Aqoid aka hozir Chinoboddaman, go'jani sog'indikda. Ochlikdan keyin bir go'jaho'rlikni dilga tugib qo'ydim, ungacha tayorlashni o'rganib olay
Akbarjon aytganni ya'ni go'jali mastavani biz "go'ja osh" deymiz.
Men hozir Toshkentda yo'l chetlarida sotiladigan qatiqlimi suzmalimi bo'ladigan salqin taomni nazarda tutgandim, kimda kim tayorlashni bilsa o'rtoqlashinglar. Qo'l shirin chiqib o'rganib olsam "go'ja" biznesini yo'lga qo'yib ham yuborarman
Go'ja doni nima ekanligini rosti bilmayman, Chustiy buni "ustidagi yupqa klyonkasi olingan bug'doy..." degandi. Yana kimdandir "supurgi doni" deb esittim. O'simliklarga oid kitoblardan "go'ja" degan donni topolmadim, ensiklopediyasi bor birodarlar bir qarab yuborishsa xursand bo'lardim.
Bozor (Chorsu, Oloy)larda sotilyapti, tayor donni sotib olish osonu faqat qiziquvchanligim ham borda. Yeyayotgan narsamda qanday vitamin, oqsilu uglevodlar bor, mijozi qanday, asabga ziyonli emasmi va hokazo.