forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Islom => Namoz => Mavzu boshlandi: Doniyor 21 Iyun 2006, 09:55:05
-
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ashoblaridan so‘radilar: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o‘tadigan daryoda (yoki soyda) har kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolibdi, deb aytasizmi?» Sahobalar: «Sira ham kir qolmaydi», deyishdi. Rasuli Akram: «Besh vaqt namoz ham shunga o‘xshash bo‘lib, Alloh taolo bu o‘qilgan namozlar tufayli gunohlarni kechiradi».
-
«Asr namozini qazo qilib qo‘ygan odam bola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig‘dir».
-
«Qorong‘u kechalarda masjidga borgan kishilarga, Qiyomat kuni bir nurga mazhar bo‘lishlari xushxabarini yetkazing».
-
«Sizlardan birlaringiz namoz o‘qigan joyda tahoratini buzmasdan o‘tirgan muddatgacha, farishtalar: «Iloho, bu kishining gunohlarini kechir va unga rahm ayla», deb duo etishadi»
-
«Mo‘minlar xufton va bomdod namozlaridagi savobni bilganlarida edi, bu namozlarni jamoat bilan o‘qish uchun, emaklab bo‘lsa ham, masjidga kelishar edi».
-
«Namoz inson bilan shirk va kufr o‘rtasidagi bir pardadir. Namozni tark etish bu pardani ko‘tarish bo‘ladi».
-
«Ular (kofirlar) bilan bizning o‘rtamizni farqlaydigan alomat namozdir. Binobarin, namozni tark qilgan kimsa kofirlarga o‘xshabdi».
-
«Banda Qiyomat kunida eng avvalo namozdan hisob-kitob qilinadi. Agar namozi durust chiqsa, qutulibdi va yutibdi. Agar namozi durust chiqmasa, yutqazibdi. Farz namozlari kam chiqsa, Alloh azza va jalla: «Qarang-chi, qulimning nafl namozlari bormi?» deydi. Namozlarining kami nafl namozlar bilan to‘ldiriladi. Qolgan amallari ham shu tarzda hisob-kitob qilinadi».
-
«Bir kuni Payg‘ambar, alayhissalom, huzurlarida namoz o‘qimay tong otguncha uxlagan bir kishining nomi tilga olindi. Rasuli Akram: «Unday bo‘lsa, u odamning quloqlariga yo qulog‘iga shayton bavl etibdi», deya marhamat qildilar».
-
«Sizlardan birov uxlab qolsa, shayton uning orqa miyasiga uch tugun tugib qo‘yadi va har tugunga: «Hali tunlar uzun, (bemalol) uxla», deya afsun o‘qiydi. Agar u odam uy-g‘onib Allohni zikr etsa, tugunlardan bittasi, tahorat olganida yana biri, namoz o‘qiganida esa, qolgani ham yechiladi va qalbi quvonch va xushnudlikka to‘lib tong ottiradi. Aks holda, shayton tugib qo‘ygan tugunlarning ta’sirida dangasalik bilan tong otguncha uxlab qoladi».
-
Kechasi turib ibodat qilgan va xotinini uyg‘otgan, xotini turishni xohlamasa, yuziga suv sepgan odamga Alloh rahmatini yog‘dirsin. Kechasi turib namoz o‘qigan va erini uyg‘otgan, eri turishni xohlamasa, yuziga suv sepgan xotinga Alloh rahmatini yog‘dirsin».
-
«Namoz jannatning kalitidir».
-
«Namoz dinning ustunidir».
-
«Namoz mo‘minning me’rojidir».
-
«Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda ummatlaringga besh vaqt namozni farz qildim. O‘zimcha ahd qildimki, kim shu besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib yursa, u kishini jannatga kiritaman. Kim o‘z vaqtida ado etib yurmasa, u banda xususida ahdim yo‘qdir»
(Hadisi qudsiy).
-
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Odamlar: «Yo Rasululloh, qiyomat kuni rabbimizni ko‘rg‘aymizmi?» — deb so‘rashdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Havo ochiq kechada 14 kunlik Oyni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?»—dedilar. «Yo‘q, yo Rasululloh!»—deyishdi. «Bulutsiz kunda Quyoshni ko‘rmoqqa shubha qilmag‘aymisiz?» — dedilar. «Yo‘q»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloni ham shuningdek shaksiz ko‘rg‘aydirsizlar. Qiyomat kuni odamlar to‘plang‘aydir. Shunda Olloh taolo: «Kim nega sig‘ingan ersa, o‘shanga ergashsin!»—degaydir. Ayrim kishilar Quyoshga, ba’zilar Oyga ergashg‘aydir, kimlardir shaytonlarga ergashg‘aydir. Mahsharda faqat islom ummati qolg‘aydir, ularning ichida munofiqlari ham bo‘lg‘aydir. So‘ng, Olloh taolo kelib (ko‘rinmasdan): «Men sizning rabbingizdirman»,— deydir. «Rabbimiz kelguncha turadirgan joyimiz shu yermi? Rabbimiz kelsa, biz uni taniymiz»,— deyishg‘aydir odamlar (Ollohga shirk keltirib qo‘ymoqdan qo‘rqib shunday deyishg‘aydir). Shunda Olloh taolo kelib (ko‘rinib): «Men rabbingizdirman»,— deydir. «Sen rabbimizsan!»—deyishg‘aydir mo‘‘minlar. Ularni rabbi (Olloh) da’vat qilg‘aydir. Jahannam ustiga Sirot ko‘prigi qurilg‘aydir. Men payg‘ambarlar ichida birinchi bo‘lib ummatim birlan (Puli Sirotdan) o‘tg‘aydirman. O’sha kuni payg‘ambarlardan boshqa hech kim so‘zlamag‘ay. O’sha kuni payg‘ambarlar: «Ilohi, salomat qilg‘il, Ilohi, salomat qilg‘il!»—deb butun ummatlariga mehru shafqat tilag‘aydirlar. Jahannamda qiyoq tikanlari. yanglig‘ tikanlar bordir. Qiyoq tikanini ko‘rganmisiz?» — dedilar. Sahobalar: «Ha»,— deyishdi. Janob Rasululloh yana so‘zlarini davom ettirdilar: «Qiyoq tikanlariga o‘xshaydir-u, ammo uning kattaligini Ollohdan boshqa hech kim bilmaydir. Gunohlariga qarab, ba’zilar o‘tga, ba’zilar tikanga tashlab yuborilg‘aydirlar. So‘ng, do‘zaxga tushgan kishilardan qaysi biriga Olloh taolo rahmat qilmoqni istag‘aydir, ul najot topg‘usidir. Olloh taolo farishtalariga Ollohning o‘zigagina ibodat qilgan kishilarni do‘zaxdan chiqarmoqni buyurg‘aydir, so‘ng ularny do‘zaxdan chiqarg‘aydirlar. Yolg‘iz Ollohga ibodat qilgan bandalarni badanlarida qolgan sajda izlaridan tanishg‘aydir. Olloh taolo o‘tga bandalarning sajda izlari qolgan a’zolarini kuydirmoqni man’ qilg‘aydir. Odam bolasi butun a’zosi kuygan-u, ammo sajda qilgan a’zolarigina kuymagan holda do‘zaxdan chiqarilg‘aydir. Do‘zax otashidan chiqqan bandalar ustidan hayot suvi quyilg‘aydir. Badanlari xuddi sel loyqasiga tushgan urug‘ ungan yanglig‘ yosharib, ko‘rkam bo‘lg‘usidir. Olloh taolo butun bandalari o‘rtasida adolat tarozisi orqali qozilik hukmini nihoyasiga yetkazg‘ach, bir kishi jannat birlan do‘zax o‘rtasida qolg‘aydir. Ahli do‘zaxlardan bo‘lmish bul kishi jannatga eng keyin kirg‘aydir. Ul yuzi do‘zax o‘tiga qaragan holda: «Yo rabbiy, yuzimni do‘zax o‘tidan boshqa yoqqa burg‘il, do‘zaxning zaharli tutuni meni zaharlab, uning alangasi meni kuydirmoqda»,— deydir. Olloh taolo: «Agar aytganing qiling‘aydir, undan keyin boshqa narsani so‘ramasmisen?» — deydir. Banda: «Yo rabbiy, so‘ramasmen»,— deb ont ichgaydir. Olloh taolo bandasining va’dasini olgandan so‘ng, uning yuzini do‘zax tomondan jannat tomonga burgaydir. Banda jannatning so‘lim va ko‘rkamligini ko‘rib, Olloh xohlaganicha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng, «Yo rabbiy, meni jannat eshigining yoniga yetkazg‘il!»— deydir. Olloh taolo unga: «Hali so‘ragan narsangdan boshqa hech narsa so‘ramasmen, deb va’da qilmag‘anmi erding?» — deydir. «Yo rabbiy, va’da berdim-u, biroq sening lutfu karamingdan umidvormen»,—deydir. Olloh taolo: «Agar so‘raganingni bersam, boshqa hech narsa so‘ramasmisen?»—deydir. Banda rabbiga qasamyod aytib: «Boshqasini so‘ramasmen»,— deydir. Uni jannat eshigiga keltirg‘aydirlar. Jannat eshigiga yetganda undagi go‘zallik, so‘limlik va xursandchiliklarni ko‘rib hayratga tushg‘aydir va Olloh taolo xohlagancha vaqt jim qolg‘aydir. So‘ng: «Yo rabbiy, meni jannatga kirgizg‘il!» — deydir. Olloh: «Voh, seni qarag‘il-a! Nechog‘liq va’dangga vafosizdirsen. Ey oday bolasi, bundan boshqa narsa so‘ramasmen, deb va’da bermaganmi erding?» — deydir. Banda: «Ey rabbim, meni eng baxtsiz banda qilib qo‘ymag‘il!» —deydir. Haq taolo kulg‘aydir va bandasiga jannatga kirmoqqa ijozat berib: «Xohlaganingcha tilayverg‘il, bandam!» — deydir. Banda ko‘nglida borini tilag‘aydir. Shunda Olloh taolo unga: «Falon, falon va falon narsalarni ham qo‘shib so‘rag‘il!»—deb aytadir. Banda Olloh taolo aytganlarining hammasini tilag‘aydir. Olloh taolo unga: «Bu ham sengadir, u ham sengadir»,— deb yana qancha narsalarni aytg‘aydir».
(Imom al-Buxoriy rivoyati)
-
Namoz o'qimaydigan 1 odam bor edi.Uyidan chiqib bir joyga safar qildi.Yolida unga odam suratiga kirgan sahyton xamroh boldi.Kechqurun bir karvon saroyga kelganlarida u odam uhlashga tayyorlandi .Shayton (lol) undan qocha boshladi.Odam uni chaqirib;"Yo'ldamendan xatolik otdi--nima uchun mannan qochypsan?" deb so'radi.
Shayton dedi;"Men Iblisman.Alloh ta'oloning farmoniga umrimda bir marta boysinmaganligim uchun abadul-abad dargohi ilohiydan haydaldim,tavqi la'nat bo'ynimga tushib,ma'lun bo'ldim.Bugun sen Alloh ta'oloning 5 vaqt namozining birortasini o'qimaganliging ko'rdim.Alloh ta'oloning g'azabi senga nozil bo'lsa va sening kasratingdan men yana xam mal'unroq bo'lishdan qo'rqaman..
NAMOZ o'qimaydiganning kasofati 70 nafar yaqinlariga va qo'ni -qo'shnilariga tegadi.Bilingki namoz dinning tirgakidir....Tavrot Injil ..Furqonda ,Zabur,be namoz lanatlangan..
(Tafsiri Fotiha) (Fi-aljavohir)
-
Аамозхон олдидан стган гуноҳкорни даф қилишга ҳақли
(http://islom.uz/images/stories/2010/27_11_00004.jpg)
Абу Жуҳайм розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Агар намоз сқувчининг олдидан стувчи сзига қанчалик гуноҳ бслишини билганида, албатта, унинг олдидан стишдан ксра қирқ"¦гача тсхтаб турмоғи сзи учун схши бслар сди», дедилар.
Абу Аазр: «Қирқ кун, дедими ёки ой, ёхуд йил, дедими билмай қолдим», деди».
Бешовлари ривост қилишган.
Шарҳ: А ивостда исми келган Абу Аазр ушбу ҳадисни ривост қилувчилардан биридир. У киши сзларига ушбу ҳадисни айтиб берган Буср ибн Саъид раҳматуллоҳи алайҳ қирқ кун, дедиларми, қирқ ой, қирқ йил, дедиларми билмай қолган сканлар. Ана сша омонатга хиёнат қилмай, қандай бслса, шундай ҳолида ривост қилар сканлар.
Бу ҳадиси шарифда намоз сқувчининг олдидан стиш қанчалар қаттиқ гуноҳ сканлиги ҳақида ссз бормоқда. Агар, сша намоз сқувчининг олдини кесиб стувчи, сзига бу ишидан қанчалар гуноҳ бслишини билса, қирқ йилгача қимирламай кутишга ҳам рози бслар скан.
Демак, сътиборсиз бслмай, намоз сқиётган одамнинг олдини ҳеч қачон кесиб стмасликка ҳаракат қилишимиз зарур.
Термизий ва Ибн ҳиббонлар қилган ривостда:
«Албатта, сиздан бирингизнинг юз йил тсхтаб турмоғи, унинг учун намоз сқиётган биродари олдидан стишидан ксра схшидир», дейилган.
Шарҳ: Бу ривост аввалги ривостдаги қирқ, қирқ кун ёки ой смас, қирқ йил сканини тасдиқлайди.
-
Абу Саъид розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Қачон бирингиз сзини одамлардан тссиб турадиган нарсага қараб намоз сқиса-ю, биров унинг олдини кесиб стмоқчи бслса, бас, уни даф қилсин. Агар кснмаса, уришсин. Ундоқ одам шайтондир», дедилар».
Учовлари ривост қилишган.
Шарҳ: Абу Саъид ал-Худрий розисллоҳу анҳунинг бу ҳадисларининг машҳур бслишига бир ҳодиса сабаб бслган.
Бу ҳақда Имом Бухорий Абу Солиҳ ас-Саммондан қуйидагиларни ривост қиладилар:
«Абу Саъид ал-Худрий розисллоҳу анҳуни жума куни сзини одамлардан тссадиган нарсага қараб намоз сқиётганини ксрдим. Бас, Бани Абу Муъайтлик бир йигит унинг олдидан стмоқчи бслди. Абу Саъид унинг кскрагидан даф қилди. Йигит назар қилиб, Абу Саъиднинг олдидан бошқа стадиган жой топа олмади-да, қайтадан сна стишга ҳаракат қилди. Бас, Абу Саъид уни аввалгидан ксра қаттиқроқ даф қилди. Шунда йигит Абу Саъидни сскди ва Марвоннинг олдига кириб шикост қилди. Абу Саъид ҳам унинг ортидан Марвоннинг олдига кирди. Бас, у:
«Сен билан биродарингнинг сғлига нима бслди, сй Абу Саъид?» деди. Шунда Абу Саъид ал-Худрий розисллоҳу анҳу юқоридаги ҳадисни айтдилар.
Марвон деганлари Умавийларнинг бошлиқларидан бслиб, Марвон ибн ҳакам номи билан машҳур. У халифа Абдулмалик ибн Марвоннинг отасидир. Маълум вақт у Мадинаи Мунавварага амир бслиб турган. А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам вафот стганларида у саккиз ёшда сди.
Марвон ибн ҳакам олтмиш уч ёшида, Дамашқ шаҳрида, 65 ҳижрий санада вафот стган.
Ушбу ҳадисдан олинадиган фойидалар:
1. Аамоз сқийдиган одам сутрага қараб намоз сқиши кераклиги.
2. Аамоз сқиётган одамнинг олдидан стиш керак смаслиги.
3. Аамоз сқиётган одам сз олдидан стмоқчи бслган кишини қайтариши зарурлиги. Қайтариш қсл билан уни даф қилиш орқали бслади.
4. Агар шунда ҳам қайтмаса, қаттиқроқ қайтариш зарурлиги.
5. Аамоз сқиётган одамнинг олдидан огоҳлантиришига ҳам қарамай, стишга ҳаракат қилган одам шайтонга тенглиги.
Ушбу ҳадиси шарифга биноан, намоз сқувчилар олдидан стмаслигимиз, сзимиз намоз сқиётган пайтимизда олдимиздан стмоқчи бслганларни қайтармоғимиз лозим.
Manba (http://islom.uz/content/view/1725/104/)
-
Kimda Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslim kitoblari bo'lsa Hojat namoziga oid hadislarni keltirib yuboringlar, rahmat.
-
Kimda Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslim kitoblari bo'lsa Hojat namoziga oid hadislarni keltirib yuboringlar, rahmat.
ҲОЖАТ ААМОЗИ
Абдуллоҳ ибн Абу Авфо розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
«Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Кимнинг Аллоҳга ва Бани одамдан бирортасига ҳожати бслса, схшилаб таҳорат қилсин, сснгра икки ракъат намоз сқисин. Кейин Аллоҳга сано ва Лайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламга саловат айтсин. Сснгра:
«Ҳалийму Карим Аллоҳдан сзга ҳеч илоҳи маъбуд йсқ. Улуғ Аршнинг А оббиси Аллоҳ покдир. Оламларнинг А оббиси Аллоҳга ҳамдлар бслсин. Мен Сендан: раҳматингни вожиб қилувчи, мағфиратингни тақозо қилувчи нарсаларни ва ҳар бир схшиликдан ғанийматни, ҳар бир ёмонликдан саломатни ссрайман. Менинг ҳеч бир гуноҳимни қсймай мағфират қилгин, ҳеч бир ғамимни қсймай кушойиш қилгин, Ўзинг рози бслган ҳеч бир ҳожатимни қсмай, албатта, чиқаргин. Ай, Арҳамар А оҳимийн», десин», дедилар».
Термизий ва Ибн Можа ривост қилган. Аллоҳ билувчи.
«Ҳадис ва ҳаёт»
http://hadis.islom.uz/index.php?act=book&sec=17&b_id=28&s_id=2467
-
Davronbek harakat qilganiz uchun rahmat. lekin menga aynan Buxoriy va Muslim sahihlaridan kerak edi.
-
Davronbek harakat qilganiz uchun rahmat. lekin menga aynan Buxoriy va Muslim sahihlaridan kerak edi.
Mirzo, "Sahihi Buxoriy"ning elektron variantidan ham, yangi nusxadagi kitobdan ham ushbu hadisni topa olmadim.
-
:asl3:
Bu mavzuniyam yangi "Namoz" bo'limiga o'tkazib qo'ysangiz bo'larkan.
-
Жобир розисллоҳу анҳудан ривост қилинади:
" Аабий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
" Салла билан сқилган икки ракъат намоз салласиз сқилган етмиш ракъат намоздан схшидир " дедилар ".
Дайламий ривост қилган.
Шарҳ : Демак, салла намознинг савоби етмиш баробар кспайишига сабаб бслади. Салла сраш Аабий солаллоҳу алайҳи васалламнинг суннатлари, ҳатто Жаброил алайҳиссалом ҳам Аабий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳузурларига салла сраб тушганлари ҳақида ривостлар бор.
Манба : " Ҳадис ва Ҳаёт " китоби бешинчи жузъ.
-
:asl3:
Oisha r.a rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
<< Bomdodning ikki rakati dunyo va undagi narsalardan yahshidir>>, dedilar.
Muslim, Ahmad, Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.
Ushbu hadis bomdodning ikki rakat sunnadi haqida.
-
Uqba ibn Omir al-Juhaniy r.a dan rivoyat qilinadi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
<<Qaysi bir odam juda yahshilab tahorat qilsayu, qalbi va yuzi ila iqbol qilgan holda ikki rakat namoz o'qisa, albatta, unga jannat vojib bo'ladi>>, dedilar.
-
Жаннатул маъво
Намоз Исломнинг энг асосий устунларининг биридир. Намозни шунчки ўқиш эмас, балки беш маҳал намозни доимо ўз вақтида адо қилиш зарур. Ҳолбуки, намозни ўз вақтида ўқиш фарз эканлиги айнан Қуръони каримда келган:
فَإِذَا قَضَيْتُمُ الصَّلاَةَ فَاذْكُرُواْ اللّهَ قِيَاماً وَقُعُوداً وَعَلَى جُنُوبِكُمْ فَإِذَا اطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُواْ الصَّلاَةَ إِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَاباً مَّوْقُوتاً
Яъни: “Намозни адо этганингиздан сўнг Аллоҳни турган, ўтирган ва ёнбошлаган ҳолингизда эсланг. Хотиржам бўлганингизда намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир”. (Нисо. 103)
Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло Бақара мурасининг аввалида тақводорларни таърифлар экан, айнан намозга алоҳида эътибор қаратилади:
الم* ذَلِكَ الْكِتَابُ لاَ رَيْبَ فِيهِ هُدًى لِّلْمُتَّقِينَ * الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ
Яъни: “Алиф Лом Мим. Бу китобда шак-шубҳа йўқ, у тақводорларга ҳидоятдир. Улар Ғайбга иймон келтирурлар, намоз ўқирлар ва Биз уларга берган ризқдан нафақа қилурлар”
Пайғамбаримиздан (соллаллоҳу алайҳи васаллам) ривоят қилинади:
"Банда намозга такбир айтиб кирган вақтда, Аллоҳ таоло фаришталарига:
"Унинг бўйнидан гуноҳларини олиб ташланглар, токи у Мeнга пок ҳолида ибодат қилсин", дeйди. Намоздан сўнг фаришталар:
"Унинг гуноҳларини қайтариб қўяйликми?!" дeб сўрашади. Шунда Аллоҳ:
«Эй фаришталарим! (Бу иш) Мeнинг карамимга муносиб эмас. Мeн афв этдим, бу банданинг гуноҳларини кeчдим", дeйди".
Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам яна шундай деганлар:
"Аллоҳ таоло Жаброил алайҳис саломни чиройли суратда яратиб, унга олти юз қанот бeрди. Ҳар бир қанотнинг узунлиги машриқ ва мағрибнинг оралиғичадир. Шунда Жаброил ўз суратига назар қилиб:
“Эй Аллоҳ! Мeндан ҳам чиройлироқ махлуқни яратганмисан?" дeди. Аллоҳ унга:
"Йўқ", дeди.
Ҳазрати Жаброил шукр айтиб, икки ракъат намоз ўқиди. Мана шу икки ракъат намозни йигирма минг йил ўқиди. Аллоҳ Жаброилга:
"Сeн ҳақиқий ибодат қилдинг, ҳeч ким Мeнга сeндeк ибодат қилмаган эди. Лeкин охир замонда мeнинг маҳбуб пайғамбарим Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам кeлади. Унинг гуноҳкор ва заиф умматлари икки ракъат намозни оз бир вақтда ва ҳар хил саҳву хатолар ила адо қилади. Иззатим ва улуғлигимга қасамки, уларнинг ўша намози Мeнинг наздимда сeнинг қирқ минг йиллик намозингдан афзалдир. Чунки сeнинг намозинг Мeнинг амрим билан эмас, балки шукрона билан бўлур. Уларнинг намозлари эса, Мeнинг амрим биландир". Шунда Жаброил алайҳис салом Аллоҳга:
“Эй Аллоҳ! Уларнинг ибодатлари эвазига нимани бeрасан?" дeб сўради. Аллоҳ:
"Уларга Жаннатул маъвони бeраман", дeди.
Ўша жаннатни кўриб чиқишга Жаброил Аллоҳ таолодан изн сўради. Изн бeрилгач, ҳамма қанотларини очиб учди. Ҳар икки қанотини очганда уч минг йиллик масофани босиб ўтди. Шу тарзда уч юз йил учди ва ниҳоят чарчаб жаннатдаги бир дарахтнинг соясида тўхтади ва Аллоҳга сажда қилди. Саждасида:
«Эй Илоҳим! Жаннатул маъвонинг ярмига етдимми? Лоақал учдан бир, тўртдан бирига бўлса ҳам етдимми?" дeб илтижо қилди. Аллоҳ:
«Эй Жаброил, агар яна уч минг йил учгудeк бўлсанг ва олдингидeк кучинг ва яна олти юз қанотларинг бўлганда ҳам, Муҳаммаднинг соллаллоҳу алайҳи васаллам умматларига бeрадиганим Жаннатул маъвонинг ўндан бирига ҳам ета олмайсан", дeди. (Дурратун носиҳийн. зиёуз.cом кутубхонаси)
Кимки бу мақталган жаннатга етмоқни хоҳласа, беш маҳал намозни вақтида адо қилсин.
Муҳаммадқудратбек Дадабоев. Асака т. "Ҳолмадодхоҳ" жоме масжиди имом хатиби