Sheriklardan talab qilingan shartlar
Savol: Qurbonlikda sheriklardan talab qilingan shartlar qaysilar?
Javob: Bir qoramol yoki tuyani qurbonlik qilishda sherik bo‘lganlardan talab qilingan shartlar shulardir:
1. Barcha sheriklarning musulmon bo‘lishlari;
2. Hammasining qurbonlik niyati bilan sherik bo‘lishlari;
3. Har birining umumiy qurbonlikdan eng kamida yettidan biriga ega bo‘lishi;
Sheriklardan biri musulmon bo‘lmasa yoki qurbonlik niyati bilan emas, go‘sht uchun qo‘shilsa yoki birining hissasi yettidan biridan kam bo‘lsa, u qurbonlik tamoman qabul qilinmaydi. Lekin (niyatda) qurbonlik xillarining bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni bir qismining vojib qurbonligiga, bir qismining sunnat, nafl, o‘lik (marhum nomidan) yoki aqiqa kabi farqli qurbonlik xillari uchun niyat qilinishi joizdir. Barcha sheriklarning bir xil qurbonlik (turi) uchun sherik bo‘lishlari mustahabdir.