Avvalo, sovchi kim degan savolga to'xtalsak. Tarixiy manbalarga nazar solsak, VII - VIII asrlargaoid O'rxun-Enasoy bitiklarida ham bu haqda ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, Mahmud Qoshg'ariy bu elchilarga "kelin va kuyov orasida bir-biriga xabar eltuvchi", deya ta'rif bergan. Rostdan ham kelin bilan go'shangadagina tanishgan kuyov u haqda sovchi orqali bilgan.
Turkiy xalqlarda, jumaladan, biz o'zbeklarda ham qadimdan sovchilikka dastlab ayollar, so'ngra erkaklar borishgan. Odatda, obruli, ko'pni ko'rgan, uvali-juvali, serfarzand va fozil kishini sovchilikka munosib, deb bilishgan.
O'zbekistonning ba'zi bir viloyatlarda sovchilarga oid qanaqa udumlar, odatlar borligini yoizb o'tsam.
Qoraqolpog'iston Respublikasida kuyovning kelinni olib qochish odati bo'lgani uchun sovchilik kamdan-kam hollarda bo'ladi. Yigit qizni olib qochgach, o'sha kuni qiznikiga kuyov tomondan xabarchi jo'natiladi. Agar qizning ota-onasi bu nikohga norozi bo'lishsa, xabarchi bilan yigitnikiga borib, qizni qaytarib olib keladi. Rozi bo'lsa, qizning yangalarini kuyovnikiga yuborishadi. Yangalarning kelishi "Tap berdi" deyiladi. Qiz roziligini aytsa, yangalarga kuyov tomondan sarpo beradi.