur alam,hasrat ila kulfat,
Tovushingni kutarman zor,biroq sandan sado yo'qdur.
Asir qushman - go'dak panji g'ijimlaydi berib ozor,
O'lim yordur vujudima,xudoyimdan panoh yo'qdur.
Majnun, arab shoiri
-
Ruhimni hilolga belagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.
Sochparak daraxtlar dardim bilmadi,
Muzlagan kurtaklar bag'rim tiladi,
Ko'ngil bir gullagan fasl tiladi,
Ko'ngilni Quyoshga bog'lagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.
-
Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur
Agar juftihalol birla
Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.
Mirzo Kenjabek
-
Ruhlar mozoridan o'tayotgandim,
Qulog'imga bir ingroq indi.
Soqiy yuragimning qonkosasiga,
To'ldirib hayratning mayini sundi.
Qayrildim,
Qaradim,
Jon talash yotgan,
Ruhning o'limini tomosho qildim.
O, qanday chiroyli o'larkan ular.
Islom Hamro
-
Rohatdamiz goho Urganchning,
Goh Toshkеntning Do'rmonlarida.
...Bir-bir uziladi yaproqlar
Sharq va g'arbning o'rmonlarida.
Matnazar Abdulhakim
-
Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim,
Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok,
Hayotda men uchun qolarding tirik,
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.
Zulfiya
-
Qoshingni qarolig'i,
Yuzingni zebolig'i,
Jonga jafo qiladi
Shu qizning balolig'i.
Qaro-qaro qoshligim,
Uzun-uzun sochligim,
Qaro qoshingni deb yurib,
O'tib ketmasin yoshligim.
-
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Qur'on oyatlarga she'riy tafsir.
Musulmon bekorga urmas va so’kmas,
Kimsani ezmoqqa qidirmas aybin.
Shubha yo’qki, Alloh zolimni suymas:
Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...
Sabr etgan doimo murodga yetar,
Ey mo’minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarni sevar
Vallohu yuxibbus-sobiriyn...
-
Ne tong edi izg'irinlar zahrini totding,
Dasturxonda muztar qoldi qandu novvoting,
Shahidlarning munglaridir har bir ravoting,
Abadiyot erur asli adabiyoting,
Cho'lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim Vatan.
Sirojiddin Sayyid
-
Nechun, jonim, ko'zlaringda nam?
Nechun yillar qiynading o'zing?
Dadrlaringni ko'ramiz baham,
Haqiqatdan yummagin ko'zing.
Qancha kutdim gohida chidab,
Gohi sendan qilib andisha.
Majbur bo'ldim o'zimni aldab,
Yashab yurdim kulib hamisha.
Qalbim-chi, u yig'lar edi jim,
Qayg'ularin etmasdi oshkor.
Faqat rozing kutdi yuragim,
Qadamingga bo'lib intizor.
Ko'zlaringni yashirma mendan,
So'zing tinglab, qarab to'ymayman.
Menikisan. Endi hech qachon,
Hech kimsaga berib qo'ymayman.
Toshkent...2005
Hurmat ila, JaruleUZB
-
Nahotki mendek farzandni
Uvoli tutmasmikan seni?
So'ngra esa tirnog'imga zor bo'lib,
Axtarib yurmasmisan meni.
Yulduz Usmonova qo'shig'idan
-
Izlasam toparman, do'stu birodar,
Yo davlat toparman, yo'qotsam agar.
Dildordan ayrilsam, yor bo'lar dilbar,
Sizni hech yo'qotmay onajon, sizni,
Hech biri berolmas mehringizni.
-
Izlasam toparman, do'stu birodar,
Yo davlat toparman, yo'qotsam agar.
Dildordan ayrilsam, yor bo'lar dilbar,
Sizni hech yo'qotmay onajon, sizni,
Hech biri berolmas mehringizni.
Iymanib yashama
Xayol pinjida.
Yoyil, yayra jonim,
O'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida,
Tuhmatga chida.
Sen ahir bittasan
Yorug' olamda.
-
Armon bo’lib qoldi o’sha qiz,
Dardlarimni bilmaysan, yomg’ir.
Bevafoga uchratib qo’yib
Yuiragimni tig’laysan, yomg’ir"¦
Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar"¦
Yomg’ir yog’ar, yog’ar yomg’ir"¦
-
Armon bo’lib qoldi o’sha qiz,
Dardlarimni bilmaysan, yomg’ir.
Bevafoga uchratib qo’yib
Yuiragimni tig’laysan, yomg’ir"¦
Chaqmoq chaqar, chaqmoq chaqar"¦
Yomg’ir yog’ar, yog’ar yomg’ir"¦
Ruxsat eting menga,yaxshi qiz, biroz,
Dilimni ochmoqchi bo'lyapman sizga.
Tunov kun bir do'stim meni dab-durust,
Aybladi sevgisizlikda...
-
Azal kunda asar etgandi sirri may qulog’img’a,
Bugun, vah, dil bulog’I jo’sh urmoqliqda toshibdur.
Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.
Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo’ldin odoshibdur.
Uvaysiy
PS. uzr Shoxjahon, sizning yozganingiz she'rmi? Qofiya, turoqlari qani?
-
Azal kunda asar etgandi sirri may qulog’img’a,
Bugun, vah, dil bulog’I jo’sh urmoqliqda toshibdur.
Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.
Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yo’ldin odoshibdur.
Uvaysiy
PS. uzr Shoxjahon, sizning yozganingiz she'rmi? Qofiya, turoqlari qani?
PS: Uzr, saal aralashtirb yuboribman. Boshqa qaytarilmaydi. Qani, davom etamiz...
Rossiyada gulday qizlarni
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar busa bizlarni
Bexanjaru, bemakru bezar.
-
Rassom bo‘lishlikka toqatim hech yo‘q,
Chunki zaril bunda g‘alat iste’dod.
Masalan, xo‘tikka o‘xshasin xo‘tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.
Abdulla Oripov
-
Dunyoning durisan,
Qalbimning qo'risan.
Begimsan, bekangman,
Erkamsan, erkangman.
Kuyimdagi hush sado,
Dilimdagi bir nido,
Dunyoda men uchun, men uchun
Bir sen-u, bir xudo.
-
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...
Muhammad Yusuf
-
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...
Muhammad Yusuf
Talpinma ko`p, devona ko`ngil,
Barchamizdan yuz o`girmish baxt.
Shafqat tilar gadolar faqat...
Talpinma ko`p, devona ko`ngil.
Sergey Yesenin
-
Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qop-qora tun.
Hamid Olimjon
-
Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.
Zulfiya
-
Alvido, ey, xushxayollarim,
Sizni changday puflab uchirdim.
Hayot, sizga yo‘q savollarim,
Hayot, hammasiga tushundim.
Iqbol Mirzo
-
Minoralar temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonlik sarhadidandur,
Alisher ham temuriylar avlodidandur,
Sherali ham uning buyuk davlatidandur,
Tugab-bitmas san’ati bor sohibqironning.
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.
Sherali Jo'rayev
-
Minoralar temuriylar savlatidandur,
Madrasalar pok iymonlik sarhadidandur,
Alisher ham temuriylar avlodidandur,
Sherali ham uning buyuk davlatidandur,
Tugab-bitmas san’ati bor sohibqironning.
Azal buyuk davlati bor sohibqironning.
Sherali Jo'rayev
Gar qizlardan bo`lsa ziyoda,
Men gullarni qirqardim butkul,
To ko`rmayin yorug` dunyoda
Shahinamdan suluvroq bir gul.
Sergey Yesenin
-
Lablarimga tabassum ko’chdi,
Seni o’ylab, hayratim cheksiz.
Shoir so’zi yodimga tushdi:
Buncha sodda, buncha o’zbeksiz!"œ
Mirzo Kenjabek
-
Zulfi halqa-halqau ko'zi qaro bu yerdadir,
Boqishi shafqatli-yu,nozikado bu yerdadir.
Kiprigi - xanjar, karashma - tig'u ko'z tashlash yashin,
Gar shahid bo'lmoqchi ersang, Karbalo bu yerdadir.
Zebunniso
-
Raqiblar sezsalar jonon kuyib kul bo‘lg’usi shu dam,
Alardin ajratib bizni suyib-saylab qarashlarga.
Tig’ing yetganda ko‘ksimga ki ko‘zlar to‘qnashib olgay
Nishonga tegdimu yo‘qmi deya o‘ylab qarashlarga.
Sherali Jo'rayev
-
Arazingiz ko‘zlarimga jola qilay,
Ko‘ngil ber deb ming bor o‘lib, ming tirilay,
Sizga yolg‘iz men alamli qo‘shiq aytay,
Arazlarda jonim qolib ketsin mening.
-
Garchi meni sevolmasang,
Sevgimga hech ko`nolmasang,
Birga-birga yurolmasang,
Sevaman deb aldab qo`ygin,
Sevaman deb aldab qo`ygin.
-
Nahotki siz ketdingiz sevgimizdan voz kechib,
Ortingizdan qarab qoldim so'z deyolmay men hayron.
Endi tanho qolaman hijron sharobin ichib,
Endi bo'lar muhabbat ikkimiz uchun armon.
-
Nafsim meni yo’ldun urub, xor ayladi,
Termulturub xaloyiqg’a zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Oydinim oy bo'lmadi,
Ko'z yoshim soy bo'lmadi,
Mehridaryo qalbingda
Bir menga joy bo'lmadi.
-
Ikkimizni qoralab,
Raqiblar ham to'ymadi.
Sevib yondik norizo
Ota-onang qo'ymadi.
Sevgan yorim yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama,
Yurak bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman...
-
Nahot tilab bo'lmas hayot ne'matin
Unga halovatu orom va shodlik?
Hattoki barnoning qalbiga yaqin
Rafiqa atovchi kimsaga tole?
Pushkin
-
Eh, buncha bag'ritosh bo'lmasa yillar,
Xayr demoqlikka bormaydi tilim.
Endi hayot bizni qaylarga yo'llar
Nahot ortda qoldi o'quvchiligim?!
-
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?
Qutlibeka
-
Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?
Qutlibeka
Nahot, ishq qismati buncha berahim,
Bunchalar buyuksan, vafo shevasi.
Sengadir hurmatim,senga sharafim,
Qahramon jangchining sodiq bevasi.
Abdulla Oripov
-
Ishq bog'imda bahor bo'lib yashnaganim,
Izlab-izlab chamanlardan tanlaganim,
Go'zallikda tanho go'zal ataganim,
Yot quchoqda baxting kulsin, yig'lamagin.
-
Nigohida oftoblari bor,
Ko'z yoshlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!
Muhammad Yusuf
-
Aytar edi bir zamon onam,
O'sib katta bo'lursan o'g'lon.
Oqil bo'l-u, mard bo'l chinakam,
Bu ikki ish emasdir oson...
Erkin Vohidovdan
-
Aytar edi bir zamon onam,
O'sib katta bo'lursan o'g'lon.
Oqil bo'l-u, mard bo'l chinakam,
Bu ikki ish emasdir oson...
Erkin Vohidovdan
Nadur qulliq? Aning mushtoqi bo'lmoq,
O'zidin foniy, Haqqa boqiy bo'lmoq.
So'fi Ollohyor.
-
Qaro qoshing qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz.
Qilur qatlimga qosh qayrab,
Qilich qotil qaroshing qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
qarab qo'ygin qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
yana Erkin Vohidovdan
-
Zavol ko'rma hech qachon, o'lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'ktam,
Do'stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug' bashar oilasida
Mangu yorug' peshonang sening.
Mangu yorug' maskanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Abdulla Oripov
-
Malhamingman doim hamdam bo'laman derding,
Turna bo'lib har bahorda kelaman, derding,
Aytchi unda nechun menga sevaman derding,
Turna bo'lib har bahorda kelaman, derding.
-
Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.
Lutfiy
-
Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Olam bozor emish, barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa, sotishga tayyor.
Kimdir do‘stin sotar, kim tashna, kim zor,
Bu yo‘lda iymonin asragan kim bor?!
Sherali Jo'rayev
-
Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.
Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.
Alisher Navoiy
-
Shu kecha yolg’izlik meni qiynaydi,
Sog’inish dardiga bo’ldim mubtalo.
Hukmron jimjitlik bag’rim tirnaydi,
Qalbim huvillaydi misli karbalo.
Ko’nglim torlarining mungli nolasi,
Haydalish kuyini chalar tinmayin.
Yuragim ko’z yoshin sho’x shalolasi,
Bardoshim sinaydi balki atayin?
Balki rutubatning tubsiz qa’riga,
Tashlab sinamoqni istaydimi, u?
Mushkulot dunyosin sirli bag’riga,
Taklif etib meni ulashar qayg’u?
Bilmayman, nima u — bag’rim tig’lagan,
Bevafo sevgining makkor malagi.
Men yolg’iz emasman, mening ortimda,
Umid bor, ishonch bor, so’ngsiz tilagim!
2004...JaruleUZB
-
Mayli men ne bo’lsam ham omon bo’l sen!
Onang orzu qilgandek o’g’lon bo’l sen!
Otangni qayg’urmay yashasang ham,
Yurti uchun qayg’urgan inson bo’l sen!
-
Нечун жоним кўзларингда нам?
Нечун йиллар қийнадинг ўзинг?
Дардларингни кўрамиз барҳам,
Ҳақиқатдан юммагин кўзинг.
Қанча кутдим: гоҳида чидаб,
Гоҳи сендан қилиб андиша.
Мажбур бўлдим ўзимни алдаб,
Яшаб юрдим кулиб ҳамиша.
Қалбим-чи, у йиғлар эди жим,
Қайғуларин этмасди ошкор.
Фақат розинг кутди юрагим,
Қадамингга бўлиб интизор.
Кўзларингни яширма мендан,
Сўзинг тинглаб, қараб тўймайман.
Меникисан.Энди ҳеч қачон,
Ҳеч кимсага бериб қўймайман.
hurmat ila...JaruleUZB
-
Na ko`rgilik tushmish mening boshima,
Qon yig`ladim, dunyo cho`mdi yoshima.
Yor, yuraging Sangijumon toshima,
Nechun yoshim sen qatori bo`lmadi?
faxriyor
-
Istalgan hur dillarni kuydirmasang,
Hijronlarga aslo yo`l qo`ydirmasang,
Oshiqni ham jonidan to`ydirmasang,
Ey, muhabbat, malhamu shifokorsan.
Ey, muhabbat, Mo`minga madadkorsan.
-
Netayin,darmonda bo'ldum men bu ko'nglum ilkida,
Sensizin hech yerda bir lahza qaror etmas,begim.
Garchi sen dashnom etarsen,men duochiman senga,
Oshiqi sodiq jafodin elini chetmas,begim.
Atoyi
-
Men kimman, bir ko‘ngil quliman xolos,
Dardini she’r qilgan shoirman, shoir.
Nahotki siz menga qilasiz havas,
Nigohi og‘ir qiz, nigohi og‘ir?..
Abdulaziz Muborak
-
Rangim sariq, ko'zlarim yosh,
Bag'rim pora, jigarim tosh,
Holim bilan dardli qardosh,
Kel ko'r mani ishq nayladi.
Yunus Emro
-
Ishqimdin pokroq obi zilol yo'qdur,
Ishqimdek g'amu dardi halol yo'qdur.
O'zgalar ishqi faqat hol bo'lsa gar,
Manim ishqi nigorimga zavol yo'qdur.
Jaloliddin Rumiy
-
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Ahmad Yassaviy
-
Aziz, xor qilg'uvchi sulton sanuqsan,
Saning lutfing qamug' alvondin ortuq.
Na xush bu dunyoda Iymonu Qur'on,
Ne bo'lg'ay bu dunyoda Iymondan ortuq.
Sulaymon Boqirg'oniy
-
Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko'zlari cho'lpon,mahi tobonima ayting.
Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.
Mavlono Lutfiy
-
Garchi osmon qadar afg'on etdilar,
Ular Vatan nomin osmon etdilar.
Uzilmas bu yurtdan iymon torlari,
Toki hikmat so'ylar Olloyorlari.
Ey, boshidin oyog'i ruh va yod, Vatan,
Ulug' siymolari barhayot, Vatan.
Sening dovrig'ingu shoning o'chmagay,
Abadiyat qadar noming o'chmagay!
Sirojiddin Sayyid
-
Yig'ladim,
Kuldim,
Yolindim.
Tushundim -
Bittasi ham mizojig'a yoqmadi.
Yig'la biroz, o'ksuzlangan tilagim,
Men ham senday baxtsizlikka tutundim,
Umidsizlik ora tushub, yo'qsul jonim o'rtandi.
Abdurauf Fitrat
-
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!
Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo‘lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!
Yunus Emro
-
... Huv, ana tandirdan non uzar ayol,
Issiq non yuzida yaltiraydi nam,
yaltiraydi nam.
Yuzlarim lovullab shirmoy non misol
Banogoh labimda sezaman sho‘r ta’m,
sezaman sho‘r ta’m.
Sa'dulla Hakim
-
Mеn nеcha bor dеdimu, bo'lding yo'q,
Sеn nеcha yo'q dеdingu, bor bo'ldim.
Ayriliq - bu nе g'arib yuksaklik,
Ham aziz bo'ldimu, ham xor bo'ldim.
Matnazar Abdulhakim
-
Nega hech kim davom ettirmayapti. O'zim davom ettirishga manburman:
Mayli deyman va qilmayman g'ash,
Xayolimni gulga o'rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash
Baxtim bormi,deya so'rayman.
Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go'yo bir talab,
Baxting bor,deb qushlar chiyillar...
Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so'ylar roz,
Men yurganda bog'larga to'lar
Faqat baxtni kuylagan ovoz.
Hamid Olimjon
-
Zax hidlari kelib qoldi tandirdan.
G'amga to'ldim nogoh noxush tasvirdan,
To'yxonaga o'xshagan katta hovli,
Ko'z oldimda jimjidi-qoldi birdan.
Sirojiddin Sayyid
-
Ўзбeк Ойимгa...
"Киярмиди Ўзбeк ойим эгнигa қорa?
Гaр фaрзaндлaр бир-бирлaрин зaҳaрлaмaсaлaр"
ТоҳирМaлик
Нeчун ҳомуш тортaсaн бугун?
Кипригингдa икки томчи ёш?
Ҳaёлинг ҳaм пaришон, зaбун,
Бундa нeгa бaлқмaгaй қуёш?
Эгнинггa сeн кийибсaн қорa,
Кимгa янa мотaм тутaсaн?
Фaрзaндингни ўйлaб сeн зор-a,
Қaчонгaчa уни кутaсaн?
Отaбeгинг қaйдaдир ёниб,
Ҳaқиқaтни излaб юрибди,
Тошкeнтгa лeк ўтмaгaй қўниб,
Чунки Кумуш қaбри турибди.
Гaрчи Сeнгa ботсa-дa оғир,
Aйтиш мeнинг бурчи ҳaлолим,
Ўғлингни сeн кўрмaйсaн йиллaр,
Кўрингунчa кўкдa ҳилолим.
"Зaйнaббeгим" ҳaр кун қошингдa,
Тeлбaлигин қилaди кўз-кўз.
Шaртми, aхир, Сeнинг ёшингдa,
Душмaнинггa гaпирмоқ бир сўз.
Қорa кийиб, aзaдор бўлиб,
Доғлaрмидинг шу улуғ дилни?!
Фaрзaндлaринг бир- бирлaригa,
Бeрмaгaндa зaҳри қотилни??!!!
hurmat ila...JaruleUZB...2003
-
Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Oyoq-qo‘li beshikka
Bog‘liq bolam, turgaysan.
Hali sening izmingda
Yurgay olam, turgaysan.
Sen yo‘lga ketarsen deb
Hozirlik ko‘rar karvon.
Osmonning peshtoqiga
Sen deb qo‘yilar narvon.
Halima Hudoyberdiyeva
-
Hayotimning so'ngi kunlari
O'tayapti ming azob ila
Ezayapti yurak bag'rimni
Taqdirimning achchiq qismati
Axir olloh men ham bandangman
Haqqim yo'qmi baxtli yashashga
Yoki yashash jazomi menga
Balki shudir taqdir sinovi
Xayolimda go'yoki mendan
Baxtsiz odam yo'qdek dunyoda
Burxon
]
-
Menimcha Burxon "Bahri bayt"qoidasiga amal qilmaganlar ko'rinadi.
Burxon "N" harfiga davom ettirishlari kerak edi.
Men davom ettiraman:
Navosiz yurakning navobaxshi bo'l,
Navoiy yomon bo'lsa, sen yaxshi bo'l.
Alisher Navoiy
-
La'ling istab emdi jondin kechamen.
Bodasiz betobmen bu kecha men,
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.
Yusuf Amiriy
-
Nahot shuncha mukammal bo'lsa
Farishtamas, oddiy bir odam.
So'zing yoniq bulbullarniki,
O'zing boshdan-oyoq tillodan.
Matnazar Abdulhakim
-
Namuncha cho'zilib ketibdi,ayting bu mavzu,
Har yerni qilma orzu,har yerda bor toshu tarozu!
Xalq og'zaki ijodidan!!!
Undov bilan tugadi,qani kim davom ettirarkin?
-
Assalomu alaykum Iqboljon!
Bu yerga post qilishdan avval mavzuning shartlarini yaxshilab o'qib oling:
Assalomu alaykum aziz she'riyat muxlislari!
Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.
Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.
N harfidan men davom ettiraman:
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
Mirzo Kenjabek
-
Bo'ynungda qonim, ki bizni, ey ko'z,
Xo'blar bilan oshno qilursan.
Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg'il,
Chun ishq bila marhabo qilursan.
Lutfiy
-
Nechun kutib vayron bo'ladi ko'ngil,
Seni unutmoqqa men ahd qilaman.
Sen ham meni kutib,men kabi so'ngil,
Senga ham bir azob-xijron tilayman.
-
Nigohlarim unsiz so‘zlaydi,
Orzularga yetib bo‘lmaydi.
Kechdim hatto dunyo dardidan
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.
Sog‘intirib sevdirganim o‘zingiz,
Sizga bir so‘z aytib bo‘lmaydi.
Sevish mumkin o‘zgani lekin,
Nega sizdan kechib bo‘lmaydi.
Muyassar Lutfullayeva
-
I:Ishqim yursa, o‘zimdek g‘arib,
Tosh ko‘ksingdan mexr axtarib.
Muruvvat xam tutilsa darig‘,
Seni jondan suyganim nechuk?
Tosh ham erib ketardiku.
Sen erimadig.Xech qachon erima......
-
Azal abad shu tuproqning qiziman men,
To‘marisning qonda qolgan iziman men.
Garchi bugun osmon chorlar, lek baribir,
Men tuproqqa ko‘ksim berib yuksalaman.
Guljamol Asqarova
-
Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ...
Iqbol Mirzo
-
Zamin tegrasiga
Oltin kamalak
O`raydi yetti xil
Nurdan chambarak.
Siz uning bag`rini
Pora qilmaysiz,
Otalar hokini
Saqlab muborak.
Erkin Vohidov
-
Ko'rgali husnungni zoru mubtalo bo'ldum sanga,
Ne balolig' kun edikim, oshno bo'ldum sanga.
Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo'ldum sanga.
Men qachon dedim: "Vafo qilg'il manga" zulm aylading,
Sen qachon deding: "Fido bo'lg'il manga" bo'ldim sanga.
Qay pari paykarga dersen telba bo'ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo'ldum sanga.
Ey ko'ngul, tarki nasihat aylading ovora bo'l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo'ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.
G'ussa changidin Navoiy topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo'ldum sanga.
Alisher Navoiy..
-
Allohga atalgay haqiqiy sevgi,
O’zni oshiqlikka asir qilamiz.
Ikki yo’lning biri sabrdir, biri-
Faqat jannatlarda birga bo’lamiz.
Malika
-
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg`otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
Alisher Navoiy
-
Madinaga Rasul borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Orzu bilan otadi har tong,
Qayg'um bilan cho'kadi har shom.
Orzularim suronidan,
Qayg'ularim bo'ronidan.
Ona Yerning ostonasiga
Osmon bo'lib yorildim.
Kеlajakning nеshonasiga
Imon bo'lib yozildim...
Orzu bilan otadi har tong,
Qayg'um bilan cho'kadi har shom.
Tilak Jo'ra
-
Mehr ko'p ko'rguzdum ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido jonajone topmadim.
M harfi
-
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦men suyub"¦kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"
Cho'lpon
-
Lablarining bodasi hargiz labimdan ketmasin
Kimga so‘z bermish vafodor, ishq to‘la poymonasi.
Bu saodat sham’ining azmi erur kimga nasib,
Siz go‘zal yuzdan so‘rang, kimdur uning parvonasi
(Sh.Jo`raev)
-
Inson zoti, sening nedan kaming bor edi?
Senga tangri bergandi-ku tafakkur, imon.
Zamin, havo, - bari senda barqaror edi,
Nechun dildan insof hissin aylading gumdon?
Axir sen it emasding-ku, belanib loyga
Bir-biringni g'ajisang to suyak talashib.
Samimiyat qayda edi, tafakkur qayda.
Lug'atingda gar bu so'zlar yotdi qalashib,
Hasad, ig'vo qaydan kirdi sho'rlik kallangga,
Qaydan seni chulg'ab oldi xudbinlik, kufr.
(Abdulla Oripov)
-
Raqibingdin o’lmas ayon yaxshilik,
Ki, qavli-yu fe’li yomondur, yomon.
Hayotimg’a zikri labingdur sabab,
Yo’q ersa, tiriklik gumondur, gumon
(Munis)
-
Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
"œFano filloh" maqomig’a oshtim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Ochsang davronlarning kitoblarini,
Qancha karvonlarning ertagi bordur.
Tingla, donolarning xitoblarini
Egasi bor yurtning ertasi bordur.
(Sh.Jo`raev)
-
Rahmon Egam, sabr bergin, bardosh bergin,
Sidq birlan yig’lamoqqa ko’z yosh bergin.
Sajdagohdan ko’tarilmas bir bosh bergil!
O’lim sori ketmoqdaman tuproq saroy"¦
Gulbahor Abdulloh qizi
-
Yaxshi-yomon — bari taqdir,
Jannat-do’zax bari haqdir.
Kutmoqdadir bizni qabr,
Mahshar tomon ketmoqdaman.
Shahzoda Azizova
-
Nadomad birla boqgayman
Vatansizlarga xar doim
Egib boshini zor yiglar
Agarki davlati xoin
O.Otajonov
-
Nadomat tulporin yeldek uchirib,
Yozuqlar yurtidan qaytmoqlik - tavba.
Najot dengizining qirg'oqlarida,
Allohga munojot aytmoqlik - tavba.
Muhammad Bobur Mo'min
-
Agar do`stlar erur sodiq,bir-birin qayratib bo`lmas
Agar qilgil necha fitna,alarni ajratib bo`lmas
Demishlar molu qushni,bir qafasda asir atib bo`lmas
Vatandin ayru ko`ngilni,bilingki yayratib bo`lmas
Baayni bandi bulbulni,chamansiz sayratib bo`lmas
-
Seni tushlarimda hamon koraman,
Uyg'ongan ko'zimda armon kor'aman,
U dunyo bu dunyo sevib o'zingi
Sen sevgan insonni yomon ko'ramannnnnnnn
-
Ne vafo umrimda ul jonu jahondin ko’rgaymen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgaymen.
Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgaymen.
-
Ne g'urbatlarni chektim charx bebunyod dastingdin,
Mudom motamda qoldim, bo'lmadim dilshod dastingdin,
Tamomi xonumonim bo'ldi chun barbod dastingdin,
Qafasdin bo'lmadimki qumridek ozod dastingdin,
Hama obod bol'di, bo'lmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.
-
Ne sulular yo'lim to'sib zorlandilar,
Sevgim aytsam sendek go'zal nozlandilar.
Tan olmadi hech birini oshiq dilim,
Ko'nglim qoldi senda meni ko'nglim mening.
-
Gunohimni bayon qilsam, yerga sig'mas,
Sandin o’zga kimga boroy, qo’lum olmas,
Hodiy o’zung, sansiz hech kim yo’lg'a solmas,
Gunohimdin yig'lab sanga keldim mano.
-
Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yo qo`lim ol qoldir mani
Yo vaslingga qondir mani
Ko`p yig`latding, kuldir mani
Kel, ko`r mani ishq nayladi.
Man yururman eldan elga,
Do`st so`rarman tildan tilga.
G`urbatda holim kim bilar,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yunus Emro
-
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo'lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.
Yuz alarning ishqicha dardu, balou g'ussag'a
Tolib el boshig'a kelgan mojaroda istangiz.
Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayidin,
Boxabar bo'lmoq meni yuzi qaroda istangiz.
Ko'nglim ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.
Nuqta yanglig'kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o'tining dog'ini ahli vafoda istangiz.
Og'zi shavqidin Navoiy itti, oni istar el,
Yo adab dashtida, yo mulki fanoda istangiz.
-
Zindagi omad baroyi bandagi,
Zindagi bebandagi sharmandagi
Mavlono Jaloliddin Rumiy
-
Ishq ahli firog'imda fig'on etsa agar, men
Yonida yurib, yonida hijronida kuydim.
Dunyoyu azalning g'azali matlai uldur
Boshlab hama ishni oni poyonida kuydim
-
Meni esla meni esla quyosh botib tong otganda meni esla
Meni esla endi faqat sog'inchimni yomg'ir bo'lib bildiraman senga
Meni eslaaaaaaaaaaaaa
-
Afsus hamma aytgan sozlaring, so'zlangancha qoldi umrbod
Aldab meni, shahlo ko'zlaring, hayotimni qildilar barbod
Shildiragan tiniq buloqdan men seni deb chanqoq bosmadim
Aldanmagin, desalar yonib, qaramadim quloq solmadim
-
Men bilur erdimki, yo'qtur intiho ishqimda hech,
To guli vasling bila qildim muhabbat ibtido.
Loladek may jomini tutgil g'animat,gul chog'i.
Xosaikim,ishrat urdi bulbuli bedil sado.
Husayniy
-
Olis yulduzlar, tungi osmon uzra porlar.
Qaygadir ular, sevgan ko'ngillarni chorlar.
Lekin jonginam, yoningga men borolmayman.
Dil zorimni, ayta olmayman
-
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.
Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!
Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.
Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.
Bu yorug' dunyoda vafo qani? Kel.
Senga inonmadim- men telba, g'arib.
Qayga olib borib ko'mayin, aytgil,
Yuragimning jasadini ko'tarib.
To vola yuragim shan libos kiysin,
Toki so'nggi bor yayrasin so'nggi bor bu jon.
Sening ko'ksing uzra bir uxlab to'ysin...
Yo'q, o'zgacha sevolmasman hech qachon.
-
Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti o'ldi agar vafo qilursan.
Jonim chiqadur firoq o'tindin
Dardimg'a qachon davo qilursan?
Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.
Bo'ynungda qonim, ki bizni, ey ko'z,
Xo'blar bilan oshno qilursan.
Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg'il,
Chun ishq bila marhabo qilursan
Lutfiy.
-
Necha dedim:"Ul sanamg'a bormog'in!"
Qilmadi ul tark oxir bormog'in.
Munchakim, xudraylig' ko'rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab bormog'in.
Alisher Navoiy.
-
Nogoh ko'rubon mahvi jamoling bo'la qoldim,
Oydek yuzingga boqdimu hayron bo'la qoldim.
O't tutashib kuydi yuragim birla jonim,
Parvona bo'lub o'tga yuzimni ura qoldim.
Yuz g'amza bila chiqdi sanam maykasidin,
Zunnor uzub, din bila imon sota qoldi.
Ko'rdumki,ajib ishvagaru dilbari tannoz,
Devona bo'lub ishqida o'tdek yona qoldim.
Diydori jamolini ko'rub ishq yo'lida,
Gulgun yonubon mavhi tomosho bo'la qoldim.
Hojat emas ul Ka'bai jononag'a bormoq,
Men gavhari maqsud bo'loyin deb yona qoldim.
Mashrab boshig'a tushdi o'shal kun g'ami dildor,
Shaydoyi bo'lub jumla havasdin qola qoldim.
Boborahim Mashrab.
-
Muhabbatga tulgan bu dilim,
Sizni izlab bilmaydi tinim.
Sizdan uzga kimim bor kimim,
Jonim sizni juda sogindim.
-
Meni sevaman deb ayta olmading,
Qalbimga yaqinim sen erkaginam.
Men uchun armonga aylanding endi,
Qo‘llarim yetmagan muhabbatginam.
Nigohlarim izlaydi qaro ko‘zlaring,
Ezilar sensiz bu tor yurakkginam.
Men uchun sen aziz bo‘lding-ku ammo,
Qo‘llarim etmagan muhabbatginam
-
Meni shaydo etgan go‘zal qiz,
Hazonlar hukmida sevgim yig‘laydi.
Menga bundan og‘ir jazo yo‘q,
Ko‘zlaring tunlari qalbim tig‘laydi.
Mayus bo'lgan kunlaringni ko'rsam endi
Sog'inchdan entikib ketar yuragim.
Meni ham yodga olarmisan hech,
Ayt o`zi bormi senga keragim
-
Meni shaydo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul,
Xoru rasvo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.
O'qdayin qomatimizni qora qoshlig'lar uchun,
Muttasil yo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.
Meni yozg'urma "sevar" deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.
Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.
Qora mo'yin havasi birla qorong'u kechada,
Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.
Dushmanu do'st orasinda meni g'ofilni mudom
Be saru po qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.
O'zgadin ko'rma,ki ko'zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg'on bu ko'nguldur,bu ko'ngul.
Lutfiy.
-
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.
Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko'rar,
Ne quvong'ay dam-badam sen nozanin farzand ila.
Qo'y nasihat, zohido, o'tlug' damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo'qturkim, sog'alg'ay pand ila.
Hojatingni elga arz etmakka hojat bo'lmasun,
Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.
Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul,
La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila.
Chun Navoiy ko'ngli sindi, emdi lutfing ne asig'?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.
Alisher Navoiy.
-
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir - birini necha kuni g'animat tutungiz.
Zahriddin Muhammad Bobur.
-
Zerikib,osmonga uflagan shamol,
Uynab,qoqigulni puflagan shamol,
Tolning kovagida uhlagan shamol,
Meni unutmagin,qaytar kunim bor.
Uqbol Mirzo.
-
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Xoja Ahmad Yassaviy.
-
Ashk xun, ruxsor zardu dil hazing, tole’ qaro,
Dard gunogun, falak dun, ahli davron bevafo.
Jon ga’min, xotir mushavvash, aql majqudul — asar,
Hajr qotil, yor g’ofil, ishq g’olib borho.
Zaxm muhlik, tiri g’am parron erur, romi falak,
Za’f mustavli, badan majruh erur, marham fano.
Do’st beparvo, ko’ngul oshuftavu dushman qaviy,
Muddaiy ko’p, ta’na bisyoru jafokor oshno.
Ham havo bordur samumi ohu ham har so’z ashk,
Mazra’ ofat, shohi naxli umr benash’u namo.
Yor hamsuhbatligidin toki ayrildim, erur
Hamdamim ranju ano, hamroz g’am, mahram balo.
Kishvari mehnat shahimenkim, manga bordur mudom,
Boshg’a sochqan xok toju taxt-eski bo’ryo.
Maskanim xoki mazallat, bistarim xori taab,
To’mam anduhi nadomat, ishratim tutmoq azo.
Majlisim qayg’u, mayim xuni jigar, jomim firoq,
Lekin, ey Munis, bu hangom ichradur soqiy qazo.
Shermuhammad Munis.
-
Orazin yopqach ko'zumdin sochilur har lahza yosh,
O'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh.
Qut bir bodomu yerim go'shan mehrob edi,
G'orati din etti nogah bir baloliq ko'zu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andog'ki aylar mehr fosh.
Bo'sae qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam og'zi ichra aytur la'l ham bor nav' tosh.
Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston Xizridur,
Sarvkim da'b ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo'ygusidir barcha bosh.
Alisher Navoiy.
PS: eng kop yoqtiradigan g'azallarimdan biri.
-
Sharh aylasam ishq daftarini, jon chidayolmas,
Ham jonu jahon, odamu hayvon chidayolmas.
Avrodi muhabbat o’qubon masjida kirsam,
Masjid kuyaru toqi farozon chidayolmas.
Mayxona kirib, vasli sanamdin xabar olsa,
Zohid kuyaru oqilu nodon chidayolmas.
Mahshar kuni gar barq urubon chiqsa nigorim,
Do’zax kuyaru jannatu rizvon chidayolmas.
Ishq daftaridin gar o’qusam sura bayakbor,
Beshubha, biling, oyati qur’on chidayolmas.
Gar nar’a urub tavsani himmat mina qolsam,
Olamg’a tushub sho’rishi afg’on chidayolmas.
Mashrab, sen agar da’viye ishqi sanam etsang,
Billohki, anga jisming ila jon chidayolmas.
Boborahim Mashrab.
-
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shaklu shamoyil bila xud huru pariy sen
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.
Ag’yor ko’z ollidaku ul yor ayon yo’q,
G’amxore ko’ngul ichrayu g’amxor topilmas.
Ey gul, meni zor etmaki, husnung chamanida
Ko’zni yumub ochquncha bu gulzor topilmas.
Bobur, seni chun yor dedi, yorlig’ etgil,
Olamda kishiga yo’q esa yor topilmas.
Zahriddin Muhammad Bobur.
PS:eng kop yoqtiradigan g'azallarimdan biri. ;)
-
Sen gulsenu men haqir bulbuldirmen,
Sen shu'lasen, ul shu'laga men kuldirmen.
Nisbat yo'qdur, deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen.
Zahriddin Muhammad Bobur.
-
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.
Uzoru qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.
Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i humor et.
"œAnalhaq" mojarosin aylading fosh,
kel, ey Mansur, istiqboli dor et.
Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog’ig’a nisor et.
Kuyib, ey Nodira, olam elig’a
Muhabbat shevasini oshkor et.
Nodira.
-
Taqdir yuki boshimga balolig' bo'ldi,
Har neniki ayladim hatolig' bo'ldi,
Oz yurtni qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig' bo'ldi.
Zahriddin Muhammad Bobur.
-
Izladim zamonlardan,
So'radim daryolardan,
Topa olmadim lekin,
Seni jonginam...
-
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"œNigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.
Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.
Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.
Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.
Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.
Boborahim Mashrab.
-
Ruhimda yuqoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim,
Bizlarni bir yuqlab kelibsan,
Vafo qilurmisan bahorim.
Yoz utti,kuz utti,qish utti,
Boshlardan sinovli ish utti,
Yurakka izgirin nish utti,
Vafo qilurmisan bahorim.
Yam-yashil qirlarni sogindim,
Chechakzor yerlarni sogindim,
U inja sirlarni sogindim,
Vafo qilurmisan bahorim.
-
Menga bir bor berilgan umrim,
Faqat senga atalgan edi.
Sening sevging bilan hayotim,
Bor edi yorug' edi.
-
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.
Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.
Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.
Alisher Navoiy.
-
Sensan sevarim, xohi inon, xohi inonma,
Qondur jigarim, xohi inon, xohi inonma.
G’am shomi firoqingda kabob etti falakni
Ohi saharim, xohi inon, xohi inonma.
Nogah sari zulfung sori bo’ldum sanga moyil,
Ey toji sarim, xohi inon, xohi inonma.
La’ling g’amidin ko’nglum erur g’uncha kibi qon,
Gulbargi tarim, xohi inon, xohi inonma.
Zahri g’ami hajring meni o’ldurg’ali yetti,
Ey labshakarim, xohi inon, xohi inonma.
Mashrab, bo’lubon ko’yinga chun barqi tajalli,
Qolmay asarim, xohi inon, xohi inonma.
Boborahim Mashrab (Lutfiy g'azaliga tazmin.)
-
Muhabbatning saroyi keng ekan,yulni yuqotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig bu hatarli yulda qotdim-ku.
Karashma dengizin kurdim,na nozlik tulqini bordir,
Halokat bulgusin bilmay,qulochni katta otdim-ku.
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi,ayo dustlar,
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.
Uning gulzorida bulbul uqib qon ayladi bagrim,
Kuzimdan yoshni jo aylab,alamlar ichra botdim-ku.
Qlandardek yurib dunyoni kezdim topmayin yorni,
Yana kulbamga qaygular,almlar birla qaytdim-ku.
Muhabbat osmonida guzal Chulpon edim,dustlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay,yerga botdim-ku.
-
Ulki menga yori dilnavoz ko’rundi,
Javrin ko’rsatti ko’pu oz ko’rundi.
Bo’ldi boshim past poybo’sida oxir,
Garchi burun asru sarafroz ko’rundi.
Sening uchun ulki boshin o’ynamadi hech,
Senga ajoyibki ishqboz ko’rundi.
Ishq borinda salohu tavbayu taqvo
Barchasi tahqiq bil majoz ko’rundi.
Dushmano jon o’ldi, ne qilay, sanga, Bobur,
Ulki menga yori dilnavoz ko’rundi.
Zahriddin Mummad Bobur.
-
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!
Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!
Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!
Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!
Xoja Ahmad Yassaviy.
-
Rahm aylasang-chi dеvonalarg'a,
Ishqingda bo'lg'an afsonalarg'a.
Aylab judoliq, ey hamnishinim,
Qilding jafolar g'amxonalarg'a.
Kuydurma jonim rashk o'ti birla,
Ochib yuzungni bеgonalarg'a.
Sajda qilay dеb, shirin, butimg'a,
Bordim so'roqlab butxonalarg'a.
Maygun labingdin bir bo'sa bеrgin,
Sinsun xumori mastonalarg'a.
Har dam tilarman husni kamoling,
Urub boshimni ostonalarg'a.
Yondur, kuyoyin xilvat ichinda,
Sham'i jamoling parvonalarg'a.
Ishqingni ganji vayron ko'ngulda,
Qo'ysang turarmu koshonalarg'a.
Xo'janazar Huvaydo.
-
Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay,
Ohima hech shumora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.
Hardam ulusg'a lutf ila boqg'usi qahr ila, vale
Man sori bir nazora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.
Ishq eli ko'ngli dardig'a chora qilur,vale mening
Dardi dilimga chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.
Hajrida za'fim o'ylakim, ohi hazinim o'tig'a,
Shu'la bila sharora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.
Jon labidin chu bermadi jismima,vahki qoshidin
Qatlima bir ishora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.
Ko'yiga borsam etgusi vaslig'a va'da, ul dog'i
Bo'lg'usi bora-bora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.
Toleyi ravshan o'zganing lutfi quyoshi nuridin,
Men kibi baxti qora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay.
Bo'ldi sitorasi isiq xulqga mehr yor karam,
Manda isig' sitora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.
Dedim: o'lubtur Ogahiy ashki kanorasiz, dedi:
Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay.
Ogahiy.
-
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
Ul parivash vaslidin bo’ldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.
Yor uchun ag’yor dardin tortaman,
Ko’rmadim bir yorni ag’yorsiz.
Tan buzuldi, endi rohat qolmadi,
Soya paydo bo’lmadi devorsiz.
Berma nisbat qaddiga, ey bog’bon,
Sarvdur bu bog’ aro raftorsiz.
Nodira ahvolidin ogoh bo’ling,
Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.
Nodira.
-
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
Alisher Navoiy.
-
Kursat jamoling mastonalarga,
Ishqingda kuygan parvonalarga.
Mendin duodir,sendin ijobat,
Jonim tasadduq jononalarga.
Ey kungli qattiq,rahm aylamaysan,
Qilgil nazar sen bechoralarga.
Mashrab seni deb kechdi jahondan,
Boshini quyib ostonalarga.
-
Afsus,umr behuda bulmishdir barbod,
Bulmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!
Umar Hayyom.
-
Deydilar:muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan uzing deb bir kun insofa-
Gohi Toshkent gohi Urgutdadirman.
-
Ne ko’ray to’bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni xatti mushfoming borida.
Kim Xizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida,
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.
Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram,
Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.
Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani,
Bizni ham gohe sog’in shurbi mudoming borida.
Ey ko’ngul, gar g’ayr so’zi zahri qotildur, ne g’am,
Lablaridin sharbati yuhi-il izoming borida.
Tarki nomus aylabon badnom bo’lg’il ishq aro,
Kim seni oshiq degay nomusu noming borida.
Bobur ul gul ko’yida bulbul kibi topting maqom,
Bir navoye rost qil mundoq maqoming borida.
Zahriddin Muhammad Bobur.
-
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada utlar bosgan urmonim bor.
Qizgaldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab utmagan otajonim bor.
-
Ravshan aylarman chirogi ohni,
Kuzlarimdur gavharafshon marhabo
Bu kecha hijron shabistonidadur,
Anjumi ashkim charogon marhabo.
-
Oshiq o'lding,ey ko'ngul,joning kerakmasmu sanga?
O'tg'a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga?
Istabon ul yuz tamoshasini ko'zdin damba-dam,
Qon to'karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga?
Hardam etkung orzu kofir ko'zi nazzorasin,
Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga?
Lutfung etding xasta ko'nglimdin darig', ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?
O'zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?
Sel g'amdin xonavayron o'ldimu yod etmading,
Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga?
Ogahiy holin ko'rub doim tag'ofil qilg'osan,
Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga?
Muhammadrizo Ogahiy.
-
Kel-keley, mohiliqo, husningga qurbon o`lam,
Xalqayi zulfi parishoningga qurbon o`lam,
Chashmi masti labi xandoningga qurbon o`lam,
Oftobi ruyi toboningga qurbon o`lam,
Qadi navrastayi larzoningga qurbon o`lam,
Man sana qurbon o`lam.
-
Mening shodligimsan,bolaligimsan,
Mening gussam uzing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yuq,kun yuqdir jonim.
-
Mayli, ostonangda yotsam,
Mayli, quvsang tosh otib,
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.
-
Al Beruniy,Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki Uzluq,
Balki Tarxon uzbegim.
-
Muhabatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir.
Sizsiz menga barcha yo'llar berk,
Ko'rgim kelar sizni negadir.
-
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat!
Abdulla Oripov.
-
To'qquz oyu, to'qquz kunda yerga tushtum,
To'qquz soat turolmadim, ko'kka uchtum,
Arshu Kursi poyasini borib quchtum,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Ahmad Yassaviy
-
Azaldan to abad ko’nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim rahnalar bo’ldi, bu ishqning mojarosidin.
Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.
Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag’rim kabob o’ldi,
Raqiblar shodmon bo’ldi nigorimning jafosidin.
Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog’im mushkul,
Kel, ey ko’ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.
Sanam, ishqing o’ti oxir meni bexonumon etti,
Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin.
Xarob o’ldi mening ko’nglum, kishim yo’qturki, roz aytsam,
So’ngoklar raxnalar bo’ldi dilimning ohi bosidin.
Seni ishqing bila yig’lab, agar mahsharda oh ursam,
Kuyarlar mo’minu kofir bu Mashrabning navosidin.
Boborahim Mashrab.
-
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing yaprog'idan tomganki go'yo qatra bol bo'lsam.
Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.
Bo'yingni tarqatib olamni qilsam mastu mustag'riq,
O'zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam.
Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolg'iz,
O'zimni ham topolmay,mayliga,oxir xayol bo'lsam.
Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa -
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam.
Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin,
Raqiblar rashkiga ko'krak keray,mayli,qamol bo'lsam.
Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo'lingga,mayli,uvol bo'lsam.
Hamid Olimjon.
-
Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.
Tal’ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.
Xo’b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.
Bo’ldi mavzun qomatingdin munfail,
Sarvi nozi bog’i rizvon, marhabo.
Qilg’asen ul moh mehrin oshkor,
Subh yanglig’ pokdomon, marhabo.
Mujda keltirding visoli yordin,
Topti taskin dardi hijron, marhabo.
Kel beri, to xoki poyingni qilay
To’tiyoyi chashmi giryon, marhabo.
Ravshan aylarman chirog’i ohni,
Ko’zlarimdur gavharafshon, marhabo.
Bu kecha hijron shabistonidadur
Anjumi ashkim charog’on, marhabo.
Qo’y kafi poyingni diydam ustina
Bir dam, ey sarvi xiromon, marhabo.
Nodira, har so’zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: "œMarhabo!"
Nodira.
-
Olamning ziynati yorug`lik debon
Tutmayin dildagi ishqini pinhon
E`tiqod yo`lida ayamay hech jon
Parvona ziyoga urdi o`zini
Gullarga roz aytib aylanib bog`da
Xushovoz bulbulni qoldirib dog`da
Tunlari dard chekib qovrilib yog`da
Oshiqlar navoga urdi o`zini
O.Odilxonov
-
Ixtiyorim qo'lda bo'lganda agar,
Shodlikka yuz tutib yashardim xurram.
Nimadir yetishmas o'ksik dilimga,
Gulu chechaklar ham tortmas nigohim.
Dil ochib shikoyat qilaymi kimga
Tubsiz samolarga o'rlasa ohim?
-
Muhabbatim rad ettingiz,garchi suzlar mayin buldi,
Shu mayin suz ohangida taqdirimiz tayin buldi.
Sizga oson buldi balki,ammo bizga qiyin buldi,
Bagringiz tosh ekan garchi suzlaringiz shirin buldi.
-
Men sening ishqingdin,ey dil, bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolarg'a meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil, bandaman.
Lutfiy
-
Ammo nazarda "œRoshidon",
Firdavs bog’idin nishon,
O’ynab oqar obi ravon,
Sahni gulu gulzor ekan.
Muqimiy "Sayohatnoma"dan
-
Necha dard izhor etsam,ul sanamdin chora yo'q,
Ne uchun qon to'kmasun ul ko'zki namdin chora yo'q,
Ranj ila mu'tod o'lanlarg'a sitamdin chora yo'q,
Ishq tushsa har ko'ngulg'a dardu g'amdin chora yo'q,
Yetsa chun nishtar jarohatg'a alamdin chora yo'q.
Amiriy. Lutfiy g'azaliga yozgan muxammasidan.
-
Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.
Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.
Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.
Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.
Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.
Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il.
Alisher Navoiy.
-
Lutfung etding xasta ko'nglimdin darig', ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?
O'zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?
(Muhammadrizo Ogahiy)
-
Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!
umar Hayyom
-
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda bo;lib o'tgan xunuk ishlarni ko'rib biroz ranjidim.
Forum bir-birimizni hurmat qilishimiz, radoqlashimiz, o'zaro tushunishimiz uchun tashkil etilgan.
Arzimagan narsaga bir-biringizni xafa qilishingiz yaxshimas.
Bahri bayt shartlarini yana bir marta o'qib chiqing:
Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.
Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.
-
Dedikim: kuymakingni ayla ma'lum!
Dedi: andin erur joh ahli mahrum!
Dedi: qay chog'din o'ldung ishq aro mast?
Dedi: ruh ermas erdi tang'a payvast.
Alisher Navoiy. "Farhod va Xisrav" aytishuvidan
-
Tig'i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosidir ohim o'tidin
Anda gul yoxud giyohe butmagan.
Alisher Navoiy
-
Rostin aytsam arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qo’ling yetmas!
Ketavergin tenging-la...
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...
Usmon Azim "Alamli qo'shiq"she'ridan.
-
Sokingina yashar edi u, na shodligi ayon, na dardi,
Tongda to'gri ishga borar u, oqshom to'gri uyga qaytardi.
Ulfati yo'q, ko'cha kezmagan, maishat ne bilmagan odam.
Birov sezib, birov sezmagan, borligi-yu, yo'qligini ham.
Bir mo'minga doir bir qotil, esh bo'lganday yorug' dunyoda,
Manglayiga bitgandi hotin, azozildan ming bor ziyoda.
Cho'ntagiga erning to'r halta, qulog'iga solib olam gap,
Ro'yhat qog'oz bilan albatta, kuzatardi har kun ertalab.
Erkin Vohidov. "Tushlik tanaffus"dan.
-
Banda bo'lsang manmanlikni zinhor tashla,
Saharlarda joning qiynab tinmay ishla,
Yo'ldan ozgan gumrohlarni yo'lga boshla,
Bir nazarda dillarini safo qildim.
Hoja Ahmad Yassaviy hikmatlaridan.
-
Musofirman, g’aribman, bekasu ham benavodurman,
Vujudim darda to’ldi, emdi darmonimni sog’indim.
Uvaysiy
-
Mening bu xasta jonimg'a sening darding erur marham,
Qiyomatga tekin hargiz bu dardimg'a davo qilma.
SAKKOKIY
-
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tangri uchun,
Bir - birini necha kuni g'animat tutungiz.
Zahiriddin Muhammad Bobur
-
Zakariyodek bu boshimg'a arra qo'ysam,
Ayyubdek ham bu tanamg'a qurtni solsam,
Musodek ham Tur tog'ida toat qilsam,
Bu ish birla, yoRab, Seni topg'aymumen?
-
Navruzguli,boychechagim,bormisan,
Men senga zor,sen ham menga zormisan.
Muz ichida asradim men kunglimni,
Sen uzingni asrab bahtiyormisan?
Iqbol Mirzo.
-
Nolishim yo'q o'tgan umrimdan,
Ammo horg'in dil izlar orom.
Dilbar, menga quvnoq yurtingdan,
Biror narsa so'yla bu oqshom.
Erkin Vohidov.
-
Muruvvat-barcha bermakdur, yemak yo'q
Futuvvat-barcha qilmakdur, demak yo'q.
Alisher Navoiy.
-
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
Qarab qo'ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
Erkin Vohidov.
-
Zor ingrabon zokir bo'lib, Rabbim desam,
Tinmayin men hasratingda Alloh desam,
Quli bo'lib, qullig'ingda bo'yin sunsam,
Bu ish birla, Yo Rab, Seni topg'aymumen?
-
Nadomat tulporin yeldek uchirib,
Yozuqlar yurtidan qaytmoqlik - tavba.
Najot dengizining qirg'oqlarida,
Allohga munojot aytmoqlik - tavba.
Muhammad Bobur Mo'min
-
Ne tong kamolingdan kuymish yomonlar,
Nomingni yomonga yo`ymish yomonlar,
Oxir malomatga qo`ymish yomonlar,
Bilgil, ig`vo umri abadiy emas.
Habib Sa`dulla
-
Sen yiroqda,
Yoring yiroqda,
O'rtanadi joning firoqda,
Tugab borar bardosh — saboting,
Uchay desang, yo'qdir qanoting.
Sevar yoring vasliga mushtoq
Kechalaring o'tadi uyg'oq...
Ammo g'amdan boshingni bukma,
Shahlo ko'zdan yoshingni to'kma.
Dilbar, buni firoq dema hech,
Yorim mendan yiroq dema hech.
Chunki oro kirib joningga,
Bag'ring bir kun kelar yoningga.
Erkin Vohidov.
-
Agar oshiqligim aytsam kuyib jonu jahon o'rtar
Bu ishq sirin bayon etsam, taqi ul honumon o'rtaR....
-
Rozimasman ketsangiz agar,
Mandan surmay bir bora holim,
Siz bor uchun yuribman ahir,
Uzoq yutda qiynalib jonim.
(kaminadan)
-
Men hayolga tolsam agar, seni o`ylayman,
Iztirobda qolsam agar seni o`ylayman.
Yuragimni to`qmoq bo`lib, qog`oz betiga
Qo`lga qalam olsam agar seni o`ylayman.
Ogoh qilay do`stlar bir sirdan sizni
Do`stlardan ayamang hech vaqtingizni
O`ziga rom aylab, shoshirib, qistab
Supurib borar vaqt xazonday bizni.
O.Odilxonov
-
Nahot shunday beozor odam, nahot bo'lsa boshqa hotini,
Qani endi shundan keyin ham, oqlab ko'ring erkak zotini.
Qani endi go'rni ochsa-yu, bevafoni tutsa so'roqqa,
So'ng eriga qo'shib mana bu, megajinni ko'msa tuproqqa.
Erkin Vohidov.
-
Nega jim yashaysan,sokin yashaysan?
Sezmaysan qullarim ketsa ham tegib,
Olamda men yuqdek hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
Mirzo Kenjabek.
-
Boshga kulfat tushsa bilingay do`stlar
Beadad hikmatin ilingay do`stlar
Do`stiga tig` tegsa tilingay do`stlar
Do`stlikka fidolik eng oliy havas
Habib Sa`dulla
-
Rahm ayla manga, ey bag’ri qattiq,
Diydam to’la qon, ey sho’xi zolim.
Lab tashnalarga ayla nazora,
Qaddi chu shamshod qoshi hilolim.
Olding ko’ngulni bir-ikki so’zlab,
Devona bo’ldim, to’ti maqolim.
Har dam kuyarman, yodimga tushsang,
Bir ko’rmaguncha yo’qdur majolim
MUQIMIY
-
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?
Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.
Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.
Rauf Parfi.
-
"žSevasizmi?"œ — degil, savollar yog’dir,
Bor gapni sug’urib olgin ko’nglimdan.
Jim qovushtirilgan qo’llarim oxir,
Ohista sirg’alib tushar qo’ynimdan.
"žSevasizmi?"œ — degil, savol ber qiyna,
Nursiz kunlarimning bitsin hisobi.
Tug’yonli onlarga chorlasin yana,
Sovuq bo’salarning qaynoq azobi.
"žSevasizmi?"œ — degil, so’rayver, so’ra,
Nigohim titrasin oppoq ko’ksingda.
Parishon aksimni bir nafas ko’ray,
Parishon o’tinib turgan ko’zingda!..
Yolg’iz sening sevging yetmaydi, netay,
Umrimiz bog’lari qoladi g’arib.
Sen sevgi so’rayver, men chiqib ketay,
Muhabbat axtarib, mehr axtarib.
Mirzo Kenjabek.
-
Bozorda bir kulol ko'rsatib hunar,
Bir bo'lak xom loyni tepib pishitar,
Loy ingrab aytadi: Hoy, sekinroq tep,
Men ham kulol edim, sendek, birodar.
Umar Hayyom.
-
Rahmat yog`sa, quvonch yog`sa
O`zgalarning boshiga,
Muncha boshing nishon bo`lar
Malomatlar toshiga.
O`zgalarning yuzi yorug`
Qo`li baland bir umr
Nega sening tiling qisiq
Boshing egik, beg`ubor
Yuk ko`targan yutib chiqar
Bir kelar deb omad
Nahot umring so`ngigacha
Qilsang xo`rlikka toqat.
-
Tushsa boshingizga tirnoqcha tashvish,
Dovdirab qolasiz hayotdan to`yib,
O`zgadan noliysiz tinmay erta-kech
Kulfat sababchisin bir yoqqa qo`yib.
M. Jalil
-
Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.
Umar Hayyom.
-
May ichsa gado ham sulton bo'ladi,
Tulki ichsa, sheri g'oron bo'ladi,
Yosh ichsa keksalik sharafin quchar,
Keksa ichsa yoshu chaqqon bo'ladi.
Umar Hayyom.
-
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.
Umar Hayyom.
-
Marifatning shulasiga
Talpinib zulmat aro,
Kuzlaringdan oqditunlar
Kavkabiston, uzbegim.
-
Malaksan yo bashar, yo huru g’ilmonsan, bilib bo’lmas,
Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo’lmas.
Ajab berahm dilbarsan, ajab sho’xi sitamgarsan,
Charog’I husni ro’yingdin ko’ngulni ham uzub bo’lmas.
(Boborahim Mashrab)
-
Sevdim netay sevganimdan begonadurman
O`rtanibon o`tda kuygan parvonadurman
O`z ishimdan o`zim do`stlar, hayronadurman
U beparvo yurar ammo men yonadurman.
O Odilxonov
-
Ne vafo umrimda ul jonu jahondin ko’rgaymen,
Kim vafo jondin ko’rubdurkim, men ondin ko’rgaymen.
Ko’z yo’lidin ul sari husnun nazar aylar edim,
Qon yoshim ul yo’lni tutti, emdi qondin ko’rgaymen.
(Zahiriddin Muhammad Bobur)
-
Nechun o'g'irlading o'yu fikrimni,
Nechun hayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar erimni,
Endi tuyg'ularim qoldi sargardon.
-
Nigorim oldida shohu,gado barcha barobardur,
Tamomi zoti pokidan,hama olam muattardur,
O`zi dono o`zi soniy,o`zi xurshidi anvardur,
Sifati zoti poki,jumlagar ma`rumi mazhardur,
Hama dono hama notiq,najum qadding guzor bo`lmas.
Boshing gar osmonga etsa monandi surayyodek,
Kirarsan oxiri er ostiga jamshidi Dorodek,
Bu molu, joningga mag`rur bo`lma, ahli dunyodek,
Hovoga uchma ey ko`nglim,qushi monandi anqodek,
Baland uchgan bilan zogi-zavon, olamda boz bo`lmas.
Haqiqat pesha qil mahzun,ko`ngullar mubtakosi bo`l,
G`azabni barham et, orzuda dillar mubtakosi bo`l,
Ulug` ganji muazzamdur,jahon shirinliqosi bo`l,
Fuzuliy ikki olamda,muhabbat oshnosi bo`l,
Muhabbatsiz kishining ko`ngli qishdur,aslo yoz bo`lmas.
-
Simobday qalqimasa bag`ritosh suluvlar ham,
Yurakdan balqimasa eng buyuk orzular ham,
Sarhush bo`lib yurmasa tinglagan ohular ham,
Qo`shig`im bor demagil qo`shiq emas u.
(O.Madaliev)
-
U menga so`zlamoq istar ehtimol
Ehtimol u meni gapga solmoqchi
Ammo ma`yus bo`lib turadi behol
Bu kecha shoirdan qasos istaydi
M.Jalil
-
Iztirobga to`la hayotim
Tuyuladi g`arib, mazmunsiz
Havas qilar kimdir sabotim
Sen bularni bilmaysan, Yulduz
-
Seni hech kim sevolmaydi meningdek,
Vaslingga zor bu oshiqlar ehtimol.
Poyingga tiz chukib yiglar ehtimol,
Lekin sodiq bulolmaydi uzimdek
Muhammad Yusuf.
-
Ko`zlarim nogahon tushsa ko`zinga
Qalbim ham talpinar shirin so`zingga
Hozir sen qaydasan qaysi makonda
Mening bo`m-bo`sh ko`nglim to`lgan xazonga.
-
Alda meni alda meni, alda meni to`yguningcha
Ishonaman yolg`iz senga o`lgunimcha
Yolg`onchi yor kechir meni yolg`onlarim
Aldasam ham senga chin yor o`lgunimcha
(SR)
-
Alamdan egilsa yigitning boshi
Ortidan otilsa malomat toshi
Yo`ling yoritmasa aql chirog`i
Nomardning har so`zi chayondek chaqar
-
Rad etdim-ku o'zimni qarg’ab
Senga qolsin jonbaxsh dalalar.
Aql bebosh yurakni tergab
Muhabbatdan, ishqdan saralar.
-
Rahm aylasan-chi devonalarga,
Ishqingda bulgan afsonalarga.
-
Aylay hayotim naqdini har dam nisoru sadqasi,
Yoshurmag'il man zoridin aylab hayo qoshu ko'zing.
-
G'amga mubtalo bo'ldim
Ishqingda ado bo'ldim
Bir ko'rmayin o'zingni
Ado bo'ldim ado bo'ldim
-
Mehrga limmo lim ko'zlaringizni
Sog'inib eslaydi bechora qalbim
-
Мени ссла егганда емгир
Мен сса егганида кор
Мени ссла кувончга тулиб
Келганида фасли навбахор
-
Rivoyatni ko'rub Haq-la, so'zlashtim men,
Yuz ming turluk maloyikg'a yuzlashtim men,
Ul sababdin Haqni so'zlab, izlashtim men,
Jonu dilim anga fido qildim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Ostonaga boshim qo‘yib zori qilsam,
G‘arib-etim boshin silab duo olsam,
Haqdin qo‘rqib dunyo uchun ortga olsam,
Hojam meni holi dilim so‘rarmikin?
Saxarlarda zori qilib yig‘lasam men,
Jon berarda belim mahkam bog‘lasam men,
Ishqi birlan yurak bag‘rim dog‘lasam men,
Haq chirog‘i qabrim ichra yonarmikin?
Ahmad Yassaviy
-
Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul —
Biru Birga ibodat — tavhid.
Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom — nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.
Abdul Jalil
-
Ayt, nechun oshiq mudom dildan judo?
Yorining zulfini deb bo'lg'ay ado.
Jo erur oshiq dili rubob aro,
Pardasida yoshirun munglig' sado.
Jaloliddin Rumiy
-
Og’zida o’t-kishan kim, desang, tongla,
Elga pand aytmagan olimdir, angla.
Qalb — bir parcha go’sht, u sog’-jismning sog’,
Buzilsa u, tan-jon vayron, siynang dog’.
Fozil Zohid,
Xorazm
-
G'ayrating sarf etsang kiymoq, ichmoqqa,
Arziydi bu ishni ma'zur tutmoqqa.
Hushyor bo'l, qolganin bari arzimas
Umringni sarf etib, o'tib ketmoqqa.
Umar Xayyom
-
Alloh demish: Ey, farxunda dil,
Rahmatim-la jannatga kirgil!
Obid aytmish: Bo‘lsam, ey Xoliq,
Amalim-la jannatga loyiq"¦
- Amallarin o‘lchangiz darhol!
Deya buyruq qildi Zuljalol.
Farishtalar shu on bo‘lib shay
Ul obidning bitta qoldirmay
Amallarin chiqarkan tortib
Keltirishdi shundayin tartib:
«Besh yuz yillik banda toatin
Bosib tushmish bir ko‘z ne’mati!»
Χissa: rahmat bandaga tortiq,
Amal aslo bo‘lolmas ortiq!
A'zam Obidov
-
Qurib qoldi ko`zda yoshim
Yurak to`lsa yig`lolmayman
Hijronga yetmas bardoshim
Shodlikka dil bog`lolmayman
Qafasdagi qushcha misol
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib o`tdi visol
Tushimda ham ko`rolmayman
-
Ne ko’ray to’bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni xatti mushfoming borida.
Kim Xizr suyin og’izlag’ay labingning qoshida,
Kim Masih alfozidin degay kaloming borida.
(Zahiriddin Muhammad Bobur)
-
Aqli karomatga mohir keksalar
Mishona izlardi hazondan, yeldan
Qarg`alar qag`illab faryod cheksalar
Ne gap o`tmas ko`pni ko`rgan ko`ngildan
Marhabo laylak qor, yo`ling keng bo`lsin
Yuzi yorug` bo`lsin xalqimning mudom
Omborlar g`alla-yu, paxtaga to`lsin
Yangi zafarlarni qilaver in`om
Ma`ruf Jalil
-
Mehmonsanu dunyoga, Mezbon bilan ishing yo’q,
Senga bu jonni bergan Hoqon bilan ishing yo’q.
Abdusalom Ibrohimov
-
Lekijn qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg`ular zoriga solganda quloq.
O`zni zaif , chanqoq sezaman goho.
Alamdan beraman javobsiz so`roq
-
Qismat ekan aslida bu ishq,
Ro`yo bo`lib ko`ringan xolos.
Yuragimga tig`day sanchildi,
Go`zal qasos, shafqatsiz hayot
(Qor alangasi filmidan)
-
To`y hasham orzusida,o`z baxtini etgan ijod.
G`ayratu kuch sohibi,insonga loyiq to`y bugun.
Davramiz qanday go`zal,maqtansak arzir faxr etib.
Toshsa dillar aks etib ummonga loyiq to`y bugun.
(O.Otajonov)
-
Nima deysan, ey, g`ayur inson?
G`iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o`tursan, inon.
Mehr qolur muhabat qolur.
(M. Yusuf)
-
Rashk qilib gohida o`zimdan g`ashman,
zimdan kulib boqqan ko`zimdan g`ashman.
Hatto sizga oshiq, ko`nglimdan g`ashman.
Siz faqat meniki, o`zimnikisiz....
-
Zebi derdim, Zebona
Ishqingda men devona.
Bolalikda do`st qizlar,
Bo`yga yetgach begona...
-
Anglaguvchi bo'lsa yaxshi ko'ngil sirin,
Hayo yongan nigohlarda dil yashirin.
Ayriliqdan bezib ketgan oshiq yurak sado berar
Duydor shirin...
-
Ne tariqa bo'lg'ay ul bechora oshiq holikim,
Bulbuli oshufta yanglig' guluzore topmasa.
-
Rozimisan bir yosh tomsa ko’zimdan,
Rozimisan sal rang ketsa yuzimdan,
Yol oshsam-u, sal yashashdan adshsam,
Rozimisan unda tamom o’zimdan.
Bog’im bor-u, gulzorimda gulim ko’p,
Har yoqda gul, shohlarda bulbulim ko’p,
Men ko’rmagan gulzor qolmas jahonda
Gulzorlarga baxtim bergan yo’lim ko’p.
-
Pardadin ko'rsatdi yuz olamg`a ul shohi jahon,
Tushdi oshiqlarg`a yuz ming dod ila ohu fig'on,
Zulf ochib man dalini oshifta qildi har zamon,
Pardavi husnin solib jonlarni kuydirdi ravon,
Bir ajoyib mahliqo soxibqironim bor mani !
-
... Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar —
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.
Muhammad Yusuf
-
Yuragim, so'zlarim, tinglamas bu dunyo.
Qalbimga bir najot, berolmas bu dunyo.
Hayolim har tomon etar sarson,
Hayotim yo'lida kezar armon.
Faryodim anglamas, bu osmon...
Abadiy kulmadi, biz kutgan bahtimiz.
Davosin topmadi dardimiz...
-
Zulfinin har tolasin bir joni bor,
Zulfinin dardida man bo'ldim xumor.
San dema: 'Voh,muncha ko'p g'am-hasrating?'
Hasratim huriliqo nozicha bor.
Jaloliddin Rumiy
-
Ruhing tepib tebranuvchi og'ushida,
Quyilmoqni istaguvchi nolishiga
Tutilgandik, qutilmadik.
Bo'lsangda sen birovning kirtayib ko'z tikkani
Bo'lsamda men birovning suygani, suyangani.
So'ng qaramog'ida oldi qaltiroq
So'ng xiyonat keldi tap tortmay.
-
Yigitlik davrining gashti bo`lakcha,
Azobi o`zga-yu, rohati o`zga.
Lag`cha cho`x tushganday jonga yurakka.
Dunyo tor ko`rinib ba`zida ko`zga.
Kimnidir izlaysan kecha-yu kunduz
Kimdir, yuragingni sekin aylar rom
Izlaysan, izlaysan uni tinimsiz
Kunlar betoqat-u, tunlar beorom.
H. Sa`dulla
-
Muhabbatning saroyi keng ekan, yo'lni yo'qotdim-ku,
Asrlik tosh yanglig' bu xatarli yo'lda qotdim-ku.
Karashma dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir,
Halokat bo'lg'usin bilmay, qulochni katta otdim-ku.
Ajab dunyo ekan bu ishq dunyosi,ayo do'stlar,
Bu dunyo deb, u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku.
Uning gulzorida bulbul o'qib qon ayladi bag'rim,
Ko'zimdan yoshni jo' aylab, alamlar ichra botdim-ku.
Qalandardek yurib dunyoni kezdim,topmayin yorni,
Yana kulbamga qayg'ular, alamlar birla qaytdim-ku.
Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku.
Cho'lpon
-
Unutishing - qaro, hijroning qaro,
Sog’inching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing o’ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.
-
Qayda edim tiriklik mahal,
Vujudimni bosadi toshqin.
Oxiratga bir ezgu amal
Taqdim etgan bo‘lsaydim koshki!
Koshki!
A'zam Obidov
-
Ikki buyuk hikmat, ikki xush zabon
Ikki buyuk dildan yo`qdir sado bir.
Biz g`animga bejang topshirgan qo`rg`on-
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Uchrashmaganda ular hayotda
Yoturlar yonma-yon ikki lahatda
Nima deysiz endi, hayot-hayot-da-
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur
M. Yusuf
-
Raqibingdin o’lmas ayon yaxshilik,
Ki, qavli-yu fe’li yomondur, yomon.
Hayotimg’a zikri labingdur sabab,
Yo’q ersa, tiriklik gumondur, gumon.
(Shermuhammad Munis)
-
Noming tutgan tuzing totmay ketmasin,
Uyingda har kuni yostiq yetmasin.
To`rtta mayizingni qush ham yeb ketar,
Uying chetlab odam zoti o`tmasin.
Berk saroymas -ochiq ayvon qutqarar,
Mezbonni bir kuni mehmon qutqarar.
M. Yusuf
-
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg`onsin ilohiy tug`yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on.
Shaykat Rahmon
-
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Abdulla Oripov.
-
Alp o`g`lonlar o`lkasidir O`zbekiston,
Erkli elning qanotlari ilm istang
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari ilm istang.
Muhammad Yusuf
-
Gahi sahro uzoring lola sha'nidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arguvonidur.
Yana sahni chaman bo'ldi munaqqashrang gullardan.
Magarkim sunnini naqqoshig'a rang imtihonidur.
(Sh .Jo`raev)
-
Ruhlari nur sochar yo‘limga,
So‘ng Qur’on tutqazar qo‘limga
«O‘g‘lim, bu xudoning qismati
Yo‘q, la’nat o‘qima o‘limga»!
Onamning dili ham boshqacha...
Abdulaziz Muborak
-
Alloh elchilari o‘ldilar, shuning
O’zi yetarli bir hikmatdir bizga.
Kuniga qabrga kirayotganlar
Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga.
Agar biz o‘limdan ibrat ololsak,
Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi.
O’limdan nasihat olmaganidan
To‘xtasa yaxshidir inson yuragi...
Hayrlilla Hamidov
-
Iqbol deb behuda chekasan yohu,
Ohing bu - folbinning daraklaridir.
Asrim, asrim deysan, asring nima u!
U to‘zg‘oq kalendar varaqlaridir.
Bog‘ingda bir nihol gullabdi bu kech,
Erta qiyg‘os bo‘lar olma noparmon.
Ilk bahor zahrini o‘yladingmi hech,
Zaminda ne armon, senda ne armon.
Bir vaqtlar ilhomning o‘tli tig‘ida,
Falakni ko‘zlardi mening ham sozim.
Lekin ikki daryo oralig‘ida,
Qolib ketdi mening o‘sha ovozim.
Abdulla Oripov
-
Men endi begona, meni qo’yingiz,
Boqsam ko’zlarimga sig’mas bo’yingiz,
Bir kun o’ldirmasa edi ko’yingiz,
Diydor uchun jonin to’larmi odam?
Guljamol Asqarova
-
Million yillik so‘z erur
Paxta bizning lug‘atda,
Jo‘yaklarda boshlangan
Onalar to‘lg‘oq dardi.
Mabodo o‘simlikka
Zabon bitsa, albatta,
Paxta navi eng avval
O’zbekcha gapirardi.
Abdulla Oripov
-
Ishq yo’linda g’am cheksang,
Hajrinda cho’ksang, cho’ksang.
Ko’z yoshlaring yuzingda
Ravon bo’lar, deydilar.
Guljamol Asqarova
-
Rassom bo‘lishlikka toqatim hech yo‘q,
Chunki zaril bunda g‘alat iste’dod.
Masalan, xo‘tikka o‘xshasin xo‘tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.
Abdulla Oripov
-
Derlar: chin ishq nuramas,
Oshiq qadr so’ramas.
Lekn beqadr dunyongda,
Dilni g’am bosdi, jonim.
Guljamol Asqarova
-
Meni nazariga ilmaydi birov,
Sizga shu gaplarni aytayin tikka.
Kecha bir davrada o‘ynadim garov,
Meni qabul qiling, yozg‘uvchilikka.
Abdulla Oripov
-
Ayvoningiz peshtoqiga qo’nib o’tdik,
Biz sham edik,Siz deb yonib-so’nib o’tdik,
Neki jafo ayladingiz ko’nib o’tdik,
Mendan ko’ngil uzgan yorim omon bo’ling.
Guljamol Asqarova
-
Garchand, ba’zi joyda topdim e’tibor,
Ko‘ksimda nelardir taratur ziyo.
Dashnom eshitdim-u umrimda ko‘p bor,
Qarsak tinglamadim nechundir aslo.
Abdulla Oripov
-
O, nega ketdingiz, beshafqat, beruh,
Hajrga to’ldirib qaroqlarimni.
Mana, bugun hech kim terib bermadi,
Jonimdan to’kilgan titroqlarimni.
O, nega ketdingiz beshafqat, beruh?...
Guljamol Asqarova
-
Hali qay dillarda yashar tangri ham,
Hali afsonalar o‘lib ketmagan.
Hali sof tuyg‘ular topmagan barham,
Inson orzusiga hali yetmagan.
Abdulla Oripov
-
Nega beun, besas bu sevgi,
Vidosiga o’xshab ko’zlarning.
Yoki ayting yoki tark eting,
Otashida qolim ko’zlarning.
Guljamol Asqarova
-
Goho sendan aziz ostingda oting,
Goh bir g‘alamisga bog‘liq hayoting,
Yaxshiyam qatorda bordir bayoting,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.
Abdulla Oripov
-
Zarra hijroni ham yurak yorgudek,
"œKel" desa yetmishta tomiring o’zib,
Xayoldan ham oldin o’zing borgudek,
Bir yor topsak edik jondan kechgulik.
"œBor-ey" deb shu to’rtta yondan kechgulik.
Guljamol Asqarova
-
Ko‘rdik inson fe’lin o‘ru qirini,
Baham ko‘risharlar avval sirini.
So‘ngra nimta qilar biri birini,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz.
Abdulla Oripov
-
Zog`lar orasida sayrar ataylab,
bu bulbul o`ziyam juda g`ajir-da.
Hoy, bulbul,
O`zingga bir oz rahm qil,
bo`lmasmi damingni chiqarmay tursang.
Axir qayta qurish...
bo`lmasmi bir yil
zog`lar orasida zog` kabi yursang...
Shavkat Rahmon
-
Go‘zal bu dunyoga kelib ketmoqlik
Nahotki shuncha jo‘n, shunchalar oson?!
Yulduzlar shivirlar, dillari dog‘lik:
Yo o‘zga sir bormi? Aytgil, qadrdon!
Abdulla Oripov
-
Nedin axir ruhimdagi xavotirlar,
Siz qaydasiz ertakdagi bahodirlar?
Necha yilki, dunyo dilim ma’yus qildi,
Endi baxtdan xushnud kulgali ketsaydim.
Guljamol Asqarova
-
Men ko‘rar endigi bu go‘zal olam,
Sirli u damlarning mavhum soyasi.
Shul sabab qalbimni o‘rtaydi alam,
Shul sabab g‘amimning yo‘q nihoyasi.
Abdulla Oripov
-
Izlaringga to’kildimi,
Marjon-marjon yoshim manim.
Ostonangga qo’yildimi
Shundoq aziz boshim manim.
Guljamol Asqarova
-
Men kichkina uvoqdirman, dunyo tomidan
So‘zlagayman o‘tgan-ketgan shoir nomidan.
Har kim ichgay sho‘r qismatning achchiq jomidan
Lekin degum bu davronning xush ayyomidan,
Bizni pisand qilganlarga ming bora qulluq.
Abdulla Oripov
-
Qachon sizni sevmadim, qachon sog’inmadim dil,
Qachon chashmingizga men abro’ naysondek to’ldim.
Sadolar bermagaysiz, chorlab sog’inmagaysiz,
O‘zim yaratgan ishqning o’zim sadosi bo’ldim.
Guljamol Asqarova
-
Magar kelganda ham qiyomat qoyim,
Yor bo‘lsin yigitga niyati doim.
Tabarruk keksaning gapin eshitdim,
Boshing toshdan bo‘lsin, derdi, iloyim.
Abdulla Oripov
-
Mana qo’limdadir betaft xotira,
Va mana ko’ksimda ishq kukunlari,
Meni bir kun qatl aylasa kerak,
Beqaror, beqadr beishq kunlarim.
Guljamol Asqarova
-
Men-ku, oddiy odam,
Shundoq bo‘lsa ham
Shukr, bas, degancha g‘animlarim bor.
Shart emas ularga ta’rif chinakam,
Biri jununsifat, birovi hushyor.
Abdulla Oripov
-
Rangim somon, azizim,
Bu ne zamon, azizim?
Holim yomon, azizim,
Sizga qolgan kunim bor.
Guljamol Asqarova
-
Ravo ko‘r, yuzingda bir xol bo‘layin,
Ko‘rsat ag‘yoringni, zavol bo‘layin.
Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin,
To‘yingda suv tashib hammol bo‘layin.
Abdulla Oripov
-
Ne g’amlarni ko’rdim-ku,
Alamlarni ko’rdim-ku,
Chikora endi dunning,
Balandu pasti, jonim.
Guljamol Asqarova
-
Meni ma’zur tutgin, muhtaram Inson,
Suvrating chizolmay turibman hayron.
Bir kun fazilating olsam qalamga,
Bir kun qabihliging yoygum olamga.
Abdulla Oripov
-
Ammo qo’lim qani? g'ururga bandi,
Yillar yurak-bag’rim ketdilar tilib.
Qaniydi shu damda munchoqlarimdek,
Yurak-bag’irlarim ketdi sitilib.
Guljamol Asqarova
-
Bir kun ko‘z yoshlaring qog‘ozimdadir,
Bir kun zaharxandang ovozimdadir.
Bir kun o‘tmishingdan faryod solurman,
Bir kun iqbolingdan o‘yga tolurman.
Abdulla Oripov
-
Nodo’st chiqdi bizga bu dunyo,
Yo kech keldik, yo erta keldik.
Kuzgi gulshan gullari kabi
Kech gulladik, erta ekildik.
Guljamol Asqarova
-
Ko‘ngling sovimasin qilar ishingdan,
Hafsalang so‘nmasin hech qachon.
Ma’no topolmaysan o‘z turmushingdan,
Tussiz, zerikarli ko‘rinar jahon.
Abdulla Oripov
-
Nega keta turib sevgi so’radim,
Qarang ishqimizday alvon ko’ylagim.
Qachon ko’ksingizga borib sanchilar
Xanjarga aylanib qolgan yuragim?...
Guljamol Asqarova
-
Men qo‘rqaman Yangi yilga
She’rlar bitmoqdan
Qquvchimga yo‘q narsani
Va’da etmoqdan.
Aytildimi - bajarilsa
Va’da va tilak,
Yo‘qsa, bir yil ko‘zdan yiroq
Yurmoqlik kerak.
Abdulla Oripov
-
Kechir seni asray olmadim,
Balolardan, zimistonlardan.
Hayotingga farishta bo’lib
Kirolmadim, meni kechirgil!
Guljamol Asqarova
-
Lekin riyo bir burchakda
Poylab turadi.
U ham endi kimlarnidir
Yo‘ldan uradi.
Shuhratparast, lo‘ttibozga
O’rin yo‘q sira!
Har birimiz bo‘lajakmiz
Sof va bokira!
Abdulla Oripov
-
Ayriliqning rangida ko’nglim!
Mahzun yana yomg’irlar singgan.
O‘lganimda sariq gullarmas,
Qizil gullar keltiring menga.
Guljamol Asqarovа
-
Aytildimi - bajarilsa
Va’da va tilak,
Yo‘qsa, bir yil ko‘zdan yiroq
Yurmoqlik kerak.
Va’da berib aytamiz biz:
Yo‘qolgay nifoq,
Mehnat qilgan katta-kichik
Bo‘lib ittifoq.
Abdulla Oripov
-
Qo’shim soting o’sha gullarga,
Mening kabi ishqi arzonni.
Axir meni yoqqan sevgingiz,
Bu bir gulning umrichalikmas.
Guljamol Asqarova
-
So‘ng yil bo‘yi begonadir
Kimlarga diydor.
Yangi yil-chi, barchasiga
Qaragay kulib,
Kela berar, keta berar
Ishonchga to‘lib.
Qarimayman, mangu yoshman
Deganning, biroq,
Qasamiga bovar qilmas,
Solmagay quloq,
Undaylarning ko‘zin jindek
Yoshlab o‘tar u,
Sochlariga bir tola oq
Tashlab o‘tar u.
Abdulla Oripov
-
Umidlandim, ko’p umidlandim:
Manglayda baxt dastxati bordir.
Sendan ayrildim-ku bunda ham
Xudoyimning hikmati bordir.
Guljamol Asqarova
-
Rosa pardoz qildi tabiat to‘lib,
To oydin ranglari tortguncha xira.
Barcha rang ustidan qo‘riqchi qilib
Qora Otelloni yaratdi so‘ngra.
Abdulla Oripov
-
...Ana ko’nglim poyingga tushdi-
Yaproqlari uzilgan bir gul.
Tangrim!
Ketay menga topib ber,
Turnalarning yo’liday bir yo’l.
Guljamol Asqarova
-
Lekin ogoh etay seni bir sirdan,
Balki, tanish senga bu holning foli.
Ayt-chi, qay ahvolga tusharding, birdan
Yelkangda o‘rmalab qolsa chumoli.
Abdulla Oripov
-
Ismlarin aytasiz takror,
Nilufargul...Dilbar... Barnogul...
Poyingizda to’kilaverar,
Har ismdan qon bo’lgan ko’ngil.
Guljamol Asqarova
-
Lekin o‘rtadagi umr-chi, umr...
O’chmas tamg‘a bo‘lib qolgay to abad.
Balki yog‘ar unga rahmat degan nur,
Balki ko‘mar uni malomat, nafrat.
Abdulla Oripov
-
Tig’lar zanglar ko’ksimda,
G'ubor, changlar ko’ksimda,
Mudom janglar ko’ksimda,
Sizga qolgan kunim bor.
Guljamol Asqarova
-
Ranjima toleing kulmasa agar,
Inson borin ko‘rar, o‘lmasa agar.
Shoir ham ijoddan qolmagay aslo,
Nogoh paymonasi to‘lmasa agar.
Abdulla Oripov
-
Ruhim bor nur, ziyoda,
Bugun qayg’um ziyoda.
Hech narsam yo’q dunyoda,
Sizga qolgan kunim bor.
Guljamol Asqarova
-
Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
Abdulla Oripov
-
Men dunyoni ishqim bilan zabt etsaydim,
Oshiqlarning oyoq gardiga yetsaydim.
Dunyosiga xayr-hushlar aytib keyin
Tuproq bilan oshno bo’lgali ketsaydim.
Guljamol Asqarova
-
Magar bo‘ri ekan odamga odam,
Bir-birin boshini yegay damodam
Haqiqat yo‘q joyda yashnagay yolg‘on,
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh.
Abdulla Oripov
-
Har kim muhabbatga har yo’ldan borar,
Kim arqondan borar, kim qildan borar.
Ishqni o’yin bilgan yigit ko’rdimu,
Ishq deb yig’lamagan qizni topmadim.
Guljamol Asqarova
-
Majruh boladan to munkillagan chol,
Labbayka, Alloh, deb qilar iltijo.
Kimdir tashnalikdan ingraydi behol,
Kimningdir hayoti shul yerda ado.
Abdulla Oripov
-
Oydek poyloqchiman-ku,
Joningga soqchiman-ku,
Sen deb o’lmoqchiman-ku,
Nega sevmaysan meni?
Guljamol Asqarova
-
Ibodat Majnunning navbati edi,
U ham oshkor etdi ko‘ngil maylini.
Ka’baga bosh urib turarkan, dedi:
Men sendan so‘rayman faqat Laylini.
Abdulla Oripov
-
Izingizdan haydamang, o’zingizdan haydangiz,
O‘zim yaratgan ishqning o’zim gadosi bo’ldim,
O‘zim xatosi bo’ldim,
O‘zim adosi bo’ldim,
O‘zim gadosi bo’ldim.
Guljamol Asqarova
-
Mening ham tilagim ol inobatga,
Qovushtir orzular olami bilan.
Rasululloh demish: Kishi jannatga
Kirgaydir sevikli odami bilan.
Abdulla Oripov
-
Netay yorim gul bilan gul topishmadim,
Taqdir ekan: yo’l bilan yo’l topishmadi,
Azal shundoq: o’ng so’l bilan topishmadi,
Mendan ko’ngil uzgan yorim omon bo’ling.
Guljamol Asqarova
-
Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda,
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda
Tepamda egilajak o‘z tug‘im - bayrog‘im bor!
Abdulla Oripov
-
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.
Xayrulla Hamidov
-
Garchi kamim yo‘qdir molu dunyodan,
Oshyoni omonat qushman aslida.
Yiroqman yurt degan mehrigiyodan,
G‘aribman umrimning qaynoq faslida.
Abdulla Oripov
-
Alvido,
Yolg'iz bir Egam bor issiq jonimga,
Manimday yarim jon, ko'ngli adoga.
Men ketsam, ketarman Mehribonimga-
Suydirgan, kuydirgan Qodir Hudoga...
Oydin Hojieva
-
Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun,
Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan
O’g‘illari uchun, qizlari uchun...
Xayrulla Hamidov
PS. Ehhe, bahri-bayt Shoir va Faridaning munozarai mushoirasiga aylanibdi-ku! :)
-
Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga,
Hayqirmoq soati keldi hammaga:
Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas,
Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas.
Ovozi boricha hayqirmoq kerak,
Haqning kalomiga chaqirmoq kerak:
Ogohlantirish kerak bu avom halqni,
To qadriga yetsin muqaddas Sharqni.
Hayrulla Hamidov
-
Ishqi jonimdan o’tganning hajri jonimdan o’tmasmi?
Hajri jonimdan o’tganning vasli yonimdan o’tmasmi?
Nechun bu ayriliqlar deb manga iddaolar qilmang,
Ishqi komimga yetganlar, hajr to’fonimdan o’tmasmi?
Guljamol Asqarova
-
Ilohi, har kimga bersinu to‘zim,
But bo‘lsin Vatanning metin qo‘rg‘oni.
Sizni qo‘llab turar O’zbegim - o‘zim,
Va, yurtning posboni - jasur o‘g‘loni!
Abdulla Oripov
-
Ishqimizga qachon yetdi kuz,
Qahratonning sovuq qo’liday.
Meni eslab qon-qon yig’laysiz,
Yuragimning atirguliday.
Guljamol Asqarova
-
Yoy o‘qi kamondan qochadi yiroq.
Tog‘lardan qochadi daryo va buloq.
Bulutlar bag‘ridan qochadi yomg‘ir,
Sukunatdan qochib shamollar sang‘ir.
Abdulla Oripov
-
"Rosululloh, siz zaminda yotibsiz!"
Deya kirgan Madinaga ulovsiz
Molik o‘tdi so‘nggi onda qarovsiz...
Payg‘ambarlar merosxo‘ri - olimlar!
Xayrulla Hamidov
-
Rahmdil Insonsiz, bag‘ri keng Rasul,
Barchaga yaxshilik tilaysiz nuqul,
Lekin kufr bilan kimlardir mashg‘ul
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, yo Ahmad.
Abdulla Oripov
-
Dil berganlar xor bo’ladi til bilganlar diyorinda,
Gul berganlar kul oladi yo’l bilganlar diyorinda.
Ma’yus o’ldim, mustar o’ldim, anda jonim, bunda jonim,
Sevilmagan kun ko’rarmi sevilganlar diyorinda...
Guljamol Asqarova
-
Arofat tog‘ining etaklarida
Ko‘rdim qiyomatning alomatlarin.
Hamma bir xil libos - ehrom sarida,
Qaytadan varaqlar umr daftarin.
Abdulla Oripov
-
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to’lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.
Guljamol Asqarova
-
Chinor bo‘lib ildiz oting, qoya bo‘lib tiklangiz qad,
Ulug‘-ulug‘ ajdodlarning xavotiri Sizdan behad.
Soyangizda panoh topsin horib tolgan qondoshingiz,
Unutmangki, bul chamanda har bir yaproq jondoshingiz.
Abdulla Oripov
-
Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!
Xayrulla Hamidov
-
Nazaringiz tushar avval zebi-ziynat dasturxonga,
Hanuz ta’zim qilmoqdasiz mol-dunyosi bor insonga.
Bo‘y-bastini ko‘rsatguvchi urfoni zo‘r millat qani,
Sizning uchun obro‘ - oltin, arzongarov shuhrat - ma’ni.
Yuragida javhari bor kimsalarni ko‘rmagaysiz,
Karnayi yo‘q bechoraning to‘yiga yo‘l burmagaysiz.
Har qadamga xushomadni o‘z o‘rniga qo‘yolsaydim,
Peshvolarning poylariga haftada qo‘y so‘yolsaydim.
Abdulla Oripov
-
Men ishq kutdim, iltifot emas,
Gulim yuvdim so’ng qonim bilan.
Endi sizni chorlarmikanman
Qirq yoshimda qirq jonim bilan?
Guljamol Asqarova
-
Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.
Abdulla Oripov
-
Nima bo’ldi, nimalar bo’ldi,
Ikki yonga ketdik ayrilib.
Ketarkanman qaragim keldi,
So’ng bora ortimga qayrilib.
Guljamol Asqarova
-
Bog‘imda mushuklar qoldirgan edim,
Daydib ketibdilar bechoralarim.
Barglarin to‘kmoqda daraxtlar qadim,
U bilan to‘kilar ezgu dardlarim.
Abdulla Oripov
-
Ma’yuslanib qolasiz, nogoh,
Nafratmidir ko’ksimda o’sgan?
Zor bo’lasiz bir kun, baribir,
Jannatlarda topilmas qisga.
Guljamol Asqarova
-
Arg‘uvon gullardi bu yerda abad,
Bu yerda kuylardi azal bulbullar.
Qushlarim, siz bizni tark etmang minut
Tag‘in ochilingiz bizning ey, gullar.
Sira ko‘z tegmasin qizg‘in ulfatga,
Qishda ham yashnaylik samoviy oydek.
Sizni taklif etar she’riy suhbatga
Mirtemir, Shayxzoda, albatta, Oybek.
Abdulla Oripov
-
Kimdan xato o’tdi-bilmadim,
Siz hanuz jim, men hamon jimman.
Qahratonli bir sovuq kunda,
Xudo bir o’t olar ko’ksimdan.
Guljamol Asqarova
-
Nahot o‘tgan umr butkul havoyi,
Nahot ko‘rganlarin barchasi sarob.
Nahot yetmish to‘rt yil sig‘ingan joyi
Manfur manzil bo‘lsa, jirkanch va xarob.
Abdulla Oripov
-
Bir hikmatni angladim, yetdim,
Bejizga hech kirmamish tikan.
Topganim bu — yo’qotganimdir,
Yo’qotganim topganim ekan.
Guljamol Asqarova
-
Necha ming musulmon tunu kun bedor,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Barchasin murodi ilohiy diydor,
Sajdaga har biri har zum shaylanar.
Olam ummon bo‘lsa - girdobi shu joy
Olam osmon bo‘lsa - mehvari bunda.
Milyard martabali jahon, hoynahoy,
Kemadek qalqadi bitta to‘lqinda.
Abdulla Oripov
-
Alanga chaqnaydi ko'zimda,
O'tlar meni tashladi tilib.
Sevgi, sevgi mening bo'g'zimda,
Kalimaga kelmaydi tilim.
Shunday ajib tushlar koribman,
Tushlarimda uni ko'rdim men.
Shunday ajib tushlar ko'ribman,
Huzurida yonib turdim men.
Rauf Parfi
-
Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar,
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni.
Abdulla Oripov
-
Ishqing deb misoli, baloyi-ofat.
O’chimni bir kuni olishlarim bor.
Mendan o’zingni qo’yvording ustun.
Qalbimga sevgimas, to’ldirding tutun.
Armonim, baxtimni ko’rmog’ing butun
Chamanda gul misol, yonishlarim bor.
Dedingki ishqimda o’tsa telbona
Yengdim tahqirlashing kulib, mardona.
Mening tegramda ham, kimdur parvona
Yoningdan g’oz yurib qolishlarim bor.
O’chimni bir kuni olishlarim bor.
Bevafo"¦ ishqimdan tonishlarim bor.
Dilfuza Hotamova
-
Ruhlar mozoridan o'tayotgandim,
Qulog'imga bir ingroq indi.
Soqiy yuragimning qonkosasiga,
To'ldirib hayratning mayini sundi.
Qayrildim,
Qaradim,
Jon talash yotgan,
Ruhning o'limini tomosho qildim.
O, qanday chiroyli o'larkan ular.
islom Hamro
-
Ramazonning ravshan kunlari o'tdi,
Laylatul Qadrday tunlari o'tdi.
Duolar ijobat bo'ldimi, yo yo'q,
Ko'ngilning iltijo unlari o'tdi.
Sahar sajda qildim peshonamda - nur,
Oqshom tilga kirdim, ostinamda - nur.
Hayol urchuqlari ko'xi Kofgacha,
Zumda borib kelgan afsonamda - nur.
Ayo, tarozungda qay sanoq og'ir:
Savobu gunohmi, sabru to'zimmi?
Afu et, panohim, men lolu basir
Ellik yil ahtarib topdim o'zimni.
Oydin Hojieva
-
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
(Muhammad Yusuf)
-
Aytayin ishqimni dostonim tinglang, do`stlar,
Bu ko`ngil asrorini ko`ngildan anglang, do`stlar.
Ishq to`ldirdi hayotim mazmunin yog`du bilan
Ham umr gulzoriga baxsh etdi ishq rang, do`stlar.
-
Insonlarga mehridan ato qilar harorat,
Mehrli nigohlari paydo qilar jasorat.
Sevgisida mujassam mehnat ila matonat,
Hayot sinovlarida mehri beradi toqat,
Baxt nurini yog`dirar onalar muhabbati.
-
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
iqbol Mirzo
-
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Abdulla Oripov!
-
Muhabbat... Har dilga oshno topilgay,
Muhabbatla dilga o`tlar yoqilgay,
Kimki agar sevsa chin dildan yorin
Ul oshiq ham so`zsiz, mangu sevilgay.
Sevgi dilni pora-pora qilarmish
Oshiqlar telba, majnun bo`larmish.
Pari-paykar boqsa noz-la vo darig`
Yuragingga ishq otashin solarmish
Sirojiddin Qobilov
-
She'rim, yana o'zing yaxshisan,
Boqqa kirsang gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan tanda.
Usmon Nosir.
-
Alamim tog‘cha bor, mayda dard emas,
Garchi qasd olmagan yigit - mard emas,
Lekin Xudoyimga yordam shart emas,
Barini Xudoga soldim-da qo‘ydim.
Iqbol Mirzo
-
Menga o'xshab ketayaptimi?
Men - keraksiz-keragingizga.
O'zni qanday ataysiz baxtli-
Bir qiz yig'lar yuragingizda.
-
Muhabbat-la keldim dunyoga,
Muhabbat-la yashayman mangu.
Muhabbatim muhrlab qalbga,
Muhabbat-la o'larman bir kun.
-
Nega she’r yozmayin, etmayin ijod?!
Nega qalbimdagin sochib to‘kmayin?!
Axir shu yosh yurak etganda faryod,
Satr kelaverar yozganim sayin.
Ijodim — ishonchim — sirim ishongan,
Hayotga umidim, ham toju taxtim.
Yoshlik sururini in’om etolgan,
Hech qachon tark etmas yagona baxtim.
Mas'ud
-
Nakim ko`rdim jahon ichra, na soniydur-la san`atsiz,
Na bir ag`yoru-ashyobi,na ashyodurki qudratsiz.
Ki ul mahbubi ra`noni,na mavjidin inoyatsiz,
Kima davlat qushi qo`nsa,uchar har yona qanotsiz.
-
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To’ydim-ku!
-
Rad etma meni sen iltimos
SHu azob uqubat menga kammidi.
O'z sevgimni tutkazib o'zgaga ,
Endi alamga botgan Garibingman
Sevmading sen, dilabgorim
Dilimga cho‘kdi qo‘rg‘oshin.
Ko‘zimdan toshdi ko‘zyoshim,
G‘amkash buloq sevmish mani.
Sevmading san, etolmasdan
Sanga termuldim olisdan.
Haddan ziyoda yolg‘izman,
Netay, tuproq sevmish mani.
Sevmading san. Ay, yuragim!
Xazon tushgan may — yuragim.
Qandoq ovutay, yuragim,
Keksa yaproq sevmish mani.
Sevmading san, atirgulim,
Sevgi asli nadir, gulim?
U singan ignadir, gulim,
Singan chaqmoq sevmish mani.
Sevmading san! Sevmading san!
Har odimda xatar bergan,
Har yutimda zahar bergan,
Suyganiga dardlar bergan,
Tangri ko‘proq sevmish mani
-
Irodamdan qilaman nafrat
Nima qilay? Unutolmayman,
Gunohim ko‘pmidi shunchalar,
Mahkummanmi, hijronga abad?
Nima qilay? Unutolmayman,
Yetolmayman manziling yiroq.
Taqdirga tan bera qolmayman,
Bu qanday kuch? Bilmayman biroq.
Nima qilay? Unutolmasam,
Hasratlarni qilolmasam bas.
Axir qanday unitib yashay,
Yoding bilan olaman nafas,
Yurak seni so‘rar xar nafas.
-
Sizsiz yashamoqlik ko'p dushvor, o'lim,
Qalbingizni nogoh tirnab qo'ydimmi?
Garchand, ishq-hayotdir, gohida zolim,
O'zimni pichoqsiz o'zim so'ydimmi?
Suyaksiz til derlar, avf eting jonim,
O'ylamay aytilgan bitta so'zimni.
Yo'qsa kuyib ketar qalb-honumonim,
Sizga insof bersin, menga to'zimni.
Yomon so'z aytmadim, aytganim aytay,
Sizdan o'rganganim edi-ku so'zlar.
Sevgimiz hurmati qalbga men qaytay,
Yo'qsa yolg'izlikdan bu yurak bo'zlar.
Toptang, haqoratlang, roziman yorim,
Shu bilan humordan chiqsangiz shodman,
Sizsiz hayot yo'qdir, siz yo'g'u borim,
Sizsiz qalbi kemtik, bahtsiz noshodman.
Faqat ketmang jonim, meni yig'latib,
Qalbim ko'zgusini sindirib chil-chil.
Olib keting meni, qo'ymang bo'zlatib.
Sizsiz yashamoqlik o'lim-ku ahir!
-
Muhabbat
Rahmi yo'q dunyoda yashagim kelmas
Hayotda alamga, hasratga to’lib
Taqdiri azaldan hech ko’ngil to’lmas
Vujudim hijronda yonar cho’g’ bo’lib
Sevgi vafo qilmas deganlari rost
Oshiqni firoq-la qiladi abgor
Muhabbatdan qalblarga to’lar ehtiros
Lekin u misoli lahzalik g’ubor
(18.05.04)
AbdulAziz: Bahri bayt shartiga ko'ra siz oldingi ihtirokchi she'rining oxirgi harfiga she'r boshlashingiz kerak.
Shuning uchun she'ringizning birinchi so'zini o'zgartirdim.
-
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing -
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Muhammad Yusuf.
-
Yo qoshingdin necha bir o'q ko'z tutay,
Otki, o'trusiga oning ko'z tutay.
Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshi,
Yangi oy ko'rgan kishidek ko'z tutay.
Alisher Navoiy.
-
Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni g'urbatda kishi.
Ko'nglum g'aribliqta shod o'lmadi hech,
G'urbatda sevunmas emish, albatta, kishi.
Zahriddin Muhammad Bobur.
-
Ilohim bilar mening kuyganim
Goh zolimga kunim qoladi
Dunyolardan ko'nglim qoladi
Nargiz kutib dilim toladi
-
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi
Zulfiya.
-
Yuragim qonidan yuz xona vayron,
Uvvos tortuvimdan qo'rqinch yuz chandon,
Har bir kiprigimda qon daryosi bor,
Kipriklar yumulsa boshlanur to'fon.
Umar Xayyom.
-
Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli,
Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun ko‘rding ohu misoli,
Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek.
Dili qonga to‘lib, ko‘zlari — yoshga,
Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
«Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa"¦»
Bolangga bog‘lidir o‘ylaring, o‘zbek.
Iqbol Mirzo
-
Kishi aybing desa, dam urmag'ilki, ul erur ko'zgu,
Chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?!
Alisher Navoiy.
-
Umringning eng go`zal hush lahzalarin
Og`rinib ichimga yutib yashayman
Sog`inchim sochimga insa ham qirov
Men sabrim kosasin tutaveraman.
Sabrim yetgunicha, yetguncha umrim,
O`shal tasodifni kutaveraman.
Rasul Hamzat
-
Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.
Mirzo Kenjabek.
-
Bu dunyo- ruhimning azobi
Ezgulik- umrimning savobi.
Qo`y, endi yig`lama ko`ngiljon,
Bor, axir, barchasin hisobi.
Qo`lni ber, pok joyga ketamiz.
Yomoni yo`q joyga ketamiz.
Behzod Fazliddin
-
Za'far yurtga nur to'kar oqshom,
Bog`da gullar javlon urgan payt,
Kel, jonginam , qo'shiq ayt, Hayyom-
Kuylab o'tgan qo'shiqlardan ayt
Bog'da gullar javlon urgan payt.
Erkin Vohidov.
-
Titrab ketajakman bir nafas olsam
Orom ol, oromingni buzmasman
Xalos qil, sen meni avval o`zimdan
Jami gunohlarning sababkori man.
Tutdek to`kilaman hozir qarshingda,
G`uborsiz nigohing menga qadasang
Uyg`onma, hozircha, orom ol
-
Labimdagi kulgularni quzg`unlar yulib ketdi,
men hasrtada kuyunsam odamlar kulib ketdi.
Bag`rimga bosganimda bagrimni tilib ketdi
Endi meni o`ldirsa darding o`ldirsin Alloh.
Shamshir.
-
Hech kimga u seni ishonmas edi
Chaqnardi rashkidan bag`rida chaqmoq
Jonin o`z yog`ida qovurib yedi
Endi diydoriga mushtoqsan mushtoq
U ketdi...
Qaytmaydi hech qachon, sanam
Qaldiroq o`rnida yangrar mungli nay
Otashin ishq ila shubhalarni ham
O`zi bilan olib ketdi butunlay
Orif Odilxonov
-
Yaqin nima?
Yaqin qiyomat.
Yaqinroq-chi?
O’limdir albat.
Ajab nima?
Tug’ilgan go’dak.
Ajabliroq?
Foniyni sevmoq.
Shirin nima?
Farzand, arjumand.
Shirinroq-chi?
Tanda issiq jon.
Mehribon kim?
Otam, volidam.
Mehribonroq?
Yaratgan Egam.
Go’zal nima?
Odamzot shakli.
Go’zalroq-chi?
Allohning vasli.
-
Inson afzal bo’lolmas mol-davlati-la,
Inson afzal bo’lolmas irq-millati-la.
Allohning nazdida farq qilur inson
Qalbning pokligiyu taqvosi ila.
Ismoil Abdulloh
-
Allohning sevgan quli,
Va tanlagan Rasuli,
Yo'li - haqiqat yo'li,
Haq payg'ambar Muhammad.
Fozil Zohid.
-
Diydoringdan ko'zlarimga surma sursam,
Hijron g'ishti,ko'z qoni-la ko'shklar qursam.
Mashrab kabi mahshargohda ohlar ursam,
Qiyomat kun diydoringni ko'rarmanmu?(Robiya Turob qizi)
-
Mening ko'nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o'lsa, ochilmog'i ne imkondur.
Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam,
Ko'zumga o'qdurur sarvu ko'ngulga g'uncha paykondur.
Bahoru bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning,
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati savri xirmondur.
Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor,
Firoqi shiddatidin yo'qsa jon bermaklik osondur.
Boshidin evrulur armon birla o'ldum, ey Bobur,
Mening na'shimni bori ul pari ko'yidin aylondur.
Zahriddin Muhammad Bobur.
-
Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
Abdulla Oripov.
-
Men bir ajib holda keldim,
Kimsa holim bilmas mening.
Men so'ylayman, men tinglayman
Kimsa tilim bilmas mening.
Mening tilim qush tilidur,
Mening qo'lim Do'st qo'lidur,
Men bulbulman, Do'st gulimdur,
Biling, gulim so'lmas mening.
Ul Do'st menga kelsin demish,
Sundim qadah, olsin demish,
Oldim qadah ichdim sharob,
Endi ko'nglim o'lmas mening.
Ne Turim bor, ne turorim,
Hech yerda yo'qdir qarorim,
Haqqa munojot qilmoqqa
Tayin yerim bo'lmas mening.
So'r, turganim yerni mendan,
Ko'rsaturman, kelsang, senga.
Bir zarracha hakdan ayru
Ko'zim hech ne ko'rmas mening.
Tur tog'ida bir tajalliy
Boq, Musoni nelar qildi!
Yunus aytar: Haq nazdida
So'zim yerda qolmas mening!..
Mirzo Kenjabek.
-
Gunohim ko‘pmidi shunchalar,
Mahkummanmi, hijronga abad?
Nima qilay? Unutolmayman,
Yetolmayman manziling yiroq.
Taqdirga tan bera qolmayman,
Bu qanday kuch? Bilmayman biroq.
-
Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh
Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar.
Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh,
Munis tabassumu ma’yus qarashlar.
Hech kimni hayratga solmas hech qachon
Mening yoningizda yo‘g‘im yo borim.
Yo falak, shuncha yil kezibman sarson
Sizni uchratguncha, erka dilbarim...
Abdulla Oripov.
-
Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Iqbol Mirzo
-
Zumurrad tonglarim senga armug'on,
Quyoshni puf-puflab tutib edimmi?
Uchqur xayollarim bo'lsin arg'umoq,
Uchib kel, uchib kel, uchib... dedimmi?
Iqbol Mirzo.
-
Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!
Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo'lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!
Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo'min bo'lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!
Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..
Mirzo Kenjabek.
-
Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.
Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.
Sherali Jo'rayev.
B-Boy:milanelly, iltimos qoidaga amal qilib post qoldiring. sizni postizni o'zgartirishga majbur bo'ldim.
-
Marhabo, ey payki sulton, marhabo,
Hudhuki mulki Sulton, marhabo.
Tal`ating farrux, muborak maqdaming
Qildi kulbamni guliston, marhabo.
Xo`b kelding, yaxshi keltirding xabar,
Aylading dardimga darmon, marhabo.
Nodira
-
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Arsh arkida sulton o'zi,
Beaybu benuqson o'zi.
Poyiga cho'k, ul Zuljalol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Nahri zilol, bag'ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Shoir tilak-ta’bim o'shal,
Ruhim o'shal, Rabbim o'shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal!
Muhammad Yusuf.
-
Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg`ula zoriga solganda quloq.
O`zni zaif, chanqoq sezganda goho
Alamdan beraman, javobsiz so`roq?
Tirik ekan nega tashlab ketmading,
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog`i tortmadi seni,
Edi nigohingha bor jannat ochiq.
Seni maftun etib bir yer go`zali
Nega meni tashlab ketavermading,
Tirik ayrilishning dog`I og`irmish,
Xo`rlik kemirarmish umrni chaynab"¦
Shohista Nortojiyeva
-
Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.
Mirzo Kenjabek.
-
Rivoyatni ko'rub Haq-la, so'zlashtim men,
Yuz ming turluk maloyikg'a yuzlashtim men,
Ul sababdin Haqni so'zlab, izlashtim men,
Jonu dilim anga fido qildim mano.
Ahmad Yassaviy.
-
Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.
Lutfiy.
-
Ishq vodisidin bir kecha men "œhay-ha"lab o’ttum,
Monandi nayiston gulig’a o’t qalab o’ttum.
Ofoqni bir lahzada kezdim, na ajabdur,
Mino tog’idin akkasifat hakkalab o’ttum.
Ottim fashi-dostorini devonalig’ aylab,
Parvonasifat jonimi o’tqa qalab o’ttum.
Bildimki, vafosi yo’q ekan ushbu jahonni,
Mardona bo’lub, balki, etak siltalab o’ttum.
Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
"œBorg’il nari!" deb (ketig’a) bir shattalab o’ttum.
Bildimki oni, dushmani makkorayi ayyor,
"œLo" tirnog’I birla yuzini tirmalab o’ttum.
Mardoni xudo dediki: "œDunyo mayi achchig’",
Achchig’ligini bilmak uchun bir yalab o’ttum.
Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni,
Tanho qilichi birla urub, qiymalab o’ttum.
Xomush pichog’in har dam oning bo’g’ziga qo’ydum,
Cho’g’ nayzasi birla ko’zini nayzalabb o’ttum.
Devonayi Mashrab, bu so’zung dardga davodur,
Oshiq elining ko’nglig’a bir o’t qalab o’ttum.
Boborahim Mashrab.
-
Mayli, yoqmaganim, mayli yoqqanim,
Mayli, xoh do`st bo`lsin, mayli xoh g`anim.
Dilida dard borki, boshida g`avg`o,
Taniganlarim-u, tanimaganim,
Men bugun barini bir-bir qucharman,
Yuragi suyuklar uchun icharman!..
Muhammad Yusuf
-
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar,
Hijron muncha bo'lmasa uzoq,
Meni o'yla, sog'inib o'yla,
Yo'lg'iz meni o'yla intizor,
Muncha g'amgin bo'lmasa o'ylar.
Rauf Parfi.
-
Ma'no o'qi ko'zimdan,
Men yonib muhabbatda
Gar adashsam so'zimdan,
Qoshingda xijolatda.
Ma'no o'qi ko'zimdan.
Sen jabrga ustasan,
Ammo men ortiq mohir.
Sevaman va istasam
Tark etmoqqa ham qodir.
Men-muhabbat, men-sitam.
Changal yasab boshimda,
Seni olib qolg'ayman.
G'amgin bir qaroshimda
O'z nahrimga solg'ayman,
Suzarsan ko'z yoshimda...
Rauf Parfi.
-
Aytolmadim bu sirni oshkor,
Avvalari pinhon tutardim.
Rostin aytsam takror va takror,
Faqat sizni, sizni kutardim....
Yulduzlardan sizni so’rardim!
Qarolmasdim o’zgaga aslo.
Sizdan jonim ayamasam ham,
Ko’ngliz kimda bilmasdim ammo..
-
Og'ir tun, qurir tinka,
Qanday izg'irin kecha.
Bu yomg'ir tinar qachon,
Yerga botadi tovon,
Loy yopishar etikka.
Lekin hamon kutasan
U tanish tol ostida.
Arazing bo'lar tamom,
Qari to'nka ustida
O'ltiramiz yonma-yon.
His va xayol kechasi,
Haroratli bir sovuq.
Gulxan yoqaman va sen,
Obbo, tamaki ham yo'q,
Meni asta quchasan.
Yomg'ir qorga aylanar,
Ko'zingda kular alam.
Ohista bosh aylanar,
Qayga qochib borar g'am?
Qanday go'zal bu olam?!
Rauf Parfi.
-
Men Begim deganman, sizni degayman!
Zolim ekannigiz fosh etmang Begim
Yetar yuragimni gash qilmang Begim
O`tinib so`rayman rashk qilmang Begim
Bilasiz, boshqaga yotman, o`gayman
Men sizni degan man, sizni degayman
Sogi`nchdan sargayib kunim o`tadi
Aslo kiprik qoqmay tunim o`tadi
Bir yurakda ikki sevgi netadi
Bilasiz, boshqaga yotman, o`gayman
Men sizni deganman Sizni degayman
Aldamchi dunyoga k`onmoq yaxshimi
O`zgalar dardida yonmoq yaxshimi
Aytingchi sevgidan tonmoq yaxshimi
Pok sevgi qoshida boshim eggayman
Men sizni deganman, sizni degayman
Tinglang bir narsadan ogoh etgayman
Ko`zim yo`lingizga nigoh qadayman
Gar gumon qilsangiz, qanday chidayman
Bilasiz, o`zgaga yotman, o`gayman
Men sizni deganman, sizni degayman
-
Nomim bo'lsa qalbingda agar,
Otib tashla, mayli, tuproqqa.
...Har kuni o't shu yo'lni toptab,
Nomim bo'lsa qalbingda agar.
Omon Matjon.
-
Agar-chi tashnasan, bir kosa suv bas,
Qilmag’il daryoni yutmoqni havas.
Fozil Zohid.
-
Zohid, senga - hur, manga - jonona kerak,
Jannat - sanga bo'lsun, manga - mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo'lsa to'la yona kerak.
Alisher Navoiy.
-
Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin-ayog'ing yaxshi.
Alisher Navoiy.
-
Ishqing o'tig'a kuygoli keldim,
Oydek yuzungni ko'rgoli keldim.
Savdoi zulfing tushdi boshimg'a,
Sendin savollar so'rgoli keldim.
Bahringga kirdim g'avvos bo'lay deb,
Bir durri maqsud olgoli keldim.
Mani so'rasang, ey gul'uzorim,
Mahvi jamoling bo'lg'oli keldim.
Qofila ketti,manzilga etti,
Men ham boray deb ketgoli keldim.
Soqiy, qadahni qilg'il muhayyo,
Vahdat mayidin ichgoli keldim.
Rahmat eshigin Mashrabga ochg'il,
Ishqing ko'yida o'lgoli keldim.
Boborahim Mashrab.
-
Muborak ayyomning tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga to’lganda borliq,
Xushbo’y tabiatning yetti rangidan,
Osmon gardishida qolganda yorliq,
Eng porloq tuyg’ular tilayman senga,
Eng shirin orzular tilayman senga!
Mirzo Kenjabek.
-
Ayt, nechun oshiq mudom dildan judo?
Yorining zulfini deb bo'lg'ay ado.
Jo erur oshiq dili rubob aro,
Pardasida yoshirun munglig' sado.
Jaloliddin Rumiy.
-
Olma sardaftari ishqning imlosi,
Yoshlik qasidasin jilva ziyosi.
Ey, ishq olamidan xabarsiz, bilg'il,
Ishq emasmi asli hayot ma'nosi.
Umar Xayyom.
-
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.
Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.
Umrni etmayin isrof
O‘zing ro‘za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.
Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.
Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so‘z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur
Agar juftihalol birla
Ko‘ngilxushlik qilar bo‘lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.
Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.
Sevib Mirzo aziz do‘stlar,
Ko‘nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.
Mirzo Kenjabek
-
Ruhim bor nur, ziyoda,
Bugun qayg‘um ziyoda.
Hech narsam yo‘q dunyoda
Sizga qolgan kunim bor.
Guljamol Asqarova.
-
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.
Xayrulla Hamidov.
-
Gar falak o'ltursa yuz qatla meni,hech bok emas,
Bu o'lumdurkim,o'ladurmen nigorimdin yiroq.
Ketmagay o'lsam Atoiydek bo'yung sarvi uchun,
To qiyomat sayayi rahmat mozorimdin yiroq.
Atoiy
-
Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, xayoning ko‘chasin toptab
Xatto mayin bo‘lib so‘zlamay qo‘ymish.
Xayrulla Hamidov.
-
Shayx Shibliy oshiq bo'lub bilmay o'tti,
Shayx Boyazid yetmish yo'li o'zin sotti,
Bu dunyoni izzatlarin tashlab otti,
O'tgan ishqqa nadomat deb afg'on qilur.
Ahmad Yassaviy.
-
"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar.
Xayrulla Hamidov.
-
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Ahmad Yassaviy.
-
"Allohdan boshqa iloh
Yo‘q!" degan ovoz bilan
Qulog‘i ochilganda
Chaqaloq kulgan ekan.
Xayrulla Hamidov.
-
Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
"œFano filloh" maqomig’a oshtim mano.
Ahmad Yassaviy.
-
Oyoqqa turib oxir
Ko‘cha xatlagan kuni
Bobosining ko‘zida
Ko‘rsang edi orzuni...
Xayrulla Hamidov.
-
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor
Ahmad Yassaviy.
-
Ruhim, bunday ketmaklik og'ir,
Meni yechib tashia, shoshil, bo'l.
Cho'ksang baland ko'kka cho'k, axir,
O'lsang yulduz bo'g'izida o'l!
Qutlibeka Rahimboyeva
-
La'li jonbaxshindin ayru obi hayvonni netay?
Hardam ar yuz jon berur, jononasiz jonni netay?
Gar emas manzur yuzing, huru g'ilmonni netay?
Gulshani ko'yungdin ayru bog'i rizvonni netay?
Boshima gar gul sochar, sensiz gul afshonni netay?
Husayniy.
-
Yuragim qonidan yuz xona vayron,
Uvvos tortuvimdan qo'rqinch yuz chandon,
Har bir kiprigimda qon daryosi bor,
Kipriklar yumulsa boshlanur to'fon.
Umar Xayyom.
-
Nurga qoldirmaysan yurakda o‘rin,
O‘zingni shoh bilib, o‘zni o‘ylaysan,
Aslo uzolmaysan Iblisning to‘rin,
Qobildek Hobilni qonga bo‘yaysan.
Nafsing ajdahosi katta og‘izlik,
Ko‘ksingda yuraging qattiqdir toshdan.
Ilondan ilonga yetmas yovuzlik —
Kim bo‘lding Yusufni quduqqa tashlab?!
Baxtiyor Genjamurod.
-
Bormi ekin hech nima olamda hijrondin yamon,
Har nenikim ondin yamonroqdur, budur ondin yamon.
Zahriddin Muhammad Bobur.
-
Nеga kеrak edi shu chiroy, shu o't,
Shu yoniq yulduzni ko'zga yashirmoq?
Nеga lablaringdan husn oldi yoqut,
Nеga siynang bo'ldi qor tog'iday oq?
Hamid Olimjon.
-
Qalb bo’lganda yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz...
Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni axtarib,
Xayol ketar izingdan.
Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat.
Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringga zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim
Ta’na qilar. Netay men?
Sovush bermaydi menga
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi.
Zulfiya.
-
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Muhammad Yusuf.
-
Kimdir savol berdi:-Aytgil, Muhammad,
Yolg‘iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko‘p yaxshilik aylay, o‘zing ayt,
Ota-onamgami? Yoxud bolamga?
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.
Abdulla Oripov.
-
Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
Daralar qo'ynida neni istarsan,
Nechun doim g'amgin, doim mustarsan.
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
Yo'q, sen axtarmassan tog'lardan makon,
Va na go'zalliging uchun shuhrat-shon.
Sayyod jabri senga bermaydi imkon,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
Qo'y, jonim, ko'zlaring to'lmasin yoshga,
Tongda oyog'ing qo'y baland bir toshga.
Seni quyosh o'zi ko'targay boshga,
Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.
Abdulla Oripov.
-
Necha ming musulmon tunu kun uyg‘oq,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o‘pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.
Olam ummon bo‘lsa, girdobi shu joy,
Olam osmon bo‘lsa, mehvari bunda
Milliard martabali jahon haynahoy
Kemadek qalqadi bitta to‘lqinda.
Yer bo‘ylab tariqday sochilgan inson,
Bir qushning oldiga kelib tizilmish.
Abasdir bu joyda millat, irq, lison
Zamin yo‘riqlari bunda buzilmish.
Bu joyning bor erur na Qorabog‘i,
Na O‘zgan, na O‘shu Farg‘onasi bor
Allohning o‘zidir yolg‘iz charog‘i,
Charog‘ning hisobsiz parvonasi bor.
Hatto nafrat mushti bunda tugilgay,
Axir yagonadir bu yerda maqsad.
Sig‘insang gunohing duv-duv to‘kilgay,
Iymonsiz bandaga yo‘q lekin shafqat.
Shunchalik mukammal Alloh dargohi,
Mag‘firat qil, deya dilni tig‘ladim.
Har yonda taralar mo‘minlar ohi,
To tongga qadarli yum-yum yig‘ladim.
Abdulla Oripov.
-
Meni qiynash shuncha rohatmi?
Labingning chetida turadi mudom
Sovuq tig'ing - nim tabassuming.
Xurshid Davron.
-
Gulga gu bergan oshiq,
qayda jazoga loyiq.
men senga gunohkorman,
gul tutib dasta-dasta
Sherali Jurayev
-
Armonning domiga tashlab,
Begim, hajringizda rangim sarg'aydi.
Menga begonasiz bugundan boshlab,
Xo'rlangan muhabbat bizni qarg'aydi.
Ketdingiz...
Bahorga alvido aytib
Dilingiz xazonni qo'msadi chog'i
Ketdingiz, bilaman kelmaysiz qaytib,
Anda zor yig'ladi ishqimiz bog`i.
Ketdingiz...
Kechalar bedor to'lg'ondim,
Sevgim beva kabi mung'ayib qoldi.
Ko'zim kech ochildi endi uyg'ondim.
Siz aytgan qizaloq ulg'ayib qoldi.
Ketdingiz...
Taqdirga oxiri berdim tan
Meni suymaganni suyib netaman,
Yaxshisi dunyodan yolg'iz o'taman,
Ketdingiz, qolmayman, men ham ketaman...
-
Assalomu-alaykum bahru-bayt qoidasiga munosib bo'lmog'i uchun sherni avvalgi ikki misrasini qoldirishga majbur bo'ldim,bu uchun uzr so'rayman.
Аамозлар бефойда рузалар бекор
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Охири куринмас бехол дайдишинг
Кутилар неча йил хакни айтишинг
Иложи булмаган фахшдан кайтишинг
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Узингча жонингни хакка тикурсан
Бунга хужжат дебон сртак тукурсан
Сувсиз сахроларда кучат скурсан
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Бомдодни укибон ухлаб довдираб
Юрарсан кундузи кизларга караб
Сендан устун срур бадавий араб
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Остлар ёдлайсан кузларда нам йук
ИСЛОМ оёк ости булсада гам йук
Жаннатга тушиш йук кунглинг булсин тук
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Минг ракат намоз кил тунда ухлама
Калбингни тирнама бежиз тиглама
Лайгамбар тушингга кирмас чиглама
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Одамлар сенида десинлар муъмин
Курсатсинлар гузал зур схтиромин
Бошингдан нарига силжимас омин
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Дуолар киласан хаёл паришон
Бу асли нифокдан риёдан нишон
Аамозинг кабул смас куркмасдан ишон
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Тавхидни англамок зур ибодатдир
У бир пойдевори зур бир иморатдир
Килган хажинг сенинг бир саёхатдир
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Зохирий ибодат сенга не берур
Агарчи ботинни сичкон кемирур
Закотинг осмонга учган ер срур
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Мен сени танийман булди куп йиллар
Биламан не килди оёклар, куллар
Бир кун хам хотиржам булмас кунгиллар
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Шу боис умидим йиглаб толмасдан
АЛЛОХнинг зикридан асло колмассан!
Билгин-ки узингни таний олмассан
АЛЛОХни калб чиндан танимагунча!!!
Hayrulla Hamidov.
-
Allohning rahmatin, nusratin kuting
Barcha ko‘z uyquga cho‘mgan tunlarda.
Asriy zanjirlarni yelkadan oting
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
Bizki, ko‘ngillarni ayladik vayron,
Bugun o‘zimizga o‘zimiz hayron.
Endi qo‘limizda muqaddas Qur’on
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
Bizga dars o‘qitmang falsafalardan,
Dunyo bezib bo‘lgan vasvasalardan.
Holimiz telbaviy talvasalardan
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
Iymon yo‘lindadir ko‘zimiz nuri,
Allohning so‘ziga qalbimiz to‘ri!
Portladi dunyoning sohta g‘ururi
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
Allohga shukrki, Uni bir bildik,
Baytullohga iymon to‘la qalb keldik.
Zino-yu, faxshni zanjirband qildik
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
Allohim, qo‘limiz Sengadir ochiq:
Garchi ramazondan ko‘nglimizdir to‘q,
Tuzalib olmasak boshqa fursat yo‘q
Shaytonlar zanjirband bo‘lgan kunlarda!
Hayrulla Hamidov
-
Azaldin to abad ko'nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim raxnalar bo'ldi, bu ishqning mojarosidin.
Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.
Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag'rim kabob o'ldi,
Raqiblar shodmon bo'ldi nigorimning jafosidin,
Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog'im mushkul,
Kel, ey ko'ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.
Sanam, ishqing o'ti oxir meni bexonumon etti,
Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin.
Xarob o'ldi mening ko'nglum, kishim yo'qturki, roz aytsam,
So'ngoklar raxnalar bo'ldi dilimning ohu vosidin.
Seni ishqing bila yig'lab, agar mashharda oh ursam,
Kuyarlar mo'minu kofir bu Mashrabning navosidin.
Boborahim Mashrab.
-
Ne-ne tuzumni ko‘rdik,
Parokandasi chiqqan,
Eng aqlli zotlarin
Zulmat qa’riga tiqqan,
Zolimlar ham oxiri
Bu zulmdan toliqqan
Ahvolida dunyoga
Hayqirganmish: "Oh nahot
Inson uchun yo‘q erur
islomdan boshqa najot?!"
Xayrulla Hamidov
-
Tug‘ilgan bor unga o‘lim bo‘ldi nasya.
Hayot o‘n besh daqiqalik go‘zal hadya.
Oramizda birortamiz qolmadi-ya
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga.
Kecha tirik edik, bugun saf-saf o‘lgan
Odamlardan koshki bitta suyak qolgan.
Kim bor yana o‘zni xudo da’vo qilgan?!
Qaro yerga kirdik, do‘stlar, qaro yerga.
Xayrulla Hamidov.
-
Allohim, O’zingga bosh eggan banda
Boshqalar nazdida eng kuchli odam.
Allohim, islom-la ulg‘aygan tanda
Kibru-u riyo bo‘lmas zarra bo‘lsa ham.
Allohim, Sen uchun boshin egmagan
Har kim qarshisida yotganin ko‘rdik.
Allohim, lahzalik rohatni debon
Oqibat alamlar totganin ko‘rdik
Allohim, Qur’onga bo‘ysungan inson
Aziz-u mukarram yashadi, o‘ldi.
Allohim, eng so‘nggi nafas bermish on
Tug‘ilgan sof fitrat unga yor bo‘ldi.
Allohim, kaloming bilmagan banda
Oddiy sinovlarda yo‘lidan qaytmish.
Allohim, unga ham o‘lim kelganda
Otasin, bolasin ismini aytmish...
Allohim, iloh yo‘q Sendan bo‘lak, deb
O’tganning hayoti bo‘lmish mazmunli.
Allohim, eng so‘nggi go‘zal tilak deb,
Umrini o‘tkazmish g‘amli, mahzunli.
Allohim, Seni bir, demayin o‘tgan
O’ziga ilohlar yaratib olmish.
Allohim, tog‘lar ham uchib yurgan on
Ul bandang do‘zaxda abadiy qolmish.
Allohim, bu ikki bandang hikmati
Butun bir dunyoga o‘xshaydi bugun.
Allohim, Senga qo‘l cho‘zilgan payti
So‘rayman: hidoyat ber bizlar uchun.
Xayrulla Hamidov.
-
Nega nolib yashaysan, berganiga shukr qil,
Ko'zing yorug' dunyoni ko'rganinga shukur qil.
Shivirlagan maysalar qilam bo'ldi yo'lingga,
Oqar suvlar uyinga kelganiga shukr qil.
Boshin egib daraxtlar, yuz ming nozu ne'matlar,
Dasturxonni to'ldirib turganiga shukr qil.
Bahor bilan qo'shilib, darvozangga urilib,
Ayvoningga qaldirg'och kirganiga shukr qil.
Jajjigina qo'lida yurt tuprog'i bolangning,
Ohista qadam tashlab, yurganiga shukr qil.
Ahtamquli ogoh bo'l, olamda yoq bunday yurt,
Qalam qog'ozga ko'ngling yozganiga shukur qil.
Ahtam Karim.
-
Lahzaga tengma-teng o‘chib boraman,
O‘zimdan, so‘zimdan cho‘chib boraman,
Zavol bilmaydigan manzilni ko‘rsat,
Tomirlarim bilan ko‘chib boraman.
Behzod Fazliddin.
-
Nafas olishga ham xohishingiz yo‘q,
Tirikka o‘xshamas tuyg‘ularingiz.
Bilmasdan, ko‘zimga otayapsiz cho‘g‘:
Meni uyg‘otmoqda uyqularingiz.
Uchib ketgan qushlar qaytib kelmaydi,
Yashashga kunlardan shartlar so‘radim.
Mayda dardlar meni Odam qilmaydi,
Umrimga eng buyuk dardlar so‘radim.
Behzod Fazliddin.
-
Maning xor bo'lmishim o'z g'aflatimdin,
Magar qilsang nazar, ehsondin ortuq.
Aziz, xor qilg'uvchi sulton sanuqsan,
Saning lutfing qamug' alvondin ortuq.
Sulaymon Boqirg'oniy
-
Qara, shundoqqina yoningda bahor,
Osmon gullab bo‘ldi, gulladi Zamin.
Hozir yuragingda qorga nima bor,
Sen qachon gullaysan, Behzod Fazliddin?!
Behzod Fazliddin.
-
Na xush bu dunyoda Iymonu Qur'on,
Ne bo'lg'ay bu dunyoda Iymondan ortuq.
Maning bu dardimi hech kimsa bilmas,
Agar bilsa Hakim Luqmondin ortuq.
Sulaymon Boqirg'oniy
-
Qachongacha armonlar kulbasiga qo‘noqman,
Men dunyoning ortidan chopayotgan cho‘loqman.
Yillar aro so‘zlarim manziliga yetmaydi,
Yuragimni tilimga ko‘chirgani no‘noqman
Endi ko‘nglimga qara.
Behzod Fazliddin.
-
Ana, ko‘zim ko‘zingdan o‘tdi,
Qo‘y, yashirma titroqlaringni,
Xato qilding, o‘zingdan o‘tdi,
Tishlayapsan barmoqlaringni.
Endi nurga begona yuzing,
Quyoshingning ranglari qani?
Sig‘mayapsan o‘zingga o‘zing,
Hayotingning tonglari qani?
Yuragingning yarmi yo‘q endi,
Mening bilan butun ekansan.
Kech tushunding. Dimog‘ing sindi,
Yongan g‘amga o‘tin ekansan.
Kechalaring o‘zingdan g‘arib,
Armonlaring osmondan katta.
Yuragingga termilib turib,
Yig‘layapsan birinchi marta.
Uxlab qolgan tunlarning haqqi,
Mening o‘rnim boshqa — bo‘lakman.
Yig‘lab qolgan tunlarning hag‘g‘i,
Men, bari bir, senga kerakman!
Behzod Fazliddin.
-
Nurlarimni tunlar uchun zarba qildim,
Ko‘nglim uyin kimlar uchun Ka’ba qildim.
Suyaklarim zirqiradi — lazzatlanib
Tavba qildim, tavba qildim, tavba qildim.
Yana cho‘llab yotganimni bilarmikin,
Daryolarim ko‘kdan qaytib kelarmikin?
She’rlarimni elchi qilsam, dargohida
Eng odil Shoh meni qabul qilarmikin?
Tirikmasman, o‘lganga ham o‘xshamayman...
Behzod Fazliddin.
-
nursiz yuragimni kundek yoritib,
dildagi dardlarni, zimdan aritib,
qalbni iymon suvi ila qoritib,
hush kelding! Ramazon! magfirat oyi
dr. Watson!
-
Aniq maqsad etagini tutmay yugurdim
Goho ayri ketdim hamroh yo`lovchilardan
Chigal qismat aro to`g`ri yo`lga ham kirdim
Dilda ajab xotiralar qoldi ulardan.
Atrofimda ochilmoqda alvon lolalar
Ko`k olamdan to`kilmoqda sirli bir ohang
Osongina ulanganday uziq tolalar
Tag`in rangsiz ufqlarga yoyilmoqda rang
Ma`ruf Jalil
-
Garchi yig‘lab har kecha
Tunlarimni qon qildim,
Tongda toshdan xasgacha(guldan toshgacha)
Tabassum ehson qildim.
Azoblaring — muhtaram,
Men dardingga xaridor.
Tovonimni o‘psa ham,
Tikanlarning haqqi bor.
Yuragimni uyg‘otgan
G‘amlaringga ming shukur.
Gardlarimni yo‘qotgan
Dardlaringga tashakkur!
Endi Senda parvoyim,
Dunyoni yutib ketdim.
Suyunchi ber, Xudoyim,
O‘zimdan o‘tib ketdim.
Behzod Fazliddin.
-
Mayli, jonim azob so‘rsin,
Qilgin ado, qilgan ado,
O‘lar bo‘lsam, ishq o‘ldirsin,
Ishq ber, Xudo! Ishq ber, Xudo!
Behzod Fazliddin.
-
Osmon — olamlarga sig‘mas vujudim,
Quyosh - yonib turgan yuragim mening.
Imon — olam aro mening bor-budim,
Bardosh — yerga tegmas kuragim mening.
She’rim — nafasimning yuragi - havo,
Qalam — oq qog‘ozda titragan ko‘nglim.
Adolat — suvlari qurimas daryo,
Haqiqat — yuragi qonalgan singlim.
Orzu — osmonlarga sig‘magan oqqush,
Armon — orzularning singan qanoti.
Baxt — men ko‘rolmagan go‘zal-go‘zal tush,
Dard — shoir odamning yana bir oti.
Shodlik — tor kulbamning erka mehmoni,
Alam — yuragimni zabt etgan mezbon.
Poklik — umrimning goh ojiz tomoni,
Shuhrat — tomirimda oqolmagan qon.
Hijron — oramizni buzgan yosuman,
Sevgi — men rangini anglolmagan gul.
Rashk — ishqim ko‘kini qoplagan tuman,
Visol — men boshini topolmagan yo‘l.
Behzod Fazliddin.
-
Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga,
Bir soniya bo‘lsin oxirat demay,
Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga...
Payg‘ambar kimligin bilish istamay,
Bir umr yuzingiz buradirsiz siz.
Odamlar bir taraf bo‘lsalar agar,
Dunyoni boshqacha ko‘radirsiz siz.
Fisq-u fujur desa, yugurasiz-u,
Azon aytilganda yotib olasiz.
Shaytonlar majlisin boshlaganida
Anjuman avjida paydo bo‘lasiz
Hayrulla Hamidov
-
Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!
Har qanday yovni ko‘rdik, bizni toptar kim qoldi?!
Toptay-toptay ne millat oxir kuchdan ham toldi.
Endi boshqa najot yo‘q, bugun hamma tan oldi:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!
Xayrulla Hamidov.
-
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?
Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.
Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.
Rauf Parfi
-
So‘zingni manzilga yetkazganim yo‘q,
Qachon ko‘ngillarni she’rga o‘rayman?
Tunlarimni halol o‘tkazganim yo‘q,
Tonglarning yuziga qanday qarayman?
Poklanib olgani Nur kerak menga,
Shaytonning qo‘lida chirmanda qilma.
Xudoyim, eng go‘zal she’r kerak menga,
Tonglarning oldida sharmanda qilma!
Behzod Fazliddin.
-
Azizim. So'ramang oydan holimni,
Tunlari ko'rmaydi iztiroblarim,
Azizim, so'ramang, quyosh ham bilmas,
Xijronda o'tkazgan kun azoblarim.
Azizim, so'ramang saboni aldab,
Hayolim isiga qilmaydi sirdosh,
Yomg'irni so'ramang, yuvgan g'uborim,
Shabnamlar ichida ko'rinmas ko'z yosh.
-
Shodmonlik izlama, ohir boshinga g'am kelur,
Odamining boshiga andishayi motam kelur.
Osmonga etsa boshing misli Muso homush o'l,
Sar daraht nurmeva bolgan songra boshi ham kelur.
Odamiyning asli birdur, bir-biridin farqi bor,
Necha qari o'tgan soghun dunyoga bir odam kelur.
Vahmi mahshardin gapurmang norasoni oldida,
Goshi kargha haq sozi albatta noforam kelur.
Yighlamoq oson emasdur, ey jigarbandim, eshit,
Mulki dil sadpora bolghan song kozingdan nam kelur.
Olimi ilmiga maghrur, johili isyonga gharq,
Kas ne bilsun, rozi mahshar kimni toshi kam kelur.
Yoshligingda yolga kirghil, toki topqaysan kamol,
Gar jarohat kohna bolghan songra bemalham kelur.
Mashrabo, siynamdagi dardimni aytsam, arsh kuyar,
Yol hatadur, qorqaman, majlisga nomahram kelur.
Boborahim Mashrab.
-
Rustam bahodirlar, To‘ra polvonlar,
O‘ktam bahodirlar, Jo‘ra polvonlar"¦
Ko‘zimga mo‘ltirar g‘o‘ra polvonlar,
Men esa ularga boqib vayronman.
Ichidan zil ketib, mag‘rur sirtida,
Qoshiga qor qo‘nib, qirov — murtida
Ish izlab yurgandir o‘ris yurtida"¦
Men bunda do‘st izlab zoru nolonman.
Iqbol Mirzo.
-
Nahot otashgohlar orzu qilganim?
Nahot olov ichra qolarman mangu?
Ajab, huzur topdi ruh ila tanim:
Alhamdu... Alhamdu... Alhamdu...
Iqbol Mirzo.
-
Uning qovog‘idan boshimga yoqqan
Qorini Xudoga soldim-da qo‘ydim.
Qonimni qaynatib, jonimni yoqqan
Korini Xudoga soldim-da qo‘ydim.
Iqbol Mirzo.
-
Meni yomon ranjitding,
Sendan qattiq xafaman.
Lekin sendek kuydirgi
Qizni qaydan topaman.
Sevgi, sevgi, der ekan,
Sevgi dilni yer ekan.
Qizga mehring berguncha
Muzga bag‘ring ber ekan. ( =)) Qoyil)
Iqbol Mirzo.
-
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...
Usmon Azim.
-
Onqadar nurga to’libman osmonga sig’madim,
Toqi arshu kursiyu lavhu jinonga sig’madim.
Kimga soyam tushsa, bir nuri yaqin bo’ldi u ham,
Daftari ruhi qudsdurman, zabonga sig’madim.
Jannatu kavsar manam, ham do’zaxu saqar manam,
Bir o’zumdurman bu dam, haft osmonga sig’madim.
Soyayi odamg’a keldim, nuri ma’ni izladim,
Jannatul firdavsdek oliy makonga sig’madim.
Bor edim Nuh vaqtida, g’arq etmadi to’foni ham,
Hamrahi Muso bo’lub Turi Sinong’a sig’madim.
Ellik yil Iso bilan yurdum o’lukni tirguzub,
Boisi bir nuqtadin Mashrab zamonga sig’madim.
Boborahim Mashrab.
-
Malaksan yo bashar, yo huru g'ilmonsan, bilib bo'lmas,
Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo'lmas.
Ajab berahm dilbarsan, ajab sho'xi sitamgarsan,
Charog'i husni to'yingdin ko'ngulni ham uzub bo'lmas.
Yuzungni oftobini ko'rub hayron bo'lub qoldim,
Falakka qo'l uzotib, shamsi anvarni olib bo'lmas.
Yuzung misli qizil guldur, ko'ngul chun bulbuli shaydo,
Bu gulning ishqidin bulbul chamandin ayrilib bo'lmas.
Kel, ey Mashrab, agar oshiq bo'libsan, bo'lmag'il g'ofil,
Bu g'aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg'onib bo'lmas.
Boborahim Mashrab.
-
Sabo yеtkur salomimni qaddi sarvi ravonimg'a,
Qaro ko'zluk, qaro kokul o'shal shirin zabonimg'a.
Yotibdir bir g'aribi zor o'lib og'ishtai tufroq,
Bu holimni borib aytg'il mani oromijonimg'a.
Mani boshim ani yo'li arog'a har balo kеlsa,
Boqarman, ey birodarlar, qachon sudu ziyonimg'a?
Falak charxi uzildi-yu, yiroq soldi mani andin,
Qachon qo'shg'ay xudovandim aningdеk mеhribonimg'a?
Ani dardu firoqi o'lgucha mandin judo bo'lmas,
Taralmish jismima jondеk tamomi ustixonimg'a.
Huvaydoni firoqiga oni hеch kеlmadi rahmi,
Qaro toshlar su bo'ldi rahm etib oxu fig'onimg'a.
Xo'janazar Huvaydo.
-
Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!
Umar Xayyom.
-
Dunyo sorig’a bir kelibon, g’amzada kettim,
Bir lahza dam olmay turubon, lahzada kettim.
Bir mushfiqi hamroz jahon ichra topolmay,
Hasrat o’tidin kuydimu motamzada kettim.
Surtmay bu qaro yuzni borib ravzalarig’a,
Armonda yurub lek buzug’ kulbada kettim.
Har jon kelaru ketgusidur, bilsam oni ham,
Ketmascha yurubon yana g’urbatzada, kettim.
Horis bo’lubon dunyoda yurdi necha gumroh,
Uryon kelibon munda, yana arbada kettim.
G’ofil kishilar kechayu kunduz tilagay mol,
Dunyo ila dinni sotibon g’amzada kettim.
To yorni xayol ayladi Mashrab, ko’zni ochti,
Yuz dardu alam birlaki, mehnatzada kettim.
Boborahim Mashrab.
-
Madinaga Rasul borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman
Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Iqbol Mirzo.
-
Na g‘am bunda manga ming bor o‘lsam
Onda o‘lim bo‘lmas, o‘lmasman ortiq.
Yonsin jonim, yonsin ishqing o‘tina,
Oqsin qoili yoshim, bilmasman ortiq.
Mani irshod etgan murshidi komil,
Yetar, bir qo‘lni ham olmasman ortiq.
Borligim yo‘qlig‘a tenglashmish manim,
Bugun jona bunda qolmasman ortiq.
Yunus Emro
-
Qorako‘z qaldirg‘ochoyimsan o‘zing,
Ko‘ksim ayvon bo‘ldi seni sog‘inib.
Ko‘zimdan bir lahza ketmadi ko‘zing,
Ko‘zim giryon bo‘ldi seni sog‘inib.
Ko‘changdan kechalar o‘tganim pinhon,
Kelmasingni bilib kutganim pinhon,
Oyu yulduzlardan tutganim pinhon,
Ishqim doston bo‘ldi seni sog‘inib.
Jonimga tig‘ urib qiynaydi sog‘inch,
Keyin tig‘ sug‘urib qiynaydi sog‘inch.
Xayrlashmay turib qiynaydi sog‘inch,
Yuragim qon bo‘ldi seni sog‘inib.
Belgisiz xilxona, ko‘hna mozorni —
Mozorki, qarovsiz xarobazorni
Eshitganing bormi, ko‘rganing bormi?
Dilim vayron bo‘ldi seni sog‘inib.
Sargardonlik majnun-layliga edi,
Bizniki faqat gul sayliga edi.
Olisda bo‘lsang ham mayliga edi,
Bog‘im xazon bo‘ldi seni sog‘inib.
Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.
Iqbol Mirzo.
-
Bu hayot ekanda, ko‘ngil ekan-da,
Gulning ixtiyori xoru tikanda.
Men yorni xor bo‘lib sevdim, netayin,
Suv teskari ketdi menga kelganda.
Taqdir deyin desam, tahqirga o‘xshar.
Tug‘yonim — ko‘z yoshi, isyonim — xanda.
Ummon asov bo‘lsa, to‘fon ham o‘jar.
Inon-imkon bormi yurak — yelkanda?
Boshim egildimi, sindimi qaddim,
Qalamdek mo‘rt bo‘lar suyanchsiz banda.
Ehtimol, osmonni tutib qolardim,
Yorimning qo‘llari tursa yelkamda.
Iqbol Mirzo.
-
Atrofingda aylanadi to‘rt fasl,
Gul aylanar, o‘rgiladi qor sendan.
Oy aylanar, yer aylanar muttasil,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.
Tomirida gulob oqqan guloyim,
Guldek yashnab tur baxtimga, iloyim.
Meni yaxshi ko‘rarkanda xudoyim,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.
O‘n oltida oqqush bo‘lding shaylanding,
Yigirmada taqdirimga boylanding.
O‘ttizingda alangaga aylanding,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.
Qul podshoga borsa shohning izzati,
Podsho qulga kelsayam shoh himmati.
Neki qilsang o‘zgarmaydi qiymati,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.
Hamma oshiq bugun menda jam bo‘ldi,
Ko‘zlaringni o‘psam ko‘zing nam bo‘ldi.
Qancha o‘psam yana shuncha kam bo‘ldi,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.
Atrofingda aylanadi to‘rt fasl,
Gul aylanar, o‘rgiladi qor sendan.
Oy aylanar, yer aylanar muttasil,
Endi o‘zim aylanayin, yor, sendan.
Iqbol Mirzo.
-
Na qildim sanga man, yorim, jamolingdin judo qilding,
Boshimda gardi g'amni chun charog'i osiyo qolding.
Hamisha kuydurub sham'i firoqing birla jonimni,
Meni parvonani xokistarini zeri po qolding.
Judoliq aylar ekansan, ayo laylivashi shirin,
Ne deb avval o'zungg'a men g'aribni oshno qilding.
Nigoro, bori g'am birla faqiri notavon aylab,
"Alif"dek qomatimni "lom-alif" yanglig' duto qilding.
Firoqing osmonidin solib bir barqi olamso'z,
Vujudim xirmanin o'rtab ado qilding, ado qilding!
O'shal ro'ze:"Bilurmisan meni?" deb ayding, ey yorim,
"Bale",-dedim, seni suydum, balog'a mubtalo qilding.
Ayo dilbar, Huvaydodek balokashni eshiklarda
Solib ko'zdin asiru benavo, zoru gado qilding.
Xo'janazar Huvaydo.
-
Gardun kamaridir farsuda oning
Jayxun samaridir ko'z suvda oning.
Do'zax shararidir behuda oning
Firdavs damidur osuda oning.
Umar Xayyom.
-
Goho yomon qarab, goh qaramasdan,
Goho yolg‘on kulib, goh kulib rostdan,
Goho erkalanmay, erkalamasdan,
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Kimning qo‘lini sal uzoq tutdingiz,
Qaygadir ketdingiz, shoshib ketdingiz.
Yonimdan ko‘rmagan bo‘lib o‘tdingiz,
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Yosh bola emasdim, ko‘pni ko‘rgandim,
Hammaning ustidan kulib yurgandim.
Lek sizga boladek qattiq o‘rgandim"¦
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Xohlasang olasan, agar shoh bersa,
Qayoqqa borasan, tangri — haq bersa.
Nima ham der edim, sizga zavq bersa"¦
Siz ko‘nglim og‘ritib charchamadingiz.
Iqbol Mirzo.
-
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak.
Alisher Navoiy
-
Kel, deganda, noz qilmasdan kelsang edi,
Gul berganda, qayrilmasdan olsang edi.
O‘zing qandoq yaxshiliging bilasan-u,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!
Bu dunyoga ozib-yozib bir bor kelib,
Nahot o‘tsam hijronlarda bag‘rim tilib?
Sen yurasan dardim bilmay, qadring bilib,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!
Muzni qanday kuydirishni bilasan-a,
Suymaganni suydirishni bilasan-a,
Laylolardan qolgan ishqni bilasan-a,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!
Chora istab bechoraman men chorasiz,
Fe’ling sabab ikkimiz ham ovoramiz.
Ichi qora qiz ekansan, e qora qiz!
Seni qanday sevishimni bilsang edi!
Etti iqlim, suv-havoni bilasan-u,
Beshta qit’a, yer-samoni bilasan-u,
Menga qara, har baloni bilasan-u,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!
Iqbol Mirzo.
-
Izsiz ketdi sharqiragan anhorlarim,
Esiz ketdi gurkiragan bahorlarim,
Ko‘zlarimdan kiprik kabi to‘kildilar
Sevganlarim, dilbarlarim, dildorlarim.
Sevdim yurtning shamshodiyu archasini,
Suydim soyning sokinligi, sachrashini.
O‘nta qizni sevgan bo‘lsam, o‘rni boshqa,
Qirqta bo‘lsa, qilig‘i xush barchasining!
Men daraxtman, yaprog‘i bor, ildizi yo‘q,
Xazon quchgan tuproqdirman, gul isi yo‘q.
Osmon to‘la yulduzlarni kashf aylagan
Munajjimman — manglayida yulduzi yo‘q.
Goho gullar sochdi menga kuz-qishlarim,
Goho kullar sochdi tanish-bilishlarim.
Bugun yolg‘iz o‘ylanaman, o‘rtanaman:
Urmadimi go‘zallarning qarg‘ishlari?
Bu yo‘l menga sayr edi, sayil edi,
Sevgisiz kun — hafta edi, oy — yil edi.
Men qizlarni aldashni ko‘p istamasdim,
Qizlar o‘zi aldanishga moyil edi.
Iqbol Mirzo.
-
Istagim shu — qolsam edi shamol bo‘lib,
Boshginangda aylanardim savol bo‘lib.
Boshdan oyoq gulbargiga o‘rar edim,
"œNega meni sevmading?" deb so‘rar edim.
Dardu g‘amim, iztirobim, kulfatlarim —
Bosh ustimda charx uradi kalxatlarim.
Osmonlarda qolib ketgan oyqiz o‘zing,
Baxtsizligim sabachisi yolg‘iz o‘zing.
To‘yib nafas ololmayman ko‘ksim to‘lib,
Hech bo‘lmasa qolsam edi yomg‘ir bo‘lib.
Derazangga yuzlarimni urar edim.
"œNega meni sevmading?" deb so‘rar edim.
Tuzalmayman, endi odam bo‘lolmayman,
Maktub yozib sabolardan yo‘llolmayman.
Jondan yaxshi ko‘ramanu ko‘rolmayman,
"œNega meni sevmading?" deb so‘rolmayman.
Iqbol Mirzo.
-
Nima qilay, bargdan gul ko‘p chamanzorda
O‘xshashingni topolmasam nima qilay?
Gulbargicha dil bo‘lmasa sen dildorda,
Yuragingni o‘polmasam nima qilay?
Nima qilay, qorako‘zim, nima qilay?
Ikki olom ora o‘zim, nima qilay?
Qoshlaringdan pora ko‘ksim, nima qilay?
Ko‘zlaringni tutolmasam, nima qilay?
Dard berarda saxiy, baxtga xasis menga!
Zardalaring, achchiqlaring laziz menga.
Sen turgan joy poytaxt menga, aziz menga,
Farg‘onamga ketolmasam, nima qilay?
Ne sayyodsan, ne jallodsan, ne zolimsan!
Tig‘ida nur yarqiragan hilolimsan!
Umidimsan, orzuimsan, xayolimsan...
O‘ylab, o‘yga etolmasam, nima qilay?
Bir bandiman, senki hursan, nima qilay?
Ko‘kda bo‘lsang, yerda yursam, nima qilay?
Shu holimga yaxshi ko‘rsam, nima qilay?
O‘xshashingni topolmasam, nima qilay?
Iqbol Mirzo.
-
yurak mahzun urdi yilning sungida
bilmam nimang bilan sehrlading qor.
mana kuppa kunduz kuzim oldida
yana bir yoshimni ugirlading qor.
quloginga bir gap aytaymi endi
ke4agi yoshligim ertakmi endi?
muhammad yusuf!
-
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Iqbol Mirzo.
-
Negadir istardim qiynalishingni,
Yuragingga kamand solmoqchi edim.
Onangga aytolmay qolsang tushingni...
Men sening yodingda qolmoqchi edim.
Iqbol Mirzo
-
Men bilan tonggacha suhbat quradi
Derazam oldidan oqayotgan suv.
O`zni qirg`oqlarga kelib uradi,
Kumush ko`pik sochib, tegachak va quv
Men ijod qilaman tun bo`yi tolmay
Osmonda oy suzar, chamanzor yoriq
Shabboda kuyiga hech quloq solmay,
Hikoya so`zlardi to`xtamay ariq
Uyg`un
-
Qayu ishga qadam qo'ysam, manga andin ziyon bo'ldi,
Mani betoleim, ey do'stlar, ko'p imtihon bo'ldi.
Yuzum sho'ru yo'lim qattig', erurman turfa betole',
Kima man mehribon bo'lsam, manga nemehribon bo'ldi.
Suyub jonu dilimdin kimga qildim oshnoliqni,
Uzub ul oshnoliq, oqibat, manga yomon bo'ldi.
Hama el baxtidin ilgiga olsa xok zar bo'ldi,
Mani ilgimdagi zar shul zamon tufroq hamon bo'ldi.
Gulistonlar aro kirdim, ilik sundim olay deb gul,
Ko'rung betoleim: gul xori siynamga sinon bo'ldi.
Huvaydo ayladi zolim falakni zulmidin ming dod,
Manga qolg'onda ul zolim charx kajravon bo'ldi.
Xo'janazar Huvaydo.
-
Icharg'a boda shar mavsimi chaman yaxshi,
Navoyi mutribu xuch majlis, anjuman yaxshi.
Suzub piyolayi mayni, yig'ilsa ishrat eli,
Sunarg'a mug'bacha may kosayi Xo'tan yaxshi.
Xush o'tkar umri azizing jahon g'amini yemay,
May ich, tiriklik aro sihhati badan yaxshi.
Kishikim ichmasa mayni tirik emas, o'lgan,
Aningdek odamg'a go'r ila kafan yaxshi...
Xo'janazar Huvaydo.
-
Ishqiy tug'yonlarga qaynab, yurakdan
Chiqolmas bir tovush, bir sazo, bir un,
Etmishdir yеrdagi oddiy azoblar
Allaqachonlarkim Hamlеtni majnun.
Hosil bo'lmas murod, hеch narsa nasib,
Qancha yig'lasang-u qancha chеksang oh;
Sеvguvchi yigitni solmishdir yo'lga
Tunda ertak aytgan bir mudhish arvoh.
Jannat, farishtalar, toza malaklar,
Bir puldir eng ma'sum va eng pok o'pish,
Do'zax ichra Hamlеt yonib alaklar,
Butun olam ko'rinadi go'yo tush.
Hamid Olimjon.
-
Shiddati ohim o'tidin gunbazi axzaring kuyar,
Shamsu qamar birla yana jumlayi axtaring kuyar.
Chiqsa tanimni uchquni, tushsa jahonni mulkiga,
Vahshu tayuru devu jin, mo'minu kofaring kuyar.
G'arqayu o'tdurur tanim, kelma, tabib, qoshima,
NOzuru g'amni yorg'oli qo'ldaki nishtaring kuyar.
Kushtayi tig'i ishqman, kelma qoshima, qotilo,
Chiqsa sharorayi nafas, sayf ila xanjaring kuyar.
Kiy demang, ey junun eli, manga kulohu jandani,
Otash erur tanim maning, dalqi qalandaring kuyar.
Kelmading ey humoyi baxt, boshima soya solg'oli,
Birgah otarman oh o'qin, bol ila ham paring kuyar.
Qumriyi xastadil, bu kun sarv uza nola qilmog'il,
NOlayi ohi so'zima sarvu sanavbaring kuyar.
Bo'lsa qiyomat, ul kuni darding aytibon sani,
Yig'lasam el arosida, do'zaxu mahsharing kuyar.
Xur ila jannating netay, anda yuzingni ko'rmasam,
Xasta Huvaydo ohiga havz ila kavsaring kuyar.
Xo'janazar Huvaydo.
-
Rahm aylasang-chi dеvonalarg'a,
Ishqingda bo'lg'an afsonalarg'a.
Aylab judoliq, ey hamnishinim,
Qilding jafolar g'amxonalarg'a.
Kuydurma jonim rashk o'ti birla,
Ochib yuzungni bеgonalarg'a.
Sajda qilay dеb, shirin, butimg'a,
Bordim so'roqlab butxonalarg'a.
Maygun labingdin bir bo'sa bеrgin,
Sinsun xumori mastonalarg'a.
Har dam tilarman husni kamoling,
Urub boshimni ostonalarg'a.
Yondur, kuyoyin xilvat ichinda,
Sham'i jamoling parvonalarg'a.
Ishqingni ganji vayron ko'ngulda,
Qo'ysang turarmu koshonalarg'a
Ho'janazar Huvaydo
-
Arzimni aydim bodi sabog'a,
Yetkursa holim ul dilrabog'a.
Qilsa Xudoyim ko'nglin muloyim,
Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?!
Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla,
Borsam ko'yiga, miskin gadog'a?
Dedi raqiblar yorga yomonlab,
Soldi judolig', naylay, arog'a.
Ko'nglumda yo'qtur zarra gumonim,
Kimki yomondur, soldim Xudog'a.
Holimni aytsam yorim inonmas,
Emdi qo'yubman yavmuljazog'a.
Yorsiz kishini firdavsi yo'qtur,
Suydim sanamni, qoldim balog'a.
Dushmanlarni nozu niamda
Parvarish aylab, soldi g'inog'a.
Do'stini yorim ranju alamda
Qo'ydi el ichra javru jafog'a.
Miskin Huvaydo sabru tahammaul
Aylab, hamisha yig'lar Xudog'a.
Xo'janazar Huvaydo.
-
azoblaydi qaro kuzlaring,
hasta qalbim nozik qulingda.
oyga havas guldek yuzlaring,
termuladi tunda yulingga.
kamon qoshlar ohhh yuragimni
nimtalaydi kipriging birla.
guncha labing, dona holingni
uylab dilda hasratim tula.
DR. Watson
-
Ariqda iliq suv bo’lsa shuni ich,
Dag’al kishi yaxna sharbatidan kech.
Serzarda kishining manglayi tirish,
Haromdir undaylar nonini yeyish.
Badxulq qiyinlikka uchrar aksari,
Badxulqning doimo baxti teskari.
Bo’lmasa ham mayli mol, dunyo, puling,
Sa'diy kabi bo’lsin asaldek tiling.
Sa'diy Sheroziy
PS. Qoil Watsonbek! Juda zo'r chiqibdi. Forumdoshlar ijodi mavzusiga ham qo'ysangiz bo'larkan.
-
Garov berib jonimni qattiq kuydim,
Oxir chirkin dunyolardan ham to‘ydim,
Ko‘z yoshima arzimas ekan dunyo...
Parvardigor, sajdangdaman, bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...
Odamlarin ko‘rdim insof qilmagan,
Saning uyinga bir marta kelmagan,
Hech bo‘lmasa Haq kalimang bilmagan...
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...
Bu shundayin huzur erur, xush xuzur,
Hech kimsaga bu yo‘llarda yo‘q uzr,
Qalbim bugun hotirjamlik istayur,
Parvardigor, sajdang uchun bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...
Hayrulla Hamidov
-
Mo‘min dini haqdir, Alloh kalomi haq,
Usiz sharqning ahvoli xor, tuban erur.
Taraqqiyot osmoniga bizni faqat
Bizni tashlab ketgan ilm eltib berur.
Shuning uchun farzandlarga ilm berib,
Olimlarni chiqaraylik o‘lkamizdan.
Shundagina insha Alloh katta yukni
Tashlagaymiz gunoh bosgan yelkamizdan.
Xayrulla Hamidov.
-
Nodon asli kibr bilan ko‘krak kerur,
Iymonini puch dunyoga sotib berur...
O’lmaysan, deb aldayotgan shayton erur
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga!
Harob aylab gulbo‘stonda gul hayotni
Alloh turib, do‘st tutmagin o‘zga yotni.
Unutmagin eng azaliy tartibotni:
Otang o‘ldi, onang o‘ldi, navbat sanga!
Hayrulla Hamidov
-
Angladim oddiy bir haqiqatni men
Shu oddiy haqiqat ostida o‘sdim.
Ne desangiz deng sadoqatni chin,
Iymonni ilindim sizga, ey do‘stim!
Oila muqaddas dargoh har mahal,
Har qanday holatda sizga bor dahlim!
Dunyo taomini tutishdan avval
Iymonni ilindim sizga, ey ahlim!
Qalbim alamzada fitna dunyodan
Odamlar bir-birin qutlagan zamon.
Lazzatliroq bo‘lmish shirin halvodan
Iymonni ilindim sizga otajon!
Sarhil liboslardan tog‘liklar yasab
Akalik mehrini ko‘z-ko‘z etmish jon.
Taqvo-yu, hayodan dasturxon tusab,
Iymonni ilindim sizga singiljon!
Xayrulla Hamidov.
-
...Nihoyat, dunyodan burildi yuzim,
Nihoyat, hayotim — xayolimga xos.
Bor uchsang uchaver endi, yulduzim
Tilimga bitta so‘z keladi, xolos...
Abdulaziz Muborak.
-
Sog'inch sirtmog'iga osdim yurakni,
Yurak tan olmaydi sendan bo'lakni,
Izlayman sen qadam qo'ygan yo'lakni,
Ayrilmoq bor ekan uchrashdik nechun?
Mayli bugun senga kelmasin ilhom,
Bugun mening oshiq yurakkinam qon,
Bizni ayirdimu berahm hijron,
Ayrilmoq bor ekan uchrashdik nechun?
Bugun o'tli qalbing muzga aylandi,
Sensiz bahorlarim kuzga aylandi,
Dardim bir sog'inchim yuzga aylandi,
Ayrilmoq bor ekan uchrashdik nechun?
So'zsiz ayladingmi ishqingdan judo,
Bevaqt tuyg'ularga aytdingmi vido,
Nahotki, so'nggi so'z bo'lsa - alvido,
Ayrilmoq bor ekan uchrashdik nechun?
Nasiba Qurbonova.
-
Na bo’lg’ay yashashni sal oson ko’rsang,
Qil sig’magan ko’ngling shul’aga to’lsin.
Har namoz orasin ramazon bilsang,
Bir kunda besh hayit muborak bo’lsin!
A'zam O'ktam
-
Nechun yuzda hayoying yo'q, nechun so'zda iboying yo'q,
Dilingda zarra qo'rquv yo'q,tilingda zikri Alloh yo'q,
Bu dunyoga berilgansan ibodatni unitgansan,
Shaytoningga sig'ingansan,dilingda zarra iymon yo'q.
Savob ish yodinga kelmas hayolngda mudom ishrat,
Yesam,olsam degan fikring, ko'lingda hayri ehson yo'q.
Kelib dunyoga ey odam,boshingni egmading haqga,
Uyin lim lim matolarga namozga joynamozing yo'q.
Bobom eshon edi dersan,ho'ja farzandiman dersan
Javoningda kitob liq liq Kalomullohga joying yo'q
Valaqlab ertayu to kech kerakmas so'zga tiling burro,
tiling kelmas shahodatga so'zingda asli ma'no yo'q.
O'lim hech yodinga kelmas,balo hech yodinga kelmas,
Hayot birday hecham o'tmas,bu ishlarda farosat yo'q.
Gohi sog'lom bo'lur inson gohi dardman bo'lur inson,
Kelib qolganida dardlar ibodatga madoring yoq.
O'zingda tarbiyat bo'lmay bolang hulqi buzuq bo'ldi,
Alloh o'znig insof ber ded padar senda duoyin yo'q.
Boshinga g'am alam kelsa,yalingaysan birovlarga,
Madad bergin Ilohim dep Hudoyimga duoying yo'q.
Senga ikki og'iz so'zdir quloq solgin Foziljonga.
Bu dunyoda aziz do'stim Hudodin o'zga yoring yo'q"¦
Fozil qori ."Duoying Yo'q" she'ri
-
Qilma ig'vo hamda g'iybat, go'rda tinch yotay desang,
Pokla tanni ham libosni, go'rda azob ko'rmay desang.
So'z tashib chaqma birovni, go'rda alam tortmay desang,
Qilma haqlarga hiyonat, go'rda ilon ko'rmay desang.
Qo'y muhabbat sen namozga, Alloh rizo bo'lsin desang,
Ko'p o'qi Alloh Kalomin, go'rim yorug' bo'lsin desang.
Bo'l saxiy, bo'lma baxil, go'rim vase' bo'lsin desang,
Qil hazar hamma haromdin, do'zohga sen kirmay desang.
Kechalar bedor bo'l, do'zohni sen ko'rmay desang,
Hech qachon ketma g'uluga, mahsharda xor bo'lmay desang.
Ey Odam, bo'lma munofiq, yuz qaro bo'lmay desang...
Fozil qori, "JANNAT NASIB BO'LSIN DESANG" she'ri.
-
Garchi ravshan menga kundek
Noumid shayton erur,
Lek ko'ringay har saharda
Bu zamon oxir bo'lib.
Dil qolib bir chetda, ohkim,
Yo'lga kirdim, deydi til.
Bilganim shul, bilmasim ham
Senga qolmas sir bo'lib.
Bir kishi holidan, Olloh,
Saqlagil, bergil amon -
Uxlgay mo'min bo'lib ul,
Uyg'onur kofir bo'lib!
A'zam O'ktam
-
Bu hayot gulshaniga mehmon ekanmiz barchamiz,
Bu go'zal dunyoga do'stlar, oshiq ekanmiz barchamiz.
Qo'sh imoratlar solay deb jonimiz bo'ldi halak,
Bu imoratlarga do'stlar mehmon ekanmiz barchamiz.
Molu dunyolar topay deb har qayon chopdik mudom,
To'plagan mollarni tashlab oxir ketarmiz barchamiz.
Bir-birimizga hasad aylab, ko'rolmay dunyoda,
Bir kun navbat bilan bir-bir ketarmiz barchamiz.
Men Falon ibni Falon deb hech kimga qilmay nazar,
Kim bo'lsak-da dunyoda, oxir mayitmiz barchamiz.
Yer talashib qo'shnilar Allohni hargiz o'ylamay,
Oxirida ikki gaz joyga borurmiz barchamiz.
Pul topay deb boshimizni qo'ymadik hech sajdaga,
Ul qorong'u go'rda armonu nadomatda barchamiz.
Arzimas pullarga sotdik gavhari imonni biz,
So'rg'ali kelsa maloik lolu hayron barchamiz.
Kel, Fozil, to'xtat so'zing, toati Allohni qil,
Tavba aylab yig'lasak, biz ahli jannat barchamiz.
Fozil qori, "MEHMON EKANMIZ BARCHAMIZ" she'ri
-
Zarrabin nigohli qadimshunoslar
Qatlama toshlarni avaylab kesib,
Topdilar bus-butun saqlangan bir barg —
Aftidan, ibtido davriga mansub.
Balki, bu shunchaki to‘kilgan yaproq,
Nomsiz daraxtlarning iltijosidir.
Balki, ibtidoiy dildagi titroq —
Boqiy muhabbatning ibtidosidir.
Ehtimol, toshyigit toshqizni suyib,
Yurak shaklidagi yaproqni tutgan.
Balki, qiz yig‘lagan lablarin qo‘yib,
Keyin toshlar aro berkitib ketgan...
Qadimshunoslarning topgani — taxmin,
Mohiyat haqida jiddiy gapim bor:
Faqat muhabbatda mo‘jiza mumkin,
Mangulikka faqat sevgi daxldor!
Toshdek dumalaydi hali asrlar,
Davrlar o‘tadi kiyikdek chopib,
Hali yechiladi chuvalgan sirlar,
Falak asrorin ham olarlar topib.
Qadimshunoslarmi, odamshunoslar,
Toshkent toshlarini kesarkan bir kun
Hayratdan barchasi esidan ozar —
Mening yuragimni topib bus-butun!
Goho ishq yo‘lida bo‘lar qurbonlik,
Lekin o‘zga olam sevgi va ilm.
Hozir bir so‘zingga kelajak bog‘liq,
Toshbag‘ir sevgilim, toshdil sevgilim!
Iqbol Mirzo.
-
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Behzod Fazliddin
-
Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan chekanda ohu,
Uning ham dilbandi qaytmadi jangdan,
O'n to'qqiz yoshida beva qoldi u.
-
Ulki, sanga eldin erur aybgo',
Elga dog'i sendin o'lur aybjo'.
Alisher Navoiy.
-
O‘t ichida yashash osonmi, Jonim,
Nechuksiz? Joningiz omonmi, Jonim?
Ayirib qo‘yishdi yo‘llarimizni,
Odamlar shunchalik yomonmi, Jonim?
Ko‘ngilning yurtidan ketib bo‘lmaydi.
Sinovsiz manzilga yetib bo‘lmaydi.
Axir, muhabbatning ko‘chalaridan
Yurakka tosh solib o‘tib bo‘lmaydi.
Yer, Samo biz bilan, qisinmaydilar,
O‘tkinchi kuchlarga bo‘ysunmaydilar.
Tushunib turibdi Xudoyim bizni,
Nega bandalari tushunmaydilar?!
Odamlar shunchalik yomonmi, Jonim...
Behzod Fazliddin.
-
Manzilim yirog'u,vaqtim qisqadir,
Yeta olarmanmi,unga sog'-omon.
Balki baxtsizdirman,baxtim qisqadir,
Bug'doy bo'larmanmi,yo bo'lgum somon.
-
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.
Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.
Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q
Erkin Vohidov
-
Qalbim osmonida qora bulutlar,
Quyoshini bergin yoritib tursin.
Uni qoplamasin quzg'un-burgutlar,
Bulbullari g'amin aritib tursin.
Ojiza bandangman qo'limni tutgin,
Sabru-tavakkalni ato et o'zing.
Xato qadam qo'ysam yo'limni tutgin,
Vujudimga jo qil har bitta so'zing.
Seni sevganlarni sevganim haqqi,
Gunohlarim kechgin bo'lsa kabira.
Robiyangday oshiq bo'lsaydim qani,
Maryamdek yo'lingda bo'lsam nazira
-
Allohim, O’zingga bosh eggan banda
Boshqalar nazdida eng kuchli odam.
Allohim, islom-la ulg‘aygan tanda
Kibru-u riyo bo‘lmas zarra bo‘lsa ham.
Allohim, Sen uchun boshin egmagan
Har kim qarshisida yotganin ko‘rdik.
Allohim, lahzalik rohatni debon
Oqibat alamlar totganin ko‘rdik
Allohim, Qur’onga bo‘ysungan inson
Aziz-u mukarram yashadi, o‘ldi.
Allohim, eng so‘nggi nafas bermish on
Tug‘ilgan sof fitrat unga yor bo‘ldi.
Allohim, kaloming bilmagan banda
Oddiy sinovlarda yo‘lidan qaytmish.
Allohim, unga ham o‘lim kelganda
Otasin, bolasin ismini aytmish...
Hayrulla Hamidov
-
Shamollari uyimda kezgan Olloh,
Xayolimdan ne kechsa,sezgan Olloh.
Oxirati bag'rimni ezgan Olloh,
Oxirat kun mening holim ne bo'lur?
-
Rauf Parfi degan bir osmon -
Og'riq -yulduz charaqlab turar.
Kahkashonmas,dardli bir doston
Ko'kda tig'dek yaraqlab turar.
Rauf Parfi
-
Rahmon deya qo'ysam bir qadam,
Shayton yo'li bo'lar yuz odim.
Azozildan yiroq qil Olloh,
Shudir mening yolg'iz murodim.
-
Ma’siyat, gunohlar shu qadar zo‘rki
Alar bilan ko‘ksim o‘yiblar tildim.
Jonim chiqar chog‘da behad shukrki,
Tavba eshigingga emaklab keldim.
Hayrulla Hamidov
-
Ma'raka-kuylarda o'qilar Qur'on,
Bir so'zning ma'nosin bilmay o'zlari.
Savoblar oshkora gunohlar pinhon,
G'iybatdan boshqa yo'q aytar so'zlari.
Bid'at botqog'iga botib qolganlar,
Ilm anglamoqqa yo'qdir ehtiyoj.
O'z so'zida turib qotib qolganlar,
Oqni qora derlar yo'qdir hech iloj.
O'zlari adashsa mayliga edi,
Butun bir xalqni ham boshlab ketarlar.
oloh ta'ziyani uch kundir dedi,
Bir yillab ko'zlarni yoshlab ketarlar.
Bugun uni qilmang ertaga buni,
Deya chalg'itarlar bermay omonlik.
Har qandayin kun ham Ollohning kuni,
Faqat hech bir kunda qilmang yomonlik.
Ollohning nomiga bo'lmasa ehson,
Qabul etmas uni istamas sherik.
Bandaning nomiga yozib dasturxon,
Hojatni so'rarlar go'yo u tirik.
Robiya Turob qizi.
-
Ko'z birla qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi,
Yuz birla so'zing yaxshi, dudog'ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin-ayog'ing yaxshi.
Alisher Navoiy.
-
Ishqing o'tig'a kuygoli keldim,
Oydek yuzungni ko'rgoli keldim.
Savdoi zulfing tushdi boshimg'a,
Sendin savollar so'rgoli keldim.
Bahringga kirdim g'avvos bo'lay deb,
Bir durri maqsud olgoli keldim.
Mani so'rasang, ey gul'uzorim,
Mahvi jamoling bo'lg'oli keldim.
Qofila ketti,manzilga etti,
Men ham boray deb ketgoli keldim.
Soqiy, qadahni qilg'il muhayyo,
Vahdat mayidin ichgoli keldim.
Rahmat eshigin Mashrabga ochg'il,
Ishqing ko'yida o'lgoli keldim.
Boborahim Mashrab.
-
Men ham ayol yashamoqdaman
O'zni Olloh bandasi deya
Parvardigorni sevmoqdaman ham
O'zligimni men ko'proq suya
Jannatingni orzu qilarman
O'z nomimni asramoq uchun
Do'zaxingdan qo'rqib yig'larman
O'z jonimni asramoq uchun (Robiya Turob qizi)
-
Nola aylab Semurg' dedi: - Ey bedor,
Chorlar seni Biruborim. Bor. Ishon.
Sen fano vodiysi, haq qoshiga bor,
Yeru osmon cho'kmakdadir benishon.
Vahshiy dunyo, qonho'r dunyo quturdi,
Inson faryodiga to'ldi koinot,
Nabiylar, dohiylar, shoirlar turdi,
'Chora, chora!', - deya so'rdilar najot...
Allohim, bilursen qay sori ketdim,
llohim... Men o'ldim... Men senga yetdim...
Rauf Parfi
-
Mening go'zal makonim Buxorodirsan,
Ham jonimu,jahonim Buxorodirsan.
Onadek mehribonim Buxorodirsan,
Tomirda urar qonim Buxorodirsan.
Sen gullab-yashnayversang,qalbimda bahor,
Sening ishqingla o'tar har kech har nahor,
Ikki dunyosi obod,foxira shahar,
Dilda toshgan ummonim Buxorodirsan.
Senga arzir qancha kuy,dostonu,she'rlar,
Sening bag'ringda o'sar pahlavon sherlar.
Vatanni sevmoqlik iymondan derlar,
Or-nomusim,iymonim Buxorodirsan.(Robiya Turob qizi)
-
Nafsing seni qattig' balo, albatta, urgil poy ango,
Har dam seni o'tqa solur, zinhor berma poy ango.
Aytur snega yuklab yukin:"Ul ishni qil, bul ishni qil!"
Aksini aylab so'zni, hech qilmag'il parvoy ango.
Izzatig'a ul farbeh bo'lub, isyon sari bo'lg'ay daler,
Aylab oyog' ostida xor, cho'g' nayzasini soy ango.
O'z royiga qo'ysang oni, bir damda ajdarho bo'lub,
Boshing yutarg'a o'g'rag'ay, erkingni berma boy ango.
Uzgil havasni xorini dil bog'idin aylab shitob,
Resha olib mahkam bo'lur, bersang zamone joy ango.
Miskin Huvaydo, senoni nogoh ko'tarsa boshini,
Taqvi tayog'i birla chop, hargiz dedurma voy ango.
Xo'janazar Huvaydo.
-
Ovoziga qarab chorlanar mulla,
Qabulini hech kim o'ylamay qo'ygan.
Zarhalli duolar - bersang gar tilla,
Pulsiz duolardan mullolar to'ygan.
Folbinu - dindorni bir deb o'ylar xalq,
Olloh nomi ila fol ocharlar bor.
Kufr girdobiga o'zni g'arq etib,
Ham o'zgani eltib so'ng qocharlar bor. (Robiya Turob qizi)
-
raftoriyu qaddiga ravonim sadga
bir boqishiga ikki jahonim sadga
ogziyu beliga budu nobudim sarf
kuziyu labiga ikki jahonim sadga
z.m. bobur
-
Azob chekkin, ataylab
Qo‘lingdan suv ichmayman.
Ko‘ylagimning tugmasi
Botmasin, deb quchmayman.
Iqbol Mirzo.
-
Nima bo`lsa toleimdan ko`rdim, ammo
E`tiqodim seni pulga sotganim yo`q
Mening bitta Vatanim bor yer yuzida
Undan go`zal Vatan izlab chopganim yo`q
M. Jalil
-
Qilurlar bir-birining suhbatin garchi havas ahbob,
Emaslar lek davron gardishidin dastras ahbob.
Falak mundog’ki dushmankomlig’ zohir qilur har dam,
Emaslar hech forig’ g’am chekardin bir nafas ahbob.
Muhabbat rasmidin ogoh etib, minnat tutub bergil,
Agar jon naqdini sendin qilurlar multamas ahbob.
Zamona ahlining manzuridur chun moli jam’iyat,
Qachon topg’ay meningdek bir g’arib be hechkas ahbob.
Erurmen o’yla bekaskim, borurg’a bog’lasam mahmil,
Topilmas aylamakka nola andoqkim jaras, ahbob.
Tutay kimdin umidi marhamatkim, yoqg’ali jonim —
Urarlar otash a’dovu solurlar xoru xas ahbob.
Desang, a’do shikasti davlatimg’a topmasunlar dast,
Yig’ atrofingg’a, ey shoh, adl birla peshu pas ahbob.
Shakar yanglig’ jahon ahlig’a shirinkomliq yetkur,
Hujum etsun desang ustingda andoqkim magas ahbob.
Erur bir gul havosi bilra Munis ko’ngli bolafshon,
Nechuk saqlarlar aylab oni mahbusi qafas ahbob.
Shermuhammad Munis.
-
Bilmam na deb do`st bo`lgan ular
Og`ir kunda ustimdan kulsa
Shaytonlar ham yuzin o`girar
Do`stman degan dushmanlarimdan
Poymol bo`lib orzu va armon
Pushaymonman, o`ta pushaymon
O`rtab borar umrbod hijron
Do`stman degan dushmanlarimdan
O. Odilxonov
-
Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.
Iqbol Mirzo.
-
Bermang ozor unga zinhor
Ko`tarolmas qo`nsa g`ubor
Iliq so`zdan misli bahor
Yashnagan bog` ekan ko`ngil
Orzusi mo`l, aslo bitmas
o`limni ham pisand etmas
Qor yog`sa gar erib ketmas
Ham baland tog` ekan ko`ngil
O. Odilxonov
-
Lahzalik sevinch bor, lahzalik visol
Bosh-oyoq soz o‘tgan kunni bilmadim.
Ertaga yuragim tinar, ehtimol,
Qachon qayg‘u do‘li tindi, bilmadim.
Suvloq kechgan kabi izim belgisiz,
Izim ko‘zyoshgami, cho‘mdi, bilmadim.
Umr sovurmoqqa ruhsiz, sevgisiz —
Asov dil qaysi kun ko‘ndi, bilmadim.
Bahorda quvonchgul ekkandim, chog‘i,
Ne bois qayg‘ugul undi, bilmadim.
Qaerda adashdim, qayda gunohim?
Qaerga bosh uray endi, bilmadim.
Hur-hur shabadalar, moviy chechaklar,
Zangor oy eridi, tomdi... bilmadim.
Sertutun kunduzlar, oysiz kechalar,
Sharpalar... Bir shaffof tongni bilmadim.
Sizdan o‘tinchim shu — bir nafas tegmang,
Gina saqlamadim, kinni bilmadim.
Bir go‘zal insonni sog‘ingandekman,
Lekin sog‘inganman kimni? Bilmadim.
Iqbol Mirzo.
-
Men keldimu,dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam,martabasi osharmi?Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim-ketishim sababi qayda.(Umar Xayyom)
-
Atirgulim manim, nozlik atirgul,
Tikonlari yumshoq, nozik atirgul,
Umri yarim bahor — yozlik atirgul,
O‘z husnidan boshi xam ko‘rinadi.
Besamar arzlarda umri hazonlar,
Befoyda bahslarda umri hazonlar,
Behuda darslarda umri hazonlar
Qoshida ming yillik sham ko‘rinadi.
Quyoshing shundadir, oying shundadir,
Zuvalang — qorilgan loying shundadir,
Shunda qolajaksan — joying shundadir,
Yonginangda Iqbol ham ko‘rinadi.
Iqbol Mirzo.
-
Ishqdir abadiylik avjida oftob,
Hayot chamanida toledan xitob.
Bulbul kabi nola qilmoq ishq emas,
Ishq - nola qilmaslik bo'lsang yuz xarob.(U.Xayyom)
-
Balo ko'hsorining farhodi men-men,
Junun tasvirining behzodi men-men.
Jahonda har qachonkim bo'lsa paydo
Agar sho're, aning bunyodi men-men.
G'amu mehnatga bor ersa aro'se,
Bilinglarkim, aning domodi men-men.
Netong Majnun mening shogirdim o'lsa,
Ki, ishq atfolining ustodi men-men.
Ko'ngulda zaxmlardurkim, falakning
NIshoni novaki bedodi men-men.
Mening nolamg'a xud sho'xe sababdur,
Vale el boisi faryodi men-men.
qurub hijron tuzoqini hamisha,
Balolar saydining sayyodi men-men.
Vafoda muddaiylardur mutei,
Jafo aylar chog'i munqodi men-men.
Jununda, Muniso, murshidlig' etsang,
Aning shoyistai irshodi men-men.
Shermuhammad Munis.
-
Ne Turim bor, ne turorim,
Hech yerda yo‘qdir qarorim,
Haqqa munojot qilmoqqa
Tayin yerim bo‘lmas mening.
So‘r, turganim yerni mendan,
Ko‘rsaturman, kelsang, senga.
Bir zarracha hakdan ayru
Ko‘zim hech ne ko‘rmas mening.
Tur tog‘ida bir tajalliy
Boq, Musoni nelar qildi!
Yunus aytar: Haq nazdida
So‘zim yerda qolmas mening!..
Yunus Emro
-
Garchi avval bor edi mahbubi gulruxsora so’z,
Lek erur holo base mankubu baxti qora so’z.
Shoiri sho’ridaga diljam’liq qaydin yetar,
Daxli bejodin avom olllidadur yuz pora so’z.
Dema, so’z atrofiga chekmish livoyi ishtihor,
Qadrdone topmay o’lmish dahrda ovora so’z.
Shoir o’z ahvolig’a darmondavu fazl ahli xor,
Ohkim topmas bu davron ichra bir g’amxora so’z.
Qilma izhori suxanvarlik farog’e istasang,
Siymu zar o’rniga yer boshig’a sangi xora so’z.
Xoh nazmu xoh nasr o’lsun fazilat ahlidek
Xorlig’ domonig’a chekmish oyoq yakbora so’z.
So’z chu mundoq xor esa, so’z ahli mundoq xoksor,
Vah ne til birla deolg’ay Munisi bechora so’z.
Shermuhammad Munis.
-
Zarurat hayotdan yaxshimi yomon
Ozmi ko`pmi yashab o`tar har inson
Kelajak ellarga esdalik bo`lib
Uyat, qolsa undan quruq qabriston
Odif Odilxonov
-
Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.
Tog’day bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chog’i?
G’amni yengarman deganim sarim
Yana ortar alami, dog’i.
Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo’lmaslik-chun baxtingdan judo,
Birga qolish uchun sen bilan
Kuyaman-u, bo’lmayman ado
Zulfiya
-
Oh, qachon aldashga o'rganasan sen,
Yuzingda kulgiyu, labingda titroq.
Men uchun o'rtanmay, o'rtanasan sen...
Qo'rqma! Tillarimda qolmadi so'roq.
Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim,
Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?
Usmon Azim
-
Afsuski,bekordan-bekor so'ldik biz,
Falakning dastidan kukun bo'ldik biz.
Ko'z ochib yumguncha ko'rgan alamdan,
Tilakka yetolmay, oxir o'ldik biz. (Umar Xayyom)
-
"Zaynabbegim" har kun qoshingda,
Telbaligin qiladi ko‘z-ko‘z.
Shartmi, axir, Sening yoshingda,
Dushmaningga gapirmoq bir so‘z.
Qora kiyib, azador bo‘lib,
Dog‘larmiding shu ulug‘ dilni?!
Farzandlaring bir- birlariga,
Bermaganda zahri qotilni??!!!
Mas'ud
-
Ishqing g'amida diydayyi giryonima rahm et,
Hajring tunida nolayi afg'onima rahm et.
Javring chekibon joni hazin chiqqoli yetdi,
Ey jonu jahon, joning uchun jonima rahm et.
Toroji firoqing yalang etti tani zorim,
Ber jomayi vasling, tani uryonima rahm et.
Darding chekaram go'shayi vayronada umre,
Tashrif ketur, kulbayi ahzonima rahm et.
Holimni parishon yuz uza ayladi zulfing,
Jam' et oniyu halo parishonima rahm et.
Ey gul, g'ami hajringda ko'ngul bulbuli nola
Tokay qiladur, bulbuli nolonima rahm et.
Davron sitami, ishq g'ami, hajr balosi
Qasd etti hazin xotiri vayronima, rahm et.
Bejurm mani yozg'urubon tiyg'i jafoni
Jonimg'a surub, qolma maning qonima, rahm et.
Hayratdadur Ogahiy to ko'rdi jamoling,
Ey hurliqo, diydayi hayronima rahm et.
Muhammadrizo Ogahiy.
-
Tirik, o`lik, fido bilan birgaman,
Tiriltirar nido bilan birgaman.
Mening yorim bo`lolmaydi yolg`izlik
Men hamisha Alloh bilan birgaman
(Muallifi esimda yo`q, keyinchalik yozib qo`yaman)
-
Nе qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Bolaligim, xayr dеb kеtdi.
Ishqdan qalbim tashvishlar chеkdi.
Qancha baxtsiz kunlarim o`tdi,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Doniyor Sobirov
-
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.
Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..
Muhammad Yusuf
-
Ul malaksiymoki, borcha ilm yod bo'lmish ango,
Ro'zi shab darsu saboq takroridin mo'tod ango.
Ilm tahsili suluki ichra solik bo'lg'oli,
Aql piridin damo-dam yetkusi irshod ango.
Sarfu nahvu mantiq ichra toki sa'y etti ayon,
Sebvayh ruhi qilur tahsinu ham imdod ango.
Qilg'oli ilmi kalomu hikmat ashqolini hal,
Haddin afzunroq berubdur tangri iste'dod ango.
Nasb etarga xaymani ilm andoq etti jiddu jahd
Kim, madad yetkurdilar aqtob ila avtod ango.
Go'yoyi ilmi ladunnidin topibdur bahrakim,
Har kalomi ramzidin hayratdadur ustod ango.
Ilm ila, yo rab, qil oning rutbasin andoq baland
Kim, bori olimlar o'lsun tabe'u minqod ango.
Ilm andoq ganji nofi'dur bani odamg'akim,
Kimda ul bo'lsa, iki olam bo'lur odob ango.
Kasbi ilm etmay kishi gar qolsa mahzi jahl ila,
Ikki olam obro'si bo'lg'usi barbod ango.
Olim uldurkim, shariatdin tajovuz qilmasa,
Gar tajovuz qilsa, bildil, peshadur ilhod ango.
Ilmdin bebahra el holini bilmak istasang,
Ogahiyning zor holin bilgil istishhod ango.
Muhammadrizo Ogahiy.
-
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Muhammad Yusuf
-
Lablarimni yondirgan olov,
Sochlarimga qo`ndirgan qirov,
Tuyg`ularim tutmagan jilov,
Ko`zlarimda qalqigan yoshim,
Muhabbat, bo`l mening quyoshim!
Laylo Abdiyeva.
-
Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?
Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?
Netay yolvormoqqa yetmas jur`atim
Mendayin bir gulni qaqshatdingizmi
Shu dam taqdirimni ming bor qarg`adim
Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?
Nafrat ko`zlarila boqib ketdingiz
Aytingchi bir to`kis baxt topdingizmi
Armon gullarini taqib ketdingiz
Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?
Mendek vafodorga shumidi qismat?
Endi armonlarga egmoqmi boshni
Meni yomonlarga o`xshatdingizmi?
Vaqtning yo`llari ham ekan-ku qimmat
Endi bolishlarga to`kmoqmi yoshni
Nozigul
-
Ishqing o'tidin o'rtanadur joni nizorim,
ul nav'ki, mash'al,
Xokistar o'lub yelga borur gardi g'uborim,
jismim bo'lubon hal.
Boshingdin agar evrulibon o'psa ayoqing,
ko'nglumga ajab yo'q,
Bu martabaga yetkaradur oni nigorim,
gesuyi musalsal.
Dard ahli chekar har necha ojizroq o'lub oh,
ta'siri fuzundur,
Sog'inma agar pas esa nolavu zorim,
zinhorki, ashal.
Ey sho'x, meni solma inoyat nazaridin,
har hol ila bo'lsam,
Sen-sen mening ummidimu maqsudimu yorim,
ham so'ngra, ham avval.
La'ling mayi birla meni sarshori hayot et,
xayvon suyi yanglig'
Kim, jonima qasd aylabon andugi xumorim,
qildi meni mahtal.
Lu'luyi xushob o'ldi tishing vasfini qilg'och,
har nuktaki surdum,
Hay-hay, na balo yaxshi xayol o'ldi shiorim,
har fikrdin afzal.
Har yon yugurib dasht uza sargashtalik etsam,
man' aylama zinhor,
Kim, keldi g'aming olg'ali oromu qarorim,
bir oyati munzal.
Erdim guli vasling bila shod o'ylaki bulbul,
hajr ayladi mahzun,
Ey voy, xazon mavsumig'a fasli bahorim,
charx etti mubaddal!
Ne o't edi husningdaki, kul bo'ldi sarosar,
bo'lg'on anga nozir,
Qaysi ko'ngul erkan anga, ey shu'lauzorim
bo'lg'usi sijanjal?
Behudadurur sarzanish etmak menga Munis,
rasvolig' ishidin,
Odobi muhabbatda agar ketmasa orim,
bo'lg'aymuman akmal?
Shermuhammad Munis
-
Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qop-qora tun.
Hamid Olimjon
-
Nechun ko'zlaringda xalqalandi yosh,
Nechun yuzlaringda aks etar qayg'u.
Seni qiynayotgan qandayin bebosh,
Qandayin berahm xayol edi u.(Robiya Turob qizi)
-
Ul gul yuzi sahbodin gul, gulmu ekan oyo,
Ko'nglum anga zor o'lg'on bulbulmu ekan oyo.
Xolimi ziyod etkan shirin labig'a lazzat,
Yo xoni malohatda fulfulmu ekan oyo.
Ko'nglumda hujum etkan fikri lebi erkanmu,
Sog'ar aro yo rangin mul-mulmu ekan oyo.
Raxshimu qilur javlon chobukvashim ostida,
Yo'q ersa, Ali mingan Duldulmu ekan oyo.
Faryodmu ko'nglumdin ko'yi aro fosh o'lg'on,
Yo bog' aro bulbuldin g'ul-g'ulmu ekan oyo.
Majlisda Masihomu takrori kalom aylar,
Yo shisha ayon etkan qul-qulmu ekan oyo.
Ey Ogahiy, olingda bulbulmu navo tortar,
Bulbul qoshida yoxud chul-chulmi ekan oyo.
Muhammadrizo Ogahiy.
-
Otam huzurimni ko`rmoqchi edi
Onam ham kerilib yurmoqchi edi
Ular yo`q. Hasratda so`rayman endi
Ne yomonlik qildim senga, tabiat
Barcha dardmanlarni darmonli ko`rdim
Ammo sog` odamni armonli ko`rdim
Yaxshilik izladim yomonlik ko`rdim
Ne yomonlik qildim senga, tabiat
M. Jalil
-
Tabiat yoshlikdan ayirding meni
Sh`oxlik, quvnoqlikdan qayirding meni
Nega to`kis yo`lda toyirding meni
Ne yomonlik qildim senga, tabiat
Meni ham chorladi visolga sohil
Yor sevdim vasliga bo`lmadim dohil
Javob ber bo`lmasang soqov yo baxil
Ne yomonlik qildim senga, tabiat
M. Jalil
-
Tabassumda ko’rub rangin labingni nogahon g’uncha,
Qilib diltanglik zohir, ichidin bo’ldi qon g’uncha.
Sabo tahrikidin, yo’q, balki og’zing sharmidin boshin
Quyi solmoqqa moyil bo’lg’usidur har zamon g’uncha.
Ochiq chehrangni to ko’rdi dema, ey, gul ochilmishdur,
Xijolat g’oyatidin aylamish kulgu ayon g’uncha.
Ko’ngul tor og’zinga bir handada oldurdim, ey gulrux,
Kishi ko’rganmu erkan bu sifat bir dilsiton g’uncha?
Omonlik istasang bu bog’ aro, xomush bo’l doim
Ki, ofatdin omondur sirrin aytar to nihon g’uncha.
Sening og’zing xayolidin qilur ko’nglum qushi nola,
Erur bois chu bulbul qilsa faryodu fig’on g’uncha.
Ko’ngul jam’iyati topsa xalal ermas, taajjubkim,
Emas bu bog’ aro oshufta bo’lmoqdin omon g’uncha.
Nedur bu razmgoh ichra boshingga istamaklik xud
Ki, el xayli o’qig’a bordur avvalroq nishon g’uncha.
Shitobon bo’lma, rif’at qullasig’a to kun ermassen,
Kamin aylab yotibdur yo’lda sheri osmon, g’uncha.
Fig’onkim, barcha bu gulshan vidoidin emas emin
Ki, gah gul uzmak etmish da’b, gohi, bog’bon g’uncha.
Aning ruhsoru la’li o’yla rangindurki, ey Munis,
Agar ko’rsa, bo’lur afsurda gul ham notavon g’uncha.
Shermuhammad Munis.
-
Zaminda charx urar ruhingiz bedor,
Qolgan tiriklarning tinchini o‘ylab.
Charx urar, Chotqolga termulgancha zor,
Qarshining bepoyon dashtlari bo‘ylab.
Abdulla Oripov.
-
БЕГИМ
Согинч сикувлари сзса юрагим
Хижрон оловида куйса тилагим
Сиз смас узгалар тутса билагим
Шунга хам рашкингиз келмасму БЕГИМ
Узга хонадонда уйнаб кулсам
Узга ёр дардини дардим деб билсам
Сизни хаёлимдан буткул унутсам
Шунга хам рашкингиз келмасму БЕГИМ
Узгага чой сузиб пиёла тутсам
Узгани йулини интизор кутсам
Ушал ёр бахтини бахтим деб билсам
Шунга хам рашкингиз келмасму Бегим
Афсуслар калбингиз уймасму БЕГИМ
(muallifi kim bilmayman)
-
Mana, oxir senda namoyon
Muhabbatim, ko'zim, ismatim.
O'ngmi, tushmi yo shirin armon?
Birdan yaraqladi qismatim.
Rauf Parfi.
-
M aylida kimgadir yoqsa yoqmasa
ularga qo`shilib yig`lasharmidik.
Biz bahtli bo`lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
Muhammad Yusuf
-
Kim ko’rar xurshidni, ul mohsiymo bo’lmasa,
Kim so’rar shakkarni, ul la’li shakarxo bo’lmasa.
Gul tikandur ko’zlarimga ul yuzi guldin yiroq,
Sarv o’qdur bag’rima ul sarv bolo bo’lmasa.
Jannatu-l-ma’voni, ey zohid, netay men zorkim,
Istaram ko’yidin o’zga manga ma’vo bo’lmasa.
Tiymag’il devona ko’nglumniki, rasvo bo’lma deb,
Oshiq o’lg’aymu edi ul telba rasvo bo’lmasa.
Gar boshingni kessalar ishqida, ey Bobur, sening,
Yordin ko’nglung kerakkim o’zga qat’o bo’lmasa.
Zahiriddin Muhammad Bobur.
-
Avval bag‘rin ochdi u,
Keyin zahrin sochdi u.
Bergan atirgulimni
Yuragimga sanchdi u.
Bunaqasi ketmaydi —
Gul yarasi bitmaydi.
Bilak tashlab bo‘ynimga
Kulib, kirdi qo‘ynimga
Keyin dedi: «Baribir —
Boshqa birov o‘yimda...»
Bunaqasi ketmaydi —
Til yarasi bitmaydi.
Shirin kulgan shumasmi?
Bog‘lab olgan shumasmi?
Soch silkitib, jonimga —
Tuzoq solgan shumasmi?
Bunaqasi ketmaydi —
Qil yarasi bitmaydi.
O‘psa, netar dedilar,
Yuvsa, ketar dedilar,
Har qandayin jarohat —
Bir kun bitar, dedilar.
Bunaqasi ketmaydi —
Dil yarasi bitmaydi!
Iqbol Mirzo
-
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi
Zulfiya
-
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shonim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
Abdulla Oripov.
-
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.
Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.
Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.
Alisher Navoiy.
-
Sen tog'larim qaraygan chaqinimsan,
Do'mbirasi guldurak oqinimsan.
Aytishlaring bu olamga yoqadi,
Yeru osmon sel bo'ladi,oqadi.
Kuyga to'lib ketdi toshu devorlar,
So'lg'in-so'lg'in sog'ayadi bemorlar.
Faqat bir barg, chirigan bir barg faqat
Aylar menga mungligina nasihat.
Sirojiddin Sayyid
-
Tunda qo‘ling axtargan
Qo‘limdan so‘zlasammi,
Ko‘zyoshlarim quritgan
Gulimdan so‘zlasammi,
Faqat senga eltuvchi
Yo‘limdan so‘zlasammi,
Nigohing qaratgani
O‘limdan so‘zlasammi,
Jon deymi, jonon deymi,
Bu nechuk hijron deymi,
Munis, mehribon deymi,
Rostimni yolg‘on deymi?
Iqbol Mirzo.
-
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman
Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman
Iqbol Mirzo
-
Nafasim — g‘animat, so‘zim — g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.
Yaratganga borib aytaman seni!
O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qatib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz...
Iqbol Mirzo.
-
Zeru zabar — zabar bilan zer bo‘ldi,
Yer osmonga chiqdi, osmon yer bo‘ldi.
Bog‘ni izlab chohni toptim oqibat,
Tog‘ deb borgan joyim yaydoq qir bo‘ldi.
Ochiq ko‘ngil — ochiq sandiq — elniki,
Atirgulning sarin bo‘yi — elniki.
Yelga, elga, selga ketdi meniki,
Sizning saqlab qolganingiz sir bo‘ldi.
Ko‘ngil so‘rab, ko‘ngil buzdi do‘stlarim,
Ko‘nglim so‘rab, ko‘ngil uzdi do‘stlarim,
Ko‘ngillarin engil uzdi do‘stlarim,
Barin mendan hafsalasi pir bo‘ldi.
Parilarki, dil qonidan pardozi,
Joning kuysa hamki, kelmas parvosi,
Kulim ko‘kka sochar har gal parvozi,
Ko‘zlariga boqsam, ko‘zim kir bo‘ldi.
Orziqaman eslab tandir, savatni,
O‘zim tashlab keldim shunday jannatni.
Oldim shoir degan tavqi la’natni,
Endi menga ikki dunyo bir bo‘ldi.
Iqbol Mirzo.
-
Inonaman va`dalarning rostligiga
Hamma yaxshi odamlarning do`stligiga
Orzularing zinhor sarob emasligi
Shodlik ta`min achchiq emasligiga
Ko`zlaringga qarab kulib gapirgan
Odamning riyokor emasligiga
Do`stingman deb yurgan har bir odamning
Rostdan do`stligiga ishonaman men
M. Jalil
-
Nega xayolimga hech narsa kelmas
barcha ko`rganlarim nahot beta`sir
Nega ko`z yoshlarim duv-duv to`kilmas
Kulgim ham jaranglab chiqmas negadir
Uy oldim. Shumidi yashashdan maqsad
Shumidi o`ylagan so`nggi davonim?
chekkan zaxmatlarim shungami faqat
Shugina edimi faqat armonim
M. Jalil
-
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.
Kel, gulim, kel, ayog'ingga yiqilay,
Bir zamon qo'y: to'lib-toshib yig'lay.
Qo'y, biroz qo'yki, xoki poyingni
Surmadek yoshli ko'zima surtay.
Ketma, tur, tingla arzi holimni,
Arz etay holi purmalolimni.
Qani u damki, sen eding yorim,
Munisim, hamdamim, madadkorim,
Sening og'ushing, iltifotingda
Rohat etmishdi jismi bemorim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.
Kel, ayog'ingga qon bo'lib to'kulay,
Bir nafas dard-hajrdan qutulay,
Kel, go'zal dilbarim, kel, sochingni
Bir taray, bir o'pay-da, o'lay.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.
Abdurauf Fitrat
-
Gulday nozik, toshday og`ir
Saqlanar ming xazina sir
Oliy maqsad yo`lida bir
Ravshan charog` ekan ko`ngil
O. Odilxonov
-
Laylim, sado bergin, izlaring qayda?
Oromim berkingan ko'zlaring qayda?
Yuragim olovda, qo'llarim mayda,
Sog'indim, sen-chi yor, etasanmi hech.
Ozodbek Nazarbekov qo'shig'idan.
-
Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko'nglum chekamgan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor ettiyu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o'zga muddaosi qoldimu?!
Meni o'lturdi jafou javr birla ul quyosh,
Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!
Oshiq o'lg'och ko'rdim o'lumni o'zimga, ey rafiq,
O'zga ko'nglumning bu olamda harosi qoldimu?!
Ey ko'ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!
Zahriddin Muhammad Bobur.
-
Umidlandim,ko’p umidlandim:
Manglayda baxt dastxati bordir.
Sendan ayrildim-ku bunda ham,
Xudoyimning hikmati bordir.
Topganim ham bejizga emas,
Hikmat tuydim yo’qotganim dam.
Men sendan o’zimni topibman,
Ey o’zini yo’qotgan odam.
Seni topib, topdim o’zimni,
Garchi bag’rim, yuragim yaro.
Axir umrim yig’layotibdi,
Yo’qotishlar — topishlar aro.
Bir hikmatni angladim, yetdim,
Bejizga hech kirmamish tikan.
Topganim bu — yo’qotganimdir,
Yo’qotganim topganim ekan.
"œDiydor endi qiyomatgami?"
dilga shunday qayg’ular keldi.
Topganimda yig’layman ma’yus,
Jilmayaman yo’qotsam endi.
Guljamol Asqarova
-
Ikkimizning ikki yonda zorimiz bor,
Aytolmaymiz, aytmoqlikdan orimiz bor,
Umrimizda bir baxtsizlik kezib yurar,
Shu baxtsizlik menmasmikan, senmasmikan?
Guljamol Asqarova
-
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech,
Ayriliq ranglari to’lgan dunyoda,
Men yashil rangimni toplolmadim hech.
Hayr, men — o’ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo’lmog’im qiyin.
Mabodo sog’inib qolsangiz agar,
Qo’ng’iroq qilarman"¦
MING YILDAN KEYIN.
-
Nahot bo'lsang shunchalar shafqatsiz,
Nahot yashasak biz mehr-oqibatsiz?!
Balki yashaging kelar, jonim, sen mensiz,
Lekin yasholmasman, jonginam, sensiz!
-
Zahmatkash, mehnatkash shu qalam bilan,
Buyuk asrimizning siz ham naqlisiz.
Davrga goh quvonch, goh alam bilan,
Baho bermoqlikka siz ham haqlisiz.
Tabarruk bir yoshga yetibsiz omon,
Allohim kun bersa adog‘i bo‘lmas.
Agar yuraklarni zabt etsa inson,
Undayin umrning sanog‘i bo‘lmas.
Abdulla Oripov.
-
Sen mehr bersangu, kungli bulsa tor,
Yuraging alamdan bo'shatmoq qiyin,
Dunyoda o'limdan og'ir narsa bor,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...
Shum taqdir boshingni bog'lab qo'yarkan,
Gul berib dimog'ing chog'lab kuyarkan,
Tikoni qalbingni dog'lab kuyarkan,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...
Eng yuksak cho'qqiga etsa bo'ladi,
Shamolni qo'lidan tutsa bo'ladi,
Taxtdan xam voz kechib ketsa bo'ladi,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...
Tog'ni talqon qildi sevgi deb Farxod,
Bir Layli tufayli cho'l bo'ldi obod,
Xech kimning boshiga tushmasin hayxot,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...
Suvga g'arq bo'lmoq soz yo o'tda yonmoq,
Balki dor ostida mumkin quvonmoq,
Bu qanday azobdir, bu qanday qiynoq,
Suymagan yor bilan yashamoq qiyin...
(muallifni bilmayman kim)
-
Na shahdu na shiddat, na jur’at qoldi,
Na ahdu na rag‘bat, na sur’at qoldi.
Tushda ko‘rgan kabi shul suvrat qoldi,
Bizdan suvrat qoldi xolos, sevgilim.
Hech qachon hech kimga yetmas-ku dodim,
Yetsa, inobatga o‘tmas-ku dodim.
Armon shu — suvratda qotsa hayotim,
Bizdan suvrat qoldi xolos, sevgilim.
Suvratdek sarg‘ayib o‘char izimiz,
Mazmunin yo‘qotib borar ismimiz.
Jismimiz yuribdi, faqat jismimiz...
Bizdan suvrat qoldi xolos, sevgilim.
Iqbol Mirzo.
-
Mana bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas sgodliklarning qaytishin kutib.
Tobuting boshiga cho`kkanimda tiz,
Farzandlar ko`tardi qo`limdan tutib...
-
Boshim bukib qo‘yib o‘lim-azasiz,
To‘yga borgan o‘yinchidek shod hijron.
Yorsiz mazmunsizman, yorsiz mazasiz...
Balki unga begona va yot hijron.
Yer yuzida yulduzdan ko‘p bandalar,
Hammasining lablarida xandalar.
Nega hadeb bitta odam tanlanar?
Nega faqat meni aylar yod hijron?
Meni xazon qilgudayin shashding bor,
Imkonimdan ming bor uzun dasting bor,
Nima qildim, menda nima qasding bor!
Sen ham go‘yo bir odamiy zot, hijron!
Hiyla qilib chiqib bo‘lmas yo‘lingdan,
Urib qochib ketolmayman qo‘lingdan.
Tutquningman, mahkumingman, qulingman,
Osgil meni, otgil meni, sot, hijron!
Toleimga yozilgani qarg‘ishday,
Boshqalarga visol oddiy bir ishday...
Men zamondan ortda qolgan darvishday...
Dod dastingdan, dod dastingdan, dod, hijron!
Iqbol Mirzo.
-
Atrofimda ko'nglim suygan do'stlarim bor, ko'nglimda g'am
Ta'svirlangan yuzda quvonch, yashiringan ko'zimda nam
Afsusdaman endi o'zim senga aytgan so'zlarimdan
Yuragimni ezib-ezib ko'z uzmading ko'zlarimdan
Qaramagin ko'zlarimga ko'zlaring begona endi
Begona bo'ldi bu dunyo senday yagonam yo'q endi
So'ramagin ahvolimni yuragim g'amhona endi
Seni sevgan oshiq yigit hofiziy devona endi.
Oydan oydin guldan go'zal, oy jamoling g'am ko'rmasin
Yarashibdi oppoq libos bahtingga hech ko'z tegmasin
Afsusdaman endi o'zim senga aytgan so'zlarimdan
Yuragimni ezib-ezib ko'z uzmading ko'zlarimdan
Qaramagin ko'zlarimga ko'zlaring begona endi
Begona bo'ldi bu dunyo senday yagonam yo'q endi
So'ramagin ahvolimni yuragim g'amxona endi
Seni sevgan oshiq yigit hofiziy devona endi.
Qo'shiqdan.
-
Istama sevguvchi dil, sen istagan yor mandadur,
Ishq uyida avliyo etgan qizil xor mandadur.
O'ynashur jon shu'lasida umrimi margi xazon,
Ul xazon kaftida yotgan do'zzaxiy zor mandadur.
Dayri mug' savdosida may bo'lsa gar ko'ngil qoni,
Ich, g'amim sarxush bo'larsan mayxona bozor mandadur.
Haq agar oshuftadur, oshuftadur jonim mening,
Mansuri Xallojda ketgan sohiri zor mandadur.
Qayg'uning ehsonida yeldagi oshiq oy kabi,
Bemurod baxtni yopingan qayg'uchan attor mandadur.
Befasl o`tgan umr darvozasi dard zangidir,
So'ngagimi ichida yotgan beqalov qor mandadur.
Bu ko'ngil vayron etilgan chorasiz ishq shahridir,
Sen xiyonat toshin otgan Kabai-g`or mandadur.
O'ldimu ikki ko'zim qabrim bo'lib qoldi mening,
Ruhlar orzusida bezovta mozor mandadur.
Garchi jannat qayg'usi etmas meni devonahol,
Bir yorug' qayg'u o'zim arosat devor mandadur.
Sen G'ulomsan qismati Shayxi Sa'non sandadur,
Hur balo dashtidagi ul zulfi zunnor mandadur.
Halima Ahmedova.
-
Ravo ko‘r, yuzingda bir xol bo‘layin,
Ko‘rsat ag‘yoringni, zavol bo‘layin.
Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin,
To‘yingda suv tashib hammol bo‘layin.
Abdulla Oripov.
-
Na osiyman, itoatdin adashmadim man,
Na gumrohman, bor toatdin adashmadim man.
Nega ko’rdim, nega kirding yuragimga
Sani ko’rib — ibodatdin adashdim man.
Guljamol Asqarova
-
Ne naf mudom alam chekmoqdin,
Dil sindirib, daraxt ekmoqdin,
Bir zum tinmam seni sevmoqdin,
Ko’ksimda ishq buloqlarim bor.
Tangrim, kechir, gunohlarim bor.
Guljamol Asqarova
-
Ruhingizni toptab tashladi sog`inch
Endi sog`insangiz osmonga qarang
Ketdim ko`zlarimdan qidirmang ovunch
Axir ketyapman o`zim ham arang
Meni sog`inasiz...
Hech kimga aytmay...
Mehribon
-
Yomon urug` ekkan bo`lsam nosoz yerga
Zinhor-zinhor yaxshi hosil kutganim yo`q
Nima bo`lsa toleimdan ko`rdim ammo
E`toqodim seni pulga sotganim yo`q
M. Jalil
-
Qadaming poylayman, yo'lingda ko'zim,
Dardimni eshitar tunda yulduzim.
Sendan so'rar yagona so'zim,
Sensiz yasholmayman, senchi, azizim?
-
Men endi anglasam: sof sevgining ham
O`z dardi, tashvishi, g`ami bo`larkan
Bir dasta gul bo`lib boqsa ham olam
Ba`zida kaftingga botarkan tikan
Shuhrat
-
Bugun yana g‘amlarimni boshlab keldim,
Men abadiy dardlar bilan kelsam kerak.
Yuragimni osmonlarga tashlab keldim,
O‘zim endi tuproq bo‘lib qolsam kerak.
O‘zgalarning baxti deb ham yig‘lab turing,
O‘lmaydigan navo olib keling menga.
Dardlarimning davosini qo‘yavering,
Hozir esa Havo olib keling menga.
Og‘riqlarim Xudoyimning bergani-da,
Ko‘ksim endi ikki dunyo bo‘sh turmaydi.
Peshonamga Quyosh tegib turganida,
Uyg‘onmasam, tonglar meni kechirmaydi,
Gar yonmasam, kunlar meni kechirmaydi...
Behzod Fazliddin.
-
Ishlari ig‘vo-yu tuhmat va riyo,
Aldamchi, haromxo‘r, iymonsiz balo.
Agar ularni ham yaratgan bo‘lsang
Kimdan gina qilay endi, ey Xudo.
Abdulla Oripov.
Ali Rizo Bek: ZAFAR_UZ, Bahri baytda post qoldirishdan oldin, qoidalarini o'qib chiqing!
-
Benamozlik
Ogir kunda tag'in aytar panoh BER deb,
Shuni aytsa kerakda, haqq gunoh bir deb
Muhirlanmush qalbi mangu Benamozlik,
Namozshomda guyo uyqu Benamozlik.
Bobolari sajdadan bosh kutarmagan,
Yaratgandan uzga Iloh ahtarmagan,
Oh bu farzand, nechun desang kukarmagan,
Daryo qurib, urnida cho'l Benamozlik
Duzah sari eng QULAY yul Benamozlik.
Tahtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu,
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu,
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu,
Elkasida uning bugun Benamozlik
Hech echilmas jirkanch tugun Benamozlik.
Buhoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar,
Shu o'lkadan chiqqan edi jigarbandlar,
Ularni odam qilgan labbahandlar,
Ular uchun eng katta OR bu Benamozlik
Bugun biz aylagan HOR Benamozlik
Sinolarin NAMOZ uqib tabib bulgan,
Navoiysi sajda chog'i habib bulgan,
Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan,
Bu millatga katta UYAT Benamozlik
Tarih uchun katta g'orat Benamozlik.
Dunyo uchun nima qilsang qilavergin,
Uzingni kim bilsang shunday bilavergin,
Ammo sungi hitobimga quloq bergin,
JAHANNAMGA ZIYORATDIR Benamozlik,
Insoniylikka hiyonatdir Benamozlik...
-
Kimnidir qo'liga termulaman zor,
Kimnidir qalbiga berganman ozor.
Kimnidir esidan chiqqanman, balki
Kimnidir qalbida yashayman hamon!
-
Nolon bulbullarga qilgancha havas
Suysam sukunatga aylanib suydim
Kuysam ayriliqning gulxanidamas
O`tli nigohlaring taftidan kuydim
Qutqarmoqchi edim toqatni hatlab
Ruhingni qaqshatib yotganmuzlardan
Faqat avayladim bag`rimda chatnab
Bo`g`zimni kuydirib qaytgan so`zlardan
Har tong sochlaringni siypalab o`tgan
Bir daydi shamolcha bo`la olmadim
Ko`z yoshing namlagan, kipriging o`pgan
Bir shohi ro`molcha bo`la olmadim
Rustam Jabborov
-
Mayli yodimga ham bo`lmasang sodiq
Ismim xotirangdan mayli yo`qolsin
Orzuim... Kim bo`lsa mehringga loyiq
Seni hech bo`lmasa menek sevolsin
Rustam Jabborov
-
Nega keta turib sevgi so’radim,
Qarang ishqimizday alvon ko’ylagim.
Qachon ko’ksingizga borib sanchilar
Xanjarga aylanib qolgan yuragim?...
Guljamol Asqarova
-
Ma'rifatning shulasiga
Tolpinib zulmat aro,
Ko`zlaringdan oqdi tunlar
Kavkabiston, o`zbegim.
Tuzdiyu Mirzo Ulug`bek
Ko`ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk -
Qo`ydi Narvon, o`zbegim.
Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo`ldi
Shohu sulton, o`zbegim.
Erkin Vohidov.
-
Meni eslaysanmi, oy tilib-tilib,
Qiyqimlagan baxmalim — yalpiz?
Kimni izlayapsan, chuvalchang bo‘lib
O‘rmalab ketgan ildiz?
Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?
Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?
Sevgilim, hammasi tamom bo‘lgan. Goho —
Meni qiynaydi bir so‘z.
Sendan bir narsa bilmoqchiydim, ammo
Yodimdan chiqdi, afsus...
Iqbol Mirzo.
-
Sariq yaproq yuzingizning rangimidi?
Hasratingiz yuragimning zangimidi?
Mozoringiz men sho'rlikning bag'rimidi?
YIg'layotgan, yig'layotgan orzularim
Bermagayman sizni armon qo'lllariga
Kuy bo'lasiz baxtning biyron tillariga
Yo'llagayman sizni jannat yo'llariga
YIg'layotgan, yig'layotgan orzularim
Qo'shiqdan.
-
Men xayolga tolsam agar seni o`ylayman
Iztirobda qolsam agar seni o`ylayman
Yuragimni to`qmoq bo`lib qog`oz betiga
Qo`lga qalam olsam agar seni o`ylayman
O. Odilxonov
-
Nahri zilol, bag'ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Shoir tilak-ta’bim o'shal,
Ruhim o'shal, Rabbim o'shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal
Muhammad Yusuf
-
Laylakqor, azizim, g'alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig'lab kuzatsam...
Dardim jim ichimga yutsammi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
So'rsang, sevinchimdan o'kinchim ko'proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko'zda tabassum - u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo'ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo'qlab kelganingni o'zi bir bayram.
Qulog'ingga bir aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi...
Muhammad Yusuf
-
Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin...
Muhammad Yusuf
-
Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi
Muhammad Yusuf
-
Izzati nafs degan yovni yo'q etib,
Ul yolgon maqtovni qilasizmi mot?
Va haqsiz berilgan tojni ham otib,
Kibr ila havoga bo'lasizmi yot?
Realist.
-
Tomoqlarim qurib ketdi — cho‘llayapman,
O‘zi dilni qay ko‘lmakda ho‘llayapman.
Men bu galgi bahorni lol etmoqchiydim,
Ona, bugun sochingizda gullayapman.
Ishongandim, ko‘zlar meni sotib ketdi.
Ayamadi — so‘zlar meni otib ketdi.
Dardim bor-ku, nega buncha duduqlandim,
Zabonimni to‘tiqushlar yutib ketdi.
Yuzlarimda muhabbatning so‘qmoqlari,
Dunyolarni yoqmaydimi chaqmoqlarim?
Tuproq edim, tuproqlarga botib ketdim,
Gunohlarim o‘sayapti, gunohlarim.
Tutab-tutab ko‘k bag‘rini tig‘layapman,
Yuragimdan boshqa joyga sig‘mayapman.
Ko‘ksimdagi og‘riqlarim yolg‘onmidi,
Osmonlarni yig‘latolmay yig‘layapman.
Behzod Fazliddin.
-
Nuqta ayla dilga aqiq tugmadin,
So'yla menga, ko'zlardagi mung nadin?
Qosh-qaboqlar arosida ne sir bor?
Andin menga na osmon bor, na yer bor.
Mujgonlar ham tuzmish maxfiy guruhlar,
Alar ham bir fitnagamu sheriklar?
Sirg'alarning titrog'ida na holat,
Nadin yig'lar zulflardagi girihlar?
Sirojiddin Sayyid.
-
Rostdan ham bu qushlar buncha baxtiyor?
Bahorni ulashib chiqar zaminga
Umrini yo'llarga sochsa ham bedor,
Dardlarni sir tutar, aytmas hech kimga
Zamira Egamberdiyeva.
-
Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod,
Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod,
Buyurganin qilmay yuzim qarodir.
Amringdan tashqari ishlaringdan dod!
Umar Xayyom.
-
Davri falak etti ishq aro zor meni,
Davron eli ta'nasi dilafgor meni,
Mazlumg'a marhamat agar ersa savob,
Mashmuli inoyot qil, ey yor, meni.
Shermuhammad Munis.
-
Isyonlarim ko’pdi qonimda,
Qiyomatlar bo’ldi jonimda,
Har narsani bilguvchi Sensan,
Aytgil menga ne bo’ldi Tangrim?
Guljamol Asqarova.
-
Men sizni o`ylayman shomu saharda
Ona, sog`insam ham bora olmayman
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmayman
Muhammad Yusuf
-
Nеga kеrak edi shu chiroy, shu o't,
Shu yoniq yulduzni ko'zga yashirmoq?
Nеga lablaringdan husn oldi yoqut,
Nеga siynang bo'ldi qor tog'iday oq?
Husn balosiga kim etdi duchor?
Holbuki, busiz ham qanchalar alam,
Holbuki, busiz ham qizning boshida
So'ngsiz musibatlar,dunyo-dunyo g'am.
Holbuki, busiz ham qiynalardi jon,
Busiz ham yеtardi falokat, azob,
Faqat go'zal emas, hatto xunuk qiz
Ko'z ochib ko'rardi yolg'iz iztirob.
Orzung bor kuylashga, lеkin qalbingdan
Tarqalar bir ma'yus va g'amgin sazo.
Qo'yningda bir quchoq oq va nafis gul,
Lеkin ruhing to'la motam va azo.
Hamid Olimjon
-
Orzung bor kuylashga, lеkin qalbingdan
Tarqalar bir ma'yus va g'amgin sazo.
Qo'yningda bir quchoq oq va nafis gul,
Lеkin ruhing to'la motam va azo.
Shundayin latofat, shu oq ko'krakka
Nahot munosibdir shu g'amgin libos.
Onang shuning uchun suyunganmidi -
Nahotki, shu sifat go'zallikna xos.
Javob bеrib ko'r-chi, nomard tabiat,
Bunchalik go'zalni nеchun yaratding?!
O'zing gunohkorsan,osiysan bеhad,
Nеchun yaratding-u o'tlarga otding?
Hali sеvishmoqdan shumidir ma'no?
Faqat azob bordir qismatda, nahot?
Nahotki, sеvgiga shudir tamanno?
Nahot go'zal uchun faqat, faqat dod!
Hamid Olimjon
-
Dil berganlar xor bo’ladi, til bilganlar diyorinda,
Gul berganlar kul oladi, yo’l bilganlar diyorinda.
Ma’yus o’ldim, mustar o’ldim, anda jonim, bunda jonim,
Sevilmagan kun ko’rarmi, sevilganlar diyorinda"¦
Guljamol Asqarova.
-
Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan,
Behuda gap sotib yurmagan ular.
Mana,ming yillarni opichlab kelgan
Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar.
Vaqt quyunida ne davru davron,
Bu - toshga aylangan erkdir, bardoshdir,
Bu Vatan atalgan muqaddas armon.
Unga qaraymany bir his tuyaman,
Bu yurtim timsoli mangulik toshdir...
Yuragim toshiga she'rim o'yaman.
Rauf Parfi
-
KO'Z YOSH TO'KMA, ONA
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?
Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.
Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.
Rauf Parfi
-
Sizni ko’rdim. Olovni ko’rgan parvonadayman,
Azal devona edim, battar devonadayman,
Jonu ko’nglim bog’liq-ku, nega begonadayman,
O’zim yaratgan ishqning o’zim hatosi bo’ldim.
Guljamol Asqarova.
-
Men ishqingda ne bo’lsam bo’ldim
Holim xarob adolar bo’ldim.
Faqat senga bitta ko’zmunchoq,
Bo’lolmadim, meni kechirgil!
Mana bugun keldim, qoshingga,
Sahrolarni kezib sarsari.
Eng so’nggi dam seni bir ko’rmay,
O‘lolmadim... Meni kechirgil!
Guljamol Asqarova.
-
Lablaringdan olsam bo'sa
Qizarasan yomon bolasan
Yomon bo'lsam unarmiding
sen qalbimda ungan lolasan
-
Ne naf mudom alam chekmoqdin,
Dil sindirib, daraxt ekmoqdin,
Bir zum tinmam seni sevmoqdin,
Ko’ksimda ishq buloqlarim bor.
Tangrim, kechir, gunohlarim bor...
Guljamol Asqarova
-
Rejami? Oldindan gapirish qiyin,
Hayot ham, ijod ham nozikdir qildek.
Ta’na toshlarini otmay turasiz,
Hakim bilan bir oz hamkorlik qildik.
Abdulla Oripov.
-
Kechir, ozor berib mehrim-la,
Zeriktirdim, men — soda, men — go’l.
Bu dunyoda seni borsan deb,
Boshqalardan kechibman butkul.
Shunin-chun ham omon bo’l endi,
Men bariga silkib qo’ydim qo’l.
Angladimki, seni yo’qotsam,
Xudoyimni topaman butkul!
Endi hayr, endi alvido!
Bari ro’yo, bari sarob, kul.
Dargohingga sig’maganimday,
Yuragimga sig’massan butkul.
Men mehrmand, telba go’dakdek,
Ko’z yoshimga yomon toyrildim.
Yaxshi edi"¦seni topganim,
Yaxshi bo’ldi"¦ SENDAN AYRILDIM.
Guljamol Asqarova.
-
Menday g`aribni ham ko`rolmaslar bor
Nurab borarmanu o`zim shunday ham
Tugab borarmanu o`zim shunday ham
Ko`ksimga tosh otmay yurolmaslar bor
Muhammad Yusuf
-
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.
Tuyaning o‘rkachin tasvirlab go‘yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo‘yi vaqt topib bir tun
O’ziga bir bora bermagan savol:
"Xoy, men kim o‘zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib
Asl go‘zallikdan ayrildim faqat,
Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko‘nglida yo‘qolgan xohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...
Ovozim erkakcha, yurishim g‘alat,
Shimning o‘rtasida yig‘laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo‘lurmi,
Tubanlik bo‘lurmi, do‘stlar, ajabo???"
Ayolning ko‘nglida insofi bo‘lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun,
Hech qursa o‘zidan qochib boryotgan
O’g‘illari uchun, qizlari uchun...
Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o‘tin o‘chirgach zino-yu faxsh-la,
Dayuslik kasbiga ko‘rar taraddud.
Nardadan boshini ko‘tara olmay,
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko‘rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan xitobin:
"Ular o‘zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo‘lurlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.
Ularda mag‘rurlik asli yo‘q xislat,
Ularni iymon ham aylamish xalos.
Ularning egnidan joy olgan ko‘ylak
Faqatgina tashqi ko‘rinish, xolos.
Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo‘ldi,
Yaxshilar ko‘ngildan yig‘lab o‘tmishlar
Ayolin ko‘chaga qo‘yganlar bugun
Ertaga bolaga ko‘krak tutmishlar,
Hali bu ketishda vazifalar ham
O’zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go‘yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...
Yo‘q, do‘stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo‘l qo‘yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o‘z fitrati, o‘z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik - baxt".
Hadisdan oddiy bir xulosam shulki,
Ko‘r qilar bu ko‘zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o‘shanday jins almashtirganlar.
Hayrulla Hamidov.
-
Ro'mol birlan tun sochlarni turmaklab,
Siz guruchdan tergaysiz tosh, kurmaklar.
Bir chiroyli qaynayotir oshingiz,
Muslimahon, g'am ko'rmasin boshingiz.
(Sirojiddin Sayyid)
-
Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!
Hayrulla Hamidov.
-
Nechuk xirmon bo'ldi uygan bu xirmonim,
Na bug'doyim ayondiru na somonim?
Yulduzlarga boqsam sovuq yel keladi,
Yuzlarimdan shu on qaynoq sel keladi.
Tutgan yanglig' xoru xasning uvollari
Joy so'raydi mendan kuzak shamollari.
Sirojiddin Sayyid.
-
Isyonlarim ko’pdi qonimda,
Qiyomatlar bo’ldi jonimda,
Har narsani bilguvchi Sensan,
Aytgil menga ne bo’ldi Tangrim?
Guljamol Asqarova.
-
Mujgonlar ham tuzmish maxfiy guruhlar,
Alar ham bir fitnagamu sheriklar?
Sirg'alarning titrog'ida na holat,
Nadin yig'lar zulflardagi girihlar?
S.Sayyid
-
Rabbimo, tilovatni xato qilma
Sado keldi: "œSalovatni xato qilma!"
Ko’nglimga bir nurlar tushdi: manam pokman!
Tangrim, shu bir halovatni xato qilma!
Guljamol Asqarova
-
Agar izlaganing Yerda bor bo'lsa,
Yerdan topmasang gar, oydan toparsan.
Avval faqirlarga ochgil ko'nglingni,
Faqirda yo'g'ini boydan toparsan.
Insonning avvalu oxiri nadir?
Ma'nisin suv bilan loydan toparsan.
Neki yo'qotmishding, kutmishding uni
Bir kun bir qoshlari yoydan toparsan.
Unda ham topmasang, mard bo'l, kuyinma,
Bir soz va yokim bir naydan toparsan.
Shunda ham topmasang, ayt, men ne qilay?
Bobur topmaganni qaydan toparsan.
-
Nahot bizni ayrdi yillar,
Ayirmadi o’lim yo qadar.
Onamdayin mung’aydi yo’llar,
Qo’qondan to Samarqand qadar.
O’ynab-o’ynab borardim kecha,
Bugun ruhim, jismim, darbadar.
Qadamlarim yig’lab borarmi,
Qo’qondan to Samarqand qadar.
Suvga oqdi o’n yilim mening,
Na ko’ngilda, na dilda samar.
Yig’lab yotar ko’zlaring sening,
Qo’qondan to Samarqand qadar.
Mayli do’stim, men ham ne qilay,
Peshonamda shu zebu zar,
Xayr degan so’z yozilganmi,
Qo’qondan to Samarqand qadar.
Garchi ketding, hush bor, omon bo’l,
Yillar o’tib sen qaytsang agar.
Men mehrlar ekib qo’yganman,
Samarqanddan Qo’qonga qadar.
Guljamol Asqarova.
-
А айхон хидларингни йулларимга сеп
Кут мени хар окшом
Кукка ой чиккач
Факат йигламагин айбиб нима деб
Айибинг онанг сени чиройли туккан.
Мен сса ошигинг
сени сй гариб
Тун суз карз олиб,
Тонга тутувчи,
Сенинг ёнингда хам сени ахтариб
Сенинг ёнингда хам сени кутгувчи
Иста тиз чукаман хозир олдингда
Севдим. Севилмаганимдан
Услмок нечун
Барча фаришталар
сенинг калбингда
Ижарада турган кизлар мен учун
Биз бахтли буламиз
Худа хохласа
Худа хохламаса учрашармидик
-
Kuzataman, dilgir bo’lib kuymoqdasiz,
Siz bilmaysiz, ko’zlarimni suymoqdasiz,
Faqat mendan yashnagaydir ko’zlaringiz,
Men, baribir bahoringiz bo’lsam kerak.
Ishqingizni osmonida o’lsam kerak"¦
Guljamol Asqarova
-
Kecha kelgumdir, debon, ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtim-u, chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimga-vu, ul sho'xi badxo' kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro'zg'orimdek ham o'lg'anda qarong'u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko'rganda kulgu kelmadi.
Ko'zlaringdin necha su kelgay, deb o'lturmang meni
Kim, bor qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam
Yo'lg'akim, avvalqadam ma'shuqu o'tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelga uyga qayg'u kelmadi.
Alisher Navoiy.
-
Ishqim fojiasin unutmoq uchun,
Muhabbat bog’ida yolg’iz kezardim.
Atrofni aylanib, ko’nglim g’ash nechun,
O’zimni eng baxtsiz qiz deb sezardim.
Har tomonda hamma bahtidan sarhush,
Hatto shivirlashar gul bilan bulbul.
Ularga jilmayib boqdim-u, lekin
Mening sevgim esa muzlagan butkul.
Bu bog’da bahorning tashrifin ko’rib,
Yana yolg’iz ko’nglim yig’laydi shu tob.
Men ham istay qalbim kulmog’in, ammo
Hammasi tugadi, hammasi sarob.
Ishq bog’ida ishqim izlab topmadim,
Yuragimni chulg’ab oldi tahlika.
Endi men do’stlarim, umrbod, mangu,
Baxtsizlar yurtida baxtsiz malika.
muallifi kimligini bilmiman.
-
Axir nega anglamayapsiz,
Dunyolar ketsalar qaytadi bir kun,
Daryolar ketsa ham qaytadi bir kun,
Ammo manim ko’nglim qaytmaydi.
Ko’zlarimni yumsam keta olmaysiz,
Ko’zlarimni ochib demasman: "œQayting".
G’urbatlar bezagan dunyolarinda
Meni ham sog’inish mumkinmi, ayting?!
Ko’zim qaro edi ayriliqdan ham
Manglayday qarodir mening xorligim.
Xudoyimning keng bu olamlarida
Sizga malolmasmi mening borligim,
Va yana hech qachon qaytmasligim ham.
Guljamol Asqarova
-
Mendan nima qolar
Ikki misra she'r
Ikki sandiq kitob
Bir uyum tuproq
Odamlar ortimdan
Nima desa der
Men seni o'ylayman-
o'zimdan ko'proq
Lolajon, lolajonim
Lolaqizg'aldoq
-
Qizil gullar mast qilgan garchi,
Ular sevmas yuragingizni.
Men oq gulman! Eng so’nggi damda,
Bitta oq gul ko’madi sizni.
Guljamol Asqarova.
-
Ishqingizda hamon shirin jonim kuygay,
Sizni ko’rsam tomirdagi qonim kuygay,
O‘zga bilan ishq qasrin qurgan saringiz,
Manim uyim, borim, xonumonim kuygay.
Tomirimda gul oqadi, gul oqadi.
Guljamol Asqarova.
-
Inson bo'lib bu dunyoning bozorini ko'rdingmi?
Zarlari ham zorlariyu ozorini ko'rdingmi?
Sahar turib o'z otagning mozoriga bordingmi?
Borganlaring o'zingniki, bormaganing gumondir.
Kelib ketmoq o'yin ermas, sayohat yo ziyorat,
Umr yo'li zahmatlaru mehnatlardan iborat.
Ko'ngillarga qurdingmi bir ko'prikmi yo imorat?
Qurganlaring o'zingniki, qurmaganing gumondir.
Atrofingga qarab borgil, anglab borgil yo'lingni,
Ko'z bo'lsang gar,qarog' deb bil ona yurting,elingni.
Bergil unga e'tiqoting, mehring,jonu dilingni,
Berganlaring o'zingniki, bermaganing gumondir.
-
Rixqu rozi sochib aylanar falak
Sen esa dalangdan topolmay xalak
Bolanga bergani bitta xandalak
Nega yiglamaysan axli Andijon
Qiri yil cholra, go'rdan chiqmqydi Bobur
Chiqsa xam bag'ringa sig'maydi Bobur
Xindu quchog'ida uxlaydi Bobur
Ntga yig'lamaysan axli Andijon
-
Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli,
Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun ko‘rding ohu misoli,
Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek.
Dili qonga to‘lib, ko‘zlari — yoshga,
Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
«Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan boshqa"¦»
Bolangga bog‘lidir o‘ylaring, o‘zbek
Iqbol Mirzo
-
HAR SO‘ZIM MONAND TUZAY
Ko‘ngil uzgandan manam ko‘ngil uzay,
Mehr ko‘rgazganga chandon ko‘rguzay.
O‘tdi yolg‘on ichra umrim qanchasi,
Har qadamni Haq yo‘lida yurguzay.
She’ru borim egniga zarbof chopon,
Ham yalang boshiga qalpoq kiyguzay.
Yurt sobit. Do‘st beqaror. Yor ming navo,
Fikratim har qaysiga monand tuzay.
Patqalam — oftob nuri, Chorvoq — davot,
Hur Vatan vasfini gul birla yozay.
Bosh qo‘yib tuprog‘ini aylay tavof
Besh mahal, ruhimga quvvat kirguzay.
Joiz o‘lsa, nomusim aylab kamon,
Har so‘zim paykon kabi shay turguzay!
Sa`dulla Hakim
-
Yo’lga boqib toldi ko’z qirim,
Suyagimni ezdi izg’irin,
Xush gap bilan dilni yoz qiling
Samarqandga qachon boramiz?
Unda ungan har bir giyohi,
Handalakbo’y qizlar nigohi
Tushlarimga kiradi gohi —
Samarqandga qachon boramiz?
Gulxan bo’ldi lablarimda so’z,
Dardlarimga yig’lar bunda kuz,
O’z ko’ksiga xanjar urgan do’st
Samarqandga qachon boramiz?
Nurullo Oston
-
AYOL BOR BO’LSIN
Zamin tinchi barqaror bo’lsin,
Chechaklari beg’ubor bo’lsin,
O’n sakkiz ming olam aylansa
Mehvarida ayol bor bo’lsin.
Jildirasa jilg’alar shoshib,
Vijirlasa qaldirg’och toshib,
Toqqa chiqsa bir ohu qochib
Ko’zlarida ayol bor bo’lsin.
Ishi olchi bo’lar erkakning,
Beshiklari to’lsa ertakning,
Bir Alpomish kelbat go’dakning
So’zlarida ayol bor bo’lsin.
Ishq nasimi tug’yona solsa,
Oshiq G’arib uyg’ona qolsa,
Bir qamishni nay qilib cholsa,
Bo’zlarida ayol bor bo’lsin"¦
Lolalar rang olsa ro’yidan.
Yor libosi bo’lsa shoyidan,
Sarxush bo’lsa yalpiz bo’yidan
Rozlarida ayol bor bo’lsin.
Dehqon chiqsa ketmonni qayrab,
Yuragida chirildoq sayrab,
Bolasini beshikka boylab
Ro’zlarida ayol bor bo’lsin.
Nurullo Oston
-
Nokas o'zi toysa xam
Ko'zi to'mas diydilar.
Ta'magirni tortqilab
Nafsi qo'ymas diydilar.
Yolg'on dunyo -bu dunyo
Arzon dunyo -bu dunyo
Ne-ne xokim beklardan
Qolgan dunyo-bu dunyo
Kiprikdan xam qisqadir
Molu dunyo yo'llari
Ibrat bo'lsin iskandar
ochiq ketgan yo'llari
-
Iltimosim ortingizga boqmay keting,
Baxtli kunda men telbani bir yod eting.
So`ngi so`zim baxtingizni mahkam tuting,
Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!
-
Sensiz ma’nosizman, sensiz kimman, kim?
Yarim oy bulutga berkinadi jim.
Yuragim nimtadir, ey go‘zal yarmim,
Ikki vujuddagi bitta odammiz.
Iqbol Mirzo.
-
Zerikib, ozmonga uflagan shamol,
O'ynab, qoqigulni puflagan shamol,
Tolning kovagida uhlagan shamol,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.
Mening ota yurtim, ey ona qishloq,
Toshloq ko'chalaring ko'rpaday yumshoq!
Mendan ayamagin bir chimdim tuproq,
Meni unutmagin, qaytar kunim bor.
Iqbol Mirzo.
-
Rasul javob qildi: - Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug‘ilgan payg‘ambarlar ham.
Abdulla Oripov.
-
Magar ketar bo‘lsa vijdon bosh olib,
Iymon ham u bilan birga ko‘chgaydir.
Butkul mardu nomard tayanchsiz qolib,
Choh uzra chirpirak bo‘lib uchgaydir.
Devlar qutulgandek Sulaymon o‘lib,
Betizgin tuyg‘ular har yon yugurgay.
Qalb degan istehkom posbonsiz bo‘lib,
Eng avval nafs unga o‘zini urgay.
Haqiqat atalmish ravshan quyoshni,
Ochiq diydalarki, ilg‘amas ko‘rib.
Avliyo degaylar so‘qir avboshni,
Adolat o‘rnini egallar firib.
Ilojin topsalar har qanday onda
El-yurtni chalg‘itib qo‘yarlar oson.
Gar hakam bo‘lsalar biror maydonda,
Mag‘lubni g‘olib deb etarlar e’lon.
Kuppa-kunduz kuni kiprik qoqmasdan
Yolg‘on so‘zlay boshlar daholar hatto.
Kimlardir umrida bir sham yoqmasdan,
Mash’al bo‘lmoqlikni qilgaylar da’vo.
Abdulla Oripov.
-
Ozodmiz garchi kishanlar bilan birgamiz,
Ruhimiz biz ko’r-eykir tanlar bila
ham birgamiz.
Ozorimiz ko’rib ranjib ketmang bizdin,
ey do’st,
Gulmizki, demak tikanlar bila ham birgamiz.
Guljamol Asqarova.
-
Zebi zebi zebona
ishqingda men begona
Bolalikdagi qizlar
Bo'yi yetgach begona
-
Azizim, payt keldi, ko‘nglim yoraman,
Insonman, sen horsang, men ham horaman.
Oting qamchilama o‘zg‘irman deya,
Sen borgan u joyga men ham boraman.
Abdulla Oripov.
-
Nimadan ranjidingiz jon singillarim
Qaboqlar uyuldi, chimirilda qoshlar
Turkman tushunmay tosh otsa chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar
Muxammad Yusuf
-
Rayxon aylanay rayxonlaringdan
Oyqaboq go'zalim, joningdan sening
Kulib ko'klaringdan tushmaysan, qara
Oy o'tsa uyalar yoningdan sening.
Muxammad Yusuf
-
Gohida ko'ksin tog' qilib,
Goh mavhum bo'shliqqa uranda o'zin.
Cheksiz xayolingning chuqur izlari,
Mendan ayrilolmay aytsin bu so'zni.
Ikkimizga bitta raqib-ul hijron,
Horib-horib uzun yo'ldan qaytsin.
Garchand bag'ri yara, garchand egni qon
Bo'lsa-da, umidning tillari aytsin.
Sen aytma, yiqilay degan chog'imda,
Seni unutolmay unusam o'zni.
Meni yashamoqqa chorlab va suyab,
Ishonchning qo'llari aytsin bu so'zni.
-
Ishqingda bo’ldim ado,
Qaysarlikdan qayta qolmading.
Hech bo’lmasa bir marta,
Sevaman deb ayta qolmading.
-
Guldan bino bo’lgandim,
Gildan bino bo’lgandim,
Dildan bino bo’lgandim,
Nega sevmaysan meni?
Qoshim qaro emasmi?
Bag’rim yaro emasmi?
Dil ishq aro emasmi?
Nega sevmaysan meni?
G’amdan uy qilib oldim,
Darddan kuy qilib oldim,
Guldan bo’y qilib oldim,
Nega sevmaysan meni?
Gulzorlarning naqshiman,
Bo’g’zi kuygan baxshiman,
Hurlardanam yaxshiman,
Nega sevmaysan meni?
Oydek poyloqchiman-ku,
Joningga soqchiman-ku,
Sen deb o’lmoqchiman-ku,
Nega sevmaysan meni?
Gullar uxlar qo’yningda,
Tushingda ham o’ngingda,
Gunoh qolar bo’yningda,
Nega sevmaysan meni?
Boshimda ridosan-ku,
Ko’ksimda nidosan-ku,
Sen axir...Xudosan-mi,
Nega sevmaysan meni?
Guljamol Aqarova.
-
Ishqdan aylansa bu boshim
Tinmasa ko'zda yoshim
O'tsa xam yuzdan yoshim
Sevaman baribir sevaman
-
- Nega qadding egik, nega boshing xam
Nega nigohingni tortadi tuproq?
- Mening yer ustida tanishlarim kam
Mening yer ostida do‘stlarim ko‘proq.
Abdulla Oripov
-
Qalbga zardob bo'lib to'lganing alam
Goxi ochilmasdan so'lganing alam
Muxabbat muxabbat xammasidan xam
Sochga oq tushganda kelganing alam
-
Menga afsonalar so‘ylama, uka,
Rosa charchaganman yolg‘onni yozib.
Qirq yil ko‘taribman Insonni ko‘kka
Ishonib, hazrat deb, yo‘limdan ozib.
O’zingiz kim deya so‘rarsan axir,
O’sha nokomilning men ham biriman.
Tangrining yaratgan bandasi - faqir
Boshqalar osmonu, men-chi, yeriman.
Balki koinotning biror burjida,
Bizdek nochorlarga bordir mos makon
Lekin unga yetish qiyindir juda,
Buni tark etmoq ham emasdir oson.
Nachora, Insonni ko‘tarib ko‘kka,
U kabi yashashni bila bilmadim.
Yovuzlik qo‘limdan kelmadi, uka,
Birovga yomonlik qila bilmadim.
Abdulla Oripov.
-
Mayli osmond uchsin qushlar
Mayli daryoda oqsin suvlar
Mayli odamlar unitsin bizni
Lek unutmaylik bir-birimzni.
-
Исмимни хам унутгин снди
Хотирангдан чикариб ташла
Бевафолик килишингни хам
Майли снди бошкатдан бошла
Унутаман умр буйи мен
Азоблардан ёниб утасан
Менинг кадр кимматимни хам
Жудасм кеч англаб етасанг......
-
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo'shiq.
Bu qo'shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to'liq.
Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo'shqin zabardast.
O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas
Zulfiya
-
Suv oqadi allalab tunni,
Hamma uxlar, uyda men uyg’oq,
Parcha qog’oz, kichik bir qalam
Boshim uzra porlaydi chiroq.
Tunda qancha xayol, qancha kuy,
Men berilib quloq solaman.
So’z topolmay ifodasiga,
Rang axtarib shoshib qolaman.
Sof yel esar... Parvona uchar,
Chiroq atrofida o’rgilib,
O’zin urib part bo’ladi-yu,
Stolimga tushadi kelib.
Men yozaman, yulduzlar o’tar,
Har birisi so’ylar bir ertak.
Mana, Hulkar qarshimda chaqnar,
Yorqin tongdan keltirib darak.
Tun o’tadi, yana chorbog’dan
Ko’tarilar sahargi tuman.
Men-chi, asta chiroq so’ndirib,
Otayotgan tongni kutaman.
Zulfiya
-
Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.
Tog’day bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chog’i?
G’amni yengarman deganim sarim
Yana ortar alami, dog’i.
Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo’lmaslik-chun baxtingdan judo,
Birga qolish uchun sen bilan
Kuyaman-u, bo’lmayman ado.
zULFIYA
-
YO‘L
Ostonamdan taralgan yo‘llar
Eslatadi quyosh nurini.
Uzoq-uzoqlarga ketib, uzayib,
Uzaytadi mening umrimni.
Yurganlarni daryo deydilar,
Daryo — cheksiz umr ertagi.
Bir kun uyda o‘ltirib qolsam,
Hayot go‘yo chetlab o‘tadi.
Ko‘rganing — seniki, der edi bobom,
Ellarni, dillarni kerak ko‘rishim.
Ochilmagan qo‘riq, noma’lum yulduz
Bari-bari — mening ulushim.
Ijod dardi — yo‘l azobidir,
Mayli, bo‘lsin tumanlar quyuq.
Ruhim bilan yo‘lda ekanman,
Umrimning ham nihoyasi yo‘q.
Asqad Muxtor
-
Qiyin, senga, qiyin,
Juda ham qiyin,
Salomingga birov alik olmasa.
Vaqt-soating yetib, o‘lganingdan keyin.
Boshingda bir kimsa faryod solmasa.
Chindan ham sevmasang yorug‘ olamni,
Dildagi arzingni kimga ochursan.
Balki shu sababdan, jami odamni,
Ozurda qilishga shoshursan...
Abdulla Oripov.
-
Nigoxida oftoblari bor
Nolishlarin javoblari bor
So'ngan sevgi azoblari bir
Bevafo ko'p ekan dunyoda.
Ermak ekan endi Laylolar
Majnun g'arib kezgan saxrolar
Ertak ekan Toxit Zuxrolar
Bevafo ko'p ekan dunyoda
-
Azoblaring dilm tilar sen bilmading
Kulay desam ko'zim yiglar sen bilmading
Eslamadi dema go'zalginam
Eslaganim xudo bilar sen bilmading
EX! nima qilay bir dalli-yu devonaman
Oyog'ingda xor etganing ostonaman
Dilimda sen lekin senga begonaman
Yuragimda armon yig'lar sen bilmading!
-
Guvala o‘choqda habashday qumg‘on
Tomog‘ini yirib qilar g‘arg‘ara.
Hijolat aralash kamsuqum mezbon
Belbog‘in to‘shaydi: noni qop-qora.
Adabiy gaplarni tushunmaydi u,
Faqatgina, rahmat, ota, deyoldim.
Dilimda uyg‘ondi tug‘ishgan tuyg‘u:
Olifta she’rlarim uchun uyaldim.
Qishloqda qo‘shqo‘llab ko‘rishar bari,
Begona hurmat bor nigohlarida.
Toraygan bo‘tanasuv ariqlari,
Ajriqlar hurpaygan qirg‘oqlarida.
Iqbol Mirzo.
-
Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa -
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam.
Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin,
Raqiblar rashkiga ko'krak keray,mayli,qamol bo'lsam.
Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo'lingga,mayli,uvol bo'lsam
Hamid Olimjon
-
Mayli deyman va qilmayman g'ash,
Xayolimni gulga o'rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash
Baxtim bormi,deya so'rayman.
Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go'yo bir talab,
Baxting bor,deb qushlar chiyillar...
Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so'ylar roz,
Men yurganda bog'larga to'lar
Faqat baxtni kuylagan ovoz.
'Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanich ol,
Bunda tole' har narsadan mo'l,
To o'lguncha shu o'lkada qol.
Umrida hech gul ko'rmay, yig'lab
O'tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig'lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...'
Terazamning oldida bir tup
O'rik oppoq bo'lib gulladi...
Hamid Olimjon.
-
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Muhammad Yusuf.
-
Kaftlaringga bir qara
Kular shayton suvoriy,
Shayton aroba chopar.
Yormozorga borganda
Tillo tangalar topar.
Tillo tanga sirtida
Yuragimning zarbi bor.
Jarohat chandig'idek
Ismimiz bosh harfi bor.
Bu imloni mullo ham,
Tulki ham o'qiy olmas.
Tavorihu hiylodan
Hikmatlar to'qiy olmas.
Tillo tanga qalbaki,
Chunki asl qalbniki.
Hamma undan qo'rqadi,
Qamab qo'yishar balki.
Seni qalbga qamasam,
Qushdek qochib ketibsan.
Yayov shoirni tashlab,
Suvoriyga tegibsan.
Kaftlaringni ko'rsatgil,
Kipriklarim zarbi bor.
Xanjar izidek chuqur
Ismimiz bosh harfi bor.
Ammo ko'zing o'tmaydi,
Oqlar tushgan ko'zingga,
Ko'tarilib dilingdan
Dog'lar ko'chgan yuzingga.
Farzand ko'rsang, husniga
Hech taraf bo'lmasin, yor.
Ism qo'ysang ismida
Bosh harf bo'lmasin, yor.
Tillo tanga yaltu yult,
Kaftlarimda siqarman.
Yuzing dog'li bo'lsa ham
Oy, sochingga taqarman.
Kular shayton suvoriy,
Shayton aroba chopar.
Yormozorga borganda
Mening ko'nglimni topar.
Iqbol Mirzo.
-
Rizqu ro'zing sochib aylanar falak
Sen esa dalangdan topolmay xalak
Bolanga bergani bitta xandalak
Nega yig'lamasan axli Andijon
Qayinzor qari'dan uzuldi bir o'q
Yurakda dog' qoldi yurakda bir cho'g'
CHo'lponing bor edi CHo'lpon endi yo'q
Nega yig'lamaysan axli Andijon
-
Nima diysan ey ga'rir inson
Giybatlaring qildi meni qon
Sen xam bir kun o'tarsan, inon,
Mexr qolur muxabbat qolur
Oqib ketdi suvlarda Toxir
Zuxro yig'lab qoldi qon bag'ir
Kelganda xam qiyomat oxir
Mexr qolur muxabbat qolur
-
Rohatdamiz goho Urganchning,
Goh Toshkеntning Do'rmonlarida.
...Bir-bir uziladi yaproqlar
Sharq va g'arbning o'rmonlarida.
-
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O`zluq,
Balki Tarxon, o`zbegim.
O`tdilar sho`rlik boshingdan
O`ynatib shamshirlarin
Necha qon, necha sulton,
Necha ming xon, o`zbegim.
Tog`laring tegrangda go`yo
Bo`g`ma ajdar bo`ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o`zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag`rida dog` uzra dog`,
Chingizu Botu tig`iga
Ko`ksi qalqon, o`zbegim.
Yog`di to`rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o`zbegim.
Erkin Vohidov "O`zbegim"
-
Mehribon qo`llari
Otash boshimda:
— Nega yig`layapsan,
Yolg`izim, qo`zim?
Tun uzoq, uxlay qol,
Ko`zlaringni yum.
Orom ol, men senga
Allalar aytay.
Tongda peshonangdan
O`pib uyg`otay.
Ana, derazangga
Qo`nibdi hilol.
Boshingga egilib
So`rmoqchi savol.
Sening kiprigingga
Sochmoq bo`lib zar,
Hilol tegrasida
O`ynar yulduzlar.
Men sening baxtingman
Deganday go`yo
Imlab chorlamoqda
Yoqut surayyo.
Senikidir bular,
Seniki bari.
Seniki osmonning
Zar qandillari.
Somonchining yo`li —
Sening yo`llaring,
Uzatsang Zuhroga,
Yetar qo`llaring
Ulg`ay bolajonim,
Ulg`aygin tezroq.
Sening yo`llaringga
Yulduzlar mushtoq.
Hozircha orom ol,
Yolg`izim, qo`zim.
Tun uzoq, uxlayqol,
Ko`zlaringni yum.
Erkin Vohidov "Nido''
-
Muhabbat chiroyli kapalak
Qo'rqaman sho'rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda,
Yodimda yo'q ammo yetganim.
Yuragim ranjigan boladay
Na ermak, taskinga ko'nadi.
Muhabbat chiroyli kapalak
Hali ham gullarga qo'nadi.
Ortidan halloslab chopaman,
Xijolat bo'laman g'o'rlikdan
Qanchalik urinmay baribir
Orqada qolardim sho'rlikdan.
Avtori kimligini bilmiman
-
Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.
Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
Abdulla oripov Ketmoqdaman
-
Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?
Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?
Sevgilim, hammasi tamom bo‘lgan. Goho —
Meni qiynaydi bir so‘z.
Sendan bir narsa bilmoqchiydim, ammo
Yodimdan chiqdi, afsus...
Iqbol Mirzo.
Ali Rizo Bek:Akbar iltimos Bahri bayt qoidalarini buzmang. sizdan oldingi qoida buzganlani ogohlantirganimni o'qimadizmi?!
-
Sodiq ul-va'd atanibon va'dasin qildi vafo,
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir quzug',
Buldi zamzamning suvini, bo'ldi illatg'a shifo.
Ka'baning toshin tashib qurbon qilg'an ul Zabih,
Tegrasinda tog' tanuqlar Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortuq bag'irsoq erdi mavlog'a muti'
O'zgalarga vofiy erkan, o'ziga tegdi jafo.
Tug'maduq erdi onadin tug'di yolg'iz bir o'g'ul
Tug'madi andin yalavoch yolg'iz erdi Mustafo.
Burhoniddin Rabg'uziy.
-
Orzularim bo'ldi armon
Muxabbatim bo'ldi xazon
Xayot yo'li davom-davom
Sen ul tamon men bu tamon
Senda xam yor menda xam yor
Sevgimiz sarson-u zor
Sen yoringa bo'l vafodor
Va bo'l gulim sevikli yor
-
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.
Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!
Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.
Rauf Parfi.
-
Bugun xavo naqadar sokin
Yomg'ir yog'ar maydalab sekin
Xursandmanu nechogli lekin
Sizni juda ko'rgim keladi
Ko'rganimda aytaman diyman
Siz siz yashay olmasligimni
Siz xam meni sog'inganmisiz
Sizni juda ko'rgim keladi
-
Inson yuz bor tugulsa agar
Men dunyoga kelsam har safar
Yana qaytib sizni "SEVARDIM"
-
M inut sayin soatga qarab
U chrashuvni kutaman faqat
X amon seni ko'rganda jonim
A ytolmayman yurak so'zimni
B orib aytay deymanu faqat
B orolmayman sening yoningga
A ytay endi yurak so'zimni
T o o'lguncha sevaman seni.
M ening sevgilim
-
Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,
Fazolarga qo'ysang ham qadam,
O'zligingni unutma aslo,
Unutma hech, onajon o'lkam.
Bir o'g'lingdek men ham bu zamon
Kechmishingni qildim tomosha.
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shanim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
Abdulla Oripov.
-
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦men suyub"¦kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"
Cho`lpon
-
Lekin men sevimli... Men-la qolganda
Shu qadar munissan, shu qadar dildor1!
Bo'sang o't! sen ishqdan suhbat ochganda
Samimiy yuraging etilar izhor1!
Senga kulgilidir mendagi azob
Va lekin sevasan yetadi aqlim.
Azizim, qiynama, hech qolmadi tob.
Bilmaysan, naqadar kuchlidir ishqim,
Bilmaysan, qanday zo'r menda iztirob.
muallifini bilmiman
-
Biz baxtag intilib, armonga yetdik,
Yillarda xazondek uchdi orzular.
Qullarda gul tutib armonga yetdik,
Baxtli kunlarimiz kopmas, oz ular...
-
Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
O`ldirmakka qasd ayladi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Miskin Yunus bechoraman,
Boshdin oyog`i yoraman,
Do`st ko`yida ovoraman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yunus Emro.
-
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!
Usmon Nosir
-
Mеni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to'ladi.
Kеcha jimjit, yolg'iz to'lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sеhrgar dilbar,
Solib qo'yding yodimga kimni?..
Hamid Olimjon
-
Ishon bunda, sеni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho'x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solur baxtiyor kunlar.
Tolеimning oshinosi sеn,
Sеn sеvgimning ko'kargan bog'i.
Sеning bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sеn vafo tog'i.
Hamid Olimjon
-
Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.
Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so'ndirma, Alloh.
Rauf Parfi
-
Huvillagan qishloq uzra quyuq tuman cho'kmoqda,
Yiroqlarda nay ko'nglini so'nggi bora to'kmoqda.
Dala bo'm-bo'sh, ko'milgandek unga ko'hna savollar,
Faqatgina kezib yurar, izg'zib yurar shamollar.
Faqatgina ko'rinadir kuygan daraxt mung'ayib,
Qayda qoldi mangu bahor, qayga bo'lding sen g'oyib?
Rauf Parfi
-
Ba'zi;ar do'st bo'lar shirin so'z uchun
Ba'zilar do'st bo'lar go'zallik uchun
Ba'zilar do'st bo'lar boylik pul uchun
Lekin men do'st bo'laman toza qalb uchun
-
Hигохларим калбимдек махзун
Туб-тубига мунг котган кунглим
Айтолмайман кийнама мени
Аега хадеб сурайсан синглим?
Калбим чекди канча озорлар
Чил-чил синган бу менинг кунглим
Унутмокчи булспман лекин
Сенчи хадеб кийнайсан синглим
Юрагимда канча сралар
Унутмай туриб сна тирналар
Гулдай нозик ох нозик кунглим
Кунглим сураб кийнама синглим
muallifni bilmiman
-
Mangu tunmas. Oftob. Bir onlig‘ bo‘lsam
Armonim yo‘q xarob, yo shonlig‘ bo‘lsam.
Hazrat Rumiyday bir jon do‘st topsaydim
Mayli unga Shamsday qurbonlig‘ bo‘lsam.
Halima Xudoyberdiyeva
-
AVJ
Men, shubhasiz, parchalanaman, —
shunday tugar buyuk xizmatim.
Kimga, ko`zim, kimga peshonam,
kimga tegar qiziq qismatim.
G`alayonga to`la vujuddan
oxir dunyo bo`ladir xalos.
Yer ostiga kirib ketarman
barcha mo`min bandalarga xos...
Biroq yerda mangu yashaydir
ko`hna yuzim, o`ychan ko`zlarim, —
demak, o`lmas bu dunyoda hech
xudo bergan ezgu so`zlarim.
Ular yangrab tinmay aylanar
razolatning tevaragida.
Men-chi, mangu kulib yotarman
quloq solib yerning tagida.
Shavkat Rahmon
-
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirrin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"œNigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.
Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.
Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.
Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.
Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.
-
Rashq qilmang meni har kimga,
Goho sizni kutirip qo`ysam.
Sizni tashlap ketishim mumkin,
Qachon sizdan oldin o`lsam.
-
MUHABBAT
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.
Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..
Muhammad Yusuf
-
Ungan joyimga-ku, qullug`im bisyor,
Sog`inch to`la dilim aylar ming faxr.
Ammo boshim silar bitta Vatan bor,
Men ham uning bitta o`g`liman, axir.
O`yim uzaymoqda ulg`aygan sarim,
Kengroq bo`lsak, deyman bu keng dunyoda.
Farg`onada bo`lsa yarim jigarim,
Jigarimning yarmi Surxondaryoda.
Muhammad Yusuf
-
Archaning qorlarga qarshi isyoni,
Yashil bahor bo’lib kuldi oqibat.
Ajoyib ranglarga intiq vijdoning,
Yam-yashil hislarga to’ldi oqibat...
Gul, bulbul, gulzorlar tilayman senga,
Hech so’lmas bahorlar tilayman senga!
Mirzo Kenjabek
-
Armonday ich-ichdan kеlar xo'rsiniq:
Bunchalar yuksaksiz, buncha munavvar.
Yulduzlar, mеn sizga bir so'z aytardim
Hayratimnnng tili bo'lsaydi agar.
To'lg'anar o'zanda jodu bir ohang,
Oqar mangulikday, bo'lmas hеch tamom.
Hofiz daryolarim, mеni qiynamang,
Kеzmay sohillarda bеso'z, bеkalom,
Oymisan, tun aro bokira, latif,
Kunmisan, qarolmay qamashar ko'zim.
Gulim, na taraf bor sеnga, na ta'rif,
Topib aytar edim unch mеn o'zim
Hayratimning tili bo'lsaydi agar.
Malulman, borurman sig'inib takror,
Bilmas bu go'zallik hеch intihoni
Va mеn baxtiyorman: har kunimda bor
O'rtanish, zavqlanish, sеvish imkoni!
Muhammad Rahmon
-
Istiqlol bongidan uyg‘ondi,
Zamon shiddatida asrlar shashti.
So‘z aytsang, so‘zingni tinglasa jahon
Naqadar ulug‘dir ro‘shnolik gashti.
Tirikligim, tayanchim Vatan,
Suyukligim, suyanchim Vatan.
Sa'dulla Hakim
-
Nuqta ayla dilga aqiq tugmadin,
So'yla menga, ko'zlardagi mung nadin?
Qosh-qaboqlar arosida ne sir bor?
Andin menga na osmon bor, na yer bor.
Mujgonlar ham tuzmish maxfiy guruhlar,
Alar ham bir fitnagamu sheriklar?
Sirg'alarning titrog'ida na holat,
Nadin yig'lar zulflardagi girihlar?
Sirojiddin Sayid.
-
Ro‘molni bozorda sotmay qo‘yishdi,
Izlayman sovg‘aga zarur kezlari.
Yo balki narximi shunchalik oshdi?
Nega taqmay qo‘ydi o‘zbek qizlari?
Kattalar hurmatin aytmayin mayli,
Yerga qarashni ham bilmas ko‘zlari
Saqichin erinmay chaynaydi kulib,
Qayoqqa ketyapti o‘zbek qizlari?
Qaerda yurmasin xayolda serial,
"œUpa-elik, kiyim...."- shuldir so‘zlari.
Bilimga, ziyoga xattogina sal,
Qiziqmay qo‘yishdi o‘zbek qizlari.
Ters javob qaytarar, neni so‘rsangiz,
Uyatdan qizarmas gulgun yuzlari.
Tarbiya so‘zidan yo‘q biron bir iz
Shaddodroq chiqdimi o‘zbek qizlari?
Saharlar qo‘ymaydi o‘sma qoshiga,
Hovlidan kelmaydi rayhon islari.
Kalomi mos emas aslo yoshiga,
Moziyni eslamas o‘zbek qizlari...
Balki tanqidlarim , ranjitdi biroz,
Hurmat etgum, albat qalbning xislarin.
Gaplarim barisin etmang e’tiroz,
Chini ham bor jindek, o‘zbek qizlari.
Yo‘q, avvali Olloh insofni bersin,
Ko‘zimga surtaman bosgan izlarin
Hayo, ibo, iffat, odob dunyosin,
Qaytadan zabt etsa o‘zbek qizlari.
...Ro‘molni bahona qildim, aslida,
Achchiqroq tuyular do‘stning so‘zlari
Millatning sha’nini tutmoq vaslida
Uni qalbga o‘rang, o‘zbek qizlari!
Kamina
-
Ishqdan aylansa bu boshim
Tinmasa ko'zda yoshim
O'tsa xam yuzdan yoshim
Sevaman baribir sevaman
-
Shahodatga tiling kelmay,
Namozu ro’zani bilmay,
Zakotu hajni ham anglamay,
Menam "œmuslim" deyursanmu?
Boshingni sajdaga qo’ymay,
Haromu shubhadan qo’rqmay,
Xudoni yodingga olmay,
Menam "œmo’min" deyursanmu?
Birovga yordaming tegmay,
G’ariblar ko’nglini olmay,
Yetimlar holini so’rmay,
Menam "œummat" deyursanmu?
Otangni hurmatin qilmay,
Dilingdan himmatin qilmay,
Padarxondan duo olmay,
Menam "œfarzand" deyursanmu?
Ilmning zahmatin chekmay,
Azizlar xizmatin qilmay,
O’z ustozing rizo qilmay,
Menam "œolim" deyursanmi?
Kishiga oqibat qilmay,
Mehr-shafqat nima bilmay,
Farosat fahmini bilmay
Menam "œodam" deyursanmu?
Hamiyat, rashk, nima bilmay,
Ayolingga nazar qilmay,
Bolangga tarbiya bermay,
Menam "œerman" deyursanmu?
Eringni hurmatin qilmay,
So’ziga e’tibor bermay,
Uyat — andishani bilmay,
Menam "œxotin" deyursanmu?
Ona til so’zini bilmay,
Vatan tarixini bilmay
O’zingning millating sevmay,
Menam "œo’zbek" deyursanmu?
Biror soat tinim bilmay,
Qilib da’vatlarin topmay,
O’zining aybini ko’rmay,
Menam "œFozil" deyursanmu?
FOZIL qori Yosin qori o’g’li
-
Yolg‘izginam, farishtaga tenglikkinam,
Jon rishtasin joningizga bog‘lab olay.
Ikkimizning dardimiz bir, munglikkinam,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.
Behzod Fazliddin
-
Zamon holim so‘rmadi,
Makon holim so‘rmadi,
Menam tomchi edimku,
Ummon holim so‘rmadi,
Ummon holim
So‘rmadi!
Qachon gul ocharkinman,
Qachon nur socharkinman.
Xudoyim-a, xudoyim,
Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Aytgil o‘zi man KIMMAN?
Guljamol Asqarova.
-
Zanjirlar ovozidan seskanmagan xilqati
Aro yo‘lda yig‘lagay ozgina sof fitrati...
Buxoriy-yu, Termiziy, Zamaxshariy hurmati
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!
Har qanday yovni ko‘rdik, bizni toptar kim qoldi?!
Toptay-toptay ne millat oxir kuchdan ham toldi.
Endi boshqa najot yo‘q, bugun hamma tan oldi:
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!
Xayrulla Hamidov.
-
Mo‘minlikka da’vo bo‘lmas benamozlik,
Bir kunga ham ravo bo‘lmas benamozlik,
Bu dunyo-ku besh mahaldek o‘tar - ketar,
Lek qabrda xavo bo‘lmas benamozlik,
Jazolarga davo bo‘lmas benamozlik.
Qur’onda ham uning misli kelgan qavm bu,
G’iybat-la o‘z do‘sti go‘shtin yegan qavm bu,
Rosululloh "Bizdan emas" degan qavm bu,
Peshonasin qoraytirmish - benamozlik,
Qabrini ham toraytirmish - benamozlik!
Bu gunohki, ko‘ngillarni mast qilguvchi,
Inson degan sharafni-da past qilguvchi,
Boshga balo kunni haqqi rost qilguvchi
Gunohlarning kabirasi - benamozlik,
Asli shirkning nabirasi - benamozlik!
Joynamozlar sarpolarga joylanadi,
Ayting, qo‘llar qachon Haqqa boylanadi,
Nahot inson do‘zax sari shaylanadi?!
Shayton tuhfa etgan tug‘yon - benamozlik,
Yaratganga eng zo‘r isyon - benamozlik,
Besh mahalga beparvodir "Alloh - bir!" deb,
Og‘ir kunda tag‘in aytar "panoh ber!" deb,
Shuni aytsa kerak-da, "haq, gunoh bir", deb
Muhrlanmish qalbi mangu - benamozlik,
Namozshomda go‘yo uyqu - benamozlik!
Bobolari sajdadan bosh ko‘tarmagan,
Yaratgandan o‘zga iloh axtarmagan,
Ox bu farzand, nechun desang ko‘karmagan -
Daryo qurib o‘rnida cho‘l - benamozlik!
Do‘zax sari eng qulay yo‘l - benamozlik!
Taxtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu,
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu,
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu,
Yelkasida uning bugun benamozlik,
Hech yechilmas jirkanch tugun - benamozlik!
Payg‘ambari kelib-da, bir o‘rnak olmas
Bu millatning buguniga qilmang havas.
Saroylari qulab, o‘rnin topsa abas
Biling, asl sabab erur benamozlik,
Haq sizlarga javob berur benamozlik!
Buxoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar
Shu o‘lkadan chiqqan edi, jigarbandlar,
Ularni-da odam qilgan labda hamdlar,
Ular uchun eng katta or - benamozlik,
Bugun bizni aylagan xor - benamozlik,
Sinolari namoz o‘qib tabib bo‘lgan,
Navoyisi sajda chog‘i habib bo‘lgan,
Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan,
Bu millatga katta uyat - benamozlik,
Tarix uchun katta g‘orat - benamozlik!
... Dunyo uchun nima qilsang qilavergin,
O’zingni kim bilsang, shunday bilavergin,
Ammo so‘nggi xitobimga quloq bergin:
Jahannamga ziyoratdir - benamozlik,
Insonlikka hiyonatdir - benamozlik!
Xayrulla Hamidov.
-
Zim-ziyo kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
Chulpon
-
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
-
Qalbim vujudimga tutmaydi quloq,
Vujud esa kuzning mudroq parchasi.
Sovuq tun yolg‘izlik hissidan saboq,
Yelvizak hayollar chiqish darchasi.
O’ylarim yulduzlar qo‘ynida xorg‘in,
Zulmat darpardasi to‘sgan ko‘zimni.
Yorug‘lik, qanisan, men bilan yurgin.
Kelmasang unutgum butkul o‘zimni.
Yarq etgan nur - yo‘lim yorutguvchi sham,
Rutubat zulmidan hasta yuragim.
Muhabbatga tashna kipriklarda nam,
Go‘yoki hech kimga yo‘qdir keragim...
Vaslingni kutgandim asrlar, yillar,
Azobu qiynoqlar odatiy ishim.
Chidamu bardoshdan supurgi qo‘llar,
Sening nafasingdan iborat hushim.
Qorong‘ulik ichra mash’ala bo‘lib,
O’tli nigohlaring ming kuyga soldi.
Va keyin tanam ham nurlarga to‘lib,
Umrim ham quyoshga aylanib qoldi.
-
Izlaringga to’kildimi,
Marjon-marjon yoshim manim.
Ostonangga qo’yildimi
Shundoq aziz boshim manim.
Bir borarda yuz bororim,
Yuz borarda bir ko’rorim.
To’proq bo’lsam sani topgay,
Labim, ko’zim, qoshim manim.
Ey diydorsiz, ey bedorlig’,
Bu na xorlig’, na abgorlig’.
Hajrlaring kelgan sari,
Ketdi sabr-bardoshim manim.
Ey mahsharim, yorijonim,
Bu dunyoim, u dunyoim.
Qayda o’lsang, shunda o’lgum,
Sensan... Qabrdoshim manim.
Guljamol Asqarova.
-
Ma’zur tuting, qabul aylab hurmat — ta’zimini,
Sizga jindak gaplarim bor, mavlono Hofiz:
Ulug’ yurtim — shundoq go’zal shahri azimni
Baxsh etgansiz bir go’zalning xoliga, afsus"¦
Endi bo’lsa zamon boshqa, zamona boshqa,
O’xshashi yo’q shahrimni men ko’targum boshga.
Samarqand — chun bersalar ham bir olam dunyo,
Bermagayman, bermagayman, bermasman, aslo!
-
Oshiqlik ko'ngilda, zohirda tilsim -
Qandayin sirlarga qalbing o'ralgan?
Guncha lab so'z juftlab ochiladi nim,
Menimcha, diling ham guldan yaralgan...
Shabnam tomchisiga intiqib sahar,
Kutmoqlik ishqida yashaydi g'uncha.
Umid-chi gulzorda tinmayin kezar,
Baxti topilguncha - gul ochilguncha.
Har bitta gul bargi - orzungmi sening?
Har bitta tikoning - ishvang, nozingmi?
Muattar islaring piyolasiz may -
Yo bog'da taratgan sho'x ovozingmi?
Buncha chiroylisan - nafissan, buyuk,
Bir zumda insonning aqlin olasan...
Faqat bitta tilak - faqat bir istak:
Muzga talpinmagin - muzlab qolasan!
Kamina
-
Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to’lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.
Xayr, men - o’ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo’lmog’im qiyin.
Mabodo sog’inib qolsangiz agar,
Qo’ng’iroq qilarman...
Ming yildan keyin.
Guljamol Asqarova
-
Siz uni odam demang!
Siz uni odam demang, ko'nglida himmat bo'lmasa,
Balki iymoni xatardir, unda g'ayrat bo'lmasa.
Xotami Tay kofir erdi, kuymadi do'zaxda ul,
Kuydurur erdi Egam, unda saxovat bo'lmasa.
Foniy dunyodan laxatga, dast xoli bormagin,
Ne qilur Egam seni, tavbang ijobat bo'lmasa.
El aro rasvo bo'lmasa, deb Xaziniy g'am yema,
Kim qolur kelgan saodatga, malomat bo'lmasa.
Muallifi Xaziniy.
-
Aylanaman sharqni kezib aylanaman
Iboli bir yor topolmay qiynalaman
O'z yurtimning sulivlari gap uqmqsa
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman
Ko'zim tushsa yuzlari lob lob yonadi
Elkasida qirqta chaman tovlanadi
Kesilmagan kokillari to'lg'onadi
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman
-
Nogahon dilingni o’rtab qolsa g’am,
Suyanchiq maslakdosh topmasang hamdam.
Bunday paytda do’stim, iymondan o’zga
Hech bir narsa qalbga bo’lolmas malham.
-
Mazmunli umr bu-mangu hikmatdir,
Har o’tgan kun qo’ldan ketgan fursatdir.
Qisqa yoki uzoq umr ko’rishing,
Taqdiringda yozilgan bir qismatdir.
-
Rabbi tanlab kim Quronga voris erur,
Quron necha ne'matlarga bois erur,
Haq diydori mo'minlarga joiz erur,
Ana shunday hushhabar bor mo'minlarga.
-
Agar kosib musofirlikka chiqsa,
Qiyinlik betini ko’rmaydi aslo.
Kechin och uxlamoqqa majbur o’lg’ay,
Gar o’z yurtinda taxtdan tushsa podsho
-
Orzularim bo'ldi armon
Muxabbatim bo'ldi vayron
Xayot yo'li davom -davom
Sen ul tamon Men bu tamon
Senda xam yor Menda xam yor
Sevgimiz sarsonu zor
Sen yoringa bo'l vafodor
Va bo'l Gulim sevikli yor
-
Ey huja! Charo az in jahon bexabari,
Shaboni ruzon dar talabi simu zari.
Sarmoyayi tu az in jahon yak gaz kafan hast,
On bagumon hastki bari yo na bari.
-
Ishonmagil maddoh, so’zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.
-
Ruhimning yagona yopingan to`ni
Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan
Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni
Azoblar anovmas, o`zga bir sitam
-
Mexring menga qomatdir
Ishqing menga xayotdit
Ne g'ussalar boshimda
Sen bo'lmasang yonimda
-
Amir xizmatida sokin va afgor,
Qo’llaring ko’ksingga qo’yguncha har gal.
Kuysa ham qo’llaring mayli, birodar,
Kaftingda tosh ohak ochganing afzal.
-
Layloying xam men degan
Kecha kunduz kuttirgan
Bu xam kam deb kuydirgan
O'zingmasmu o'zingmasmu
Aldamchi yor.....
-
Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?
-
Nekechmadi boshimdan
Charchoq nima bilmadim
Yovlarni go'rga tiqdim
Ammo o'zim bilmadim
Sen kulmagan baxtimni
Kuldirdinku Muxabbat
Omon qayitdim yurtimga
O qancha g'am yutmadim
Bundan ko'ra janglarda
Nechun o'lib ketmadim
E vox meni ko'nglimni
So'ndirdinku muxabbat
Axir netaman yurtimni
O'tlar bosib yotibdi
Oy yuzum deb suyganib
Erga tegib ketibdi
O'lmay qaytgan jangchini
O'ldirdinku muxabbat
Askarlar she'riyatidan
-
Tahammul aylagil, jonim, Xudo bergan bu dardlarga,
Esingga ol mudom Ayyubni, sabr etgil bu dardlarga,
Nechun dard bermadi Alloh na Namrudu Fir’avnga
Hamma dardu alamlarni beribdur anbiyolarga.
Suyukli bandasin Alloh sinar har turli kulfat — la,
Sinovlardan o’tib yetgay murodu ajru — ne’matga.
Tafakkur ayla, ne kulfatlarni kechdi Yusufi barno,
Sinovlardan o’tib qul bo’ldi Podshoh, qara.
Berib Xorunga Alloh molu — davlat, behisob tilloni,
Anga loyiq ko’rmadi bir zarracha imonni,
Valiylarga berib mehru — muhabbat, nuri imonni,
Yiroq — qildi alardin molu mulku, ishqi dunyoni.
Fozilo, boqsam zamonga yaxshilarda dard, alam,
Johilu nodonlarda na alam bor, na sitam.
Shul sababdin shukr etarman kelsa boshga dard, alam,
Ayla kafforat ularni qilgan gunohimga, Egam.
FOZIL qori Yosin qori o’g’li
-
Menga azob bersa sog'inch va hijron,
Ismingiz takrorlab charchadim yomon.
Sizni ko'rmoq menga bo'lsa ham gumon,
Nima qilsin qalbim sizni o'ylasa
-
Avvalda vafo bilan meni aylab shod,
Mast etdiyu javru jafo ayladi bunyod.
Har ikki ko‘zimda yoshu dilda to‘la o‘t,
Bo‘ldim yo‘lida tuproq, u etdi barbod.
-
Dunyo topdim lekin dunyo yig'madim
Men el uchun ot ustida uxladim
Noxat endi o'z go'rimga sig'madim
Amur Temur ruxi meni azoblar
-
Rizqingdan ortiqni yeb bo’lmasa ham,
Talabda bo’lmag’il dangasa, beg’am.
G’avvos nahang og’zini o’ylasa agar,
Qo’lga kiritolmas hech durru gavhar.
-
Rayhon xidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan!
-
Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.
Seni ko‘rgandayman tushimda faqat,
Uchib o‘tgandaysan misoli yulduz.
Samoviy mo’jiza, ilohiy tal’at,
Tengi yo‘q bir malak, qoshlari qunduz.
Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qo‘lingni.
Va yo noshud qolgan munajjim misol,
Poylab o‘tarmanmi qaytar yo‘lingni...
Abdulla Oripov.
-
Ikki dunyo borligi rostdir, rostdir mudom,
Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom,
Bunda kim och, kimsa to‘q, kimlarga ko‘p sozdir mudom,
Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
Har kimni bosgan izi niyatiga mosdir mudom.
-
Men bugun tirigu ro’yxatda yo’qman
Mozorda yotmagan o’likman bugun
Kimningdir rizqiga otilgan o’qman
Olloh nazaridan qolgan bir tugun
Ollohning quliman deya va’z o’qib
Shaytonga qul bo’ldim tunlar,saharlar
Ilmni o’qidim,olmadim uqib
Riyoni g’isht qilib qurdim shaharlar
Niyatim ko’p,undan bahonam bisyor
Bugun ulgrmadim,erta boshlayman
Yasha degan do’stu,koyigan ag’yor
Dunyo etagini zichroq ushlayman
Jangga chiqmoq lozim birga uch bo’lib,
Shaytonu,ham nafsu,ham dunyo bilan
Yengilsam yonarman mangu o’t bo’lib
Yengsam,ketajakman yuz ro’yo bilan
Ojizgina tanam,ham ojiz qalbim
Hech narsaga o’zim qodir emasman
Gar madad bermasang sen o’zing Tangrim
Ertamdan bir umid bordir demasman
Tunlar uyg’onmagan oshiq emasdir
Saharni boy bergan o’tar g’aflatda
Uni hech kimsa chin mo’min demasdir
Undan yeru-zamin bo’lar nafratda
Bugun duolarim bo’lmas ijobat
Gar yosh o’rniga qon to’kib aytsam-da
Toat-ibodatim bo’lmas ibodat
Gar samoga ming bor chiqib qaytsamda
Senga iltijoyim yaratgan Egam
Tun-sahar ko’zimni uyquga qo’yma
Solih bandalardan bo’layin men ham
Qiyomatda meni qayg’uga qo’yma
-
Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo’lganmikin mencha baxtiyor?
Aytib ber-chi, qaysi qiz burun
Sevib bo’lgan umid bilan yor?
Zulfiya
-
Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?
-
Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?
Necha bahorim o'tdi gul atriga begona,
Shamoldayin shoshgani-yo'l qadriga begona.
Qaysi oshiq,axir,ayt, ishq dardiga begona?
Oqqushginam o'zingni so'roqlardan izladim.
Payqarmiding,bilmadim,suvlarda oqqim keldi,
Baliqlarga aylanib ortingdan chopgim keldi.
Eh,bilsayding,shunchalar o'zingga yoqqim keldi,
Oqqushginam o'zingni qirg'oqlardan izladim...
Qaylarga uray boshim,dog'larga yetolmasman,
Qadginamni dol qilgan tog'larga yetolmasman.
Shunchalar sog'intirgan yoqlarga yetolmasman,
Oqqushginam o'zingni yiroqlardan izladim...
To'zib ketdi xayolim,to'zon bo'lib qoldim men,
O'z qalbimga sig'mayin zindon bo'lib qoldim men.
Hasratlarga ko'milgan armon bo'lib qoldim men,
Oqqushginam o'zingni firoqlardan izladim...
-
Maysalarning ishi yo’qmi ildiz bilan,
Osmonning hech ishi yo’qmi yulduz bilan.
Ey Xudoyim, meni nega unutgansan
Yolg’izning hech ishi yo’qmi yolg’iz bilan?
Meni sev, deb bo’ylarida o’ltiribman,
Telba bo’lib ko’ylarida o’ltiribman.
Tashnasiga bir qultum suv bermaydi u
Ariqning hech ishi yo’qmi yalpiz bilan?
Uni sevdim, tomirga qon sig’may sevdim,
Uni sevdim, jismimga jon sig’may sevdim.
Ey Xudoyim, buncha ozdir uning ishqi,
Jilg’alarni tenglashtirma dengiz bilan.
O‘n beshi tun, o’n beshi kuning yorug’ bo’lar,
Aytdilarki:
-Endi darding forig’ bo’lar.
O‘n byoshidan o’n besh mingi o’tib ketdi,
Ko’zlarim hech uchrashmadi kunduz bilan.
G’arib dunyo g’arib shonin qig’zonadi,
Qizg’anch dunyo burda nonin qizg’onadi.
Ey Xudoyim, dunyoingga aytib qo’ygil
Mehmonman-ku, siylasin-da non-tuz bilan.
Kuylab-kuylab yuragimni yaro qildim,
Yashab-yashab yuzlarimni qaro qildim,
Ey Xudoyim, bosh ko’tarmay ketarman men
Axir senga yuzlasharman qay yuz bilan?
Maysalarning ishi yo’qmi ildiz bilan,
Osmonning hech ishi yo’qmi yulduz bilan.
Ey Xudoyim, nahot meni unutgansan
Yolg’izning hech ishi yo’qmi yolg’iz bilan?
Guljamol Asqarova.
-
Nazar sol behamiyat ul kishiga,
Ki hargiz ko’rmagay baxtu saodat.
Tunu kun o’ylar o’z tan rohatini,
Jafo oilaga soatba-soat.
-
Tangrim tanlab seni menga ravo ko‘rgan,
Xastaligin bilmas dilga davo ko‘rgan.
Nelar ko‘rding men o‘n to‘rt yil anglamadim -
Men ko‘rmadim, ammo, jonim, Xudo ko‘rgan.
Peshonamga kinlar chiziq tortib qo‘ydi,
Yuragimni ko‘rpa kabi yopib yurdim.
Qovog‘imga yillar yukin ortib qo‘ydi,
Bilmam nima izlab, nima topib yurdim.
Vohid Luqmon
-
Men g'aribman,devonaman,
Sen Laylimsan deyaverding.
Dard kammidi peshonangda,
Suyaverding,kuyaverding.
Bilmay senga yaqin yurdim,
Majnunliging yuqib qoldi.
Sevgi degan yomon ekan,
Meni mendan yutib oldi.
Sevgimiz bor endi ikkov,
Boy-badavlat devonamiz.
Laylim dema,bizlar hali,
Bitilmagan afsonamiz.
G'iybatlarda Kumush bo'ldim,
Zog'lar bilan ishim yo'q.
Faqat og'ir olma jonim,
Zaynablarga hushim yo'q.
So'ylayversin begonalar,
Ishqdan nechun tonamiz?
Sevgisiz biz nafas olsak,
Birga o'lib qolamiz...
-
Zang bosgan temirni qancha ishqama,
Zang ketib ko’zgudek sayqal topmas, bil.
Qaro dilga o’git etmoq befoyda,
Toshga mix kirmaydi qancha qoqmagil
-
La'ling istab emdi jondin kechamen.
Bodasiz betobmen bu kecha men,
Sohili maqsadg'a yetgaymanmu deb,
Ko'z yoshim daryosida suv kechamen.
Amiriy
-
Nahot sen bir hovuch zarni deb,
Dilingni gulxanni unutding.
Suydirgan baxt ta’min tuydirgan.
Ishq degan gulshanni unutding.
Seni deb o‘tkazgan onini,
Sen desa berajak jonini.
Qahringdan ushoqdek mo‘’jazu,
Mehringdan ulkanni unutding.
Nigohing devona aylagan
Visoling parvona aylagan,
Baxtim deb bir seni tanlagan,
Sevgingla to‘lganni unutding.
Amirqul Karimov
-
Garchand yuragimga qo'nsa ham xazon,
Baxtiyor kunlarim ketsa qayrilib.
Muhabbating bilan qalbim charog'on,
Bizni ajratolmas hatto ayriliq!...
-
Qaro tunda men yog‘duni oydan olay,
Dil og‘risa oromni ayt, qaydan olay,
Qay bir g‘anim ko‘ngliga vax, ko‘zgu solay,
Yonib turgan ko‘zlarda kul qo‘rib bo‘lmas,
Kulib turgan yuzlarga ham urib bo‘lmas.
Tilga chiqqan shikoyatmi, bu nolami,
Tubsiz ekan, yetib bo‘lmas dil olami,
Kimlar uzdi, qon qaqshagan bu lolani,
Bu bog‘larda bosh ko‘tarib yurib bo‘lmas,
Nahot uni quzg‘unlardan qo‘rib bo‘lmas.
Mahmud Toir
-
Сен нени талашасан, таланган бу дунёда?
Ширин-аччиғи — бари сланган бу дунёда.
Ҳийлаю найранг билан дунёни олмоқ бслдинг,
Алданиб стажаксан алданган бу дунёда.
Умринг ёниб кетмоқда, ёнмоқда ҳар нафасинг,
Алангага айланган аланга бу дунёда.
Садриддин, ибрат ксзин очганлар демоқдадир:
"Сен нени талашасан таланган бу дунёда?"
Садриддин Салим БУХОА ИЙ
-
Avaz sukunatning bolasi edi,
Singilday suyardi musichalarni...
Tengdoshlari - odam bolalaridan
Itdan qo'rqqan kabi bezib yurardi.
Takabbur tengdoshlar goho ermakka
Ovlab o'ldirardi musichalarni...
Singillar o'ligin ko'rganda Avaz
Ovozsiz-ovozsiz hayqirar edi.
Eshqobil Shukur
-
Ana qara, yonmoqda gulxan,
Unga o'tin bo'lmish visol daraxti.
Yurak qadaxidan tomchilagan qon,
Mening ma'sumgina sevgimning bahti....
-
Manimcha I dan davom ettirishiz kere edi.
Ishq nima?
Bilganim bordir,
Bag`rida kulganim bordir,
Lеk hajrdеk g`anim bordir,
Sеvib yashash kеrak ekan.
Sеvgisiz, hissiz kunlarim -
Bеsamar, izsiz kunlarim,
Dеgayman, esiz kunlarim,
Sеvib yashash kеrak ekan!
Orif To'xtash
-
Naq taqimda sochini sochib,
Boyovutning shamoli sang‘ir.
Vafo qildi birgina sochi
Eplayolmay ro‘molda tang‘ir.
Borar baland bo‘yli, kulcha yuz,
Bo‘y-bo‘y juvon, sirli siyoqda.
Suyolmadik uni qilcha biz
Xudo suysin endi u yoqda.
Halima Hudoyberdiyeva
-
Ақли расо одамсан, аҳмоқ билан талашма,
Сувда олов ёқса жин, унга стин қалашма.
А аҳматдан бсл умидвор, паноҳ берсин Биру Бор,
Тсғри йслда собит бсл, шайтон билан "срашма".
-
Asli turkman qiz bir bahona xolos,
Izlaganim edi sizlar kabilar,
Qo`msaganim hayo — momomlarga xos,
Sog`inganim edi Kumushbibilar"¦
-
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko`rsam,
qoraygan cho`qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam.
Voh, o`shal lahzalar...
o`tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg`ular,
sahargi bog`larni uyg`otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog`indim...
ko`zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og`rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.
Shavkat Rahmon
-
...Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
-
Ne tong edi — izg‘irinlar zahrini totding,
Dasturxonda muztar qoldi qandu naboting.
Shahidlaring nomlaridir har bir raboting,
Abadiy yod erur asli adabiyoting,
Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim, Vatan.
Sirojiddin Sayyid
-
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.
Uzoru qaddu raftoringni ko’rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.
Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf’i humor et.
"œAnalhaq" mojarosin aylading fosh,
kel, ey Mansur, istiqboli dor et.
Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog’ig’a nisor et.
Kuyib, ey Nodira, olam elig’a
Muhabbat shevasini oshkor et.
Nodirabegim.
-
Tillarimda har ko'klamning qo'shig'i,
Yuragimda har go'zalning sevgisi,
Ko'zlarimda har qayg'idan bir yig'i,
Yuzlarimda aldanishning belgisi.
Yolg'iz menmi ko'klam chog'i yig'lagan?
Yolg'iz menmi har umidda aldangan?
Yolg'iz menmi ko'kragimni tig'lagan?
Yolg'iz menmi sevinch bilan bo'lmagan?
Ey ko'klamning ko'z tortg'uvchi kelini,
Nima uchun yig'latasan bir meni? ...
Cho`lpon
-
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!
Usmon Nosir
-
Mеni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to'ladi.
Kеcha jimjit, yolg'iz to'lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sеhrgar dilbar,
Solib qo'yding yodimga kimni?..
Hamid Olimjon
-
Iymanibroq turar ota poygakda,
Ko‘ksida yulduzi, bir qo‘li mayib.
Ichkarida esa, oppoq choyshabda
Jahonning umidi yotar jilmayib.
Asqad Muxtor
-
SEN BO'LMASANG YONIMDA
Bog'larda tarovat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda,
Tog'larda salobat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda,
Olamda nafosat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda,
Ko'nglimda halovat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda.
Jonimda itoat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda.
Qaysi kuni, ey dilbar, qayda mеnga so'z bеrding,
Aqlimni olib qanday, ko'nglimga qachon kirding?
Sеn lafzi karomatmi yo subhi sabo erding?
Kеl, o'zni namoyon qil, pinhona mеni ko'rding,
Bir lahza qanoat yo'q, sеn bo'lmasang yonimda.
Kunduz kuni oftobim ko'nglimga qadam qo'ymas,
Tunda to'lin oyimni abr otli sitam qo'ymas.
Gohi ezilib yomg'ir egnimni shinam qo'ymas,
Erkin nafas olmoqqa yo'llarda alam qo'ymas,
O'yimda halovat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
Yo'lda adashib yurgan bola kabidir holim,
Majnun dilidan chiqqan nola kabidir holim,
Arqonga madad bo'lmas tola kabidir holim,
Ohu ko'zida bitgan bola kabidir holim,
Umidi saodat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
Tunni uladim tongga vaslingga to'yarman deb,
G'am lashkarini sabrim tig'i-la so'yarman deb,
So'ng qatli g'amim qonin ko'z yoshla yuvarman deb,
G'urbatdagi boshimni tizzangga qo'yarman deb,
Umrimda farog'at yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
Balki toparman yozda,ehtimol qish topmasam,
Ko'nglim o'rniga tushmas erta yo kech topmasam.
Ostin-ustin qilurman dunyoni hech topmasam,
Qalamim qilich bo'lar agar qilich topmasam,
Umrimda davomat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
O'lkamga bahor yanglig' uyg'onish olib kelgan,
Hikmat to'la daryoday hayratga solib kеlgan,
Iqbol yo'li ko'p og'ir, mayliga, tolib kеlgan,
Ma'ruf kabi to'ylarga nog'ora chalib kеlgan,
Shе'rimda harorat yo'q, sen bo'lmasang yonimda.
Ma`ruf Jalil
-
Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan,
Behuda gap sotib yurmagan ular.
Mana,ming yillarni opichlab kelgan
Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar.
Vaqt quyunida ne davru davron,
Bu - toshga aylangan erkdir, bardoshdir,
Bu Vatan atalgan muqaddas armon.
Unga qaraymany bir his tuyaman,
Bu yurtim timsoli mangulik toshdir...
Yuragim toshiga she'rim o'yaman.
Rauf Parfi
-
KO'Z YOSH TO'KMA, ONA
Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?
Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.
Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos.
Rauf Parfi
-
So’zing garchi dilkash va shirin bo’lur,
Mukofoti tasdiqu, tahsin bo’lur.
Bir aytdingmi, aytma uni o’zga dam,
To’yib bir yedingmi yetar holva ham.
-
Meni halok etmish g'amu hijroning,
Etagingni tutdim ketgan zamoning.
Ketding-u g'amingdan ming ko'ngil o'ldi,
Qaytding, yana ming jon bo'ldi qurboning.
Umar Hayyom
-
Garchi qurutmas ko'zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig'lama ko'p, bu vujuding ishq o'ti,
Ne qurug'in qo'yg'usi,ne yoshini.
Lutfiy
-
Ishq vodisidin bir kecha men "hay-ha"lab o'ttum,
Monandi nayiston gulig'a o't qalab o'ttum.
Ofoqni bir lahzada kezdim, na ajabdur,
Mino tog'idin akkasifat hakkalab o'ttum.
Ottim fashi-dostorini devonalig' aylab,
Parvonasifat jonimi o'tqa qalab o'ttum.
Bildimki, vafosi yo'q ekan ushbu jahonni,
Mardona bo'lub, balki, etak siltalab o'ttum.
Dunyo yasanib, jilva qilib oldima keldi,
"Borg'il nari!" deb (ketig'a) bir shattalab o'ttum.
Bildimki oni, dushmani makkorayi ayyor,
"Lo" tirnog'I birla yuzini tirmalab o'ttum.
Mardoni xudo dediki: "Dunyo mayi achchig'",
Achchig'ligini bilmak uchun bir yalab o'ttum.
Nafs kofiri birla tunu kun qildim urushni,
Tanho qilichi birla urub, qiymalab o'ttum.
Xomush pichog'in har dam oning bo'g'ziga qo'ydum,
Cho'g' nayzasi birla ko'zini nayzalabb o'ttum.
Devonayi Mashrab, bu so'zung dardga davodur,
Oshiq elining ko'nglig'a bir o't qalab o'ttum.
Mashrab
-
Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman,
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko’zni muddao Uvaysiyman.
Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: "žMosivo Uvaysiyman!"œ
Kechalar fig’onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
To ko’rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.
Faqr borgohiga qo’ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo’lsa, jonfido Uvaysiyman.
Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.
Uvaysiy
-
Nuhda kezin Hud yalovoch bo'ldi uch yuz yil kechib,
Yurir erdi ko'p xaloyiqdin,sha'riatdin qochib.
Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug'in,
"Sakkiz ujmoqqa keeling",teb haqni botildan sijib.
Rabqa yozib,yo'ldan ozib,sunmadin ding'a bo'yun,
Haqg'a tonib,xalqg'a yonib,butg'a sig'inib,xamr ichib.
Rabg'uziy
-
Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko'chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi? binafsha menmi,
Sevgingga, qayg'ungga tutilgan?
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho'zilding?
Binafsha,
Ayt menga,
Kimlardir ularkim,
Ignani bag'ringga sanchalar?
Binafsha,
Bir so'yla,
U qanday qo'llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yancharlar?
Binafsha, shunchalik chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalik tortg'uvchi tusing bor,
Ko'nglimga isriqlik to'kmaysan?
Binafsha, yig'lama, binafsha, kel beri,
Qayg'ingni qayg'umga qo'shgil.
Binafsha, sen uchun ko'kragim erk eri,
Bu erdan ko'klarga uchgil.
Binafsha, go'zalim, qayg'ulim, kelmaysan,
Qayg'ung zo'r, qayg'umni bilmaysan,
Menga bir kulmaysan.
Cho'lpon
-
Nigori gulbadanimni tushumda ko'rsam edi,
Labi shakarshikanimni tushumda ko'rsam edi.
Ko'z ochmayin g'amida ro'zg'orim o'tquchidur,
Ki yori siymtanimni tushumda ko'rsam edi.
Chu davri rohatim o'tti zihi saodat edi,
Murodi jonu tanimni tushumda ko'rsam edi.
G'amida shona kabi chok-chokdur ko'nglim,
Ki, kokili Xo'tanimni tushumda ko'rsam edi.
Yuzi gulu qadi shamshod, ko'zlari nargis,
Bahori yosumanimni tushumda ko'rsam edi.
Jafoi hajr bila ko'ksumi nigor qilay,
Nigohi sehr fanimni tushumda ko'rsam edi.
Labimg'a keldi aning vaslini tilab jonim,
Balo o'ti figanimni tushumda ko'rsam edi.
Hamisha bulbuli tab'im fig'onu zor etar,
Ki,orazi chamanimni tushumda ko'rsam edi.
Firoqi Nodira ko'nglumg'a dog'lar qo'ydi,
Amiri safshikanimni tushumda ko'rsam edi.
Nodirabegim
-
Ilohi sayyidi Qul Xoja Ahmad,
Aningdek yaxshilardin bo’lsa behad.
Ilohi hurmati ul Xoja Hofiz,
Menam bo’lsam ruboiy ichra mahfuz.
Ilohi hurmati Amir Alisher,
Bahaqqi So’fi Olloyordek er.
Ilohi hurmati u Shamsi Tabriz
Meni bu yerda rasvo qilmag’aysiz.
Ilohi rohati dildur Huvaydo,
Bobom nisbatlari qilg’aymu shaydo.
Tasadduq men bo’lay, sultoni olam,
Chimiyon xalqiga sizdur mukarram.
Meros dedim bobomlardan ruboiy,
Qolib meros bu so’zlarning matoi.
So’nggi bobom O’shda Sarmazori,
Tasadduq ruhingizdin qil madori.
Bahaqqi ruhingizni ayladim yod,
Rubo’ aytib ko’ngulni ayladim shod.
Otamlar Mavlaviy Yorkentda hazrat,
Rubo’ ayttim qilib onlarni hurmat.
Mening haddimmudi so’z so’zlamoqqa
Ruboiyg’a boqib men ko’zlamoqqa.
Otamlar hurmatidin so’zladim so’z,
Ruboi mashg’ulidurman shabu ro’z.
G’aribu pur alam bir soddadurman
Rubo’ aytib bu dunyodin yengilman. Samarbonu
-
Ne balolig’ kun ekandur oshno bo’ldum senga,
Yuz o’lub, har kun kuyub ming bir ado bo’ldum senga.
Qoshimda bir dam turmading, bemor dardim so’rmading,
Olding yuzungni pardaga bir xokipo bo’ldim senga.
To ertadin oqshomgacha ko’zim yo’lingda xun to’kar,
Bag’rim ezib, tinglab turib, misli gado bo’ldim senga.
Ohim o’qidin bir sharer teksa raqibning ko’ksiga,
Vayron etar koshonani, bir dodxoh bo’ldum senga.
Mustahkam o’lmush dil senga bog’lab ko’ngulni rishtasi,
Hech chorayoi tadbir yo’q bir mubtalo bo’ldim senga.
Qomatlaring naxlin ko’rib qon bog’ladi dil g’unchasi,
Guldek jamolingga qarab bir xushnavo bo’ldum senga.
Yo’l topmadim bir borg’ali, sendin savole so’rg’ali,
Ash’ori ishqing yozg’ali sohib sado bo’ldum senga.
Ko’ngul tilaydur vaslini, topmam muhabbat aslini,
Dardim to’la, darmoni yo’q, bir bedavo bo’ldim senga.
Bonu tilaydur yorini, to’ysam ko’rib diydorini,
Men sendin ayrulg’on kuni sohib azo bo’ldum senga.
Samarbonu
-
Alvido deng, alvidolar ayting so'nggi bor,
Ko'zingizni yumib, keyin mendan buring yuz.
Toqatim toq, bog'ingizdan uchayapman, yor,
Qarg'amangiz, bog'ingizga kelar bo'ldi kuz.
Men bilmayman, tushgan yo'lim xatomi, xayrli,
Rostin yozay tun zulmati o'rab kelgan choq.
Garchand tushmagan bo'lsam ham bir lahza ayru,
Bir lahza ham yashamadim siz bilan biroq.
Sabab bo'ldim bag'ringizga qo'ngan dog'larga,
Bekor bo'ldi menga ko'ngil qo'yganlaringiz.
Bog'ingizda meni ko'rib, o'zga bog'larga
Bitta-bitta uchib ketdi suyganlaringiz.
O'sha paytlar bu hol menga tuyulgandi shon,
Sarob ekan, tutar-tutmay izlab qoldim men.
Bu satrlar quyilarkan oshga urar qon,
Sizdan soviy-soviy bugun muzlab qoldim men!
Alvido, yor, to'kilmoqda toqat degan jom,
Ketmoq ishqi kuydirmoqda o't bo'lib mani.
Alvido, yor, ko'ksingizdan o'chiring tamom,
Bog'ingizga yanglish qo'nib uchgan qushchani
Halima Xudoyberdiyeva
-
Inson aslan buyuk, aslan bechora...
Ohim dilingizga yo'l topsa zora.
Qo'lingizdan kelsa qilmang ovora,
Shul yolg'iz insonni tuhmatga bermang!
Bir-birini selu, toshqin qo'llaydi,
Qayda bo'lsa etib, shoshqin qo'llaydi.
Bir-birini bo'ri, qashqir qo'llaydi,
Siz uni sinovga, muhlatga bermang!
Ko'pdir zamonlarning qimor o'yini,
Qirqadir odamning eni-bo'yini-
Qo'lingizdan kelsa ko'ring to'yini,
Uni har qanday dor, xilqatga bermang!
O'chmas deb ishoning bosgan iziga,
Panoh deb ishoning o'g'il, qiziga.
O'ziga ishoning, faqat O'ziga,
Tushuntirish xati, tilxatga bermang!
Nopok dunyosidan ketmasin to'yib,
Desangiz yuragin g'ijimlab, o'yib.
Yillar bo'yi o'tmas pichoqda so'yib,
Qadrsizlik degan kalxatga bermang!
Inson aslan buyuk, aslan bechora...
Halima Xudoyberdiyeva.
-
Allaqachon unutganman bari-barini,
"žAllaqachon"œ aldayman men o'zimni-o'zim.
Ortda qolgan muhabbatning qo'shiqlarini,
Eslama, deb o'z-o'zimga tilayman to'zim.
Eslab qolsam, toqatlarim- to'zigan bir pat,
Egilgan yoyga aylanar bo'y-bo'y qomatim.
Eslasam, bu yorug' dunyo-bo'm-bo'sh bir xilqat,
Bir pul bo'lar e’tiqodim, baxtim, omadim.
Kulgularim kinoyasi zarra sezilmas,
"žAllaqachon unutganman"œ... qah-qah uraman.
Hijronning talx sharobidan ortiq sarxush, mast,
Baxtlilardan baxtiyorroq yashnab yuraman.
Allaqachon unutganman, unutgan ma’qul.
Halima Xudoyberdiyeva
-
Lahzaga tengma-teng o‘chib boraman,
O‘zimdan, so‘zimdan cho‘chib boraman,
Zavol bilmaydigan manzilni ko‘rsat,
Tomirlarim bilan ko‘chib boraman.
Behzod Fazliddin.
-
Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...
Usmon Azim
-
Oshiq uldur to diliga saqlasa asrorini,
Barham ursa yo’lig’a olamda yo’qu borni.
To o’zungga dard tegmay, aylanib kelmas davo,
Bas, bu ma’nodin hakimlar ko’p so’rar bemorni.
Garchi osiyman, aning dargohidin navmid emam,
Bir gul uchun suv berurlar sad hazoron xorni.
Oxiri manzilga yetmasdur kuduratlik ko’ngul,
Dilga jo bermoq na hojat dushmani g’addorni.
To dilingga ma’rifatdin nuri imon bo’lmasa,
So’filar, bir hug’a almashlang ani — dastorni.
Xotiri pokingni mashg’ul qilma hargiz dunyog’a,
Dil g’uboroluda bo’ldi, ul ko’rolmas yorni.
Avliyolardek muazzam bo’layin desang, vale
Mashrabo, hech kanda qilma dildin istig’forni.
Boborahim Mashrab.
-
Ishqning osmonida oyga qo’shilib,
Aylangan boshingga bulutlar qaytar.
Mening quchog’imda kuyday eshilib,
Asta shivirlaysan:
- Joningiz qayda?
O’g’irlaysan barcha kalitlarimni,
Sandiqlar ochilar — senga sir aytar.
Izlaysan Qo’ng’irot, Yovmudlarimni,
Horib shivirlaysan:
- Joningiz qayda?
- Shumi? — Qilichimni ko’lga tashlaysan.
- Balki bu? — qo’lingni cho’zasan yoyga.
So’ngra yig’lab-yig’lab so’roq boshlaysan:
- Bir marta ayting-chi,
Joningiz qayda?
O‘zingni qadringni suvga otasan,
Mening izzatimni qotasan loyga.
Bolang o’lgan kabi fig’on tortasan:
- Hamon tirikmisiz —
Joningiz qayda?
Og’ular qo’shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyilar mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
- Nega o’lmayapsiz?
Joningiz qayda?
Jonim senda deyman — aylanmas tilim,
Jonim sensan deyman — yuragim to’nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi snei qanday asrasam bo’lar?...
Usmon Azim
-
Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.
Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.
Yorab, bunda ham bir dog', yaqosini tutibdi,
Hayrat bilan uchinchi zog' ko'ksini titibdi.
Dog' ustiga dog' emish, uchinchi zog' ko'kragi,
Hayhot, shuncha dard cheksa, qushlar hatto ko'kdagi!
Va junbushga kelib ul ko'ksin ochmish ming zog'ni-
Oh urib har birida ko'rganida bir dog'ni...
Behol tabib yozibdi "žbu dunyo ko'p qadim"œ, deb
"žUnda birorta zog'i bedog' uchratmadim"œ, deb.
...Odamlarda bedog' dil, egilmagan qad uchrar,
Ko'kragida bir dog' yo'q, bedard, bo'yi bad uchrar.
Ammo mening sharafim ko'krakning dog'lariga,
Ko'ksi dog'lini oldim ko'zim qaroqlariga.
Yo'q, yo'q, behudaga hech ko'kraklarga dog' tushmas,
Bizning lablar soxta so'z, maqtovlarga qovushmas.
Haq so'zimiz ro'yoni albat o'tajak yanchib,
Shu haq so'zni aytgach goh qolar ko'ksimiz sanchib.
Bizning yurak dog'lidir, kim uchundir kuydik biz,
Kim uchundir ko'krakda og'riq, dardni to'ydik biz.
Sog'lom, bo'm-bo'sh qalb bilan yashamadik bekorga,
Yaralanib bo'lsa ham malham bo'ldik bemorga!
So'nggi yo'lga ketarmiz, shafqatni tishda tishlab,
Dog'li, yarador, lekin toza yurakni ushlab...
Halima Xudoyberdiyeva.
-
Bir maktub singari xotiramni men,
O'chirib-o'chirib yashayotibman.
Dilimni o'rtagan armon, g'amni men,
Qog'ozga ko'chirib yashayotibman.
...Sirimni yashirmay to'kdim men tunga,
Tun bo'yi yig'lagan bo'lsa ham baytim.
Kunduz yonib-izlab kelganda unga,
"žVaqtida ayrildik, yaxshi"œ, deb aytdim.
Tun bo'yi ko'zimdan achchiq yosh sizib,
Bezabon armondan o'qisam ham dars,
Tongda u kelganda "Uyqumni buzib...
Tag'in Siz!.." yuziga eshik yopdim qars.
"žBaribir eshikni ocholmas birov,
Kelaman"œ,-jimlik....so'ng yillarki mushkul.
Endi u kelguncha sochimga qirov-
Qor yog'ar, so'ng taniy olarmikin ul...
Qoplagani uchun bir zum ko'zni xob-
Balki umrim bo'yi berurman javob.
Halima Xudoyberdiyeva
-
Bir qarab qo'ysang nadur
Bizga goxo sanam
Menga sensiz beqadr
Dunyo, sanam, dunyo, sanam
Sen o'zing shamsu xilol
Kuydirgi yor soxibjamol
Sensiz ul osmonda yo'q
Ma'no, sanam, ma'no, sanam
-
Мунтазирдир тилло кошона,
Сен бош уриб кирар остона,
Булайин деб сенга парвона,
Йулларингга бокар интизор,
Ойдин булсин ой юзинг дилдор
Amira
-
Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.
Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.
Yorab, bunda ham bir dog', yaqosini tutibdi,
Hayrat bilan uchinchi zog' ko'ksini titibdi.
Dog' ustiga dog' emish, uchinchi zog' ko'kragi,
Hayhot, shuncha dard cheksa, qushlar hatto ko'kdagi!
Va junbushga kelib ul ko'ksin ochmish ming zog'ni-
Oh urib har birida ko'rganida bir dog'ni...
Behol tabib yozibdi "žbu dunyo ko'p qadim"œ, deb
"žUnda birorta zog'i bedog' uchratmadim"œ, deb.
...Odamlarda bedog' dil, egilmagan qad uchrar,
Ko'kragida bir dog' yo'q, bedard, bo'yi bad uchrar.
Ammo mening sharafim ko'krakning dog'lariga,
Ko'ksi dog'lini oldim ko'zim qaroqlariga.
Yo'q, yo'q, behudaga hech ko'kraklarga dog' tushmas,
Bizning lablar soxta so'z, maqtovlarga qovushmas.
Haq so'zimiz ro'yoni albat o'tajak yanchib,
Shu haq so'zni aytgach goh qolar ko'ksimiz sanchib.
Bizning yurak dog'lidir, kim uchundir kuydik biz,
Kim uchundir ko'krakda og'riq, dardni to'ydik biz.
Sog'lom, bo'm-bo'sh qalb bilan yashamadik bekorga,
Yaralanib bo'lsa ham malham bo'ldik bemorga!
So'nggi yo'lga ketarmiz, shafqatni tishda tishlab,
Dog'li, yarador, lekin toza yurakni ushlab...
Halima Xudoyberdiyeva
-
Бир каср курсанг садафдин кафтима кетгай сриб,
Тулди кон кул косасига, лолалар келсанг териб,
Мен умр догида куйдим сен нетурсен ургулиб,
Хар юракдин терганинг калбимда зур армон булур.
Айблама килдинг увол деб, кайси калб топмиш карор,
Хукмида огриб сшармен, кахрига булмай дучор,
Мен гурур бирла улурмен, лек сшарман хокисор,
Сол назар тафтиш кунида бир буюк иймон булур.
Бул кунгилнинг бори гавхар, кадрига етган етар,
Балки кимдир кулда ушлаб кимматин билмай утар,
Хар на мушкул, лек иложсиз кори борми алхазар,
Гар Амира утса нолон, буй кадар достон булур...
Amira
-
SEVGI BU"¦
Sevmoq bu
Kechirmoq degani asli,
Toki bu dunyoda quyosh bor, gul bor.
Yalpizlar gullagan shu bahor fasli,
Sodiq hamdam bo`lgin sen menga, dilbar.
G`iybatlar tingladim, aylandi boshim,
Ho`l tuproq kuydirdi tovonlarimni,
Va mana men uyda ko`nglimni yulqib
Ko`mdim beor do`stdek gumonlarimni.
O`ylar suraverdim kechalar tanho,
Goho, jiqqa yoshga to`lganda ko`zim.
Va seni sevmoqdan oldin bir kuni
Dildan sevib qoldim o`zimni o`zim"¦
Sevmoq bu o`zingni anglamoq asli,
Toki zamin aro quyosh bor, gul bor.
Rayhonga ko`milgan shu bahor fasli,
Sadoqatli yor bo`l sen menga, dilbar.
Sevgilim, men seni sevaman, tamom,
G`amgin ko`zing, hadik to`la ko`zingni.
Sevmoq, bu kunda bir ko`rmoq baxtidir
Ozg`in qo`llaringni, sepkil yuzingni"¦
Muhammad Yusuf
-
IBODAT
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.
Otang birla onang qalbi
O‘tar ka’ba tavofidin
Alar ko‘nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.
Umrni etmayin isrof
O‘zing ro‘za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.
Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.
Mirzo Kenjabek
-
Rejami? Oldindan gapirish qiyin,
Hayot ham, ijod ham nozikdir qildek.
Ta’na toshlarini otmay turasiz,
Hakim bilan bir oz hamkorlik qildik. Abdulla Oripov
-
Kecha oqshom falakda oy bo`zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg`otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim.
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
O`tdi yoshlik zavq bilan, gohi to`polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba'zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo`qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g`aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.
Dunyo degan shundayin anglab bo`lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan.
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Holbuki orzulardan judo ham bo`lganim yo'q,
yulduzday kulganim yo`q, oy kabi to`lganim yo'q.
Erta xazon gul kabi sarg`ayib so`lganim yo'q,
Seni eslab yig`layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag`rim tig`layman, birinchi muhabbatim.
Yo`lin yo`qotsa odam - muhabbatga suyangay,
G`ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay.
Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim.
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Abdullo Oripov.
PS: Uzr, bu she'r juda kup bor qayta yozilgan bulsa ham yozganim chun
-
Ошуфта қизга
uzmus
Мажнунтол толим-толим,
Бир қиз куйлар мулойим,
Олар ногоҳ хаёлим,
Исми, балки, Гулойим.
Гулойимнинг сочлари,
Офтобда слтирайди,
Гулдан нозик қсллари,
Бехосдан қалтирайди.
Бул санамнинг юзлари,
Бирам нурли, гсзалдир,
Лорлаб турган ксзлари,
Шаҳло, маҳзун, ғазалдир.
Дардларинг шунча кспми,
Мана осмон йиғлади,
Тунлари ноланг тинглаб,
Ой юзини доғлади.
Ситамлардан дунёда,
Бир сенмидинг сзилган,
Ошуфтажон инсонинг,
Кскси қийқим, кесилган.
Бир кун келар, ссади —
Гулгун ишқнинг сабоси,
Кутгин шаксиз, келади —
Ксклам, булбул навоси...
-
İnsan bu, su misali, kıvrım kıvrım akar ya;
Bir yanda akan benim, öbür yanda Sakarya.
Su iner yokuşlardan, hep basamak basamak;
Benimse alın yazım, yokuşlarda susamak.
Her şey akar, su, tarih, yıldız, insan ve fikir
Oluklar çift; birinden nur akar, birinden kir.
Akışta demetlenmiş, büyük, küçük, kâinat;
Şu çıkan buluta bak, bu inen suya inat!
Fakat Sakarya başka, yokuş mu çıkıyor ne,
Kurşundan bir yük binmiş, köpükten gövdesine;
Çatlıyor, yırtınıyor yokuşu sökmek için.
Hey Sakarya, kim demiş suya vurulmaz perçin?
Rabbim isterse, sular büklüm büklüm burulur,
Sırtına Sakarya'nın, Türk tarihi vurulur.
Eyvah, eyvah, Sakaryam, sana mı düştü bu yük?
Bu dava hor, bu dava öksüz, bu dava büyük!..
Ne ağır imtihandır, başındaki, Sakarya!
Binbir başlı kartalı nasıl taşır kanarya?
İnsandır sanıyordum mukaddes yüke hamal;
Hamallık ki, sonunda, ne rütbe var, ne de mal.
Yalnız acı bir lokma, zehirle pişmiş aştan;
Ve ayrılık, anneden, vatandan, arkadaştan;
Şimdi dövün Sakarya, dövünmek vakti bu an;
Kehkeşanlara kaçmış eski güneşleri an!
Hani Yunus Emre ki, kıyında geziyordu;
Hani ardına çil çil kubbeler serpen ordu?
Nerede kardeşlerin, cömert Nil, yeşil Tuna;
Giden şanlı akıncı, ne gün döner yurduna?
Mermerlerin nabzında halâ çarpar mı tekbir?
Bulur mu deli rüzgar o sedayı: Allah bir!
Bütün bunlar sendedir, bu girift bilmeceler;
Sakarya, kandillere katran döktü geceler.
Vicdan azabına eş, kayna kayna Sakarya,
Öz yurdunda garipsin, öz vatanında parya!
İnsan üç beş damla kan, ırmak üç beş damla su;
Bir hayata çattık ki, hayata kurmuş pusu.
Geldi ölümlü yalan, gitti ölümsüz gerçek;
Siz, hayat süren leşler, sizi kim diriltecek?
Kafdağını assalar, belki çeker de bir kıl!
Bu ifritten sualin, kılını çekmez akıl!
Sakarya, saf çocuğu, masum Anadolu'nun,
Divanesi ikimiz kaldık Allah yolunun!
Sen ve ben, gözyaşıyla ıslanmış hamurdanız;
Rengimize baksınlar, kandan ve çamurdanız!
Akrebin kıskacında yoğurmuş bizi kader;
Aldırma, böyle gelmiş, bu dünya böyle gider!
Bana kefendir yatak, sana tabuttur havuz;
Sen kıvrıl, ben gideyim, son Peygamber kılavuz!
Yol onun, varlık onun, gerisi hep angarya;
Yüzüstü çok süründün, ayağa kalk, Sakarya!..
-
"Rasululloh Yig`lagan Kecha!"
Azon aytib yig`lar Bilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha!
Tong ottirding qanday, hilolim,
Rasululloh yig`lagan kecha?!
Eng mukammal azal qoida
Rayhon isi turar poyida,
Qanday turar osmon joyida
Rasululloh yig`lagan kecha?!
Anga hamroh haqiqiy erlar,
Ta`zim aylar eng vahshiy sherlar
Yulduzlar ham to`kilay derlar
Rasululloh yig`lagan kecha!
Kulganida oq dur sochilgan
Gulharirdan bir nur sochilgan,
Ammo qalblar beun ochilgan
Rasululloh yig`lagan kecha!
Kiyik bilan bo`ri do`stlashmish,
Osmon ila zamin yuzlashmish,
Etim ko`ngli g`amgin bo`zlamish
Rasululloh yig`lagan kecha!
Ey jamiki hilqat, tinglangiz,
Bir haqiqat mavjud, bilsangiz,
Kulmang, ahir bo`lmas kulsangiz
Rasululloh yig`lagan kecha!
Kulgisiga oftob ham shaydo,
Shafoat, deb yig`lar Xuvaydo,
Oy yuzida dog` bo`lmish paydo
Rasululloh yig`lagan kecha!
Umar yerga yotmish yuztuban,
Usmon tikar o`ziga kafan,
Aliy quchib yig`lar daf`atan
Rasululloh yig`lagan kecha!
Kulgichdan nur ufurgan sayin,
Zavjalarning so`zlari mayin.
Xafsa, Oisha ahvoli tayin
Rasululloh yig`lagan kecha!
So`zim tugar, sen ham insonsan
Yo`ling egri, ne hol-nodonsan?!
Ey Xayrulloh, nechun shodonsan
Rasululloh yig`lagan kecha?!
(muallifini bilmayman)
-
Artık demir almak günü gelmişse zamandan,
Meçhûle giden bir gemi kalkar bu limandan.
Hiç yolcusu yokmuş gibi sessizce alır yol;
Sallanmaz o kalkışta ne mendil ne de bir kol.
Rıhtımda kalanlar bu seyâhatten elemli,
Günlerce siyâh ufka bakar gözleri nemli.
Bîçâre gönüller! Ne giden son gemidir bu!
Hicranlı hayâtın ne de son mâtemidir bu!
Dünyâda sevilmiş ve seven nâfile bekler;
Bilmez ki giden sevgililer dönmiyecekler.
Bir çok gidenin her biri memnun ki yerinden,
Bir çok seneler geçti; dönen yok seferinden.
-
Neniki sharob deb o'ylab yugurdim,
Sarob bo'lib chiqib, qoqildim yo'lda.
Qaerdaki ko'm-ko'k jannatni ko'rdim,
Uchib etgach hayron, tentidim cho'lda.
Neni oy deb o'ylab, ko'zimni tikib,
Zarrin shu’lasiga yuz tutdimki zor,
Oy deb o'ylaganim yoy bo'lib chiqib,
U otgan o'qlardan ko'ksim yarador.
Neniki mangu deb ushlagan paytim,
Baliqday sirg'alib chiqdi qo'limdan.
Ortiq oldi, ammo bermadi qaytim,
Savdogarlar chiqib ba’zan yo'limdan.
Qay bog' qorovulin g'aflatki oldi,
Bog'ni talon etar o'g'riyu kazzob.
Bu kun darmon ketib tizlarim toldi,
Sizki yonimdasiz, yonimda azob.
Kim men qushcha misol talpingan damim,
Qarg'aday xo'mrayib tashladi nazar.
Bu kun ularda bor o'chim, alamim,
Bu kun men ulardan qilarman hazar.
Ishqingizdan qoldi yuragimda dog',
Angladim ishqingiz o'tsiz ekanin.
Porlab ko'ringan gul bo'ldi-yu yantoq,
Ko'nglimni qon qildi uning tikani.
Agar ishqingizda bo'lsa edi o't,
Bu qora quyunlar qilmas edi kor
Va mening qalbim ham qolarmidi but,
Ming bitta baloga bo'lmay giriftor.
Bu chigal xatolar to'ydirdi juda,
Tilagim oq, sizga duch kelsin baxt, shon.
Ammo menga ayting bir og'iz vido
Va uzilsin bizni bog'lagan arqon.
Siz bilan minnatdor xayrlashaman...
-
Ne hasta bekler sabahı,
Ne taze ölüyü mezar,
Ne de şeytan bir günahı,
Seni beklediğim kadar.
Geçti istemem gelmeni,
Yokluğunda buldum seni;
Bırak vehmimde gölgeni,
Gelme, artık neye yarar?
-
Ravo ko‘r, yuzingda bir xol bo‘layin,
Ko‘rsat ag‘yoringni, zavol bo‘layin.
Kattakon to‘y qilib nog‘ora chalgin,
To‘yingda suv tashib hammol bo‘layin.
-
N'oldu bu gönlüm n'oldu bu gönlüm
Derd-u gam ile doldu bu gönlüm
Yandı bu gönlüm yandı bu gönlüm
Yanmada derman buldu bu gönlüm
Yan ey gönül yan yan ey gönül yan
Yanmadan oldu derdine derman
Pervane gibi pervane gibi
Şem'ine aşkın yandı bu gönlüm
Gerçi ki kandı gerçeğe yandı
Rengine aşkın cümle boyandı
Kendide buldu kendide buldu
Matlabını hoş buldu gönlüm
Sevad-ı a'zam sevad-ı a'zam
Belki oluptur Arş-ı muazzam
Matlab-ı canan matlab-ı canan
Olsa acep mi şimdi bu gönlüm
Seyr-i billahtır seyr-i billahtır
Li maallahtır fena fillahtır
Ayinesinde ayinesinde
Gird-i sivayı buldu bu gönlüm
El fakru fahrı el fakru fahri
Demedi mi ol alemler fahri
Fahrini zikrin fahrini zikrin
Mahv-u fenada buldu bu gönlüm
Bayramı imdi Bayramı imdi
Bayram edersin yar ile şimdi
Hamd-ü senalar hamd-ü senalar
Yar ile bayram kıldı bu gönlümHacı Bayram Veli
-
Мангумас томирда кон ёнишлари,
Бокиймас бир кизнинг уртонишлари,
Гам кунга сратинг дил уришларим,
Сизнинг садокатни илгамок душвор.
-
Rayhon xidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.
Muhammad Yusuf.
-
Аихолга нур зарур тикланмок учун,
Баликка сув зарур сирпанмок учун,
Ошикка ишк зарур уртанмок учун,
Сизнинг заруратни илгамок душвор.
Amira
-
А уҳингни ксксимга тумордек осиб
Адолат юлдузин излаб кетибман,
Ае қилай стмаган бслса у насиб...
Билмам, қайдан кетиб, қайга етибман...
-
Na qilay rohatim yo'q,
Ishimda bir unum yo'q,
Sog'inaman vaslingni,
O'ylamagan kunim yo'q.
She'r aytmagan kunim yo'q,
She'r bitmagan tunim yo'q.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Shul bois yuzim sariq,
Bog'larga keldi xazon,
Dil kuyar , iymon kuyar,
O'tlarga tushdi zabon,
Navoiy o'qib erdim,
Majnunga bo'lib hayron.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Gul ko'tarib o'tarman,
Bu sevgi ko'chasidan,
Sadoqatda muqimman,
Oshiqlar nechasidan,
Etmasam uchib chiqur,
Yurak o'z go'shasidan,
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Chirog'ingga urilgan,
Parvonaman shekilli,
Ishqingda tuproq o'ldim,
Uyg'onaman shekilli.
Shoirligim ne bo'ldi,
Men tonaman shekilli.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
Na qilay rohatim yo'q,
Ishimda bir unum yo'q,
Sog'inaman vaslingni,
O'ylamagan kunim yo'q.
She'r aytmagan kunim yo'q,
She'r bitmagan tunim yo'q.
Ko'zim - ko'zingga tushdi,
Men yonaman shekilli,
Devonaman shekilli,
To'lg'onaman shekilli.
-
Икки булмас битта куйлаги,
Кийинтирар срим дунёни,
Мехнат учун битган билаги,
Дурлар сочар ширин забони.
Лардозига етмаган холи,
Гулдан дилбар узбек аёли.
Amira
-
Инсон ксз ёшининг йсқдир салмоғи...
Ўтлоқлар сшнайди ёмғир ёққан дам,
Тсғонлар қулайди сел урган чоғи.
Аммо ксз ёшлари қанча оқса ҳам-
Ҳечқачон сзгариб қолмайди олам
-
Майли тошлар отгин, нишондир,
Куксим калкон килавераман.
Сенингсиз хам бу жигар кондир,
Конаб олдга юравераман.
Хеч булмаса сен отган тошлар,
Сезсин багрим жарохатини.
Тош булса хам тукадир ёшлар,
Каргаб кафтинг жахолатини
Омон булсин шу азиз бошинг,
Бир кун илгар сзгулик кучин.
Уксиб сшар сен отган тошинг,
Куксимни кон стгани учун.
-
Аозик калбга санчилдими мохир нигох,
Дард слитди, гуссаларда куйдим ногох,
Бир гунчани шунч утда ёкмок гунох,
Аигохларинг юрагимни аср стди
-
Ilonlar misoli to'lg'anar yurak,
Sevgisiz yurak kimga ham kerak
Yuragim aytadi bir orzu tilak,
Sevilmagan qizni sevishim kerak.
Qo'lidan o'zga qo'l tutmagan bo'lsin,
Sochidan o'zgalar tutmagan bo'lsin,
Labidan bo'salar olmagan bo'lsin,
Sevilmagan qizni sevishim kerak.
-
Kunlar o`tar shoshib-shoshib,
Tashvishlari boshdan oshib.
Kеch angladim, eh, mеn noshud -
Sеvib yashash kеrak ekan!
Hayotiga izlab mazmun,
Muhabbatni topdi Majnun,
Kulfatidan Layli mamnun,
Sеvib yashash kеrak ekan!
Orif To'xtash
-
* * *
Аихон ишкин аён стса гар санга, ул ишк смас,
Мажнунлигин баён стса ким, санга ошик смас.
(Хоксор)
-
Сиғмарам боғу-баҳорим гул очиб дил овласа,
Тош деворлар тирқишидин бахту иқбол пойласа,
Мен ғариб девонаман йслимни имкон бойласа,
Изтиробдин хун ютиб қалб ичра иймон сртагай
-
Yuragim sal telbaroq
Qo'y deganni bilmaydi.
Sendan o'zga yurakni
Nazariga ilmaydi.
Senga sobiq qul emish,
Menga quloq tutmaydi.
Qaysar xuddi o'zingdek
Unga gapim o'tmaydi.
Tunda rosa urushdim,
Tong otguncha og'rindi.
Sho'rlik mendan arazlab,
Seni rosa sog'indi.
-
Ishonmagil maddoh, so’zamollarga,
Zarracha naf uchun seni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang,
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab ketar.
-
Rizqingdan ortiqni yeb bo’lmasa ham,
Talabda bo’lmag’il dangasa, beg’am.
G’avvos nahang og’zini o’ylasa agar,
Qo’lga kiritolmas hech durru gavhar.
-
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko'rsam,
qoraygan cho'qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o'snirga do'nsam.
Voh, o'shal lahzalar...
o'tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg'ular,
sahargi bog'larni uyg'otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog'indim...
ko'zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og'rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.
Men jangchi emasdim,
men shoir edim,
nihoyat shoirdan ko'ra zobitman,
har nafas musulmon millatim dedim.
nafsiga kuyganlar keldi oqibat.
Haromni xush ko'rgan malakfurushlar
zig'irday himmatin qilganda minnat,
yaproqday sarg'ordim buyuk urushda
musulmon yo'q edi,
yo'q edi millat.
Bas, qushlar sayroqi,
yaproqlari mo'l
yashil shajar kabi turay mushakkal,
ilhomim haqida so'ylasinlar xo'b,
zaharli tilimdan to'kilsin shakkar.
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg'onsin ilohiy tug'yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg'on.
-
Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli,
Kimningdir kamoli, kimning zavoli.
Sargashta kun ko‘rding ohu misoli,
Shundan hamon mungli kuylaring, o‘zbek.
Iqbol Mirzo
-
Ким бслмайин бир кун мен ҳам, бу дунёдан старман,
Билмам қачон манзилга ҳам, тақдирда бор етарман,
Гар савобим ксп бслса, тинчман ғамим йсқ, бироқ,
Акси бслса раҳм айлагин, айлмасанг нетарман?
Камина
-
NAXOT SHUNCHA MA`SUM SHUNCHA POK,
SEVISHMOQDA ALAM BOR SHUNCHA.
BARDOSH BERMAS IRODA, IDROK,
TAMOMAN LOL AQL, TUSHUNCHA!
-
Allaqachon unutganman bari-barini,
"žAllaqachon"œ aldayman men o'zimni-o'zim.
Ortda qolgan muhabbatning qo'shiqlarini,
Eslama, deb o'z-o'zimga tilayman to'zim.
Eslab qolsam, toqatlarim- to'zigan bir pat,
Egilgan yoyga aylanar bo'y-bo'y qomatim.
Eslasam, bu yorug' dunyo-bo'm-bo'sh bir xilqat,
Bir pul bo'lar e’tiqodim, baxtim, omadim.
Kulgularim kinoyasi zarra sezilmas,
"žAllaqachon unutganman"œ... qah-qah uraman.
Hijronning talx sharobidan ortiq sarxush, mast,
Baxtlilardan baxtiyorroq yashnab yuraman.
Allaqachon unutganman, unutgan ma’qul.
Halima Xudoyberdiyeva.
-
Lola rangim za’faron bo’ldi hajrdin, ko’rmading,
Bir nigoh tashla, dilim qasrini qil ostin-ustun.
-
Ае истакда дунё ҳаваси уни тарк ст,
Ае истакда Аллоҳ ризоси унга жаҳд ст.
-
Тонгда ссган майин шамол сочинг сйнасин,
Гулдан учган юмшоқ шабнам юзинг силасин,
Боғ сайрига чиққанингда неча булбуллар,
Аигоҳларинг тутолмайин юрак доғласин.
uzmus
-
Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul —
Biru Birga ibodat — tavhid.
Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom — nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.
Yuraklar pok, xulq go’zal bo’ldi,
Elni baxtga boshladi irfon.
Ming shukrkim, mukammal bo’ldi
Mo’jizalar onasi — Qur’on!
Arabchadan Abdul Jalil tarjimasi
-
Nelaradandir kungil bulib g`ash,
Ham egilib bu egilmas bosh.
kuzlarimda qalqib tursa yosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir!
-
А изқ излаб кетди бут сл,
Юраги қон ва пора.
Уйда қолди оналар,
Болам қайтсин, деб зора
-
Agar meni aldasa hayot,
Orzularim qilsalar barbod,
Yuz o'girsa mendan do'stlarim,
Sevasizmi shunda ham ayting?
Zaiflashsa ruhi hayotim,
Alloh olsa yoki zabonim,
Topilmasa bir mehribonim,
Sevasizmi shunda ham meni?
Fojiaga duch kelib qolsam,
Ko'zlarimdan ayrilib qolsam,
Nogironlik nomini olsam,
Sevasizmi shunda ham meni??
-
Ishq, armon gul ochib, so'lsa jonimda,
Yillar olib ketsa berkitib, o'rab,
Jilg'a dardin bermang qahratonimda,
Umrimning so'ngida kelmangiz so'rab.
-
Bu Mandan Sanga bag`ishlanadi.
Hech Narsa Arzimas Sening Qadringdek.
Hech Narsa Iliqmas Sening Qalbingdek.
Hech Narsa Porlamas Sening Ko`zingdek.
Hech Narsa Shirinmas Sening So`zingdek.
Sevaman Deyman Sev Deyolmayman.
Majburiy Sevgini Tan Ololmayman.
Agar Meni Emas O`zgani Sevsang.
Bahtli Bo`l Deyman Unutolmayman.
Mening Birinchi Muhabbatim?
Dil Kuyar Til Kuyar Jonim Sizga Talpinib.
Sul Nazar Zulfirar Holim Endi Ne Bo`lar?
Sevgini Sevgan Bilar.
Sevgida Kuygan Bilar.
Men Seni Sevaman?
Agar Sevish Gunoh Bo`lsa Unda Menda Gunoh Bor.
Bu Gunohdan Habardor Yana Bitta Guvoh Bor.
U Guvohim O`zgaga Hech Sirim Yetmaydi.
Chunki Uni O`zi Ham Huddi Mendek Gunohkor.
Istardim Dunyoda Sevgi Sof Bo`lsa.
Istardim Sevganing Seni Ham Sevsa.
Istardim Doimo Bahtiyor Qilsa.
Istardim Senga U, Vafodor Bo`lsa???
Ko`zim Kulib Turar Yig`laydi Qalbim.
Muhabbat Yo`lida Qiynalar Dilim.
Ishq Degani Bir Narsa Tirnaydi Qalbim.
Ne Qilay Sevgilim SENI SOG`INDIM,
O`tsa Ham Necha Yil Oylar.
Noming Qo`ymay Takrorlar Tilim.
Orziqadi Vaslingga Dilim.
Sog`inganim Sog`inmadingmi?
Men Seni Har Kuni Ko`rgim Kelar.
Ko`rmagan Kunim O`lgim Kelar.
Ko`zlaringga Tikilib Turgim Kelar.
Seni Bor Yo`g`i Bir Umr Sevgim Kelar.
Mayli Essin Mayin Shaboda.
Mayli Suvlar Oqsin Teskari.
Mayli Hamma Unitsin Bizni.
Biz Unitmaylik Bir Birimizni Jonim.
Seni Sevaman Asalim.
Yolg`izlikga Chidash Mumkin.
Ayriliqga Chidab Bo`lmas.
Sevgisiz Yashash Mumkin.
Faqat Sensiz Yashab Bo`lmas.
Bahtli Bo`l Mening Birinchi Muhabbatim??
-
Men ketib boraman, qoramtir samo,
Quvlashib o'ynoqi shamollar bilan.
Taqdirimda mingi aralash, ammo,
Biri yechilmagan savollar bilan.
Men ketib boraman, yorishadi ko'k,
Nogahonda ovoz... nega bo'shashdim.
Chaqirmang, ortimga qaytolmayman, yo'q,
Chaqirmang, yo'q esa qaytguday shashdim.
Men Siz chorlagan payt ojizman, aytdim,
Ketsam ham qulog'im, ko'zim berkitib,
Qaytmasam, yurganim yo'lim unmaydi.
Qaytsam, kelolmayman Sizga ham etib.
Garchand Siz sig'ingan shohman, pirman men,
Aro yo'lda qolib adodirman men.
-
So’nggi so’zim hayotingga erur ibrat,
Majoz tugab haqiqatga yetdi navbat,
Ilk otamiz tashlab ketgan o’shal jannat,
Vatanni sev, bul muhabbat iymondandir.
-
So’nggi so’zim hayotingga erur ibrat,
Majoz tugab haqiqatga yetdi navbat,
Ilk otamiz tashlab ketgan o’shal jannat,
Vatanni sev, bul muhabbat iymondandir.
-
Gar qalbingdan da’vatdan g’urur,
Yo’llaringni yoritmagay nur,
Ey Hayrulloh, shodlanmayin tur,
Yig’la, fosiq bo’lib qoldim,deb
-
Unga vaqting sarfla misoli g’aniy,
Sajdaga aylangan ko’ngil malhamiy.
Yo jannatiy qilar, yo jahannamiy,
Alloh huzurida farz bo’lgan namoz.
-
Garchi yo’llarimda yo’ldoshdir gunoh,
Allohni yagona sanadim iloh.
Har holda duoda, baxtli bo’lay,deb,
Allohdan hamisha tilarman panoh,
Sen meni baxtsiz,deb xursand bo’lmagin.
-
"¢ Дунё дермиш: кимки менга қулоқ солса,
"¢ Унга айтар сирларим бор, агар олса.
"¢
"¢ - Аеча-неча дунёсига берилганни,
"¢ Даврим келди, деб сзича керилганни,
"¢
"¢ Алдаб-сулдаб, тубсиз жарга йиқдим мано,
"¢ Олиб бориб қаро гсрга тиқдим мано.
"¢
"¢ Бойликларни тахладилар саржин-саржин
"¢ Мен айладим ҳаммасини парчин-парчин!
"¢ "œБахт изласанг"¦"
"¢
"¢ Ақл сргатиб, айтар бугун ким кимгадир:
"¢ "œБахт-саодат сукутдадир, "œжим-жим!" дадир.
"¢
"¢ Ўз уйингда тинч сшасанг, маза ҳар кун,
"¢ Муҳожиру қувилганга аза ҳар кун.
"¢
"¢ Бахтинг шулдир - сен ҳаммадан кейин юрсанг,
"¢ Қадамингни аста босиб, "œхсп!" деб турсанг.
"¢
"¢ Бахт изласанг, йсқ қил барча сътирозинг,
"¢ Ҳайдаб юбор ғазабинггу сҳтиросинг!
"¢
"¢ Ана шунда топарсан сен бахт қушингни
"¢ Ҳушёр бслгин, йсқотмагин сс-ҳушингни!"
"¢
"¢ Бу ссзларга жавоб шулки, бу ҳаётмас!
"¢ Тирик инсон сен айтгандай музлаб ётмас.
"¢
"¢ Ҳаёт деган машаққатдир, сснгра роҳат.
"¢ Сенга қолса, слик уйқу - истироҳат.
"¢
"¢ Тирик инсон дину юртга бслур қалқон!
"¢ Ҳур кишилар душманларни қилур толқон!
"¢
"¢ Билгил, мағлуб косасидан оқар йиринг.
"¢ Бсйин сгма, ҳимос ст ватан, еринг,
"¢
"¢ Таслим бслма, майли кетсин йсғу боринг
"¢ Лек кетмасин дину иймон, номус-оринг
Дин - адолат!
"¢
"¢ "œДин — узлат", дедилар, мисоли роҳиб,
"¢ "œБслсанг бас, дуою зикрга соҳиб".
"¢
"¢ Диннинг бир қисмига келтириб иймон,
"¢ Ажабким, бир қисмин ксрурлар ёмон.
"¢
"¢ Дин асли фарзу нафл, тавба, истиғфор,
"¢ Ҳақдан неки бслса, бунда срин бор.
"¢
"¢ Дин - қудрат, матонат, маърака, майдон!
"¢ Даф бслур ёмонлик, қувилур шайтон!
"¢
"¢ Дин - А аббинг номи-ла ҳукм юритмоқ.
"¢ Ўрнатиб адолат, зулмни қуритмоқ!
-
Ey, Muslima, erring sening tulking emas,
Yig’ing emas, vaqti bekor kluging emas,
Qiyomatda Qur’on senga yov bo’lmasin.
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Oyat seni to’xtatmasa jazo neki?!
O’g’il va u to’plagan mulk otaniki.
Bu dunyoda hamma narsa Xudoniki
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
"œErkaklar"mas "œAyollar" deb sura tegmish,
Unda senga, ekakaka ham hukm tengmish.
Jannatiylar ul oyatga bo’ying egmish,
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Ayoldirsan, hududingni asra oqil,
Alloh uchun qalbingni och bo’lma baxil.
Qiyomatda baxtli bo’lmoq istasang, bil,
Er-Allohning mulki erur, mulki emas.
Vazifangni bajariblar manzil yetib,
Farzandlaring tarbiyala solih etib,
Dod ko’tarma chegaradan o’tib ketib,
Er-Allohning mulki erur, mulking emas.
Haddingni bil, hadding asli juda go’zal,
Bu hududga bitmak arzir ming bir g’azal,
Nachoradir, Rahmon xoxlab bo’lgan azal,
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Ingragandek yoz tongida qish qarg’asi,
Dod yig’lading Titrab ketdi dil dahasi,
Bittadan ko’p yaralgandir qovurg’asi,
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Sen ayolsan, o’zing urma gumrohlikka,
Yakka qolsang noming yetmas guvohlikka,
Xoliq bilan talashmagin ilohlikka,
Er- Allohning mulki erur, mulking emas.
Kel, payg’ambar uyini ham qil ziyorat,
To’qqiz ayol bir turmushdan olar rohat.
Mo’minlarning onalari senga ibrat.
Er — Allohning mulki erur, mulking emas.
Ey muslima singlim,endi yo’lga otlan,
Haq yuborgan hukmlarga qanoatlan.
Senga ering javob berar, shunga shodlan,
Er-Allohning mulki erur, mulking emas.
-
Bugun ta’sir uchun behold so’zimiz,
Qaysardan ham battar o’g’il qizimiz.
Bariga aybor asli o’zimiz,
Ajab zamon bo’ldi, qayga qocharmiz?
-
Tushuning, men asli, bir sof musulmon,
Aroqni xarom deb so’ylagan Qur’on.
Iymonda ketishga beringiz imkon,
Men o’zbekman, qadah tutmnag, iltimos.
-
Men ketib boraman, qoramtir samo,
Quvlashib o'ynoqi shamollar bilan.
Taqdirimda mingi aralash, ammo,
Biri yechilmagan savollar bilan.
Men ketib boraman, yorishadi ko'k,
Nogahonda ovoz... nega bo'shashdim.
Chaqirmang, ortimga qaytolmayman, yo'q,
Chaqirmang, yo'q esa qaytguday shashdim.
Men Siz chorlagan payt ojizman, aytdim,
Ketsam ham qulog'im, ko'zim berkitib,
Qaytmasam, yurganim yo'lim unmaydi.
Qaytsam, kelolmayman Sizga ham etib.
Garchand Siz sig'ingan shohman, pirman men,
Aro yo'lda qolib adodirman men.
Mubashshir Muhammad, siz mavzu qoidasini o'qimabsiz shekilli.
Bu yerda so'nggi user yozgan she'rning so'nggi harfiga siz she'r yozishingiz kerak.
masalan, so'nggi yuser Robiya she'rlarini N harfidan tugatgan ekanlar. Siz ham N harfiga boshlashingiz kerak edi.
Novaking ko'nglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston Xizridur,
Sarvkim da'b ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo'ygusidir barcha bosh.
Navoiy
-
Shu qaroqlar bo'ldi menga ko'z,
Shu qaroqlar til.
Qarzdormiz ulardan beso'z,
Ey mastona dil!
Otlarining quloqlari orasidan sho'x
Behisht shamoli
Esgan shamol misol chavandozlarim,
Sizdan bir nafas ham ayrilganim yo'q,
Qahratonda ham
Ko'ngli yozlarim!
-
Mayliga o‘zingni girdobga otgil,
Mayliga olovga chirmashib yotgil,
Har neki ma’dan bor - qalbingga qotgil,
Bot gil bo‘lajaksan, bilib qo‘y, bot gil,
Undan o‘zga seni seva olmaydi!
Axir, yal-yal senga ko‘zgu tutar u,
Kuysang, sendan oldin kuyib-tutar u,
Xavfsirab nafasin ichga yutar u,
Kutar u, to mahshar seni kutar u,
Undan o‘zga seni seva olmaydi!
Nodir Jonuzoq
-
Ibtidodan so‘z ochib, o‘y sursam agar,
Mening shu ketishim intiho ekan.
Umrimiz bolalar aylaydi takror,
Buncha ham shoshqaloq bu inson degan.
-
Nimaga arziydi mening sevganim,
Nimaga arziydi yonib-kuyganim.
Mehr bu-sunnatdir, mehr bu-farzdir,
Sizni Olloh suysin mening sevganim!
-
Майсадек нозик бсл сув каби зилол,
Сутдек оппоқ бслсин ҳам кснгил уйинг,
Тунлари юзингга термулсин ҳилол,
Беҳиштни сслатсин ҳар лаҳза бсйинг...
uzmus
-
Garchi shuncha mag'rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun...?
Kibr-u havo nimaga kerak?
-
Kimdir o'lar, kimdir nafas olmoq ekan anglab yetdik,
O'zni mangu da'vo qila go'ristonni manzil etdik,
Oling, mana dunyo sizga, biz habib la birga ketdik,
Endi bizga na go'zallik va na sokin halovat bor.
Rosululloh vafot etdi yana qanday musibat bor?!
-
Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.
Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.
Jong'a taxvif ayladim tig'i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul o'lguncha minnatdor emish.
Ey Navoiy, xo'blarni ko'rma osonlig' bilan,
Kim biravkim soldi ko'z, uzmak ko'ngul dushvor emish.
Alisher Navoiy
-
Тush
Шу қаро ксзларни деб,
Мен дунёга келибман,
Ой жамолинг стиб мафтун,
Сенга ошиқ бслибман.
Шу қаро ксзларни деб,
Дунёлардан кечибман,
Камлик қилиб дунёлар ҳам,
Ўзимдан ҳам кечибман.
Шу қаро ксзларни деб,
Яшаш менга арз бслди,
Омонатни сақламоқлик,
Зиммамда бурч, фарз бслди.
Шу қаро ксзларни деб,
Сен - Лайлию, мен - Қайсдир,
Аасиб стса сснг манзилим,
Сенинг бирла Фирдавсдир.
uzmus
-
Raufdan yigirib olingan
Lojuvard nurlarning kalavasi oy.
Xoy, sovuqdan tovoni yorilgan Rauf,
Bankrotga uchragan merosxo‘r kunda,
Kundamas, kundada Quyoshning o‘tkir,
Olmos nuri ila kesilgan oyna.
Yo‘llaringda bahor jarchisi bo‘lib,
Erib yotgan mahal ko‘lmaklar,
Eshkaksiz qayiqda yolg‘iz bir o‘zing,
Sevinch ko‘z yoshlaring kafanga artib,
Begona tunlarga ko‘chib ketibsan.
Shig‘alab yog‘armi endi yomg‘irlar?
Xoldor Vulqon
http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=2376&Itemid=217
-
Ro’zi Mahshar orazin kor’ishlik asli muddaom
Shul sababdan yod eturman, qo’limdan qo’ymay kalom,
Foniy dunyo o’tkinchidir, etmag’ay ming yil davom
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo'ldum sanga.
-
Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
Kenglarga keng, torlarga torsan,
Yo`qsilga yo`q, borlarga borsan,
Bog`larda gul, tog`larda qorsan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.
Abdukarim Jumaboyev
-
Do'stimga
NIMA DESANG MAYLI ESHITAY
LEKIN IZHOR ETMA MUHABBAT,
MAYLI SENI DO'STIM DEB ATAY,
SEVIB QOLDIM DEMAGIN FAQAT
-
Tinmasdan g‘iybatga ruj’u qo‘yganda,
Birov indamabdi, tinch bo‘lgin deya.
Mish-mishlar ustuni to‘ldirilganda
Shaytonlar tuslamish turli qofiya.
Biz payqay olmadik Allohning iznin,
O’lish farishtasi kelgach, bo‘ldi kech.
Ozgina iymondan taxsil olgandik,
Bugun o‘shal kunlar biz uchun sog‘inch.
Yodimda, qur’ondan bir harf o‘qib,
O’zimni baxtiyor bilgandim tengsiz.
Qaniydi o‘shal kun aylansa tinmay,
Aylansa, aylansa, aylansa so‘ngsiz.
Qur’on o‘qib tinmay, yig‘layversam-u,
Ko‘zimning yoshiga cho‘milsa dunyo.
Umrimning alamli yillari kelib,
Joy topolmay ketsa go‘yoki ro‘yo.
Qaniydi, dunyoda faqat ibodat
Va faqat toatga belim bog‘lasam,
Islom deb boshimni kundaga qo‘yib,
Iymon deb qalbimni o‘tda dog‘lasam.
-
Mangu qolsa deyman, qalblarda do'stlik,
Do'slik ulug' ne'mat, qadrini topsin!
Do'stlar davrasida biz unib o'sdik,
Ilohim do'stlarim omadi chopsin!
Saflari kengaysin, topmasin zavol,
Samimiy bo'laylik, bo'laylik halol,
Avlodlar biz kabi unib-ulg'ayib,
Do'st bo'lib, albatta, topg'usi kamol!
-
Lahza-lahza chiqtimu chekdim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘au ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su kelgay, deb o‘lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.
Alisher Navoiy
-
Ixtiyor ettim ul oyni ikki dunyodin, vale
Netayin soldi falak o'z ixtiyorimdin yiroq.
Sa'y etar zohid meni jannatning eski bog'ina,
Men borurmenmu yuzungdek navbahorimdin yiroq.
Menda ham sabru qaroru aqlu hushe bor edi,
Ne baloliq ishq edikim,soldi yorimdin yiroq.
Gar falak o'ltursa yuz qatla meni,hech bok emas,
Bu o'lumdurkim,o'ladurmen nigorimdin yiroq.
Ketmagay o'lsam Atoiydek bo'yung sarvi uchun,
To qiyomat sayayi rahmat mozorimdin yiroq.
Atoyi
-
Qilg'il tomosho qomati, zebosi birlan orazin,
Gar ko'rmasang gul bo'lg'onin payvand shamshod ustina.
Nozu ado-yu g'amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo'lur bir odamizod ustina.
Man xastag'a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko'zi bedod etar har lahza bedod ustina.
Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko'ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav'i faryod ustina.
Boshimg'a yog'g'on g'am toshi mingdin biricha bo'lmag'ay,
Gardun agar ming besutun yog'dursa Farhod ustina.
Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yamonu yaxshini -
Kim,mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.
Xoki taning barbod o'lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.
Ne jur'at ila Ogahiy ochg'ay og'iz so'z dergakim,
Yuz xayli g'am qilmish hujum ul zor noshod ustina.
Muhammad Rizo Ogahiy
-
ESHIT ARZIMNI, EY DILBAR
Azaldan to abad ko’nglum qutulmas ishq balosidin,
Yurokim rahnalar bo’ldi, bu ishqning mojarosidin.
Xayolimda sening vasling, topolmasman, meni hayron,
Magar vaslingga yetsam piri komilning duosidin.
Eshit arzimni, ey dilbar, yurak-bag’rim kabob o’ldi,
Raqiblar shodmon bo’ldi nigorimning jafosidin.
Sanam, sensiz bu dunyoda tiriklik qilmog’im mushkul,
Kel, ey ko’ngul, kecholi bu tiriklikning baqosidin.
Sanam, ishqing o’ti oxir meni bexonumon etti,
Kuyarman dam-badam tinmay bu dardi bedavosidin.
Xarob o’ldi mening ko’nglum, kishim yo’qturki, roz aytsam,
So’ngoklar raxnalar bo’ldi dilimning ohi bosidin.
Seni ishqing bila yig’lab, agar mahsharda oh ursam,
Kuyarlar mo’minu kofir bu Mashrabning navosidin.
Boborahim Mashrab
-
Ааздимда узгармас дунёнинг ранги,
Узгармас шодлигу, кувонч оханги,
Узгармас умрнинг шошкин жаранги,
Аозик калб талпинган куйлар бошкадир
-
Robbimo, ruhi bastim qil muzayyan, hil’ating
Etsa shoyad qarzimni dargohingga eltmak oson.
Yo‘lingda Intizoring, garchi Sen ko‘nglidasan,
Ko‘nglina yetguncha ming bor Ka’baga yetmak oson.
Abdunabi Boyqo'ziyev
-
Nogahon dilingni o’rtab qolsa g’am,
Suyanchiq maslakdosh topmasang hamdam.
Bunday paytda do’stim, iymondan o’zga
Hech bir narsa qalbga bo’lolmas malham.
-
Mazmunli umr bu-mangu hikmatdir,
Har o’tgan kun qo’ldan ketgan fursatdir.
Qisqa yoki uzoq umr ko’rishing,
Taqdiringda yozilgan bir qismatdir.
-
Rozi dil ichga sig'may ozordaman,
Demasni deb, yozmasni yozardaman,
Ey, to'g'rilar, tutinglar men o'g'rini,
O'g'irlab o'zimdan sir bozordaman.
-
Ne ajabkim, mast bo`libman
Ko`zlaringga termilib,
Yetti iqlimda bu yanglig`
May yo`gu mayxona yo`q.
Ishq g`amin aytsam qalamga
Ich-etin kuydirdi ul,
Sevgidek o`t yo`q jahonda,
Men kabi so`zona yo`q.
Oq qog`ozim, senga Erkin
Ochdi pinhon ishqini,
Sen boru men bor, qalam bor
O`rtada begona yo`q
Erkin Vohidov
-
Qalb gavhari, do’stim, iymon bo’ladi,
Iymonning dushmani shayton bo’ladi.
Kimda kim qalbidan shaytonni quvsa,
Shunda u Hazrati inson bo’ladi.
-
Интизор кут дединг, юрагим огир
Йукликка тиз чукдим, йукдир жавоби.
Ширин ёлгонларга айламай сабр,
Ютиб кетди жонни ростлик гирдоби.
Кутдим, суснгани тогларни кутдим
Амгирлар тиладим ёшим ювсин деб.
Мен факат кечирдим, факат унутдим
Бурилар кетдилар юрагимни еб...
Бир камдир бу олам, дардкаш одамзот,
Куз ёшлар иймонли кузларга безак,
Аммо чин дусту - ёр тополмай хайхот,
Борми пешонамда скка уртанмак...
-
Кузим юмсам тунда тушлар сени кумсар,
Кунглим юмсам юзларингни кулим излар,
Аолишларим, согинчларим сендан сузлар,
Жондан кечмок осон, сендан осон смас.
Дард тугулса остонангда узим борман.
Узим хорман, узим зорман, узим ёрман,
Куксимдаги йиглаб ётган уксик торман,
Жондан кечмок осон, сендан осон смас.
-
Sevgi nimaligin bildim o‘shanda,
Sabrsizlik ekan unga kushanda.
Yillar o‘tdi, o‘nta farzand ham ko‘rdik,
Goho och, gohida badavlat bo‘ldik.
Yoshlar so‘rashadi, nima deb vafo?
Javobga o‘ylanib qolaman goho.
Axir uylanganda aqling bor edi,
Yetti o‘lcha, degan naql bor edi.
Yoring kimligini ko‘rganda ko‘zing!
Sevgim abadiy, deb aytganding o‘zing!
Endi chiqqan bo‘lsa o‘rtada janjal,
Er-xotindan boshqa qilolmaydi hal.
Bunga ko‘rsatolmas hech kim yo‘l-yo‘riq,
Qo‘sha qarimoqdan boshqa chora yo‘q.
Shukrullo
-
Қаро нафс баҳридан стмоқ истайман,
Ишқнинг қизил жомин тутмоқ истайман,
Кунларим стмоқда дарбадар, бесар,
Ҳақнинг арқонини тутмоқ истайман.
uzmus
-
NEGA SHE'R BITGANIMNI BILMAYMAN.
NEGA MAN SIZNI SEVAMAN BILMAYMAN,
SIZ HAM MENI SEVASMI BILMAYMAN.
JONIM, QAYERDASIZ BUNI HAM BILMAYMAN,
NafisaBonu
-
Аасиб стса сзбегимнинг,
Гул юзлигин топгим бор,
Шеъру ғазал, куй суйган,
Аур юзлигин топгим бор. :)
uzmus
-
Ruhimda uyg‘onar hayot shovqini,
Vaslingga to‘yadi intizor ilhom.
Umrimning sen bilan o‘tgan har kuni —
Men uchun eng totli, nash’ali ayyom.
Shodliksan, sevgisan, qo‘shiqsan, kuysan,
Vafosan, hayotsan, toza husnsan.
Yoshliksan, orzusan, mast qilgan o‘ysan,
Tong chog‘i bitilgan she’rim o‘zingsan!..
Hamid G`ulom
-
Nogoh ko‘zim tushib ko‘m-ko‘k osmonga,
Izingizdan boqib turdim bir nafas.
Ey masrur bulutlar, mening qalbimda.
Sizdagi oqlikdan qolgan bo‘lsa, bas!
Mirpo'lat Mirzo
-
Sevgidan so'z ochib qarmoq tashlaydi,
Gohida bie bo'sa jarga boshlaydi.
Sensiz yasholmayman, desa ishonma,
Sensiz yashab kelgan, yana yashaydi.
-
Men to'rt yilga mahkum avditoriya derazasidan ko'chaga boqgum,
Ko'z oldimga kelar otam pullari, bu leksiya onamning mungli allasi,
Uyqum kelayotgan ayni pallasi, qornim g'uldiraydi obed chamasi
Tushimga kirar oshning mazasi, men haliyam hayolga mahkum,
Oxirgi partadan domlaga boqgum, uning nazarida darsga qiziqgum,
Afsus shpargalkaga asirman butkul :)
-
Sevgidan so'z ochib qarmoq tashlaydi,
Gohida bie bo'sa jarga boshlaydi.
Sensiz yasholmayman, desa ishonma,
Sensiz yashab kelgan, yana yashaydi.
Ilohiy nur singgan azalda,
Unda mavjud hidoyat, dalda.
Qo‘lga olsam ilhaq mahalda,
Sabru to‘zim bo‘lar she’riyat.
Najot izlab hijron baloga,
Nochor boqdim foniy dunyoga,
Dardim aytsam Arshi a’loga,
O‘tinch so‘zim bo‘lar she’riyat.
Daraxt kuysa qolar ildizi,
Qalbda bitmas ayriliq izi.
Porlab chiqsa ilhom yulduzi,
Ko‘rar ko‘zim bo‘lar she’riyat.
Torim bevaqt uzmasa firoq,
Kuylar edim balki yaxshiroq.
Yozmishimdan tushmaydi yiroq,
Mening o‘zim bo‘lar she’riyat.
Asror Mo'min
-
Топталишдан куйла, фирокдан куйла,
Озорларим олсин огрикли хилкат,
Юртдан айроликдан, иймондан суйла,
Сен менга снг мунгли кушингни айт...
Комати ёй булган слимиз бирдир,
Товонни куйдирган йулимиз бирдир,
Булбуллар рашк килган тилимиз бирдир,
Сен менга снг мунгли кушингни айт.
Карвон йулларида йиглаган келин,
А ухимда сшайди изтироб булиб,
Охим бориб сенга етмади нечун,
Тингласа кетмади тошлар хам сриб...
Интизор кут дединг, юрагим огир
Йукликка тиз чукдим, йукдир жавоби.
Ширин ёлгонларга айламай сабр,
Ютиб кетди жонни ростлик гирдоби
-
Топталишдан куйла, фирокдан куйла,
Озорларим олсин огрикли хилкат,
Юртдан айроликдан, иймондан суйла,
Сен менга снг мунгли кушингни айт...
Комати ёй булган слимиз бирдир,
Товонни куйдирган йулимиз бирдир,
Булбуллар рашк килган тилимиз бирдир,
Сен менга снг мунгли кушингни айт.
Карвон йулларида йиглаган келин,
А ухимда сшайди изтироб булиб,
Охим бориб сенга етмади нечун,
Тингласа кетмади тошлар хам сриб...
Интизор кут дединг, юрагим огир
Йукликка тиз чукдим, йукдир жавоби.
Ширин ёлгонларга айламай сабр,
Ютиб кетди жонни ростлик гирдоби
Интизор, Тасанно! Агар бу сзингизни ижодингиз бслса унча-мунча шоирлар ҳавас қиладиган шеър бслипти! Ижодингизга ривож берсин!
узр...ОффТОп учун :)
-
Ишк надир - кайгу куни сар сори келган кул смас,
Аки ночор кунда пойимда окарган йул смас.
Ишк надир - оташга номзод улки срка дил смас,
Ишк - у кудрат ишкка кодир, ишкка имконимда кол.
Ким сани бозор деди ишк, ким деди ёрла висол,
Ишкда скто бевафо дун кибридин безган хаёл,
Бир хак излаб бул синоат оламин бузган савол,
А Амира топки имкон ишкининг ёнинда кол.
SHerlar maning sevimli adibam Amira ijodiga mansub
-
Loy mushtlab turgan anavi kulol,
Qilsaydi aql ila chuqurroq hayol.
Hech qachon bunchalar tepkilamasdi,
Ota tuprog'idan yasarkan sopol.
-
Lekin oftob poymol o'lmas,
Kavaklarda qolmas oy nuri,
Odil hakam - haq bor, beg'araz,
Mazlumlarning buyuk g'amxo'ri.
Qilich serpab tole tongida
O'zligingni tanib qolding sen.
O'g'lonlarning qatra qonida
O'zbekiston nomin olding sen.
Nomi qutlug' gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.
Abdulla Oripov
PS. She'rlar muallifini yozishni unutmang.
-
Misoli bir oltin ko'za bu dnyo
Suvi goho shirin, achchiqdir goho,
Shuncha umrim bor deb kerilma aslo.
Egarloqdir ajal oti doimo.
Umar Xayyom
-
Og'ir yigit, sening go'zal, nurli ko'zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o'qudim.
O'ylashingda, turishingda hamda o'zingda
Bu yurt uchun qutulishning borligin ko'rdim.
Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kurash, qo'rqma - yopish, yo'rilma* - qo'zg'al.
El yo'lini to'sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo'y, yirtib tashla, barchasin yo'q et!
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo'rlikdir bu!..
Yiqil, yo'qol, ket!
Abdurauf Fitrat
www.jadid.my1.ru
-
Tiriksan,o'lmagansan
Sen-la odam, sen-la insonsan.
Kishan kiyma, bo'yin egma,
Ki sen ham hur tug'ilgansan!
Cho'lpon
www.jadid.my1.ru
-
Аажотимсан қийноқ қийнар чоғида,
Шодлик сани сғирлайди ёнимдан.
Алғизликнинг булут йиртар тоғида,
Ирмоқчалар сизиб чиқар жонимдан
J.Muhammad.
-
Аечун қувлар ортимдан нолам,
Аечун қувлар ортимдан алам,
Аечун синар қслимда қалам,
Қаердасиз мададкор онам?
Қуёш ботар тскилар мотам,
Дунё сочим бслди бир тутам,
А оҳат кунлар истайман мен ҳам,
Қаердасиз интизор отам?
J.Muhammad
-
Миллат деган кимса суймас дунёни,
Мол ила, жон ила бслур қурбони,
Аш срнига оқар ксзидан қони,
Миллат йслида кетар бслса боши,
Миллат тараққийси слгай талоши,
Миллат деган кимса сзгани суймас,
Миллат стидан бошқа стга куймас,
Хар дамда бинг жафо келса-да туймас,
Миллат йслида кетар бслса боши,
Миллат тараққийси слгай талоши.
Xamza Hakimzoda Niyoziy
www.jadid.my1.ru
-
Inson daftaridan varaq bu jahon,
Odam kabobining tutuni osmon.
Ikki jahon ungan urug‘ni bilsak,
Kishi xayolidan yetishgan bir don.
Bedil
-
Notavon g‘ubormen, misoli nafas,
Faqat lofga bormen, misoli nafas.
Badu nek zahmati yag‘rinimda yuk,
Sitamdan abgormen, misoli nafas.
Bedil
-
Санамнинг сийрату софин сарафроз суйламай суйдим,
Садолар солди созимга, сени соз сайламай суйдим,
Сенингдек сохиби сиймо ситамдин совга созлабсен,
Сахарлар субхи-саносин, сувига сойламай суйдим.
Самодинму сурайёни сурарсен суврати сокин,
Сазодурмен саройидин силолмай сойдайин сочин,
Сарвинозим сухан солди, садокат сахроси сори,
Саболардин ситам согдим, согиниб сузлари софин.
Сеней султони савдойим саховатга ситор солма,
Сархисоби савобимдин сайёрадек сафар солма,
Сари-согимдин сокитмен, сени севги сафойингда
Саволимга садо сайла сазовору самар солма.
Amira
-
Ayt, ey, xasta bulbulim,
O'shga qachon yetamiz?
Yashil bog'lar sarg'ardi,
Mag'iz bo'ldi g'ujumlar.
Oh, voy, muncha yo'l og'ir,
Bulbulim...
Ulkan soat o'rtasida
Madorim yo'q yurmoqqa,
Qashqirlar davrasida
Sudralaman turmoqqa.
Shunda qolib ketsam gar
netamiz?
Abadiyat oralab
O'shga qachon yetamiz?
Qorli tog'lar bag'rida
Begim — O'shim ko'rindi,
Sulton — O'shim ko'rindi
SH. Rahmon
-
Ig'vo chechaklari...
fitna bog'lari...
saltanat poyidan oqqan bazmlar,
tuhmatni shopirgan kunlar novlari,
raqqos libosini kiygan nazmlar,
vaqtning milyonta kar kar go'rkovlari
ezilib kimlarga lahad qazdilar.
Umr ham o'tganday...
nahot bir kunda
nastarin guliday ochilib so'ldik?
Bir nafis gul ko'rdik yovuz jununda,
orzulab ismni armona qo'ydik,
ismi jismiga mos armona bo'ldi,
bu gulga tikilib vayrona bo'ldik.
SH.Rahmon.
-
Kel, yashirib qo`yayin seni
yurakning eng chuqur yeriga.
Keyin sen ham yashirgin meni
yurakning eng chuqur yeriga.
Topolmasin bizlarni birov!
SH.Rahmon.
-
Аафас олишга ҳам хоҳишингиз йсқ,
Тирикка схшамас туйғуларингиз.
Билмасдан, ксзимга отаспсиз чсғ:
Мени уйғотмоқда уйқуларингиз.
Учиб кетган қушлар қайтиб келмайди,
Яшашга кунлардан шартлар ссрадим.
Майда дардлар мени одам қилмайди,
Умримни снг буюк ғамга срадим.
Ўткинчи шамоллар қсрқитмай қсйди,
Дарахтлар бағрида гувиллайвердим.
Юрагимга тегиб қуёшлар куйди,
Қишларга тан бермай ловуллайвердим.
Юмуқ ксзларингиз очиқ келмоқда,
Мен ҳозир сзимни топиб оламан.
Бир куни сачраб сиз уйғонган чоғда,
Ксзларимни аста юмиб оламан...
Беҳзод Фазлиддин
-
Аомингни сшитса, шавқидан дил тирилар,
Бахтингни ксриб, ксксим шукуҳга тслар.
Сендан сзга мавзуда суҳбат борса—
Ҳар қайда, дилим ғамда пароканда бслар.
Rudakiy
-
Ko'kragi dog'lilarga
Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.
Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.
Yorab, bunda ham bir dog', yaqosini tutibdi,
Hayrat bilan uchinchi zog' ko'ksini titibdi.
Dog' ustiga dog' emish, uchinchi zog' ko'kragi,
Hayhot, shuncha dard cheksa, qushlar hatto ko'kdagi!
Va junbushga kelib ul ko'ksin ochmish ming zog'ni-
Oh urib har birida ko'rganida bir dog'ni...
Behol tabib yozibdi "žbu dunyo ko'p qadim"œ, deb
"žUnda birorta zog'i bedog' uchratmadim"œ, deb.
...Odamlarda bedog' dil, egilmagan qad uchrar,
Ko'kragida bir dog' yo'q, bedard, bo'yi bad uchrar.
Ammo mening sharafim ko'krakning dog'lariga,
Ko'ksi dog'lini oldim ko'zim qaroqlariga.
Yo'q, yo'q, behudaga hech ko'kraklarga dog' tushmas,
Bizning lablar soxta so'z, maqtovlarga qovushmas.
Haq so'zimiz ro'yoni albat o'tajak yanchib,
Shu haq so'zni aytgach goh qolar ko'ksimiz sanchib.
Bizning yurak dog'lidir, kim uchundir kuydik biz,
Kim uchundir ko'krakda og'riq, dardni to'ydik biz.
Sog'lom, bo'm-bo'sh qalb bilan yashamadik bekorga,
Yaralanib bo'lsa ham malham bo'ldik bemorga!
So'nggi yo'lga ketarmiz, shafqatni tishda tishlab,
Dog'li, yarador, lekin toza yurakni ushlab...
Halima Xudoyberdiyeva
-
Бор дардим-у, ундан юрагим бирён-ей,
Бор ишқим-у, ҳар лаҳза ксзим гирён-ей.
Бир ишқки, дил тугул жаҳон тоб бермас,
Бир дардки, йсқ унга сира дармон-ей.
Abusaid Abulxayr
-
Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda kishi.
Ko'nglim bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh,
G'urbatda sevinmas emish, albatta, kishi
Z.M.Bobur.
-
"œИймону — дин бу ёт тушунча,
Хали кспдир вақтимиз шунча"
Тавбангни қил ажал тушгунча!
Қилолмайсан, нега тилим лол.
Akbarjon
-
Лозим ҳидост йслига юз тутмоқ,
Ишқида кснгилни зору ёлғиз тутмоқ.
Ўз тоату хайришта умид қилма сира,
Ҳақ раҳмату фазлига керак ксз тутмоқ.
Абусаид Абулхайр
-
Qo'y, biroz qo'yki, xoki poyingni
Surmadek yoshli ko'zima surtay.
Ketma, tur, tingla arzi holimni,
Arz etay holi purmalolimni.
Qani u damki, sen eding yorim,
Munisim, hamdamim, madadkorim,
Sening og'ushing, iltifotingda
Rohat etmishdi jismi bemorim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.
Kel, ayog'ingga qon bo'lib to'kulay,
Bir nafas dard-hajrdan qutulay,
Kel, go'zal dilbarim, kel, sochingni
Bir taray, bir o'pay-da, o'lay.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o'ldirmading-da, tark etding.
Abdurauf Fitrat
-
SUYGAN CHOQLARDA
Go'zallarning malikasi ekansan,
Buni sening ko'zlaringdan o'qidim.
O'qidim-da istiqbolim qushiga
Xayolimdan oltin qafas to'qidim.
Gunafshalar qulog'imga madhingni
So'zlab-so'zlab charchadilar, bitmadi...
Alamzada bulbul yig'lab, kechalar
Alamingning so'ngin tamom etmadi
Ko'zingdagi hikoyaning mazmunin,
Shoir bo'lsam, aytib-aytib yig'lardim.
O'shal, eski jarohatli qalbimni
Satrlarning nashtari-la tilardim.
Xayolimning qip-qizildan kiyingan
Parilari, hurlarini ko'rdingmi?
Alamimdan gullar ekkan yo'llardan
Koinotga hayot sochib yurdingmi?
Yo'llaringda she'r aytsa so'lgan barg,
Qulog'imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing
Sening meni suyganingni bildirur?
Abdulhamid Cho`lpon
-
Rizqingni berganga shukr qil, odam,
Yaxshi, yomonni ko’r, fikr qil, odam,
Ollohga toat qil, Ollohga sig’in!
Haqni ulug’ bilu zikr qil, odam! Ra'no Yarasheva
-
Misoli bir oltin ko'za bu dunyo
Suvi goho shirin, achchiqdir goho,
Shuncha umrim bor deb kerilma aslo.
Egarloqdir ajal oti doimo.
Umar Xayyom
-
Олибди қизил гулдан сша ранг ила бсй,
А анг юзни безайди, бсй сса қиммати мсй*,
Гулранг бслади ювса юзини хама жсй*,
Хушбсй бслади ёзса сочини ҳама ксй.
___________
* Мсй — соч.
* Жсй — ариқ, оқар сув.
Rudakiy
-
Men seni sevaman.
Men seni sevaman,g'uncha labida o'pichdek titragan shabnam misoli,
Men seni sevaman,tunnong qo'ynida kundek yonayotgan bir sham misoli,
Men seni sevaman,cho'qqini quchib jarlikda osilib turga qoyadek,
Men seni sevaman,o'zidan cho'chib ortida yashirinib olgan soyadek ,
Men seni sevaman,
men seni sevaman
oh,
Bundan otiq sevishimni talab etmagin JONIM,
Bundan ortiq sevgi etolmam tortiq,
Bundan ortiq sevgi bo'ladi
O'LIM!!!!!!!!!
-
Мен дард срурам, дард — тамоман жисмим,
Шамъ срса юзинг, парвона — менинг исмим.
Гар давлати васлинг мусссар слса,
Суртай заъфарон юзимни пойингга жим...
Лаҳлавон Маҳмуд
-
Miskin Yunus so‘zlar so‘zi,
Qonli yoshga to‘lmish ko‘zi,
Bilmaslar ne bilsin bizi
Bilganlarga salom o‘lsin!
Yunus Emro
-
Nokasdan sir berkit, dilingni bog'la,
Ablahdan yashirin bo'lmoqni chog'la,
Kishilar joniga o'z qilimishing ko'r,
Sen ham shunga ko'z tut, shuni so'roqla.
Umar Xayyom
-
Agar mulking Misr, yo Rum yoki Chin,
Yo hukmingda butun yer yuzin tutgin,
Oxir bu boylikdan olar hissang, bil:
O'n gaz kafan bilan ikki gaz zamin.
Umar Xayyom
-
Nomu nishon hech qolmadi, lo-lo bo’ldum,
Alloh yodin oyta-oyta illo bo’ldum,
Xolis bo’lub, muxlis bo’lub, lilloh bo’ldum,
"œFano filloh" maqomig’a oshtim mano.
Sunnat ermish, kofir bo’lsa, berma ozor,
Ko’ngli qottig’, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondog’ qulg’a sijjin tayyor,
Donolardin eshitib, bu so’z aydim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Oqil ersang, eranlarg'a xizmat qilg'il,
"Amri ma'ruf" qilg'anlarni izzat qilg'il,
"Nahi munkar" qilg'anlarni hurmat qilg'il,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Sekkizimda sekiz yondin yo'l ochildi,
Hikmat ayt, deb boshlarimg'a nur sochildi,
Bihamdulloh, piri mug'on may ichurdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Ahmad Yassaviy
-
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin.
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.
Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,
Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas.
Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan o‘tajak har lahza uchun
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
G`afur G`ulom
-
ERTA-KECH
Yuzu zulfingni xayoli birla dildor erta-kech,
Goh yorug‘dir, goh qorong‘idir fusunkor erta-kech.
Gohi lutfingdan erur subh, goh qahringdan bu shom,
Vasl ummidi salomat, hajri bemor erta-kech.
Aylanib boshingda xurshid, bo‘ldi sadqang ko‘kda oy,
Oh, yo‘l bermas menga bu ikki ag‘yor erta-kech.
Bir ko‘rish shavqida husning tunlarim qildim sahar,
Kokiling o‘ylab saharlar tun bo‘lur yor erta-kech.
Ey sumanbar, iltifot etgilki, o‘tgan yillarim
Mushki anbar axtarib kezmoqtsa bozor erta-kech.
Kunduzi - gul yuz g‘ami, tun bo‘lsa zulfing qayg‘usi,
O’tkazib, ne chorakim, takror-takror erta-kech.
Bo‘lmadi ko‘rmoq muyassar, Sobiro, yuzu zulf,
Yoshururdan pardai sir ichra makkor erta-kech.
Sobir Abdulla
-
Chunonchi shuncha go‘zallik aziz mehmon ekan,
Qaytmagay yana. Besh-olti kunga mehmon edi.
Ikki ko‘zimga talay nozanin edi hayron,
Mening ko‘zim ham ularning yuziga hayron edi.
Utibdir endi zamonlar qayg‘usiz edim xurram,
Qayu shahargaki borsam, bir o‘zga jonon edi.
Talaycha tatti kanizak mening dilim ovlab,
Tong otguncha yashirin uyda yaxshi mehmon edi.
Rudakiy
-
Ishqing imtihoni afsundir, afsun,
Telbalik g‘uborin taratar Majnun.
Kulda o‘t yallig‘i sezilmas, ammo,
Suv ursang undan ham chiqadir tutun.
Bedil
-
Nomingni eshitsa, shavqidan dil tirilar,
Baxtingni ko‘rib, ko‘ksim shukuhga to‘lar.
Sendan o‘zga mavzuda suhbat borsa—
Har qayda, dilim g‘amda parokanda bo‘lar.
Rudakiy
-
Rivoyat qilurlarki: bir tabib charxlab pichoq,
Zog' ko'ksini tilarkan ko'rib qolibdi bir dog'.
Voh, ko'ksi dog'lik erkan, bul zog'ni qo'yibdi ul,
Darhol tutib keltirib boshqa zog' so'yibdi ul.
H.Hudoyberdiyeva.
-
Lolazor bo'ldi alarning qonlari,
Sen bu yanglig' lolazor o'tganmiding?
Yuzlaringda na alam bordir, na yosh,
Yoki sen ham qo'shilib sotganmiding?
Shunchalar achchiq bu shirin hurriyat,
Sen aning ta'mini hech totganmiding?
S. Sayyid
-
Ganj kerakmi? Izla vayronalarda,
Shodlikmi? Topg’aysan g’amxonalarda.
Dur kerakmi? Toshlar orasida u,
Haqiqatmi? Ertak, afsonalarda"¦ Fozil Zohid
-
Alloh, Alloh, Eranlarning
So‘zi qolgan Vatandir bu —
Bo‘zlab o‘tgan to‘rg‘aylarning
Bo‘zi qolgan Vatandir bu.
Yurt deb otga qamchi urgan
O‘qqa uchgan ne ruhu, tan
Ko‘zimga tik qarab turgan
Ko‘zi qolgan Vatandir bu.
Kechib sarhad, ummonlarni
Ko‘rsam-da tik iymonlarni
Kishan uzgan arslonlarni
Izi qolgan Vatandir bu.
Garchand jarang, garchand sukut...
Qon, shon bilan olingan yurt
Tishlarida kurashning o‘t,
Muzi qolgan Vatandir bu.
Bu yer kimning, bu ko‘k kimning
Egasi bor har o‘t, chimning
O‘z yerida O‘zbegimning
O‘zi qolgan Vatandir bu.
Halima Xudoyberdiyeva she'ri.
-
Umrim qiymoqdadir, dardim be iloj,
Rohat qisqa, zahmat topmoqda rivoj.
Xudoga ming bora shukrki, balo
Va kulfatga meni etmadi muhtoj.
Umar Xayyom
-
Жумардлар қирилган Туронзаминда
дсзахий тажриба палласин ксрдим,
сш-шак суврати бор қай бир қавмда,
қай бирида тснғиз калласин ксрдим.
Бу холдан буваклар бсғилиб слар,
қул Билол сзилиб йиғлар фалакда...
Узларин ёндирар борлиқдан тсйган
бадахшон лаълидай асл малаклар.
Мсминлар беш бора Аллохни сслар
саждага бош қсйиб жаллод тошига,
сгрилиб сал ортга қарайин деса,
бошига урарлар,
фақат бошига.
Борми ср йигитлар,
борми ср қизлар,
борми гул бағрингда жумард нолалар,
борми бул туфроқда сзлигин излаб,
осмону фалакка етган болалар.
Бор бслса,
аларга еткариб қсйинг,
бир бошга бир слим демаган срмас,
шахидлар слмайди,
бир қараб тсйинг,
ёвга терс қараган мусулмон смас,
ёвга терс қараган мусулмон смас,
ёвга терс қараган мусулмон смас,
ёвга терс қараган мусулмон смас,
ёвга терс қараган мусулмон смас!!!
(Шавкат А ахмон)
-
Senga ko'rsatsalar,yasog'lik olam
Sen sevma, sevmaydi aqlli odam.
Sendeklar bir talay keldiyu ketdi,
Seni olmay turib, olib qol sen ham...
Umar Xayyom
-
Мен Ватандан кетмаганман,
Айри тушганман холос,
Ажрагандек сув кечарда
Бир нафас тандин либос.
Юрт у енда, мен бу ёнда,
Уртада хижрон сели,
Анга ксприк ташламакка
Байтларим бслди асос.
Уксиб-сксиб йиғладим мен,
Мисли тил билмас гсдак,
Онаизор кскрагидан
Айрилиб қолган бехос.
Мен Ватанда Холмухаммад
Уғли Зокиржон сдим,
Фуркатий деб ном қозондим,
Бунга хижрон иқтибос.
Сснмаган ишқ, слмаган қалб,
Бир уюм тупроқ бслиб
Сарзаминдан бош кстарди,
Ушбуга қабрим яиёс.
Ким Ватан деб ёна-ёна
Кул бслиб битмиш магар,
Ут-оловни мендан олсин,
Ут-олов мендан мерос.
Шоирингни ёд старда сзбегим,
Сендан стинч:
Бир-бирингга қил мурувват,
Бир-биринг бағрингга бос!
Абдулла Oрипов
-
Sochlarini o'ynab turib eshitdi
Va dedikim: "Afsonalar behuda".
Bul so'zlari qulog'imga yetishdi:
"Oqdim,-dedi,-qonli, zardobli suvda..."
Oq-oq,-dedi afsonalar sultoni, -
Sening taxting, baxting unda kutadir.
Ul zardobli, qonli suvlar ostida
Qora kiygan joning jilva etadir.
Chho`lpon
-
Rahm ichra paydo bo'ldum, nido keldi,
Zikr ayt, dedi, badanlarim junbush qildi,
Farzandim, deb haq Mustafo ulush berdi,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
To'rt yuz yildin keyin chiqib, ummat bo'lg'ay,
Necha yillar yurub, xalqqa yo'l ko'rguzgay,
O'n to'rt ming mujtahidlar xizmat qilg'ay,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Ahmad Yassaviy
-
Ayo do'stlar, yoshim yetti yigirma uch,
Yolg'on da'vo toatlarim, borchasi puch,
Qiyomat kun na qilg'aymen barahna luch,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.
Man yigirma to'rtqa kirdim Haqdin yiroq,
Oxiratqa borur bo'lsam, qoni yaroq,
O'lganimda yig'lib urung yuz ming tayoq,
Ul sababdin Haqqa sig'nib keldim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Oshiq qullar bu dunyoni ko'zga ilmas,
Dunyo ishqin zohid qullar tilga olmas,
Kecha-kunduz mastu hayron - o'zga kelmas,
Diydor tilab, ko'ksin teshib nolon qilur.
Ahmad Yassaviy
-
Ruhim yana uyg'ondi bu dam,
Yana unda tirildi najot;
Yana dilda xudo va ilhom,
Ko'z yoshi-yu muhabbat, hayot.
Pushkin
-
Тил бердинг зикрингни қилмадим дилдан,
Икки ксзим тиёлмадим зинодан.
Ксксга уриб: "œМусулмонман!" дейману,
"œКалима"ни айтолмадим юракдан.
Гсзал Аҳлиддин қизи
-
Аеча доноларни нодон айлади ишқи мажоз,
Арни ксйида сарсон айлади ишқи мажоз.
Ҳар киши Мажнун бслуб, Лайлини гар қилса талаб,
Масканин дашту биёбон айлади ишқи мажоз.
Теша урди Қсҳкан Ширинни ҳажрида мудом,
Ваъдайи васлида бежон айлади ишқи мажоз.
Тоҳири ғурбаткашида слди Зуҳро ксйида,
Ари рухсорин қизил қон айлади ишқи мажоз.
Haziniy
Тил бердинг зикрингни қилмадим дилдан,
Икки ксзим тиёлмадим зинодан.
Ксксга уриб: "œМусулмонман!" дейману,
"œКалима"ни айтолмадим юракдан.
Гсзал Аҳлиддин қизи
PS. Mabodo bu o'zingizning she'ringiz emasmi?
-
Zang bosgan temirni qancha ishqama,
Zang ketib ko’zgudek sayqal topmas, bil.
Qaro dilga o’git etmoq befoyda,
Toshga mix kirmaydi qancha qoqmagil
Sa'diy
PS. Mabodo bu o'zingizning she'ringiz emasmi?
PS.: ha, menman, ilhom kelganda yozib turaman.
-
Лаҳаддин бош кстарганда ҳама воҳасрато дерлар,
Қиёмат шиддатидинким ҳама вовайлато, дерлар,
Ҳама умматларинг йиғлаб сна ё Мустафо, дерлар,
Муҳаммад саждага бошин қсйиб, воуммато, дерлар,
Қолур уммат хижолатга, тасаддуқ, ё расулуллоҳ.
Haziniy
-
Hozir kimdir xursand,shodumon,
Qayerdadir yoshlangan ko'zlar.
Kim yetdiyu, kimgadir armon,
Bo'lib qoldi bir dunyo ishlar.
-
А асул ҳадисига кетиб минг хаёл
Қалбимга кирмабди бир зоти аёл.
Шунча меҳнатларим топмайин завол
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!
Тириклар ҳар куни ёқамдан тутар,
Кснглимдан ҳар кеча ҳасрат, дард стар.
А ивостда келган асҳоблар кутар
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!
Дунёга срашар куй-қсшиқ, бахши,
Ахтимол уларга фоний ишқ схши.
Тахирлаб бормоқда ҳаётнинг мағзи
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!
Етар, сен томонга юргим келспти,
Отамнинг ёнида тургим келспти,
Абу Ҳурайрани ксргим келспти,
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!
Олтмиш учга кирдим — ортиғи мушкул!
Ўнгимни қоплаюр ваҳший бир довул
Ҳар куни тушимни банд стди А асул
Мени ҳузурингга чорла, А аҳмоним!
-
Мсмин ксрса, қалби билан ксради,
Шу боис, юрак ҳам сокин уради.
Севсак гар, сртада Аллоҳ туради
Биз каби севолмас сизларни ҳеч ким!
Yuqoridagi she'rlar muallifi Hayrulloh Hamidov.
-
Men ayblik emas, ey Vatanim, tog‘larim,
Bevaqt tashlab ketdim oy, bog‘larim.
Hijron qilodur meni judolig‘,
Do‘ndi g‘ama ro‘zu, shabu chog‘larim.
Vatan, vatan deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Banga na g‘am qolur avlodima uyu vatanim.
G‘ubora do‘nsa g‘anim, yo‘q vujud asri vahm,
Charoki o‘z vatanim xokidur go‘ru kafanim,
Tug‘ub o‘san yerim ushbu Vatan vujudim xok,
O‘lursa aslina roje' bo‘lurmu man g‘amnok.
Abdulla Avloniy
-
Куни кеча сокин юртим
Ихтилофларга тслди,
Бу ҳолатнинг аччиғиндан
Ўзгалар хандон кулди,
Очилиши керак бслган
Аавниҳоллар тез сслди,
Сиз танлаган йсл аввалда
Асл бардошдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!
Вақти келди туҳматларнинг
Зарбидан титрадингиз,
Мусулмоннинг афъолидан
Тунларда инградингиз,
Индамасдан шогирдлардан
"œЛанд-сгит" тингладингиз,
Бул зарбалар, ҳам таъналар
Ўзбек, қардошдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!
Ўзни тикламак йслинда
Бизга берилди имкон,
Оддий мустаҳаб амалга
Талашилган ул замон,
Сулҳ истабон срта йслни
Тутсангиз ҳам беомон,
Ул мажлислар поёни йсқ
Мотам, ксз ёшдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!
Икки томон бир-бирига
Тошлар отди жон тикиб...
Иккисининг отган тоши
Ўтарди сизга тегиб,
Икки томон тарсагига
Хотиржам бошни сгиб
Сабрингиз тошга айланган
Мустаҳкам бошдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!
Ссфийлар-у, салафийлар
сртасида хотиржам
Турмакликнинг сзи срур
Катта жиҳодий олам.
Ҳиссиётин жиловлаган
То вазифа битар дам,
Ҳис қилдингиз — снг буюк ёв
Баъзан сирдошдан бслди...
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!
Жами айбу нуқсонимиз
Душманларга билдириб,
Бир суннатни тиклаймиз деб
Ихтилофлар келтириб,
Қоронғулик ичра кездик,
Машъалалар қидириб,
Зиё иши барбир келиб
Ойю, қуёшдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!
Инша Аллоҳ жамоатлар
Бир саф тузсалар тезда,
Тсхтаб қолган асрий карвон
Йслга тушгай бир изда!
Ўрта йслнинг намунасин
Фақат ксрдим мен сизда,
Шу боисдан ёзганингиз
Яқин дилдошдан бслди,
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!
... Бугун сзбек заминида
Ихтилоф камаймоқда,
"œМсминлар қардошдир!" деган
Шиор қулоч ёймоқда,
Васатийдан воз кечганлар
Турли ёнга тоймоқда,
Анди бошқа йсналишга
Аҳтиёж тамом сслди!
Қанча тошлар отилса-да
Бошингиз тошдан бслди!
ЗАЛВОА ЛИ ЮК
(Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуфга)
Хайрулло Ҳамидов
-
Ишонма боғу роғинг, молу мулку тахту бахтингга,
Қуёшдин ибрат олғил, турмайин охир ботар бордур.
Агар минг йил умр ксрсанг, жаҳонға подшо бслсанг,
Бслуб хоки мазаллат, гср аросида ётар бордур.
Ибодат айлағил тангриға доим, ухламай тунлар,
Имонингни саломат слтгали неча хатар бордур.
Йигитлик даврини сургил, қариб тоат қилурсан деб,
Савобингға худо муҳтож смас, деб сргатар бордур.
Ҳазиний, бандаликда, бас юрурсан бехабар, ғофил,
«Кироман котибайн»ким хайру шаррингни битар бордур.
Ҳазиний
-
Roziman boshimga tushsa tog‘ qulab,
«Xayr endi» so‘zini eshitish og‘ir.
Sen ketsang kiprikka achchiq yosh ulab,
Qolaman, yuragim yonar bir umr.
«Xayr endi» so‘zini aytar begona,
Sen axir mehribon, yaqin, munissan.
Ishq o‘tin ardoqlab bo‘ldim parvona,
Qalbimni yoritgan otash bir hissan.
Roziman sha’nimga aytsang har xil gap,
Sog‘intir, qiynagil, qilgin malomat.
Ko‘rganda yuzingni mayli burgil chap,
Zinhor xayr demagil, ey pok muhabbat.
«Xayr endi» so‘ziga bormasin tiling,
Nahotki chidasa qiynashga ko‘ngling?!
G`ayratiy
-
G harfiga she'r to'qolmadim,
lekin rosa qildim harakat.
mandan keyingi odam
qilar bunga harakat!
-
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?..
Hamid Olimjon
-
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Hamid Olimjon
-
Ruhimda uyg‘onar hayot shovqini,
Vaslingga to‘yadi intizor ilhom.
Umrimning sen bilan o‘tgan har kuni —
Men uchun eng totli, nash’ali ayyom.
Shodliksan, sevgisan, qo‘shiqsan, kuysan,
Vafosan, hayotsan, toza husnsan.
Yoshliksan, orzusan, mast qilgan o‘ysan,
Tong chog‘i bitilgan she’rim o‘zingsan!..
Hamid G'ulom
-
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yanog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing dudog'idantomganki go'yo bir qatra bol bo'lsam.
Dudog'a qo'yib bulbul kabi xonishqilib tunlar,
G'unchangni ochmoqlikka tun chog'i shamol bo'lsam.
<M> harfiga navbatni beramiz :)
-
Моли дунёни йиғуштурган билан бир кун қолур,
Жон амонатдур кишига, охири бир кун олур,
Ксп халойиқ мол учун сзини кулфатга солур,
Ҳар киши дунёга келди, билсангиз, охир слур,
Ҳасрато, вовайлато бирлан кетарни сйласун,
Ҳар киши ер остида слғуз ётарни сйласун.
Haziniy
-
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Hamid Olimjin
-
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Hamid Olimjon
-
Rizo mulkidaman, halqumni tuttum tig’I Akbarga,
Bu yo’lda siynai poki Zabunullog’a sig’mamdur.
Agarchande ziyorat qilmadim men Ka’bayi zohir,
Tariqat hojisidurmanki, Baytulloga sig’mamdur.
Gahi bo’ldum faqiru, gohi shohu, gah gadodurman,
Ajab devonaman, fardoki mahshargohg’a sig’mamdur.
Maqomi hayrat ichra gohi xudman, gohi bexudman,
Junun bozorida mastmanki, istig’nog’a sig’mamdur.
Gah o’rus, gohi cherkas, gohi mo’min, gohi tarsoman,
Ne kavnayni miyoni lou illollog’a sig’mamdur.
Mudom miskin erurman chun g’uloming — Mashrabingdurman,
Meni bechora bu dunyo bilan uqbog’a sig’mamdur.
Boborahim Mashrab
-
А амазон келса,
"œМазза", дейдилар.
Тонгда тийилиб,
Шомда ейдилар.
Мечкай кимсанинг
Лақаби — ксза.
Ундай одам ҳеч
Тутолмас А ЎЗА
-
Ақл сргатиб, айтар бугун ким кимгадир:
"œБахт-саодат сукутдадир, "œжим-жим!" дадир.
Ўз уйингда тинч сшасанг, маза ҳар кун,
Муҳожиру қувилганга аза ҳар кун.
Бахтинг шулдир - сен ҳаммадан кейин юрсанг,
Қадамингни аста босиб, "œхсп!" деб турсанг.
Бахт изласанг, йсқ қил барча сътирозинг,
Ҳайдаб юбор ғазабинггу сҳтиросинг!
Ана шунда топарсан сен бахт қушингни
Ҳушёр бслгин, йсқотмагин сс-ҳушингни!"
Бу ссзларга жавоб шулки, бу ҳаётмас!
Тирик инсон сен айтгандай музлаб ётмас.
Ҳаёт деган машаққатдир, сснгра роҳат.
Сенга қолса, слик уйқу - истироҳат.
Тирик инсон дину юртга бслур қалқон!
Ҳур кишилар душманларни қилур толқон!
Билгил, мағлуб косасидан оқар йиринг.
Бсйин сгма, ҳимос ст ватан, еринг,
Таслим бслма, майли кетсин йсғу боринг
Лек кетмасин дину иймон, номус-оринг!
-
Гунбази даввор ичинда сргулур бошим менинг,
Ар васлига етолмай, тскулур ёшим менинг.
Юраман гирёну нолон дарбадар девонадек,
Ҳеч ҳолим ссрмади ёри қаро қошим менинг.
Барча билди ҳоли дардим, билмадинг ҳолимни ҳеч,
Ссрмадинг: «Оё нечуксан», деб бағир тошим менинг.
Садқаи дардинг қилурман дунёни айшу ҳушин,
Айш срур хобу хаёлу дард йслдошим менинг.
Бу ғариблик шаҳрида муҳтож смасман хешга,
Кулфатинг бслди ағо, дардинг қариндошим менинг.
Қай куни берди кснгил санга Ҳувайдо, сй пари,
Ҳеч фориғ бслмади ғамдин ғариб бошим менинг.
Ҳувайдо
-
GAR OSHIQ ESANG
Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas.
Hijronu visol mutlaqo qilma havas,
Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas.
Alisher Navoiy
-
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,
Tiyra bo’ldi ro’zgorim ul qaro qoshdin yana.
Men hud ul tifli pariyvashg’a ko’ngul berdim, vale
Xonumonim nogahon buzulmag’ay boshdin yana.
Yuz yamonlig’ ko’rub andin telba bo’ldung, ey ko’ngul,
Yaxshilig’ni ko’z tutarsen ul parivashdin yana.
Tosh urar atfol meni, uyda forig’ ul pariy,
Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.
Oyog’im yetguncha Boburdek ketar erdim netay,
Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.
Zahiriddin Muhammad Bobur
-
Ay gul chehralik sarvi ravonim,
Fido bo'lsun senga jonu ravonim.
Sulaymon mulkudur ham Nuh umri
Saning bila kechurgan bir zamonim.
Agar zulfung uchun chopsang boshimni,
Yuz evursam maning bo'ynumg'a qonim.
Belingda garchi bir qilcha gumon bor,
Vale og'zingda yo'qtur hech gumonim.
Jamoling oyatidur husn ichinda,
Ne hojat bu mening sharhu bayonim.
Bu dog'e kim,qo'yar jonimg'a hajring,
Ajab qolg'ay mening nomu nishonim.
Yuzung mehrinda jon berdi Atoiy,
Demading bir kun: 'O'ldi mehribonim"
Atoiy
-
Mayliga raqibing bo'lsin xar nima
Xech zamon sen uning g'amini yema
Unga xar baloni ravo ko'rsang xam
Tilingni sug'urib olaman dema
-
Ajralishdik... ko`tar boshing,
Ko`zlaringda nega nam.
Mardim to`kma ko`zing yoshing
Tomchisiga arzimam.
Ne kun solding sen boshimga
Bu qanday ishq, qay firoq.
Arzimaysan ko`z yoshimga
Men ham yig`layman biroq.
H.Xudoyberdiyeva
-
qayg'urgan ko'nglimga taskin darkormas ,
hasta yuzginamni tutaman kunga ,
onajon ,dunyo -dunyo boylik kerakmas,
iffat ro'molimni uzating menga .
Foniya ....
-
Gohida ezsa gar meni g’am,
Qiynasa goh ich o’rtar alam.
Topilmasa biror-bir hamdam,
Allohdan o’zga yor topmadim"¦
Holim tushunmasa do’stlarim,
Yolg’on desalar rost so’zlarim.
Yig’idan tinmasa ko’zlarim,
Allohdan o’zga yor topmadim"¦
Zulmat ichra chiqmsa ziyo,
Gar sig’masam olamga go’yo.
Izlaganim bo’lsa bir ro’yo,
Allohdan o’zga yor topmadim"¦
Alisher Isomiddin
-
Munofiqlar fisq etibon o'zni bilmas,
Oning uchun yaxshilarni ko'zga ilmas.
Ko'ngli qattig', yaxshi so'zga quloq tutmas,
Qiyomatda Haq qoshida rasvo bo'lur.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Rabbim qaytayapman , bo'l guvoh ,
Va'dang bor kechgaysan tog'gunoh ,
bundan buyog'iga bo'l panoh .
Men seni unutib qo'ygandim .
-
Men shodonman namoz qilsangiz.
Shariatda o'ynab kulsangiz.
Hidoyatga kirmas bo'lsangiz.
Sizga Alloh kifoya qilsin.
-
Йиғлайди
Аелардандир юрак бслиб ғаш
ҳам сгилиб, бу сгилмас бош
Ксзларимда қалқиб турса ёш
Бу ҳолимга беролмай бардош
Далда бериб отам йиғлайди
Муштипарим онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
Қайтар бслсам қуруқ қсл овдан
Қора қозон қолса қайновдан
ҳам айрилиб отдан уловдан
Қарзга ботар бслсам бировдан.
Таскин бериб отам йиғлайди,
ҳам волидам онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
Синалмоқнинг гали келганда
Аоҳақ мағлуб бслсам майдонда
Аомим қолмас бслса жаҳонда
Дсст — душманлар билинар онда
Аҳволимга отам йиғлайди
Бағрин тилиб онам йиғлайди
Қолганлари ёлғон йиғлайди.
Ғаним бир ён, мен бир ён бслсам
У устивор мен урён бслсам
Вужудимга солмасдан ваҳм
Қабул айлаб тавалло - оним
Дариғ тутма меҳринг Илоҳим
Кароматинг ксрсат Аллоҳим
Йиғлатмагин ёлғизларимни
Қондошларим азизларимни.
Шамсуддин Ҳакимзода
-
IBODAT
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.
Otang birla onang qalbi
O`tar ka'ba tavofidin
Alar ko`nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.
Umrni etmayin isrof
O`zing ro`za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.
Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.
Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur
Agar juftihalol birla
Ko ngilxushlik qilar bo lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.
Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.
Sevib Mirzo aziz do stlar,
Ko nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur.
(Mirzo Kenjabek)
She'rlar uzislam.com saytidan olindi.
-
Yolg'z ayol qismati.
Yolg'onchi dunyonig yolg'onlariga
Aldanib yashaydi bu singan ko'ngil.
Ko'zlar ma'yus boqar , yuzda tabassum
qon bilan to'lgandur yaralangan dil.
Yaratgandan o'zga suyanchig'i yo'q,
bandaga ishonsa qolar aldanib.
baxtsiz ayolning qismatidur bu,
bu yorug' dunyoda yashaydi yonib.
xasadning dastidan yonib yashadi
do'zax neligini shundayoq bildi.
bu yorug' dunyodan voz kechdida u,
Robbidan jannatning umidin qildi.
xayoti mazmuni gul farzandiga
ikki dunyo raxmatin tilab qoldi u.
"Alloh rizoligin olarmanmi?" deb
joynomoz ustida yig'lab toldi u.
juftining bag'riga bosh qo'ib
erkalasa baxtli ayollar
Xayolan robbiga erkalandi u.
qanoti qayrilgan baxtdan ayrilgan
yolg'iz ayolning bu yorug' dunyoda shum taqdiri bu.
tanda joni bordur ko'zda nami bor
yaratgan yo'lida to'kar yoshini.
Robbim bandam desun, mag'firat qilsun
qabrga qo'yganda yolg'iz boshini.
-
uzr bahri baytni qoidasiga amal qilmapman, ming bor uzr.
-
Roziman sha’nimga aytsang har xil gap,
Sog‘intir, qiynagil, qilgin malomat.
Ko‘rganda yuzingni mayli burgil chap,
Zinhor xayr demagil, ey pok muhabbat.
«Xayr endi» so‘ziga bormasin tiling,
Nahotki chidasa qiynashga ko‘ngling?!
G'ayratiy
-
Gunohim ko'p men ham bir banda.
Ammo quyosh sharqqa botganda.
Qiyomatning tongi otganda.
Ummatim eng yo RosululloH.
Xayrulloh Hamidov
-
Hijrning yuragimga, qiladi tasir.
Sansiz budunyoda yashashim qiyin.
Ko.rsam nigohimga, quvonch to.ladi.
Qalbimdagi gam, anduh, armon o.ladi.
San bilan bu olam go.zal bo.ladi.
Sansiz bu dunyoda yashashim qiyin...
-
Nega sen ishonding shirin so'zlarga,
Ohu ko'zliginam, nur yuzliginam.
Nega sen ishonding yolg'on hislarga,
Baxti qaroginam, baxti torginam.
-
Ma'rifat daryosinda g'avvos bo'lub,
Muhabbat gavharlarin olg'um kelur.
Tariqat maydoninda parvoz qilib,
Ul tubo daraxtiga qo'ng'im kelur.
-
Ravon, qobil, nurli bir og‘iz,
Yashirincha hujrani keltirar butunicha
Va aqlga kelgan telegraf simidagi
O’pishayotgan ikki kabutar,
Tozargan, yumshagan tumshug‘i bilan.
Bu o‘tgan nayza shiddatli qalin
Ajdodlarning qadri baland oti bilan
(Bu) shubhasiz yo‘lda kerak (da),
Nayza o‘tar nurdan,
Yorib borar kechani to‘ldirgan qorong‘uni ham...
Johid Zarifo'g'li
Abdulatif Abdullayev tarjimasi
PS. Baraka topkurlar she'rlarning muallifiniyam yozinglar!
-
Majlislarda endi u
Fursat poylab turadi.
Ur, desa bas, Urg‘unboy
Duch kelganni uradi.
1987
Abdulla Oripov
-
istar edim dunyoda faqat ,
bahtli hayot sizga yor bo'lsin ,
boqib turgan shahlo ko'zlariz
yana ming -ming bahorni ko'rsin.
-
Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦
Muhammad Yusuf
-
Lekin yoq bizda tinchlik
Teng kelar bizga zolimlar
Tushunmas bizni xattoki sevganlar
Biz sevdik endi qachon bo'larmiz birga
Xudo xoxlasa bu dunyodamas u dunyoda
-
Alloh peshonamga bitgan taqdir bu.
bu kunlar ajrini o'zi bergusi.
Robbim rizoligin ololsam albat
Umidim Jannatdan nasib qilgusi! Omiyn.
-
Ае учун сен бугун жуда ғамгинсан,
Дардингни сен биз айтмайсан,
Қафасга солинган жонсарак қушсан.
shoir
-
Namangondin ketar bo'lsam mani yo'qlar kishim bormu,
G'ariblik shahrida o'lsam, mani yo'qlar kishim bormu?
Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim,
Ko'zimdin oqizib yoshim, mani yo'qlar kishim bormu?
Mashrab
-
U tomon talpinganda tanamdagi jon
Baxtim bo`lganda yakson
Unga berganimda salom
U esa bari bir jim
No iloj unga didim xayr
U esa jim baribir
-
Ruhsat eting o'pay qo'lingiz
onam kabi mehribon ustoz ,
hushnud aylab sahiy ko'nglingiz ,
bir umrga etardim e'zoz.
(muallifi esimda yo'q )
-
Залолат йслларга кирганлар қайтсин,
Умр узоқ дебон юрганлар қайтсин,
Етмишга, саксонга кирганлар айтсин:
Беш кунлик дунё бу, беш кунлик дунё!
Hayrulla Hamidov.
-
Yora yurgan ko'chalaring
supuray sochim bilan.
Changi chiqsa suv sepay
ko'zlardagi yoshim bilan.
(folklor qo'shiqlardan)
-
Necha yigit ko‘z yosh to‘kar firoqingda,
Senga oshiq insonni sev, meni sevma.
Ko‘rinadi olam go‘zal qarog‘ingda,
Ko‘rkam, obod jahonni sev, meni sevma.
Javlon Abdullo
-
Alining hikmatli so'zlarin tinglab,
O'zimning kimligim topolsam anglab,
Ilm darvozasin ostida ho'ngrab ,
Asri saodatni qattiq sog'indim.
H.Hamidov
-
Майли, дунё бизга айтмасин таҳсин
Жарангдор овозлар туюлсин беоҳ,
Лабимиздан смас, кснгилдан чиқсин
Ассаламу алайкум ва роҳматуллоҳ!
Hayrulla Hamidov.
-
Haq jahonga to‘ladir,
Kim o‘zi hakni bilmas,
Uni sen o‘zingdan so‘r,
U sendan ayri bo‘lmas.
Kelinglar, do‘st bo‘laylik,
Ishni oson qilaylik,
Sevaylik, sevilaylik
Dunyo hech kimga qolmas.
Yunus so‘zin tinglagin,
O‘z ma’nosin anglagin,
Amal qil Haqqa doim,
Bunda hech kimsa qolmas.
Yunus Emro
Fayzi Shohismoil tarjimasi.
-
Савдогарлик қиламан бозор,
Камбағалнинг ҳаққидан ҳазар
Сал бсшроғи кеп қолса агар,
Тарозудан қисман дейди.
Ўнгга боқиб, қушман дейди
Сслга боқиб, тусман дейди.
Аркин Вохидов
-
Ishongan tog‘ing ketdimi?
Yo nomu oring bitdimi?
G‘urbatda yoring qoldimi?
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦
Uyqudan ko‘zim uyg‘ondi,
Uyg‘ondi, qonga bo‘yondi,
Yondi, bu yuragim yondi,
Nechun yig‘larsan bulbul, hey"¦
Yunus Emro
Davronbek Tojialiyev tarjimasi.
-
Yoshlarning qalbini tutgan qafaslar -
bugun chollarni ham ezar havaslar !
yuzga kirib aqli butun Anaslar
Asriu saodatni qattiq sog'indim .
H.Hamidov
-
Muhabbat bahrining g‘avvosi bo‘ldim,
Kerakmas Jayhuna cho‘mmasman ortiq.
Tilarman fazlingdan ayrilmasimni,
Tangrim sandin o‘zga sevmasman ortiq.
So‘ylar oshiq tilindan buni Yunus,
Qachon oshiq esam, o‘lmasman ortiq.
Yunus Emro,
Nasriddin Muhammad tarjimasi
-
Qayg'uda ham, shodlikda ham seni dedim
Ko'zlarimda yoshlar ila seni sevdim
To tirikman, yurak doim sen deb ursin
ALLOH seni, RABBIM seni, seni sevdim
(Muallifi yodimda yo`q, uzr)
-
Man yururman yona-yona,
Ishq bo`yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Miskin Yunus bechoraman,
Boshdin oyog`i yoraman,
Do`st ko`yida ovoraman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yunus Emro
Davronbek Tojialiyev tarjimasi
-
Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?!
Zulfi dominmu deyin, la`li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana birning adosinmu deyin?!
Alisher Navoiy.
-
Nuqta yanglig'kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o'tining dog'ini ahli vafoda istangiz.
Og'zi shavqidin Navoiy itti, oni istar el,
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.
Alisher Navoiy
-
Zulmni tark aylavu dod aylagil,
Marg kunidin dog`i yod aylagil.
Zulmung erur kunduzi, fisqing kecha,
Zulm ila fisqing necha bo`lg`ay,necha?
Alisher Navoiy.
-
Abu Dardolarni quvgan bu dunyo,
Ibn Avf qalbini yuvgan bu dunyo,
Abu Zar ostida yugan bu dunyo ,
Asri saodatni qattiq sog'indim .
-
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Alisher Navoiy
-
Sabr qilsam ishq dardi beqaror aylar meni,
Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni,
Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,
Hajr dog`i dardmand-u dilfigor aylar meni,
O`ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni,
Yorsiz hijron balosig`a duchor aylar meni,
Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,
Oqibat bu dard-u g`am Majnunshior aylar meni,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Nodira.
-
Necha kunki yo'q oromim kelolmayman hushimga
onajonim kechalari kirib chiqar tushimga ,
qo'llarida oq yelpig'ich ,oy nurida yaltirar ,
onajonim imlab meni qoshlariga chaqirar.
A.Oripov
(tezroq "R"harfiga yoziylar ) :D
-
Rovisqincha g`azal, shah go`sh tutti,
Manga xil`at kiyurib, qo`sh tutti.
Biroz kechti dag`i majlis isindi,
Qadah chavruldi-yu may boshqa mindi.
Yana fursat bila bo`ldum mahalni,
O`qudum xizmatinda bu g`azalni.
Xorazmiy.
-
Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo'lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.
Alisher Navoiy
-
Zar qadrin biladi haqiqiy zargar ,
Solihlar dunyodan qildilar hazar ,
o'rgating taqvo ne asli ,Abu Zar ,
ko'rgim kelayapti sizni tushimda .
H.Hamidov
-
Arsh arkida sulton o`zi,
Beaybu benuqson o`zi.
Poyiga cho`k, ul Zuljalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦
Muhammad Yusuf
-
La’lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo’q imkon qizil, sorig’, yashil.
Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig’, yashil.
Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo’ldi naming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.
Alisher Navoiy
-
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo`lida intizor,
Keldi jon og`zimg`a-yu, ul sho`xi badxo` kelmadi.
Alisher Navoiy.
-
Il gado jonig'a o't tushkaykim,
Olg'ali sham'i mazorim kelgay.
Ko'yida itti ko'ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay.
Qani maykim, chu ichib mast o'lsam,
Ko'kka tuz boqqali orim kelgay.
Ey Navoiy, tilamon huru pari,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.
Alisher Navoiy.
-
Yuzung visolig`a yetsun desang ko`ngullarni,
Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg`il.
Alisher Navoiy.
-
La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi,va'dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.
Alisher Navoiy.
-
Roy ila zulmatni munir aylamak,
Lutf ila olamni asir aylamak.
Alisher Navoiy.
-
Карам дастгоҳи ки хон атоси мудом омода меҳмон юзига
Анинг резаи базм бахшойишидин бслур ҳар гадоға навола пайдо.
Сиришким саҳобини имдодидин дилкушодур муҳаббатни дашти,
Кснгул доғини айтсам биёбон бслур, ул биёбонда лола пайдо.
Солиб ҳижратни мулкина зилзила, деди қилма даври фалакдин гила
Аадур чораи дардим, сй Аодира, фироқ слди ногоҳ, висола пайдо.
Аодира
-
ota ulug' duosi bilan ,
er basavlat vafosi bilan ,
azallardan qutlug' elimda
Ayol go'zal hayosi bilan
H.Hamidov
-
Niyozim bu turur sendin, nigoro,
Unutma bandani bahri Xudoro.
Xorazmiy
-
Олди кснгул қушларни ҳар лаҳза мушкин турраси,
Бола шоҳиндурки, сайд айларда таррори ажаб.
Баски мажнундир анинг ҳусниға гулшан гуллари,
Ғунчалардиндур чаман бсйнида тумори ажаб.
Аодира
-
Bo`loli aysh-u ishratpeshalardin,
Qutulsin ko`nglumiz andeshalardin.
Saburdin yaxshi yo`qtur pesha qilsam,
Bu yo`lda sabr yo`q, andesha qilsam.
Xorazmiy
-
Моҳи тобон юзлигим, ҳар лаҳза ёд стсам сени,
Дуди бағримдин чиқар ст ичра тушгандек кабоб.
Банд стиб зулфинг аро кснглимни озод стганинг
Қуш учургандек срур боғлаб аёғига таноб.
Аодира
-
Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi,
Bedavo dardimga rahm aylab, mudovo qilmadi,
Ayrilib andin ko`ngul tarki tamanno qilmadi,
Toshbag`irlik yor faryodimg`a parvo qilmadi,
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
O`tti Vomiq dahridin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Nodira.
-
Аазар аҳли савдоларидин хатинг қилди лавҳи жамола пайдо,
Аетонг айласа дуди оҳим қамар даврида ҳола пайдо.
Сочинг сунбулидин гириҳлар тушубдур кснгул риштасиға,
Ки юздин бирин зоҳир стсам қилур жаъд мушкин кулола пайдо.
Аодира
-
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦
Muhammad Yusuf
-
Лутф стиб ссрса мени холимни ул номеҳрибон,
Улди ҳижронингда деб ёри вафодоримға айт.
Сендин айру талхиком стди дебон заҳри фироқ
Ашурун дардимни ул лаъли шакарборимға айт.
Аодира
-
Tong otdi...
Ochiq darvozadan kirdi baraka.
Chinnidek yarqirar ayvonim,xonam.
Sahargi tilaklar baxtning daragi,
Duoga qo'l ochar Nuroniy onam...
Muqaddas Salomova
-
Мени(нг) жунунима Мажнунни бермангиз нисбат,
Қилурму хору хашак тоби шуълаи ғайрат.
Чекарда жов менга тақлид қилмасин Фарҳод,
Фироқ тоғида беҳуда чекмасун кулфат.
Аодира
-
Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Movi(y) ko`nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!
Alisher Navoiy.
-
Namozim chilgan qizil gul bo'lsa,
Tahorat tohir suv unga quyilgan
Oyatlar bexato ravon o'qilsa
Savobi ham ko'pdir tog'dek uyilgan
Sulton Ergash
-
Аеча муддатки кснгул ғайр ила тутти улфат,
Мени саргаштани доғ айлади фавти фурсат.
Бормоғим амр ила ул, ерга зарурат срди,
Йсқса шойиста стмас бандаға тарки хизмат.
Аодира
-
Toping'aymen faqat Unga,hamon jonon yoshurg'ay yuz,
Netay Majnuni shaydodek haloyiqg'a bo'libman so'z,
nasib et zikr-u yoding-la yashay men har nafas,har so'z,
Ul oy o'tlug' yuzin ochsa,Navoiy,tegmasin deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra pisand etmas.
Muhammad Ma'ruf Nishonov.
-
Сели саҳрода қилур шавқ ила жавлон, лекин
Чуғзни душманидур айласа вайронага баҳс.
Дардлиғ қиссаи ишқим не смишди Фарҳод,
Телба Мажнундек ани қилса бу афсонага баҳс.
Айладинг жаҳд ила таъмири муҳаббат обод.
Ким қилур, Аодира, бу ҳиммати мардонага баҳс.
Аодира
-
Сен дунёга теран боқмоқни
Қуръон ҳамда суннат-ла изла
Дунё майда-чуйда деб куйса
Сен снг катта савдони ксзла.
Hayrulla Hamidov.
-
Анга сзлук била етиб бслмас,
Истасанг ёр васли жондин кеч.
Олам аҳлида чун вафо йсқтур,
Бир йсли схшию, ёмондин кеч.
Аодира
-
Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg`a qulluq yozamen.
Lutfiy.
-
Аиҳоли қомати сарви хиромон,
Юзи гул, лаъли шакарбори фаррух.
Бслубдур Аодира мумтози маъни,
Каломи равшану ашъори фаррух.
Аодира
-
Xazon sipohig`a, ey bog`bon, emas mone`,
Bu bog` tomida gar ignadin tikan qilg`il.
Yuzida terni ko`rub, o`lsam, ey rafiq, meni,
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg`il.
Alisher Navoiy.
-
Лутф стиб ссрса мени холимни ул номеҳрибон,
Ўлди ҳижронингда деб ёри вафодоримға айт.
Сендин айру талхиком стди дебон заҳри фироқ
Ашурун дардимни ул лаъли шакарборимға айт.
Аодира
-
Tamanno ul qalamdinkim,yozib sahvimni pand etmas,
Aritmay manglayim sho'rin,agarchi bol-u qand etmas,
Havodin qo'rqamenki zinhor mayli sarbaland etmas,
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.
Muhammad Ma'ruf Nishonov
-
Salom yo‘llay dedim senga sabolardan, sabolar yo‘q,
Ko‘ngil arzimni aytmoqqa azm etsam, navolar yo‘q.
Sabosiz bog‘da gul xomush, navosiz gul esa vayron,
Sukunat tosh kabi bag‘rim ezar, sirli sadolar yo‘q.
Fido qilmoqqa jonimdan kechib erdim o‘shal fursat,
Xayol to‘xtatdi: ey, to‘xta, go‘zallarda vafolar yo‘q.
Qadrdon do‘st xayolim birla kezdim ko‘cha-ko‘ylarda,
Bu ne hol, ko‘cha-ko‘ylar ichra chin do‘st-oshnolar yo‘q...
Farid USMON
-
Qildi choki piroqan dog’I dilimni oshkor,
Qolmadi ko’nglumda zaxmi ishq pinhon oqibat.
Ahdu paymonlar qilib erdi, vafo qilg’um debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yalg’on oqibat.
Nodira
-
Taqdirim ne erur,bilmasman,e voh,
Boshimga ajaldin kelurmi sipoh?
Bir kecha bo'lsa ham, ona vodiyim
Qo'ynida yotsaydim, mehribon Alloh!
Qonib ichsam erdim, shaffof suvlarin,
Qaniydi tashlasam unga bir nigoh!
Hidoyat jurnalidan,2006,3-son
-
Haq talab aytilgan har bitta so’zim,
Haqning visoliga mushtoqman o’zim.
Buyuk visol uchun Haq jamoliga,
Qarab turishga lek chidarmi yuzim.
kimdir
-
Menga ul kunkim vafog'a ahd-u paymon ayladi,
No'shdoruyi labi dardimg'a darmon ayladi,
So'ngra qilg'on va'dalarni barcha yolg'on ayladi.
Yo magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi.
Nodira
-
Ishq o`tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey, siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
Lutfiy.
-
Ajal bukar belimizni,
So'ylatmayin tilimizni,
Bemor edik, holimizni
So'rganlarga salom o'lsin
yunus Emro (M.Kenjabek tarjimasi)
-
Necha kim bo`lsalar ko`k ichra jovid,
Atorid bitqachi, barbatchi Nohid.
Quyoshdek davlatning tobanda bo`lsun,
Eshikingda yeti ko`k banda bo`lsin.
Xorazmiy.
-
Neni oy deb o'ylab, ko'zimni tikib,
Zarrin shu’lasiga yuz tutdimki zor,
Oy deb o'ylaganim yoy bo'lib chiqib,
U otgan o'qlardan ko'ksim yarador
Halima Xudoyberdiyeva
-
Raftor ila bir yo`li muningdek dog`i o`xshash,
Ey sarvi sihi, kabki dariyg`a ne bo`lursan?
Lutfiy.
-
Nematin isrof qilmaginki,
Javobi qattiq erur.
Achiq zahring sochmaginki,
Birov dili ozor ko`rur.
Asaldek totli qilginki,
Egang sendan rozi bo`lur.
Ranjitish doim bilginki,
Baxtsizlikka oborur.
Diningda mahkam turginki,
Diling baxtdan quvonur.
-
А асул буйруғига бслиб бетоқат,
Зафар майдонини тарк стмиш нусрат...
Англатмоқлик учун нелигин суннат
Уҳуд керак бслди Бадрдан ксра.
Hayrulla Hamidov
-
Avf etib, yuz bursak ezgulik tomon,
Urush unutilsa yo'qolsa yomon.
Abulqosim Firdavsiy
-
Namoz o'qiysiz-u, egningizda shim,
Tandagi terimi yoki tor kiyim,
Sababin so'rashsa jim qolasiz, jim,
O'zini osmon deb o'ylagan qizlar,
Asli e'tiborga arzimassizlar.
Manba: forum.muslimaat.uz
-
Rosa pardoz qildi tabiat to‘lib,
To oydin ranglari tortguncha xira.
Barcha rang ustidan qo‘riqchi qilib
Qora Otelloni yaratdi so‘ngra.
A. Oripov
-
Alloh rizosidan ortiqroq ne bor,
Nima bor ortiqroq el duosidan?
Qahhor qarshisida qatorlashganda,
Ne naf bo’lg’usidir mol-dunyosidan?
-
Na qattig' kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo'lmoq,
Mening ohim o'tig'a bul zaminu osmon o'rtar.
Yurakda dardu g'am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o'rtar.
Mashrab
-
Rizo mulkidaman halqumni tuttim tig`i Akbarga,
Bu yo`lda siynayi poki Zabihullog`a sig`mamdur.
Agarchandki ziyorat qilmadim men Ka`bai zohir,
Tariqat hojisidurmanki, Baytullog`a sig`mamdur.
Mashrab.
-
Rayhon gullaringni yo`llarimga sep,
Kutgin meni har oqshom ko`kka oy chiqqan.
Faqat yig`lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan
-
Namoz vaqti kelar, tumonat muslim
Sajdaga egilar, ko'zda jiqqa yosh.
Men ham safim bilan tiz cho'kaman jim,
Balki men ham qayta ko'tarmasman bosh....
-
Shoirlik - bu shirin jondan kechmakdir,
Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir.
Shoirlik - jigarni ming pora etmak,
Bag`ir qoni bilan satrlarbitmak.
-
Ko'rsamu yig'lasam sahoba zotin ,
o'rganib hayotga tutsam hayotin ,
Siypalab Jafarning qonli qanotin ,
Asri saodatni qattiq sog'indim .
H.Hamidov
-
Миллат-у, динини ксплар унутиб
Гуноҳлар қаърида топаркан завол,
Тақвоси тимсоли, либоси бслиб
Динига қувватдир хижобли аёл.
Hayrulla Hamidov.
-
Lablarimga tabassum ko’chdi,
Seni o’ylab, hayratim cheksiz.
Shoir so’zi yodimga tushdi:
"žBuncha sodda, buncha o’zbeksiz!"œ
Quyosh botgach, jonim, atirgul,
Ma’yusgina o’yga tolasan.
Shundan ketdi, shundan kelar deb,
Mag’rib tomon qarab qolasan.
To tonggacha boshing eggansan,
Jim poylaysan quyoshing yo’lin.
Sen ham juda sodda ekansan,
Sen ham o’zbek ekansan, Gulim!
1984 Mirzo Kenjabek
-
Мен иқрор бслспман ғофиллигимга
Ислом келгунича жоҳиллигимга.
Билмай қайси жойга доҳиллигимга
Букун ксринг қандай юрорим маним!
Hayrulla Hamidov.
-
Meni yolg`iz qo`ying, do`stlarim,
Charchaganman,
orom olayin.
Bugun menga kerakmas hech kim,
O`zim bilan o`zim yolg`iz qolayin
-
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...
Usmon Azim
-
Sanamning ishqida tinmay yurub, ovvora Mashrabman,
Ko`zi yoshlig`, qadi xamlig`, dili sadpora Mashrabman.
Ko`ngulda zarracha dunyoni mehri bo`lmayin menda,
Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman.
Mashrab.
-
Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.
Seni ko‘rgandayman tushimda faqat,
Uchib o‘tgandaysan misoli yulduz.
Samoviy mo’jiza, ilohiy tal’at,
Tengi yo‘q bir malak, qoshlari qunduz.
Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qo‘lingni.
Va yo noshud qolgan munajjim misol,
Poylab o‘tarmanmi qaytar yo‘lingni...
Abdulla Oripov
-
Ikki oshiq o`xshar yulduzlar aro
Uchib yurgan yondosh sayyoralarga.
Sevgi fazosida ular bor tanho,
Ne parvo yerdagi ovvoralarga.
Erkin Vohidov
-
Afsus, yuz afsuski, umrim abas o'tti,
Nodonlig' ila darpayi hoyu havas o'tti.
Na kor qilib, naqdi hayotimni tugatti,
Bilmam, na ani bir kecha yo bir nafas o'tti.
Huvaydo
-
In'omu vazifa bori buyrulg'usidir,
Muhmalga bo'yu g'allaga uy to'lg'usidir
Z.M.Bobur
-
Rostan yig'layapman qara ko'zimga ,
bag'ritosh derdin ,bag'ritosh sen qiz ,
hamma dardni ko'mib ko'nglimga ,
O'zga dunyolarga ketdin sen yolg'iz .
-
Zulayho mushtaridur ganju gavhar birla vaslingg'a,
Jahon ahlini Yusufdek jamolingg'a xaridor et.
Nodira
-
Tan-u jonim hadaf aylab, o`q-u tosh otsang, ey chobuk,
Biri o`qingdin evrulsun, biri toshingdin aylansun.
Ogahiy.
-
Nega hadeb menga tanbeh berasan,
Nega o`z holimga qo`ymaysan, axir!
Nega har so`zimdan ayb qidirasan,
Beomon, noinsof, qattol muharrir.
1980 Erkin Vohidov
-
Rashkdin yuz fitna barpo ayladi davri falak,
Ko'zlarim oyinasin yor oldida hayron ko'rub.
Nodira
-
Balki o'chgan edim yodingdan,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Laylo, Laylo, sening yoningda
Yaproq kabi ko'rdim o'zimni,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Seni o'ylab kelmaydir uyqu -
Qora tunning o'zga sehri bor.
Tushlarimda topay deb gulro'
Man uxlarman mangu ehtimol.
Go'zal tushlar tilayman, Laylo...
Yana paydo bo'lding yo'limda,
Yana yo'llaringda bo'zladim.
Bechora qalb sening qo'lingda,
Ko'zlaringda mening ko'zlarim.
Nechun paydo bo'lding yo'limda?..
Rauf Parfi
-
Agar gulshanga kelsa sarvi gulro'yim xirom aylab,
Yugurgay sarvi gul yuz marhabo birla salom aylab.
Nodira
-
Bu dunyoga ozib-yozib bir bor kelib,
Nahot o'tsam hijronlarda bag'rim tilib?
Sen yurasan dardim bilmay, qadring bilib,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!
Muzni qanday kuydirishni bilasan-a,
Suymaganni suydirishni bilasan-a,
Laylolardan qolgan ishqni bilasan-a,
Seni qanday sevishimni bilsang edi!..
Iqbol Mirzo
-
IKKOVLON
Izlay-izlay oxir bir-birin topgan,
Oqil sen edingu, junun men edim.
Visol oqshomida evrilib yotgan
Bo‘ron sen edingu, quyun men edim.
Parishon sochlaring parishon edi,
Tunning og‘ushida edim parishon —
Buyuk bu muhabbat ulg‘aytar edi,
Go‘yo men yer edim, go‘yo sen osmon.
Bizni tutashtirgan ufqning esa,
Yuragi yonardi o‘zga otashdan.
Bu nechuk sinoat, bu nechuk sehr,
Oqshom huzurlanar bizni o‘rtashdan...
Visol oqshomida evrilib yotgan
Bo‘ron sen edingu, quyun men edim...
Farid Usmon
-
Manfaat falsafasi
Men senga ochay ko`nglim,
O`zgaga bayon bo`lmas,
Ikkimizga ma`lum sir
Elga hech ayon bo`lmas.
Balki, men kabi hech kim
Senga jonajon bo`lmas,
Qo`lni qo`lga bersak biz,
Har qalay ziyon bo`lmas.
Menga ham bo`lur yaxshi,
Senga ham yomon bo`lmas.
1977-yil E.Vohidov
-
Sabo sorig'a gar tushsa guzoring nogah,ey hudhud,
Sulaymon sori Bilqis ko'yidin bir marhabo keltur.
Nodira
-
Raiyat qo`y erur, sulton anga cho`pon yo bo`ri,
Bo`ri o`lga-yu qo`y tingay, chu Musotek shubon keldi.
Sakkokiy
-
Ishq ofatiga tog' tahammul qila olmas,
Man manki qilurman bu g'am-u dardg'a toqat.
Nodira
-
Tabiatga deylik tashakkur,
Bosh egaylik unga albatta,
Noqusligi uchun tafakkur,
Bo`lganimiz uchun g`aflatda.
1980 E.Vohidov
-
Ayladi oshufta ta'bimni parishon turrasi,
Qildi baxtimni qaro xoli sitamkori,ajab.
Nodira
-
Tojik Birodarimga
Biz ikki yondosh yurtga,
Qadrdon, jondosh yurtga,
Qadimdan qondosh yurtga
Farzand bo`lamiz do`stim.
1977 E.Vohidov
-
Mening holimg'a yig'lar dasht-u sahrolarda vahshiylar,
Agar qo'yig'a borsang,ey sabo,yorimg'a izhor et.
Nodira
-
Tabiat qonuni,
Qayda bor qirg`oq,
Bilmadim, fanda ne bois omillar,
Sharqiy sohillardan hamisha tikroq.
Balandroq bo`ladi g`arbiy sohillar
-
Ramazonda ro'zani tutsang,
Ammo anda nadomat yutsang.
Tamaki deb iftorni kutsang
Yig'la, fosiq bo'lib qoldim, deb!
Xayrulloh Hamidov
-
Bir kuni oy bilan tillasha turib,
His qildim yuragim og‘irligini.
Ko‘klam sellaridek qonim gupirib,
Angladim yashashim zarurligini!
Iqbol Mirzo
-
Iki la'li nobingni yoqutig'a
Iki chashmi gavharfishonim fido.
Nodira
-
Ofoqni bir lahzada kezdim na ajabdur,
Mino tog`idin akka sifat hakkalab o`ttum.
Ottim fashu dastorini devonalig` aylab,
Parvona sifat jonimni o`tqa qalab o`ttum.
Mashrab.
-
Mahvashim maydon aro beparda javlon ayladi,
El ko'zin oyinadek diydorig'a hayron etib.
Nodira
-
Boshimg`a tig`i g`am sursang ne bo`lg`ay?
Bu so`z deguncha o`ltursang ne bo`lg`ay!?
Meni hindudek otashgahga boshla,
Uzorim xolidek o`t ichra tashla.
Alisher Navoiy.
-
Agar filmasal mehr ila mohdur,
Qilay senga ey mehribonim fido.
Nodira
-
Alar uchun aylagach sayr-u safolar,
Esimg'a tushti yor-u oshnolar...
Ayo bodi sabo, Olloh uchun tur,
O'zingni Toshkand shahriga yetkur.
(Furqat)
-
Raqibing gar erur xasmim, ani yo`ldosh etub kelsang,
Sanga jon sadqa bo`lsun, jism yo`ldoshingdin aylansun.
Ogahiy.
-
Nasib etsa bihisht O'z fazlidin bil,
Amalga ittiko qilmay amal qil.
So'fi Ollohyor
-
Loy aslida - nedir ul?
Loydan guvola bo`lgay,
Jonnona tegsa qo`llar,
Jonon piyola bo`lgay.
Bir kosa ichra lim-lim
Tillo suvidir oftob,
Tekkach piyolaga nur-
Zarnaqsh tola bo`lgay.
-
Yorab, o'limku bu ishq degani , a,
Nahot har hujayrang egallab borsa?
Nahot har chin oshiq "ishq" deganida,
Peshonasin o'lim gurzisi yorsa?
Halima Xudoyberdiyeva
-
Agar do`sting bilan
Teng ko`rsang baham,
Shodlik teng ko`payar,
Teng bo`linar gam.
-
Millatu dinini ko'plar unutib,
Gunohlar qa'ridan toparkan zavol.
Taqvosi timsoli libosi bo'lib,
Diniga quvvatdir hijobli ayol.
-
Lafz izlamang, ming taloq bir taloq bo'ldi,
Topgan tutgan fatvolari gunoh bo'ldi,
Tamakiyu nos tupurish muboh bo'ldi,
Karohatdan asar ham qolmadi, do'stlar!
Xayrulloh Hamidov
-
Raftori-yu qaddig`a ravonim sadqa,
Bir boqishig`a ikki jahonim sadqa.
Og`zi-yu beliga bud-u nobudim sarf,
Ko`zi-yu labig`a jism-u jonim sadqa.
Zahiriddin Muhammad Bobur.
-
Alhazar alhazar ming bor alhazar,
Ana yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.
Muhammad Yusuf
-
Raqib birla musohib qilma bizni,
Quturg`on itga sagbon hojat ermas.
Atoyig`a bo`sag`angdan o`run ber,
Saroy-u koxi ayvon hojat ermas.
Atoyi.
-
Saidu Sa'd qildi ahdi yori,
Safar bo'ldi alarning ixtiyori.
So'fi Olloyor
-
Исломсиз сшаган бечора инсон
Бир куни орзуси бслади ҳайвон.
Тупроққа айланган маҳлуқни ксриб,
Ўрнига сзини тургайдир ссриб...
Hayrulla Hamidov.
-
Bir kun kelib, qabog‘ing qirg‘oq bo‘ladi,
Ikki chashming — ikkita irmoq bo‘ladi,
Kiprigingdan dilda mavj — titroq bo‘ladi,
O‘shanda ham bitta man dengiz bo‘laman.
Iqbol Mirzo
-
Nogahon qoqilib ketdimmi toshga,
Ketma-ket savdolar tushdimi boshga,
Aybdor yo'q o'zimdan,o'zimdan boshqa
Demakki gunohim hatolarim bor
Dilshod Rajab
-
Rabbimiz-Alloh,Dinimiz-Islom,Qiblamiz-Ka'ba,Kitobimiz -Qur'on,Qarzimiz-Namoz,Farzimiz-Zakot,Orzumiz-Haj bo'lsin!
-
Nechand yeldingu yugurding, ey dilo, sen har taraf,
Nafsi badni yo'lida umri aziz aylab talaf.
Huvaydo
-
Fasli navbahor o`ldi ketibon zimistonlar,
Do`stlar, g`animatdur, sayr eting gulistonlar.
Subhidam tushib shabnam, bo`ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog`di abri naysonlar.
Furqat.
-
Riyozat mevasidur misli yong'og',
Agarchi zohiri shax, botini yog'.
So'fi Ollohyor
-
G`amza birla o`lturur, gah jilvalar birla yurur,
Turfa bir noz, ofarin, purishva tannoz-u satang.
Aql-hush eltar agar tursa, paritek silkinib,
Odamizod ichra ham mundog` bo`lurmi sho`x-u shang.
Furqat.
-
Gunohim ko'p, men ham bir banda
Ammo quyosh sharqqa botganda
Qiyomatning tongi otganda
Ummatim deng yo Rosululloh.
Xayrulloh Hamidov
-
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo`llariga aso - bir tayoq tushsin.
Imoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin.
Muhammad Yusuf
-
Nima deysan ey gayur inson,
Giybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o'tursan inon
Mehr qolur,Muhabbat qolur.
MUHAMMAD YUSUF.
-
Rizqingda bo'lsa gar bir burda noning,
Topib kelgusidir bir kuni yoning.
Dunyo dengiziga sho'ng'igan oning,
Allohga toatni eslagil darhol.
Xayrulloh Hamidov
-
Laqab har kimsaga mardum ba qadri odatiy derlar,
O`shal kim anjumanda o`tsa umri Suhbatiy derlar,
Fano kuyida kimki mu`takifdur Xilvatiy derlar,
Zamon ahli bu boisdin taxallus Furqatiy derlar,
Necha yildur bir oshubi zamonidin adashganman.
Furqat.
-
Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam riyodur.
So'fi Ollohyor
-
Raqiblar sezsalar, jonon, kuyib kul bo'lgusi shul dam,
Alardin ajratib bizni, suyib, saylab qarashlarga.
Tig'ing yetganda ko'ksimga, ki ko'zlar to'qnashib qolg'ay,
Nishonga tegdimi, yo'qmi, deya o'ylab qarashlarga.
She'rali Jo'rayev qo'shig'i
-
Axtaraymu, qaydasan, bu shirin zamonlarda,
Xorazm yo Toshkand, Andijon tomonlarda?
Sen yiroqsan yo yaqin, ko'rsam, deya jonim halak,
Birgina menda tilak - qolmayin gumonlarda.
O'tsalar gul yuzlilar, xushqomat, shirin so'zlilar,
Sen desam, ko'z suzilar, qoshlari kamonlarda.
Biz kabi oshiqni ham yo'qlab kel, ey qoshi qalam,
Bormu qasding shuncha ham biz kabi yomonlarda.
Tojiku Turku Iroqda yoki dengizdan yiroq,
Qayda bo'lsang-da, biroq bo'l omon, omonlarda.
She'rali Jo'rayev qo'shig'i
-
Allohim,sen menikechirsang shu baht
sahfu -xatoyimnio'chirsang shu baht ,
Rasuling havzidan ichirsang shu baht ,
Mayli bu dunyoda bahtiyor qilma.
H.Hamidov.
-
Aytmay sira olma kishining uyiga yo'l,
Qadringni tushirma uzatib noniga qo'l,
Minnatli kabobidan birovning doim
Qoq non ila suvingni baland qo'yguchi bo'l!
Pahlavon Mahmud
-
Lekin ming bor dod dema,
O`g`ri-o`g`ri bo`lgaydir.
Har qadamda bir masjid
Qurganing bilan, inson,
Insof bermasa Olloh
Musulmon bulmas ekan
Abdulla Oripov
-
Nega ayamaydi odamni odam,
Urib, sindiradi dil shishasini?
Ba`zi birovlarga bermabsan, egam,
Hattoki itlarning andishasini...
Jamol Kamol
-
Ishonma otag'a, qolma talabdin,
Qiyomatda so'rulmasdir nasabdin.
So'fi Ollohyor
-
Nay sadosi otashedur, bod emas,
Kimda otash yo`q-u odamzod emas.
RUMIY
-
Sen Xo'jandsan Chingizlarga
Darvozasin ochmagan
Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan
Muqannasan qorachig'i
Alovlarga sochragan
G'ichir g'ichir tishimdagi
So'lig'imsan Vatanim
-
Men keldimu, dunyo ko`rdimi foyda?
Ketsam, martabasi osharmi? Qayda?!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim-ketishim sababi qayda.
Umar Hayyom
-
Aslida dunyoda tanho nima bor,
Paxta o'smaydimu o'zga elda yo.
Yoki quyoshumi sevgimga sabab,
Axir,quyoshli-ku butun Osiyo!
-
Oy-u yillar o`tadi, gunohlaring ortadi,
Qalb, Azroil kelgand g`aflat bosib yotadi.
Dunyoda ne orttirding, faqat kibru nadomat,
Dunyoda qolging kelar, bunga yo`q imkoniyat.
G`azzoliy.
-
Tavba denglar, ey birodarlar, turiub shomu sabo,
Aylashib zoru tazarru'lar, tilang Haqdin pano,
Doimo toat-ibodatda bo'lub, aylang duo,
Shoyad etsa rahm Rabbim Podshoh, bizlar gado,
Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz bo'ldi g'arib.
Haziniy
-
Yaxshi niyat
Bir chimdim nur bilan yo`lingiz yorug`,
Bir dasta gul bilan dilingiz yorug`.
Duoga ochilgan qo`lingiz yorug`,
Yaxshi niyatlardan yayrab yashangiz.
Oy chiqsa osmon ham taltayib ketar,
Ziqnaning uyidan nur qaytib ketar.
Bulbul aytmaganni gul aytib ketar,
Yaxshi niyatlardan yayrab yashangiz.
Ginaning zarrasi gumonga ildiz,
Quvlik tabassumi yolg`onga ildiz.
Bolam, bo`lmasang bas yomonga ildiz,
Yaxshi niyatlardan yayrab yashangiz.
Hayoning hikmati chiroyga chimmat,
To`qning savlatidan ochga ne hikmat.
Sizga keng fe`l bersin, ham ketmas davlat
Yaxshi niyatlardan yayrab yashangiz.
Ochilgan har gulning parvonasi ko`p,
Bu yolg`on dunyoning afsonasi ko`p.
Mahmuddek shoiri devonasi ko`p,
Yaxshi niyatlardan yayrab yashangiz.
Mahmud Toir
-
Zikr-Alloh muhabbatin alomati,
O`lim har bir bandaning o`z qiyomati,
O`lmay turib o`lmoq-qulning saodati,
Pirim As`ad Jo`shon hazratlari.
Mirzo Kenjabek
-
Ikki olam bandangdurman, G'afforimsan,
Shayton lain yo'ldin ursa, g'amxorimsan.
Yerga sig'mas gunoh qildim, Sattorimsan,
Gunohimdan sanga yig'lab keldim mano.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Och-yalang`och qolaman deb qo`rqma aslo, beraver!
Rizq azaldan bo`lingandir, o`ynab -kulib yuraver!
Hasislikdan foyda kamdir bu vafosiz dunyoda,
Bergan bilan, kam bo`lmassan, bahting bo`lur ziyoda.
Ko`rdim juda ko`p insonni-jo`mardlarga do`st ular,
Men ko`rmadim, sen ham o`yla-kim hasisga do`st bo`lar?!
-
Rahmon egam nafsni berding manga, lo-lo,
Na til birlan oytoy sanga hamdu sano.
Dargohingga yig'lab keldim, bergil davo,
Gunohimdan sanga yig'lab keldim mano.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Odam o'g'li bo'lmag'aysan bo'lmasa senda vafo,
El aro sharmandadursan bo'lmasa sharmu hayo,
Tozadillar kiryuraklar birla bo'lmas oshno,
Na qilay bunday ko'ngulni bo'lmasa unda vafo,
Saqlamas sandiqda hech kim qimmati yo'q toshni,
Kerma manmanlik bilan o'rnida turgan boshni.
Chustiy
-
Indamaslar olamiga sol nazar,
Sen o’zingdan qil ularni bahravar.
Ota-ona ruhin esla, shod qil,
Ya’ni, yotgan maskanin obod qil.
Ko’z ochib bu o’y-y bu fikrat bilan,
Tashqari qo’ydim qadam hayrat bilan.
Men dedim kel, Chustiyo, hushyor bo’l,
Yaxshi niyat birla beozor bo’l,
To’g’ri bo’l, qilg’il yomonlikdan hazar,
El mazoring lavhiga rahmat yozar.
Chustiy
-
Rayhon hidlaringni yo'llarimga sep
Kut meni har oqshom ko'kda oy chiqqan
Faqat yig'lamagin gunohim ne deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.
-
Nechuk hukm aylasa, qodir Xudodir,
Charovu chun demak, quldin xatodur.
So'fi Ollohyor
-
Rabbim,o'zing asra,dil judolik istar
Sendin kechib,o'zga-la oshnolik istar.
Ishqingdan ilik tortsa-tutar do'st kimni?
Ko'yingdan oyoq tortsa-xatolik istar.
Shayx Najmiddin Kubro.
-
Rabbimiz Alloh,
Dinimiz Islom,
Qiblamiz Ka'ba,
Kitobimiz Qur'on,
Qarzimiz Namoz,
Farzimiz Zakot,
Oorzumiz Haj bo'lsin.
-
Narsalarni Xaq yaratmish o'z shakli bilan
Bas,nega biri afzal uning,biri tuban:
Gar yahshi esa mahv etishiga ne sabab?
Gar bo'lsa yomon-unda gunoh kimda ekan?!.
(Umar Hayyom)
-
Nokerak bo'lma jahonda doimo darkor bo'l,
Bag'rida yayratgan eldan shod-minnatdor bo'l,
Gul kabi chehrang ochib yur, xalq uchun gulzor bo'l,
Qo'lga sanchilma tikandek, balki beozor bo'l,
Keksa ham hurmatlagay odobli bo'lgan yoshni,
Kerma manmanlik bilan o'rnida turgan boshni.
Chustiy
-
Ikki buyuk shoir, ikki musofir —
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur.
Sizni o’ylatmasmi bu jumboq, bu sir,
Navoiy Hirotda, Qobulda Bobur
(MUhammad Yusuf)
-
Rahmim keladi sangayu o'rtoqmasman
Sevsangda meni,men senga hech boqmasman.
Sen misli tariq ildiz otarsan har yon
Bo'lsamda bulut,ustingga men yog'masman
-
Nay so'yladi:men hur edim aslida-biroq,
Ishratpeshalar urdi-yu bag'rimga pichoq,
Yetkazdi ular tanga-zaxm,jonga-firoq,
Ayb etma shul bois yig'lasam gohi uzoq
(Jaloliddin Rumiy)
-
Qulluq qil demasman.
Yurt tuprog`in o`p,
Unga qullar emas, fidolar kerak.
Uning senu mendek shoirlari ko`p,
Buyuk elga endi daholar kerak.
-
Ko'p zamonlar bo'ldi
Ming yillar bo'ldiyooov
Men esa yutaman "u"ni zaxrini
Yurak yig'laydiyu
Zardobdan to'lib
Kimga sochishni ham,
Bilmay qaxrini.
Yurak yig'layverar
Hasratdan to'lib,
Kimga aytishni ham
Bilmay dardini.
Peshona ekanda
Nasiba ekan,
Endi uchratganda
Bekni mardini
-
Ishq bobida bir-birini ho'p derlar,
Oshiqlaring tol bargidan ko'p derlar,
Poylaringda hazon kabi to'p derlar,
Lek hech biri sevmas seni menchalik.
-
Kimki Haqga bandadur, farmonidin ayrilmasun,
Kecha-kunduz toati subhonidan ayrilmasun,
Barcha mo'min rahmati Rahmonidin ayrilmasun,
Payravi Ahmad - shafoat konidin ayrilmasun,
Jon berarda gavhari iymonidin ayrilmasun.
Haziniy
-
Nafsim meni yo’ldun urub, xor ayladi,
Termulturub xaloyiqg’a zor ayladi,
Zikr ayturmay, shayton birla yor ayladi,
Hozirsen, deb nafs boshini sonchtim mano.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Ranju alamim mening ko'pdan ko'p,
Ayshu tarabing sening tuganmas bir to'p
Hech bittasiga suyanma,bu mutribi charx
Ko'rsatar ermish pardada ming nag'ma ho'p
(Umar Hayyom)
-
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
-
Novdalarni bezab g'unchalar
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg'ur ilk sahar
Olib ketti gulning totini
Hamid Olimjon
-
:as:
Ikki ko'zim,malak yuzim,sevdigim,
Jonlar sening yuzginangdan aylansun.
Qizil gulim,qora ko'zim, tilagim,
Dunyo sening boqishingdan o'rgulsun.
(Abdurauf Fitrat)
-
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Boborahim Mashrab
-
Rizqu ro'zin sochib aylanar falak
Sen esa dalangdan topolmay halak
Bolangga bergali bitta handalak
Nega yig'lamaysan ahli Andijon?
Muhammad Yusuf
-
Ne navo soz aylagay bulbul gulistondan judo,
Aylamas to'ti takallum shakkaristondan judo.
Alisher Navoiy
-
Olamni piyoda kezib chiqqanalar,
Ikki dunyo so'zin dilga tukkanlar,
Bizlardan ortiqroq biladilarmikin,
Jahon sirlarini bir-bir yiqqanlar.
Umar Xayyom
-
Ro'zi mahsharda, Xudoyo, na kechar holim mening,
Zoye` o'tti bexabarlikda mahu solim mening.
Qilmadim zikri Xudoni bir huzuri dil ila,
Ma'siyat yo'lida o'tti doimo holim mening.
Huvaydo
-
Gar aqlin rahnamo qilolmas kishi,
Dilin o'rtar uning qilgan har ishi.
Hushyorlar "devona" deyishar uni,
Xeshlari "begona" deyishar uni.
Firdavsiy
-
Ibrat oling, ey xalq, jahondan hamma ketdi,
Kim olamga keldi, hamma armon bila ketdi,
Chin bandalari oxirat asbobini etdi,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.
Jahd ayla, qazo alamagin ro’za namozing,
Tur erta sahar, Tangriga arz ayla niyozing,
O’tkarma abas kechayu kunduz, qishu yozing,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.
Otayu ona, qavm-qarindoshingni qil yod,
Ham yor, birodaring qani, ul pir ila ustod,
G’ofillik ila berma aziz umringni barbod,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.
Yo Rab, qil ani ravzoyi rizvon bila ulfat,
Fazling bila ahvoliga boq, ayla inoyat,
Turg’uzgali ham ravzosida ro’zi qiyomat,
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.
Ey Andalibo,o’tdi jahondan necha shahboz,
Bu umr baqosiz, qiladir bir kuni parvoz,
Muso Kalim erdi Xudoga qilibon roz.
Ogoh bo’ling, charx burungilarni netdi,
Voqif bo’ling, ahbob, ki navbat sizga yetdi.
Nurmuhammad Andalib
-
KERAKMASMU SANGA?
Istading, ey dil, ko’zin, joning kerakmasmu sanga?
Kufri zulfin sevding, imoning kerakmasmu sanga?
Dardu g’am seli bila buzding ko’ngil koshonasin,
Ey malohat ganji, vayroning kerakmasmu sanga?
Jam’ etib, o’tlug’ ko’ngullarni muqayyad aylading,
Halqayi zulfi parishoning kerakmasmu sanga?
Tiyri g’amzang muddaiy ko’ngliga zoye’ qilmakim,
Ul xadafdur xora, paykoning kerakmasmu sanga?
Sarsari ohimni, ey gardun, qilursan tundu tez,
Mash’ali xurshedi raxshoning kerakmasmu sanga?
Ey gul, aylarsan jafo xorin urub, Munisga javr,
Andalibi dilkash ilhoming kerakmasmu sanga?
Nurmuhammad Andalib
-
Acchiq mevali bir daraxtni agar,
Jannatning bog'iga ko'chat qilsalar,
Kavsardan suv ichsa chanqagan mahal,
Suv emas bersalar sharbatu asal,
Yetilgach hosil ham beradi axir,
Va lekin mevasi bo'ladi taxir.
Firdavsiy
-
Raiyat erur mevalik bir yag‘och,
Suv bersang ango, meva berur sango.
Poshshoxo`ja
-
Ochilib ikki sochi yuziga yoyilmishlar,
Yoruq jahonni ko’zumga qarong’u qilmishlar.
Chag’ir bag’ri qonidur barcha ishq ahlig’a,
Zihi alarki, bu maydin dame oyilmishlar.
Ne qilsam aylama, ey yor, aybkim, menda
Jununi ishqu yigitlik bori qotilmishlar.
Salohg’a xirad ahli meni yovuq derlar,
Ko’rungki ushbu chechanlar yiroq yangilmishlar.
Ne sud ishni eldin yoshurmoq ey Bobur,
Chu holatingni bori olam ahli bilmishlar.
Zahiriddin Muhammad Bobur
-
Roziman sha’nimga aytsang har xil gap,
Sog‘intir, qiynagil, qilgin malomat.
Ko‘rganda yuzingni mayli burgil chap,
Zinhor xayr demagil, ey pok muhabbat.
G`ayratiy
-
BO’LMA BEPARVO
Tun bo‘lsa bu cheksiz olam chirog‘i,
Ko‘rinar to‘lin oy va uning dog‘i.
Yorimga suqlanib dog‘da qolganday,
Ma’sum jilvalanar uning yonog‘i.
Oy kabi quyoshda dog‘ ko‘rib shoshdim,
Ko‘zimga ishonmay to‘lg‘andim, toshdim.
Bilsam, yor yuziga zulfin soyasi
Tushibdir, bir ko‘rib, naylay, adashdim.
Tararda zulfingni bo‘lma beparvo,
Solmagin ko‘ngilga iztirob, savdo.
G`ayratiy
-
Otashi ishq sehrida, devona bo’lgan ul go’ngil,
Norasidin ne ajab, taxti Sulaymon o’rtanur.
Davlatim borida ne tong, yoru do’st etdi tavof,
Endi ta’na nayzasidin bilda paykon o’rtanur.
Davom eting? Movlonoo :)))
-
Rabbim! Do’zax o’tin qil bizdan yiroq,
Ishq otashin dilga sol, shu o’tda yoq.
Bir o’tki, qalbni poklab, purnur qilg’ay,
Oshiqlarga bobi jannat ochilg’ay.
Fozil Zohid
PS: "r" harfiga rosa qiyin bo`ldi topish lekin.
Hadija, Xush ko`rdik, marhabo...
-
Yuzingga qora dog’ cheksa bir gunoh,
So’ng bir savob qilki, yuvilsin siyoh.
Fozil Zohid
-
Yo Rasululloh, alfa-alfa salom,
Bika zul-jaloli val ikrom.
Xhun Tangri seni bebadil qildi,
Har latofat aro masal qildi.
Olam ahli raiyating bo’libon,
Borig’a din vasiyating bo’libon.
Bu raiyatqa rahmat aylab Iloh,
Kim, berib boshlarig’a sen kabi shoh.
Gar savoding yo’q ersa ne g’amdur,
Azbar etding chu siri Lavha Qalam.
Anbiyo xaylikim, kelib mursal,
Ham sen oxir alarg’a ham avval.
Barchaning farqi uzra bo’lmoq toj,
Senga fosh etdi laylatul me’roj
Alisher Navoiyning "œSab’ai sayyor" dostonidan
Davomini kutamiz... :)
-
Yuzingga qora dog’ cheksa bir gunoh,
So’ng bir savob qilki, yuvilsin siyoh.
Fozil Zohid
Hamd bo’lsin Allohga, hamd bo’lsin har on,
Uning hukmidadir samo va zamin,
Maqtovga loyiq zot Udir har zamon:
ALHAMDULILLAHI ROBBIL ‘ALAMIYN"¦
-
Nelar bo'lmas jahonda
Dunyo ters aylandi,
Tabiblikka o'rmonda
Yirtqich bo'ri saylandi.
PS: Esladilami qaysi she`r ekanligini
-
Istadim sayr aylamoqni men g'azal bo'stonida,
Kulmangiz, ne bor senga deb Mir Alisher yonida.
She'riyat dunyosi keng, gulzori ko'p, bo'stoni ko'p,
Har ko'ngil arzini aytur neki bor imkonida.
Erkin Vohidov
-
Assalom, ey mohi oily, qadru qiymat, assalom,
Bizni shod etding kelib, ey mohi bahjot, assalom.
Intizor erdik yo’lingda, ey mohi rahmatnamo,
Sen kelib olamni qilding g’arqi rahmat, assalom.
Yil ichinda garchi Oysan, hurmating Kundin ziyod.
Yer yuzin pok aylading, bilgil salomat, assalom.
Kelganingdan shukri lilloh, shod bo’ldi xosu om,
Qaysi mohda bor muncha hayru barokat, assalom.
Kim seni izzat qilur, izzat topar yavma nushur,
Bu masaldir: "œYaxshidin yetgay sharofat", assalom.
Avvaling rahmat erur, beshak miyoning mag’firat,
Oxiring ozodi do’zax lutfu inoyat, assalom.
Muxlis (XIX asr)
-
Meni men istag'an o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Alisher Navoiy
-
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
Zulfiya
-
Ruhimda uyg‘onar hayot shovqini,
Vaslingga to‘yadi intizor ilhom.
Umrimning sen bilan o‘tgan har kuni —
Men uchun eng totli, nash’ali ayyom.
Hamid G`ulom
-
Men hamma qatori bolaman,
O‘zimdan zerikib qolaman.
Bilishim bilmaysiz, bilaman,
Mendan soviyapti ko‘nglingiz.
Sevgi — cho‘g‘, deydilar, o‘chgaydir,
Sevgi — o‘q, deydilar, uchgaydir,
Sevgi yo‘q, deydilar, shundaydir,
Mendan soviyapti ko‘nglingiz.
Qarshimda kundan kun so‘lg‘in, xor —
Gulga suv purkaysiz beozor.
Zarim bor, zo‘rim bor, zorim bor,
Mendan soviyapti ko‘nglingiz.
Iliyapti ummon, dengizlar,
Eriyapti ming yillik muzlar.
Sovuqqina so‘zlar va ko‘zlar"¦
Mendan soviyapti ko‘nglingiz...
Iqbol Mirzo
-
Zaif o'zim yonarqudek qudrat bila,
Majoz o'zim qushdek uchar himmat bila.
Kechti umrum, keldi, ko'rung, navbat bila,
Do'stlarimg'a so'zum yodgor qo'ymayinmu?
Ahmad Yassaviy
-
Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,
Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir:"Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.
Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,
Oydan-da go'zaldir"¦ mendan-da go'zal!.."
Cho`lpon
-
Yillar umrimizga qilarmu shafqat,
Biror so`z bormikin aylagali yod.
Qayta tiklash mumkin barchasin faqat
Qayta tiklanmagay o`chsa xotirot.
-
Tong otar chogida juda sog‘inib,
Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob.
G`afur G`ulom
-
Bu nazm bog'iga kirolmas xazon,
Bizni mahv etolmas zavol lashkari.
Men ketsam mung'aymas o'rnim hech qachon,
Bu bog'lar bir bog'lar bo'ladi,
deb yozgan edi Zulfiya.
-
Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urush
Albatta, yetadi o‘zin boshiga.
O’g‘lim omon kelar, g‘olib, muzaffar,
Gard ham qo‘ndirmasdan qora qoshiga.
G`afur G`ulom
-
Agar oshiqligim aytsam kuyib jonu-jahon o'rtar
Bu ishq sirrin bayon etsam taqi ul honumon o'rtar
Atoyi
-
Reyxstag ustiga g‘alaba tug‘in
Qadashda otilgan adolat o‘qi —
Yalt etgan umri-la barqaror qildi
Basharning muqaddas, oliy huquqin.
-
Ne hojat bezovtalik,
Yetar, dilni g'ashlama.
Ha, mendan qilma hadik,
Qo'y, dushman tarashlama!
-
Arzimni aytay bodi sabog'a,
Yetkursa holim ul dilrabog'a.
Qilsa xudoyim ko'nglim muloyim,
Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?
Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla,
Borsam ko'yiga, miskin gadog'a?
Dedi raqiblar yorni yomonlab,
Soldi judolig', naylay arog'a.
Ko'nglumda yo'qdur zarra gumonim,
Kimki yomondur, soldim xudog'a.
Holimni aytsam, yorim inonmas,
Emdi kuyubman yavmuljazog'a.
Yorsiz kishini firdavsi yo'qdur,
Suydim sanamni, qoldim balog'a.
Dushmanlarni nozu niamda
Parvarish aylab, soldi g'inog'a.
Do'stini yorim ranju alamda
Qo'ydi el ichra javru jafog'a.
Miskin Huvaydo sabru tahammul
Aylab hamisha yig'lar xudog'a.
Xo'janazar Huvaydo
-
Ay gul chehralik sarvi ravonim,
Fido bo'lsun senga jonu ravonim.
Sulaymon mulkudur ham Nuh umri
Saning bila kechurgan bir zamonim.
Agar zulfung uchun chopsang boshimni,
Yuz evursam maning bo'ynumg'a qonim.
Belingda garchi bir qilcha gumon bor,
Vale og'zingda yo'qtur hech gumonim.
Jamoling oyatidur husn ichinda,
Ne hojat bu mening sharhu bayonim.
Bu dog'e kim,qo'yar jonimg'a hajring,
Ajab qolg'ay mening nomu nishonim.
Yuzung mehrinda jon berdi Atoiy,
Demading bir kun: 'O'ldi mehribonim`
Atoyi
-
Mayli bu dahrga bermayin turib,
Jonim halqumdadir, ketsin u qurib..
Dodlablar boshimni devorga urib
Senga yig'lamoqdan ayirma faqat!
Xayrulloh Hamidov
-
Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.
Alisher Navoiy
-
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.
-
Rasul hadisiga ketib ming xayol
Qalbimga kirmabdi bir zoti ayol.
Shuncha mehnatlarim topmayin zavol
Meni huzuringga chorla Rahmonim!
Xayrulloh Hamidov.
-
Mayli, mening osmonimga oy chiqmasin,
Yurgan yo'lim sahro bo'lsin, soy chiqmasin,
Qabrim uchun yer yuzidan joy chiqmasin,
Mening uchun siz baxtiyor bo'lsangiz bas.
-
So’zni aydim harkim bo’lsa diydor talab,
Jonni jong’a payvand qilib, ragni ulab,
G’arib, yetim, faqirlarni ko’nglin siylab,
Ko’ngli butun xaloyiqdin qochtim mano.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Ona yer — tufroq qolib,
osmon bilan ovvoramiz,
Jon berib, joning olar,
jonon bilan ovvoramiz.
Ko’zlaringga jovdirar,
sarson visol, sargashta ishq,
Yosh to’kib, yirtib yaqo,
hijron bilan ovvoramiz.
Tegramizda hur malaklar,
biri singil, biri yor,
Insof qolib, inson qolib,
shayton bilan ovvoramiz.
Otamiz mezbon edi,
oh,onamiz mezbon erur,
Zor etib har ikkisin,
mehmon bilan ovvoramiz.
Har nafas yoningda dildosh,
har mushkulotingga yechim,
Yaxshilar bunda qolib,
yomon bilan ovoramiz.
Chin haqiqat yo’li boshqa,
chin vafolik o’zgadir,
Haq qolib, Haqqon qolib,
yolg’on bilan ovvoramiz.
Ko’ngli ummon kimsalarning
jilg’asidan suv ichib,
Roz qolib, shukron qolib,
to’g’on bilan ovvoramiz.
Har kishiki, ko’zi ochdir,
ko’r qilar, to’zoni ganj,
Yo’l ko’rsatar sarbon qolib,
karvon bilan ovvoramiz.
Bizni Haq hur ayladi,
nur ayladi, ozod etib,
Har tarafga qulf urib,
qo’rg’on bilan ovvoramiz.
Kimki bizga intizordir,
Farid Afro’z chin so’zim,
Jonim nisor, chin do’st uchun
qurbon bilan ovvoramiz.
Farida Afro'z
-
Заққумга айланди тутган ошлари
Анг сқин кимсалар жафодор бслиб!
Ксзидан ёмғирдек оқиб ёшлари
Фақат онам қолди вафодор бслиб!
Xayrullah Hamidov.
-
Ba'zilar bor tirishib kuyib,
Ma'ruzalar qilarlar suyib,
Shiorlarni bir chetga qo'yib,
Xulqingizni to'g'rilab oling!
Xayrulloh Hamidov
-
Гул остидан аста қарашар,
Сочларин ҳам уйда тарашар.
Ар зотига қсрслик срашар,
Аёл гсзал ҳаёси билан!
Xayrulloh Hamidov
-
Nega yapon yuz yil yashar-u,
O'zbek bunday yoshga bormaydi.
Chunki yapon bizdek kechqurun,
Sahar turib oshga bormaydi.
-
Insofu ishonch ham shirin so‘z bari,
Tiriklik toshqindir yoki ko‘pkari.
To hayot ekansan qochgaydir nari,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.
Abdulla Oripov
-
Agar nafsing sani yetmish boshingdin,
Na bo'lg'ay foida, yetmish yoshingdin.
Agar nafsing murodin istamaksan,
Agar saksanga umring yetsa, sak san.
Azal kundin agarchi xavfi yo'qsan,
Agar to'qsonga yetsang, ko'ngli to'qsan.
Azaldin qilsa kimning ko'nglini resh,
Degay o'sh besh yoshin ko'b, balki o'n besh.
So'fi Allohyor
-
Shoir emasman ammo go'zalim,
Muhabbat qo'limga tutqazdi qalam.
Ps: Kim yozganligiyam qoganiyam esimda yo'q uzr.=))
-
Men-chi
bandang-
dunyoda tolgan,
Goh qum,goh loylarga botdim ,
Ulkan boshoq ostida qolgan ,
chumoliman ....
yo'lni yo'qotdim .
Nodirjon Jonuzoq.
-
Mendan o'tsa neki o'tdi tinglangiz iqrorimni,
Allohga hamd yakka dedim ul Parvardigorimni.
Umr bo'yi qilgan bo'lsam birgina savobli ish,
Duo qilib qo'ysangiz bas, padari buzurgvorimni.
Jigarbandim mushtiparim ul onai zorimni.
Xayrulloh Hamidov
-
Ибни Умми Мактум тутган таёқлар
Вазнига тенг смас бугун оёқлар.
Ксзи юмуқ, аммо қалби уйғоқлар
Асри саодатни қаттиқ соғиндим!
Xayrulloh Hamidov
-
Mayliga dunyoning tashvishin bo'zlang,
Omonat olamning foydasin ko'zlang.
Ammo bizga qur'on hadisdan so'zlang,
Yerni ostidan ham so'ylang bizlarga.
Xayrulloh Hamidov
-
Авж олган бузуқлик, маъсистлардан,
Ае-не қадристлар бслди-ку увол.
«Ай А оббим, паноҳ бер!» дес булардан
Беркинган сувратдир хижобли аёл.
Xayrulloh Hamidov
-
Lahaddin barcha odam o'g'li tursa,
Bo'lib bir karvon Mahsharga yursa.
Va lekin har kishi o'z motaminda,
Bo'lur oxirgi savdosi g'aminda.
So'fi Allohyor
-
Bilmaymiz nedir aldam.
To’g’rilik bizga hamdam.
Haq so’zdan qaytmagaymiz.
Boshga qilich kelsa ham!
-
Маккани тслдирдинг тавофларингга,
Аммо бегонасан савобларингга,
Бухорийлар илҳақ жавобларингга -
Ксзингни оч, сй Муҳаммад уммати!
Xayrulloh Hamidov
-
Ishga borganimda dunyo tashvishi,
Tirikchilik deyman bahor, yoz, qishi,
Berkinmachoq o'ynar oxirat ishi
O'limni eslashga fursat beringlar!
Xayrulloh Hamidov
-
Rozimasman bir yosh tomsa ko'zimdan,
Rozimasman sal rang ketsa yuzimdan,
Yo'l oshsam-u sal yashashdan adashsam,
Rozimasman unda tamom o'zimdan.
Hamid Olimjon
-
Nasihat qildi farzandig'a Luqmon:
"Sanga johil kishi bahs etsa, ey jon!
Javob ayg'il anga shirinu yumshog',
Magar bo'lgay jaholat xamridin sog'.
Agar naf' etmasa, qilma i'oda,
Bo'lur ayg'on sari jahli ziyoda.
Anga sud etmasa aymog' savobi,
Sukut etmakdur anding so'ng javobi".
So'fi Allohyor
-
Ичларида сақлаган рашкин,
Ксз ёшлари дарёдан тошқин...
А смолига сширган ишқин
Оддий қизлар схши бслади!
Хайрулла Хамидов
-
Ичларида сақлаган рашкин,
Ксз ёшлари дарёдан тошқин...
А смолига сширган ишқин
Оддий қизлар схши бслади!
Хайрулла Хамидов
Istar edim dunyoda faqat
bahtli hayot sizga yor bo'lsin
boqib turgan shahlo ko'zlaringiz,
doim hayr ,yahshilik ko'rsin .
-
Baxtsiz kunlarim.
Nе qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Bolaligim, xayr dеb kеtdi.
Ishqdan qalbim tashvishlar chеkdi.
Qancha baxtsiz kunlarim o`tdi,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Kunlar botib, tonglar otdi-ku,
Qancha tashvish kеlib, kеtdi-ku,
Sabr qildim, yillar o`tdi-ku,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
Nе qilayin, tor bo`lsa olam.
Barchasiga chidaydi odam.
O`tdi qancha baxtsiz kunlarim,
O`tar mеning bu kunlarim ham.
-
Madinaga Rasul borib, bo’ldi g’arib,
G’ariblig’da mehnat tortib, bo’ldi habib,
Jafo tortib, yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub, uqbolardin oshtim mano.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Ona zamin har lahzada senga uqar:
"Vataningni unutsang gar, dushman yiqar!"
Chinqirsang ham, o'sha yomon qo'shning chiqar...
Vatanni sev, bul muhabbat iymondandir!
Xayrulloh Hamidov
-
Allox sizni sevgan bandamdur desin.
Rasulullox chin ummatim desin.
Yurgan yo'llaringiz nurlarga to'lsin.
Olgan har nafasingiz ibodat bo'lsin.
-
Ona zamin har lahzada senga uqar:
"Vataningni unutsang gar, dushman yiqar!"
Chinqirsang ham, o'sha yomon qo'shning chiqar...
Vatanni sev, bul muhabbat iymondandir!
Xayrulloh Hamidov
Allox sizni sevgan bandamdur desin.
Rasulullox chin ummatim desin.
Yurgan yo'llaringiz nurlarga to'lsin.
Olgan har nafasingiz ibodat bo'lsin.
bu yerda xato ketibdi. She'r "R" harfi bilan boshlanishi kerak edi.
-
Rahmi yo'q, ey bevafo dildor, bilmaysan hanuz,
Qomatingga bo'lmisham xushtor, bilmaysan hanuz.
Hasratingda qon yutarman kechalar tong otquncha,
Man asiri mubtaloying, yor, bilmaysan hanuz.
Nomi harfingni Nihoniy misraimga toj etib,
Arzi dilni ayladim izhor, bilmaysan hanuz.
Hamza
-
Zinolarni ikki yoshning sayli, derlar,
Oqsoqollar bir ho'rsinib, mayli, derlar.
Yupun kiyim zamonaning zayli, derlar,
Zamon bo'ldi, iymon saqlar zamon bo'ldi!
Xayrulloh Hamidov
-
Исломсиз сшаган бечора инсон
Бир куни орзуси бслади ҳайвон.
Тупроққа айланган маҳлуқни ксриб,
Ўрнига сзини тургайдир ссриб...
Xayrulloh Hamidov
-
bu dunyo arzimas fido bo'lishga ,
bandasan urinma Hudo bo'lishga .
har neki taqdirdur Allohdan bo'lak ,
shohmisan ,tayyor tur Gado bo'lishga .
(Muhriddin Holiqov,dunyo qo'shig'idan )
-
Asri saodatni fayzi o'tibdi,
Muborak zaminga quyosh botibdi,
Abrahalar hali to'lib yotibdi...
Makkani, Xudoyim, omon asragin!
Xayrulloh Hamidov
-
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech - hayoli vasli yor et.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan - muhabbat ixtiyor et.
Nodira
-
Tanimni qaynagan yog'ga sovoring.
Minorai kalondan tashlab yuboring.
Qaqrasam eng badbo'y suvdan sug'oring.
Men o'zbekman qadah tutmang iltimos!
Xayrulloh Hamidov
-
So'zchi holin boqma, boq so'z holini,
Ko'rma kim der oni, ko'rgilkim ne der.
Navoiy
-
Rohat topar mehnat cori qadam qo'yg'on,
Zoye' qo'ymas xizmat qilsang piri mug'on,
Xizmat qilmay da'vo qilsang bari yalg'on,
Qul Xoja Ahmad, pir oldida o'lmasmusan?
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Naqsh tushmish ko'zda ul yoshim mening,
O'ylakim, bormas buyon yoshim mening.
Komim o'lmoqdur habibimdin yiroq,
Gar hud o'lsun Xizrcha yoshim mening.
Navoiy
-
Go'zal dunyo huzurinda ko'p turma,
Har xil taom uzatsa ham yeb ko'rma,
O'paman deb suykalsada o'ptirma,
Ishtonsizda hayo bormi birodar?!
Xayrulloh Hamidov
-
Rahmatingga zorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Omonating ol oson,
Iymon bilan chiqsin jon,
Jannatda uray javlon,
Do’zaxingdan asragin.
Tilim anda lollikdan,
Holim parishonlikdan,
Yomonlikka yorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
-
Nasfga qullik qilmay o'tgan,
Fisq fujurni bilmay o'tgan,
Ham yig'lagan kulmay o'tgan,
G'ariblarga jannat bo'lsin yo Rabbiy.
Oxir kunda omad kulsin yo Rabbiy.
Xayrulloh Hamidov
-
Yomg'ir, g'amlarini yuvgil ayolning
Shamol gardlarini quvgil ayolning.
Omad yo'llarini sevgil ayolning,
Endi yo'li oydin iqbol bo'lamiz,
Biz o'sha — hazrati ayol bo'lamiz.
Dil berma qishlarning qahratoniga,
Yo'l berma umrning saratoniga.
Aylangil mehrning qahramoniga,
Endi yo'li oydin iqbol bo'lamiz,
Biz o'sha — hazrati ayol bo'lamiz.
Oh, nelar ko'rmadi xokisor ko'ngil,
Gohi muhabbatga, so'zga zor ko'ngil.
Manim talashganim faqat or, ko'ngil,
Endi yo'li oydin iqbol bo'lamiz,
Biz o'sha — hazrati ayol bo'lamiz.
Yurakni armonli torlarga berma,
Ko'ngilni ko'ngli yo'q yorlarga berma.
Boshingni har turfa korlarga berma,
Endi yo'li oydin iqbol bo'lamiz,
Biz o'sha — hazrati ayol bo'lamiz.
Men sendan tilandim, ey, Momo Havvo,
Ayolniki bo'lsin muqaddas navo.
Vujudimda yonar bir his, bir da'vo,
Endi yo'li oydin iqbol bo'lamiz,
Baribir hazrati ayol bo'lamiz.
Shahlobonu QUDRAТOVA.
-
Заққумга айланди тутган ошлари
Анг сқин кимсалар жафодор бслиб!
Ксзидан ёмғирдек оқиб ёшлари
Фақат онам қолди вафодор бслиб!
Xayrulloh Hamidov
-
Bizlar bo'lmasak ham jahon bo'lg'usi,
Bizlardan na nomu nishon bo'lg'usi,
Avval-ku yo'q edik - yetmovdi halal,
Yana bo'lmasak ham, hamon bo'lg'usi.
Umar Hayyom
-
Ishq dardin torta-torta manda holat qolmadi,
To qo'pib o'ltirguncha jismimda quvvat qolmadi.
Vosili maqsad bo'lolmay o'tti umrum, vo darig',
O'rtanib bu o'tqa manda sabru toqat qolmadi.
Huvaydo
-
Ilmdan bir shula dilga tushgan on,
Shunda bilursanki, ilm bepoyon.
Firdavsiy
-
Necha yil o'tgusi urmassan,
O'z otang go'ri tufrog'i sori yuz.
San otang haqqida na ish qilsang,
Tutg'il o'g'lungdin oni san dog'i ko'z
Sa'diy
-
Zuhra, oy osmonga chiqqan kezdanoq
Maydan soz narsani kim ko'rgan, biroq,
Hayronman mayfurush bodani sotib,
Pulga nima olur undan yaxshiroq.
Hayyom
-
Қизим, менинг муслима қизим,
Ақидангда ҳотиржам қолгин
Ҳатто онанг тобутин ксрсанг
Аллоҳданмиз, деб айта олгин
Xayrulloh Hamidov
-
Nozu adoyu g'amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmi bo'lur bir odamizod ustina.
Ogahiy
-
Qush ko’kda qanoat qoqib, mag’rur parvoz etsa ham
Rizq-ro’z ham oshiyona yerning yuzida bo’lar,
Qadaming alif bo’lsin, ammo yerni ayab bos!
Gerdaygan, manmanlarni Haq o’ziga do’st tutmas.
Abdulg’ani Sulaymon
-
Sensan sevarim xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma.
Hijron kechasi charxi falakka yetar ey moh,
Ohi saxarim xoh inon, xoh inama.
Haqoki qilich kelsa boshimg'a eshigingdaney
Yo'qdur guzarim xoh inon xoh inonma.
Atoyi
-
Agar ko'nglumni shod etsa o'shal Sheroz janoni,
Qaro holig'a baxsh etgum Samarqandu Buxoroni.
Hofiz Sheroziy
-
S.Alaykum. Uzr Whizz-Kidni yozgan baytlarining Forscha va Turkchasi bunday.
" Eger an Türk-i Şirazi bedest ared dil-i mara
Behal-i hinduyeş bahşem, Semerkand'ü Buharara".
(Eğer o Şirazlı Türk güzeli gönlümüzü tutsak ederse;
Yanağındaki siyah ben için Semerkant'ı da, Buhara'yı da bağışlardım)..
Bu baytning juda qiziq hikoyasi bor. Amir Temur Sherozni qo'lga olgandan keyin shahar xalqiga ancha og'ir soliqlar solibdi. Hofiz Sheroziy ham bu shaharda bo'lganligi uchun, darrov bu ikki misra Temurni qulog'iga yetib boribdi. Temur "Bizni Samarqand, Buhoromizni Sherozlik Turk go'zalining bir holiga bahshida etishga tayyor bo'lgan kim ekan chaqiringlar, der. Sheroziy bechora, 13 farzandi bo'lib urushdan keyin yanada nochor tushgani uchun anchagina pajmurda holda Temurni huzuriga kirib kelibdi. Temur shoirning ahvolini ko'rib, "sen qaysi holingga bunchalar jo'mardlik qilmoqchisan, deb kulibdi. Sheroziy esa, podshohim, ma'zur ko'rgaysiz, men bera bera bu holga tushdim, deb javob beribdi. Temur shoirning hozirjavobligiga qoyil qolibdi va uning oilasini umr bo'yi soliqlardan ozod etibdi.
-
Menga yoqqan ma'nodor so'zlardan biri ham shu, sizlar bilan bahramand ko'rmoqchi bo'ldim:
"Söz ola kese savaşı, söz ola kestire başı"
"So'z borki urushni kesar(to'htatar), so'z borki kallani kestirar....
Hurmat bilan,
-
Hozirgina bir ukamizdan "opa, bu yer salomlashish joyi emas, darrov yozganlaringizni o'chirib tashlang, bo'lmasa formdoshlar tanqidiga uchrab qolasiz, degan, xat oldim. Bu yerdagi qurollardan behabarman, uzr, ma'zur ko'rasizlar, endi.
-
Eng ohiri "İ" da tugagan edi,
Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga
Rauf Parfi
-
Asli iymon bila islom sharafdir,
"Alloh-bitta!" degan kalom sharafdir,
Dunyoning darslari boshqa tarafdir,
Iymondan dars bering, islom o'rgating!
-
Garov berib jonimni qattiq kuydim,
Oxir chirkin dunyolardan ham to‘ydim,
Ko‘z yoshima arzimas ekan dunyo...
Parvardigor, sajdangdaman, bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...
Hayulloh Hamidov
-
Mo'min ermas - hikmat eshtib yig'lamaydur,
Eranlarni aytgan so'zin tinglamaydur,
Oyat, hadis, go'yo Qur'on onglamaydur,
Bul rivoyat Arsh ustida ko'rdim mano.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Oshiq qullar bu dunyoni ko'zga ilmas,
Dunyo ishqin zohid qullar tilga olmas,
Kecha-kunduz mastu hayron - o'zga kelmas,
Diydor tilab,ko'ksin teshib nolon qilur.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
А об каломи Қуръон бизга сслатма,
Ажратгувчи Фурқон бизга сслатма,
Ай ёронлар, бул он бизга сслатма
Ўлим деган соат қандай бсларкин?
(Uzr, muallifini bilmayman)
-
Аозанинлар, бенаволарға тараҳҳум айлангиз,
Лутф агар йсқтур, ғазаб бирла такаллум айлангиз.
Аавоий
-
Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o’ldi chu sayyod eshigingda.
Boborahim Mashrab
-
Ажаб дунё скан бу ишқ дунёси, аё дсстлар,
Бу дунё деб, у дунёни баҳосиз пулга сотдимку.
Чслпон
-
Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
Alisher Navoiy
-
Mayli zohiriga qilsinlar havas.
Uning botinida ma`no bo`lsa bas.
Keraksiz qovoqdan boshqa narsamas
Boshimiz sajdaga tegmagunicha!
-
Ajdodlar Vatan deb jon fido qilgan,
Behuda gap sotib yurmagan ular.
Mana,ming yillarni opichlab kelgan
Bitiktosh ona - Yer haqida kuylar.
Rauf Parfi
-
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang
Hayrulloh Hamidov
-
Goh xanjar, goh asaldek so‘zlaringdan dog‘damen,
Jon olib, jon berguvchi tilcha bo‘lurmi, hay-hay.
Vaslingning umidida dunyodan o‘tib borgum,
Qanoatda Saida filcha bo‘lurmi, hay-hay.
Saida Zunnunova
-
Yo'lingiz bo'lsin, musaffo ravon.
Dasturingiz bo'lsin, hadisu qur'on.
Sizdan uzoq bo'lsin, la'natu shayton.
Alloh rizosi uchun, yuringiz har on.
-
Nola qilmagin also
Hayot sinovlaridan.
Sabr do’st bo’lar tanho,
Qo’rqma qirovlaridan.
Dilorom Afzalova
-
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Abdulla Oripov
-
Mo‘min dini haqdir, Alloh kalomi haq,
Usiz sharqning ahvoli xor, tuban erur.
Taraqqiyot osmoniga bizni faqat
Bizni tashlab ketgan ilm eltib berur.
Hayrulloh Hamidov
-
Rivoyat ayladilar Ibni Abbos,
Rasulu olamindin mehtari nos.
O'shal ro'ze bo'lur ro'zi qiyomat,
Base bo'lg'ay dedi ohi nadomat.
Havo tug`yon bo`lur monandi tos,
Ko`mur yanglig` bo`lurlar jurmliq nos.
Ki ming yilliq sirot ko`rigi bo`lg`ay,
Jahannam ustida tortiliq o`lg`ay.
Qilichdin o`tkuru az mo`yi borik,
Qorong'u kechadin bo'lg'ay u torik.
Xojanazar Huvaydo
-
Kel, ko'nglum, men senga nasihat qilay,
Vatanni tark etib ketuvchibo'lma.
O'zingdan past bo'lgan g'ayir nomardning,
Hizmatiga qulluq etuvchi bo'lma.
Maxtumquli
-
Allohning hikmati qor kabi yog‘sa,
Qorlar suvi erib boshingdan oqsa,
Boshingni oldingga egishing bilan,
Mening ushbu she’rim qarshingga chiqsa...
Anglay boshlaysan...
Sezai Karakoch
-
Nima bo'ldi ko'p erlarga?
Balki jinlar chalishgan.
Nazarimda kiyimlari
Xotin bilan alishgan.
Bozor, ko'cha aylanarlar,
Kiyib ich kiyimini.
Chunki xotin tortib olgan,
Ustki kiyar shimini...
"Insonnoma"-dan
-
Iymonim komildir, ishonch-la aytgum,
Vatan haqidadur bu qo‘shiq - bonglar.
Agar o‘zga mavzu bo‘lganda shaksiz,
Joniga tegardi allaqachonlar.
Minhojiddin Mirzo
-
Rosul aytdi manimkim ummatimdur,
Qiyomat kun umidi shafqatimdur.
Ko'ngulni bermasun dunyog'a bisyor,
Ani aldar biling dunyoi murdor.
Halol birla harom ishni ayirmas,
Azobi oxirat ko'ngilga kelmas.
Huvaydo
-
Sog'inchlarda qiynalar jonim
Bir ko'rmoqlik bo'ldi armonim
Bir nigoxga zor xonu-monim
Sizni juda sog'indim SOG'INGANIM!
-
Mayli , bor bisotim olsalar yulib,
Tilimga bossalar cho'g'ni kuydirib,
Yashayman voz kechmay sizdan bir lahza
Toki, shu yuragim turarkan urib!
-
Bu ko'hna tuproqni kovlasang agar,
Chiqar necha nomsiz, daryo va shahar.
Kechmish daholarning aytgan so'zlari,
Ahli diyonatning mulkidir bari.
Tangriga ilk bora, sig'ingandir kim?
Bu savol qoshida barchamiz ham jim.
Qurbing yetsa agar qo'rg'on yaratgin,
Olamni o'zingga mayli qaratgin.
Qimmat bergin bizga asl bebaho,
Nomingni ataylik, mayliga daho.
Tariqdek zamin bir va inson birdir,
Bilmagan mardumga bu holni bildir.
Shunda men qoshingda egarman boshim,
Va seni atarman, chindan qardoshim!
"Qo'rg'onim vatan"-dasturidan.
-
MEN SENI SEVAMAN.
MEN SENI SEVAMAN G'UNCHA LABIDA ,
O'PICHDEK TITRAGAN SHABNAM MISOLI.
MEN SENI SEVAMAN TUNNING QO'YNIDA ,
KUNDEK YONAYOTGAN BIR SHAM MISOLI.
MEN SENI SEVAMAN
MEN SENI SEVAMAN
OH, BUNDAN ORTIQ
SEVISHIMNI TALAB ETMAGIN GULIM
BUNDAN ORTIQ ISHQNI ETOLMAM TORTIQ
BUNDAN ORTIQ SEVGI BO'LADI O'LIM!!!
-
mening kimligimni bilmaydi hech kim,
men bir g'alatiman men alohida,
ko'zimning yoshini keladi ichkim ,
tilinmi chaynagim kelar gohida.
Muhammad Yusuf
-
Agar lutf aylasa, Sattori olam,
Bitar bir lahzada kori du olam.
So'fi Allohyor
-
Mayli zoxiriga qilsinlar xavas.
Uning botinida ma’no bo‘lsa, bas.
Keraksiz qovoqdan boshqa narsamas
Boshimiz sajdaga tegmagunicha!
H.HAMIDOV
-
Ayoli ko’p dimog’dor,
Qovog’ida yog’ar qor.
O’g’il-qizda yurak tor,
Yetim otalar ham bor"¦
-
Ramazo kelsa "Mazza" deydilar,
Tongda tiyilib, shomda yeydilar.
Mechkay kimsaning laqabi ko'za,
Unday odam hech tutolmas Ro'za
Moling ko'payar toparsan najot,
Muhtoga bersang sadaqa-zakot
Uzoq-uzoq yo'lyurib
Pullaringni harj qilsang,
Gunohlaring to'kilar
Agar bir bor Haj qilsang.
Qbidxon qori Nazarov. "Bolajonlarga topishmoqlar"
-
Go'zallarning malikasi ekansan,
Buni sening ko'zlaringdan o'qidim.
O'qidim-da istiqbolim qushiga
Xayolimdan oltin qafas to'qidim.
Gunafshalar qulog'imga madhingni
So'zlab-so'zlab charchadilar, bitmadi...
Alamzada bulbul yig'lab, kechalar
Alamingning so'ngin tamom etmadi
Ko'zingdagi hikoyaning mazmunin,
Shoir bo'lsam, aytib-aytib yig'lardim.
O'shal, eski jarohatli qalbimni
Satrlarning nashtari-la tilardim.
Xayolimning qip-qizildan kiyingan
Parilari, hurlarini ko'rdingmi?
Alamimdan gullar ekkan yo'llardan
Koinotga hayot sochib yurdingmi?
Yo'llaringda she'r aytsa so'lgan barg,
Qulog'imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing
Sening meni suyganingni bildirur?
Cho'lpon. "Suygan choqlarda" she'ri.
-
Ramazon oyida ro'zangni tutib,
Zakoting kerakli manzilga yetib,
Qurbing yetsa, baytni ziyorat etib,
Namoz o'qib, duo yubor bizlarga!
Xayrulloh Hamidov
-
...Atrof to'la alomat, hech kim qolmas salomat.
Hushyor bo'lgin ey do'stim,yaqin qoldi QIYOMAT
Har yerdayu-har ishda,saranjomu-sarishta
Savobingu-gunohing yozar ikki FARISHTA
Farovonlik,omonlik Allohimdan-bu haqdir.
Yaxshiligu yomonlik Alloh bitgan bu TAQDIR.
O. qori Nazarov.
-
Rasul buyrug'iga bo'lib betoqat,
Zafar maydonini tark etmish nusrat...
Anglatmoqlik uchun neligin sunnat
Uhud kerak bo'ldi Badrdan ko'ra.
Mahmud Asror
-
...Avval ketgay xalqlar aro mehri-shafqat.
Hech qolgmagay olam aro nozu-ne'mat.
Andin so'ngra ko'tarilgay Qur'ondin Hat.
Avval oftob mag'rib sori tug'or ermush...
-
SHul irmoqning huzurida kim bo‘ldim?
To‘xtab qoldim, til tishladim, mum bo‘ldim.
Hasrat keldi, ko‘z yoshimga lim bo‘ldim,
Eski ko‘ngil endi to‘lmaydiganday.
Bir dilbarni ko‘rdim — qoshi qaroli,
Qoshlaridan yurak-bag‘rim yaroli,
Bo‘lsam edi xizmatkori, qaroli,
Qul bo‘lmasam, baxtim kulmaydiganday.
Shul dilbarning qoshida bechoraman,
Yuragimdan nolib, qayga boraman.
O‘zim bilan olishib ovoraman,
Men ham unga parvo qilmaydiganday.
Bir kimsani ko‘rdim, aziz yoronlar,
Firib bersa, chap berolmas shaytonlar,
Yig‘mish dunyo, qurmish turlik oshyonlar,
Go‘yo bu zot aslo o‘lmaydiganday.
Shul kimsaning yonida men nimaman,
Balki uning yukin ortgan kemaman.
Siz nimasiz? Dard so‘yladim kimga man,
Kimligimni hech kim bilmaydiganday.
İqbol Mirzo. "Go'yo"
2001
-
Yaxshining oyog'ini ostida o'lsang or emas,
To'tiyoi toji sar qilsun yomon, darkor emas.
O'lgucha yaxshi bilan o'ltirgilu bo'l hamnafas,
Yaxshidin, ey do'stlar, hargiz ko'ngil ozor emas.
Yaxshi bo'lmaydur yomon , harchand nasihat aylasang,
Yaxshiga pandu nasihat aylamak darkor emas.
Huvaydo
-
Sen, ey gul, qo'ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog'ingg'a tushib bargi xazondek muncha yolbordim.
Latofat gulshanida gul kabi sen sabzu xurram qol,
Men garchi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim.
Bobur g'azali
-
Muhtoj uchun baxsh etilgan,
Zarraday bir muruvvat,
Ul muhtojga o’shal damda,
Baxsh etar tog’dek quvvat.
Yo o’rinli qilingan bir,
Arzimas kichik tortiq,
Hojatmandga o’shal damda,
Bir qop oltindan ortiq.
"Insonnoma"-dan.
-
Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul —
Biru Birga ibodat — tavhid.
-
Duoda qo'limiz, Xudoyim tengsiz,
Jannat deb atasin maskanlaringiz,
Bizga ham dushmandir dushmanlaringiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey ustoz.
Hayrulla Hamidov
-
Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat — sanga bo’lsun, manga — mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la, yona kerak
Alisher Navoiy
-
Kel e ko'ngil, jahon savdosidin kech,
Qadam g'am kishvarig'a urmag'il hech.
Jasad qolmasdin ilgari nafasdin,
Havo ko'b qilmag'il, kechgil havasdin.
So'fi Allohyor
-
Nafs otda, ruhim-chi, piyoda,
Savobdan gunohim ziyoda,
Unitib qo’yganim dunyoda-
O’zimni so’gindim, o’zimnI"¦
Nurmuhammad Shoyoqub
-
Ijtihod aylagil, chunki yo’l yiroq,
Imkonu qanoat qo’lingda chiroq.
Ustoz suhbatidan dur-ganj ola bil,
To tiriksan, mudom mutolaa qil.
-
La'lingdin erur ruhi ravonim multaz,
Lutfingdin erur javhari jonim multaz,
Ul nav' inoyatki manga sandindur,
Bo'lg'usi ayon sirri nihonim multaz.
Huvaydo
-
Zaif ololmasa kuchlidan haqin,
Tangri ulug’lamas bunday el, xalqni.
Fozil Zohid
-
Imon qushi qo’sh qanotin
Xavfu rajo derlar otin.
Qo’rqit! Tottir umid otin,
Subhanalloh, subhanalloh!
-
Har tongda quyoshni Sharqdan kutamiz,
Har shomda umrdan bir kun ketamiz,
Quyosh G’arbdan chiqqan KUN netamiz?!
Qiyomat, qiyomat, qiyomat"¦ Qo’rqma"¦
Ilohiy Ishq istam, yetmasam, o’lam.
Gulbahor Abdulloh qizi
-
Mehmonsanu dunyoga, Mezbon bilan ishing yo’q,
Senga bu jonni bergan Hoqon bilan ishing yo’q.
Agar pok emas ruh, ko’ngil bo’lgay zimiston,
Uni zimiston etgan o’pqon bilan ishing yo’q.
Kim do’stu kim dushmaning, ajratolmaysan hamon,
Shaytonga do’st bo’libsan, Rahmon bilan ishing yo’q.
O’ylamaysan dunyoni kim aylagan ixtiro,
Mevasin yeb tunu kun, Bog’bon bilan ishing yo’q.
Bu molu davlatingdan foyda yo’q oxiratda,
Inson uchun eng muhim — iymon bilan ishing yo’q.
Nafsingga qul bo’lgansan, ko’rmas aql ko’zlaring,
Qalbingda qon yig’lagan vijdon bilan ishing yo’q.
Adog’i bor umrning so’rog’i ham bor, albat,
Yiqqan-terganlaring ko’p, ehson bilan ishing yo’q.
Jisming tushar tuproqqa, ruhing uchar samoga,
Tuproq ila mashg’ulsan, osmon bilan ishing yo’q.
Boylik, amal va shuhrat — bular dunyo g’aflati,
Bundan ham bexabarsan, Qur’on bilan ishing yoq.
Millat bugun mustaqil, o’zbek dunyoga mashhur.
Bobolaring yetmagan zamon bilan ishing yoq.
Ko’zingni och, ey odam, bandaliging unutma,
Nechun ushbu g’animat imkon bilan ishing yo’q.
Abdusalom Ibrohimov
-
Qaylardasan o'zing, qanisan elim
Sen qachon o'zingni taniysan elim.
Cho'g' ostida qolgan kuldeyginasan
O'zing boru lekin yo'qdeyginasan.
"Qo'rg'onim vatan" dasturidan.
-
Nafs: to’ymasman, yuhoman, der,
Ne duch kelsa, yutaman, der.
Imon: bo’g’zing tutaman, der,
Subhanalloh, subhanalloh!
-
Hech narsa yupatmas, shoir, hech narsa,
G‘arib baxtiyorlik endi yupatar.
Yulib vujudimni titib axtarsam
Dunyoviy alamning toshlari yotar.
Har kim o‘z qalbiga o‘zidir hoqon.
Baribir, men seni sevib sizlarman.
Ehtimol, nohaqman, ehtimol haqman —
Muqaddas Turkiston so‘zin izlarman.
So‘z mening ko‘ksimga sanchilar, hayhot!..
Shovulla, gurkira, hayot nafasi.
Ruhga iymon bergil, ey qodir hayot,
Qizg‘onma samoviy sehrning sasin...
Yurak deb atalgan og‘riq bu — najot.
Ko‘krak qafasimiz — najot qal’asi
Rauf Parfi O'zturk
"Og'riq" she'ridan...
-
Ilm ketdi mo‘minlarni zor yig‘latib,
Ma’no qolmay, mavridi yo‘q xitoblarda.
Farzlar qolib sunnatlarni taxlil etib,
Abo Muslim jangi qoldi kitoblarda!
H.Hamidov
-
Aylasang sabru bardosh,
Qayg’ularga bersang dosh,
Kelar bir kun yorug’ kun,
Tong otib, chekinar tun.
-
Аочор фурқати била хсй стмишам, нетай,
Чун васлиға сзумни сазовор топмадим.
Bobur
-
Мажруҳ боладан то мункиллаган чол,
Лаббай, Аллоҳим деб қилар илтижо.
Кимдир ташналиқдан инграйди беҳол,
Кимнингдир ҳаёти шул ерда адо.
A.Oripov
-
Odam Ato tushgan davrdan buyon
O’lim savdosiga izn berilgan.
Qanday mavqelarda yashamasinlar,
Barchasi qabrga bir-bir terilgan.
H.Hamidov
-
Nafsni jilovingga olmoq bo’lsang gar,
Qorning to’ymasidan taomga to’ygil.
Gullarni hidlashdan to’xta birodar,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
-
Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga,
Bir soniya bo‘lsin oxirat demay,
Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga...
H.Hamidov
-
Ahir jismu joningni,
Alloh etgan inoyat.
Rizqingngga kafil — O’zi,
Ta’ma — zabun bir odat.
-
Tavozu'din ko'tarma yuqori bosh,
Takabbur qilmag'il monandi xashxosh.
Takabbur xotiringa kelsa filhol,
Azozil qissasini yodinga ol.
So'fi Allohyor
-
«Лайли, Лайли» дебон чекиб ун,
Ал деб: «Мажнундур, ушбу Мажнун».
Alisher Navoiy. "Layli va Majnun"
-
Na dunyoviy ishlarida bor ijobat,
Na Allohdan nusrat kelar bu ummatga.
Chunki uning asl holi faqatgina
Ilm bilan yetar haqqiy kamolotga.
H.Hamidov
-
Aylagay javr pesha sultonlig',
Ki bo'ri qo'yg'a qilsa cho'fonlig'.
Podshoheki, zulm etar bunyod,
Qilg'ay o'z mulki, davlatin barbod.
Sa'diy.
-
"¦Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar.
Azimbek Usmon
-
Rost yolg'onlar puch to'ldirsa etakni,
Qumsar bo'ldim siz so'ylagan ertakni,
Kim ovutar qirqqa yetgan go'dakni
Onajonim, sizni yig'lab sog'insam!
-
mening muhabbatim nimaga arzir ,
nimaga arziydi yonib kuyganim ,
mehr bu sunnatdir ,ibodat farzdur ,
sizni hudo suysin mening suyganim
-
Muammomas qay tomon yurmoq,
Bo’lsa hamki yo’llar toru tang.
Muammomas va emas jumboq,
Qiblaga yur, tole istasang.
Aziz Abdurazzoq
-
Гсзаллик, покликдан услиб,
қисилиб, қимтиниб турасан,
қоп-қора деворга сусниб,
ёп-ёруғ хаёллар сурасан.
Шавкат А аҳмон.
ЛС. Сснгги ташрифимдан сснг ушбу мавзуда 350 дан ортиқ пост қилинибди.
-
Namoz-ibodating podshosi erur,
Barcha yaxshilikning peshvosi erur,
Unda haj, savm, me’roj, jannat kaliti,
Dilning tahorati, ifshosi erur!
Yo’ldosh Eshbek
-
А уҳимни дунёга қсшиб сстирдим,
снди табиатнинг доно тошиман.
Қаландар шамол ҳам суйган дсстимдир,
ҳар бир чумолининг қариндошиман.
Шавкат А аҳмон.
-
Nafsing — teshik tog’ora,
Lim-lim to’lmas hech qachon.
Kimdir tekin qo’y bersa,
O’zing unga top arqon.
Ikromiddin Oqqo’rg’oniy
-
Аеча минг мусулмон туну кун уйғоқ,
Каъба атрофини тинмай айланар,
Муроди табаррук масканни спмоқ
Саждага ҳар бири ҳар зум шайланар.
A.Oripov
-
Ro’za-tan zakoti, holing salomat,
Zakot-kafforatdir, moling salomat,
Beva-bechorayu yetim yesirga,
Haqdorga ato et, joning salomat!
Yo’ldosh Eshbek
-
Topolmasang, qo’rq! Yomon alomat bu!
Sirdek asra, jon ichra sol sevgini,
Shunday sevki, sevganing sevsin seni.
Allohim sev, ishqida yonsin qalbing,
Zikri bo’lsin nafsing, yurak zarbing.
Sevib Payg’ambarni, tutgil sunnatni,
Ne tong, Rabbing nasib qilsa jannatni.
Millatni sevganlarga bu baxt ato,
Birodarlarga ko’rsat mehru vafo.
Fozil Zohid
-
Odat qiling o'z vaqtida
Uyingizga qaytishni
Mushkul chog' ham tark etmang
Haqiqatni aytishni
Serialdan bosh ko'taring
Yig'ishtising daydishni
Ilm olib mo'minlarni
Najot sari yetaklang!
Xayrulloh Hamidov
-
Assalamu alaykum
Garov berib jonimni qattiq kuydim,
Oxir chirkin dunyolardan ham to‘ydim,
Ko‘z yoshima arzimas ekan dunyo...
Parvardigor, sajdangdaman, bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...
Hayrulloh Hamidov
-
Men shabnamman, g’uborlarga qo’nolmayman,
Yo gul bo’lib tosh yurakda unolmayman.
Ko’nolmayman, bu dardlarga ko’nolmayman,
Ko’zingizni berib turing, yig’lab olay.
Behzod FAZLIDDIN
-
Yurtda kezmish dahriylar izlab ming-ming hamxona,
Tog‘utlar ila qurib kufrga liq koshona.
Endi Buxoriysi-yu, Navoiysi afsona...
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!
H.Hamidov
-
Nimaga ko’zimda yulduz kam — Ishq kam,
Men noshud umrimni kimlarga berdim?
Ko’ksim nurga to’lib bitta gul eksam,
Orqasidan o’nta nihol sindirdim...
Behzod FAZLIDDIN
-
Мол-дунё ишқида чандон слганлар,
ишратдан юзлари салқиб сслганлар,
занглаган кишанга меҳр қсйганлар,
димоғин хушлайди райҳоналардан.
Имоним деганлар,
Миллат деганлар,
ёвга терс қараган иллат деганлар,
сзликка хиёнат қилма деганлар
зор қақшаб йиғлайди вайроналарда.
Шавкат А аҳмон
-
Ajab motamsaro dunyo erur, poyoni yo’q bilsam
Ki, san dunyog’a mag’rur o’lmag’il, hargiz vafo qilmas.
Haziniy
-
Содиқ қолдим табиатимга,
сшамадим юз хил турланиб —
ксрган сдим бир пайтлари
ҳимоссиз атиргулларни.
Гарчи гуллар ксркини тскиб,
қовжиратиб, тсзғитса-да, куз
атиргуллар ичига сткир
пичоқларни жойлайман ҳануз.
Шавкат А аҳмон
-
Zulmatga moyilroq ko’ryapman ko’zni,
Moy yo’q, shisha xira, pasayar pilik.
Yolchimagandek belboqqa bo’zchi,
Zor bo’lganim — odamgarchilik.
A’zam O’ktam
-
Kel e obid, o'zingni aylagil xok,
Haromu shubhadin halqingni qil pok.
Ochuq qo'llik, kushoda yuzli bo'lg'il,
Muruvvatlik, muloyim so'zli bo'lg'il.
So'fi Allohyor
-
"La ilaha illa Alloh" deb tillari,
Dahriyona tug‘yon urar dillari,
Bir kun bo‘lsin besaodat yillari
Bir manzilda tutashmadi bu ummat.
H.Hamidov
-
Tarozug'a og'ir kelsa savobing,
Agar o'ng ilginga kelsa kitobing.
Jahannam ustidin o'tsang salomat,
Behishti jovidon qilsa karomat.
Bulardin o'tmayin, ey odamizod,
Nechuk forig' yurarsan, xurramu shod?
Jahon kulgu yeri ermasdur, ey qul,
Magar bu kull xatardin otlasang, kul!
So'fi Allohyor
-
"La ilaha illa Alloh, Muhammadur Rasululloh,
Faqat Allohdan madad, faqat Allohdan panoh",
"Allohga hamd, Rosulga Salovat va salomlar!",
"Iymon" xonadoniga yetaklar shul kalomlar.
H.Hamidov
-
Rabbisi Alloh,
Qiblasi Kabatulloh,
Rasuli Muhammad,
Payg'ambariga ummat.
-
Tomchi suvdan paydo qilgan Allohim,
Ne ixtiyor qilsang, kelar qo’lingdan.
To’g’ri yo’ldan ozdirmagin, ilohim
Yo bor Alloh, adashtirma O’zingdan.
Shahriniso Ergasheva Abdug’ani qizi
-
Necha yil o'tgusi urmassan,
O'z otang go'ri tufrog'i sori yuz.
San otang haqqida na ish qilsang,
Tutg'il o'g'lungdin oni san dog'i ko'z.
Sa'diy
-
Ziyorat pesha qil va angla sirni,
Go’riston eslatur yavmul oxirni.
Fozil Zohid
-
Necha yil yotdik jaholat loyig’a botgancha biz,
Siz jaholatdan chiqib, yaxshi yamonni o’rganing.
Na halolu na haromning, farqiga bormay hanuz
Yamlamay yutdik haromni, chin halolni o’rganing.
Yoshimiz bir joyga yetdi, qalbda yo’qdir hech nima,
Bir savob ish qilmadik, endi savobni o’rganing.
Na tahoratni bilurmiz, na namozu ro’zani,
Qo’ymadik jsajdaga bosh, endi namozni o’rganing.
Yaxshi o’ylar qayga ketdi, oqibat birla vafo,
Chunki bizda qolmadi ul nuri imon, o’rganing.
Ertayu kech da’vati Islomni qilgin, Fozilo,
Ta’nalar kelsa boshingga, ayla bardosh, o’rganing.
Fozil qori Yosin qori o’g’li
-
Go’zal oyat qiroat-la bo’lur malham bu qalblarga,
Senga oshufta bo’lgan bo’lmagay hech xor, namozimsan.
Iqomat, tasbehu niyat yarashgay xo’p musilmonga,
Egam farz aylagan tole’ abad poydor - namozimsan.
Umarov Jalolxon
-
Na jurm ko'rgan ekan mun'imi karam osor,
Ki bandani nazarida hamisha tutg'usi xor.
Ulug'liku karam ul Tangrig'a musallamdur.
Ki non berur nechakim banda bo'lsa badkirdor.
Sa'diy
-
Ruhimiz hastayu qo’ymasdan malham,
Dunyo deb erta-kech chekaverdik g’am,
Hayot-chun uyg’ongan xavotirlar ham,
Bugun ham o’tmoqda ko'zlarimiz nam.
-
Mahshar yaqin, taqdir — o’q,
Zumda eltar hammani.
Tahorat yoq, tahsin yoq,
Niyat qani — ahd qani?
Yetmasmu bu shaytonning
Shunchalar avragani?
Tarovati imoning-
Ruku, qomat — shahd qani?
Mudom istarsan parvoz,
Nedur qanoting sani?
Allohga eng yaqin roz-
Qa’da, sajda — taxt qani?
Tilovat yoq, takbir yo’q,
Namoz qani — baxt qani?
Bundan o’zga tadbir yoq
Asl Yorni ko’rgani"¦
Abdul Jalil
-
Имоним деганлар, миллат деганлар,
Авга терс карамак иллат деганлар,
Узликка хиёнат килма деганлар
Зор какшаб йиглайди вайроналарда.
Йигласин — сснгаклар кисирлаган пайт —
Дахшатдан саргайган ст-сланлардай,
Жон куши байланган иссик лабларда
Лахзани музлатган гссндалардай.
Тсрт фасл коришиб стди ёругдан,
Багримни чаёндай чакди андухим,
Жсмардлар деганим кечган огрикдан
Дарвешга айланди зулфикор рухим.
Аеча бор муножот килдим худога,
Аечун сен бунчалар ёлгиз сратдинг,
Дилимга бахш стиб тошдай ирода,
Ксзимни бахайбат дардга каратдинг.
Аечун сзгаларнинг шандир хаёли —
Аастарин очилган, сайрар кумрилар?!
Аечун етимларнинг сткир фарёди
Шажардай чайкалур тасаввуримда?!
Тсрт фасл — оситган кулфат аршига,
Гсёки мудхиш бир манзилга келдим.
Куйган кечаларнинг калтис авжида
Чиркираб йиглайди бир тсда етим.
Шавкат А ахмон
-
Маюс термуламан; кузак шамоллар,
Хазонрезги баргни айлар чирпирак.
Чалкашиб кетади орзу-хаёллар,
Ва бирдан йиғлашни бошлайди фалак.
Олислаб боради қушлар жаранги,
Қалбимдек хирадир осмоннинг ранги,
Умримнинг бошланди сна бир тонги,
Субҳидам нафасин туймайди юрак.
Қайдадир чалинар "œЧсл Ироқ" куйи,
Теграмда чарх урар келажак сйи,
Барглар тскилмоқда сарғайган куйи,
Дардини айтолмай жони минг ҳалак.
Шудрингдан намланар томларнинг ости,
Яшилни сариқлик уммони босди,
Сиқилиб кетибсан, ссйлагин ростин,
Қайларда бсзладинг, малласоч малак?
...Ҳисларим ҳазон-ла уйғун: бемажол,
Само қовоқ уср, қуёш ҳам беҳол...
Йсқолиб бормоқда кскдаги ҳилол,
Меҳрга ташнадир у ҳам мен каби...
Маюс термуламан кузак шамолга...
(c) 2007
-
Ablahekim yoqg'oy ul isrof ila kunduz charog',
Tezdurkim, qolmag'oy oqshom charog'i ichra yog'.
Sa'diy
-
G’aniydursan, boyligingga qiyos yoq,
Muruvvatda sahiydursan, tenging yo’q.
Marhamating darig’ tutsang, iloj yo’q.
Umidvorman, adashtirma O’zingdan.
Shahriniso Ergasheva Abdug’ani qizi
-
Najot topgan qavm bo'ldilar shokir,
Bunda yo'q na nifoq, yo'q erur makr.
Iymondan dars bering, ey Abu Bakr
Ko'rgim kelayotir sizni tushimda!
Mahmud Asror
-
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o'yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
O`g`limning to'yiga.
O, o'g'lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko'ra bag'rim o'ysang
Bo'lardi-ku, onajon.
-
Namoz, ro’zam kam bugun,
Bosh egik, ko’z nam bugun,
Rahmating malham bugun,
La ilaha illalloh,
Tavba, astag’firulloh.
Ra’no Rahmonberdi qizi
-
Hamon kezmoqdaman, do'stlar, kezib oxir bunda yetdim,
Do'stu dushman ichradirman, bilmam, sirim kimga aytdim.
Mardlar bilan o'ltirganda do'stlik sharobini ichdim,
Nomard bilan o'ltirganda mardlar g'iybatin eshitdim.
Jahonga keldim-u, ammo bilolmayman qachon ketgum,
Yig'ilgan do'stlar ichinda yana do'st-yorlar ko'rdim.
Jahonni kezdim, ey do'stlar, ajab hangomalar ko'rdim"¦
-
Mehmoni ko’p dunyo ekan, mezboni yo’q,
Nasibangdan ortiq senga osh-noni yo’q,
Nafsni bandi qilay desang, zindoni yo’q,
Hidoyatga kelmagan jon arzon-arzon
Nurmuhammad Shoyoqub
-
Nima deding! Aslo, hech ham
Ko’zimdagi yosh emas.
Yosh bo’lsa ham sening uchun,
To’kmayapman... Bo’ldi... Bas...
Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolg’iz!
Tugayapti sabrim... Tag’in —
Oyog’ingga cho’kmay tiz...
Usmon azim
-
Zaif ololmasa kuchlidan haqin,
Tangri ulug’lamas bunday el, xalqni.
-
Ilhomtalab shoirlaru oqinlar,
Takbirdagi toklarga bir boqinglar,
Xushu’ mayidan bir qultum totinglar,
So’ng dilning qalamdam oqishin ko’ring
Ra’no Rahmonberdi qizi
-
Hayodanmas bo’yoqdan qizil yonoqlar.
E, voh, kunduzi-yu tunda gunohlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Bosgan qadamlardan unsa haromlar,
Avval tanib, so’ngra bo’lsa salomlar,
Bo’g’izda o’qilsa nurli kalomlar,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Ishlar deb qilinsa bandasi rozi,
Vijdonni ham yutsa insonning og’zi,
Nafs toshlaridan og’zi tarozi,
Bu nedan darakdir, bu nedan darak?!
Qalblarda qiynasa qora jaholat,
Har taraf mo’minga qilsa malomat,
Bu nening xabari, nedan alomat-
Qiyomat yaqindir, yaqin-qiyomat!
Hasan Abdiev, Parkent.
-
Zahmatli ish ekan ruboiy yozish,
Go'yoki igna ila bir chuqur qazish. :)
-
Haqni ihtiyor qil qodirsan agar,
Ota-onangni haj qildir muqarrar,
Topgan moling halol bo’lsin, avvalo,
Harom bo’lsa, yo’llaringda bor ajdar!
Yo’ldosh Eshbek
-
Chiroyli yozibsiz sherni Yo'ldoshbek,
Hadijaga biroz e'tirozim bor,
"H" harfi ila boshlabdilar lek,
"Sh" harfida tugagan oxirgi xabar.
-
Chiroyli yozibsiz sherni Yo'ldoshbek,
Hadijaga biroz e'tirozim bor,
"H" harfi ila boshlabdilar lek,
"Sh" harfida tugagan oxirgi xabar.
SubhanAllah, qoyil mahoratingizga... :) Buyog'i lotincha qarashlar bo'libdi, ayb bizda!... ::)
-
Shukrlar bo’lsinki, uchrab ustozlar,
Keksaygan chog’imda talaba men ham.
Ilmda zabardast, sara-mumtozlar
Sabog’I dillarga bo’lmoqda malham.
O’rganay kaloming, madad ber O’zing,
Yo Rabbim, yolvoray O’zingga har on.
Ko’zlarimga surtay har nurli so’zing,
Dilimga jo bo’lsin muqaddas Qur’on.
To’lqin Lutfullayev, Mehnat faxriysi
-
Аеча минг мусулмон туну кун уйғоқ,
Каъба атрофини тинмай айланар,
Муроди табаррук масканни спмоқ
Саждага ҳар бири ҳар зум шайланар.
Олам уммон бслса, гирдоби шу жой,
Олам осмон бслса, меҳвари бунда
Миллиард мартабали жаҳон ҳойнаҳой
Кемадек қалқади битта тслқинда.
Ер бсйлаб тариқдай сочилган инсон,
Бир қушнинг олдига келиб тизилмиш.
Абасдир бу жойда миллат, ирқ, лисон
Замин йсриқлари бунда бузилмиш.
Бу жойнинг бор срур на Қорабоғи,
Аа Ўзган, на Ўшу Фарғонаси бор
Аллоҳнинг сзидир ёлғиз чароғи,
Чароғнинг ҳисобсиз парвонаси бор.
Ҳатто нафрат мушти бунда тугилгай,
Ахир сгонадир бу ерда мақсад.
Сиғинсанг гуноҳинг дув-дув тскилгай,
Иймонсиз бандага йсқ лекин шафқат.
Шунчалик мукаммал Аллоҳ даргоҳи,
Мағфират қил, дес дилни тиғладим.
Ҳар ёнда таралар мсминлар оҳи,
То тонгга қадарли юм-юм йиғладим.
A. Oripov. "Alloh dargohi" she'ri
-
Majnun uchun go'yo Layli,
Qalb huzurda namoz zayli!
Kafandin et judo mayli,
Ayirma joynamozimdan!
-
Nadomatda ko’z yoshimni jola qilsam,
Ham Rahmonu Rahimsan deb nola qilsam,
Afg’on chekib yuragimni lola qilsam,
Rohi rostga boshla o’zing, Xudovando.
Nosir Zohid
-
Oshiqlik tumorin bo’ynima ildim,
Dilni so’z atalmish yarog’da tildim,
Ishq slogan imorat sari yo’l oldim,
Meni bedardlarga berma, Xudoyim!
Ko’ngulning chokini sitdim, sitildim,
Tavba surasiga yor-a, yukindim,
Dunyo libosini yechdim, qutildim,
Meni rahmsizlarga berma, Xudoyim!
Oygul Ubaydulla qizi
-
Mard qashqir o’ljasin oshkora yeydi,
Shum banda bir-birin pinhona "œyeydi",
Yuragim o’t tekkan o’tindek kuydi,
Ishq icham. Toza ishq. Ichmasam, o’lam"¦
Gulbahor Abdulloh qizi
-
Mayli, ko’chat ekkin ertani ko’zlab,
Mayli hosilin ham totgil yolg’izlab,
Lek qolmayin desang qabrda bo’zlab,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Hayrulloh
-
Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga,
Bir soniya bo‘lsin oxirat demay,
Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga...
H.Hamidov
-
Arshning qubbalariga nomi nur-la yozilgan,
Ismi samoda Ahmad, yerda Muhammad bo’lgan,
Yetti qavat osmonda Haq jamolini ko’rgan
Avval-oxir yo’lboshchi, yo hazrati Muhammad!
Sizga nur yomg’irlari yog’arkan yeti qatdan
U tunda siz, din kelgan azal qadar uzoqdan.
Malaklar har zarraga mujda berarkan haqdan
U tunda siz tug’ilgan, yo hazrati Muhammad!
Turkchadan Gulbahor Abdulloh qizi tarjimasi
-
Razolat hukm etgan makonlar ko’pdir,
Biri boshqasidan o’tadir, xo’pdir,
Bunda-chi, barchasi, barchasi to’pdir,
Men bozorni juda yomon ko’raman.
JaruleUzb-Mas'ud akamizni she'rlaridan.
-
Na sharaf, na shon istadim,
Na sadaf, na kon istadim,
Bari o’tkinchi, shu bois
Gavhari imon istadim.
Hoji Sadriddin Salim Buxoriy
-
Марҳабо, сй пайки султон марҳабо,
Ҳудҳуди мулки Сулаймон, мархабо.
Талъатинг фаррух, муборак мақдаминг
Қилди кулбамни гулистон, марҳабо.
Хсб келдинг, схши келтирдинг хабар,
Айладинг дардимга дармон, марҳабо.
Бслди мавзун қоматингдин мунфаил
Сарв нози боғи ризвон, марҳабо.
Қилғасен ул моҳ меҳрин ошкор,
Субҳ снглиғ пок домон, марҳабо.
Мужда келтирдинг висоли ёрдин,
Топти таскин дарди ҳижрон, марҳабо.
Кел бери, то хоки пойингни қилай,
Тстиёи чашми гирён, марҳабо.
А авшан айларман чироғи оҳин,
Ксзларимдур гавҳар афшон, марҳабо.
Бу кеча ҳижрон шабистонидадур
Анжуми ашким чароғон, марҳабо.
Қсй кафи покингни дийдам устина
Бир дам, сй сарви хиромон, марҳабо.
Аодира, ҳар ссзки иншо айладим,
Айди анга аҳли даврон, марҳабо.
Nodirabegim g'azali
-
Ota ulug' duosi bilan,
Er basavlat vafosi bilan.
Azallardan qutlug' elimda
Ayol go'zal hayosi bilan!
Mahmud Asror
-
Nechuk jonman, parishonman, sar to po aybu nuqsonman,
Yomonman, yo’ldan ozg’onman, na insonman, na hayvonman.
Abas umrimni o’tkazdim, gunohlar daftarin yozdim,
Maosiy dashtida ozdim, topolmay yo’lni hayronman.
Amolimdan uyotqonman, gunah loyig’a botqonman,
Xudoyimni unutqonman, nechuk derman musulmonman?
Rojiy Marg'inoniy
-
Adashtirma yo'lingdan,
Hech qaytmayin So'zingdan.
To'g'ri yo'lda sobitlik...
Bergin Rabbim, O'zingdan!
kamina :)
-
Navro‘z, qadaming gulga to‘lib, shod kezavergil,
Ozod Vatanim bag‘rida ozod kezavergil.
Har bir kelishing mehru safo, fayzu barokat,
Yurtimni etib doimo obod kezavergil.
Sen lolayu gul, zavqu sharaf, erku muhabbat,
Qalblardan olib qudratu imdod kezavergil.
Bir dunyo go‘zallikni namoyon etib elga,
Navro‘zim, o‘zing Moniyu Behzod kezavergil.
Majnunki agar senda go‘zal Layloni ko‘rdi,
Tog‘larda kutar Shirinu Farhod, kezavergil.
Dillarni mehr nuri ila ayla munavvar,
Har lahza etib yaxshilik ijod, kezavergil.
Yurtim — go‘zalim bag‘rin ochur oshig‘u shaydo,
Har yil yaratib yangicha bunyod, kezavergil.
Jumaniyoz Jabborov. "Navro'z qadami"
-
Lahza-lahza suratin go'rsaydim ul shirin labing,
Man kabi, ey Besitun, ban ham qaror etmazmdim.
Yor-la ag'yori hamdamgo'rmaga o'lsaydi sabr,
Tarki g'urbat aylayub, azmi diyor etmazmidim.
Voizin kufrin banim rasvoligimdan qil qiyos,
Onda sidq o'lsaydi, ban taqvo shior etmazmidim.
Ul guli xandoni go'rmak mumkin o'lsaydi bango,
Santak, ey bulbul, gulistona guzor etmazmidim.
Dardimi olamda pinhon dudtig'im nochordir,
Ug'rasaydim bir tabiba oshkor etmazmidim.
Ey Fuzuliy, dog'i xijroni-la yonmish go'nglimi,
Lolazor ochsaydi, sayri lolazor etmazmidim.
Fuzuliy
-
Madadkor istasang vaqti musibat,
Salomat vaqtida qilg'il saxovat.
Qochar bazl bandang eshikdin,
Qilur begona lutf, etsang itoat.
Sa'diy
-
Tavhidni anglamak zo'r ibodatdir,
U bir poydevori zo'r imoratdir,
Qilgan hajing sening bir sayohatdir,
Ollohni qalb chindan tanimaguncha.
Hayrulla Hamidov
-
Afsus, tegib dahrdin osibi xazonlar,
Yer birla teng o'ldi lolayu gul, rayhonlar,
Bu kishvari foniyda ajal ra'didin,
Teng bo'ldi yer ila tuman sultonlar.
Huvaydo.
-
Rahm etdim yetimlarga ushbu kun,
Sadaqadir topgan noni bir butun,
Zikr etmoq niyatimdir kunu-tun,
Ayo ummatingman, seni Muhammad.
Mahmud Jo’shqin
-
Daraxtiki, navkishtadur bir kishi
Qo'pormoq oni asru oson erur.
Vale necha yil o'tsa yuz fili mast,
Qo'ngormoqlig' oni na imkon erur.
Sa'diy
-
Rasululloh bir kun qo‘rqib so‘zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalong‘och turgan holiga
Ko‘taramiz xatto boshimiz arang.
H.Hamidov
-
Guldan senga chambarak.
Yasab berolmasam ham.
Ziyodalik tilagum.
Ixlosingga mustahkam.
Ertan seni va meni.
Ko'rsa Havvo va Odam.
Shoyad quchoqlasinlar.
Kulib turib osuda.
Sen asli bo'lding, deb zo'r.
Odamlar orasida.
Xayrulloh Hamidov
-
Allohim, amringga bo’yin eggan dam
Tanimni cho’lg’aydi shirin titroqlar,
Uyg’ongan bahorday ruh bo’lar ko’rkam,
Qalbimni tark etar uyqu, mudroqlar.
Allohim, amringga bo’ysungan on
Go’yoki barg yozar dilim kurtagi,
Behisht bo’yin tuyib rohatlan, ey jon,
Bunchalar maftunkor zikrin bezagi.
Nurmuhammad Shoyoqub
-
Ishq magar avval emishdir,oxir ul,
Bitta ko'rgil ishqni,ikki ko'rmagil.
Mavlono J. Rumiy
-
Luqmadin ichin o'yla xoli tob,
Ma'rifat nuri birla to'lg'aysen.
Ma'rifat ko'nglunga nechuk kirsun,
To burun ta'madin pur o'lg'oysen.
Sa'diy.
-
Ne yaxshilik bersang,shukri bilan ber,
Ne g'am bersang avval bergin sabrini.
Bir parcha go'sht - qalbni zikri bilan ber,
Jononni istasa, tortsin jabrini.
Robiya Turob qizi
-
Iqror yo'lida na bir qaroring bordir,
Inkor safidan na chet - kanoring bordir,
Chunki qilasan xayol ishim yengil deb,
Ey aqli qasir, uzui koring bordir...
Fadriddin Attor
-
Rahmdillik odamga oliy xulq, ammo,
Dilozor yarasiga qo'ymagil malham.
Aylama rahm-shafqat ilon-chayonga,
Bundan ozor topar farzandi odam.
Sa'diy
-
Mardlar silsilasi bu ishga bormas,
Ular yot manzilga sira ham zormas!
Ota hovlisini ham sotishlik ormas,
Lek Vatanni sotib bo'lmaydi aslo!
Xayrulloh
-
Ollohga shakkoklik etgan ko'paydi,
Ko'paydi shaytonga dars berguvchilar.
Bolalari o'z otasin tergaydi,
O'zga bug'doyzordan don terguvchilar.
M. Jo'shqin
-
Ranjimang holingiz so'rayvermasam.
Og'ir kuningizga yarab bermasam.
Jannatga kirmayman sizla kirmasam.
Alloh yo'lidagi birodarlarim.
-
Moziyga urilib sinar ovozim,
Umr o'tib borar benaf , benavo-
Nahotki bu-qo'lim? Bu mening sozim?
Allohdan so'rajman: - Nechun bu jafo,
Jami judoliklar jonimga yetdi,
Ol, deyman, Allohim, omonatingni.
Tavba qil?- dedi ul, bir Kitob tutdi-
Muroding mustajob, mingil otingni,
Ummonlar yo'lingda, changal yo'lingda,
Noma'lum har joyda qurilgan doring.
Olamning kalidi sening qo'lingda,
Jafo habibingdir, xiyonat - yoring?.
Allohim, lahza- men, sen ersa mangu,
Taskin berganingmi, shafoatingmi bu?!
Rauf Parfi
-
Umid uchqunlarim so'ldirma Olloh,
Iymonsiz holimda o'ldirma Olloh.
Do'zaxingni men-la to'ldirma Olloh,
Oxirat kun mening holim ne bo'lur.
Robiya Turob qizi
-
Ruh gulshanining toza gulidir chehrang,
Nozik shu qadarki, shom -sahar, ey sho'xu shang.
Ko'zim yonidan agar xayoling o'tsa,
Kiprik tegib, ahvoli uning bo'lgay tang.
A. Abulxayir.
-
Gulzor kerak yo'q manga, gul ro'ying bas,
Gulzor yuzungsiz manga monandi qafas,
Ne ayb bu bog' ichra yuzung olida
Gar aylamasam behisht bog'ini havas.
Huvaydo
-
Sening ishqingda bitdi sabru bardosh,
Ko'zim yoshi etar pinhon sirim fosh.
Bu oshiq ko'ngli misli ho'l yog'ochdir -
Kuyar bir uchi, bir uchi to'kar yosh.
Bobo Tohir
-
Shafqat aylab ko'rsating man osiyga rohi vusul,
Chunki isyon ranjidin muhtojingizdurman malul,
Yig'labon har dam bu sarsoni biyoboni hamul,
Sidq ixlosim bila, ey oli ashobi rasul,
Ruhingizg'a qo'l ochib, shomu sabo aylay duo.
Huvaydo
-
Olsang - da jahonni zo'r bilan - oxiri hech,
Yuz yil yashasang - da unda san - oxiri hech.
Dunyodagi bor shohlar oyog'ingni o'pib,
Tursa sening xizmatingda shan - oxiri hech.
Ubaydiy
-
Chandon kishi bu dunyoda ko'p molu zar etti,
Hech topmadi poyon,
Tashlab borini, suyi go'riston guzar etti,
Bo hasratu armon.
Huvaydo
-
Nomai a'molda bormi mazmun, so'ray?
Bul narsani qandoq so'ray, chun so'ray?
Yaxshisi ko'kragimdan bir darcha ochib,
Qonli yuragimdan bu hol sharhin so'ray...
Pahlavon Mahmud
-
Yo Qodiro, gunohimdin sharmandaman,
Ilgim olib afv etmasang, darmondaman,
Ojiz qulman, harna qilsang - farmondaman,
Rahmon egam, aro yo'lda qoldim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Oqilga past kishi ko'rguzsa jafo,
Ko'p alam chekmasin bo'lib dilsiyo.
Arzon tosh sindirsa zar kosani gar,
Tosh narxi oshmaydi, pastga tushmas zar.
Sa'diy
-
Ruhim begumon senga har on yor erdi,
Oshufta bu jonim-da mudom zor erdi.
Dil bo'lgan emas senga giriftor senga,
Ul asli azal senga giriftor erdi.
Ubaydiy
-
Ilohiy, jumla mo'minni Ato birla Ano haqqi,
Gunohini bag'ishlog'il tamomi anbiyo haqqi.
Aziz jon labga yetg'onda, o'lumni vaqti kelgonda,
Qil oson talxiyi jonni habibing Mustafo haqqi.
Huvaydo
-
Istasang toza ko’ngilga qo’nmasin zarra g’ubor,
Pok so’zu pok ish va pok dil, pok xayol bo’lmoq kerak.
Jismu jonimga desang begona bo’lsin xastalik
Ishq zavqu dardi birlan xasta hol bo’lmoq kerak.
Qalbga gar istarsan orom, bo’l yomon so’zdan yiroq,
Karvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo’lmoq kerak. :D
Erkin Vohidov
-
:as:
Kim to'kkali obro'ying shitob qilgaydir,
Xalq o'rtasida ta'na - itob qilgaydir.
Sen unga javob aylamayu, jim o'ltir,
O'rningga farishtalar javob qilgaydir.
Ubaydiy
-
Rozimiz ne yozuq ekan taqdirda,
Qalbimiz sururda, ko'ngil huzurda,
Allohga hamd bo'lsin shirk to'la yerda,
Shirkka yo'q bizlarda aslo murosa.
H.Hamidov
-
Ribo-yu, o'girlik, zulm, fosiqlik,
Jallodlik, nomardlik, olg'ir notiqlik,
Bir amallab mumkin chidab bermoqlik,
Shirkka yo'q bizlarda aslo murosa
H.Hamidov
-
Yana r mi :(
"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar ;)
H.Hamidov
-
Yana r mi :)
Rozimasman, Alloh desa, dil yonmasa,
Rasululloh desa, zahmatga ko'nmasa.
Ruhsiz tanim,nafsga asir bo'lsa abas-
Islomsiz o'tgan kunlarim kerak emas. :) Ijod qivordim..
-
"K"echa o'tdi, "ertaga" yo'q, "bugun" so'roq,
Kim o'ziga, kim Allohga tavakkulroq.
Ustunligi taqvosida bilinar kun,
Lozim bizga chin musulmon,mo'min bo'lmoq.
Kamina
-
Qur'onda bor barcha ilmu fazilat,
Buni biling, ey insonlar, ey ummat!
Qur'on o'qing, qiling uni tilovat,
Qur'on bilan nurli bo'lar oxirat.
(c)
-
Tilda Alloh, dilda Uni unutganmiz,
Aql boru, lekin nafsga qul bo'lganmiz.
Voizlar ko'p, eshitguvchi topolmasdan,
Arzimas bir gapga bahsni boshlagan biz.
Go'zal Ahliddin qizi
-
Zaifnimas, zo'rni ishi bitmoqda,
Pul uchun o'z dinini ham sotmoqda,
Ega bo'lib martabayu, unvonga
Bitta-bitta u dunyoga ketmoqda...
Mahdiyah
qale ijod? :D
-
MashaALLOH, bu forum a'zolari tap-tayyor shoiru ijodkor ekanku :D
Ana endi yangi mavzu ochaversak bo'ladi. Forumning havaskor qalamkashlari, kuzatib boring...
ON.: Alloh dedim, kam qilmadi,
Do'stu yorga qildi oshno.
Tilga zikru fikr berdi,
Hayotim ham nurli, ziyo.
Robiya
-
Robiyaxanim bunaqa mavzu bor adashmasam forumda.
"Forumdoshlar ijodidan" degan mavzu
Omon bo'ling do'stim har zamon,
Allohni deng har kunu har on,
Bilingki siz unutsangizham Uni,
Sizni unutmaydi U hech qachon!
Mahdiyah
-
Na qilay rohatim yo'q,ishimda bir unum yo'q.
Sog'inaman vaslingniyo,uxlamagan kunim yo'q.
She'r aytmagan kunim yo'q,she'r yozmagan tunim yo'q.
Ko'zim ko'zingga tushdi,men yonaman shekilli.
To'lg'onaman shekilli,qizg'onaman shekilli.
S. Niyozov ijrosida
OFF: Mahdiyah hanum, mavzu ochildi "Ma'rifat" bo'limida, biir ijodizdan bahramand bo'lamizda. Boshqa ijodkorlarni ham ijod namunalarini kutamiz.
-
Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.
Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so'ndirma, Alloh.
Rauf Parfi. Munojot she'ri.
-
Ҳар тонг қуёш
уфқдан чиқиб,
Аур улашса
олам кулади.
Термуламан унга интиқиб -
Сизни жуда
ксргим келади.
Соғинаман...
хсрсиниб бесас,
Чарх уради
бошда минг савол.
Гоҳ чақириб
тушда уйғонсам,
Илинжимни учирар шамол.
Уйқу келмас
саҳаргача то,
Хонам зулмат"¦
чироқ ёқмайман.
Асаблар ҳам бслгандир адо.
Анди бир зум
мижжа қоқмайман.
Лешонамни қслимга тираб,
Тунда узоқ
стираман жим.
Қайлардадир унсиз тентираб
Талпинади
Сизга юрагим.
Майли менга
битта ссз айтманг,
Имо қилманг хатто ксз билан.
Ҳеч бслмаса
бегоналардек,
Дийдорлашгим келар Сиз билан.
(c)
-
Nega yana jimsan, ham hissiz,
Nimalarni qilasan xayol?!
Senga ketgan damlarim essiz,
Muhabbatim keldimi malol?!
Eh,shu ekan bir qiz yuragi,
Daraxt bargichalik bo'lmasa,
Tilagim shu Sening sevganing,
Ochilsa-yu, mudom so'lmasa.
Go'zal Ahliddin qizi
-
Anhor labida juft-juft soyalar,
Jilmayib o‘taman ko‘z qirin tashlab.
Goh xayol qurmagur olib ketadi,
Bahona topganday yoshlikka boshlab.
Yo‘q-yo‘q, men turmadim oydin tunlarda,
Suvlar yoqasida ishq o‘tida mast.
Men bunday damlarni yo‘lga termulib,
Intizor o‘tkazdim har on, har nafas.
Yoshligim, umrimni, halovatimni
Mardona topshirib vafo qo‘liga,
Oylarni, yillarni minutlab sanab,
Tunu kun qaradim yorning yo‘liga.
Hali begonaydik ajralishganda,
Ko‘rishdik juda ham qadrdon, inoq.
Yulib olsa hamki hijron yor vaslin,
Qilib ketgan ekan unga yaqinroq.
Saida Zunnunova. (Alloh rahmat qilsin)
-
Qil yaxshilik - yaxshilikni bilgay dunyo,
Poydordir u yaxshilik tufayli tanho.
Mol qoldi-ku hammadan, qolar sendan ham,
Qoldirdi baxil-mol, yaxshilikni-dono.
J. Rumiy
-
Oq tuya tiz cho’kdi, tiz cho’kdi nogoh,
Rasululloh Muhammadni poyiga.
Bu ahli musulmon bo’ldiyu ogoh,
Masjid barpo etdi o’sha joyiga.
Maxmud Jo'shqin
-
Ayo odam, bino qo'yma o'zingga, san nechuk jonsan,
Ki na Jamshid erursan bu jahonda, na Sulaymonsan.
Minib aspi muzayyan, tug' ko'tar, boshingga to urgil,
O'lumni dastidan oxir qaro yer birla yaksonsan.
Xojanazar Huvaydo
-
Nechun yaxshilikka yashamas dunyo,
Nechun loyqalanar gohida daryo,
Shunday yaratdingmi ayt menga sen yo,
Ularning tuprog’i nimadan tangrim?
O’g’rilar, qalloblar shafqatsiz banda,
Biror pokizalik yo’qdir badanda,
Sotqinlar yashaydi har bir Vatanda,
Ularning tuprog’i nimadan tangrim?
Ey Jo’shqin, ulardan qaytar ixloslar,
Qaerdan axtaray ayt-chi xaloslar,
Xo’p yaxshi yashaydi o’sha ifloslar,
Ularning tuprog’i nimadan tangrim?
Mahmud Jo'shqin
-
Me’roj tunida bir-bir, ochildi so’zga ko’klar,
Salom bilan qarshilab, har qavat payg’ambarlar!
Shunda bir on keldi-ki, to’xtab barcha malaklar!
Haqqa yolg’iz bordingiz, yo hazrati Muhammad!
Turkchadan Gulbahor Abdulloh qizi tarjimasi
-
Me’roj tunida bir-bir, ochildi so’zga ko’klar,
Salom bilan qarshilab, har qavat payg’ambarlar!
Shunda bir on keldi-ki, to’xtab barcha malaklar!
Haqqa yolg’iz bordingiz, yo hazrati Muhammad!
Turkchadan Gulbahor Abdulloh qizi tarjimasi
D.
Davrangiz o'zbekchadurmish, fayzi ham xo'p o'zgacha,
Bunda bormish ko'p musofir, hamda mezbon yuzgacha,
Yoki yuzdan ham ziyoda, tenglashib besh yuzgacha,
Dong'i ketmish har tarafga, toki yetmish bizgacha!
A.
:)
Ulug'bek
2009-10-23[/size]
-
Aytib hamdu sano, Xudoni yod et,
Qilib toat-taqvo, Xudoni yod et.
Agar yo’ldan adashsang, tilab hidoyat,
O’zin bil rahnamo, Xudoni yod et.
Xohi oily maqom, xoh xorlig’dasan,
Xohi yo’qlik ichra, xoh borlig’dasan,
Xoh kengliklar aro, xoh torlikdasan,
Har yerda, doimo Xudoni yod et.
Fozil Zohid
-
Tunlar bedordurman yana Seni vasling umidida,
Qalbim vayron qilmagil g'am alam, nafs uyida.
Mayli sina, ber sinovlar, bu foniy mehmonxona,
O'lishga tayyorman iymon halovating yo'lida!
Go'zal Ahliddin qizi
-
Gar qalbing yig'lasa sira ham tinmay,
birov senga ozor bersada bilmay ,
yuraging amriga itoat etmay ,
bariga qo'l siltab bir tabassum qil .
-
Labdan ketdi kulgilar,
Til Uning nomi-la band.
Ko’z yoshim bugun kutar,
Bir ko’rmoq uning-chun baxt.
Habibim, Hayot, Borim,
Asiringdir bugun dil.
Eshit, tinglagin zorim,
Menga bir nazar qilgil.
Abadul mahbus bo’lay,
Nurli manzil,makonda.
Fano fillohga yetay,
Ruh asir bu jahonda.
Go'zal Ahliddin qizi
-
Gar qalbing yig'lasa sira ham tinmay,
birov senga ozor bersada bilmay ,
yuraging amriga itoat etmay ,
bariga qo'l siltab bir tabassum qil .
Bunchalar g'o'zal manolar!
Bunga amal qila olgan kishi, juda katta ehtiromga haqlidir.
Jon jon deb bunga javob yozardimu, ammo kechikibman.
So'nggi qoldirilgan misralarning oxirgi harfi A ekan
A.
Agar yo'llar berk ko'chaga qadalsa,
Iliq so'zlar nokaslarga atalsa,
Haqqingnida kelib nohaqlar olsa,
Allohga iltijo qilib, sabr qil!
Bunga nodonligu - g'o'rlik qo'shilsa,
Baxtini o'z qo'li-la berib qo'ysa,
Bu alam qalbingni kuydirsa, so'ysa,
Allohga iltijo qilib, sabr qil!
2009-10-24.
Demak: L
-
Luqmang halol bo'lsin, dilda-chi Alloh,
Nafsing hujumidan bo'l mudom ogoh.
Niyatni xolis qil, duoda qoim,
Shunda Seni qo'llagay Allohim doim!
Go'zal Ahliddin qizi
-
Mastura ayollar, go'zal ayollar,
Sizga ko'z tushganda hapqirar yurak.
Kibrga berilmay sursak xayollar
Siz bizga keraksiz, sizga biz kerak!!!
X.Hamidov
-
Kalomida Qur'on, iymon, halovat,
Halimlik ham toat, xayr ibodat.
Mastura qizlarga tolib yigitlar,
Siz bizga keraksiz, keraksiz albat!
Go'zal Ahliddin qizi
-
Kalomida Qur'on, iymon, halovat,
Halimlik ham toat, xayr ibodat.
Mastura qizlarga tolib yigitlar,
Siz bizga keraksiz, keraksiz albat!
Go'zal Ahliddin qizi
Kalomida Qur'on, iymon, halovat,
Halimlik ham toat, xayr ibodat.
Mastura qizlarga tolib yigitlar,
Siz bizga keraksiz, keraksiz albat!
Go'zal Ahliddin qizi
Bu faqat idealda, afsuski ko'pincha diyonat qolib, kim qaysi jihatlari "kerak" bo'lib qoladi, afsus...
Gap qizlarimizga ham yigitlarimizga ham bab-barobar tegishli.
T.
Tuxtamasdan so'zlading zebo, sano,
Qalbi-da zebo deya, sevdim mano,
Lek haqiqat ochilib dunbolida,
Hasratimdin yondimu - kuydim mano.
2009-10-25
Demak: O
-
Osongina hukm ila qilmang xato,
Niyatga yarasha har ish bo'lgay ravo.
Muslimani qilib orzu yurmang bekor,
Duo qiling, ijobatin bergay Xudo!
Go'zal Ahliddin qizi
-
Osongina hukm ila qilmang xato,
Niyatga yarasha har ish bo'lgay ravo.
Muslimani qilib orzu yurmang bekor,
Duo qiling, ijobatin bergay Xudo!
Go'zal Ahliddin qizi
Oqilona so'z yozilmish, vale ammo,
Duolar va harakatda yo'q muammo,
Balki duom qabulmasdir? Bu muammo?
O da boshlab o da yakun qildim ammo!
:)
Demak : O
ps. Mulohazalara uchun Off-topic ga qaralsin.
-
Olmoq kerak birodarning nasihatin,
Bu haqiqiy mo'minlikdan bir nishona.
Zohir emas, bizda muhim erur botin,
Dunyo uzra boradurmiz u jahona!
Go'zal Ahliddin qizi
-
Aytgan so'zim Sizga og'ir botmasin hech,
Kuyingandan aytdim, aslo kuygandanmas.
Urhbu yo'lda yaxshi ishni qilmasdan kech,
Chin tolib-u, matlubiga qiling havas.
Go'zal Ahliddin qizi
-
InshoALLOH, afzalini bersin Rabbim,
Islomiy ishq saroyida posbon bo'ling.
Bu ishq yo'li oson bo'lmas, lek tilagim:
Shunday tuyg'u talabida sobit turing!
Go'zal Ahliddin qizi
-
InshoALLOH, afzalini bersin Rabbim,
Islomiy ishq saroyida posbon bo'ling.
Bu ishq yo'li oson bo'lmas, lek tilagim:
Shunday tuyg'u talabida sobit turing!
Go'zal Ahliddin qizi
Gulshan ichra tursa rayhon xush tarovat tarqatib,
She'r ichinda ko'pni hayron aylagay bul bahrubayt,
Bahrubayt bo'yin tuyib kelg'ay pari* xandon otib,
Xush bo'lur bundin yeru ko'k, to'gu cho'l, ham bahru bayt.. :)
==================
* Ilhom parisi nazarda tutilmoqda.. :)
-
Toki do'stlar davrasinda she'riyat mahsuli bu,
Ayting bormi ash'or uchun xushki bundan o'zga payt,
Bayt go'zal, misra go'zal, o'zbekchadur - o'zgadur
So'z o'yuni qalbga yoqar, dilni tortar baxru bayt
P.s. Siznikiga juda o'xshatolmagan bo'lsam-da, harakat qildim :-)
-
Tilim ojiz, javob mavhum, bu satrlar o'qiganda,
Ne dey endi deya ilhom parisi ham zo'r hayratda.
Shu on qalbim tubi aro otildi ushbu tug'yon:
Go'zal, charchama zikrdan, so'zingda bo'lsin iymon!
Go'zal Ahliddin qizi
-
"Аечун қисматимда бунча имтиҳон?
Ае сабаб тссиқдан иборат умрим?
Қайда ибтидо-ю, қайда интиҳо?
Қай вақт сабр косаси бслар скан лим?"...
Тунги сукунатдан толиққан хаёл,
Мудраган юракдан ссрайди тсзим...
Қалб-чи ёлғизликдан топиб минг завол,
Тақдир ксзларига термулмоқда жим...
Қачон бошқалардек одам бсламан,
Кимгадир керакли айларми ҳаёт?
Аки шу дард билан снди сламан,
Ғамларим чақирар сканми мамот...
Тунги рутубатдан сиқилиб кетиб,
Кейин қслин силтаб бари-барига,
Бемажол танамни ғафлатга отиб
А уҳим сингиб кетди зулмат қаърига...
(c) 2009...
-
Aslida bu zulmat nur ibtidosi,
Javobsiz savollar ham shundan dalolat.
Balki Siz Allohning suygan bandasi,
G'amli damlarizda U eslar shoyad?!
Oh nega qiynaldim deya og'rinib,
Qalb ko'zin Taqdirga tikmang bemajol.
Yaxshisi tavakkul qiling sig'inib,
Yolg'iz Parvardigordan Siz so'rang nurli hol..
Go'zal Ahliddin qizi
-
Aslida bu zulmat nur ibtidosi,
Javobsiz savollar ham shundan dalolat.
Balki Siz Allohning suygan bandasi,
G'amli damlarizda U eslar shoyad?!
Oh nega qiynaldim deya og'rinib,
Qalb ko'zin Taqdirga tikmang bemajol.
Yaxshisi tavakkul qiling sig'inib,
Yolg'iz Parvardigordan Siz so'rang nurli hol..
Go'zal Ahliddin qizi
L.
Laqabing buyukdir, isming baxtiyor,
Sening g'am chekishga hech haqqing yo'qdir,
Toleing yor bo'lsin, bo'lsin Egam yor,
Robbimga iltijo. Duo bu o'qdir!
Sen mard o'g'londursan, chekinolmassan,
Seni yurting eling kutmoqda har dam,
Qo'lingni siltab Sen ketaolmassan,
Robbingga iltijo qilgin Sen mudom!
Robbimdir ochuvchi yopiq eshikni,
Butun borliq Uning emasmi axir?!
Qilur Senga tortiq oltin beshikni,
Robbingga iltijo qil yig'lab taxir,
Demak: R
Davom ettirsa bo'lardiyu, vaqt muammoda.. :)
ps1
Mas'ud, Sizning misralaringiz nuqul Meni so'zlaganiga hayronman, chunki Men Sizni hayotda, juda baxtli deb tasavvur qilamanda.
Yana ham kim biladi, hamma qaysidir tarzda doim imtihonda bo'lishi ham bor... Ilohim hammamizning mushkilllarimizga yechim ato etsin, ameen!
ps2. Robiya, misralaringiz ajoyib, faqat sal bug'in va qofiyasiga ko'proq etibor bersangiz, bundanda go'zalroq chiqadi (O'zi eplamagan ishini, boshqalardan so'rashiga misol, bu tavsiya :) ).
-
А афиқо, менга бир дам дсстлиғ расмини изҳор ст,
Ки мен бордим сзимдин, ёр агар келса, хабардор ст.
Қачон ишқ аҳлини слтурмоғини ихтиёр стсанг,
Жафо тиғи билан аввал мени(нг) бағримни афгор ст.
Ҳақорат бирла, сй соқий, боқар майхона аҳлиға,
Суниб бир жоми май зоҳидни анда нақши девор ст.
Менинг ҳолимға йиғлар дашту саҳроларда ваҳшилар,
Агар ксйига борсанг, сй сабо, ёримға изҳор ст.
Арур пийри муғондин бу башорат, тургил сй, соқий,
Лабо-лаб жом ила зоҳидни даъвосини бекор ст.
Қадинг раъно ниҳоли сарвдур, жоно, хиром айлаб
Чаман гулгаштида товусқа сен таълими рафтор ст.
Юмулмас ксзларим, сй моҳи тобон, иштиёқингдин
Чиқиб ер остидин муштоқларға арзи дийдор ст.
Зулайхо муштаридур ганж гавҳар бирла васлиға,
Жаҳон аҳлин Юсуфдек жамолингға харидор ст.
Гули савсан очилди, бенаволиқ қилма, сй булбул,
Чаманда Аодира ашъори бирла нолау зор ст.
-
Tilarman vaslini tinmay necha yillar yurib sarson,
Borib ayting O'shal yorga judoliqdek balo bo'lmas.
Manam Mashrab kecha kunduz firoq dardida yig'larman.
Magar mashuq yuzin ko'rmoq bu dunyoda ravo bolmas.
-
Сенсиз ҳам баҳорни кутиб олдим шод,
Завқ берар ранго-ранг ксклам гуллари.
Махзун ишқ чечагин стмай қсйдим ёд,
Умр чаманзорин кезган кунларим.
Сенсиз туйғуларим ҳали слмади,
Аки сз жонимга қилмадим-ку қасд.
Сабр косаси ҳам ҳали тслмади,
А ичиб бир он-да бслмадим сармаст.
Сенсиз, сйловдимки, сшашим мушкул,
Дегандим қслим ҳам бормайди ишга.
Ҳаёт мажбур қилиб қссркан буткул,
Дардни дардсизликка алмаштиришга.
Сенсиз қадам босиш секин сргандим,
Тетапос қилган гсдак сингари.
Юрдим... йиқилдим, сснг тик туриб қолдим.
Анди қалбим мағрур, қайғудан нари.
Сенсиз бахтлиликка бслдим даъвогар,
Алвориб ссрмадим ортга қайтишни.
Чслдек қақраб ётган қонсиз юракка,
Меҳрга йсғрилган бир ссз айтишни.
Ҳаёт тугамаган ғалат фалсафа,
Аолимам, скан, - деб — бевафо дунё.
Ишқсиз кун кечириш мушкул-ку, лекин,
Алғиз сшашда ҳам бор скан маъно!
(с) Алғизлик фалсафаси...
ps1
Mas'ud, Sizning misralaringiz nuqul Meni so'zlaganiga hayronman, chunki Men Sizni hayotda, juda baxtli deb tasavvur qilamanda.
Yana ham kim biladi, hamma qaysidir tarzda doim imtihonda bo'lishi ham bor... Ilohim hammamizning mushkilllarimizga yechim ato etsin, ameen!
P.S. Misralarim Sizga xush kelayotganidan xursandman... Ularning mavzusiga kelsak...bilmadim, shunday ruxdagi she'rlarni yozishni yaxshi ko'rishimdandir... Aslida esa, hayotda Allohga shukr, baxtli insonman...:-)... Nasib qilsa, yuz ko'rishib, suhbatlasharmiz ham... O'shanda bunga, inshaallah, amin bo'lasiz...
Shunchaki, o'quvchilar ruhiyatidan kelib chiqib yozaman ko'proq... :-)... Ko'p insonlar bilan gaplashman... ularning ruhiy kechinmalarini o'z tilimda ifodalashga harakat qilaman...
-
:as:
Oshiq kishi dunyo ishidan fard bo'lgay,
Har ikki jahondan kechar-u, mard bo'lgay.
Dil misli alanga-yu, dami sard bo'lgay,
Oyoq uchidan boshi qadar dard bo'lgay!
F. Attor
-
Yolg'on tegrangda turar.
Go'yo kuylab qasida.
Neki razolat ko'rar.
O'rganar norasida.
So'ng ko'rarsan ming fujur.
Ko'zingning qorasida.
Bobolardan qolmishdir.
Pand-o'git borasida.
Noningni halollab yur.
Odamlar orasida!
Mahmud Asror
-
Avvalda vafo qildi tutib jomi visol,
Mast etdiyu, hajr aro so'ng otdi u hilol.
Har ikki ko'zim yoshga, dil otashga to'la,
Tuproq kabi jonim yo'lida bo'ldi uvol...
Hofiz Sheroziy
-
Лола териб берса менга
Атаклаб баҳор,
Қанча ёзсанг оз, деб турса,
Аз деб турса Май,
Бслурми ёзмай?!
Гарчи баҳор кайта келур,
Май қайта келур.
Янги қсшиқ олиб, снги —
Куй айта келур,
Қанча бахор ксрган бслсам
Мен шу ёшгача,
Ҳар йил баҳор бошқачадир,
Биз ҳам бошқача!
Май — баҳор қизининг
Ўн саккиз ёши,
Унинг ажиб нозу
Адолари бор.
Бошида гулчамбар
Лорлоқ қуёши,
Чаманда булбули
Шайдолари бор.
May she'ri. Erkin Vohidov.
1962 .
-
Tiriklik bir aziz ne’matdir azal,
O’tkarmoq joizdir pokiza, go’zal,
Nasimlar navodir, yaproqlar — g’azal,
Balog’at bazmida sharob na kerak?
Siymu zar havosi ranglaringdadir,
Ne hasrat tomog’ing, tanglayingdadir?
Ey inson, hisobing manglayingdadir,
Bunchalar hisobu kitob na kerak?
Sirojiddin Sayyid
-
Кимнидир сйлайман. Хаёллар тубсиз
Жарликлар уммонин силсиласида,
Тинмай чарх уради излаб тоғлардан,
Тополмай ноумид берар акс садо.
Кимгадир юракдан ёзилиб, қувнаб,
Суҳбат қурмоқликни насиб стсайди.
Сснг майли, руҳимни айириб тандан,
Мангу оламга-да олиб кетсайди.
Кимдандир умидвор бу қалбга наҳот,
Топилмас заррача юпанч каломи?
Ўтинч бслолмасми тоабад менга
Беғубор кснгиллар алик-саломи?
Кимнингдир юраги балки менингдек,
Бир оғиз ширин ссз, суҳбатга зордир.
Бир зум бир нуқтадан ксз олмай,жимжит,
Мени ҳам сйлаган инсонлар бордир.
Мен уни кутганман, ҳамон кутаман,
Қанча умрим бслса шунча чидагум.
Ҳаётим ссқмоғин дадил стаман,
А озини айтгунча мурғак юрагим.
(c)
-
Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik"¦
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing -
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Muhammad yusuf
-
:as:
Tangridan so'rang, albat bergusidur,
Uchratganda dil tug'yon urgusidur.
Siz uni avaylang, bo'ling vafodor,
U ham Sizga sodiq yor bo'lgusidur.
Go'zal Ahliddin qizi
-
Тун...
бунда рутубат...
Атроф зим-зиё,
кскда булут тссган ой-юлдуз йироқ..
Бир кичик умидни стади рсё
узоқдан милтираб бир ажиб чироқ....
У — дилим севинчи, меҳр қуёши,
кснглим ҳам у сабаб топади тиним...
У дардли оламнинг мунгли ксз ёши,
ва сирли оламим: сиртим, ботиним...
Ҳаётим чиқмоқда зулматни енгиб,
ғалати хислардан порлайди ксзим.
Мангу осмонларни нурафшон стиб,
Бсл менинг порлаган ёрқин юлдузим...
(c)
-
Ming bir isming ming bir xislat ayoni,
Qur’on ichra yozilmishdir bayoni,
E’tiqodu imon. ixlos, hayoni
Shior qildim, adashtirma O’zingdan.
Shahriniso Ergasheva Abdug’ani qizi
-
Ne-ne tuzumni ko'rdik,
Parokandasi chiqqan,
Eng aqlli zotlarin
Zulmat qa'riga tiqqan,
Zolimlar ham oxiri
Bu zulmdan toliqqan
Ahvolida dunyoga
Hayqirganmiz: "Oh naxot
"Inson uchun yo'q erur
Islomdan boshqa najot?!"
Mahmud Asror
-
To'rt yuz yildin keyin chiqib, ummat bo'lg'ay,
Necha yillar yurub, xalqqa yo'l ko'rguzgay,
O'n to'rt ming mujtahidlar xizmat qilg'ay,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Arsh ustida namoz o'qub, tizzam buktum,
Rozi aytib, Haqqa boqib yoshim to'ktum,
Yolg'on oshiq, yolg'on so'fi ko'rdim so'ktum,
Ul sababdin oltmish uchda kirdim yerga.
Xoja Ahmad Yassaviy
-
Ayriliq, rashk, riyo sevgining yo‘li,
Men faqat vafoni bildim muqaddas.
Mening qo‘shiqlarim bitta oshiqni
Vafo saroyiga boshlay olsa, bas!
Shukrullo
-
Сени сслайман-у, хсрсинаман жим,
Қалбимда куз фасли ҳукм суради.
Ҳаётдан зериккан хассос юрагим,
Билмайман қайдан куч олиб уради.
Умид юлдузларим милтирар слас,
Юзим-чи, хазон барг каби заъфарон.
Сен билган мен снди асло мен смас,
Сен билган кошона кснгил ҳам вайрон.
Ўзимни бахтиёр ксрсатиб, кулиб,
Тушкунлик хиссидан қочсам-да йироқ.
Дил аёзда қолган гул каби сслиб,
Қиш томон тобора бслар сқинроқ...
Кснглим жуда совиб кетади баъзан,
Шунда мен аламим майдан оламан...
Гар шароб тугаса, билмайман ҳолим,
Менимча, совуқдан музлаб қоламан...
Кетаман мангуга... исинмоқ учун
(c)
-
Nechukki donishim yo'q omiydurman.
Jiydaning mevasining xomidurman.
Buzuq bo'lsa so'zimni so'kmangizlar,
Yuzumdin obi xijlat to'kmangizlar.
Xato bo'lsa so'zimni o'tkazinglar,
Negaki omiyman ma'zur tutinglar.
Huvaydo
-
Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
H.Hamidov
-
Ибодат бор сди, у стгай давом,
Қирқ билан ёпмасмиз бу уйнинг томин.
Бизни тинглаганга ҳамиша салом,
Яна ксришгунча соғ бслинг! Омин!
A.Oripov.
-
Nima qilsam, Oyni boshqa yig‘latmaysiz.
Nima qilsam, tinch qo‘yasiz osmonlarni?
Nima qilsam, yulduzlarga tosh otmaysiz,
Nima qilsam, o‘ldirmaysiz jayronlarni?
Birga Haqning ayvoniga boradi, deb,
Qaldirg‘ochlar qo‘llarimdan tutib olgan.
Hech bo‘lmasa, panoh so‘rab beradi, deb,
Oyog‘imga kiyikchalar yotib olgan...
Yomonlarga pastlagim yo‘q, asli, lekin,
Giyohlarning nomlaridan qo‘l so‘rayman.
Hali kechmas, hali yana sevish mumkin,
Men gullarning ko‘ngli uchun yo‘l so‘rayman.
Nurga qayting — ro‘yolarni ketkazasiz,
Yeru ko‘kning tinchi uchun boshlandi jang.
Bu ketishda umringizni yutqazasiz,
O‘zingizga shafqat qiling — Oyga tegmang.
-
Go'zal hulqni sen o'rgan go'zal Rasulullohdan
Rizqing kutgin sen faqat Buyuk Buyuk Allohdan.
Shukr ayla Rabbingga, bersa senga bir burda non.
So'rasa gar Rabbing tayyor bo'l bermoqqa jon!
(kamina)
-
N omingiz o'chirdiku xiyonatiz dilimdan,
O rzularimiz qiynab tinmay so'roqlar meni.
S evgimiz bir tomonda o'ksib-o'ksib yig'laydi,
T anho qolgan yuragim faqat sizni so'raydi.
R ahmingiz kelmadi-a?g'arib bir sevgilizga?
A rmonim bo'ling mayli yetolmay vaslingizga...
-
aldab ketar hayosi qursin ,
pinhon yashar riyosi qursin ,
ikki kunlik dunyosi qursin ,
Fikr qilgim keldi o'limni
Hayrulla Hamidov .
-
"Аллоҳ бир", деб тавҳид учун йиғламас,
Анг ҳақиқат йслни кснгли хоҳламас,
А Али, деб ширк келтирар ҳар нафас
Лайғамбарин танимайин ссганлар?!
-
Rabbim, o’zingsan sarvari olam,
Senga sajda etay, yetsin bu nolam,
Sig’ingum men senga kiprikda jolam,
Umiddan ayirma hech bir bandangni.
Haqni nohaqlikka burgan beimon,
Uning bu dunyoda turmog’i gumon.
Hatto u dunyoda qolmaydi omon,
Umiddan ayirma hech bir bandangni.
So’fi Olloyorni Jo’shqin o’qigil,
Uning ta’rifiga qo’shiq to’qigil.
Umiddan ayirma hech bir bandangni
MAHMUD JO'SHQIN
-
Iloho, lutf qil, man mubtalog'a,
Tushubdurman biyoboni balog'a.
Yotibman yuz tuban isig'da suvsob,
Kishi yo'qdur tomizg'ay qatrayi ob.
Qurib qonim, yetibdur labga jonim,
Tushubdur yerga og'zimdin zabonim.
So'fi Allohyor
-
Men kimman? Asli bir nodon...
Demoqqa uyalgum asli bir inson...
Umar Hayyom bermish mendekka bir nom
Na chin kofiru na chin musulmon.
(kamina)
-
Nahot orzuyima yetmay ko‘yida xonumon kuysa,
Nahot Shirin kabi yorim demas: "Kel munda, Farhodim".
Taajjub etmangiz gar bunda jonim tez chiqar bo‘lsa,
Ne tong, novaklari-la dilni teshkan o‘lsa jallodim
Shokirbek akamizni ijodlaridan...
-
Kel e ko'ngil, jahon savdosidin kech,
Qadam g'am kishvarig'a urmag'il hech.
Jasad qolmasdin ilgari nafasdin,
Havo ko'b qilmag'il, kechgil havasdin.
Dari tavba ochuqda ista maqsud,
Ish o'tkan so'ng pushaymondin nechuk sud.
So'fi Allohyor
-
Na dardu na shodligi bor uning
Ko'zlarida tomchi malhami bor uning.
Mayli na boyligu-shafkati bor uning
Lek IYMONU, go'zal LAFZI BOR UNING (c)
P.S. qopiyayam qopiya bo'p ketti uzrrrrrrrrrrr
-
Gunohim ko'p men ham bir banda,
Ammo quyosh sharqqa botganda,
Qiyomatning tongi otganda,
Ummatim deng yo Rosululloh.
Mahmud Asror
-
Hofizi-qorilar, olimlar ko'pdir
Ularni deb ilmu toliblar ko'pdir...
Asl muallim siz yo Rasululloh!
Jonim fido sizga yo Habibulloh (c)
-
Ҳикмат айтай санга дсстим қулоқ сол,
Ҳақни севсанг бу сабоқдан ибрат ол!
Чун агар айбингни айтса бир тараф,
Ат қабул, инсонлигингга бу шараф.
-
Faqat ko'rinsada dunyo "qora"mas,
Senga tuyilsada u faqat "oq"mas.
Ko'ra olsang turli ranglarni do'stim
Hayot aslida qiyin tuyilmas.
kaminai "rosa" kamtarin :D
-
Savob ishni har kun qilaylik,
Oxiratni doim yodda tutaylik.
Biron ishni qilishdan avval,
Oxirini o'ylab, bilib qilaylik.
-
Keksaygan chog’imda talaba men ham.
Ilmda zabardast, sara-mumtozlar
Sabog’I dillarga bo’lmoqda malham.
O’rganay kaloming, madad ber O’zing,
Yo Rabbim, yolvoray O’zingga har on.
Ko’zlarimga surtay har nurli so’zing,
Dilimga jo bo’lsin muqaddas Qur’on.
To’lqin Lutfullayev, Mehnat faxriysi
-
Namozla ko'ngil xushnud bo'ladi,
Chin ixlos bilan o'qisak albat.
Qiyomatda javobi qiyin bo'ladi,
Uni o'qimay beparvo bo'lsak.
-
Men sog'indim bolalikni...
G'amsiz kunlarim, shodonlikni,
Ko'cha to'la beboshlikni
Quvnoq damlarim, sho'xlikni. (c)
-
Ishq yo'lida aslo bo'lma xomtama,
Qo'rqinchlidir har dahasi xo'p xatar.
Daryo istab lablaringni qimtama,
Ishqdan olis sahro bormi birodar.
-
"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar
-
Rosululloh dedilar:
O'qinglar ko'p Haq kalomini!
Qorong'u go'r bo'lur ravshan,
Bilur anda savobini.
-
Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.
Ko’nglum qottig’, tilim achchig’, o’zum zolim,
Qur’on o’qub amal qilmay, yolg’on olim,
G’arib jonim sarf aylayin, yo’qtur molim,
Haqdin qo’rqub, o’tga tushmay, pishtim mano.
Oltmish uchga yoshim yetti, o’ttum g’ofil,
Haq amrini mahkam tutmay, o’zum johil,
Ro’za, namoz qazo qilib, bo’ldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.
Vo darig’o, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton g’olib, jon berarda shoshtim mano.
A. Yassaviy
-
YASSAVIYONA
Oshiq bo'lib Haq dardida bo'zlolmadim,
Yaratgandan oliy maqom ko'zlolmadim,
Haqni ko'rib, ammo haqni so'zlolmadim.
Dargohida Rahmon rahm qilsin meni. (c)
-
Mavzu ancha to'xtab qolibdiku, biz xam bir aralashib ko'raylikchi
demak I dan boshlarkanmizda
I slomga yetkazding nurga yetkazding
Y o'limdan chang g'ubor barin ketkazding
M ana deb Kalomi Sharif tutqazding
O llohim iymonla qaytish nasib et
N omingni ixlosla aytish nasib et
-
Tinmagay shayton deb: tinmasdan sayra!
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra...
Kurashni o'rgating, Abu Hurayra
Ko'rgim kelayotir sizni tushimda!
X.Hamidov
-
Zotingdin erur bari uqulu malakut,
Vasfingdin o'lub bori xayolu jabarut,
Man xud na kishiki, hamdingga til ochsam,
Loyiqkim ani demakda o'lsam mabhut.
Huvaydo
-
Assalamu alaykum.
Tavba qil, ketmagil iymonsiz
Shukr qil! qolmading darmonsiz.
Faqat o'ylasang bu dunyoni
Ertaga qolmassan armonsiz
-
Lol qoladi voha baxshisi,
Xor o'ladi jami qarshisi!
Aybingizni izlang yaxshisi
Qur'ondan ayb izlab o'tirmang!
X.Hamidov
-
! bilan boshlanadiga she'r yozamizmi birodar :) :D ;D
Yo'q birodar siz "g" ga yozavering...
-
Iloho, e'tiqodi pok birlan,
Mani og'ishta qilg'il, xok birlan.
Dilim sodiq tilimg'a bo'ldi qoyil,
Bu so'zdin qilmag'il, bir zarra moyil.
So'fi Allohyor
-
Labingiz gezarmas vo ajab aslo
Qabr azobining tasvirlariga,
Bir soniya bo‘lsin oxirat demay,
Tayyorsiz dunyoning tahqirlariga...
"Birinchi blog"da kutilayotgan mehmon :)
-
Agarchi bo'lsa sanda ahlu farzand,
Yaratibdur alarni ham Xudovand.
O'zi qildi alarni jism ila jon,
Berur albatta jon bergan Xudo non.
Aziz jon chiqmasa qoliblaridan,
Kamaymas ne'mati Haq lablaridan.
Sanog'lig' umring to jon tuganmas,
Yaqin bilgil, og'izdin non tuganmas.
Agar daryo tubida bo'lsa joying,
Bahona birla yetkurgay Xudoying.
So'fi Allohyor
-
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq —
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muhammad Yusufning "Lolaqizg'aldoq" she'rlari.
Shavkat Rahmon xotirasi uchun yozgan ekanlar...
-
Go'zal
Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: "Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."
Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,
Ul-da aytadirki: "Qizil yong'oqqa
Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.
Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."
Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.
Aytadir: "Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."
Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,
Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir: "Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.
Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,
Oydan-da go'zaldir"¦ mendan-da go'zal!.."
Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub"¦ men suyub"¦ kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"
Cho'lpon
Bu mening eng eng sevimli she'rim....
-
Assalamu alaykum!
***
Laxta bo'ldi pora yurak,
Ishqsizlikdan og'rindim.
Yig'lar hatto duo, tilak:
"Go'zal*, Seni sog'indim.!
Bu sog'inchda dilim giryon,
Kutdim Seni har mahal.
Men Mumtoz-u, Sen Shoxjahon,
Qurib bergin Tojmahal...
Toki g'amgin bu yurak,
Quvonch-la bo'lsin masrur.
Menga faqat shu kerak,
Boqiyga borimda tur..!
* - Alloh azza va jalla
Robiya
-
Rasululloh dedi: - Umid qil, banda,
Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.
Nopok odamlarga kuning qolganda,
Bilginki, o‘sha kun kelgay QiyomaT
-
Tor ko`nggillik beklar manman demang kenglik qiling
92 bovlik o`zbek yurtidir tenglik qiling
-
Gahi bo'ldum faqiru, gohi shohu, gah gadodurman,
Ajab devonaman, fardoki mahshargohg'a sig'mamdur.
Maqomi hayrat ichra gohi xudman, gohi bexudman,
Junun bozorida mastmanki, istig'nog'a sig'mamdur.
Boborahim Mashrab
-
Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.
Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.
Alisher Navoiy
-
Shamol soching tarasa seni
Atrofinda o`rasa seni
Hatto yuzin silasa seni
Shamollarga rashqim keladur
-
Rizq uchun yolg’on-yashiq so’z ishlatib,
Ba’zioda bir pul uchun boshim qotib,
Do’ppayib turgan shu tuproq pastida,
Men yotibdurman oyoqlar ostida.
Kelmadi yillar ko’zimning ravshani,
Ya’ni, ul farzandi dilbandlar qani?
Bu makonim ustiga bir yo’l qara,
Bormi, ayt, hatto yog’ochdan panjarA
-
Aslida qalbimni cheritgan tori o'zing,
Xasta yuragimni etgan zor o'zing,
Dunyoda yagona, tengsiz yor o'zing,
Men seni sevaman, sevaveraman
-
Navoiy satriga termulib yurib,
Tuydim jamolini bu ko`hna elim,
Keyin sen izlading tushimga kirib,
Keyin o`zim izlab yoningga keldim
-
Men seni sevardim g'uncha labida,
o'pichdek titragan lablar misoli...
I
-
Ibodat-la kechdi har oni,
Alloh nomi tushmay tilidan.
Varaqaning ojiz armoni
Qutlug’ yupanch bo’ldi dilida. ( Abdul Jalil )
-
...Alloh bergan siru sinoat
Yuraklarga chirmashsa asta.
Deylik,Robbim, Senga barcha hamd,
Faqat qalbim qilmagin hasta...
-
Assalamu alaykum!
Asra bizni nohaq gumondan,
Ayirmagin komil iymondan.
Duo-ibodatda qoim qilgin-u,
Halovatni darig' tutma bir ondan.
-
:vslm:
Nafasimiz ziyoratgohdir,
Allohga o`z sirrini aytsa.
Hush`usiga amallar jodir,
Ibodatga tizginin tutsa
-
Alhol, inson unutdi buni,
Amal bor-u, maqtovga mahtal.
Haqdan o'zga eshitib sirni,
Bahona ko'p ibodat mahal.
-
Lol qoldirma dunyo ishiga,
Hayratimga Ilmingni tutgil.
Qol holimga kulgan kishiga
Ishqing ravo ko`r,darmon etgil.
(камина)
-
Lo makonda jamoling ko'rsat,
Habibingga oshno qil bunda.
O'tayotgan har lahza, fursat,
Bizni eltar boqiy dunyoga..
-
aytsam tilim aytmasam dilim ,
kuyar jonim oh men netay ,
yolg'iz Allohga ayon sirim ,
sizni sevolmasam netay .
(she'r muallifini bilmiman )
-
Necha ming musulmon tunu kun uyg‘oq,
Ka’ba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni o‘pmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.
(Abdulla Oripov)
-
А асулуллох сгити биродарим қулоқ сол
Хар бир гапда маъно бор сқиб ксриб ибрат ол
Аеки булса барчаси суннат срур бизларга
Амал қилсанг натижа охиратда бслур бол
Дунёнинг фитнасидан узоқ бслиш бурчимиз
Биродарлар мсъминмиз биргаликда кучимиз
Мсмин мсминга ойна сканлигин ссда тут
Сиртда булсин намоён нима булса ичимиз
Гурухдарга ажралиш секталарга бслиниш
Мсминларнинг кучини шундай қилиб бслармиш
"œБслиб ташла — хукм сур" ғарбнинг шиори шундай
Бслиб юрсак кучларимиз, шу хам булурми иш
Аллохнинг саломини дунёга тарқатишлик
Бурчимиздир гар билсанг илм олиш, сқишлик
Ибодатни мукаммал бажаришла иш битмас
Силлаи рахм, хуш феъллик сна қилгин схшилик
А асулиллох силаган етимларнинг бошини
Етимпарварни Аллох жаннат қилгай ошини
Қсшниларнинг хаққини унутмайлик сй дсстлар
Яхши гапла душманнинг пахта қилгин тошини
Қалб тубидан чиққувчи ссзинг бслсин зикруллоҳ
Бошлар саждада бслсин, сзи бергувчи паноҳ
Аафсга қарши жиходга отланайлик сй дсстлар
Муродимиз васлингдир, етказгин сзинг Аллоҳ
-
Hu,deyishdi oshiq ahli samosidan izlang zor,
Hu demoqda tariq yo`li,vafosiga Ozi yor,
Ey mushtoqlar,me`roj ochiq,urujlardan ko`zlang dor,
Hammamizdan kutilajak amalga qo`ying qadam.
(камина)
-
Мажнун каби ишқ куйида сртанурман шу замон,
Шосд слсам, мазах қилиб, менда кулар кср шайтон.
Чарх-фалак назарида фил ҳам пашша баробар,
Армак дес пашшага ҳам берма озор сй инсон
Махтумқули
-
Nolon kezib bu gardunda izlayman dardga malham,
Izlaganim sari bunda kuchayar dilda yaram.
So'rdim butun tabiblardan davo bormu dardimga,
Dedi oshiqqa shu dardni davo qilgandir Egam..
Bu nechuk davodir meni o'tda kuydirsa, g'amnok,
Nafs visolga intiq bunda sabrni yengib shakkok.
E voh, mahbubim gunohga asiralar bo'ldim-ku,
Senga bo'lgan muhabbatim qilmoqda meni halok..
Tabib der ey majnun oshiq, dardga davo izlama,
Yoring vaslini istab tunlar bedor bo'zlama.
MAHBUBing jamolini ko'rsatga nogahon,
Qoniqmay o'zga mahbublar visolini ko'zlama... (c)
-
агар охири "с" бслса:
Садаф бслиб иймонинг, нистинг дурга тслсин,
Кавсар сувидек тиник юрагингга жо бслсин.
Замон ҳарир пардадек ҳол ифорингни туйса,
А айҳон ифорин туйган қушим субҳидам қснсин.(н)
(камина)
-
Ишқ асли ҳаётнинг безавол офтоби,
Ишқ асли кснгилнинг покиза меҳроби.
Ғов ксрдими, бас, нолани бошлар булбул,
Ошиққа писанд смас бало гирдоби!
Umar Hayyom
-
БАХА У БАЙТ-байтлар денгизига шснғиш сди,шекилли. :)
Аоутбукка етишадиган тана- вужудингиз қувонсин снди :D
(т)Тутсанг сочини тун бемажоз пайдо бслар,
Очсанг уни нақ чангали боз пайдо бслар.
Соч сримини бир-биридан қилса жудо,
Атак-стак мушки Тароз пайдо бслар.(р)
Абу Абдуллох А удакий
-
А ашкли қалбим хаста пичирлар:
А оббим,менинг ҳол - аҳволим сср.
А айҳон иси аста таралар...
"Қуръондадир излаганинг,кср" ::)
-
А смолимнинг учидан тортиб,
Аабирачам қулоғим излар.
А айҳон узган қслидан спиб,
дедим: :D"сизга юрагим гизлар"(р)
-
:as:
Zanjirband edi qo`lim,
Qur`on ila yechdim uni.
Alloh deydi qalbim,
InshaAlloh bo`lsin Jannat uyi-m. ::)
-
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
-
Ro'molcham atlas
Sizlarga yoqmas,
Aytingchi qizlar
Mendek yigit,
Kimlarga yoqma-s !!!
(bir ko`zim tushib qolgan edi,shuni qoya qoldim, Xzil qilib) :D :D :D
-
Sevgining qolidan tutgancha mahkam,
Dardli yuragingga sorasang malham.
Shunda qoyajaksan birinchi qadam,
MUHABBAT-KONGILGA HALOVAT, dostim.
-
Mahsharga to'plangach barcha xaloyiq,
Vujud terga botib osilganda til,
Soyangga meni ham aylagin loyiq,
Allohim, sodiqlar bilan birga qil.
Otsiz Chavandoz, www.sodiqlar.biz
-
Lekin bordir mendan sizga bir maslahat,
Maslahatim eslab yuring hamisha, har on.
Sevib hazillashing-u mayli,
Hazillashib sevmang hech qachon!
O'zimizning ijoddan. : )
-
Nastarning tikonlaridir q`org`onidan nishona,
Gulining hush bo`ylariga oshiq bo`lmang, ey og`lon.
Tamalning ishq toshlariga qoqilmay,deb pinxona
sirlarining ko`ylariga shoshib qolmang,ey o`g`lon. (n) :D
-
Nasihat gar eshitsang nosihindin,
Yovumasdur senga hargiz nadomat.
Vale pand olmasang, yuzlangusidur
Sanga har soridin yuz ming malomat.
Kuyarsen nadomat o'ti ichra
Nadomat ahli yanglig' to qiyomat.
Salomat ahlidek olib nasihat,
Salomat bo'l, salomat bo'l, salomat.
Nasihat ganjini o'z lutfi birla
Ubaydiyg'a Xudo qildi karomat.
Ubaydiy
-
To tirik ekansan, odamday yig'lab,
Odamday sevinib, qayg'urib yasha.
Sevdingmi, yoringni dadil qo'ltiqlab
Odamli ko'chadan odiming tashla.
Shuhrat
-
Adab irfon ilmi ichradur sham’
Aql oyinasida chehradur sham`(m)
Anbar Otin
-
Mahbubamdan ayro tushgan kun
Men unutdim kulguni butun
Nada qo'pol na nozik xazil
Kuldirolmas meni endi bil
Mahbubamdan ayro tushgan dam.
Men unitdim yosh to'kmoqni ham,
Yurak to'la ko'z yoshu faryod.
Yig'lolmasman men esa hayxot.
X.Xeyne
-
Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo —
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦
-
Umr daryodek oqar,
Yaqindir qaytmas safar,
Ruh ko'kka parvoz etar,
Kelar ketar bu dunyo.
Dilim bo'lma besabr,
Jonimga qilma jabr,
Borar joyim tor qabr,
Kelar ketar bu dunyo.
-
Orzin yopg'ach ko'zindan
Sochilur xar lahza yosh
O'ylakim paydo bo'lur
Bulbul nihol bo'lg'ach quyosh
p.s. imloviy xatolari bo'lsa oldindan uzur so'rayman
-
Shevam shudir, til buramang,
Aslimga ham ko'p qaramang,
Qayerdansan, deb so'ramang,
Manzilgohim - O'zbekiston!
-
Nechun qulluq qilmay Andijonga men-
Shu yurtda tug'ildim, shu yurtda o'sdim,
Agar do'stim bo'lsa bitta u do'stim-
Nechun qulluq qilmay Andijonga men!..
Muhammad Yusuf.
-
Nedan ranjidingiz, jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
Muhammad Yusuf.
-
:as:
Hazin qalbimizga nusrat Ramazon,
Kunlar ajr, tunlari rahmat Ramazon.
Tavba qilganlarga mag'firat Oyi,
Ham jahannam o'tidan najot Ramazon..
-
:bs1:
:as:
Nusrat bergin Allohim,
Qilgan ishu-amalimizga.
Qo`limiz bo`lsin duoda,
Taqdim etding Ramazonni bizga.
-
Azoblaring dilim tilar sen bilmading
Kulay desam ko'zim yig'lar sen bilmading
Eslamadi bir bor dema go'zalginam
Eslaganim Xudo bilar sen bilmading!
-
Gohida onam ham bilmasa dardim,
Barcha menga boqsa beparvo-yu jim.
Sezdirmay yig'lasa armonli qalbim,
O'zingga yuzlandim,yaratgan Rabbim.
-
Meni men istaganlar suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishini ko'nglim pisand etmas.
Alisher Navoiy.
-
Sening kamon qoshin,
Nozik nihol bo`ying.
Shaxlo ko`zingu,
Tim qora soching.
Bularni kim yaratgan yorim,
Bilgin, U albat Robbin-g
-
Gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar,
Yirtiq-yamoq bo’lsada tobutimga yopinglar.
Ko’rsinlar yig’laganlar, umrim bari hatodir.
Bu dunyoda topganim shu bir parcha matodir.
-
Robbim, do'zax o'tin qil bizdan yiroq,
Ishq otashin dilga sol, shu o'tda yoq.
Bir o'tki, qalbni poklab pirnur qilgay,
Oshiqlarga bobi Jannat ochilgay!
-
:as:
Yana tikilaman nurli osmonga,
Yulduzlar Sendan mujda keltirar deya.
Senga intilaman, birgina Senga,
Ko'zda qon yoshlarni tiya va tiya.
Jamoling soyasi dil ziyolatar,
Nimnazar qilganing katta to'y, bazm.
Bu yoshu yaralar nimaga yarar -
Agar Sen ojizga qilmasang rahm.
Dilda so'zim bisyor, so'zlay olmayman,
Botiniy kitobim bu men uchun BAXT.
Har satr harfini Senga bog'layman,
Undan taralgaydir shodligu farax.
Xojam, xizmatingda turaman mudom,
Amring vojib deya ichganman qasam.
Sensiz o'tgan kunim eng katta xatom,
Osiy qolavergum qilmasang karam.
Tilimni nomingga bog'labon so'zlat,
Va butun umrimda bo'layin sobit.
Ojiz so'zlarimga diqqating qarat,
Senga bag'ishlangan izhorim eshit.
Sening qiyosing yo'q va bo'lmas sira,
Sensan mening tanho Yorim, yagonam.
Sening har bir so'zing go'zal xotira,
Har amring xayrimdir, savob, hasanam.
Munazzahsan, subhon ham erursan pok,
Go'zal maqtovlar ham Senga yarashar.
Seni taniganlar bo'lmagay g'amnok,
Seni ulug'lagay duoda bashar.
30/08/2010
-
Rustamning akasi urushdan qaytdi:
Qo'ltiqtayog'i bor, bir oyog'i yo'q...
Rustam aytib berdi- ataka payti
Tizzasidan olib ketgan emish o'q...
Dadajon, sizga o'q tegmasin hech ham,
Men uchun ham tezroq qayting salomat.
Buvim aytgan-agar men tilak qilsam
Tilagim bo'larmish doim ijobat.
Erkin Vohidov, "Nido" dostonidan
-
Tuzalmaydi dardim mening,
O`lsam kerak.
Tuproq bilan og`a-ini
Bo`lsam kerak.
O`lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O`g`ling qaro yerga ketdi,
Xayr ona"¦
Muxammad Yusuf She'riyatidan.
-
Асли сллик смас, сллик минг ёшинг,
Кечмишинг тарихлар нариёғида.
Тсмарисдек она Кайхисрав бошин
Қон тсла саночга солган чоғида,
Спитомен камон тутиб дастида
Мароқандни сақлаб турганда узоқ,
Авни адаштириб слимдаштида
Кскрак очиб қаҳ-қаҳ урганда Широқ,
Ҳали сзбек смас, лекин оламга
Машҳур сдинг соқу суғд она бслиб.
Искандарни мажруҳ стган камоним —
Ўзбекистоним.
Erkin Vohidov
-
Men sizni sog'indim, sog'inib ketdim,
Sog'inchdan sarg'ayib ketdi yuzlarim.
Xazonlar to'kilgan bog'larda qoldim,
Yomg'irlar to'kmoqda kulgan ko'zlarim.
Men sizni sog'indim, sog'inib ketdim,
Qoroqlarim qotdi marvarid munchoq.
Xayolda bir laxza visolga etdim
Izimdan immilab kelibdi firoq.
Rizayeva Nozima She'ridan
-
44-yil. Sentyabr tongi otdi.
Meni cheksiz quvonch bilan baxt uyg'otdi.
Ko'k jildimda "Alifbe" va bir burda non
Birinchi bor qadam qo'ydim maktab tomon.
O'yinlardan ancha erta to'ygan edim
Kitoblarga barvaqt havas qo'ygan edim.
Yod bilardim alifbening harflarini
O'qir edim informbyuro xabarini.
Erkin Vohidov.
-
Istadim-u, qalbimda g‘am,
Dod-voy soldi tog‘-u, tosh
ham,
Vale aylab ko‘zimni nam,
Yig‘lolmadim, kechir Rabbim.
Xayrulla Hamidov.
-
:as:
Muhtoj bo'lsam, duo qildim,
G'amga to'lsam, karam so'rdim,
Lekin dildan bir bor to'lib,
Yig'lolmadim kechir, Rabbim!
-
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..
Muxammad Yusuf she'ridan
-
Necha jonimg'a sendin dardu g'amdur?!
Magar mehring jafo,lutfung sitamdur.
Muhiblarg'a jafo qilmoq yozuqsiz,
Muhabbat yo'lida bisyor kamdur.
Manga dushvor erur sensiz tirilmak,
Sanga men bo'lmasam,ey jon,na g'amdur?!
Necha jonimg'a tekding va'da birla,
Kechar dunyo,vafo qil,dam bu damdur.
Ko'zung,zulfung bila og'zing g'aminda
Vujudim hosili ayni adamdur.
Gunah qildimki,hajringda tirildim,
Vale mendin gunah,sendin karamdur.
Atoiy ushbu yo'lda xok bo'lsa,
Murodi xo'blardin bir qadamdur.
Otoyi.
-
Ruhim mahzun qalb bo'lsa hasta
yo'qoliblar qolsam ham g'amdan,
joynamozim to'shab jimgina,
najot istay Qodir Egamdan,..
(kimdir )
-
:as:
Nofarmondek gulgun kulib tong,
Quyoshini kuta boshladi.
Xo'rozlar ham urib bunda bong,
Boshqalarni Unga boshladi.
Qushlar jo'rda alqadi Uni,
O't-o'lanlar ularga sherik.
Bedor shamol uyg'otdi bizni,
Deb axir sen U bilan tirik.
Dilda paydo go'zal bir so'zlar,
Bir marjonga tizilib bu dam,
Sajda sari qadaldi ko'zlar,
Savoblarni ko'rmoq-chun baham..
07/09/2010
-
...Men ham bahri bayt yozaman deb...
...Ko'p harakatlar qilib ham ko'rdim...
...Sh'er uncha o'xshamagandan keyin...
...Bo'tta menga joy yo'qligin bildim...
-
Men qachon dedim"Vafo qilg'il manga'' zulm aylading. Sen qachon deding" Fido bo'lg'il manga''bo'ldim sanga.
-
Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Farob avlodidan,
Asli nasli balki O`zluq,
Balki Tarxon, o`zbegim.
-
Mehribon tabassum ko'zim o'ngida,
Uxlasam quloqda allalaringiz.
Har qachon duoim bosh-u so'ngida,
Albatta, siz borsiz, aziz onajon.
Qalbingiz misoli bir ohanrabo,
Yuzingiz ko'kdagi porlagan quyosh.
Ovozingiz mayin, sahargi sabo,
Judayam sog'indim, sizni onajon.
-
Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
Yorug` dunyoda-ku bari qiz go`zal,
Millat tanlamas-ku husn degani,
Nigohim Jayhundan sakrab o`tsa sal,
Qaydan bilay sizga malol kelganin.
Yurtim suluvlari sizga yo`q ta’rif,
Qoshingizda o`sma yursa sirg`alib,
Uzun sochingizni o`rsangiz tarab,
Boqsa degan edim oy ham suqlanib.
Muxammad Yusuf She'ridan
-
Bahtim Yonimdaku,Buni Sezmadim
Hayotdan Nolishni Hech ham Qo'ymadim
Oxiri yiqildim,Azobga To'lib,
Yolg'izim,Bahtimni Olishdi Tortib..
-
Boy ham, kambag’al ham bir kun o’tadi,
Podsho, xizmatkor ham o’tib ketadi.
Bilmaysan qabrda nelar kutadi,
Musulmon birodar, g’aflatda qolma.
-
Anjancham ham o'zimniki,
Jizzaxlarim ko'zimniki,
Kim bo'lsa ham so'zimniki:
Manzilgohim - O'zbekiston!
-
Hech Bo'lmasa dardim Olib ket,
Bu dunyodan Jonim Olib ket,
Sansiz Hayot Yoqku Manga ,
ltimosim Sevgim Olib Ket
-
Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo`q.
Xira shamdek ko`zlarimda
So`nmoqda cho`g`.
Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab,
Kul bo`ladi.
Inson bir kun o`z mayliga
Qul bo`ladi"¦
Muxammad Yusuf
-
Ne balolig' kun edikim mubtalo bo'ldim sanga. Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko'ngil. Vahki kun-kundin battarak mubtalo bo'ldim sanga.
-
Arsh arkida sulton o'zi,
Beaybu benuqson o'zi.
Poyiga cho'k, ul Zuljalol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
-
:as:
Lo makonda manzillari,
Bor ham, yo'q ham erur bari,
Jamoliga bashar mahtal,
Alloh go'zal, Alloh go'zal
-
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.
Alisher Navoiy
-
Ahli dard oldida hargiz og'lamoqning aybi yo'q
Og'lamaymi, necha yaxshi mehribondin ayrilub?
Ko'z yoshim oqmoqdadur kechmish zamonim yod etib,
Kechmish umrim qayta kelmas, ketsa bandin ayrilub.
Vaqt oltindur, bahosiz sotma g'ofil,yotma, tur!
Qayta kelmaz, kimsa ketsa, bu jahondin ayrilub.
Jahon Oyim
-
Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.
Umar Hayyom.
-
Mashrabo, azmi safar qilg'il neki kirdor bo'l,
Bandalikni pesha bil, shab to sahar bedor bo'l,
Oxiratni xavfidin qon yig'lag'il, hushyor bo'l,
Bo'g'I rizvon istasang amri padarg'a yor bo'l,
To otang rozi emas, tavbang qabul bo'lmas sani
-
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Muxammad Yusuf
-
Inson qocha olmas ekan gumrohlikdan,
Kabirayu,ham sagira gunohlikdan..
Hazar qilgin har on yolgon guvohlikdan,
Eritilgan qorgoshinla ursalar haM!!
-
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo`lmas hech qachon"¦
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muxammad Yusuf
-
:as:
Qodirmasman dunyo bermoqqa,
Berolmasman turfa hatto bir gul ham.
Sening bir zum tabassumingga,
Baxshidadir jon hamda tanam.
Qodirmasman tashvish, g'amingni,
Oz bo'lsa-da kamaytirmoqqa.
Lek tilimdan olmay Ismingni,
Tayyordirman duo qilmoqqa.
Qurbim yetmas ehtimol Sen-chun,
Yana ne-ne qahramonliklar.
Ehh bechora yuragim bugun,
Yig'lab faqat Sen uchun urar.
Qodirmasman dunyo bermoqqa,
Lek baxsh qilgum Senga jon tanam..
15/09/2010
-
Maylida kimgadur yoqsa yoqmasa
Ularga qo`shilib yig`lashamidik
Biz bahtli bo`lamiz hudo hohlasa
Hudo hohlamasa uchrasharmidik.
M.Yusuf.
-
:as:
Kun Sening yodingla mazmunli bu dam,
Olis manzillarda sayronda xayol.
Ketib borayapman qalb shodon, beg'am,
Kel tezroq, sog'inching qabul qilib ol.
Shirin so'zlaringga ko'milgan mahal,
Dil sarxush bu nurdan bo'lib ziyo hol.
Qolma bunday uzoq, kelaver Zuhal,
Intiq mehrlaring qabul qilib ol.
Bu dam ko'zlarimda ajib bir tuyg'u,
Porlab ketayapti, yuz qirmizi, ol.
Bilsam zohir bo'lgan bu go'zal kulgu,
Sening tabassuming, qabul qilib ol.
Ko'rish orzu emas, eng oliy maqsad,
Jamoling xayoli tasvirlanar lol.
Iltimos, nazaring olmagin faqat,
Ezgu duolarim qabul qilib ol...
16/09/2010
-
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimg'ayu ul sho'xi badxo' kelmadi.
Alisher Navoiy
-
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.
Umar Hayyom.
-
Mening haqimdagi g`iybatlar yolg`on,
Ixtiyor o`zimda bo`lsa qaniydi.
Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan,
Ichmasam ul zotning ko`ngli ranjiydi.
O`zim boshladimmi, o`zim qilgum bas,
Do`stlarim behuda zavolim izlar,
Agar qirqqa kirmay o`lsam, may emas,
Meni xarob etgan bevafo qizlar!..
Muxammad Yusuf
-
Ravo Ko'rmasman Do'stimga G'amni,
Garchi Pinhonada Sotib Ketsa HAm.
Ko'nglin Tushurmayman Hech Bir Insonni,
Gar U MEnga, Begona Bo'lsa ham..
-
* * *
Мен сени кечирдим. Аслатма снди,
Ўзинг ҳам сслама хижолат бслиб.
Кечаги аламлар лойқаси тинди,
Тскилди ғазабим барглари сслиб.
Ҳамма гуноҳлардан оқлайди меҳнат,
Ҳамма гуноҳкорлар сксиб слмайди.
Баъзан қотилни ҳам оқлайди ҳиммат,
Фақат хиёнатни оқлаб бслмайди.
Ma'ruf Jalil
-
Ишқ офатига тоғ таҳаммул қила олмас,
Ман манки қилурман бу ғаму дардиға тоқат.
Дарду аламу ғуссаки ҳажрида чекарман
Бу меҳнату ғам кимдадур, сй аҳли муҳаббат.
Nodira
-
Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq — topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attang ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Muxammad Yusuf Onajon she'ridan
-
Гарчи ёлғон Ватан сди у, лекин
Улар қабрларда қолдилар, бу рост!
Чархнинг сйинлари бамисли жумбоқ,
Дунё сврилишда кечар бегумон.
Аммо сътиқод ҳам завол топган чоқ
Ааҳот шаҳид руҳи тентир саргардон?
MirPo'lat Mirzo
-
:as:
Na bir suhbat tatir, na bir dasturxon,
Oila bir bor jam bo'lolmas sira.
Erkak mol vahmida kezadi jahon,
Ayol qilar sabr bo'lib sobira.
Fursat yetmay qolar hol so'ramoqqa,
Dunyo ishlariga ko'milib bu dam,
Vaqtimizni ayaymiz bir dam olmoqqa,
Shundan u tuyular ortiq emas, kam..
Yoru do'st aqrabo bir so'zga ilhaq,
Turishar xabar ham qo'ng'iroq kutib.
Bizchi, o'zimizni bilaverib haq,
Yashaymiz tashvishli mehnatni suyib.
Bora bora oila, er, xotin, farzand,
Ro'yxatga qo'shilar sekin bildirmay.
Ming bitta zaharga berib yarim qand,
Asraymiz mulkimiz ko'pin sezdirmay.
Umr o'tib borar shunday "ma'noli",
"Ibrat"ga yo'g'rilgan go'zal oshyonda.
Ishning quli bo'lgan erkak ayoli,
O'ziga gapirib qolar ahyonda:
Menga bu dunyolar nega ham kerak,
Qornim yarim nonu suvdan to'yadi.
Ertaga bolalar otasin beshak,
Suyib kutmas, hurmat qilmay qo'yadi.
Begim, qo'ying dunyo tashvishlarini,
O'zimizga yetar topganlaringiz.
Nima ham qilardik dunyo molini,
Kerakmas, zahmatlar chekkanlaringiz.
-
Зоҳидо, гар десанг ишқ аҳлига расво бслмай,
Демоғил майкада авбошиға ксп чуну чаро.
Бода муштоқига лутф айла, қадаҳ тут, соқий,
Йсқса Жамшидға ҳам айламади жом вафо.
Аодира, жоми муҳаббатни лабо-лаб ичибон
Мастлиқ бирла, қидай ишқ намозини адо.
Nodira
-
Ona, sog'insam ham bora olmayman,
Tunlari charog'on shunday shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan o'tgani ko'kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
Mana, ketayapman tosh yo'lda ko'zim,
Qadamim moshinlar yo'rg'asiga mos.
Yig'lasam yupatib o'zimni o'zim,
Pishqirib qo'yaman toychoqlarga xos.
Va sizni o'ylayman shomu saharda,
Ona, sog'insam ham bora olmasdan.
Tunlari charog'on shunday shaharda
Hech kimga ko'nglimni yora olmasman...
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib.
Baxtimga hamisha Siz sog' bo'ling deb,
Sog'ingan o'g'lingiz - Muhammad Yusuf.
Muhammad Yusuf
-
Fano sayri tugab qil ko’prik bu dam ,
Gunohim ko’p manim qandoq o’taman,
Ey,voh ey sadoyi gunohkor bo’lsam ,
Duogo’y onamni qaydin topaman .
Duogo’yim "¦"¦.onamni men qaydan topaman "¦"¦"¦"¦
Siddiqa tomonidan she'riyat mavzusiga yozilgan she'rdan og'irlandi.
-
Аега сшаспман ёруғ дунёда?
Боболар йслини такрорлашгами?
Отамни чироғи ёнган бинода
Ўзимга меросхср тайёрлашгами?
Ўзгалардан ксра ксп алам чексам,
Баҳам ксрсам фақат шодлигим ошкор.
Ишонч ва садоқат уруғин сксам,
«Сабаби тириклик» смасдир зинҳор.
Ma`ruf Jalil.
-
А ашкдин юз фитна барпо айлади даври фалак
Ксзларим ойинасин ёр олдида ҳайрон ксриб.
Тонг смасдир бслса (бу) муддатда устоди сухан,
Аодира ашъориға таҳсин стар Салмон ксриб.
Nodira
-
Biroq, ko`nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq —
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muxammad yusuf she'riyatidan!
-
Qachondur Sevardin Mani,
Qachondur Birga Edik Doim,
Qachondir Ko'rsang kularding doim,
Endichi Izlarinaga Qoldim termulib,
Endi Yuragimda Qoldi Surating..
UzMuslim..
-
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq —
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muxammad yusuf!
-
Qo`rqaman, ertaga men o`lib ketsam,
Yotar bo`lsam 1qumga botib ko`zlarim,
Ko`nglimni ko`chkiday bosadi bir g`am —
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim"¦
Eng yaqin do`stlarim g`iybatim qilar,
Eng zaif dushmanim ustimdan kular.
Ular-ku, ne qilsa o`zlari bilar,
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim"¦
-
Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq —
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muxammad Yusuf!
-
Qoldim kul ko`rpamda
To`shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko`proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg`on!..
Muxammad Yusuf
-
:as:
Nega bunday ma'yus so'zlaysan inson,
Nolishlar poyiga cho'kaverasan.
Yaxshi bo'lib qolarmi sendagi yomon,
Tinmay ko'z yoshlaring to'kaverasan.
Qara, atrofga boq sarxil ne'matlar,
Gulgun odamlarning yuzida kulgu.
Balki ularda ham bor turli kamlar,
Lek soya solmaydi qalbiga qayg'u.
Shukr qilish uchun sabablar bisyor,
Olgan har nafasing, qaytmas lahzalar.
Afg'on chekish bunda nimaga darkor,
Sening bu holingga kim xursand qarar?!
Shunday ekan, do'stim, qaddingni rostla,
Haq, xalq xizmatida bo'laver qoim.
Ko'ngling faqat yaxshi ishlarga chog'la,
Alloh sen-la bo'lar, qo'llagay doim.
-
Mo‘minlikka da’vo bo‘lmas
benamozlik,
Bir kunga ham ravo bo‘lmas
benamozlik,
Bu dunyo-ku besh mahaldek
o ‘tar - ketar,
Lek qabrda xavo bo‘lmas
benamozlik,
Jazolarga davo bo‘lmas
benamozlik
-
Ko'nglim ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.
Nuqta yanglig'kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o'tining dog'ini ahli vafoda istangiz.
Og'zi shavqidin Navoiy itti, oni istar el,
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.
-
Ziyoda bag’ri kenglikdan, ichimga sig’magay qil ham.
Bu tuproqda sanoqsiz el, bor-u, shavkatli turon yo’q!
Inonsam so’zlariga bu, jahonda qolmagan kofir
Hama elning qo’lida bor, Dilida vohki Qur’on yo’q!
Naq o’ttiz yil qadam qo’ydim, Ajal sori yaqinlashdim,
Dilim ravshanligin ko’rsam, - deyarman bundayin on yo’q!
Hayrulla Hamidov
-
:as:
Қаро кундан дилим тонган, нурдир, тозадир бу ишқ,
Ксзларимда стдай ёнган ердир, фазодир бу ишқ.
Билмам, унинг қсли абад силармикан сочимни —
Балки пешонамга битган бало-қазодир бу ишқ.
Халима Худойбердиева
-
:as:
Қаро қошинг,қалам қошинг,
Қийиқ қайрилма қошинг, қиз.
Қилур қатлимга қасд қайраб —
Қилич қотил қарошинг, қиз.
Қафасда қалб қушин қийнаб,
Қанот қоқмоққа қсймайсан.
Қараб қсйгил қиё,
Қалбимни киздирсин қуёшинг, қиз.
Аркин Вохидов
-
Зоҳидо, ишқу муҳаббат аҳлини маъзур тут,
Ар ксйида на бслди шайх Санъон оқибат.
Баски қон бслди юрогим гавҳари ашк срниға,
Қатра-қатра ксзларимдин томди маржон оқибат.
Оҳким бслди сна субҳи нашотим шоми ғам,
Чеҳра пинҳон стти ул хуршиди тобон оқибат.
Гарчи бор срди мусаххар девлар фармонида,
Лоймоли хайли мср слди Сулаймон оқибат.
Аодира, булбул каби то нола иншо айладим,
Аавбаҳор стти, хазон слди гулистон оқибат.
Аодира
-
Тақдирнинг чигалин ечай олмасам
Кснгилда борини сочай олмасам
Аинки ҳаёлдан кечай олмасам
Аа қилай бир зумга қучай олмасам
Аа қилай азобдан учай олмасам
Хажрингда зор бслиб сгилди қомат
Ошиққа йсқмикан наҳотки омад
Бетобдир бу кснгил чекиб надомад
Аа қилай кснглимни очай олмасам
Аа қилай ишқимдан қочай олмасам
Дардимни тушунмас нега нигорим
Тушунса келмас хеч интиқ гулзорим
Аки синармикан қанча мадорим
Аа қилай ксксимни арчай олмасам
Аа қилай уйқусиз чарчай олмасам
Хар онда хаёлим хар он боримсан
Танҳосан оламда қалбда ёримсан
Жаннатман, дсзахман куйлар торимсан
Аа қилай ишқдан тсн бичай олмасам
Аа қилай сенсиз май ичай олмасам
Боқмасанг оламда ойсиз зулматман
Висолинг илинжида ёлғиз хилватман
Хабибингга ссзсиз менҳам умматман
Аа қилай оташман счай олмасам
Аа қилай олдингга ксчай олмасам
-
Menimen istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.
A.Navoiy
-
Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdangga titroq,
Eshigingdan o'taman bir kun.
Mayli,shunda tanimasang ham,
Yoki desang ko'rmayin turqin,
Yoshim yutib,boshim qilib xam,
Eshigingdan o'taman bir kun.
Omon Matjon
-
Nega egilmasin
Odam ketsa odam,
Ustunga zo`r kelar qulasa ustun.
Bu tashvishli dunyo,
Sermashaqqat olam
Bizning yelkamizda qoldi-ku, do`stim!
Uni bo`ronlardan,
Quyoshli yo`llardan
Nurli istiqbolga olib o`tamiz.
Biz uni olganmiz
Tabarruk qo`llardan,
Tabarruk qo`llarga eltib tutamiz.
Avlodlar uchun ham
Qutlug` bo`lar albat
Yer uzra to`kilgan ko`z yosh, qon va ter.Bepoyon kenglikda
Charx uradi abad
Ulkan yurak shaklidagi Yer"¦
1964
Erkin Vohidov "Nido"
-
Ruhimning yagona yopingan to`ni
Vujudimni kuydirar ayovsiz gulxan
Alanga, o`t chatnar, qolgan tanimni
Azoblar anovmas, o`zga bir sitam
Qo`llarim yetmagan olis yulduzlar
Ko`ksimga bosh qo`yib aylarmish fig`on
Tushim deb suvlarga aytilgan so`zlar
Axir hammasi ham emaku yolg`on!
-
Noumid shayton deydi halqimiz
Ba’zan shunga ham yetmas aqlimiz
Yoqotib o’zni gar kulfat yetsa
Yig’ladik qo’ldan mol-davlat ketsa
Yiqilsan qaytib tura olmadik
O’z o’zimizni ko’ra olmadik
Qidirib aybni foniy dunyodan
Ajralib qoldik mangu ziyodan
Ayt do’stim kulfat — Qiyomatmidi!?
Yo Rabga bo’lgan hiyonatmidi!?
Feruz Boboyev
Iltimos, oxiri n b-n tugamasin, juda qiyin n dan topish :(
-
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muxammad Yusuf
iltimosiz inobatga olindi
-
Qo'rqmaslar Ollohdan zino qilarlar.
Nomahram ortidan uzoq boqarlar.
Bir oddiy sinovni yuborsa Rabbim.
Gunohim ne deya oh voh urarlaR.
Qodirbek.
-
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..
Muxammad Yusuf!
-
Namozhon darveshlar, davlatli boylar
Falakning gardishi kajdir yoronlar
Minnatli o'qilgan namoz qabulmas
Davlatga tayanmang, puchdir yoronlar
-
Rubbi maskun ichra sayyod, o'zim sayd,
Ortiq madorim yo'q, voqifsan ahir.
Manglayda yozilgan farmoningni ayt,
Da'vat qil, gunohkor bandangni chaqir.
Rauf Parfi "Munojot"
-
А смолига сширган ишқин
Оддий қизлар схши бслади!
Хайрулла Хамидов
-
Indamaslar olamin sayr ayladim,
Sayr etib men beriyo hayr ayladim.
-
Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.
Usmon Azim
-
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu no'shxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
Kerak o'z chobuki majnunvashi qotil shiorimkim,
Buzug' ko'nglumdin o'zga yerga javloni samand etmas.
Ko'ngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.
Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb ko'z,
Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.
Alisher Navoiy!
-
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
Hattoki qilich kelsa boshimg`a eshikingdin,
Yo`qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
Lutfiy
-
Ahbob, yig'lamoqni farog'at tutungiz, Jam'iyatingiz borini davlat tutungiz, Chun gardishi charx budur, Tengri uchun, Bir-birini necha kuni g'animat tutungiz. Zahiriddin Muhammad Bobur
-
Alamdan tutoqib daraxtga ko'chdi,
Kurtakni uyg'otib so'yladi g'amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g'unchasini etdi chok-chok.
Zulfiya (Bahor keldi seni so'roqlab)
-
Ko'p kezma daraxtzor bog'lar ichinda,
Daraxtlar dil do'sting bo'lolmas sening,
Chorlasang kelolmas,yonib qucholmas,
Sen faqat mening bo'l, meniki, mening.
(She'riyat mavzusiga Yoqutxon joylagan she'rdan yoqqanligi uchun ko'chirib olgan edim Uzr..takrorlangan bo'lsa)
-
:as:
Gullarning bag'riga to'kilgan dog'im,
Eram saroyidan chiroyli bog'im,
Vujudan aslimsan, ona tuprog'im,
Har qarich yeringdan o'rgiloyin-ey!
Mahmud Asror
-
Йиғламагин, мен ғариб деб тскма ксз ёш,
Оқ либосинг, срашибди, қайрилма қош,
Анди менинг осмонимда сснди қуёш,
Ишқин зарга сотган нархи арзонгинам,
Йиғлаб-йиғлаб келин бслган армонгинаM
QODIRBEK
-
Men uchratdim oddiy qizcha deb
Pulga o'chmas Seni byncha deb
O'ylabmanku Seni g'uncha deb
Bog'imdangi bulbulcha deb
O'ylabmanku seni zorim deb
Yuragimda yurgan orim deb
Yonmagan Sen shamchiroqsan
Boylikka o'ch bir, bedavosan
Yaxshi qol eng so'ngi so'zim
Ko'zingda qolar yosh to'la ko'zim
Lekin adashgan ekanman-ku
Bir bevafoni sevib mangu
O'ziga bino qo'ygan qizaloq
Boylikka o'ch bo'lgan bo'taloq
Qarashlaring muncha ma'nosiz
Bo'ylikka o'ch bo'lgan betamiz!
-
Zohir o'lg'ay har nafas ul tul sochingning xajrida,
O'tlig' ohim dud yanglig' chipsa peshu g'am bila
-
Aytadir: "Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!..
CHo`lpon
-
Lekin sevgim joy topolmadi
Xotiralar yotgan qalbingdan.
Sen uni hech unutolmading,
Men ham kecha olmasman sendan.
(Rauf Parfi "Arosat sevgi")
-
Namoz uqib kukragini kerishadi,
Ramazonda ruza tutib so'kishadi.
G'ayriddindan hafa bulma ey brodar,
Musulmonlar bu kun dindan qaytishadi.
(SUMAYYA)
-
:as:
Ishq biyobonida yurmoq ham mushkul,
Undan oyoq yig'ib turmoq ham mushkul.
Hammadan mushkulroq shuki, har joyda,
Yoring ma'lum, lekin ko'rmoq ham mushkul.
Pahlavon Mahmud
-
Libos kiyib haq matosidan,
Bowga iffat ro'molin o'rang.
Yiroq qilib dilni yolg'ondan,
Allohdan siz marhamat so'rang.
-
...Guruchdagi olasan,
Go'yo qaysar bolasan,
Gapni uqmay qolasan,
Xuruj qilsa g'azabing.
Mahallaga ish ayon
Ilonmisan yo chayon?
Sendan elga ko'p ziyon,
Xuruj qilsa g'azabing.
Senga bitta o'git bor,
Gar tinglasang, Xudo yor:
Sengadur savob bisyor--
Kelsa, bossang g'azabing...
-
. . .Gadolig'ni sotib oldi hama naw'u namosiga,
Kiwi mömin diliga zarra4a ozor yetkursa.
Qiyomat kun qolur bewak jahannamnin jafosiga,
Yamonlig' aylamay, har kimni san könglini wod etgil. . .
-
...Lahadga kirdilar o`zlarin qarg`ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
tug`ingiz dedi yov teskari qarab,
yovlarga ters qarab tug`ildi bari.
Tug`ildi,
tug`ildi,
tug`ildi qullar,
qirqida qirilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo`mardlar qirilgan Turonzaminda
do`zaxiy tajriba pallasin ko`rdim:
eshshak surati bor qay bir qavmda,
qay birida to`ng`iz kallasin ko`rdim.
Bu holdan buvaklar bo`g`ilib o`lar,
qul Bilol ezilib yig`lar falakda...
O`zlarin yondirar borliqdan to`ygan
Badaxshon la'liday asl malaklar.
Mo`minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo`yib jallod toshiga.
O`grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.
Bormi er yigitlar,
bormi er qizlar,
bormi gul bag`ringda jo`mard nolalar,
bormi gul tufroqda o`zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar.
Bor bo`lsa,
alarga yetkarib qo`ying,
bir boshga bir o`lim demagan ermas,
shahidlar o`lmaydi,
bir qarab to`ying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Shavkat Rahmon
-
Согинчлар севгини ёдга солганда,
Кечиккан висолдан кунгил колганда,
Корлар оппок булиб хаёл олганда,
Шу Оппок корлардан Сизни сурадим.
Сизсиз кун утар-у,умр утмайди,
Киш,бахор утар-у, ёшлик кайитмайди,
Алгиз кунгил кутар, Сизга айитмайди,
Шу магрур кунгилдан Сизни сурадим.
-
... Me'roj tunida bir-bir, ochildi sizga kuklar,
Salom bilan qarshilab, har qavat paygambarlar!
Shunday bir on keldi-ku, tuhtab barcha malaklar!
Haqqa yolgiz bordingiz,yo hazrati Muhammad!
Haq bilan qul visoli,u ilohiy bir tuyda,
Hech kimdan hech kimsaga foyda bulmagan kunda
Hayru-sharni hos tortgan,u tarozu ungida
Siz shafoatchim buling,yo hazrati Muhammad.
-
...Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal"¦
Muhammad Yusuf
-
...Lim-lim tulmas hech qachon.
Nafsing-teshik togora,
Kimdir tekin quy bersa,
Uzing unga top arqon.
Kuldek tinma,anhor bul,
Kengliklarga yoy quloch.
Tayyorga bulma ayyor,
Yangi manzil,makon och...
-
...Chiqdi yana, qarang ajib bir ofat,
Mo'minu Kofirga birdek falokat,
O'lmaguncha odam qutulmas albat,
Bu balo ta'siri gar qonga tushdi.
Muhabbat, sadoqat, vafo yo'qoldi,
O'rnin makru hiyla egallab oldi,
Hamma yoqda fisqu fasod tarqaldi,
Or nomusning narxi hamyonga tushdi.
Bu hayotdan sira ko'nglim to'lmaydi,
Birovdan o'tganni birov bilmaydi,
Goho shunday she'r yozmasam bo'lmaydi,
Tuyg'ular jo'sh urib, tug'yonga tushdi.
Ko'ryapsiz bu chinor chirib boshladi,
Tanasida qurtlar yurib boshladi,
Millat bir birini qirib boshladi,
Aqlim bu holatdan hayronga tushdi.
Qutulolmas qochib taqdirdan inson,
Topolmadim bir hotirjam tinch makon,
Yot ellarda kezib, sarson sargardon,
Bilmasam nasibam qayonga tushdi.
Asir bo'lib zolimlar panjasida,
Yotibman o'y hayol iskanjasida,
Yo'q erku ixtiyor men bandasida,
G'amgin ko'ngil ohu nolonga tushdi.
Bor ekanda kimlargadir keragim,
Hali yerga tegmabdida kuragim,
Go'yoki tor qafas ichra yuragim,
Misli bulbul kabi afg'onga tushdi...
-
Ibodating kechiktirmay qil.
Vaqt ganimat,inson shuni bil.
Qashshoq bulib qolar ekan boy.
Yomonlarning holi bular voy.
Ganimatdir yoru dustlaring,
Ganimatdir ota ham onang,
Omonatdir molu davlating.
Vaqt ganimat,inson shuni bil...
-
...Labing bag'rimni qon qildi, ko'zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yomon qildi, men andin bir so'rorim bor.
Jahondin menga g'am bo'lsa, ulusdin gar alam bo'lsa,
Ne g'am yuz muncha ham bo'lsa, seningdek g'amg'usorim bor.
Agar muslihmen ar musfid, va gar oshiqmen ar obid,
Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor.
Fig'onim oshdi bulbuldin, g'ami yo'q zarra bu quldin,
Base Bobur, o'shal guldin ko'ngulda horhorim bor.
(Zaxiriddin Muhammad Bobur)
-
А асул жавоб қилди: — Тингла биродар,
Гапимни уч бора қулоққа илгил.
Имкон топа олсанг дунѐда агар
Анг аввал онангга схшилик қилгил.
Абдулла Орипов
-
...La ilaha illalloh deb tillari,
Daxriyona tug'yon urar dillari,
Bir kun bo'lsin besaodat yillari,
Bir manzilda tutashmadi bu ummat.
Biri arab, biri turku biri fors,
Millat degan tuyg'u endi bo'ldi farz,
Bir yonda dard kasallikdan qolgan dars,
O'z loyiga qorishmadi bu ummat.
Xorlar bo'ldi malun g'arbning poyida,
Chidayverdi eng alamli joyida,
Hayotiga joriy bo'lmish qoyida
Ila hech hisoblashmadi bu ummat.
Qur'on endi mozorlarda o'qilmish,
Turli fasod rivoyatlar to'qilmish,
Endi to'g'ri yo'llarda ham qoqilmish,
Haq yo'liga unashmadi bu ummat.
Shul so'zlarni o'ylab, o'ylab uhladim,
Faqatgina Allohimdan tiladim,
Alam bilan ko'zimda yosh yig'ladim,
Umardan so'ng birlashmadi bu ummat.
(Hayrulla Hamidov)
-
Токай бу жаҳон бизга қилар ранжу ситам?
Қийнайди қачонгача хаёли ксну кам?
Ҳеч нарсага арзимайди ҳар икки жаҳон,
Ҳар нарса учун мунча чекармиз нега ғам?
Farididdin Attor
-
Musulmonlik undoq ish ermas
Munofiqlik unga berar zeb .
Gar da'vatlar quloqqa kirmas
Yig'la fosiq bo'lib qoldim deb.
Xayrulla Hamidov.
-
Boshu ko'ngul qora, go'yoki lola,
Ko'z g'uncha og'zidek, limmo-lum jola.
Ko'nglimning yonidan o'tkuchi dedi
Qulog'imda qolmish hazin bir nola.
Pahlavon Mahmud
-
Allohga hamd bo'lsin qutqardi O'zi
Qalbimga sochildi hidoyat tuzi
Shunda yaqinlarim burdilar yuzin
Xudoga hammasin aytib beraman.
X.Hamidov
-
...Na uchun ularning tovushlarida
O'tgan asrlarning ohangi yig'lar?
Na uchun yozmishning o'ynashlarida
Har yurish ko'nglimni nashtardek tig'lar?
Kenglik hayollari uchdimi ko'ka
Butun umidlarni yovlarmi ko'mdi?
Mangu tutqunlikka kirdimi o'lka?
Xayolda porlagan shamlarmi so'ndi?
Kechaning jon olg'ich qorong'uligi,
Najod yulduzini xayolmi bildi?
Shuncha tutqunlarning haqqi, haqligi
Bir hovuch tuproqqa qurbonmi bo'ldi?
Ohimning o'tidan chiqqan shu'lalar,
Sharqning ko'kragida bir topmasmi?
Ko'ksimdan qisilib chiqqan na'ralar,
Uhlagan dillarga kulib boqmasmu ?
(Cho'lpon)
-
Ul uqbadin himmat birla oshomag'ing,
To’rt yuz qirq to’rt yoshing (birla) yoshomag'ing,
Uch yuz oltmish bandi bog'ing bo’shomag'ing,
Mehnat tortmay rohat tongi otmas bo’lur.
Qul Xoja Ahmad eranlarni yod aylabon,
Hikmat oytib, ushbu so’zni qildi bayon,
Tinglangizlar, ushbu so’zni, barcha yoron,
Yalg'on so’zni xaloyiqg'a yoymas bo’lur.
Ahmad Yassaviy
-
Xudoga hammasin aytib beraman.
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
M.Yusuf.
-
Ta'magirni tortqilab nafsi qo'ymas deydilar,
Nokas o'zi to'ysa ham ko'zi to'ymas deydilar.
Boq bir yorug' olamga! Kimlar zo'rg'a kun ko'rar.
Odamlar bor bog'dagi bulbuldan ham pul so'rar.
Yolg'on dunyo bu dunyo, arzon dunyo bu dunyo!
Ne ne hokim beklardan qolgan dunyo bu dunyo...
(M.Yusuf)
Ul uqbadin himmat birla oshomag'ing,
To’rt yuz qirq to’rt yoshing (birla) yoshomag'ing,
Uch yuz oltmish bandi bog'ing bo’shomag'ing,
Mehnat tortmay rohat tongi otmas bo’lur.
Qul Xoja Ahmad eranlarni yod aylabon,
Hikmat oytib, ushbu so’zni qildi bayon,
Tinglangizlar, ushbu so’zni, barcha yoron,
Yalg'on so’zni xaloyiqg'a yoymas bo’lur.
Ahmad Yassaviy
...Robbim sokin uxlat meni,
Bag'rim o'yib tig'lat meni,
Ne qilsang ham yig'lat meni!
Yig'lolmadim kechir Robbim..
(Xayrulla Hamidov)
-
Мен бир қуш сдим — учган роз оламидан,
Линҳон қилайин ов қарилик ғамидан,
Бир кимсани топмадим-у Ҳақ маҳрамидан,
Қайтдим ортга қолиб кснгил одамидан.
Fariddin Attor
-
...Nopok bo'lgin demasman,
Haromdan ho'p xazar qil,
Ammo yahshilab o'ylab,
Atrofinga nazar qil.
Ne sababdan huv anov,
Dunyo ahli boyonlar,
Sen tomonga qayrilib,
Qiyo boqib qarashmas.
Ularda bo'lgan go'zal,
Bo'stonlaru binolar,
Nechuk senga noloyiq,
Nahot senga yarashmas.
Eshit meni ey yigit,
Qaytgil daraxt qasdidan,
Aytay senga ajoyib,
Foydali gap rostidan,
Qaytsang agar, har kuni
Ikki tillo toparsan,
Shom namozdan keyinroq,
Joynamozing ostidan.
Vo xasrato, yo xasrat,
Insonlarning holiga,
Ne zotlarni yo'lidan,
Ozdirmagan bu dunyo,
Tam'a qo'shib insonning,
Niyyatu a'moliga,
Xolis ishni oldinga,
O'zdirmagan bu dunyo.
Er yigitga xaqiqiy
Hesh bo'lmagan bu dunyo,
Ezgulikka hech qachon,
Esh bo'lmagan bu dunyo.
Kim berilsa dunyoga,
Shayton bo'lar yoroni.
Xarob qilgan bu dunyo,
Iskandaru Doroni.
Obid demay, shoh demay,
Xarob qilgan bu dunyo.
Haqiqatni yolg'onu,
Sarob qilgan bu dunyo.
Aksar nayrang hiyladan,
O'sib chiqqan bu dunyo,
Mudom Xaqning yo'lini,
To'sib chiqqan bu dunyo.
Vo xasrato, yo xasrat,
Namozhonning holiga,
Yolg'on hiylu holiga:
Ma'qul dedi rizqimning
To'rvasini teshmayin,
Ozod qilay seni ham,
Daraxtni ham kesmayin.
Lekin, eshit Azozil,
Ko'rib qo'y bu yaroqni,
Qachon va'dang buzilsa,
Yo'q qilaman daraxtni.
Shu tariqa namozxon,
Kechdi daraxt qasdidan,
Tillo topib har kuni,
Joynamozi ostidan,
Molu dunyo yig'ardi,
Alloh demay, tillo deb,
Har lahzada dunyo deb,
Dunyo uchun quvonib,
Dunyo uchun yig'lardi.
Pul topishning turfa hil
Rejalarin to'qirdi,
Namozni ham u faqat,
Tillo uchun o'qirdi.
Obid holi shu ersa,
Nima qilsin avom xalq,
Uyg'otmay dil karaxtni,
Iloh qilib daraxtni,
Ushbu amallarida
Etaverdi davom xalq.
Shayton mudom Shaytondir,
So'zlagani yolg'ondir.
Qachon shayton va'dasi,
To'g'ri va'da bo'lg'ondir
Yo'ldan urgan bu battol
Xatto Odam atoni,
Aldamasa o'libdi,
Bir obidi hatto'ni,
Shayton ishi mustasno,
Ho'sh keladi "illo"lar.
Xullas bir kun joyidan,
Joynamozni poyidan
Topilmabdi tillolar.
Ko'ring endi obidni,
Qaxr to'kib aftidan,
Qaytmay yana shashtidan,
Qattiq qisib bosgancha,
-urch boltasin dastidan.
Yo'l olibdi dalaga,
Yana daraxt qasdida.
Yetib borsa Azozil,
O'sha joyda turganmish,
Va'dasini eslatsa,
Ermak qilib kulganmish
Janjal suron boshlanib,
Aylanibdi urushga,
Lekin hojat qolmabdi
Ko'p bellashib turishga.
Negadir holsizlanib,
Charchab qolgan namozxon,
Yengilibdi bu safar,
Shaytonu badburushdan.
- Vo ajabo, bu ne hol?
Bu qandayin sinoat?
Shayton senga bu quvvat
Qaydan bo'ldi bino, ayt?
- Xom sut emgan ey banda,
Ey badbaxt, ey sharmanda,
G'alat bordir so'zingda,
Menda hech o'zgarish yo'q,
Hamma balo o'zingdan:
Sen avvalgi chiqqanda,
Bor g'ayratu kuchingni
Bilaginga yiqqanda,
Buzuq o'yu hayollar,
Dilingdan olis edi,
G'ayratu shijoating
Allohga xolis edi.
Kurash oldidan "Alloh"
Deb aylagan duoing,
Eshitib kuch qo'shgandi
Bilaginga Xudoying
Xudo o'zining xolis
Bandasin xor etmagay,
Xolis zotlarga esa
Meni kuchim yetmagay.
Hozir esa sen sho'rlik,
Dunyo uchun kurashding.
Xolis Alloh uchunmas,
Tillo uchun kurashding.
Shul sababdan Xudoying
Darig' tutdi nusratin,
Shundandir g'olibligim,
Shundan sening hasrating.
Vo xasrato, yo xasrat,
Insonlarning holiga,
Ne zotlarni yo'lidan,
Ozdirmagan bu dunyo,
Tam'a qo'shib insonning,
Niyyatu a'moliga,
Xolis ishni oldinga,
O'zdirmagan bu dunyo...
(Shamsuddin Hakimzoda)
-
Oshiq o'lg'och ko'rdim o'lumni o'zimga ey rafiq
Ozga ko'nglimning bu olamda harosi qoldimu?
(Z.M. Bobur)
-
Улуғлардан срганса бслур
Сабр стмоқни ғаму дардларга.
Сабр олий мукофот срур,
Берилгайдур фақат мардларгА
-
— Алмисоқдан қолган хароб
Матоҳинг сот, стирма.
Бир қадаҳдан келтир шароб,
Бслди, бошинг қотирма.
— Ғижжагимни сотганимда
Асдан оғардим буткул.
Ахир, қанча бахтли дамда
Менга ҳамроҳ бслган ул?!.
-
Лайло фироғиди куйиб тобора,
Касал бслиб қолди Мажнун бечора.
Соғинч оташида қайнади қони,
Ааас ололмасди, тиқилди жони.
Ҳаким чорладилар. Келди мисли сқ,
Деди: — Қон олишдан бошқа чора йсқ.
Қонин олдирмоққа жароҳ керак,оҳ...
Жарроҳ келтирдилар, снг уста жарроҳ.
Мажнунни боғлади, қслида наштар,
Шунда бемор Мажнун бир наъра тортар:
— Лулингни ол-у кет, сй жарроҳ, — деди, —
Жон сабил узилса, тортмам оҳ, — деди. —
Қсй тскма қонимни, бузма танимни,
Кет, тезроқ бу ердан, айт, қилганимни!
Жарроҳ деди: — Ай сен, шердан қсрқмаган,
Аега шу наштардан, мендан қсрқасан?
Ухлардинг тунлари ҳайвонлар аро,
Бсрилар, скирган арслонлар аро,
Ксринмасди сенга еру осмонлар,
Инсон деб билмасди сени ҳайвонлар.
Бсри ҳам, арслон ҳам, шер ҳам ишқпараст,
Ишқни билмас ксрлар, ҳатто, итдан паст.
Ишқ бслмаса, борлиқ недан бсларди,
Аон қандай ейилар ва сен бсларди?
Сенга сзин бериб, сен бслди-ку нон,
Севмаса нондан бслармиди жон?
Ишқ жонсиз жонга ҳам берди-ку ҳаёт,
Сен-чи қон беришдан қсрқасан, ҳайҳот!
Мажнун деди: — Қсрқаман, минг жоним тортиқ,
Сабрим менинг тошдан, тоғдан ҳам отриқ.
Ўқ емай, минг ердан срадорман, мен,
Ярага ошиқман, унга зорман, мен.
Аммо менинг таним Лайлога тсла —
Лайлога айланган таним бир йсла.
Ичмда Лайлодан бошқа нарса йсқ,
Лайло-ку, бу садаф-инжу, киприк-сқ.
Ай жарроҳ, сен менга урганда наштар,
Қсрқаман, Лайлога етгай деб зарар.
Кснгли зиёлилар англайди, ахир:
Мен — Лайло. Лайло — мен. Икковимиз бир.
Жалолиддин А УМИЙ
-
А ози срса гар кснгил, мен розимен,
Юз сгирса сендин ул, норозимен.
Сенгамас, ксз ташлагум кснглингга мен,
Туҳфа айлаб, келтир остонамга сен.
Сенга кснгилдир нечук, мен ҳам чунон,
Оналарнинг пойи остида - жинон.
Алга ота-она срмишдир кснгил,
Бахтлидир кснгилни ксрган кимса ул.
Сенга келтирдим, дегайсен, дилни ман,
Ул дегайким, бсйла диллар не писанд.
Қутби олам бслгудек кснгил керак,
Жони одам бслгудек кснгил керак.
Бир кснгилдирким, мусаффо, беназир,
Унга ул султони олам мунтазир...
Жалолиддин А умий
-
...Riyo qilg'on shayxni ko’rdum - bezor bo’ldum,
Zarra bo’yi tegdi menga, bemor bo’ldum,
Haq yo’lida sarmast edim, hushyor bo’ldum,
Oning uchun dushman tutub yurdum mano.
Qul Xoja Ahmad, toat qilsang, pinhon qilg'il,
Lab nomahram, dam nomahram, o’zung bilgil,
Balki dil ham nomahramdur, hozir bo’lg'il,
Haqdin o’zga talablarni surdum mano.
(Ahmad Yassaviy)
-
Orzulagan kunlariz keldi,
Siz aytgan ul qut fayz keldi,
Lek tilim lol dil mayus keldi,
Onajonim, sizga toymadim.
Yashayapman yahshi yo yomon,
Boshga tushsa ko’narkan inson,
Mehringizga tashna boldi jon,
Onajonim, sizga to’ymadim.
-
Mulku borliq ichra bir maxal,
Ko'rksizgina olam yaralgan.
Bermoq uchun olamga sayqal
Olam aro odam yaralgan.
Shundan beri inson tinmayin
Shu yer uzra ter to'kar hamon.
Yerni go'zal qilgani sayin,
Go'zal bo'lar o'zi ham inson. Erkin Vohidov.
-
Nozil bo'lsa some qalblarga
Bu go'zalik haq birla-birga
Maqsadlar va mantiq birlashib
Go'zalligi bo'lsa ziyoda
! ! !
Abu Muslim. (nik)
-
..."Ahli sunna val jamoa" har qanday qalbga malham,
Saodatga erishgay u bilan faqat olam,
Najot topmoq bo'lsangiz u dahshatli kunda ham,
Avval sunnatni topib, so'ngra jamoat bo'ling...
Xayrulla Hamidov
-
Gulim, mehr közda degani yolgon.
Mening dilimda öchmas chaqinsiz.
Qancha körishmasak, shuncha qadrdon -
Qancha olis bölsak, shuncha yaqinsiz...
Muhammad Yusuf
-
Zamondur Allohniki
Tashlagin nigoh
-
Inson bilan tirikdur inson,
Muhabbatda hayotning boshi.
Odamzodga baht etadi jon,
Odamlarning mehr quyoshi. Erkin Vohidov .
-
Ista,
Tiz cho'kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo'lamiz
Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
(Muhammad Yusuf)
-
Киши севгисига интикдир десанг,
Ишонгум, жуфтисиз кемтикдир десанг.
Лекин асл ишк бор, англаган булсанг
Ишкига гарк килур, армонлар колмас,
Тенгини кидирмас, йулидан колмас
-
Kamol et kasbkim,olam uyidin,
Senga farz o'lmag'ay g'amnok chiqmoq.
Jahondim notamom o'tmak biaynih,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
(so'zlardagi xatolarni to'g'rilab qo'yarsizlar. Yoshlikda yod olingan edi. Juda yoqadi).
-
Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.
Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.
Bu dunyo hech sendek
Qiz yo`q edi tur singlim,
O`zing orzu qilgandek,
To`y qilamiz, yur singlim.
Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro`mol o`rarsan.
Gulgul yonib muqaddas
Chimildiqqa kirarsan.
(Muhammad Yusuf)
-
Nafsni jilovinga olmoq bo'lsang gar,
Qorning to'ymasidan taomga to'ygin.
Gullarni hidlashdan to’xta, birodar,
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
Ajal o’qi aniq, bir kun yetgusi,
Shoshmasdan, hotirjam halok etgusi,
Otang bor, onang bor- ertan ketgusi...
Qabr kavlashni ham o’rganib qo’ygil!
-
La'natlab bo'lsa ham, qarg'ab bo'lsa ham
Har kun tilovatda aytilar nomi.
Uning bosh suqmagan joyi kamdan-kam,
Ichilgan har qadah uning ham jomi...
Deydilar, norasta go'dakni hatto
Uyquda qitiqlab kuldirar emish.
Salgina g'aflatda qolsang mabodo
Qilmagan ishingni qildirar emish.
Shaytonning hunari chindan rang-barang,
Sallani paytava qilib o'ratgay.
Agar sidqidildan ko'rsatsa nayrang
Nodonni shoh qilib, yurtni so'ratgay.
Minoda Shaytonni qildik toshbo'ron,
La'natga ko'mildi badbaxt u lain.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmog'i tayin.
Shodumon yo'l oldik Vatanga qarab,
Shayton qoldi, deya chuqurda - chohda.
Manzilga qaytgandik, Shayton, vo ajab,
Bizni kutib oldi tayyoragohda.
Hoji Abdulla Orif
-
Adolat farzandi zafardir, zafar,
Zulmning mevasi zarardir, zarar.
Saxiylik aybingni yopadi oson.
Ammo baxt asosi hunardir hunar.
Nizomiy Ganjaviy
-
Ruju qilmadilar Hazrat Payg'ambar
Na yuksak saroyga, na oltin taxtga.
Qaygadir toliqib etganda safar
Suyanib dam oldi bir tup daraxtga.
Kim aytar, dunyoda kibr ustivor,
Kim aytar, umrning ma'nosi shuhrat.
Rasul kamtarlikni qilib ixtiyor,
To mahshar bizlarga qoldirdi ibrat.
Rasul amr qildi: -Kesing daraxtni,
O'ylamang, borliqqa yo'qdir himmatim.
Payg'ambar daraxti bergay deb baxtni
Sig'inib yurmasin unga ummatim.
Hoji Abdulla Orif
-
Mening kimligimni bilmaydi hech kim,
Men bir g'alatiman, men alohida.
Közimning yoshini keladi ichgim,
Tilimni chaynagim kelar gohida...
Muhammad Yusuf
-
Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Hamza,
Muoviya, Abu Sufyon, ibn Umar...
Qorong‘u yo‘l yoqasida nurli sho‘‘la -
To Qiyomat bizga hujjat - sahobalar!
Men sizlarni yaxshi ko‘rdim, yaxshi bildim.
Hayotingiz hayotimga o‘rnak qildim.
Rasululloh manhajiga qalbi salim,
Yo‘llarimga nuri himmat sahobalar.
Siz-la islom siyratini ushlab qoldi,
Munofiqlar barmoqlarin tishlab qoldi.
Siz ketdingiz - bu ummatdan nur yo‘qoldi,
Siz-la birga ketgan izzat, sahobalar.
-
Rasul bir ummatin alqab doimo,
Sha'niga duolar aytguvchi erdi.
Qo'ling baland bo'lsin desalar illo,
Qo'ling past tushmasin sira ham, derdi.
Rasulga u xitob qildi bir safar:
- Garchi men tangrining otgan toshiman.
Siz menga doimo tilaysiz zafar,
Go'yo men qandaydir lashkarboshiman.
Rasululloh dedi: - Tingla ey ummat,
Yongan chirog'ingga duo pilikdir.
Qo'ling baland bo'lsa, bilki bu - ne'mat,
Qo'lning past tushmog'i tilanchilikdir.
Hoji Abdulla Orif
-
Ro'zalar tilgamas, dildadir taxir,
Taroveh ko'ngilga bo'lganda og'ir,
Shamoldan tez kelib ketding-ku axir
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Qalbni toat uchun yana siqmadik,
O'n bir oy sanqigan dardni yiqmadik,
Onadan tug'ilgan kabi chiqmadik
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
Qachon bu telba dil haqni ham anglar,
Mog'or bosgan ichdan ketarmi changlar?!
Ortingdan "Alfiroq" sadosi yangrar
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!
-
Riyo hunarini men o'rganmayman,
Qo'ying, beti qursin o'sha hunarni.
Changlar, g'uborlardan asrab-ayayman
Men yurak atalgan toza gavharni.
Uni aytib tursin labimda kulgu,
Uni aytib tursin ko'zlarimda yosh.
Qora qabrgacha shaffof bo'lsin u,
Porlab ufqlarga botgandek quyosh...
Jamol Kamol
-
Shag'irlaydi betinim daryo,
shag'irlaydi vahm tölgan jar,
shag'irlaydi (qorong'i dunyo)
shag'irlaydi vodiy, daralar.
Shag'irlaydi, bermaydi uyqu,
hayollarim bölar parishon,
bir (izlanish) boshlanar menda,
tushunchamga kirar yana jon.
Holbuki tun...
Bunda, odatda,
Butun borliq uxlardi sokin,
Butun Yer osmonga öranib
Olar, kabi kunduzgiday tin.
Közim tikdim, parqu bulutlar
Köchar edi zilol va toza,
Lochin kabi samolyot uchar,
Uchar edi berib ovoza.
Hamid Olimjon
p.s.she'r esimdan chiqayozibdi. Mumkin bölsa, bilganlar tölig'ini yozsalar. Qavsli joylar, menimcha xato yozilgan, chunki aniq eslolmadim : )
-
p.s.she'r esimdan chiqayozibdi. Mumkin bölsa, bilganlar tölig'ini yozsalar. Qavsli joylar, menimcha xato yozilgan, chunki aniq eslolmadim
ҲОЛБУКИ, ТУА...
Шағирлайди бетиним дарё,
Шағирлайди ваҳм тслган жар,
Шағирлайди қоронғи дунё,
Шағирлайди водий, даралар.
Шағирлайди... Бермайди уйқу,
Хаёлларим бслар паришон,
Бир изланиш бошланар менда,
Тушунчамга сна кирар жон.
Ҳолбуки, тун — бунда одатда,
Бутун борлиқ ухлардай сокин,
Бутун ер осмонга сраниб,
Олар каби кундузидай тин...
Сойга тушдим, кскда чиқди ой,
Аур ёғилди оқ булутларга.
Аурга тслди дара, тслди сой,
Аур ёғилди қоронғу жарга.
Ксзларимда ёнар учқунлар,
Зилол сувга ой сди сирдош,
Ялтирарди, доим товланар,
Ой нурига чсмилгучи тош.
Ксзни тикдим, парқув булутлар,
Ксчар сди зилол ва тоза.
Лочин каби самолёт учар,
Учар сди солиб овоза.
Тикилганди ксзим қоғозга,
Қслларимда югурар қалам,
Қуршамишди уни ҳасжон,
Бир интилиш, бир орзу бу дам.
Шағирларди осмон ва ҳаво,
Шағирларди бутун коинот,
Шағирлардп бетиним дарё
Шағирларди дарёда ҳаёт...
Ҳолбуки, тун...
Ҳамид Олимжон
-
Ne gaplar bor, qaytarishga chidamaydi bet,
Dashnom, yolg'on, ig'vo, tuhmat so'zdan uzoq ket,
Dushman so'zi deya do'stdan kechmoqlik abas,
Ne desalar desunlar, do'st birla umr et.
Nizomiy Ganjaviy
-
Tushlaringga kirmasman hech ham,
Közlaring ham tushmaydi sira.
Men azobman,
Seni suyagan
Tuyulganda dunyolar xira.
Men hayolman, senga ovunchoq,
Dardlaringga malham bölaman.
Sen-ku meni topa olmaysan,
Sen topgan kun men ketgan bölaman.
Shaxzod (Radius21)
-
Nay derki: "Oyogim yoyda erdi bas,
Menga o'roq soldi havo-yu havas.
Og'ir jafo kechdim kimning qo'lidan,
Ma'zur tutay dildan nolisam nafas.
Nizomiy Ganjaviy
-
Sag'ir dilning römolchasi höl,
Ichingizga oqdimi yoshlar?
Köksingizni teshganida döl
Sochildimi sönggi bardoshlar?
Lobar AZIZ :)
-
Vafo qilurmisan, Bahorim
Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, qish o‘tdi,
Boshlardan sinovli ish o‘tdi.
Yurakka izg‘irin - nish o‘tdi,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
Yam-yashil qirlarni sog‘indim,
Chechakzor yerlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
Lolaning lablari xandadir,
Dog‘i ham tubida - andadir.
Qxshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
Intiqmiz do‘st bilan, yor bilan,
She’r bilan, soz bilan - tor bilan,
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!
A.Oripov
-
Mayliga, kimgadir yoqsa, yoqmasa
Ularga qöshilib yig'lasharmidik?
Biz baxtli bölamiz, Xudo hoxlasa,
Xudo hoxlamasa uchrasharmidik?..
Muhammad Yusuf
-
To'lin oy
Keksaygan hilolim, ey sen, to‘lin oy
To hanuz buzursan halovatimni.
Yodimga solursan endi, hoynahoy,
Sochlari oqargan muhabbatimni.
Yillarim kechdilar yeldirim misol,
G‘unchalar bag‘riga xayolday indim.
Endi-chi, toliqib, horg‘in va behol,
G‘orlarga bekingan shamolday tindim.
Bilmadim, qaydadir yotar sarg‘ayib,
Otashin hislarim o‘ralgan daftar.
Qaysidir go‘shada bo‘lmishdir g‘oyib,
Bir zamon qo‘limdan uchgan u kaptar.
Endi visol o‘zga, o‘zgadir firoq,
To‘lin oy, o‘tinchim yodingda tutgin.
Bizning tomonlarga yo‘ling tushgan chog’
Mening kulbamga ham mo‘ralab o‘tgin..
A.Oripov
-
(http://s20.rimg.info/1184bf0bc50a650c8f10c62086f69814.gif)
-
Nimadan qayg'uray dunyn bir kamda, ahir siz borsizku yorug' olamda. Xudoning bir ojiz quli bo'lsamda . Siz baribir meni yahshi ko'rasiz. (kimdir)
-
Zikringni aytdi tayr ila vahshiy,
To’ldir alarg’a ko’hu darolar.
Yuz ming til bila ming-ming farzand,
Ishqing boshida qilg’ay navolar.
(SamarBomu)
-
А афиканг мехрига сира туймасанг,
Ундан бошка кизни асло суймасанг
Лек бошига румол ураб куймасанг
Аллохни севдим деб овора булма!
Кел, сенга айтайин схши хотима
Дунё - манзил сари йул олган кема!
Шундан сунг хам десанг: "œХуш, сна нима?"
Аллохни севдим деб овора булма!
-
Adog’I bor umrning so’rog’I ham bor, albat,
Yiqqan-terganlaring ko’p, ehson bilan ishing yo’q.
Jisming tushar tuproqqa, ruhing uchar samoga,
Tuproq ila mashg’ulsan, osmon bilan ishing yo’q.
(Abdusalom Ibrohimov )
-
Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz,
Qilur qatlimga qasd, qayrab qilich, qotil qaroshing, qiz,
Qafasda qalb qushin qiynab, qanot qoqmoqqa qo'ymaysan,
Qarab qo'ygil qiyo, qalbimni qizdirsin quyoshing qiz!
Erkin Vohidov.
-
Zo'rlab qiz uzatmoq-ku aslida
Mansab ilinjida yo orzu-havas.
Yalpizni yulqilab ariq bo'yidan
Toshloq yerga o'tkazmoqdan
bo'lak narsamas...
Ammo qaysi ota tan olgay buni,
Tan olganida ham nima bu gunoh?..
O'zbeklarda ayb sanalar faqat
Kelin yig'lamasa to'y kuni.
Qadahlar jiringlar, qahqaha yangrar,
(Tilni tiyolmaslik bunday payt yomon).
Parvo qilmay ichaverasan sharob,
Ko'ksing ingrab tursa hamki
yolg'on deb, yolg'on!..
Kecha rasining esa jag'i tinmaydi.
Hamdu sano aytib to'ymaydi.
Sevgi, vafo deydi... Sadoqat deydi,
Chiranadi. Mikrofonni
qo'ldan qo'ymaydi.
Zo'rlab qiz uzatmoq bu aslida
Mansab ilinjida izzattalab.
Ariq bo'yidagi yalpizni yulib,
Teleminoraga o'tqazmoqday gap...
(Muhammad Yusuf)
-
Лулларга тулдириб олар сумкасин.
Хохласа кисди мини юбкасин.
Кучада юрганда колдирар излар,
Tурмушга чикмаган талаба кизлар.
Лулини тулдириб берган адаси,
Минига ургатди макр-хийласи.
Узууун кастим кийинг, сунг аста имлаб
устига ташлайсиз, ёпар тиззасин :D
-
Noming yozsam qirg'oq bo'yiga,
O'chiribdi uni to'lqinlar.
Qorga yozsam bahor kunlari -
Eritibdi quyosh nurlari.
Noming yozsam baland qoyaga
Hech o'chmas deb qilsam men xayol.
Kunlar o'tib hech ayamasdan,
O'chiribdi yomg'ir va shamol.
So'ng nomingni bitdim qalbimga
Endi hech kim o'chira olmas,
Hech qanday kuch nomingni aslo,
Yuragimdan ko'chira olmas!!
-
Xatolaring kerak ularga
Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do‘stman, deya qo‘lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.
Xato qilsang, ularga bayram,
Yo‘qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo‘lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.
Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol butarlar.
Tag‘in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.
Axtarurlar hamisha illat,
Yetti pushting go‘rin titarlar.
Faqat unma, ulg‘ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.
Ular senga bir umr yo‘ldosh,
Sodiq hamroh kabi o‘tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.
A.Oripov
-
Rayhon hidlaringni yöllarimga sep,
Kut meni, har oqshom. Kökka oy chiqqan.
Faqat, yig'lamagin, aybim nima deb,
Aybing - onang seni chiroyli tuqqan.
Muhammad Yusuf
-
Nechun ma'yus taratar ziyo
Oy Huroson chamanlariga.
Rus' bag`rida kezaman go'yo
Cho'mib oqshom tumanlariga.
Shunday deya, ey go'zal La'lim,
Shamshodlardan ayladim savol.
Bu sir bizga emasdir ma'lum,
Degan kabi boqdi ular lol.
"Ne uchun oy ma'yus sochar nur?"
Chechaklarni tutdim so'roqqa.
Ular dedi: guldan so'rab ko'r,
Sahar pati kirganda boqqa.
Gul tebratdi asta shohini,
Tilga kirib so'yladi gulbarg.
"O'zga bilan bo'ldi Shahina,
O'pdi bu kech o'zgani dilbar".
Dedi yoring : "Qaydan bilar rus,
Qo'shiq unga ham tanu ham jon".
Shuning uchun oy boqar ma'yus,
Shuning uchun yuzida yo'q qon.
Ne jafolar ko'rmadi olam,
Hiyonatu ko'z yoshdan hunlar.
Lekin, mayli ,har na bo'lsa ham
Mo'tabardir naparmon tunlar.
Erkin Vohidov
-
Rayhon, aylanayin rayhoningdan sening,
Oyqaboq go'zalim, joningdan sening.
Kulib ko'klaringdan tushmaysan, qara,
Oy o'tsa uyalar yoningdan sening.
Yetti iqlim aro yetsaki izing,
Tuproqqa to'kilgay tutday hush ising.
Gulga tegsa gulxan paydo qiladur,
Suvga tegsa suvni yondirar yuzing.
Hurlardan hur o'zing, xurshidi tobon,
O'zing Rayhonsanu vujuding rayhon.
Bu yorug' dunyoda sendan suluv yo'q,
Mendan bechora yo'q, mendan notavon.
Sen Arshi a'loda jannatiy chashma,
Men yerda yonaman tomchingga tashna.
Ko'klarga qo'lini tutgan qulingman,
Zilolim, uvolim tutgay adashma...
Rayhon, aylanay rayhoningdan sening
Oy o'tsa uyalar yoningdan sening.
Kulib ko'klaringdan tushmaysan sen-da,
Menga-da joy yo'q osmoningdan sening.
(Muhammad Yusuf)
-
Gar qizlardan bo'lsa ziyoda,
Men gullarni kesardim butkul.
To ko'rmayin yorug' dunyoda,
Sahinamdan suluvroq bir gul.
Erkin Vohidov
Ps. Bizda saxargi 4 ;D
Yana kim yozadi bu mavzuga :7
-
Аимага тушларим огоҳ стмади?
Аега қовоқларим учиб нетмади?
Бу рангсиз ксйлакда келмасдим асло,
Таъбу, хафсаламга бслди бир бало,
Билсайдим юрагим куйлаб келарди,
А ухимда жийдалар гуллаб келарди
Аимага қсққисдан шошдим бу ёққа,
Ларишон қиёфа, ҳорғин сиёқда?
Анди бундан тезроқ кетақолайин,
Сиз ксрмай уйимга етақолайин.
Снзнинг қаршингизда турмайин сслиб,
Анингизга келай чучмома бслиб,
Сиз бор жойда ойдек тслингим келар,
Ксзингизга стдай ксрингим келар.
(muallifi esimdan chiqibti) ::)
-
(muallifi esimdan chiqibti) ::)
Muallifi adashmasam Marhabo Karimova bo'ladilar.
Rashkingdan bog'da gul o'zni so'ldirur,
Loladek ko'ksin dog' birla to'ldirur,
Jamoling shu'lasi yoritgan joyda
Chiroq o'z nurini o'zi so'ndirur.
(Pahlavon Mahmud)
-
Роббимизнинг Каломини тобтаб кулиб қотарлар,
Мўминларга саломини нажосатга отарлар.
Расул Акрам Муҳаммадни (с.а.в.) мазах қилар тинмайин,
Аллоҳ севган ул Аҳмаднинг кимлигини билмайин.
H. Hamidov
-
Nega men ba'zida ma'yus, bezabon?
Sizga bayon etsam, do'st-hamdamlarim,
Mazmundorligini pesh aylab mudom,
Ortimdan yuradi dardu g'amlarim.
Menga shodlik bering, teran, ulug'vor,
Toki shodon bo'lay, bo'lmay aftoda.
Menga shodlik bering, g'amimday dildor,
Menga shodlik bering, undan ziyoda....
Jamol Kamol
-
Aslida odamdan kam emas odam,
Chunki barchamizning otamiz Odam.
Kimniki javhari bo'lsa ilmdan,
Uning tagi ulig',o'zi muhtaram!
Husrav Dehlaviy.
-
Men sensiz ham yashay olaman,
Unutarman sen-la ötgan damlarni.
Yuragimdan quvib solarman
Armonlarni, ösha g'amlarni.
Baxt qasrini topaman, allbat,
Baxtimga ham sensiz yetaman.
Angladimki, azizim faqat
Taqdirimga könmay netaman?!.
-
Muttaqi bo'lmoq bu yo'lda nafsni o'ldirmoq kerak
Zindalikda o'lmasang,ahli tariqatman dema.
-
Men sensiz ham yashay olaman,
Unutarman sen-la ötgan damlarni.
Yuragimdan quvib solarman
Armonlarni, ösha g'amlarni.
Baxt qasrini topaman, allbat,
Baxtimga ham sensiz yetaman.
Angladimki, azizim faqat
Taqdirimga könmay netaman?!.
Namozu taqvisin zohid qilur olam aro mash'hur
O'g'urub subhasin tinmay ishi doim riyo ermish.
(Mashrab)
-
Namozu taqvisin zohid qilur olam aro mash'hur
O'g'urub subhasin tinmay ishi doim riyo ermish.
(Mashrab)
gözal tanbeh. Tashakkur :)
-
Seni unutganman
Shafaqqa ingansan sayyor qush kabi,
Go'yo tuproq bo'ldi yo'qotgan tangam.
Seni eslash mumkin bir tovush kabi,
Seni unutganman. Unutganman.
Biz suygan majnuntol kesilib ketgan,
Keyin o'tin bo'lgan, keyin alanga.
Kesilgan yurakning yarasi bitgan,
Seni unutganman. Unutganman.
Esimdan chiqibdi hatto ko'zlaring,
Qo'llaring...
Men o'zga qo'lni tutganman.
Kechir og'ir botsa yengil so'zlarim,
Seni unutganman. Unutganman.
Muhabbat...
Kimningdir oshig'i olchi,
Oshiq bo'lib xolos, zaqqum yutganman,
Qaylardadir qolib ketdi ro'molchang,
Seni unutganman. Unutganman.
Goho dilni ezar tiriklik yuki,
Goho to'yganimda bu laziz jondan.
Gohida... Bir nafas... Faqat... Holbuki,
Seni unutganman. Unutganman. Unutganman...
Iqbol Mirzo
-
Meni unutma meni qaylarda chekma firoooq
Yaqindaami yo yiroq meni eslaaa
Unutma meni nur topkan chog' quyosh
Oqshomlar berib bardosh menii eslaaaaa... :2 :2 :2
-
Qizlarxon
Ayriliqni o'ylasam,
Tomirimda oqar qon.
Ko'zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo'q, Qizlarxon.
Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko'nglini,
Koshki, bilmasam ekan.
Sovg'a qilgan ro'molim,
O'ramayman dedi u.
Ko'rishganda ahvolin,
So'ramayman debdi u.
Qizim hali yosh-ku, deb,
Otasi qo'ymas ekan.
Balog'atni, yaxshilar,
Yashirib bo'lmas ekan.
Har bir bosgan iziga,
Ta'na qilib o'tadi.
Ro'molini yuziga,
Pana qilib o'tadi.
Ayriliqni o'ylasam,
Tomirimda muzlar qon.
Ko'zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo'q, Qizlarxon.
Holvasidan totganman,
Sumalak yalamayman.
Qizlarxonni topganman,
Boshqaga qaramayman.
Birga bog' kezsak ekan,
Nok uzib yesak ekan.
Sevgi yo'q, deb aytganing
Og'ziga kesak ekan.
Iqbol Mirzo ::)
-
Nekim taqdir boʻlsa, ul boʻlur tahqiq bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.
Oʻzungni shod tutqil, gʻam yema dunyo uchun zinhor
Ki, bir dam gʻam yemakka arzimas dunyoyi farsuda.
Zamona ahli ichra, ey koʻngul, oyo topilgʻaymu,
Seningdek dard paymovu meningdek dard paymuda.
Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur,
Magar oʻlsam bu olam ahlidin boʻlgʻaymen osuda.
(Z.M. Bobur)
-
Agar aytsam do'stlar so'zning naqdini. Yaratgandan so'rang qizning bahtini. Oltindan qilsan ham uning tahtini. Qizing uyga qaytib kelar bo'lmasin. Halima Xudoyberdiyeva.
-
Аарса йсқким, хорижи олам срур,
Ҳар не истарсен, сзингда жам срур.
Ксзни юмгил, ксзга айлансин кснгил,
Ксз бслурму ҳақни ксрмас бслса ул...
Rumiy
-
Loyimni o'zing qorgan esang, men na qilay?
Shaklimni o'zing chizgan esang, men na qilay?
Har yaxshi-yomonki men etarman, yo Rab,
Manglayga o'zing yozgan esang, men na qilay?..
(Umar Xayyom)
-
Yashashga mador yo'q ho'p toydim holdan, saodat davriga hosdir sog'inchim, yo'lboshchi ahtarib adashdim yo'ldan, Rasululloh sizni qattiq sog'indim. ( H.Hamidov)
-
Ona bo’lgan ayolning nidolarini bir eshit:
Meni yo sovutgil,yo qirqta jon ber,
Bitta bosh yecholmas mushkullarimni.
Tashvishlar lashkari sindiraman der,
Charchoq uzay deydi Muskullarimni!
Jonlar qo’sh jonimga,qilg’il muruvvat ,
Toki bitta jonda bolamni Suyay,
Birida Tin olay,birida Quvvat,
Birida Sog’inay,birida Kuyay!
Bir jonni ajratay havotir uchun,
To’rt jon to’rt bolamning yonida yursin.
Yuragim yasharkan Er sharing quchib,
Oldida bir jonim uhlamay tursin!
(Tursunoy Sodiqova ning ?kitobidan .)
-
Navro'zguli
Navro'zguli, boychechagim, bormisan,
Men senga zor, sen menga ham zormisan?
Muz ichida asradim men ko'nglimni,
Sen o'zingni asrab, baxtiyormisan?
Omonliqsan, to'tiyosan ko'zlarga,
Sevgi maktubisan ma'sum qizlarga.
Suykalasan dudoqlarga, yuzlarga,
Bitta o'zing bir butun gulzormisan?
Ninachining qanotidek barging bor,
Asal va sut bo'yi kelar atring bor.
Qadrim bilib yo'qladingmi, qadring bor,
Yolg'izginam, yolg'izlarga yormisan?
Ay, ko'ngilni qitiqlagan erka gul!
Ay, olamni ko'mgan orzu-sirga, gul!
Qayga desang, men ketarman birga, gul!
Sen ham mendek dardga xaridormisan?
Oy ham kulcha ko'rinarmish ochlarga,
Bulut ko'rpa bo'lib zor-muhtojlarga.
Tashna dilu ruhi yalang'ochlarga -
Birdek tansiqmisan, madadkormisan?
Jonim gulim, o'tinaman, so'lmay tur,
Dunyo yashnaganda hazon bo'lmay tur.
Meni yetim qilma, ketma, o'lmay tur,
Sen ham mendek dunyodan bezormisan?
Iqbol Mirzo
-
Na aylay obi kavsarni nigorim bo'lmasa soqiy,
Xarobot ichra bordim, qatra may ondin totib o'ttum.
Ayo do'zax, meni kuydur, haloyiq kuymasun hargiz,
Tamug'din ish o'ti purzo'r, aning zahrin yutib o'ttum.
-
BIZ BAXTLI BO`LAMIZ
Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik"¦
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing —
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun —
Kokillaridan?..
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Men esa
Oshig`ing sening —
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
-
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro' kelmadi,
Ko'zlarimg'a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdimu chektim yo'lida intizor,
Keldi jon og'zimg'a bu ul sho'xi badxo' kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro'zgorimdek ham o'lg'onda qorong'u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig'ladim devonavor,
Kimsa bormukim anga ko'rganda kulgu kelmadi.
Ko'zlarindin necha suv kelgay deb o'lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo'qsakim qo'ydi qadam,
Yo'lg'akim avval qadam ma'shuqa o'tro' kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi. (Alisher Navoiy)
-
Ishq niholin dilga ekdim g'amingdan,
Ne-ne alamlarni chekdim g'amingdan.
Ne so'ylay, g'amingda to'ydim jonimdan,
Yaxshisi demain lom-mim g'amingdan.
Nizomiy Ganjaviy
-
Nega islom ko'rinmaydi, musulmonlar diyorida,
Qoldi faqat kitoblarda, o'quvchilar hayolida... (nashid)
-
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Muhammad Yusuf
-
Nedan ranjidingiz jon singillarim,
Qaboqlar uyuldi, chimrildi qoshlar.
Turkman tushunmay tosh otsa, chidadim,
Ammo yomon botdi siz otgan toshlar.
::)
-
Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko`rsam,
qoraygan cho`qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam.
Voh, o`shal lahzalar...
o`tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg`ular,
sahargi bog`larni uyg`otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog`indim...
ko`zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og`rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.
Men jangchi emasdim,
men shoir edim,
nihoyat shoirdan ko`ra zobitman,
har nafas musulmon millatim dedim.
nafsiga kuyganlar keldi oqibat.
Haromni xush ko`rgan malakfurushlar
zig`irday himmatin qilganda minnat,
yaproqday sarg`ordim buyuk urushda
musulmon yo`q edi,
yo`q edi millat.
Bas, qushlar sayroqi,
yaproqlari mo`l
yashil shajar kabi turay mushakkal,
ilhomim haqida so`ylasinlar xo`b,
zaharli tilimdan to`kilsin shakkar.
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg`onsin ilohiy tug`yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on.
(Shavkat Rahmon)
-
Nafsqasrini shohona qurmoq
Haqdan yuz o'girib, iblisga burmoq
Nafs daryosiga cho'ksa hamiyat ,
Xorlik maydonida qolur jamiyat .
Kimki buzuq nafsining quli,
Erta so'ngay umrining guli ,
Nafsing poyida aqling bo'lsa hor,
Ikki dunyoying ham kechadi nochor
Kubro
-
Ro'molingni bo'yama,
Bilmaygina yuvdirdim.
Otang seni bermay, men
Olaman deb kuydirdim...
Meni suysang bo'lgani,
Sen so'zingda tur, jonim.
Otangni o'zim yo'lga
Solaman, deb kuydirdim.
Malomatlar yog'ilsin,
Toshlar yog'sin boshimga,
Men ahdimga vafodor,
Qolaman, deb kuydirdim.
Otang seni bermadi,
Taqdir dedim. Ko'nikdim.
Men bechora... bir shoir
Bolaman, deb kuydirdim...
(Muhammad Yusuf)
-
YOZG‘UVCHILIKKA ARIZA
(Bir g‘alamis tilidan)
Meni nazariga ilmaydi birov,
Sizga shu gaplarni aytayin tikka.
Kecha bir davrada o‘ynadim garov,
Meni qabul qiling, yozg‘uvchilikka.
Har xil soyuzlar bor.
Masalan, kino,
Demangiz men o‘zni unga uraman.
Sabil texnikasi qiyinmish, ammo
Tomosha qilishni yaxshi ko‘raman.
Rassom bo‘lishlikka toqatim hech yo‘q,
Chunki zaril bunda g‘alat iste’dod.
Masalan, xo‘tikka o‘xshasin xo‘tik,
Sharmanda qiladi bundaqa ijod.
Bastakorlarda ham bor emish soyuz,
Bu ham to‘g‘ri kelmas, rostini aytsam.
Vijdonim yo‘l bermas, chidamaydi yuz,.
Qo‘shiq aytmaganman umrimda hech ham.
Shoirlik-chi, tegsin xudo urganga,
Sotib olayinmi tekin kulguni.
Dab-durust jumlalar qator turganda,
Teskari aytmoqlik shartmikan uni.
Yozg‘uvchilik esa, oh, bu g‘aroyib,
Mening talantimga shu soha nuqta.
Pastu balandlarga turfa, ajoyib
Maktublar bitganman g‘oyaviy puxta.
Xullas, o‘rtoq rais, aylangiz imdod,
Men sizga haq gapni aytaman tikka.
Ko‘pirib yotibdi menda iste’dod,
Meni qabul qiling yozg‘uvchilikka.
1981
Abdulla Oripov
-
Ishonmang bu qadar tirikligimga,
Zulmatda ziyodek yorishib ketsam.
Ertaga qayerdan topasiz meni,
Hokisor tuproqqa qorishib ketsam.
-
Nedin axir ruhimdagi xavotirlar,
Siz qaydasiz ertakdagi bahodirlar?
Necha yilki, dunyo dilim ma’yus qildi,
Endi baxtdan xushnud kulgali ketsaydim.
Guljamol
-
Men mag'rurman - qo'y - boshqani sev,
Maftun bo'lsin senga boshqa dil.
Bu dunyoda hech bir narsaga -
Sevgiga ham - men bo'lmayman qul.
(Pirimqul Qodirov "Uch ildiz" romanidan)
-
La’lmi, larzonmidi ishq?
Qarzmi, ehsonmidi ishq?
Bir yortiga yor bo`lmay,
Arshda sarsonmidi, ishq?
Dardmi, darmonmidi ishq?
Asli armonmidi ishq?
Alishganing — muz bo`ldi,
Shuncha arzonmidi, ishq?..
Lobar Aziz
-
Uzun tunlar bunchalar muhzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun.
Men ertaga yashashim uchun,
Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!
Iqbol Mirzo
-
Siz mening qalbinmi hech ocha ko'rmang,
Unga ko'mganman ko’p tun, kun, yillarni,
Har biri aslida bir manzilga teng,
Asrga tatgunday o'tgan yo’llarni,
Siz mening qalbimni hech ocha ko'rmang
Undagi hotira sizni kuydirar,
Donishmandning bosgan har bir qadami,
Aslida dard bilan g'amni bildirar,
Lekin sirti mudom hotirjam uning,
Borar manzili ham yodida hamon,
Ko'zlagan cho'qqisi oldida boshqa -
Chiroyli tuyg'ular tuyular yomon!
Donishmand.
-
Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.
-
Shu P xarfiga bog'lamela oxirini iltimoss ::) rossayam qiyinde P ga topishsh :5
Лешонамни қслимга тираб,
Тунда узоқ стираман жим.
Қайлардадир унсиз тентираб
Талпинади Сизга юрагим.
Майли менга битта ссз айтманг,
Имо қилманг хатто ксз билан.
Ҳеч бслмаса бегоналардек,
Дийдорлашгим келар Сиз билан.
-
Ichimda bir nima g’imirlar,
Goh faryod uradi, gohi jim,
Har bitta hujayram shivirlar —
"œMen Sizni judayam sog’indim"
Mayliga dunyolar o’zgarsa,
Umr ham kuzlardek sarg’arsa,
O’yimda boshqa yo’q,hech narsa —
Men Sizni judayam sog’indim.
Xayolda gul yuzingiz rasmi,
Hayronman, ishq ko’zi ko’rmasmi?
Boshqalar ne desa dermasmi —
Men Sizni judayam sog’indim.
G’alati hislardan boshim gang,
Intiqib qaqshagan dilim tang,
Qalbim yo shundanmi lolarang? —
Men Sizni judayam sog’indim.
Hech kimga aytilmas bu sirlar,
Yurak ham, o’zgacha tipirlar,
Har bitta hujayram shivirlar —
"œMen Sizni judayam sog’indim"
Masud
-
Мен саҳронинг фарзанди сдим,
Етишмайди менга нур, қуёш.
Кошки ажал келмасдан олдин,
Кетсам, олиб бу ерлардан бош.
-
Shoirlik men uchun aslo orzumas,
Shu ham ish bo'ldimi yigit boshimga.
Hamma shoir zotin yig'sa - arzimas
Onamni sog'inib to'kkan yoshimga.
(Muhammad Yusuf)
-
qoyil hali she'rni o'qib ulgurmasimdan keyingisi shitooob bilan kelib qolyaptimi-aa... :D
-
Айбимми, бир бслса тақдирлар?
Ўртада қанча бордир сирлар...
Балки, Ҳақ сртага хурсанд килар,
Шу бугун сиз мендан ранжиманг.
-
Garchi shuncha mag'rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo'l, hatto bir qadam
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O'par doim peshonasidan.
Erkin Vohidov
-
Аигоҳингиз маъюс, қарашлар маҳзун,
Ксзингиз афсусдан ҳеч ксрмасин нам.
Бахтни чиндан туйиб сшашингиз чун,
Қалбим керак бслса, олинг, фариштам.
-
Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?
Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?
İqbol mirzo
-
Ishlar bitdi - eshaklar loydan o'tdilar,
Endi sizga yo'qdir mening keragim.
Yolg'onlarni termang oldimga qator,
Dilingizda ne gap sezar yuragim!
Ishlar bitdi - eshaklar loydan o'tdilar,
Silliqqina keting - hayrlashmaymiz.
Xushomadlar qiling odatdagiday -
Gap yo'q do'stim, sizni hech unutmaymiz.
Ishlar bitdi - eshaklar loydan o'tdilar,
Qo'y, yurak yig'lama, senu men g'arib.
Bu besh kunlik yolg'onchi dunyoda besh kun
Yuribmiz behuda mehr axtarib!
Ishlar bitdi...
O'ktam Tojiboyev
-
Iching anor kabi.
Qizillikka g‘arq,
Har bitta donasi —
Azobing, darding.
Ayt nega jim tiling,
Sarvinozi Sharq,
Bunchalik sabrni
Qaerdan olding?
Bitmas matonat-u
Tuganmas toqat,
Va jindek tabassum,
Ko‘zlaringda jo.
Yuraging aqlingdan
Istaydi shafqat,
Har bitta zarbasi —
Yuzta iltijo.
-
Дунёда сшашга қсймасангиз гар,
Шу сизга буюрсин қайтиб бераман.
Аммо аримагай кснглимдан кедар,
Худога ҳаммасин айтиб бераман.
-
Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.
Ahmad Yassaviy
-
Oqil ahli hisga giriftor bo'lmas,
Hasad qilgan bilan tillo xor bo'lmas.
Nomard - it kabidir, mard buyuk daryo
Daryo it damidan hech murdor bo'lmas.
(Pahlavon Mahmud)
-
Sahro kezib topasan-topasan baxting,
Gohida omad kulib, bo’ladi taxting,
Islom yo’lidan ketmoq, bo’lsa gar axting,
Albat senda qolgaydir iymoning — taxting.
-
Gulim, mehr ko'zda degani yolg'on,
Mening dilimda hech o'chmas yolqinsiz,
Qancha ko'rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo'lsak shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bo'lak kimim bor yana?..
Siz yo'q chog'imdagi dunyom begona,
Siz yo'q bog'imdagi gullar yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim,
Siz mening ko'klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo'qotgan ko'zmunchog'imsiz.
Yodimda kechagi sho'xliklaringiz,
Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o'sha - orzusi oydan oydin qiz,
Siz o'sha - kulgusi qo'ng'irog'imsiz.
Siz o'sha ko'zimning kiftida yurgan,
Siz o'sha ko'nglimga ko'ngli in qurgan,
To'kilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...
(Muhammad Yusuf)
-
Зинҳорки, дсстлуқни унутмагойсен,
Туққонлиғдин кснгулни совутмагойсен.
Атлар била душман тарафин гар тутсанг,
Туққонлиғу дсстлуғ тамаъ тутмагойсен!
Z.M.Bobur
-
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing yaprog'idan tomgan ki go'yo qatra bol bo'lsam.
Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.
Bo'yingni tarqatib olamni qilsam mastu mustag'riq,
O'zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam.
Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolg'iz,
O'zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo'lsam.
Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa -
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam.
Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin,
Raqiblar rashkiga ko'krak keray, mayli, qamol bo'lsam.
Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo'lingga, mayli, uvol bo'lsam.
(Hamid Olimjon)
-
Men, men, menga deb duo
qilarda
Men, u, bizga deb qo'shsangiz
so'zin
Shod, shod bo'lardik bo'lsak
ham olis
Aylabon, nustratning ko'rsadik
o'zin.
Nik: Abu Muslim.
-
Na iloj ixtiyor o'limda qoldi,
Nigoron do'stlarim yo'limda qoldi.
Na afsus, na ta'ma dilimda qoldi,
Mening bor umidim ilmda qoldi...
Alvido beva tun, yetim saharga,
Endi qaytmas bo'lib chiqtim safarga.
Iqbolim bor ekan, tushdim nazarga,
Nomim yaxshi bo'lib, elimda qoldi...
(Iqbol Nazariy, oxirgi she'rlaridan)
-
Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.
Otang birla onang qalbi
O`tar ka'ba tavofidin
Alar ko`nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.
Umrni etmayin isrof
O`zing ro`za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.
Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.
Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur
Agar juftihalol birla
Ko ngilxushlik qilar bo lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.
Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.
Sevib aziz do'stlar,
Ko'nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur... (Mirzo Kenjabek)
-
Hmm yo'g'imda aaaancha muncha bellashibsila a :4
Rahmim keladi sangayu o'rtoqmasman
Sevsangda meni,men senga hech boqmasman.
Sen misli tariq ildiz otarsan har yon
Bo'lsamda bulut,ustingga men yog'masman.
(tojik xalq ruboiylari)
-
Nima yetmay qoldi ikkovimizga, yor,
Dilda ne g'ubor?
Nahot shu keng dunyo bugun bizga tor,
Qandoq qutqu bor!
Axir jahonga teng yurt-ku o'rtada,
Nahot bo'lishsak?
Nima yetmay qoldi, dil nedan zada,
Nahot urushsak!
Mayli, bo'lishaylik - bog'larni sen ol,
Cho'l menga qolsin.
Daryolarni sen ol, tog'larni sen ol,
Ko'l menga qolsin.
Agar ko'llarni ham olaman desang,
Soy menga qolsin.
Agar quyoshga qo'l solaman desang,
Oy menga qolsin.
Agar oy ham kerak deb ekansan, ol,
Yulduzdan qo'l tort.
Oq tunlar ayshini surgin bemalol,
Kunduzdan qo'l tort.
Sharob senga bo'lsin, choy menga qolsin,
Yoki ayroni.
Saroy senga, chetroq joy menga qolsin,
Sayg'oq, jayroni...
Samarqandni sen ol, Turkiston menga,
Yo mayli, Sayram.
O'shaning o'zi ham bir jahon menga,
Bir to'y, bir bayram.
Olaver, olaver, barisini ol,
Oshiq indamas,
Barini olginu, menga-chi, Oyxol,
O'zing qolsang bas.
(Mirtemir)
-
Сочларимга инмоқда қорлар,
Интиқтирди бизни баҳорлар.
Секин стар бслганида он,
Йсллар қараб чашминг нигорон...
Соғинганим,
Соғинмадингми?
Туманларга айланди оҳим,
Хун бслган шу юрак гувоҳим.
Дардим ёзиб, стганимда ёд,
Тиқилади бсғзимга фарёд.
Соғинганим,
Соғинмадингми?
-
ilon iziman boyni qiziman, kalta koylak obermasez dadam demayman
-
Na iloj sizga dada bulolmasman
bilb turib duzaqi bulolmasman
kalta kuylak olib sizga
men jannati bulolmasman
-
nasihat darsimi bu? bahri bayt shekilli?
-
Qofiya wunga kesa manda nima ayb keganini qaytarmadimda
-
Eyy bellashuvniyam beli chiqdi :-[
-
Imkon bering yana bir bora
qofiya keb qosa zora
bela4ayam hafa bulmasti
hafa qmasta kuynim tulmasti :p
-
Assalomu alaykum aziz she'riyat muxlislari!
Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.
Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.
-
Сочларимга инмоқда қорлар,
Интиқтирди бизни баҳорлар.
Секин стар бслганида он,
Йсллар қараб чашминг нигорон...
Соғинганим,
Соғинмадингми?
Туманларга айланди оҳим,
Хун бслган шу юрак гувоҳим.
Дардим ёзиб, стганимда ёд,
Тиқилади бсғзимга фарёд.
Соғинганим,
Соғинмадингми?
Ishq biyobonida yurmoq ham mushkul,
Undan oyoq yig'ib turmoq ham mushkul,
Hammadan mushkulroq shuki, har joyda
Yoring ma'lum, lekin ko'rmoq ham mushkul.
(Pahlavon Mahmud)
-
Лабларга озуқа илохий сзан,
Бир ёнда қизимга жилмаср хусан,
Боламнинг оғзига тупурса хасан
Асри саодатни қаттиқ соғиндим!
H.H
-
Muhabbat - chiroyli kapalak,
qo'rqaman sho'rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo'q ammo yetganim.
Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga ko'nadi.
Muhabbat - chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qo'nadi.
Ortidan halloslab chopaman,
xijolat bo'laman g'o'rlikdan -
qanchalik yugurmay baribir
orqada qolardim sho'rlikdan.
(Shavkat Rahmon)
-
Ne g`urbatlarni chektim charx bebunyod dastingdin,
Mudom motamda qoldim, bo`lmadim dilshod dastingdin,
Tamomi xonumonim bo`ldi chun barbod dastingdin,
Qafasdin bo`lmadimki qumridek ozod dastingdin,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.
Dilimning quvvati, ruhi ravonimdin ayirdilar,
Ko`zimning oqi yanglig` mehribonimdin ayirdilar,
Azizim, hamdamim, oromijonimdin ayirdilar,
Jahon gulzorida ul gulistonimdin ayirdilar,
Hama obod bol`di, bolmadim obod dastingdin
Ki men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdin.
Mashrab
-
:asl3:
Men, Alisher Navoyining "Kecha kelgumdir debon" (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5187.0) deb nomlangan baytlarini juda yoqtiraman, sizlarchi.
-
Nokasu nojins avlodin kishi bo'lsun debon,
Chekma mehnatkim, latif o'lmas kasofat olami.
Kim kuchuk birla xo'dukka necha qilsang tarbiyat,
It bo'lur, dog'i eshak, bo'lmaslar aslo odami.
(Alisher Navoiy)
-
Ilm ila, yo rab, qil oning rutbasin andoq baland
Kim, bori olimlar o'lsun tabe'u minqod ango.
Ilm andoq ganji nofi'dur bani odamg'akim,
Kimda ul bo'lsa, iki olam bo'lur odob ango.
Ogahiy
-
Oddiy mashinani ko'rsa bolalar
Hayratga tushishni kanda qilmaydi.
Olis yulduzlarda ulkan kemalar
Uchib yurganini ular bilmaydi.
Biz-chi, dunyo ishin bilamiz andak,
Oila quramiz, bola ko'ramiz.
Lekin mashinaga boqqanday go'dak,
Hamon ilk sevgini eslab yuramiz.
Abdulla Oripov
-
Zaminingga sig’mayin qoldim
Osmonlarga uchgim keladi
Bulutlarga termulib toldim
Men ularni quchgim keladi
Sajdalarga qo’yolmayin bosh
Talpinar vujudim yuksakka
Osmonlardir menga qora tosh
Sig’mam sajdagoh u burchakka
Oq bulutlar qalbim yoritar
Ular go’yo iymonimga jon
Seni menga ko’proq tanitar
Ishq qo’ymoqqa beradi imkon
Robiya
-
Iltimos, BAHRI BAYT qoidalariga rioya qilaylik!
Oq bulutlar qalbim yoritar
Ular go’yo iymonimga jon
Seni menga ko’proq tanitar
Ishq qo’ymoqqa beradi imkon
Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.
Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
(Oybek)
-
Dahr bazmu ayshi anduhu g'amig'a arzimas,
Sharbati jonparvari muhlik samig'a arzimas.
Yuz yil o'lsang yor vaslining safolig' subhida,
Bir zamonlig' hajri shomi muzlimig'a arzimas.
Yetsa davrondin sanga gar umrlar sur uzra sur,
Bir nafas yetkan malolu motamg'a arzimas.
La'lidin gar jon topub quchsang muroding shohidin,
Naz' vaqti paykaring pechu xamig'a arzimas.
Madhinga ochsa ulus gar xush iborat birla til,
Bir qabih alfoz ila qilg'on zamig'a arzimas.
Teng tut amvoli jahon beshu kaminikim, oning
Inbisoti beshi anduhi kamig'a arzimas.
Istabon aysh, Ogahiy, g'am boshinga kelturmakim,
Dahr bazmu aysh anduhi g'amig'a arzimas.
Ogahiy
-
Netay Majnun mening shogirdim o'lsa,
Ki, ishq atfolining ustodi men-men.
Ko'ngulda zaxmlardurkim, falakning
NIshoni novaki bedodi men-men.
Mening nolamg'a xud sho'xe sababdur,
Vale el boisi faryodi men-men.
Ogahiy
-
Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.
Uzoru qaddu raftoringni ko'rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.
Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf'i humor et.
"Analhaqaq" mojarosin aylading fosh,
Kel, ey Mansur, istiqboli dor et.
Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog'ig'a nisor et.
Kuyib, ey Nodira, olam elig'a
Muhabbat shevasini oshkor et.
(Nodira)
-
Tohir sevdi Zuhroni,
Yetolmadi bechora.
Majnun sevib Laylini
Oxir buldi devona.
Otabekchi Kumush deb,
Buldi qancha ovora.
Rano deb kuydi Anvar,
Yuragi yona-yona.
Shiringa yetmoq uchun,
Farxod chiqdi mardona.
Barchinoy deb Alpomish
Buldiku hup sarsona.
Muallifini eslomadim ::)
-
Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.
Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"œNigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.
Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.
Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.
Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.
Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.
(Boborahim Mashrab)
-
Ruxsoringiz tilayman,
Shirinmisiz Laylimi?
Ruxsatingiz so'rayman,
Sizni sevsam maylimi?
A.Qayum
-
Ishon, odam, bahorga ishon,
qara, go'dak kabi beg'ubor -
minginchi bor olovday porloq
gullarini ko'rsatar bahor.
Bahor senga ishonar, qara,
suzib chiqdi ko'ziga yurak -
qarab turar senga intizor,
sen bahorni sevishing kerak.
Ko'ziga boq, haydama uni -
minginchi bor qilmagin xato.
Ostonangdan ketmaydi bahor,
sen aslingga qaytmaguncha to.
Sharqiratar asov soylarin,
nafasidan ranglar ufurar,
o'ynayverar yashil qushlarin,
gullarini yondiraverar...
(Shavkat Rahmon)
-
Yana R dan tushsa man oq bayrog'immi qidirib qolaman.....
Ranjimang siz meni achchiq so`zlarimdan,
O`zga qizni suydirgan zor ko`zlarimdan.
Ketar bo`lsam bo`zlamang izlarimdan,
Mendan keching agar sizni sevolmasam.
-
Men zorg'a bazmingoz aro joy bering,
In'om bila jomi dilosoy bering,
Ya'niki, xumorim yozorg'a har dam,
Lutfe qilibon kosa to'la choy bering.
Ogahiy
-
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas. Navoiy
-
Na qlay mohitabonliging yuragmga jo
yellar kabi yoqimtoy suzing
nigorin sen urtanma aslo
suqsurdayin guzalsan uzing
yella meni asta allalab vujudimga ajib his solar
ayrilqning bordur oxiri
menman senga juda intizor
ayt4i meni sen sevasanmi
no4orlgm hech sezasanmu?
Oppodomlani hotira daftarlaridan!
-
Утар умр утмокда орзуларга адашиб,
Кун ботиб тонг отмокда ниманидир талашиб,
Юрак толиб бормокда Армонларга калашиб,
Келар гохо омадим аммо бахтан дарак ёк,
Унутаман борлигим гохо ёрук дунёда билипмами,
Кимга зорлигим умр деган дарёда,
Жавоб кутиб севгимга сшаспман гадойдай,
Гоё гозал хаёта мендай жон халак ёк,
Козим тола ачик токилгиси келмайди,
Ох такдирга койиб бош дил конгиси келмайди,
Зор Калбимда ёк бардош чекингиси келмасди,
Охларимга осмон зор фарёдимга фалак ёк,
Туйгуларим тунлари ойга айтким келар коп,
Армон болган тушларим сойга айтким келар коп,
Асли коркам кунларим куйга атгим келар коп,
Юрак тола хасратим тинглагувчи юрак ёк.........
(muallifini bilmiyman shu sherri, lekin rossayam yoqadi shu) :5
-
Qamatsang qamatuvur
qarshingda qoqqan qoziqday qoqilib qoqlilovuraman qulpinisa :p
-
Асли ксркам кунларим куйга айтгим келар ксп,
Юрак тсла ҳасратим тинглагувчи юрак йсқ.........
Qarsak nima o'zi?
Ikkita kaftning
orasidan potrab chiqadigan sas,
xohlasam chalaman, xohlamasam yo'q,
qarsak menikidir, sizniki emas.
Qarsaklar hozircha qo'ltiqlarimda
mitti mushuklarday mudraydi taftdan.
Axir, o'zbekning bir o'jar shoiri
qarsak chalarmidi bema'ni gapga.
Vijdonsiz shoirlar ko'paygan juda,
yurakni so'z bilan yondirguvchi kam,
xalqimas,
shuhratni o'ylab so'ylagan
ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.
Qarsak nima o'zi?
Arzimagan gap,
kerak bo'lganida topilar qoplab.
Titroqqa to'ldirib osmon gumbazin,
qarsaklar chalishni bilaman boplab.
G'irromlik qilmasa notiq agarda,
yolg'on she'r aytishdan qaytsaydi shoir,
miltiq o'qlariday gumbirgum qilib
havodan qarsaklar yasardim doim.
O'jar shoirlikni tashlab o'shal payt,
epchil bir yugurdak kabi zamonda
qarsak chaladigan xizmatchi bo'lib,
ishga kirar edim O'zbekistonga.
(Shavkat Rahmon)
-
Aytsang-chi, yo‘lingda kimlar bo‘ldi g‘ov,
Bezdi-ku kulbamdagi fayzu farishta.
Ko‘ngil mulkim mening alg‘ov-dalg‘ov,
Qayt, yana dunyomni qilg‘il sarishta.
Asqad Muxtor
-
Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora.
Sening qalbing yara menig qabim yara.
Bu dunyoda men bechora, sen bechora
Erka kiyiik maylimi bir erkalasam.
(Muhammad Yusuf)
-
Muhammad Said oxirgi xarfi ga mosini topinn ;D
Mеn siz bilan nafas oldim,
Dard bilan yaraldingiz.
Har gal o'ksib qoldi qalbim,
Yellar-la taraldingiz.
Oppoq bulut suzib o'tdi,
Yana tomchi tommadi...
Nahot bunga ham ko'nikdim,
Dardli o'ylar qolmadi?
Mayli, agar to'ymasa
Dilimning qaqroqlari,
Dovul tursin, to'kilsin
Umrimning yaproqlari:
Asqad Muxtor
-
Iymonli sarbonlar davondan o'tar,
Iymonsiz sarbonlar toyilib ketar,
Pok niyatda chiqqan murodga yetar,
Davonlar o'sha-yu, yo'llar o'zgardi.
Boshimiz ko'yingda ey sultonimiz,
Senga qul bo'lmoqlik bizning shonimiz,
Fidoiy qullikga bor imkonimiz,
Imkonlar o'sha-yu, qullar o'zgardi.
(Baxtiyor Fidoiy)
-
Muslimahon (i)ga toping
-
Ikki narsa og‘ir ko‘ngaimga asli,
Ikki narsa uchun yo‘q menda bardosh:
Biri - dushmanimning shodon qahqahasi,
Biri - do‘st ko‘zida miltillagan yosh.
Asqad Muxtor
:5
-
Shariatda ayri qolmang,
Haq ishiga sustkash bo'lmang,
Odam o'g'li, g'ofil yurmang,
Ko'ch ketar, karvon aylanmas.
Kimdar sahar turar birdan,
Kimdir bosh ko'tarmas yerdan,
Shaydo dilli go'zallardan
Tish ketar, zabon aylanmas.
Maxmutquli.
Mirzo Kenjabek marjimasi
-
Siz bilasiz mening yonishlarim,
Satrlarga ko'chgan qalb cho'g'imni,
O,yulduzlar,tungi tanishlarim,
Nur bilan sug'oring shu qo'shig'imni.
Ehtimol,shunda u biron kimsaning
Yurak yarasiga malham bo'lardi.
Guldek ochilardi zamin insonning
Atigi bir zumga arisa dardi.
Asqad Muxtor
-
Сени сйласпман...
Сени сйласпман,
Қайдадир сен ҳам,
Олис юлдузларга
Термуласан жим.
Кимнидир кутасан
Интиқиб шу дам,
Мен ҳали билмаган,
Дилгир малагим.
Кичик бир нуқтада,
Жамулжам хаёл,
Йсл қараб чарчаган
Аигоҳинг ғамгин.
Толиққан қарашда
Сон мингта савол,
Ораста қалбингга.
Бермаспти тин.
Ичинг анор каби.
Қизилликка ғарқ,
Ҳар битта донаси —
Азобинг, дардинг.
Айт нега жим тилинг,
Сарвинози Шарқ,
Бунчалик сабрни
Қаердан олдинг?
Битмас матонат-у
Туганмас тоқат
Ва жиндек табассум
Ксзларингда жо.
Юрагинг ақлингдан
Истайди шафқат,
Ҳар битта зарбаси —
Юзта илтижо.
Бас, етар!
Қийноқли дамларинг
Ортда,
Унутиб ғамларни,
Шодон куламиз.
Азгуликка тсла
Ксркам ҳаётда
Албатта иккимиз
Бахтли бсламиз...
Соғиниб, сртаниб,
Антикиб ёниб,
Сени сйласпман...
Masud
-
Nazar topgan kimsa - qiymatli gavhar,
Kam o'ylagan kimsa bo'lur benazar,
Ishqsiz kamol bo'lmas ushbu olamda,
Kosadan muroddir, asli kosagar!
(Pahlavon Mahmud)
-
Chigirtkalar
Rizqimizni terib jim,
Yurganday biz - g‘ir-g‘ir,
Har qadam xavf-xatardan
Qaqshar yurak zir-zir.
Ana biri - yirtqichlar,
Bir tulki deb, xirr-xir,
Yirtib-yirtdi tipglashib
Bir-birini shirr-shir.
Tomoqlari takkillab,
Darrandalar "chirr-chir",
Poylab yurar bizni ham
Og‘iz ochib qirr-qir...
Sal boshimiz ko‘tarsak,
Uchib kelib pirr-pir,
Changal urar och arvoh,
Parrandalar birr-bir.
O’t, ushoq yeb, yalang‘och,
O’rnimiz loy, kirr-kir.
Oyoq osti umrimiz,
Aytishamiz jirr-jir.
Bosh bo‘lmasa bir boshda,
Yursak titrab dirr-dir,
Bosib o‘tar har hayvon,
Temirlar ham "tirr-tir".
Nur tovlanar bir, ana,
Bu ne balo sirrsir?..
Joning bo‘lsa, qochib qol,
In-inigga kirr-kir!..
Cho'lpon
-
Roziman, rizoman, o'la-o'lguncha
Xalqim deb o'ldim.
Xalqim nima bo'lsa, men o'sha bo'ldim,
Yuragim, bo'g'ilma, o'rtanma buncha!
O'zimga xiyonat qildimu aksar,
Xalqimga xiyonat o'ylaganim yo'q.
Mening yuragimni teshib o'tdilar
Xalqimga otilgan talay-talay o'q.
Qancha yo'llar bosdim, gohida toldim,
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard.
Faryod solar chog'da jim bo'la oldim,
Xalqim dardi edi dil o'rtagan dard.
Xalqim etagida yetdim voyaga,
Xalq bilan kuldim.
Bardoshim so'z bermas, deyman, qoyaga...
Roziman, o'lguncha xalqim deb o'ldim.
(Mirtemir)
-
Menga Pushkin bir jahonu,
Menga Bayron bir jahon.
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksim osmon O'zbegim.
-
Meni seskantirar gohida zimdan
Mo'ralab yugurgan kaltakesaklar.
Meni seskantirar gohi izimdan
Yashirin otilgan uvoq kesaklar.
Tutaqib ketaman, nomus, andisha
Xippa bo'g'ib olar, biroq yo'q shubham -
Agarda biqinmay, tik kelar bo'lsa,
Olishardim hatto ajdar bilan ham...
Jamol Kamol
-
MASHRABNING DOR OSTIDA AYTGANLARI
Mendek motamsaro yo‘q,
Yovlarimga qazo yo‘q.
Nolib shunday besamar,
Men ko‘rmagan balo yo‘q.
Yolg‘iz panoh nafsimiz,
Ham bu harom lafzimiz.
Haqgo‘y odam - javobgar,
Qasamxo‘rga jazo yo‘q.
Yetim qizdek bedavo,
Kulgi bo‘ldi sharm-hayo.
Orsiz ketdi - tavoqda,
Ta’rifiga imlo yo‘q.
Halol noni - minnatli,
Qilgan ishi illatli.
O’g‘ri to‘rda — mo‘htavo*
Hech gapida xato yo‘q.
Aqli kullar* - devona,
O’z elida begona.
Yurt og‘asi - sotqinlar,
Xoindan zo‘r daho yo‘q.
G’aru kazzob, qaroqchi
Yurtimizga poyloqchi.
El-ulus deb kuyganlar
O’lib ketsa, da’vo yo‘q.
Talab mol-mulk, jonimiz,
Yurar yallo har iblis.
Yeb-yutmagan bizni hech
Ya’juj-ma’juj, tarso* yo‘q.
Oldi to‘ymay sarvarim
Hatto bor-yo‘q javharim.
Oppoq Xo‘jam qo‘llari
Yetmagan joy - halo yo‘q.
Tillarida madh-sano,
Chanog‘ida* hech vaqo.
Darveshlar biz bevatan,
Qo‘limizda aso yo‘q.
Bas endi, os, ey jallod,
Mangumas hech istibdod!
Kelmasa u qasos kun,
Men kelurman, fano yo‘q!
Cho'lpon
-
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin,
Ko'ngluma har birining dardu balosinmu deyin?
Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmu deyin?
Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?
Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaydi yana birning adosinmu deyin?
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko'nglak uza gulrang qabosinmu deyin?
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?
Ey Navoiy, dema qoshu ko'zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?
(Alisher Navoiy)
-
Nega yig'layapsan,ayt,qo'zichog'im,
Nima bo'ldi? Yomon tush ko'rdingmi yo?
Otang bor, onang bor - suyangan tog'ing,
Boshingda girgitton tevarak dunyO.
(Rasul Hamzatov)
-
Oh, tabiat, nechun bu suvrat,
El-yurt, boylik, dono so‘zligim?
Kerak emas bu baxt, bu qudrat,
Bergin avval menga o‘zligim!
Cho'lpon
-
Men quvonar bo'lsam - sen sabab,
O'yga tolar bo'lsam - sen sabab.
Men hijronni istamasman, yo'q,
Nogoh o'lar bo'lsam - sen sabab.
Abdulla Oripov
-
Borliq olam ko`zimga ming-ming
Go`zallikka to`lib ko`rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She'r daftari bo`lib ko`rindi...
Ayb etmangiz,
Do`stlar, bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko`ngil shaydo,
Kim she'r yozmas mening yoshimda?!
Erkin Vohidov
-
Ayo soqiy, sunib joming, qil ehson yashnasin dillar,
Ko'rindi avval ishq oson-u, so'ngra tushdi mushkillar.
Sabo yechmoqchi bo'lgan sochining xush bo'yiga ontkim,
Muanbar halqa-halqa sochidan qon bo'ldi bu dillar.
Botir sajjodani mayga agar piri mug'on aytsa,
Yo'lovchiga erur ma'lum yo'l ahvoli va manzillar.
Menga yor uyida ishrat qurish imkoni yo'q har dam,
Qilurkan qo'ng'iroq faryodki, bo'glang yukni g'ofillar.
Qorong'idir kecha, qo'rqinchli mavj, dahshatlidir girdob,
Na bilgay holimizni chetda turgan yuki yengillar.
Yomon ot birla fosh o'ldi ishim oxir o'jarlikdan,
Nechuk yoshrin qolur sir so'zlasa majlisda oqillar.
Agar vasl istasang, undan yiroqqa ketma, ey Hofiz,
Tilakni izla, qo'y dunyoni, ber orzuga tabdillar.
(Hofiz Sheroziy)
-
Agar vasl istasang, undan yiroqqa ketma, ey Hofiz,
Tilakni izla, qo‘y dunyoni, ber orzuga tabdillar.
(Hofiz Sheroziy)
Ramazonda bir oydin sahar
"¦ Alloh shunday qildi iroda-
Tushdi ko’kdan Nomusi Akbar,
Uchrashdilar g’ori Hiroda.
Dedi: Gumroh qolmishdir basher,
Nihol ekkaydurmiz qoq cho’lga.
Alloh hukmi — O’qi! Payg’ambar,
Odamlarni boshla haq yo’lga!
Arshdan aziz boshingga indi
Muqaddas ishq — muborak davlat.
To qiyomat zimmangda endi
"œTur, ogoh et!" — imonga da’vat.
Titroq bosdi, qo’rqdi o’zidan,
Xadichaga so’zladi holing.
Zukko ayol uning ko’zida
Ko’rdi asrlarning kamolin.
Ibodat-la kechdi har oni,
Alloh nomi tushmay tilidan.
Varaqaning ojiz armoni
Qutlug’ yupanch bo’ldi dilida.
Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul —
Biru Birga ibodat — tavhid.
Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom — nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.
Yuraklar pok, xulq go’zal bo’ldi,
Elni baxtga boshladi irfon.
Ming shukrkim, mukammal bo’ldi
Mo’jizalar onasi — Qur’on! Abdul Jalil
-
Agar vasl istasang, undan yiroqqa ketma, ey Hofiz,
Tilakni izla, qo‘y dunyoni, ber orzuga tabdillar.
(Hofiz Sheroziy)
Ramazonda bir oydin sahar
… Alloh shunday qildi iroda-
Tushdi ko’kdan Nomusi Akbar,
Uchrashdilar g’ori Hiroda.
Dedi: Gumroh qolmishdir basher,
Nihol ekkaydurmiz qoq cho’lga.
Alloh hukmi – O’qi! Payg’ambar,
Odamlarni boshla haq yo’lga!
Arshdan aziz boshingga indi
Muqaddas ishq – muborak davlat.
To qiyomat zimmangda endi
“Tur, ogoh et!” – imonga da’vat.
Titroq bosdi, qo’rqdi o’zidan,
Xadichaga so’zladi holing.
Zukko ayol uning ko’zida
Ko’rdi asrlarning kamolin.
Ibodat-la kechdi har oni,
Alloh nomi tushmay tilidan.
Varaqaning ojiz armoni
Qutlug’ yupanch bo’ldi dilida.
Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul –
Biru Birga ibodat – tavhid.
Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom – nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.
Yuraklar pok, xulq go’zal bo’ldi,
Elni baxtga boshladi irfon.
Ming shukrkim, mukammal bo’ldi
Mo’jizalar onasi – Qur’on! Abdul Jalil
Na uchun ularning tovushlarida
O'tgan asrlarning ohangi yig'lar?
Na uchun yozmishning o'ynashlarida
Har yurish ko'nglimni nashtardek tig'lar?
Kenglik hayollari uchdimi ko'ka
Butun umidlarni yovlarmi ko'mdi?
Mangu tutqunlikka kirdimi o'lka?
Xayolda porlagan shamlarmi so'ndi?
Kechaning jon olg'ich qorong'uligi,
Najod yulduzini xayolmi bildi?
Shuncha tutqunlarning haqqi, haqligi
Bir hovuch tuproqqa qurbonmi bo'ldi?
Ohimning o'tidan chiqqan shu'lalar,
Sharqning ko'kragida bir topmasmi?
Ko'ksimdan qisilib chiqqan na'ralar,
Uhlagan dillarga kulib boqmasmu ? Cho'lpon
o'zi Bahri bayt o'zaro bo'ladiku... mayli shundoq bo'lsa ham yozib qo'yurdik-da. Yaxshi she'r ekan.
-
Ularning qo'lida hamisha tuzoq -
Lola, lojonim, lolaqizg'aldoq...
Muhammad Yusuf
-
Қардошларим, мана, сизга бир слка —
Ким, топилмас ер юзида сингари.
Ҳар ёнида кенг, см-сшил учмохлар,
Жон сувидан етишгандир гуллари...
Оғочлари сшил кийимлар кийган,
Терилишар топинғоли тангрига.
Оғир, юксак, ксркам, ҳайбатли тоғлар
Ўнгдан,
Сслдан,
Ҳар ёндан
Ҳақ йслида урушғувчи аскардек
Ясов тортиб, кскрак керуб, юксалган,
Кскдан дағи сз ҳаққини истардек.
Денгизлардан қанот очиб табиат
Қучоқламиш бу севгили ёвдусин.
Тангри дағи муздан, сувдан ҳам тоғдан
Қуршатмишдир қсрғон қилиб теграсин —
Ким, ёввойи бир ҳайвон
Суқиб қолмасун мунга
Йиртқич тишин, тирноғин.
Бунда турди ҳар улуснинг ҳарнаси:
Бутхонаси, ст усси, каъбаси.
Ҳам шунда сқ сшади,
Бироқ, букун, ссизларким, бу слка
Ҳар томондан таланмишдир йслсизча.
Маданист деган ғарбли олбости,
Боқинг, бунинг кскрагидан сқ босди.
Қуш боқиши қарангиз,
Бунда букун нелар бор:
Ўтлар ора ёниб турғон қишлоқлар,
Хирмон бслуб ётқон гавдалар жонсиз
Оқмоқдадур қизил қондан ариқлар,
Тинч турганлар таланалар омонсиз.
Тсрт-беш сшар бир боланинг бошини,
Боқинг, кескин қилич билан кесмишлар.
Йиғлаб турғон онасининг бсйниға
Бир ип билан осмишлар!..
Янгигина келин бслғон бир қизнинг
Кскрагини, сри бслғон йигитнинг
Жонсиз ётқон гавдаси узра қсюб,
Аайза билан тешмишлар!..
Хотинларнинг пардаси,
Болаларнинг юраги, '
Қариларнинг гавдаси,
Йиртилғон,
Арилғон,
Азилғон!..
Ким берган
Бу уғурли слкага бунча стни?!
Ким тсккан
Бу муқаддад ишга бунча қонни?!
Билмайсизми?
Шср сувлардан чиқиб келган бир маймун
Тулки билан шайтон, алдовчи малъун,
Англиз!..
Ҳамда унинг қуйруғини тутқонлар!
Абдурауф Фитрат
-
Ruhingda safoyu taningda mador,
Umidbahsh qo’shiqlar kuylaganmisan?
O’sha payt, o’sha on hech qursa bir bor
Chinorni kim ekkan — o’ylaganmisan?
Ro’baro’ kelding sen toshqin daryoga,
Qolding sohil uzra chorasiz, giryon,
Lekin yo'liqqanday ajib ro’yoga,
Qarshingda bir ko’prik bo’ldi namoyon.
Bamisli uzala tushgan xor vujud,
Ko’targay u turfa insonlar korin.
O’tding sen daryodan salomat va but,
Lekin o’yladingmi ko’prik me’morin? Abdulla Oripov
-
Nega o'zim bilan kelisholmayman?
Nega yuragimning tili qisiq-jim?
Nega o'lim bilan olisholmayman,
Nega "nega"lardan iborat umrim?
Behzod Fazliddin
-
Qani kelga joyidan davom ettiramiz..
Ming chumchuq dovrug'in urar bir shunqor,
Yuz mushuk birgina sirtlon bo'lolmas.
Sochilib ketadi soxtaviy viqor,
Ming bulut yig'ilib, osmon bo'lolmas.
Bu nazmiy saroyda hokim ko'hna g'am,
Har dilga berilmas ilohiy malham.
"Quyosh" taxallusi bilan yozsa ham,
She'riyat bazminda Cho'lpon bo'lolmas...
Xayrulla Hamidov
-
"Сен эй Жаллод окизма хунлар,
чопма кози хукм гар қилса.
Кундага бош куйган мактуллар
Хофиздан бир катор шеьр билса.."
"Эй Зиндонбон бандаларингни уз,
куйгил, кетсин, тусма рохини,
Чох ичида урен бир махбус
тилга олса Хофиз номини..."
"Эй Биродар чида барига,
чида дусту ерлар тарк этса.
Бошингни куй оекларига
кимдир бир кун "Хофизман" деса..."
Аскар Махкам "Хожа Хофиз девони хошиясига"