Endi hojati yo'q.
Nasriddinning xotinini yuragi birdan xuruj qilib qoldi. Nasriddin tashvishlanib tabibni chaqirib kelgani yo'l oldi. U eshikdan chiqqan ham ediki, xuruj o'tib ketdi. Zaifa darrov deraza yoniga yugurib keldi-da, zing'illagancha ketayotgan Nasriddinning orqasidan baqirdi:
- Yaxshi bo'lib qoldim. Tabibni chaqirmay qo'ya qoling.
Nasriddin uning gapini eshitdi-yu, bari bir tabibning uyiga borib, uni chaqirdi. Tabib uning oldiga chiqqach esa, shunday dedi:
- Xotimning yuragi xuruj qilib qolgandi. Sizni chaqirgani kelayotgandim, birdan u derazadan: "Yaxshi bo'lib qoldim, tabibni chaqirmay qo'ya qoling", deb baqirib qoldi. Endi sizning borishingizning hojati yo'q, shuni aytgani kelgandim.